Tayanch iboralar: Qorin bo‘shlig‘i, shirdon, oshqozon, ichak, Laparotomiya,
Ruminotomiya, suniy teshik, dabba.
Qorinning chegarasi. Oldingi doira – tananing torakal qismi diafragmaga
yopishgan; orqa qismi tos bo‘shlig‘iga kirguncha, chov bog‘lamining tekislik
darajasiga muvofiq sonni taranglovchi keng fassiyasi va sag‘rin muskullar
orasidagi jo‘yaklarning tasviri, yuqoridagi bel umurtqalariga tushgan muskullar;
pastdan ventral tomonda joylashgan yumshoq devor va xanjarsimon tog‘ay;
yonbosh tomonlardan qorinning biqin yumshoq devori oxirgi qovurg‘a qismiga
diafragmaga tutashgan qismi.
O‘tkazilgan tekislik bo‘yicha qorinni shartli ravishda ikki segment va uch
qismga bo‘lish qabul qilib olingan; birinchi oxirgi juft qovurg‘alarning orqa
qismlari ikkinchi maklokning yuqori burchaklari. Oldingi qism, yoki qorin usti
oblasti – regio epigastrica diafragma oralig‘i va birinchi tekislikda joylashgan;
o‘rtadagi qism, yoki qorinning o‘rta qismi, ikki tekislik orasida joylashgan – regio
mesogastrica; orqangi qismi, yoki qorin osti oblasti - regio hypogastrica ikinchi
tekislik orasi va tos bo‘shlig‘iga kirishgacha joylashgan.
Yuqorida keltirilgan qismlarning xar biri o‘z navbatida kichik oblastlarga
qorin oldi qismida qalqonsimon tog‘ay r.xipohoidea ventral tekisligida joylashgan,
ikki tomonda o‘rnashgan qovurg‘alar yoyi tekisligida va juft o‘ng va chap qovurg‘a
osti chegaralarga – r.r.hypochondriacus – dextra et sinistra bo‘linadi.
Qorinning ventral devorida va bed umurtqasi ko‘ndalang o‘simtasi o‘rta
chegara ostida kindik, yuqorida bel oblastlariga bo‘linadi.
Bel umurtqalarining ko‘ndalang qovurg‘a o‘simtalari uchlari tomonlarida
o‘ng va chap biqin oblastlari ajratiladi, ularning umurtqalar qismida har tomonida
uchburchak shaklidagi chuqurlik och biqin joylashgan, bular ostida xususiy biqin
oblasti o‘rin oladi.
Qorin devorining pastki qismi orqa tomonida vertikal tekislikda o‘ng va chap
chov oblastlari, bular oralig‘ida chov suyagi joylashgan.
Yonbosh – tizza burmasidan qovurg‘a yoyiga o‘tkazilgan gorizontal tekislik
klinik nuqtai-nazarga ko‘ra qorin ostki devori yana o‘z navbatida yonbosh va
pastki qorin devoriga bo‘linadi. Bu qismida erkak hayvonlarda jinsiy olat terisi,
kertmagi, urg‘ochi katta hayvonlarda sut bezi oblasti ajratiladi. Kindik orqali
o‘tkazilgan tekislik bo‘limida kindik oldi va kindik orqa mintaqalari alohida ajralib
turadi.
Qorin devorining tarkibiga qovurg‘a va qovurg‘a tog‘aylari kirmaydigan
qismi qorinning yumshoq devori deb nomlanadi. Qoramollarda Retting tomonidan
qorin oblastini bo‘linish usullarini boshqacha qilib bayon etgan.
Qorin yumshoq devorining tuzilishi. Teri qorin devorining ventral qismida
ancha yupqa. Teri osti va undan keyingi yuza fassiya to‘qimalari bir-biriga zich
yopishgan. Tananing teri osti muskuli yuzaki fassiya varaqalarining orasiga
joylashgan, qorin yumshoq devorining orqa pastki bo‘limida mavjud bo‘lib, biqin
tizza burmasiga qo‘shiladi. Fassiya osti to‘qimalaridan keyingi qavatlar yaxshi
rivojlanib, urg‘ochi hayvonlarning sut bezi, erkak mollarning prepusiyasi yaqinida
joylashgan, fassiya osti qavati yaxshi rivojlangan va shularni o‘z ichiga qamrab
olgan; sonning tarnglovchi muskul oldi, tizza qopqog‘i yuqorisidagi biriktiruvchi
to‘qimani tarkibiy qismida tizza usti limfa tuguni, chov oblastida esa chov yuza
limfa tugunlari o‘rnashib olgan.
Shu qavatda qorin teri osti arteriyasi va venasi joylashgan. Qoramollarda
vena tomiri laktasiya davrida yo‘g‘onlashadi, ko‘krak suyagining qilichsimon
o‘simta chegarasida “sut qudug‘i” teshigi orqali u ichki ko‘krak vena tomiriga
qo‘yiladi. Ba’zan bu teshik ikkita bo‘lib, unda vena tomiri ham ikkiga bo‘linib,
teshiklar orqali ichkariga kiradi.
Qorin sariq fassiyasi bel orqa fassiyasining davomi; u qorinning tashqi
qiyshiq muskul aponevroziga birlashadi va undan erkak hayvonlar jinsiy olatiga
chuqur fassiya ajralib chiqadi, u erkak jinsiy a’zosiga va urg‘ochilar uchun yelinini
ushlab turuvchi bog‘lam vazifasini bajaradi.
Qorinning tashqi qiyshiq muskuli juda keng yalpoq muskul bo‘lib, tananing
yon tomonida joylashgan, ko‘krak va qorin devorini tashkil qilishiga ishtirok etadi.
U ko‘krakning pastki yonidan boshlab tos suyagi tomonga qarab yo‘nalgan. Uning
aponevrozi uch qismga: qorin, tos va son bo‘laklariga ajraladi. Qorin qismi oq
chiziq va qorinning to‘g‘ri muskuli uchun tashqi qin pardasi shakllanishiga
qatnashadi; orqa tomondan qov suyagi do‘ngligiga yopishib oladi. Tos bo‘lagi