Hayvonlar fiziologiyasi fani, vazifasi, maqsadi va rivojlanish tarixi.
Reja:
1.Hayvonlar fiziologiyasi fanining vazifalari, maqsadi va boshqa fanlar bilan
aloqasi.
2.Fiziologiya fanining rivojlanish tarixi.
3.Organizm va muhit. Organizm hayotiy jarayonlarini neyrogumoral
boshqarilishi.
TAYaNCh IBORALAR.
Fiziologiya, organ, to‘qima, hujayra, qonuniyatlar, sistemalar, umumiy,
xususiy fiziologiya, eksperiment, sut, go‘sht, jun, nazariya va amaliyot, odam,
hayvon, o‘simlik, mikroorganizm, ekologiya, Gippokrat, Arestotel, Klavdiy Golen,
Avitseno, Ibn-an Nafis, Kopernik, Nyuton, A.Vezaliy, Servet, V.Gorvey,
A.Levenguk, Rene-Dekart, Stenson, F.Majandi, Ioganes Myuller, Volt, Galvani,
dyu Bua Reyman, Charliz Darvin, V.Yu.Chagaves, G.Gelmogls, K.Lyudvig,
K.Bernar, Yan Purkine, A.M.Filomatiskiy, V.A.Basov, A.I.Babuxin,
N.D.Mislovskiy, Sion, Kulyabko, I.M.Sechenov, V.V.Pashutin, N.E.Vvedenskiy,
B.F.Verigo, N.P.Kravkov, A.F.Samoylov, Shaternikov, I.P.Pavlov, L.A.Orbeli,
A.G.Ginesinskiy, A.V.Tonkix, I.P.Razenkov, I.T.Kursin, P.K.Anoxin, A.M.Uglev,
A.N.Seversev, X.S.Koshtoyans, A.D.Slonim, D.A.Bryukova, Ye.M.Kreps, nerv,
tashqi muhit, refleks, gomeastaz, qon, limfa, to‘qima oraliq suyuqlik, tiriklik, o‘lik,
evolyusiya, o‘simlik, hayvonot, qurg‘qchilik, namlik, havo, retseptorlar, bosh va
orqa miya.
1.Fiziologiya ikkita so‘zdan iborat bo‘lib, Phizis lotincha tabiat, Logos fan
dnmakdir. Fiziologiya fani tirik organizmda kechayotgan hayotiy jarayonlarni
o‘rgatadigan fandir. Fiziologiya fani biologik fanlarining bir qismi bo‘lib,
organizmning va uning organ, to‘qima va ho‘jayralarida sodir bo‘layotgan hayotiy
jarayonlarni, ularning asosida yotadigan qonuniyatlarni o‘rganadi, bu qonuniyatlar
orasidagi bog‘lanishlarni tekshiradi.
Fiziologiya organlar, sistemalar faoliyatini o‘zora bog‘liq deb, organizmning
faoliyatini yaxlit, tashqi muhit bilan bog‘liq holatda kechadi deb tushintiradi.
Fiziologiya fani zoologik silsilaning turli bosqichlarida turadigan hayvonlar
organizmida kechadigan hayotiy jarayonlarning mazmunini, boshqarilish
mexanizmlarini tushuntirishga va hayvonot olamining turli vakillariga xos
xususiyatlarni ochishga yordam beradi.
Fiziologiya fanini ikki qismga ya’ni umumiy va xususiy qismlarga bo‘lib
o‘rganiladi:
a). Fiziologiya fanining umumiy qismida organizmdagi barcha hujayralar,
to‘qimalar va organlar uchun xos bo‘lgan umumiy hayotiy hodisalardan: moddalar
almashinuvi, ta’sirlanish, ko‘payish, o‘sish va rivojlanish o‘rganilsa;
b) Fiziologiyaning xususiy qismida organizmning ayrim organ va
sistemalarida kechadigan hayotiy jarayonlarni faqat o‘sha organ va sistemalarga
xos tomonlarini ya’ni qon aylanish, ovqat hazm qilish, nafas olish, qon, ayiruv, va
boshqa organlar faoliyatini o‘rgatadi. Demak organizmda qancha sistema bo‘lsa
fiziologiyaning xususiy qismi ham shunchadir. Fiziologiyaning sohalari juda ko‘p
bo‘lib odamlar, hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar va boshqa turdagi
fiziologiyalar farq qilinadi.
Funksiyalar, organizmning yashasha sharoiti-ekologiya, tarixiy taraqqiyoti-
evolyusiyasi, yoshiga va boshqalarga qarab o‘zgaradi. Demak, fiziologiya
organizm funksiyalarining o‘zgarishiga qarab tur va individlar funksiyalarining
filogenez va ontogenez rivojlanishini, ularni o‘zaro farq qilishini solishtirma
fiziologiya, zoologik silsilaning turli bosqichlarida turadigan hayvonlar
organizmining funksiyalarini evolyusion taraqqiyotini evolyusion fiziologiya, turli
ekologik sharoitlarda yashaydigan hayvonlar funksiyalarining iqlim sharoitiga
qarab o‘zgarishini rivojlanishini ekologik fizioloiya o‘rgatadi.
Fiziologiya fani turli fanlar bilan aloqada bo‘lib, jumladan fizika, ximiya
fanlari bilan bog‘langan bo‘lib, organizmda kechadigan jarayonlar asosida fizika va
ximiyaviy qonuniyatlar yotadi. Hozirgi kunda organizmdagi hayotiy jarayonlarni
o‘rgatadigan soha bo‘lib biokimyo va biofizika fanlari mustaqil fan bo‘lib
shakllandi.
Organizmdagi xo‘jayra, to‘qima organlar faoliyatini tuzilishi, strukturasidan
ajratib alohida o‘rganib bo‘lmaydi. Har qanday funksiya asosida muayyan struktura
tuzilish, shakl yotganligi tufayli fiziologiya anatomiya, gistologiya, sitologiya kabi
morfologik fanlar bilan bog‘iqdir.
Organizm funksiyalarini o‘rganishda fiziologiya patofiziologiya fani bilan
aloqada bo‘ladi, chunki fiziologiya sog‘lom organizm funksiyalarini normal
sharoitda o‘rgansa, patofiziologiya kasal organizm funksiyalarini o‘rganadi.
Organizm turli funksiyalar mazmunini tushunish uchun funksiyalarni
modellashtirish usulidan foydalanishi zarur bo‘lib, uni uchun murakkab asboblar
yordamida biror funksiya mohiyatini tushuntiradigan maxsus mexanizmlar
yaratilmoqda. Bu mexanizm-modda u yoki bu organni ishlash prinsiplarini bilish,
uning funksiyasi mohiyatini boshqarilish mexanizmlarini tushuntirishga yordam
beradi.
Fiziologiya funksiyalarni tarixiy, individual taraqqiyot davrida o‘zgarib
borishini o‘rganishda umumiy biologiyaga, evolsion ta’limotga va embriologiyaga
tayanadi.
Fiziologiya zootexniyaning barcha bo‘limlari bilan bog‘iq bo‘lib,
fiziologiya, zootexniya fanlariga tayanib o‘zini rivojlanishiga yo‘l ochadi.
Fiziologik jarayonlarni bilmasdan organizmnig kasallanishi ya’ni
funksiyalarini qanday o‘zgarganligini bilib bo‘lmaydi. Bu esa hayvonlarning
go‘sht, sut, jun mahsulotlarining pasayishiga shuning bilan birgalikda bunday
hayvonlarni urchitish, oziqlantirish, parvarish qilish birmuncha izdan chiqadi.
Bunday hayvonlarni davolash uchun esa fiziologik belgilarning turli sohalrini
bilish maqsadga muvofiqdir.
I.P.Pavlovning ovqat hazm qilish sistemasining mukammal o‘rganishi,
hayvonlarning oziqlantirishning teoretik va amaliy mustahkam bazasiga aylantirish
bilan birga, sut berish, modda almashinishining fiziologik jarayonlarini o‘rganish
sut, go‘sht, jun mahsuldorligini oshirsa, ekologik ya’ni turli sharoitlarda yashash,
zoogigienani turli yangiliklar bilan boyitib, hayvonlarni maqsadga muvofiq
saqlashga sharoit tug‘diradi. (Avitaminozlar).
2. Fanning kelib chiqish sharoiti, usuli g‘oya va nazariyalari bilan
tanishiladi. Fanning rivojlanishida yo‘l qo‘yilgan xato va nuqsonlarni o‘rganadi va
kelajak fan rivojlanishida bu kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikga chaqiradi.
Akademik I.P.Pavlov fanning hozirgi holatini baholash uchun uning qadimgi,
o‘tmishdagi holatini ya’ni yutuqlarini bilgandagina hozirgi ahvolini bilib bo‘ladi
deydi.
Fan tarixini bilish insonlarni dunyo qarashlarini kengaytiradi, fandagi
atama(termin)larni adabiyotlarni o‘rganishga yordam beradi.
Fan tarixini bilishdan maqsad bu fanni yaratgan kishilarning ishlari bilan
tanishib bu yaratilgan ishlarga qiziqish hosil qilish, u ishlar yaratilgan davr va
sharoitlar to‘g‘risida fikr va mulohaza yurguziladi.
Fiziologiyani rivojlanishi uch davrni o‘z boshidan kechirgan.
1-davr. Eramizdan ilgarigi 2-4 asrdan to 16 asrgacha bo‘lgan davrning
ichiga olib bu vaqtda biologik fanlarning rivojlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
umumiy bo‘lgan.
Avvalo fiziologiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar qadimgi Xitoy, Xindiston, Rim
faylasuf va vrachlarining bugunga qadar yetib kelgan asarlarida uchraydi.
Gippokrat eramizdan ilgari 377-460 yilarda yashab qon tomirlarida havosimon
modda pnevma bo‘ladi va u modda bilan issiqlik olib yuradi. Arteriya yunoncha
aeros-havo, teres-saqlanadi ya’ni havo saqlanadi deb tushuntiriladi.
Aristotel eramizdan ilgari 384-322 yillar yashab kuzatishlar hisobiga ko‘p
ma’lumotlar to‘plab, hayvonlar qon tomirlarida havo bo‘ladi va havo harakat qiladi
degan noto‘g‘ri xulosalarga keladi, chunki Aristotel o‘zi hayvonlarni so‘yib
ko‘rmasdan balki hayvonlar so‘yilib qonsizlanganidan keyin kuzatishlar olib
boradi. Bulardan tashqari organizmdagi temperaturaning doimiyligi yurak faoliyati
tufayli deb biladi va tushuntiradi.
Anatomiya va fiziologiyaning chuqur o‘rgangan vrachlardan eramizdan
ilgari 3-asrlarda yashagan Gerofilom va Erazistrotdir. Ular odamlar organizmini
yorib (qullar, jinoyatchilarni yorib ko‘radilar).
Bizning eramizdagi 2-asrlarda mashhur Klavdiy Galonning (130-200) fan
sohasida qilgan ishlar alohida o‘rin egallaydi. U odamlar gavdasini ko‘p ochib orqa
miyani kesib, adashgan nervini uzib, arteriyalarda qon borligini tasdiqlab beradi va
arteriya, vena qoni yurak devorlaridagi teshik orqali aralashadi, qon aylanish
markazi bu jigardir, deb xato qiladi.
Golen Rim imperiyasida spartak jamiatining vrachi bo‘lganligi tufayli
odamlarni yorib funksiyalarini o‘rgangan. Demak Galen N.S. organizmga
ahamiyatini tushuntirishga harakat qiladi.
Sharqning mashxur olimi, zamondoshimiz 980-1037 yil Abu Ali ibn Sino –
Avitsenna o‘z zamonining meditsinasiga qo‘shgan xissasi juda kattadir. U juda
ko‘p kuzatishlar o‘tkazadi, kichik qon aylanish to‘g‘risida fikrlarini bayon qiladi.
Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari o‘sha davrgacha ma’lum bo‘lgan ko‘p
ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib nerv sistemasi faoliyati, to‘g‘ri ovqatlanish,
toza havo va quyosh nurining organimzmdagi ahamiyatlari yozilgan. X11 asrda
arab olimi Ibn an Nafis o‘pkada qon aylanishini borligini sezgan.
2-davr 16-19 asrlarni o‘z ichiga oladi. O‘tmish olimlari fanga ko‘p hissa
qo‘shsalarda fiziologik jarayonlarga idealistik nuqtai nazaridan qaraganlar.
Feodolizm davrida dinning hukmronligi fan rivojlanishiga katta to‘sqinlik qilib,
ilg‘or g‘oyalar so‘nadi.
Feodolizmdan kapitalizmga o‘tish davrida sotsial iqtisodiy munosabatlar
o‘zgaradi, ishlab chiqarish o‘sadi, yangi xom ashyo manbalari topilib mamlakat
iqtisodiyoti yaxshilanib sovda-sotiq rivojlana boshlaydi. Yer aylanmva sayoxatlar
ko‘payadi, kemasozlik rivojlanadi. Fan oldida turgan vazifalar ko‘payadi. Natijada
astronomiya, mexanika, matematika, optika rivojlanib fiziologiyani rivojlanishiga
sharoit tug‘iladi.
Bu davrda Kopernik yerning quyosh atrofida aylanishini bayon qiladi,
fransiya olimi Nyuton mexanikaning asosiy qonunlarini yaratadi, anatom Andrey
Aezaliy ko‘p yillik anatomik tekshirishlari asosida odam tana tuzilishini yozadi.
Vezaliy davrining zamondoshi Servet qon o‘ng yurak qorinchasidan o‘pka
orqali chap bo‘lmachaga kelib tushadi deb kichik qon aylanishini ochadi. U qonni
o‘pkada O2 ga to‘yinishini yozadi.
1628 yil ingliz vrach anatom va fiziologi Vilyam Garvey (1578-1657) katta
qon aylanish sistemasini ochadi, u fiziologiyaga eksperemental fan sifatida asos
soladi ya’ni tajribalarga to‘qimalarni tiriklayin kesib ko‘rish metodi-viviseksiyani
kiritadi. Vilyam Garvey o‘limidan keyin Italiya olimi M. Malpigin o‘pka tuzilishini
va buyrakda kapillyarlar sistemasini hazmda teri, teri tuzilishini yozib chiqadi.
Galiley esa teleskop yordamida yulduzlar olamini o‘rgana boshlaydi. 17 asrda
fanga mikroskopning kirib kelishi A. Lengvengukga juda mayda ko‘z bilan ko‘rib
bo‘lmaydigan mikroorganizmlarni o‘rganishga sharoit tug‘dirib beradi.
Rene-Dekart 1596-1650 reflekslani o‘rgana boshlaydi, lekin bu holatni
mexanika nuqtai nazaridan tushuntirib mashina ishiga o‘xshatadi.
17-18 asrlarda tabiat o‘zgarmas degan metofizi ta’limot mavjud edi.
Shuning uchun ham organizmda sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlar u yashab
turgan muhitga bog‘liq bo‘lmay, o‘z holiga mustaqil bo‘lib o‘zgarmaydi, ya’ni
ogrganizmda kechayotgan jarayonlar oddiy mexanikoviy jarayon sifatida
o‘rganilgan.
18 asrda tabiatga mexanistik yondashish bilan idealistik qarash vitalizm
rasm bo‘ldi, ya’ni tabiatda bo‘ladigan hamma jarayonlarni xudoga, iloxiy kuchga
bog‘lab tushuntiradit. Bu fan taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Stenson yurak ishini yurak muskullari qisqarishi hisobiga sodir bo‘lishini
asoslab berdi.
Fiziologiyani rivojlanishida Rus fanining asoschisi M.V.Lomonosovning
(1711-1765) hissasi kattadir. M.V.Lomonosov materiya va energiyaning saqlanish
qonunini kashf etdi. Hayvonlarni uzoq vaqt yopiq xonalarda havosiz tura olmaydi
deb nafas olish mexanizmini tushuntirib, oshqozonda ovqat hazm qilish
jarayonlarini o‘rganadi.
3 davr. 19 asrda fiziologiyaning rivojlanishida F. Majandi (1785-1855)
sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalarini alohida-alohida
mustaqil
mavjudligini isbotlab beradi.
Nemis fiziologi Iogannes Myuller (1801-1855) ko‘ruv, eshituv, nutq
organlari, qon, limfa faoliyatini o‘rganadi.
19 asrda hujayralar to‘g‘risidagi ta’limotlar kelib chiqadi. Volt va Galvani
tomonidan elektr tokini ochilishi fizikani rimvojlanishiga va organizmda
bioelektrik hodisalarni ya’ni elektrofiziologiyani rivojlanishiga asos bo‘ldi.
Hayvonlar organizmida birinchi bo‘lib elektr xodisalarini dyu Bua Reyman
(1818-1896) o‘rganib ko‘p moslamalar yaratadi. Bu moslamalar uning nomi bilan
yurgiziladi. Tinchlik va faoliyat toklarini bayon qiladi va «Hayvon elektr
xodisalarini tekshirish asarida» yozib qoldirdi.
19 asrning kuchli yangiliklarini Valera (1800-1882), Libixa, A.M.Butlerov,
D.I.Mendeleev kashf etdilar. Ular organik moddalarni organizmdan tashqarida
olish mumkinligini ya’ni mochevinani sintezlanishini amalda ko‘rsatib berdi. Bu
organizmda moddalar almashinuvini o‘rganish uchun yo‘l ochib berdi.
I.M.Sechenovni o‘quvchisi V.Yu.Chagaves
(1896-1903) bioelektrik
potensiallarining bo‘lishiga sabab to‘qima elektrolitlar konsentratsiyasining
farqlarini hosil bo‘lishidir degan xulosaga keldi.
K.Lyudvig (1816-1895) organlar faolyatini grafik ravishda yozib olish
metodlarini fanga kiritib, xilma-xil fiziologik jarayonlarni tushuntiruvchi
nazariyalar yaratdi.
G.Gelmgols (1821-1894) nerv muskul fiziologiyai sohasida ko‘p ishlar
qilgan bo‘lib, qo‘zg‘alishning nerv tolasi bo‘ylab tarqalish tezligini aniqladi,
muskul qisqarganda hosil bo‘ladigan issiqlik miqdorini aniqlash metodini asoslab
berdi. Ko‘ruv va eshituv organlari faoliyatini o‘rganib, fiziologik optika va
akustikaga asos soldi.
19 asr fiziologlaridan Klod Bernaro jigarning glikogen hosil qilish, qonda
glyukozaning bir me’yorda saqlanib turishida M.N.sitemaning ahamiyati, so‘lak,
me’da osti bezim shiralarining hazm jarayonidagi ahamiyati, tomirlarni
toraytiruvchi va kengaytiruvchi nervlarni ajratib berdi. Qondagi gazlarni
o‘rgangan. U organizm hayotiy kuchlar tomonidan boshqariladi deb, bu uning
xatosidir. Chex olimi Yan Purkine (1787-1862) anatom va fiziolog Yevropada
eksperemental meditsina institutini ochgan. Nerv to‘qimasini tuzilishini, yurakni,
suyak tuzilishini hamda «protoplazma» atamasi(termini)ni fanga kiritgan. Sezgi
organlar fiziologiyasini o‘rganadi.
1859 yil Charlz Darvinning organik olamning evolyusion ta’limoti
fiziologiya fanini rivojlanishida o‘rni muhimdir.
A.M.Filomafiskiy 1836 rus tilida birinchi fiziologiya darsligini yaratadi.
Uning nafas mohiyatini, organizmda issiqlik hosil bo‘lishini o‘rganishga
bag‘ishlangan ishlari diqqatga sazovordir. Filomafiskiyning zamondoshi Orlovskiy
nerv sistemasining organlar trofikasiga va simpatik nerv sistemasini yurak
faoliyatiga ta’sirini o‘rganadi.
1842 yil V.A. Basov it me’dasiga naycha o‘rnatish metodini asosladi. Shu
vaqtda anatom Valter A.P. tomir devoriga simpatik nerv ta’sirini o‘rgandi.
Babuxin A.I. qo‘zg‘alishni ikki tomonlama nerv to‘qimasidan o‘tkazish
yo‘lini ochib berdi.
I.P.Pavlovning ustozi Ovsyannikov F.V. ( 1827-1906) qon tomirlar
markazini ochib beradi.
Danilevskiy V.Ya. (1852-1939) M.N.S. elektrik xususiyatlarini kuzatadi.
Nafas olish va yurak ishini boshqaruvchi markazni ochadi. Kazanlik fiziolog
Mislovskiy (1854-1928) ko‘p ichki organlar markazini ochadi. Sion (1842-1912)
Lyudvig bilan birgalikda depressor nerv markazini va yurak nervlarini markazini
ochadi.
Kulyabko (1866-1930) birinchi yurakni bola tanasidan (gavdadan) ajratib
olib tiriltirdi 19 asrning oxiri va 20 asr boshlarida Rossiyada fiziologiya fani keng
qo‘llamda rivojlanib Ivan Mixaylovich Sechenovning (1829-1905) hissasi kattadir.
U alkogolning organizmga ta’siri, nerv markazining summasiyasi va tormozlanish
xususiyatlari va elektrik holatlarini, gazlarni qon bilan tashilishi kabi fiziologiyani
sohalarini o‘rgangan.
1862 yil I.M.Sechenov «Bosh miya reflekslari» asarida bosh miya faoliyati
mohiyat e’tibori bilan reflektor jarayon ekanligini isbotlab berdi, 100 ga yaqin
ilmiy asar yozgan. Uni qilgan xizmatlari uchun Rus fiziologiyasining otasi deb
atash tan olingan, 1-Moskva medinstituti 1955 yildan I.M.Sechenov nomi bilan
yuritiladi. Rossiya F.A. evolyusion fiziologiya va bioximiya institutiga 1956 yildan
Sechenov nomi bilan ataladi. I.M.Sechenov nomidagi mukofot ta’sis etilib har 3
yilda bir martaba beriladi. Sechenov tug‘ilib o‘sgan Sechenova (Tepliystan)
qishlog‘iga uni haykali o‘rnatilgan.
Katta fiziologlar maktabi yaratgan I.M.Sechenovning shigirdlaridan
V.V.Pashutin, N.E.Vvedenskiy, B.F.Varigo, N.P.Kravkov, A.F.Samaylov,
Shaternikov va boshqalar A.F.Samaylov Qozon universitetda fiziologiya
laborotoriyasini ochadi. N.S.va yurakni elektr xususiyatlari to‘g‘risida ishlaydi.
N.S. dan skelet muskullariga qo‘zg‘alish o‘tkazganda ximiyaviy moddalar -
mediatorlar roli muhimligini ko‘rsatib berdi. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida
I.M.Sechenov shigirdlaridan Nikolay Vvedenskiy (1852-1922 yil) nerv va muskul
to‘qimalarida tormozlanish jarayonini o‘rganib, labillik va parabioz ta’limotini
yaratadi. Vvedenskiy ishlari A.A.Uxtomskiy tomonidan rivojlantirilib
qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarda ritmlarning o‘zlashtirilishi, M.N.S. daminanta prinsipi
(M.N.S.sida hukmronlik qiluvchi o‘ta qo‘zg‘aluvchan markazlar) borligini
aniqladi. I.I.Mechnikovning solishtirma fiziologiyadagi qilgan ishlari muhimdir.
Uning xo‘jayralar ichidagi parchalanish va fagotsitoz holati immunitet nazariyasiga
asos bo‘ldi. Fiziologiya fanining rivojlanishida I.P.Pavlovning xizmatlari benihoya
kattadir. U birinchi bo‘lib fiziologiyaga surunkali tekshirish metodini kiritdi. Bu
metod organlar faoliyatini yaxlit organizm qismi sifatida o‘rganishga imkon beradi.
10 yil umrini I.P.Pavlov qon aylanish sistemasi fiziologiyasiga: M: yurakning
markazdan qochuvchi nervlari.
20 yil umrini ovqat hazmi fiziologiyasiga bag‘ishlab, kichik me’dacha
yasash va ovqat hazm qilish sistemasining turli qismlariga fistulalar qo‘yishni
amalga oshiradi. I.P.Pavlovga 1904 yil ovqat hazm qilish fiziologiyasida qilingan
ishlari uchun Nobel mkofotiga muyassar bo‘ldi. I.P.Pavlov 35 yil umrini nerv
sistemasini faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlab, u shartli reflekslar metodi asosida
bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i faoliyatini o‘rgandi va oliy nerv faoliyati
to‘g‘risida materiolistik ta’limot yaratdi. Shartli reflekslar bosh miya po‘stlog‘ini
funksiyasi ekanligini isbotlab, nerv sistemasining trofik faoliyati uyqu gipnoz va
tush ko‘rish xodisaini tushuntirdi. I.P.Pavlov fiziologiyaning qaysi sohasida ishlasa
ham unda nerv sistemasining boshqaruvchanlik rolini ko‘rsatib berdi. I.P.Pavlov
shigirdlaridan Bikov K.M. (1886-1962) oliy nerv faoliyat haqidagi ta’limotini
rivojlantirib, bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining ichki organlarga ta’sirini
o‘rgandi va ichki organlar faoliyatini shartli reflektor yo‘l bilan boshqarilishini
isbotlab berdi. L.A.Orbeli, A.G.Ginesinskiy va A.V.Tonkixlar nerv sistemasi trofik
faoliyatini o‘rganib davom etib simpatik nerv sistemasining pereferik organlarga va
miyaga adaptasion-trofik ta’siri haqidagi konsepsiyani yaratdilar.
I.P.Rezenkov va I.T. Kursinlar Pavlovning hazm qilish haqidagi ta’limotini
boyitdilar.
Akademik Anoxin P.K. qaytar bog‘lanish qaytar afferenitatsiya,
A.M.Ugelev ichak devorida ovqat hazm bo‘lishida ajoyib ta’limot yaratdi.
A.N.Seversev, X.S.Koshtayans, L.A.Orbeli, A.D.Slonimlar evolyusion
fiziologiya sohasida katta ishlar qildilar va bu ishlarni keyingi paytlarda
D.A.Biryukova, A.D.Slonim, Ye.M.Kreps va boshqalar davom etdirmoqdalar.
3. Organizm va muhit deganda ikkita so‘z moxiyatiga e’tibor berib
tushunilishi kerak. Umumiy biologiya, zoologiya, botanika fanini o‘rganganimizda
organizm nima degan savol tug‘ilgan yedi.
Organizm bu murakkab tirik xo‘jayralar, to‘qimalar va organlar
yig‘indisidan iborat bo‘lib o‘z-o‘zini boshqariladigan tashqi muxitning
o‘zgaruvchanligiga mustaqil bog‘lanib, o‘rganib yashay oladigan yaxlit sistemadir.
Organizm xilma-xil tuzilishda bo‘lib, belgili o‘ziga xos sharoitlarda yashash
vazifalarini bajaradi. Organizmning asil negizi xo‘jayra va uning materiyali
xislatlari asosida ta’sirchanlik, harakatchanlik, o‘zgaruvchanlik tufayli muxit
sharoitlariga maslanish imkoniyatlriga yega bo‘ladi. Muxit sharoitida bo‘ladigan
barcha ta’sirlr organizmga ta’sir qilib uni o‘zgaruvchanligini ta’minlaydi.
Organizmlar bir xo‘jayrali oddiy, sodda va ko‘p xo‘jayrali murakkab bo‘ladi.
Organizmlarda tiriklik va o‘lik xolati kuzatiladi. Organizmning tirikligi oqsil
moddalarning yashashi, almashinishi va tevarak muxit sharoiti bilan bog‘lanishidan
iborat va uning eng muxim sharoiti moddalar almashinuvi bilan harakterlanadi.
Moddalar almashinuvi tirik organizmni yaxlitligini, o‘zgaruvchanligini, evolyusion
o‘zgarishini ta’minlovchi sabablardir. Dialektik materializmning qoidalariga ko‘ra
tabiatda barcha borliq bordan yo‘q bo‘lmaydi va yo‘qdan bor bo‘lmaydi va tabiatda
sababsiz hodisalar bo‘lmaydi deb tushuntiradi.
Organizm tashqi sharoitini belgilovchi sabab bu muhitdir. Har qanday
hayvon evolyusiyasi ularning turli sharoitlarda o‘sib, o‘lg‘ayib, rivojlanishini
(suvda, quriqlikda) hamda o‘z ajdodlaridan o‘zgarib, kattalashib, kichrayib, bosh,
qo‘l, oyoq suyaklarini o‘zgarishlari evolyusion o‘zgarishlardir yoki odamlarni ikki
oyoqlab yurishga o‘tishi, odamlarning bilimdon bo‘lishi, kosmosga uchishi va
boshqalar evolyusiya mahsulidir. Masalan: ajdodlarimiz to‘rt oyoqlab, daraxtdan-
daraxtga sakrab yursa, inson ikki oyoqda yuradi, xonaki qoramollar faqat o‘z bolasi
uchun sut yetishtirsa, ularning sharoitlarini o‘zgartirib sut mahsuldorligini
kupaytirsa bo‘ladi. Mollarni perebaltika va boshqa mamlakatlarda boqishda elektr
simini to‘siq qilib foydalanib boqilganida, hayvonlarni bir marta bu elektor simlari
ta’sirida qolishi, bu simlarga boshqa yaqinlashmay yoyilib yurishini ta’minlaydi.
Hozir molboqar robortlar, oziqlantirish, sut sog‘ish jarayonlari robortlarshtirilgan.
Organizmni bir tomoni uni yashashini ta’minlovchi belgilovchi muhit,
ikkinchi tomon tabiatni asosiy hodisalarini ta’minlaydi. Bunday bog‘lanish
biosferasi tabiatdagi xilma-xil o‘zgarishlardan iborat barcha tirik tabiat va uning
tevarak atrofidagi muhiti o‘ziga xos struktura va tuzilishlarga bo‘linadi. Tabiat
o‘simlik va hayvonot dunyosi paydo bo‘lib, qurg‘oqchilik, suvlik, namlik sharoit
har xil ekologik qismlaga bo‘linishi organizmning tirikligi va funksional holatlari
uning tuzilishi hamda yashash sharoitiga asoslangan bo‘ladi. Masalan: xujayra yoki
organizm uchun yadro tiriklikni belgilab ustida sitoplazma va yaxlitligini
ta’minlovchi qobig‘i bor. Oddiy qon suyuq to‘qima bo‘lib, plazma tarkibida suzib
yuruvchi qonning shaklli elementlari, tuz, suv, oqsil, yog‘, uglevodlari bor. Demak,
qon ham bir qancha hujayralardan iborat suyuq to‘qima ekan. Quyuq to‘qimalardan
muskullarda qoplag‘ich parda qobiqlari bor. Shu to‘qimalar bir joyga yig‘ilib
organni tashkil etadi. Masalan: yurak oshqozon va boshqalar. Qattiq to‘qima suyak,
pay to‘qimalar, shoxlangan mug‘izlangan to‘qimalar bo‘lib ulardan ma’lum
organizm vujudga keladi. Turli hayvonlar, organizmlar aslida bir hujayradan ona
va ota hujayralarning assimilyatsiyasi natijasida vujudga kelgan. Bu organizmlar
yoshligida bir xil tuzilish va kattalashganda boshqacha tuzilishga ega bo‘lib, bu
evolyusiya natijasidir. Bu xolat o‘simliklar dunyosida ham mavjud bo‘lib, Kliment
Arkadevich Timeryazev va I.M.Michurinlar tomonidan o‘rganilgan. Ularni turli
navlarni yaratishlari buning misolidir.
Fiziologiyada I.P.Pavlov va I.M.Sechenovlar nerv sistemasini faoliyatini
o‘rganib, organizm bilan muhit o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganadi.
Organizmning tirikligini ta’minlash moddalar almashinuvi bilan bog‘iq bo‘lib,
uning asosi oziqlanishdan iboratdir.
Oziqlanish bu modda almashinish vositasida organizmlar orasida xilma xil
bog‘lanishlarni hosil qiladi. O‘simliklar bilan hayvonlar orgaizmidagi bog‘lanish,
bir hujayralilar bilan ko‘p hujayralilar o‘rtasidagi bog‘lanishlar hosil bo‘ladi.
Bunday bog‘lanishlar ayrim holatlarda simbioz holatida kechadi, ya’ni bir