HAYOT HAQIDAGI TUSHUNCHALAR, HOZIRGI ZAMON BIOLOGIYASI HAYOTNING PAYDO BO`LISHI HAQIDAGI FALSAFIY TUSHUNCHALAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

11

File size

Fayl hajmi

25,4 KB


HAYOT HAQIDAGI TUSHUNCHALAR, HOZIRGI ZAMON
BIOLOGIYASI HAYOTNING PAYDO BO`LISHI HAQIDAGI FALSAFIY
TUSHUNCHALAR
Reja:
 1.Hayot haqida tushunchalar.
 2. Hayotning biokimyoviy evolyutsiyasi.
 3. Tabiatshunoslikning fizikaviy konsepsiyasi. Nisbiylik nazariyasi.
 4. Fazo va vaqt.
Asosiy  tushunchalar: 
Hayot, 
biokimyoviy  evolyutsiyasi, 
nazariya,
konsepsiya, nisbiylik, fazo va vaqt.
 Hayot  haqida  tushunchalar. Hozirgi  zamon  olimlari  oldida  turgan  eng
murakkab masala - yerda hayotning paydo bo‘lishini tahlil qilib berishdir. Uning
qiyinligi shundaki bugungi fan rivojlanish jarayonidagi muammolarni emperik
yo‘l bilan, aniq tajriba yo‘li bilan o‘rganadi va muayyan xulosaga keladi, ammo
yerda  hayotning  paydo  bo‘lganini,  bundan  5-6  milliard  yillar  oldin  qanday
holatda ekanligini aniq aytishga qiynaladi. Qiyinligi shundaki, hayotning paydo
bo‘lganligini aniqlash uchun biron-bir ilmiy tajriba o‘tkazib bo‘lmaydi. Aslida
“Biz qayerdan keldik, qanday paydo bo‘ldik?” degan savolga, “Yangi tosh asri -
neolit davridan, bor-yo‘g‘i 7-8 ming yildan boshlab yashayapmiz” degan javob
beriladi. 
 Shuni aytish joizki, odamlar neolit davridan boshlab g‘orlardan chiqib, o‘zlariga
ochiq
 
joylardan
 
uy-joy
 
qurishni
 
o‘rgandilar.
Logotip
HAYOT HAQIDAGI TUSHUNCHALAR, HOZIRGI ZAMON BIOLOGIYASI HAYOTNING PAYDO BO`LISHI HAQIDAGI FALSAFIY TUSHUNCHALAR Reja: 1.Hayot haqida tushunchalar. 2. Hayotning biokimyoviy evolyutsiyasi. 3. Tabiatshunoslikning fizikaviy konsepsiyasi. Nisbiylik nazariyasi. 4. Fazo va vaqt. Asosiy tushunchalar: Hayot, biokimyoviy evolyutsiyasi, nazariya, konsepsiya, nisbiylik, fazo va vaqt. Hayot haqida tushunchalar. Hozirgi zamon olimlari oldida turgan eng murakkab masala - yerda hayotning paydo bo‘lishini tahlil qilib berishdir. Uning qiyinligi shundaki bugungi fan rivojlanish jarayonidagi muammolarni emperik yo‘l bilan, aniq tajriba yo‘li bilan o‘rganadi va muayyan xulosaga keladi, ammo yerda hayotning paydo bo‘lganini, bundan 5-6 milliard yillar oldin qanday holatda ekanligini aniq aytishga qiynaladi. Qiyinligi shundaki, hayotning paydo bo‘lganligini aniqlash uchun biron-bir ilmiy tajriba o‘tkazib bo‘lmaydi. Aslida “Biz qayerdan keldik, qanday paydo bo‘ldik?” degan savolga, “Yangi tosh asri - neolit davridan, bor-yo‘g‘i 7-8 ming yildan boshlab yashayapmiz” degan javob beriladi. Shuni aytish joizki, odamlar neolit davridan boshlab g‘orlardan chiqib, o‘zlariga ochiq joylardan uy-joy qurishni o‘rgandilar.
 Insoniyat  keyingi  5-6  ming  yillar  davomida  dunyo  haqida  turli  afsonalar
to‘qishga, mavhum, tabiiy va ilohiy kuchlar borligiga ishonib keldi.
 Dunyoning paydo bo‘lishi haqida eng birinchi fikrlar diniy bo‘lib, barcha xalqlar
o‘z dinlaridan qat'i nazar dunyoni xudo yaratgan, jonsiz narsalarga xudo jon ato
qilgan, degan tushunchaga kelgan. Oddiy odamlar o‘ylab, fikrlab o‘tirmasdan turli
xil afsonalarga ishonib qo‘yaqoladi, ilmiy jihatdan talqin qilish o‘ta murakkab, isbot
talab qiladigan jarayon. Islom dini ham, nasroniy, juhudlar hatto, buddistlar ham
yerda hayotning paydo bo‘lishiga o‘zlaricha izohlar berganlar.
 Tirik organizmlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi haqida eng yorqin materialistik
fikrlarni Demokrit (e.o. 460-370 yy) va Epikur (e.o. 341-270 yy)lar aytib o‘tdilar.
Bu faylasuflar  fikricha, tirik organizmlarning paydo bo‘lishi  tabiiy kuchlarning
mahsulidir, hech qanday “ilohiy kuchning” ta’siri yo‘q.
 Eng buyuk faylasuf Aristotel (e.o. 384-322 yy) xudoga ishongan va hamma narsa
xudodan deb bilganiga qaramasdan, organizmlar tirik organizmlardan paydo bo‘ladi,
ammo ular ba’zan o‘lik materiyadan ham paydo bo‘ladi, deb tushuntiradi. Uning
qayd etishicha, materiya eng passiv boshlanish bo‘lib ikki xil ko‘rinishga ega.
Birinchidan,  u  shakl  modda  bo‘lib,  u  o‘z  -  o‘zicha  aniq  songa  va  biron  bir
xususiyatga ega emas. Bu materiyaning birinchi ko‘rinishidir. Ikkinchi ko‘rinishi
yoki kengroq qilib aytsak, narsa nimadan iborat bo‘lsa, u shundan paydo bo‘ladi.
Aristotelning  qarashlariga  ko‘ra,  materiyaga  hayot  ichki  tomondan  beriladi.
Olimning  hayot-hayotidan  paydo  bo‘lishi  haqidagi  g‘oyasi  keyingi  2000-yil
davomida tan olinib kelindi.
 Hayot tushunchasining shakllanishida F. Redi va L. Paster qarashlari. XVII  asrning
ikkinchi  yarmigacha  organizmlar  o’z  ajdodlaridan  biogenez  yo’li  bilan  hosil
bo’lishidan tashqari qulay sharoitda anorganik moddalardan abiogenez yo’li bilan
ham paydo bo’la oladi degan tasavvurlar mavjud edi.
 1688  -  yilda  Italiya  olimi  F.  Redi  tajribada  hayotning  o’z-o’zidan  paydo
bo’lmasligini  isbotlab  berdi.  F.  Redi  go’shtni  yopiq  idishga  solib  qo’yganida
pashshalar  kira  olmaganligi  uchun  unda  lichinkalar  paydo  bo’lmadi.  Lekin
hayotning o’z-o’zidan paydo bo’lishi tarafdorlari idishga havo kirmagani uchun
shunday bo’ldi deb uni tanqid qildilar. Shunda F. Redi go’sht solingan idishlarning
ayrimlarini ochiq qoldirib, boshqalarini doka bilan yopib qo’ydi.
Logotip
Insoniyat keyingi 5-6 ming yillar davomida dunyo haqida turli afsonalar to‘qishga, mavhum, tabiiy va ilohiy kuchlar borligiga ishonib keldi. Dunyoning paydo bo‘lishi haqida eng birinchi fikrlar diniy bo‘lib, barcha xalqlar o‘z dinlaridan qat'i nazar dunyoni xudo yaratgan, jonsiz narsalarga xudo jon ato qilgan, degan tushunchaga kelgan. Oddiy odamlar o‘ylab, fikrlab o‘tirmasdan turli xil afsonalarga ishonib qo‘yaqoladi, ilmiy jihatdan talqin qilish o‘ta murakkab, isbot talab qiladigan jarayon. Islom dini ham, nasroniy, juhudlar hatto, buddistlar ham yerda hayotning paydo bo‘lishiga o‘zlaricha izohlar berganlar. Tirik organizmlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi haqida eng yorqin materialistik fikrlarni Demokrit (e.o. 460-370 yy) va Epikur (e.o. 341-270 yy)lar aytib o‘tdilar. Bu faylasuflar fikricha, tirik organizmlarning paydo bo‘lishi tabiiy kuchlarning mahsulidir, hech qanday “ilohiy kuchning” ta’siri yo‘q. Eng buyuk faylasuf Aristotel (e.o. 384-322 yy) xudoga ishongan va hamma narsa xudodan deb bilganiga qaramasdan, organizmlar tirik organizmlardan paydo bo‘ladi, ammo ular ba’zan o‘lik materiyadan ham paydo bo‘ladi, deb tushuntiradi. Uning qayd etishicha, materiya eng passiv boshlanish bo‘lib ikki xil ko‘rinishga ega. Birinchidan, u shakl modda bo‘lib, u o‘z - o‘zicha aniq songa va biron bir xususiyatga ega emas. Bu materiyaning birinchi ko‘rinishidir. Ikkinchi ko‘rinishi yoki kengroq qilib aytsak, narsa nimadan iborat bo‘lsa, u shundan paydo bo‘ladi. Aristotelning qarashlariga ko‘ra, materiyaga hayot ichki tomondan beriladi. Olimning hayot-hayotidan paydo bo‘lishi haqidagi g‘oyasi keyingi 2000-yil davomida tan olinib kelindi. Hayot tushunchasining shakllanishida F. Redi va L. Paster qarashlari. XVII asrning ikkinchi yarmigacha organizmlar o’z ajdodlaridan biogenez yo’li bilan hosil bo’lishidan tashqari qulay sharoitda anorganik moddalardan abiogenez yo’li bilan ham paydo bo’la oladi degan tasavvurlar mavjud edi. 1688 - yilda Italiya olimi F. Redi tajribada hayotning o’z-o’zidan paydo bo’lmasligini isbotlab berdi. F. Redi go’shtni yopiq idishga solib qo’yganida pashshalar kira olmaganligi uchun unda lichinkalar paydo bo’lmadi. Lekin hayotning o’z-o’zidan paydo bo’lishi tarafdorlari idishga havo kirmagani uchun shunday bo’ldi deb uni tanqid qildilar. Shunda F. Redi go’sht solingan idishlarning ayrimlarini ochiq qoldirib, boshqalarini doka bilan yopib qo’ydi.
 Doka bilan yopilgan idishlarda lichinkalar paydo bo’lmadi, ochiq idishlardagi
go’shtda  esa  son-sanoqsiz  lichinkalar  paydo  bo’ldi.  F.  Redi  hayotning  hozirgi
zamonda  faqat  mavjud  hayot  shakllaridan  biogenez  yo’li  bilan  rivojlanishi
mumkinligini tajribada tasdiqladi.
 XIX  asr  o’rtalarida  fransuz  olimi  Lui  Paster  kolbada  mikroorganizmlar
ko’payadigan ozuqa suyuqligini uzoq vaqt qaynatdi. Kolba ochiq qoldirilganda unda
bir necha kundan keyin mikroorganizmlar ko’payishi kuzatildi (unga bakteriyalar va
ularning  sporalari  tushishi  natijasida).  Keyingi  tajribasida  L.  Paster  suyuqlikka
mikroorganizmlar va uning sporalari kirmasligi uchun kolbaning og’ziga S simon
shakldagi shisha naychani biriktirib qo’ydi.
 Mikroorganizmlar sporalari ingichka egilgan naycha devorida o’tirib qoladi va
kolba  ichiga  o’ta  olmaydi.  Yaxshi  qaynatilgan  suyuqlikda  mikroorganizmlar
o’lganligi,  unga  tashqaridan  yangilarining  kira  olmaganligi  natijasida
mikroorganizmlar paydo bo’lmaydi.
 Shunday qilib hayotning har xil shakllarining hozirgi zamonda o’z-o’zidan paydo
bo’la olmasligi F. Redi va L. Paster tadqiqotlarida uzil-kesil tasdiqlandi.
 XIX asrning ikkinchi yarimlarida fan va texnikaning rivojlana boshlashi natijasida
hayot  bizga  kosmosdan  kelgan,  degan  tushuncha  ham  ilmiy  asosni  targ‘ib
qilaboshladi. Aslida, hayot kosmosdan kelganligi haqidagi dastlabki tushunchalar
eramizgacha bo‘lgan grek faylasufi Anaksagor tomonidan ham aytib o‘tilgan edi.
XIX asr o‘rtalarida tabiatshunoslikda, hayot kosmosdan kelgan, degan tushuncha
qayta ko‘tarildi. Hayot  boshqa planetalardan kosmik jismlar  orqali  bizga yetib
kelgan, kosmik jismlar yerga hayot urug‘larini ekib ketishgan, degan fikrlar paydo
bo‘ldi.
 Hali-haligacha biron bir olim Koinotda hayot birgina yerda mavjud, degan fikrga
kelaolmaydi. Ayrimlar Koinotda faqat yerda hayot bor, deb biladilar. Hozirgacha
kosmos  ancha  o‘rganilganiga  qaramasdan,  hamon  yerdan  boshqa  joyda  hayot
mavjudligiga  ishonib  bo‘lmaydi-da!  Chunki  boshqa  planeta  odamlari  yoki
sivilizatsiyasi haqida ilmiy isbotlangan biron bir ma’lumot yo‘q. Kosmik kemalar,
meteoritlar esa o‘zlari bilan tirik organizmlarni haligacha olib kelmadilar.
 Hozirgi davrda kosmosda hayot borligini qat’iy himoya qiladigan taniqli olimlardan
biri  angliyalik  olim,  Nobel  mukofoti  sovrindori  Frensis  Krik  hisoblanadi.  U
Logotip
Doka bilan yopilgan idishlarda lichinkalar paydo bo’lmadi, ochiq idishlardagi go’shtda esa son-sanoqsiz lichinkalar paydo bo’ldi. F. Redi hayotning hozirgi zamonda faqat mavjud hayot shakllaridan biogenez yo’li bilan rivojlanishi mumkinligini tajribada tasdiqladi. XIX asr o’rtalarida fransuz olimi Lui Paster kolbada mikroorganizmlar ko’payadigan ozuqa suyuqligini uzoq vaqt qaynatdi. Kolba ochiq qoldirilganda unda bir necha kundan keyin mikroorganizmlar ko’payishi kuzatildi (unga bakteriyalar va ularning sporalari tushishi natijasida). Keyingi tajribasida L. Paster suyuqlikka mikroorganizmlar va uning sporalari kirmasligi uchun kolbaning og’ziga S simon shakldagi shisha naychani biriktirib qo’ydi. Mikroorganizmlar sporalari ingichka egilgan naycha devorida o’tirib qoladi va kolba ichiga o’ta olmaydi. Yaxshi qaynatilgan suyuqlikda mikroorganizmlar o’lganligi, unga tashqaridan yangilarining kira olmaganligi natijasida mikroorganizmlar paydo bo’lmaydi. Shunday qilib hayotning har xil shakllarining hozirgi zamonda o’z-o’zidan paydo bo’la olmasligi F. Redi va L. Paster tadqiqotlarida uzil-kesil tasdiqlandi. XIX asrning ikkinchi yarimlarida fan va texnikaning rivojlana boshlashi natijasida hayot bizga kosmosdan kelgan, degan tushuncha ham ilmiy asosni targ‘ib qilaboshladi. Aslida, hayot kosmosdan kelganligi haqidagi dastlabki tushunchalar eramizgacha bo‘lgan grek faylasufi Anaksagor tomonidan ham aytib o‘tilgan edi. XIX asr o‘rtalarida tabiatshunoslikda, hayot kosmosdan kelgan, degan tushuncha qayta ko‘tarildi. Hayot boshqa planetalardan kosmik jismlar orqali bizga yetib kelgan, kosmik jismlar yerga hayot urug‘larini ekib ketishgan, degan fikrlar paydo bo‘ldi. Hali-haligacha biron bir olim Koinotda hayot birgina yerda mavjud, degan fikrga kelaolmaydi. Ayrimlar Koinotda faqat yerda hayot bor, deb biladilar. Hozirgacha kosmos ancha o‘rganilganiga qaramasdan, hamon yerdan boshqa joyda hayot mavjudligiga ishonib bo‘lmaydi-da! Chunki boshqa planeta odamlari yoki sivilizatsiyasi haqida ilmiy isbotlangan biron bir ma’lumot yo‘q. Kosmik kemalar, meteoritlar esa o‘zlari bilan tirik organizmlarni haligacha olib kelmadilar. Hozirgi davrda kosmosda hayot borligini qat’iy himoya qiladigan taniqli olimlardan biri angliyalik olim, Nobel mukofoti sovrindori Frensis Krik hisoblanadi. U
Amerikalik izlanuvchi Lesli Orgel bilan “Boshqarish mumkin bo‘lgan panspermiya”
ta’limoti haqida maqolalar e’lon qildi. Olimlarning fikricha, hozirgi mavjud hayot
yerga boshqa sivilizatsiyadan kelib qolgan. Agarda yerdagi insonlar hayotni boshqa
planetalarga  olib  o‘tish  mumkin  bo‘lsa,  nega  yerning  o‘zidagi  hayot  boshqa
planetadan kelgan, uzatilgan emas, balki bizgacha 4 mlrd yil oldin yerga hayot kelib
qolgan bo‘lishi mumkin. Shu xulosalar oqimida amerikalik fantast yozuchi shunday
deb yozadi: “Biz Marsga bordik, endi inson Marsga hayot olib bordi, u yerda biz-
insonlar hayoti mavjud”. Aslida Marsda hayot borligi noma’lum, balki insonlar
mikroorganizmlarni olib borib, u yerda hayot barpo qilish va sekin-asta kislorod
hosil qilishga erishish ustida bosh qotiradilar.
 Yerga  tashqaridan  keladigan  kosmik  kema  bortida  turli  xil  mikroorganizmlar
mavjud bo‘lishi mumkin. Bizning galaktikamiz radiusi 105 yorug‘lik yiliga teng
bo‘lsa, Krik va Orgel ta’rifidagi kosmik kema 0,001 yorug‘lik tezligi bilan harakat
qiladi, bu vaqtda ular butun Galaktikaga hayot ekib chiqishlari mumkin edi-da.
Faqat bir narsa aniqki, kosmik apparat himoyasida mikroorganizmlar harorat 0
daraja bo‘lgani uchun million yillar davomida saqlanib qolishlari mumkin.
 Krik va Orgelning hayotni “Kosmik ekish” haqidagi genetik kodi universalligi
shundaki, barcha tirik organizmlarda irsiy belgilarning bir hilda berilishidir. Bu
olimlar o‘z fikrlarini isbotlab, shunday deyishadi: “Mayli, yerda hayot o‘z-o‘zidan
bir necha joyda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘lgan bo‘lsin. Shunda
ham tegishli masala yana noma’lum bo‘lib qoladi: Xo‘sh bu tirik organizmlarda bir
xil genetik kod qayerdan paydo bo‘ldi?” Bu savolga kim javob beradi. 
 Krik va Orgel xulosasiga ko‘ra, yerga hayot yagona genetik kod bilan o‘zga
planetadan kelib qolgan. Genetik kod to‘g‘risida yer-ning ham xulosasi bor bo‘lib,
kimyoviy  evolyutsiyaning  boshlang‘ich  davridagi  kimyoviy  tanlash  jarayonida
murakkab molekulalar hosil bo‘lganda tirik organizmlar irsiy belgilarni uzatishning
universal mexanizmi tufayli hosil bo‘lgan.
 Krik va Orgelning molibden haqidagi nazariyalari yapon olimi F.Yegani tomonidan
tezda  fosh  qilindi.  Bu  olim  yuqoridagi  olimlarning  maqolalaridan  so‘ng  yer
tarkibidagi metallar miqdorini aniqladi. Haqiqatda Yerda molibdenning umumiy
miqdori kam, ammo dengiz suvida uning miqdori yuqori, ya’ni xromga qaraganda
ikki baravar ko‘p. F.Yegani o‘z izlanishlarida quyidagi xulosaga keladi. Dengiz
Logotip
Amerikalik izlanuvchi Lesli Orgel bilan “Boshqarish mumkin bo‘lgan panspermiya” ta’limoti haqida maqolalar e’lon qildi. Olimlarning fikricha, hozirgi mavjud hayot yerga boshqa sivilizatsiyadan kelib qolgan. Agarda yerdagi insonlar hayotni boshqa planetalarga olib o‘tish mumkin bo‘lsa, nega yerning o‘zidagi hayot boshqa planetadan kelgan, uzatilgan emas, balki bizgacha 4 mlrd yil oldin yerga hayot kelib qolgan bo‘lishi mumkin. Shu xulosalar oqimida amerikalik fantast yozuchi shunday deb yozadi: “Biz Marsga bordik, endi inson Marsga hayot olib bordi, u yerda biz- insonlar hayoti mavjud”. Aslida Marsda hayot borligi noma’lum, balki insonlar mikroorganizmlarni olib borib, u yerda hayot barpo qilish va sekin-asta kislorod hosil qilishga erishish ustida bosh qotiradilar. Yerga tashqaridan keladigan kosmik kema bortida turli xil mikroorganizmlar mavjud bo‘lishi mumkin. Bizning galaktikamiz radiusi 105 yorug‘lik yiliga teng bo‘lsa, Krik va Orgel ta’rifidagi kosmik kema 0,001 yorug‘lik tezligi bilan harakat qiladi, bu vaqtda ular butun Galaktikaga hayot ekib chiqishlari mumkin edi-da. Faqat bir narsa aniqki, kosmik apparat himoyasida mikroorganizmlar harorat 0 daraja bo‘lgani uchun million yillar davomida saqlanib qolishlari mumkin. Krik va Orgelning hayotni “Kosmik ekish” haqidagi genetik kodi universalligi shundaki, barcha tirik organizmlarda irsiy belgilarning bir hilda berilishidir. Bu olimlar o‘z fikrlarini isbotlab, shunday deyishadi: “Mayli, yerda hayot o‘z-o‘zidan bir necha joyda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘lgan bo‘lsin. Shunda ham tegishli masala yana noma’lum bo‘lib qoladi: Xo‘sh bu tirik organizmlarda bir xil genetik kod qayerdan paydo bo‘ldi?” Bu savolga kim javob beradi. Krik va Orgel xulosasiga ko‘ra, yerga hayot yagona genetik kod bilan o‘zga planetadan kelib qolgan. Genetik kod to‘g‘risida yer-ning ham xulosasi bor bo‘lib, kimyoviy evolyutsiyaning boshlang‘ich davridagi kimyoviy tanlash jarayonida murakkab molekulalar hosil bo‘lganda tirik organizmlar irsiy belgilarni uzatishning universal mexanizmi tufayli hosil bo‘lgan. Krik va Orgelning molibden haqidagi nazariyalari yapon olimi F.Yegani tomonidan tezda fosh qilindi. Bu olim yuqoridagi olimlarning maqolalaridan so‘ng yer tarkibidagi metallar miqdorini aniqladi. Haqiqatda Yerda molibdenning umumiy miqdori kam, ammo dengiz suvida uning miqdori yuqori, ya’ni xromga qaraganda ikki baravar ko‘p. F.Yegani o‘z izlanishlarida quyidagi xulosaga keladi. Dengiz
suvida molibden elementinig yuqori miqdorda bo‘lishi yerning aslida suvdan paydo
bo‘lganligini ko‘rsatadi.
 XX asr boshlaridagi kuzatishlar yoki okeanning fizikaviy-kimyoviy sharoiti yerda
hayot  suvdan  boshlanganligini  tasdiqlaydi.  Okean  suvidagi  ayrim  metallarning
bakteriya o‘simliklar hayvonlar bilan bir xildaligi avvalgi fikrlarimiz to‘g‘riligiga
asos bo‘ladi.
Hayotning  biokimyoviy  evolyutsiyasi.  Bu  nazariya  XX  asrning  20-30-
yillarida shakllana boshladi. Bu nazariyaga ko’ra Yerning ilk rivojlanishi davrlarida
undagi iqlim sharoitlari hozirgi zamondagiga nisbatan juda katta farq qilgan. Bunday
sharoitda avval oddiy organik birikmalar abiogen usulda sintezlangan va asta-sekin
kimyoviy  evolutsiya  natijasida  murakkablashib,  eng  oddiy  hayot  shakllariga
aylangan va undan keyin biologik evolutsiya boshlangan.
 Ch.  Darvin  fikriga  ko’ra  hayot  faqat  hayot  bo’lmagan  sharoitlardagina  kelib
chiqishi  mumkin.  Geterotrof  mikroorganizmlar  yangi  hosil  bo’lgan  organik
moddalarni darrov parchalab tashlaydi. Shuning uchun ham hozirgi davrda hayot
yangidan kelib chiqishi mumkin emas.
 Yerda hayotning kelib chiqishi uchun zarur bo’lgan ikkinchi sharoit birlamchi
atmosfera tarkibida kislorod bo’lmasligidir. Chunki kislorod bo’lsa, u yangi hosil
bo’lgan organik moddalarni parchalab tashlagan bo’lar edi.
 Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekular evolutsiya natijasida hosil
bo’lishi to’g’risidagi nazariya rus olimi A. I. Oparin (1924) va ingliz olimi J.
Xoldeyn (1929) tomonidan yaratilgan.
 Tabiatshunoslar fikriga ko’ra Yer bundan taxminan 4,5 - 5 milliard yillar oldin
paydo bo’lgan. Dastlab Yer changsimon holatda, harorati juda yuqori (4000 –
8000s)  bo’lgan.  Asta-sekin  sovish  jarayonida  og’ir  elementlar  sayyoramizning
markaziga, yengillari esa periferik qismiga joylasha boshlagan.
 Yerda eng qadimgi odiy tirik organizmlar taxminan 3,5 milliard yil avval paydo
bo’lgan  deb  taxmin  qilinadi.  Hayot  avval  kimyoviy,  keyin  esa  biologik
evolutsiyaning mahsulidir.
 Kimyoviy evolutsiya Yerning birlamchi atmosferasi tarkibidagi N, H, C, O o’zaro
reaksiyaga kirishib ammiak, metan, uglerod oksidlari, vodorod sulfide, suv bug’lari
kabi oddiy organik birikmalarni hosil qiladi.
Logotip
suvida molibden elementinig yuqori miqdorda bo‘lishi yerning aslida suvdan paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. XX asr boshlaridagi kuzatishlar yoki okeanning fizikaviy-kimyoviy sharoiti yerda hayot suvdan boshlanganligini tasdiqlaydi. Okean suvidagi ayrim metallarning bakteriya o‘simliklar hayvonlar bilan bir xildaligi avvalgi fikrlarimiz to‘g‘riligiga asos bo‘ladi. Hayotning biokimyoviy evolyutsiyasi. Bu nazariya XX asrning 20-30- yillarida shakllana boshladi. Bu nazariyaga ko’ra Yerning ilk rivojlanishi davrlarida undagi iqlim sharoitlari hozirgi zamondagiga nisbatan juda katta farq qilgan. Bunday sharoitda avval oddiy organik birikmalar abiogen usulda sintezlangan va asta-sekin kimyoviy evolutsiya natijasida murakkablashib, eng oddiy hayot shakllariga aylangan va undan keyin biologik evolutsiya boshlangan. Ch. Darvin fikriga ko’ra hayot faqat hayot bo’lmagan sharoitlardagina kelib chiqishi mumkin. Geterotrof mikroorganizmlar yangi hosil bo’lgan organik moddalarni darrov parchalab tashlaydi. Shuning uchun ham hozirgi davrda hayot yangidan kelib chiqishi mumkin emas. Yerda hayotning kelib chiqishi uchun zarur bo’lgan ikkinchi sharoit birlamchi atmosfera tarkibida kislorod bo’lmasligidir. Chunki kislorod bo’lsa, u yangi hosil bo’lgan organik moddalarni parchalab tashlagan bo’lar edi. Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekular evolutsiya natijasida hosil bo’lishi to’g’risidagi nazariya rus olimi A. I. Oparin (1924) va ingliz olimi J. Xoldeyn (1929) tomonidan yaratilgan. Tabiatshunoslar fikriga ko’ra Yer bundan taxminan 4,5 - 5 milliard yillar oldin paydo bo’lgan. Dastlab Yer changsimon holatda, harorati juda yuqori (4000 – 8000s) bo’lgan. Asta-sekin sovish jarayonida og’ir elementlar sayyoramizning markaziga, yengillari esa periferik qismiga joylasha boshlagan. Yerda eng qadimgi odiy tirik organizmlar taxminan 3,5 milliard yil avval paydo bo’lgan deb taxmin qilinadi. Hayot avval kimyoviy, keyin esa biologik evolutsiyaning mahsulidir. Kimyoviy evolutsiya Yerning birlamchi atmosferasi tarkibidagi N, H, C, O o’zaro reaksiyaga kirishib ammiak, metan, uglerod oksidlari, vodorod sulfide, suv bug’lari kabi oddiy organik birikmalarni hosil qiladi.
 Dastlab juda kam miqdordagi erkin kislorod birikmalar tarkibiga kirib tamom
bo’lgan.  Biologik  monomerlar  abiogen  usulda  sintezlangan.  Yerning  sovishi
natijasida birlamchi okeanlar hosil bo’lgan. Suvdagi kislorod hisobiga oddiy organik
birikmalar oksidlanib spirtlar, aldegidlar, aminokislotalar hosil bo’lgan, birlamchi
okean murakkab organik moddalar bilan to’yinib borgan. A. I. Oparin hayotning
paydo bo’lishini tajribada o’rganish mumkinligi g’oyasini birinchi bo’lib olg’a surdi.
Darhaqiqat,  S.  Miller  (1953  yy)  tajribada  birlamchi  Yer  sharoitining  modelini
yaratdi. U qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug’lariga elektr uchquni
ta’sir etib, asparagine, glitsin, glutamin aminokislotalarini sun’iy sintezladi.
 Oparin  fikriga  ko’ra  oqsil  molekulalari  kolloid  birikmalarni  hosil  qilgan.  Bu
birikmalar suvdan ajralib turadigan koaservat tomchilarini hosil qiladi (lotincha
coacervus - quyqa, quyuq narsa ma’nosini anglatadi). 
 Koaservatlar  o’ziga suvdan  har  xil  moddalarni  biriktirib, bir-birlaridan tobora
farqlanib borgan, ularda kimyoviy reaksiyalar kuzatilgan, keraksiz moddalar ajratilib
chiqarilgan.
 Koaservatlarni tirik mavjudodlar deb atash mumkin emas. Kimyoviy evolutsiyaning
so’nggi  bosqichlarida  koaservatlar  o’sa  boshlagan,  moddalar  almashinishiga
o’xshagan tirik organizmlarga xos belgilar paydo bo’lgan. Koaservatlar membrana
bilan  o’rala  boshlagan  va  ularda  bo’linish  xususiyati  paydo  bo’lgan  deb  faraz
qilinadi. Bunday koaservatlar protobiontlar yoki birlamchi hujayralar deb ataladi.
 Keyingi  20  yilda  yoki  XX  asrning  oxirlarida  Koinotda  organik  birikmalar
mavjudligi haqida ma’lumotlar olindi (meteoritlar) va yerda hayot Koinot bilan
bog‘liq ravishda paydo bo‘lganligi isbotlandi.
 Oldingi idealistlar, diniy oqimlar va hatto materialistlarning nazariyalari ularning
bilim o‘rganish darajasi yetarli bo‘lmaganlari uchun to‘liq asosli emas edi.
 Geraklid (e.o.530 – 470 yy) tabiatga dialektik nuqtayi nazaridan qarab shunday
degan:  “Tabiatdagi  hamma  narsa  o‘tkinchi  va  hamma  narsa  o‘zaro  bog‘lanib,
kosmosning birinchi elementlari olov, suv, havo, yer hammasi o‘zgaradi”. Bu faktlar
umumiy  birlikning  kurtaklari  bo‘lib,  materiya  rivojlanishining  boshi  va  oxiri
yo‘qligini ko‘rsatgan.
 Dastlabki faylasuflarning hayot haqida fikrlari o‘ziga xos bo‘lgan. Chunonchi: Fales
hamma narsa suvdan tabiiy rivojlanish orqali hosil bo‘lgan deydi. Anaksimandrning
Logotip
Dastlab juda kam miqdordagi erkin kislorod birikmalar tarkibiga kirib tamom bo’lgan. Biologik monomerlar abiogen usulda sintezlangan. Yerning sovishi natijasida birlamchi okeanlar hosil bo’lgan. Suvdagi kislorod hisobiga oddiy organik birikmalar oksidlanib spirtlar, aldegidlar, aminokislotalar hosil bo’lgan, birlamchi okean murakkab organik moddalar bilan to’yinib borgan. A. I. Oparin hayotning paydo bo’lishini tajribada o’rganish mumkinligi g’oyasini birinchi bo’lib olg’a surdi. Darhaqiqat, S. Miller (1953 yy) tajribada birlamchi Yer sharoitining modelini yaratdi. U qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug’lariga elektr uchquni ta’sir etib, asparagine, glitsin, glutamin aminokislotalarini sun’iy sintezladi. Oparin fikriga ko’ra oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koaservat tomchilarini hosil qiladi (lotincha coacervus - quyqa, quyuq narsa ma’nosini anglatadi). Koaservatlar o’ziga suvdan har xil moddalarni biriktirib, bir-birlaridan tobora farqlanib borgan, ularda kimyoviy reaksiyalar kuzatilgan, keraksiz moddalar ajratilib chiqarilgan. Koaservatlarni tirik mavjudodlar deb atash mumkin emas. Kimyoviy evolutsiyaning so’nggi bosqichlarida koaservatlar o’sa boshlagan, moddalar almashinishiga o’xshagan tirik organizmlarga xos belgilar paydo bo’lgan. Koaservatlar membrana bilan o’rala boshlagan va ularda bo’linish xususiyati paydo bo’lgan deb faraz qilinadi. Bunday koaservatlar protobiontlar yoki birlamchi hujayralar deb ataladi. Keyingi 20 yilda yoki XX asrning oxirlarida Koinotda organik birikmalar mavjudligi haqida ma’lumotlar olindi (meteoritlar) va yerda hayot Koinot bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lganligi isbotlandi. Oldingi idealistlar, diniy oqimlar va hatto materialistlarning nazariyalari ularning bilim o‘rganish darajasi yetarli bo‘lmaganlari uchun to‘liq asosli emas edi. Geraklid (e.o.530 – 470 yy) tabiatga dialektik nuqtayi nazaridan qarab shunday degan: “Tabiatdagi hamma narsa o‘tkinchi va hamma narsa o‘zaro bog‘lanib, kosmosning birinchi elementlari olov, suv, havo, yer hammasi o‘zgaradi”. Bu faktlar umumiy birlikning kurtaklari bo‘lib, materiya rivojlanishining boshi va oxiri yo‘qligini ko‘rsatgan. Dastlabki faylasuflarning hayot haqida fikrlari o‘ziga xos bo‘lgan. Chunonchi: Fales hamma narsa suvdan tabiiy rivojlanish orqali hosil bo‘lgan deydi. Anaksimandrning
fikricha, hayot suv va yerga tushgan haroratning ta’siri natijasida hosil bo‘lgan.
Anaksimenning fikricha, hayotning paydo bo‘lishida havo asosiy elementi bo‘lib, u
qalinlashishi va siyraklashishi natijasida moddalar o‘zgarishi mumkin. Odam va
hayvon yerning yopishqoq qismidan paydo bo‘lgan.
 Ulardan  keyinroq  yashagan  faylasuf  mexanik  materializm  tarafdorlaridan  biri
bo‘lgan Demokrit (e.o.460 - 370 yy) fikricha dunyo son-sanoqsiz bo‘linmaydigan
atomlardan iborat bo‘lib, ular cheksiz maydonlarga joylashgandir. Atomlar bir-biri
bilan uzluksiz qo‘shiladi va ajralib ketadi, to‘xtovsiz harakatlanadi va hajmiga,
shakliga,  yirikligiga  va  tuzilishiga  qarab,  turlicha  bo‘ladi.  Ularning  yengillari
yuqoriga ko‘tarilib, havo va olovni, og‘irlari pastga tushib, suv va yerni hosil qilgan
va ulardan yer va suvdagi barcha tirik organizmlar hosil bo‘lgan.
 Qadimgi grek faylasufi Empedokl (e.o.490 - 430 yy) tirik jonivorning paydo bo‘lish
mexanizmini o‘z - o‘zicha talqin qiladi. U Geraklid elementlar haqida bildirgan ilk
fikrni rivojlantirib, ularning aralashuvi juda turli ko‘rinishlar hosil qiladi, ayrimlari
bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, parchalanib ketsa, ayrimlari qulay sharoitda saqlanib
qoladi, elementlarning qo‘shilishi natijasida hayvonlarning organlari paydo bo‘ladi,
hosil bo‘lgan organlarning qo‘shilishi natijasida butun organizmlar paydo bo‘ladi,
deydi.  Empedoklning  fikri  aslida  hayotiy  bo‘lib,  tabiatda  hayotchan  yoki
chidamlilari yashab qoladi. Forobiy falsafiy ta’limotida o‘z davridan kelib chiqib,
hayotning paydo bo‘lishiga o‘z fikrini bildiradi. Uning ta’limoti mohiyat-e’tibori
bilan ilohiy ta’limotdan tubdan farq qilib, ilmiy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgandir. Bu
falsafaga ko‘ra, tiriklik yagona mavjudotdan iborat.
 Borliqning kelib chiqishi Forobiy ta’limotida to‘rt unsurdan-tuproq, suv, havo,
olovdan tashkil topgan, osmon jismlari ham shu jismlarning o‘zaro birikuvidan
paydo bo‘ldi, deyiladi.
 O‘rta asrlardagi Markaziy Osiyolik allomalardan yana biri Beruniy ham bir qator
ilg‘or fikrlarni aytib o‘tdi. Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida olim
Kopernikdan  bir  necha  asr  avval  yerni  Koinotning  markazi  deb  biluvchi
geliotsentrik va Quyoshni Koinotning markazi deb o‘rgatuvchi geliotsentrik tizim
teng kuchga ega degan xulosaga keladi.
 Tabiatshunoslikning  fizikaviy  konsepsiyasi.  Nisbiylik  nazariyasi.  Tabiiy
fanlarning hozirgi fan va texnika inqilobi davrida shiddat bilan har tomonlama
Logotip
fikricha, hayot suv va yerga tushgan haroratning ta’siri natijasida hosil bo‘lgan. Anaksimenning fikricha, hayotning paydo bo‘lishida havo asosiy elementi bo‘lib, u qalinlashishi va siyraklashishi natijasida moddalar o‘zgarishi mumkin. Odam va hayvon yerning yopishqoq qismidan paydo bo‘lgan. Ulardan keyinroq yashagan faylasuf mexanik materializm tarafdorlaridan biri bo‘lgan Demokrit (e.o.460 - 370 yy) fikricha dunyo son-sanoqsiz bo‘linmaydigan atomlardan iborat bo‘lib, ular cheksiz maydonlarga joylashgandir. Atomlar bir-biri bilan uzluksiz qo‘shiladi va ajralib ketadi, to‘xtovsiz harakatlanadi va hajmiga, shakliga, yirikligiga va tuzilishiga qarab, turlicha bo‘ladi. Ularning yengillari yuqoriga ko‘tarilib, havo va olovni, og‘irlari pastga tushib, suv va yerni hosil qilgan va ulardan yer va suvdagi barcha tirik organizmlar hosil bo‘lgan. Qadimgi grek faylasufi Empedokl (e.o.490 - 430 yy) tirik jonivorning paydo bo‘lish mexanizmini o‘z - o‘zicha talqin qiladi. U Geraklid elementlar haqida bildirgan ilk fikrni rivojlantirib, ularning aralashuvi juda turli ko‘rinishlar hosil qiladi, ayrimlari bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, parchalanib ketsa, ayrimlari qulay sharoitda saqlanib qoladi, elementlarning qo‘shilishi natijasida hayvonlarning organlari paydo bo‘ladi, hosil bo‘lgan organlarning qo‘shilishi natijasida butun organizmlar paydo bo‘ladi, deydi. Empedoklning fikri aslida hayotiy bo‘lib, tabiatda hayotchan yoki chidamlilari yashab qoladi. Forobiy falsafiy ta’limotida o‘z davridan kelib chiqib, hayotning paydo bo‘lishiga o‘z fikrini bildiradi. Uning ta’limoti mohiyat-e’tibori bilan ilohiy ta’limotdan tubdan farq qilib, ilmiy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgandir. Bu falsafaga ko‘ra, tiriklik yagona mavjudotdan iborat. Borliqning kelib chiqishi Forobiy ta’limotida to‘rt unsurdan-tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topgan, osmon jismlari ham shu jismlarning o‘zaro birikuvidan paydo bo‘ldi, deyiladi. O‘rta asrlardagi Markaziy Osiyolik allomalardan yana biri Beruniy ham bir qator ilg‘or fikrlarni aytib o‘tdi. Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida olim Kopernikdan bir necha asr avval yerni Koinotning markazi deb biluvchi geliotsentrik va Quyoshni Koinotning markazi deb o‘rgatuvchi geliotsentrik tizim teng kuchga ega degan xulosaga keladi. Tabiatshunoslikning fizikaviy konsepsiyasi. Nisbiylik nazariyasi. Tabiiy fanlarning hozirgi fan va texnika inqilobi davrida shiddat bilan har tomonlama