HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH ASOSLARI (O’zbekiston Respublikasida fuqarolar muhofazasining tashkil etilishi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi – fuqarolar muxofazasi soxasidagi)
Yuklangan vaqt
2024-05-15
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
56,5 KB
Ilmiybaza.uz
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH ASOSLARI
Reja:
1.Fuqaro muhofazasi asoslari.
2. O’zbekiston Respublikasida fuqarolar muhofazasining tashkil etilishi.
3. Favqulotda vaziyatlar vazirligi – fuqarolar muxofazasi soxasidagi
Hayot faoliyati xavfsizligi Aholini sog'lom bo'lib o'sishi va uzoq umr ko'rishini
ta'minlash jamiyatni siyosiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy maqsadidir.
Davlat g'amxo'rligi aholi sog'ligini saqlash turli xil xavf-xatardan himoyalash va
sog'liqni mustahkamlashning eng ishonchli garovidir.
Inson mehnati va bu mehnat jarayonida uning xavfsizligini ta'minlash harbir
jamiyatning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lmog'i lozim. BMT tomonidan qabul
qilingan «Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasida» hayot, erkinlik, mehnat
va daxlsizlik masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani –mehnat xavfsizligini chuqur o'rganish,
bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf- xatardan himoya qilish masalalari
asosida tarbiyalaydi. Buning ilmiy zamini esa ishlab chiqarishda shikastlanish,
kasbiy kasalliklar, yong'in va halokatlar sabablarini har tomonlama tahlil qilish,
mehnat jarayonida qo'llaniladigan asbob-anjomlarning xavfsizlik va zararlilik
darajasini o'rganish, og'ir hamda sermehnat ishlarni mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirishni ko'zda tutuvchi texnologik jarayonlarni baholashdir.
Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasi.
Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasida ko'p uchraydigan ta'riflar
quyidagilar bilan ifodalanadi.
Ilmiybaza.uz
Faoliyat –insonning jamiyatda mavjud bo'lishi uchun kerakli sharoit va
mehnat faoliyatining yuqori shaklidir. Faylasuflarning fikricha, insonning ta'rifi
harakatdagi, mehnatdagi faoliyatidadir. Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bo'lib,
ular hayotda uchraydigan aqliy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni
o'z ichiga oladi. Hayot faoliyati xavfsizligi asosiy vazifalari
Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasi uchta o'zaro bog'liq bo'lgan
masalalarni hal etadi.
I.
Hozirgi davr tibbiyot bilimi va texnikasini qo'llash.
II.
Xavflarni birday deb hisoblash, ya'ni ularning qiyofasiga qarab koordinator
va miqdoriy xususiyatlarini o'rganish.
III.
Sarf harajatlari va foydasini solishtirish asosida xavflardan himoya
qilish.Paydo bo'lishi mumkin bo'lgan salbiy xavflarni yo'qotish.
Faoliyat jarayoni modeli Faoliyat jarayoni modeli 2 elementdan, ya'ni
inson va muhit orasidagi to'g'ri va teskari munosabatlardan tuzilgan deb tasavvur
qilish mumkin. Teskari munosabatlar moddiy dunyoning qarama-qarshilik umumiy
qonunlaridan kelib chiqadi.
«Inson-muhit» sistemasi 2 maqsadli bo'ladi.
1. Aniq bir natijaga erishish.
2. Ko'ngilsiz hodisalarni chiqarib tashlash.
Xavf xatar deganda odam sog'lig'iga bevosita yoki bilvosita zarar
etkazadigan ko'ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavf yashirin va xaqiqiy xavflarga
bo'linadi. Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo'lishi lozim. Bu
shartlar sabab deb ataladi. Sabablar: jarohatlar, yuqumli kasalliklarning keng
tarqalishi. atrof muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xavf,
sabab, oqibat – uchligi – bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi
mantiqiy jarayondir. Masalan zaxar (xavf) dori tayyorlovchining xatosi (sabab) –
zaxarlanish (ko'ngilsiz oqibatlar). Mutloq xavfsiz bo'lgan ish bo'lishi mumkin
emas. Demak, faoliyat qanday bo'lmasin, unda yashirin xavf bo'ladi. Bu aksioma
hayotiy faoliyat xavsizligida metodologik ahamiyatga ega.
Ilmiybaza.uz
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi O'zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishgach, hudud va aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida bir
qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Chora-tadbirlarning asosiy yo'nalishi turli
favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlarning xavfsizligini ta'minlash, muhofaza
qilishga qaratilgan. So'nggi vaqtlarda ofatlar, avariya va halokatlar miqdori ortib
bormoqda. Bu esa insonlar hayotiga katta xavf tug'dirmoqda. Shu bois
respublikamiz va jahon miqyosida yuz berishi mumkin bo'lgan favqulodda
vaziyatlar, bunday favqulodda vaziyatlarning oldini olish turli favqulodda vaziyat
sharoitida harakatlanish, muhofazalanish, hamda ularni bartaraf etish, o'z-o'ziga va
o'zaro birinchi tibbiy yordam ko'rsatishga oid bilim, ko'nikma va malakalarni
oshirish, aholi va hududiy xavfsizlikni ta'minlash yo'llari bilan talabalarni
tanishtirish hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy maqsadidir.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 11 sessiyasida 1992 yil 8
dekabrda
qabul
qilingan.
O'zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasida
Respublika fuqarolari sog'ligini muhofaza qilish huquqiga ega. Konstitutsiya
asosiy qonun (26 bob, 128 moddadan iborat). 26 bob bevosita «Mudofaa va
xavfsizlik» deb ataladi. Insonning hayoti, yashashga bo'lgan huquqi Konstitutsiya
bilan muhofaza qilinadi.
Respublikamizda hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlashga oid olib
borilayotgan tadbirlar
Aholini xavfsiz va sog'lom mehnat sharoiti bilan ta'minlashni davlat
o'zining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi 143- sonli «O'zbekiston Respublikasi
Favqulodda
vaziyatlar
vazirligining
faoliyatini
tashkil
etish
masalalari
to'g'risida»gi qarori.
Ilmiybaza.uz
Ushbu qarorda O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
to'g'risidagi Nizom va uning tuzilmasi to'g'risida so'z yuritilgan. O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi 455- sonli
«Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tavsifi
to'g'risida»gi qarori.
2008 yil 28 oktyabr 318-sonli FVVning buyrug'i: “Aholini favqulodda
vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlash”ga yo'riqnomasiga asosan 2009 yil 26
fevral 135-sonli Oliy ta'lim vazirligining buyrug'i bo'yicha “Hayot faoliyati
xavfsizlgi” fani barcha Oliy va O'rta maxsus ta'lim muassasalarida 135 soatlik dars
o'quv jarayoniga darslik sifatida kiritildi.
Shuningdek Respublikamizda IIV tomonidan “Yong'in xavfsizligi” bo'yicha
quyidagi chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda:
1. Uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashni
kuchaytirish.
2. Tezkor qidiruv xizmatlari va tergov bo'limlarini mustahkamlash.
3. Yo'l xarakati havfsizligini ta'minlash va patrul-post xizmati faoliyatini
takomillashtirish.
4. Yong'in xavfsizligini oldini olishni takomillashtirish.
5. Zilzila oqibatlarini kamaytirishni maqsadli dasturini takomillashtirish.
6. Qish, bahor va yoz mavsumida xavfli geologik jarayonlarni kuzatishni
kuchaytirish.
7. Xavfli gidrometeorologik jarayonlarni oldini olish.
8. Atrof muhitni zararli moddalar bilan ifloslantirishni oldini olishni
kuchaytirish.
9. O'zbekiston Respublikasi hududida biologik xususiyatdagi favqulodda
vaziyatni bashoratlashni takomillashtirsh.
10. Elektr tarmoqlari tufayli yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarni oldini
olishni kuchaytirish.
11. Yirik suv inshootlarida xavfsizlikni ta'minlashni kuchaytirish.
12. Yo'l harakati xavfsizligini amalga oshirish tadbirlarini kuchaytirish.
Ilmiybaza.uz
13. O'zbekneftgaz ob'ektlarida tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda
vaziyatni bashoratlash va shu borada tuzilgan va amalga oshirilayotgan tadbirlarni
yanada takomillashtirish va kuchaytirishdan iborat.
Maxsus tadbirlar.
Hozirgi sharoitlarda aholi hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash ma'lum
usullarda amalga oshiriladi.
1) Aholini zaruriyat bo'lganda yashirinish uchun ishlab chiqarish, jamoat,
turar joylarda, maxsus himoya inshootlarida jamoa muhofaza vositalaridan
foydalanish.
2) Favqulodda vaziyat zonasidan aholini evakuatsiya qilish.
3) Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.
4) Tibbiy muhofaza tadbirlarini amalga oshirish.
5) Avariya qutqaruv boshqa shoshilinch ishlar.