Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari

Yuklangan vaqt

2024-07-21

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

60,5 KB


 
 
 
 
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari 
 
 
Reja: 
1. O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi borasida davlat siyosati. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonuni 
mazmun va mohiyati.  
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi mazmun va mohiyati. 
 
1. O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi borasida davlat 
siyosati 
Ishlovchi aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash davlat 
ahamiyatiga molik bo‘lgan muhim vazifadir. Butun dunyo xamjamiyati bugungi 
kunda e’tiborni mavjud muammolardan biri, ya’ni ish joylarida sodir bo‘layotgan 
oqibati yengil, og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalarni, kasb kasalliklarini 
oldini olish va mehnat muhofazasi masalalariga qaratmoqda.  
Mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, 
hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, 
tashkiliy, 
texnikaviy, 
sanitariya-gigiena, 
davolash-profilaktika, 
reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
2-bo‘limi 
9-bobida 
fuqarolarning mehnat faoliyati bo`yicha asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari 
alohida belgilab qo‘yilgan.  
42-modda. Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin 
tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat 
sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga 
haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq 
olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga 
ega.Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush 
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi borasida davlat siyosati. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonuni mazmun va mohiyati. 3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi mazmun va mohiyati. 1. O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi borasida davlat siyosati Ishlovchi aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan muhim vazifadir. Butun dunyo xamjamiyati bugungi kunda e’tiborni mavjud muammolardan biri, ya’ni ish joylarida sodir bo‘layotgan oqibati yengil, og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalarni, kasb kasalliklarini oldini olish va mehnat muhofazasi masalalariga qaratmoqda. Mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy- iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 2-bo‘limi 9-bobida fuqarolarning mehnat faoliyati bo`yicha asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari alohida belgilab qo‘yilgan. 42-modda. Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush 2 
 
 
darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.Homiladorligi yoki 
bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va 
ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. 
43-modda. Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan 
himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Davlat 
fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda 
rag‘batlantiradi. 
44-modda. Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud 
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. 
Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy 
rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi 
har qanday shakllari taqiqlanadi. 
45-modda. Har kim dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlovchilarga dam 
olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram 
kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tilini belgilash orqali ta’minlanadi. 
46-modda. Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, 
shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda 
ijtimoiy ta’minot huquqiga ega. Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va 
boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam 
iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas. 
Shu bois O‘zbekiston Respublikasida insonning mehnat jarayonidagi 
xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan 
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash profilaktika 
tadbirlarini qamrab oluvchi mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil qilingan.  
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati korxonalarning ishlab 
chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi, 
korxonalarda mehnatning sog‘lom va havfsiz shart-sharoitlarini yaratishga 
ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish, ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz 
hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish va hisobga olish, ishlab 
chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan 
2 darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. 43-modda. Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag‘batlantiradi. 44-modda. Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi. 45-modda. Har kim dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tilini belgilash orqali ta’minlanadi. 46-modda. Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga ega. Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas. Shu bois O‘zbekiston Respublikasida insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash profilaktika tadbirlarini qamrab oluvchi mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil qilingan. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi, korxonalarda mehnatning sog‘lom va havfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish, ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish va hisobga olish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan 3 
 
 
ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash prinsiplariga asoslanadi. 
Mehnatni muhofaza qilish tizimida yagona davlat siyosatini yuritish, xodimlarning 
mehnat qilish jarayonida sog‘lig‘ini saqlash borasidagi qulay va havfsiz mehnat 
sharoitlarini yaratish, bu borada profilaktika tadbirlarini olib borishda mehnatni 
muhofaza qilishga oid qonunchilikning ahamiyati juda kattadir. Tizimning 
faoliyatini tashkil qilish borasida Davlat dasturlari asosida mehnatni muhofaza qilish 
sohasida 20 ga yaqin asoslovchi va 227 tadan ziyod xodimlarning mehnatini 
muhofaza qilish qoidalari joriy qilingan.  
Respublikada joriy qilingan mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini 
attestatsiyadan o‘tkazish va asbob uskunalarning jarohatlash xavfliligini aniqlash 
tartibiga muvofiq korxonalardagi mehnat sharoitlari o‘rganilgan holda noqulay 
mehnat sharoitlarda ishlayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda 
imtiyoz va kafolatlar belgilab berilmoqda. Bular yuqori tarif stavkalarda belgilangan 
mehnat haqi, qisqartirilgan ish vaqti, qo‘shimcha mehnat ta’tili, bepul davolash-
profilaktika oziq-ovqatlar, imtiyozli pensiyalar.  
 
2. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
qonuni mazmun va mohiyati 
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
Qonuni yangi tahriri 2016 yil 22 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoev tomonidan imzolandi va imzolangandan 3 oy 
o‘tib amalga kiritildi. 
Yangi tahrirdagi qonun 36 moddadan iborat bo‘lib, uning normalari 
Respublikamizda yangi qabul qilingan qonunlar va xalqaro me’yoriy talablariga 
muvofiqlashtirildi, yangi normalar kiritildi hamda amaldagi qonunchilikda 
belgilangan va bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga to‘sqinlik 
qilishi mumkin bo‘lgan normalar chiqarildi, bunda: 
– qonunning tuzilmasi yangilandi, yuridik texnika yuzasidan qonun qayta 
ko‘rib chiqildi; 
– qonunning maqsadi belgilandi va asosiy tushunchalar kiritildi; 
– Davlat siyosati va boshqaruvi qayta ko‘rib chiqildi; 
3 ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash prinsiplariga asoslanadi. Mehnatni muhofaza qilish tizimida yagona davlat siyosatini yuritish, xodimlarning mehnat qilish jarayonida sog‘lig‘ini saqlash borasidagi qulay va havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, bu borada profilaktika tadbirlarini olib borishda mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikning ahamiyati juda kattadir. Tizimning faoliyatini tashkil qilish borasida Davlat dasturlari asosida mehnatni muhofaza qilish sohasida 20 ga yaqin asoslovchi va 227 tadan ziyod xodimlarning mehnatini muhofaza qilish qoidalari joriy qilingan. Respublikada joriy qilingan mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish va asbob uskunalarning jarohatlash xavfliligini aniqlash tartibiga muvofiq korxonalardagi mehnat sharoitlari o‘rganilgan holda noqulay mehnat sharoitlarda ishlayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyoz va kafolatlar belgilab berilmoqda. Bular yuqori tarif stavkalarda belgilangan mehnat haqi, qisqartirilgan ish vaqti, qo‘shimcha mehnat ta’tili, bepul davolash- profilaktika oziq-ovqatlar, imtiyozli pensiyalar. 2. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun va mohiyati O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahriri 2016 yil 22 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoev tomonidan imzolandi va imzolangandan 3 oy o‘tib amalga kiritildi. Yangi tahrirdagi qonun 36 moddadan iborat bo‘lib, uning normalari Respublikamizda yangi qabul qilingan qonunlar va xalqaro me’yoriy talablariga muvofiqlashtirildi, yangi normalar kiritildi hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan va bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan normalar chiqarildi, bunda: – qonunning tuzilmasi yangilandi, yuridik texnika yuzasidan qonun qayta ko‘rib chiqildi; – qonunning maqsadi belgilandi va asosiy tushunchalar kiritildi; – Davlat siyosati va boshqaruvi qayta ko‘rib chiqildi; 4 
 
 
– maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonunchilikka muvofiq alohida 
vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; 
– mahalliy davlat xokimiyati organlari vakolatlari va vazifalari belgilandi; 
– mehnat munosabatlarining ishtirokchilari ish beruvchi va xodimning xuquq 
va majburiyatlari aniq ko‘rsatib berildi; 
– tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etish masalalari 
hamda xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari ham shartnoma asosida shu 
ishlar bilan shug‘ullanishi mumkinligi qayd etildi; 
– mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish manbalari, nima maqsadlarda 
foydalanishi ko‘rsatilib, mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘lardan 
boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin emasligi qat’iy belgilandi; 
– ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi, boshqarish 
tizimining auditi, mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi, baxtsiz hodisalar va 
kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish kabi normalar ish beruvchilar va 
xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etish bo‘yicha 
mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi; 
– qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati 
va tekshiruvi qanday amalga oshirilishi aniq normalarda bayon etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
qonuni 3-moddasida uning amal qilish sohasi ko‘rsatib berilgan. Ushbu qonun: 
- korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar 
deb yuritiladi) bilan, shuningdek alohida yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida 
bo‘lgan xodimlarga; 
- ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga, 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilariga, boshqa ta’lim 
muassasalari tinglovchilariga; 
- tashkilotlarda ishlash uchun jalb etiladigan harbiy xizmatchilarga; 
- muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga; 
- sud hukmiga ko‘ra jazoni o‘tayotgan shaxslarga ular jazoni ijro etish 
muassasalari tomonidan belgilanadigan tashkilotlarda ishlashi davrida, shuningdek 
ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslarga, boshqa 
4 – maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonunchilikka muvofiq alohida vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; – mahalliy davlat xokimiyati organlari vakolatlari va vazifalari belgilandi; – mehnat munosabatlarining ishtirokchilari ish beruvchi va xodimning xuquq va majburiyatlari aniq ko‘rsatib berildi; – tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etish masalalari hamda xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari ham shartnoma asosida shu ishlar bilan shug‘ullanishi mumkinligi qayd etildi; – mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish manbalari, nima maqsadlarda foydalanishi ko‘rsatilib, mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘lardan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin emasligi qat’iy belgilandi; – ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi, boshqarish tizimining auditi, mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish kabi normalar ish beruvchilar va xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi; – qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati va tekshiruvi qanday amalga oshirilishi aniq normalarda bayon etildi. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni 3-moddasida uning amal qilish sohasi ko‘rsatib berilgan. Ushbu qonun: - korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) bilan, shuningdek alohida yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarga; - ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilariga, boshqa ta’lim muassasalari tinglovchilariga; - tashkilotlarda ishlash uchun jalb etiladigan harbiy xizmatchilarga; - muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga; - sud hukmiga ko‘ra jazoni o‘tayotgan shaxslarga ular jazoni ijro etish muassasalari tomonidan belgilanadigan tashkilotlarda ishlashi davrida, shuningdek ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslarga, boshqa 5 
 
 
turdagi ishlarni bajarishga, shu jumladan jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab 
tashkil etiladigan ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarga hamda ish 
beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.  
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus 
vakolatli davlat organi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun 
hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Qonunning 
16-moddasiga 
asosan 
Mehnatni 
muhofaza 
qilishni 
moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ajratiladigan 
byudjet mablag‘lari; ish beruvchining o‘z mablag‘lari; qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda tuzilgan mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalarining 
mablag‘lari; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun 
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 
Qonunning 18-moddasiga asosan mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band 
bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha sut (shunga teng bo‘lgan boshqa 
oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv 
(issiq sexlarda ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda 
boshqa shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan bepul ta’minlanadi. Xodimlarning 
shaxsiy himoya vositalarini olish, saqlash, yuvish, tozalash, ta’mirlash, dezinfeksiya 
qilish va zararsizlantirish ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 
Qonunning 22-moddasida xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi 
huquqlari va majburiyatlari belgilab berilgan. 23-moddasida esa ish beruvchining 
mehnatni muhofaza sohasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilab berilgan. 
Ushbu qonunning 24-moddasiga ko‘ra ish beruvchi o‘n sakkiz yoshga 
to‘lmagan shaxslarning va umumiy belgilangan pensiya yoshiga etgan shaxslarning, 
nogironlarning, shuningdek bir qator kasblar va ishlab chiqarishlar xodimlarining 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda 
dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) 
majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishini tashkil etishi shart. 
5 turdagi ishlarni bajarishga, shu jumladan jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarga hamda ish beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunning 16-moddasiga asosan Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag‘lari; ish beruvchining o‘z mablag‘lari; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalarining mablag‘lari; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Qonunning 18-moddasiga asosan mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha sut (shunga teng bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan bepul ta’minlanadi. Xodimlarning shaxsiy himoya vositalarini olish, saqlash, yuvish, tozalash, ta’mirlash, dezinfeksiya qilish va zararsizlantirish ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Qonunning 22-moddasida xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilab berilgan. 23-moddasida esa ish beruvchining mehnatni muhofaza sohasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilab berilgan. Ushbu qonunning 24-moddasiga ko‘ra ish beruvchi o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning va umumiy belgilangan pensiya yoshiga etgan shaxslarning, nogironlarning, shuningdek bir qator kasblar va ishlab chiqarishlar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishini tashkil etishi shart. 6 
 
 
Tibbiy ko‘riklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-
profilaktika muassasalari tomonidan, bunday muassasalar mavjud bo‘lmagan 
taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi 
tomonidan o‘tkaziladi. Qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tibbiy ko‘riklardan 
o‘tishi lozim bo‘lgan shaxslar boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda ham tibbiy 
ko‘riklarni o‘tkazish majburiyati ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Tibbiy 
ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar. Xodimlar 
tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas. Xodimlar tibbiy 
ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki ular o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga 
ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ish 
beruvchi ularni ishga qo‘ymaslikka haqli. Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati 
mehnat sharoitlari bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan 
tashqari tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega. Tibbiy ko‘riklarni 
o‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi. 
Qonuning 25 moddasida belgilanishicha ish beruvchi barcha yangi ishga 
kirayotgan, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni 
muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz 
uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam 
ko‘rsatishga o‘qitishni tashkil etishi shart. 
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat 
nazorati va tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari 
vazirligining mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari va boshqa davlat organlari 
tomonidan amalga oshiriladi.  
 
 
 
3. O‘zbekiston Respublikasi (yangi tahrirdagi) “Mehnat Kodeksi”ning 
mazmun va mohiyati. 
Yurtimizda amal qilinayotgan mavjud kodekslar, huquqiy-normativ hujjatlar 
orasida aynan “Mehnat kodeksi” faoliyat turidan qat’iy nazar barcha korxona-
tashkilotlarda mehnat qilayotgan, buning ortidan oila, ro‘zg‘or tebratayotgan ishchi-
6 Tibbiy ko‘riklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash- profilaktika muassasalari tomonidan, bunday muassasalar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi. Qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tishi lozim bo‘lgan shaxslar boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda ham tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish majburiyati ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar. Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas. Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki ular o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ish beruvchi ularni ishga qo‘ymaslikka haqli. Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoitlari bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega. Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi. Qonuning 25 moddasida belgilanishicha ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga o‘qitishni tashkil etishi shart. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari va boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi (yangi tahrirdagi) “Mehnat Kodeksi”ning mazmun va mohiyati. Yurtimizda amal qilinayotgan mavjud kodekslar, huquqiy-normativ hujjatlar orasida aynan “Mehnat kodeksi” faoliyat turidan qat’iy nazar barcha korxona- tashkilotlarda mehnat qilayotgan, buning ortidan oila, ro‘zg‘or tebratayotgan ishchi- 7 
 
 
xodimlar manfaati hamda huquqlarini himoya qiladi. Mehnat kodeksini bilish, unga 
amal qilgan holda ish yuritish eng avvalo, korxona-tashkilotlarda mehnat 
unumdorligini, samaradorligini oshirilishiga xizmat qiladi. 
Mehnat kodeksi - mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan 
majmuidir. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) 
boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat 
toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda boshqa normativ 
hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va xalqaro 
shartnomalarning qoidalari ham qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat 
kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va 
standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan. 
Oʻzbekiston Respublikasining (yangi tahrirdagi) Mehnat kodeksi 28 oktyabr 
2022 yil qabul qilingan va 30 aprel 2023 yildan amalga kiritilgan 7 ta bo`lim 34 ta 
bob 581 ta moddadan iborat. 
Mehnat kodeksining asosiy vazifasi xodimlar, ish beruvchilar, davlat 
manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali ishlashiga, 
haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va 
sogʻligʻi himoya qilinishini taʼminlashga, mehnat unumdorligining oʻsishiga, ish 
sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush 
darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi. 
 
Ayollar va yoshlar mehnatining o‘ziga xos tomonlari: 
Ishlab chiqarishda ayollar va yoshlar mehnatidan foydalanishda ular 
organizmning o‘ziga xos anatomik - fiziologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. 
O‘smirlik davrining asosiy o‘ziga xosligi barcha hayotiy funksiyalarning keskin 
rivojlanishi, tananing quvvat va jismoniy o‘sishidadir. Bu yoshda skelet suyaklari va 
mushaklarning jadal o‘sishi biriktiruvchi apparatlarning bo‘shligi, mushaklarning tez 
toliqishi, nafas, qon aylanishi va oshqozon-ichak sistemasi ishidagi tez-tez 
o‘zgarishlar kuzatiladi. 
7 xodimlar manfaati hamda huquqlarini himoya qiladi. Mehnat kodeksini bilish, unga amal qilgan holda ish yuritish eng avvalo, korxona-tashkilotlarda mehnat unumdorligini, samaradorligini oshirilishiga xizmat qiladi. Mehnat kodeksi - mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmuidir. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda boshqa normativ hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va xalqaro shartnomalarning qoidalari ham qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasining (yangi tahrirdagi) Mehnat kodeksi 28 oktyabr 2022 yil qabul qilingan va 30 aprel 2023 yildan amalga kiritilgan 7 ta bo`lim 34 ta bob 581 ta moddadan iborat. Mehnat kodeksining asosiy vazifasi xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sogʻligʻi himoya qilinishini taʼminlashga, mehnat unumdorligining oʻsishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi. Ayollar va yoshlar mehnatining o‘ziga xos tomonlari: Ishlab chiqarishda ayollar va yoshlar mehnatidan foydalanishda ular organizmning o‘ziga xos anatomik - fiziologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. O‘smirlik davrining asosiy o‘ziga xosligi barcha hayotiy funksiyalarning keskin rivojlanishi, tananing quvvat va jismoniy o‘sishidadir. Bu yoshda skelet suyaklari va mushaklarning jadal o‘sishi biriktiruvchi apparatlarning bo‘shligi, mushaklarning tez toliqishi, nafas, qon aylanishi va oshqozon-ichak sistemasi ishidagi tez-tez o‘zgarishlar kuzatiladi. 8 
 
 
Shuning uchun balog‘at yoshiga yetmagan (16-18 yosh) o‘smirlar uchun ish 
xaftasi 36 soatga, 15 yoshdagilar uchun 24 soatga qisqartirilgan. Ularni dam olish 
kunlari, ish vaqtidan tashqari ishlarga va kechasi smenadagi ishlarga jalb qilish 
ta’qiqlangan. Ularni og‘ir ishlarda va og‘ir yuklarni ko‘tarishda ishlatilmaydi. Ularni 
ishga olinayotganda albatta tibbiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi. 
Ayollar organizmining anаtomik-fiziologik o‘ziga xosligi ayrim noxush ishlab 
chiqarish sharoitlarida ginekologik kasalliklarning kelib chiqishiga va zurriyotiga 
ta’sir qilishi mumkin. Ayollar sog‘lig‘iga ayniqsa og‘ir va mashaqqatli ish, asabiy 
zo‘riqish va ishning monotonligi noxush ta’sir qiladi. Shuning uchun ishlovchi 
ayollarga yuklarni ko‘tarish va tashish me’yorlanadi, tungi smenalarda ular 
mehnatidan foydalanish cheklanadi, va shunga o‘xshash boshqa yengilliklar 
yaratiladi. 
Ayollar organizmi, ayniqsa homiladorlik paytida, nozik bo‘lgani uchun ularni 
ma’lum muddatga og‘ir va zararli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yengil 
ishlarga o‘tkaziladi, navbatdan tashqari ishlarga qo‘yilmaydi. 
Shuni ta’kidlash lozimki “Mehnat kodeksi”ning XI bobi (187-199 moddalar) 
ayollar, XII bobi (200-211 moddalar) yoshlar mehnati  muhofazasiga bag‘ishlangan. 
Mehnat kodeksining 220-moddasi nogironlar mehnatini muhofaza qilishning 
qo‘shimcha choralari to‘g‘risida bo‘lib, unda ish beruvchi belgilangan minimal ish 
joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi 
tomonidan yo‘llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart. 
 
 
Tayanch so'z va iboralar: Mehnat muhofazasi, Mehnat Kodeksi, qonunlar, 
farmonlar, qarorlar, ish o'rni, mehnat sharoitlari, mehnat shartnomasi, ish vaqti, 
dam olish vaqti, mehnatga haq to'lash, mehnat intizomi, ayollar va yoshlar mehnati, 
favqulodda vaziyat, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda 
vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
8 Shuning uchun balog‘at yoshiga yetmagan (16-18 yosh) o‘smirlar uchun ish xaftasi 36 soatga, 15 yoshdagilar uchun 24 soatga qisqartirilgan. Ularni dam olish kunlari, ish vaqtidan tashqari ishlarga va kechasi smenadagi ishlarga jalb qilish ta’qiqlangan. Ularni og‘ir ishlarda va og‘ir yuklarni ko‘tarishda ishlatilmaydi. Ularni ishga olinayotganda albatta tibbiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ayollar organizmining anаtomik-fiziologik o‘ziga xosligi ayrim noxush ishlab chiqarish sharoitlarida ginekologik kasalliklarning kelib chiqishiga va zurriyotiga ta’sir qilishi mumkin. Ayollar sog‘lig‘iga ayniqsa og‘ir va mashaqqatli ish, asabiy zo‘riqish va ishning monotonligi noxush ta’sir qiladi. Shuning uchun ishlovchi ayollarga yuklarni ko‘tarish va tashish me’yorlanadi, tungi smenalarda ular mehnatidan foydalanish cheklanadi, va shunga o‘xshash boshqa yengilliklar yaratiladi. Ayollar organizmi, ayniqsa homiladorlik paytida, nozik bo‘lgani uchun ularni ma’lum muddatga og‘ir va zararli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yengil ishlarga o‘tkaziladi, navbatdan tashqari ishlarga qo‘yilmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki “Mehnat kodeksi”ning XI bobi (187-199 moddalar) ayollar, XII bobi (200-211 moddalar) yoshlar mehnati muhofazasiga bag‘ishlangan. Mehnat kodeksining 220-moddasi nogironlar mehnatini muhofaza qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida bo‘lib, unda ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yo‘llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart. Tayanch so'z va iboralar: Mehnat muhofazasi, Mehnat Kodeksi, qonunlar, farmonlar, qarorlar, ish o'rni, mehnat sharoitlari, mehnat shartnomasi, ish vaqti, dam olish vaqti, mehnatga haq to'lash, mehnat intizomi, ayollar va yoshlar mehnati, favqulodda vaziyat, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 9 
 
 
1. O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi borasida davlat siyosati 
to’g’risida nimalarni bilasiz? 
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonuni 
mazmun va mohiyatini aytib bering.  
3. Mehnatni 
muhofaza 
qilish 
sohasidagi 
davlat 
siyosatining 
asosiy 
yo‘nalishlari nimalardan iborat? 
4. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat 
nazorati va tekshiruvi kimlar tomonidan o’tkaziladi? 
5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi to’g’risida nimalarni bilasiz? 
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining mazmunini aytib bering. 
7. Ayollar va yoshlar mehnatining o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat? 
9 1. O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi borasida davlat siyosati to’g’risida nimalarni bilasiz? 2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonuni mazmun va mohiyatini aytib bering. 3. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat? 4. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi kimlar tomonidan o’tkaziladi? 5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi to’g’risida nimalarni bilasiz? 6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining mazmunini aytib bering. 7. Ayollar va yoshlar mehnatining o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat?