HAYAJONLANISH, QO’RQUV, SIQILISH, SHOK KABI BEMORLARNI
PSIXOLOGIK HOLATLARIDA VRACHNING TUTGAN O’RNI
Har bir kasallik inson psixologik holatini o’zgartirishi mumkin. Bunda
kasallikka qarshi javob reaksiyasi kasallik xarakteriga va insonnning individual-
psixologik holatiga ham bog’liq. Zamonaviy tibbiyotda psixosomatik holat
shunday belgilanganki, har bir somatik (tanaga yetkazilgan) buzilishlar yoki
surunkali kasalliklar fenomen yoki organizmni reaksiyasi (himoya, kompensator,
patologik) hisoblanadi, ya’ni psixik va somatik holatni bir-biriga yaqin bog’liqligi
bo’lgan bir butun sistema osti holatidir. Ushbu sistema osti holatlar va atrof-
muhitni bir-biriga ta’siri natijasida ma’lum ko’p faktorli mexanizm ishga tushadi
va qandaydir organizmda buzilishlarni keltirib chiqaradi. Bunda kasallikni kelib
chiqishida negativ psixosotsial faktorlar ahamiyat kasb etib, ularni bartaraf etish
yoki kamaytirish tez tuzalishga yordam beradi.
Kasallikni shaxsga patogen ta’siri shundaki, massiv va uzoq davom etuvchi
og’riqli intoksikatsiya, modda almashinuvini buzilishi, holdan toyish va umumiy
astenizatsiya psixik jarayonlarni buzilishiga, bemorni aktivligi va operatsion-texnik
qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Klinikada ko’proq somatogen va psixogen
buzilishlari, gipertonik kasalligi, yurak ishemik kasalligi, oshqozon va 12 b. i. yara
kasalligi bor bemorlar bilan ish olib borishga to’g’ri keladi.
Ko’proq tarqalgan nevrozsimon sindromlar quyidagilardir:
Vegetativ buzilish sindromi ko’p hollarda o’tib ketuvchi vegetativ krizlar –
puls tezlashishi, yurak sohasida og’riq va nohush his, bosh og’rig’i, og’iz qurishi
arterial qon bosimi oshishi, qo’l va oyoqlar uvishishi va sovuq qotishi, qaltirash
holida namoyon bo’ladi. Shuningdek bemorlar yurak “to’xtab qolishi” va og’riq
hissini, noto’g’ri urishini sezadilar, ko’krak qafasini kimdir bosib turganga
o’xshaydi, bosh aylanadi, qo’rquv va bezovtalik bo’ladi. Ba’zan ushbu krizlar
“vahima xuruji” deb baholanadi.
Astenik sindrom. Klinik jihatdan quyidagicha namoyon bo’ladi: ko’p
charchash, mehnat faoliyatini susayishi, xotira va diqqatni pasayishi, yuqori
qo’zg’aluvchanlik, ta’sirchanlik oshishi, emotsianal va kayfiyat o’zgaruvchanligi.
Bu holatdagi bemorlarga shoshqaloqlik va kutishni yoqtirmaslik, tashqi sensor
ta’sirlarga yuqori sezuvchanlik xos bo’ladi. Astenik sindromga uyquni buzilishi,
uxlay olmaslik, tunda ko’p uyg’onib ketish xosdir.
Fobiya sindromi. Nevrotik fobiyalar qo’rquvni “shilqim” g’oya shaklida
o’rnashib olishidir.
Ipoxondriya – o’z holatiga noadekvat yondoshuv bo’lib, sog’lig’i
yomonlashishidan o’ta darajada qo’rqish, sog’liq to’g’risida gap ochilsa diqqat
bilan tinglash, o’zida yo’q kasalliklarni ham bor deb gumon qilish holatidir.
Asosan bu patologik holat hisoblanib, psixologik korreksiya va psixologik
suhbatlarni talab etadi.
Har xil darajadagi depressiv buzilishlar ham katta ahamiyatga ega. Bunday
holatda o’z joniga qasd qilish fikri paydo bo’ladi, attoki amalda qo’llashga harakat
bo’ladi. Yurak dekompensatsiyalangan yetishmovchiligida, jigar sirrozi va
uremiyada ham o’tkir psixik holatni buzilishlari ro’y berishi mumkin. Psixik
holatni buzilishi tana haroratini ko’tarilishi bilan kechuvchi boshqa somatik
kasalliklarda, yuqumli kasalliklarda (ko’proq gripp) kuzatilishi mumkin. Bemorlar
atrof-muhitga oriyentatsiya qila olishmaydi, savollarga qiyinchilik bilan yoki
kuttirib javob berishadi, ba’zan nutq va harakatni buzilishi (psixomotor qo’zg’alish
yoki stupor) kuzatiladi.
Tibbiyot xodimi shuni bilish kerakki, qo’shimcha hayajonlanish va
bezovtalik bor bo’lgan nevrotik va nevrozsimon simptomlarni kuchaytirish
mumkin. Har doim davo jarayonida psixik va somatik holatni bir-biriga uzviy
bog’liqligini unutmaslik lozim.
Bolalar orasida bo’lgan tibbiyot xodimlari har doim bemorlarning psixologik
xususiyatlarini, his qilishlarini, hissiyotlarini inobatga olishlari lozim. Bolalarni
holatini yaxshiroq tushunish uchun bolani shaxsiy psixologik holatini bilishdan
tashqari oiladagi sharoitni, ota-onasini sotsial kelib chiqishini, mansabini ham
bilish lozim. Bularni hammasi bemor bolani kasalxonada to’g’ri parvarishlash va
davo natijasini yaxshilashga yordam beradi.
Bola bilan muloqot qilganda his qilish katta ahamiyatga ega, ya’ni
bemorning qayg’usini tushunishga harakat qilish. Shoshmasdan bola bilan
suhbatlashish qayg’udan ustun turuvchi shaxsiy xususiyatlarni aniqlashga olib
keladi va to’g’ri tashxis qo’yishda yordam beradi. Nafaqat bolani shikoyatini
majburlikdan eshitish kerak, balki eshitgan gaplariga yaxshi e’tibor berib
yondashishi lozim. Tibbiyot xodimini iliq munosabatini ko’rib bemor tinchlanadi,
vrach esa bola to’g’risida qo’shimcha ma’lumotga ega bo’ladi. Agarda buni
teskarisi bo’lsa, ya’ni yuqori va qattiq tonda muomala qilish, mensimay gaplashish
bemor va tibbiyot xodimi o’rtasida iliq munosabatlar yuzaga kelishiga to’sqinlik
qiladi.
Tibbiyot xodimi bolalarga ota-onasi yo’qligini bildirmay, ularni o’rnini
bosishi lozim. Asosan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar ota-onasi yonida yo’qligini
qiyin qabul qiladi. SHunga qaramay ular yangi sharoitga tezda moslashadi va
tinchlanadi. Bunday hollarda ota-onani tez-tez kasalxonaga kelishi bola psixikasini
shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Adaptatsiya davrida (3-5 kun) ota-onalarni
tez-tez kelishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bu davrdan keyin ota-onalar va bemor
yaqinlari bolani ko’rishga biror bir ish sababli kela olishmasa hamshira ularga xat
yozishlarini, narsalar berib yuborishlarini maslahat berishi lozim.
Kasalxonada bolani uy sharoitiga o’hshash yaxshi psixologik sharoitni
(o’yinlar o’ynash, televizor ko’rish va h.o) yaratishda tibbiyot xodimi katta rol
o’ynaydi. Toza havoda sayr qilish bolalarni yaqinlashtiradi, hamshirani yaxshi
muomalasi esa bolalarni yangi sharitga moslashishini osonlashtiradi.
Kasalxona kollektivi orasida yaxshi munosabat o’rnatish, ahil bo’lish, ishni
yaxshi olib borish bolalarni parvarishlash va davolashda yuqori natijalarga olib
keladi. Kollektivda har bir ishchi o’z vazifasiga ega bo’ladi. Post hamshirasi kun
tartibiga qat’iy rioya qilishi, vrach ko’rsatmalarini to’g’ri bajarish, kichik tibbiyot
xodimi esa palatalarni tozazalash, bolalarni toza tutishi loxim. Hamshira bolalar
orasida bo’lar va ularni kuzatar ekan, bolaning shaxsiy xususiyatlarini ko’rish,
o’zaro muloqotlari xarakterini kuzatishi lozim. Bunday hamshira vrachga yaxshi
yordamchi bo’ladi, chunki u kasalxonada sog’lom muhitni paydo bo’lishida katta
rol o’ynaydi.
Psixologik muammolarga operatsiyadan oldingi qo’rquv kiradi. Bemor
operatsiyani o’zidan, u bilan bog’liq siqilishlardan, og’riq, operatsiya asoratlaridan
qo’rqadi, operatsiyaning effektivligiga ishonch hosil qilmaydi. Hamshira bemorni
kuzatishlari natijasidan vrachni ogoh etishi, u bilan birga psixoterapevtik ta’sir
qilish taktikasini ishlab chiqishi lozim. Operatsiya bo’lgan bemorlar bilan
gaplashib endi operatsiya bo’ladigan bemorlarga operatsiya to’g’risida qo’rquvli
gaplarni gapirishlarini oldini olish lozim. Operatsiyaga tayyorlash jarayonida
bemor bilan yaxshi psixologik munosabat o’rnatish, u bilan suhbatda qo’rquv
xarakterini va operatsiyadan nimaga qo’rqishini bilish lozim, bemorni
tinchlantirish, keyingi davo muolajalariga munosabatini o’zgartirishga harakat
qilish lozim. Ko’pchilik bemorlar narkozdan qo’rqishadi, umuman turmay
qolaman, hushimni yo’qotaman, sirlarimni gapiraman va h.o. deb o’ylashadi.
Operatsiyadan keyin ham bir qancha muammolar yuzaga keladi.
Operatsiyadan keyingi asoratlar yuzaga kelgan ba’zi bir bemorlarda har xil psixik
buzilishlar kelib chiqishi mumkin. Xirurgik aralashuv va majburiy yotoq holati
turli nevrotik va nevrozsimon buzilishlarni chaqirishi mumkin. Ba’zan
operatsiyadan keyingi 2-3 kuni bemorlarda injiqlik, qo’zg’aluvchanlik paydo
bo’ladi. Operatsiyadan keyingi asteniyada, ayniqsa asoratlar yuzaga kelganda o’tkir
depressiv holatlar yuzaga kelishi mumkin. Qari, katta yoshli kishilarda
operatsiyadan keyingi davrda o’tib ketuvchi galyutsinator va vahima holatlari
rivojlanishi mumkin. Yomon sifatli o’sma bilan operatsiya bo’lgan bemorlar bilan
muloqot qilish qiyin bo’ladi. Ular keyingi hayoti haqida qayg’urishadi, ko’p
savollar berishadi. Ular bilan suhbatlashganda juda ehtiyot bo’lish lozim.
Bemorlarni operatsiya yaxshi chiqqaniga, kelajakda ularga hech narsa xavf
solmayotganini tushuntirish lozim. Ularni doimo mutaxassislar nazoratida bo’lishi,
doimiy profilaktik davo olishlari kasallikni qaytalanishini oldini oladi. Bunaqa
bemorlar bilan har kuni psixoterapevtik suhbatlar olib borish lozim.
Ota-onalar, asosan ona bolasi kasalini og’ir qabul qilishadi. Buni tushunsa
bo’ladi, sababi: og’ir kasallangan bemor onasi ma’lum bir darajada psixik
shikastlangan bo’ladi va uning reaksiyasi noadekvat bo’lishi mumkin, chunki
“onalik instinkti” juda yaxshi rivojlangan bo’ladi. Shu sababli ham tibbiyot
xodimlari tomonidan onalarga individual yondashish lozim. Ayniqsa kasalxonada