HAYVONLARDA XIRURGIK OPERATSIYA ELEMENTLARI VA TO‘QIMALARNI AJRATISH. QON OQISHINI TO‘XTATISH.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

5

File size

Fayl hajmi

17,0 KB


XIRURGIK OPERATSIYA ELEMENTLARI VA TO‘QIMALARNI
AJRATISH. QON OQISHINI TO‘XTATISH. 
MA’RUZA REJASI:
1. Yumshoq to‘qimalarni ajratish qoida va usullari. To‘qimalarni ajratish 
uchun qo‘llaniladigan asboblar, qulay kesim haqida tushuncha.
2. To‘qimalarni ajratish shakliga, yo‘nalshiga va chuqurligiga qarab
3. Qon oqishi turlari. Qon oqishini oldini olish. Qon oqishini vaqtinchalik 
to‘xtatish. Qon oqishini batamom to‘xtatish usullari.
4. Mexanik: burash, tomirlarni choklash, tomirlarni bog‘lash; Fzikaviy: 
mahalliy gipotermiyani (sovuq suv, muz, xlor etil) va gipertermiyani 
(termokauterezasiya, kuydirish) qo‘llash.
5. Kimyoviy: qon to‘xtatish maqsadida dori moddalarni umumiy va mahalliy
qo‘llash;  Biologik:  to‘qimalar,  ketgut  va  qon  to‘xtatish,  gubkalar  yordamida
tamponada qilish.
Logotip
XIRURGIK OPERATSIYA ELEMENTLARI VA TO‘QIMALARNI AJRATISH. QON OQISHINI TO‘XTATISH. MA’RUZA REJASI: 1. Yumshoq to‘qimalarni ajratish qoida va usullari. To‘qimalarni ajratish uchun qo‘llaniladigan asboblar, qulay kesim haqida tushuncha. 2. To‘qimalarni ajratish shakliga, yo‘nalshiga va chuqurligiga qarab 3. Qon oqishi turlari. Qon oqishini oldini olish. Qon oqishini vaqtinchalik to‘xtatish. Qon oqishini batamom to‘xtatish usullari. 4. Mexanik: burash, tomirlarni choklash, tomirlarni bog‘lash; Fzikaviy: mahalliy gipotermiyani (sovuq suv, muz, xlor etil) va gipertermiyani (termokauterezasiya, kuydirish) qo‘llash. 5. Kimyoviy: qon to‘xtatish maqsadida dori moddalarni umumiy va mahalliy qo‘llash; Biologik: to‘qimalar, ketgut va qon to‘xtatish, gubkalar yordamida tamponada qilish.
Tayanch  iboralar:  kesim,  qatlamlarga  ajratish,  qulay  kesim,  kesim
shakllari, qon oqish turlari, qon oqishni to‘xtatish.
Xirurgik  operasiyalarni  bajarishda  uchta  asosiy  element  mavjud:
to‘qimalarni ajratish, qon oqishini to‘xtatish va to‘qimalarni biriktirish.
To‘qimalarni ajratish operativ yondoshishga va operasiyani o‘tkazish uchun
ishlatiladi.
Kesishga ko‘rsatma turli tuman, shuning uchun uni bajarish usullari ham xar
xil. U ikki usulda olib boriladi: kesish va qatlamlarga ajratish. Kesish  yo‘li  bilan
operasiya  olib  borish  teri,  shilliq  va  seroz  pardalarda,  teri  osti  yoki  fassiya,
aponevroz va yo‘g‘on muskullarda qo‘llaniladi.
Yassi muskullar, to‘qima oralig‘ida joylashgan patologik yallig‘lanishlarda
o‘tkaziladigan operasiyalarda qatlamlarga ajratish usuli qo‘llaniladi. Bu usulda
nerv va qon tomirlar shikastlanishi bartaraf etiladi. Lekin barcha hollarda to‘qima
va  butun  organizmga  ehtiyotkorlik  bilan  yondoshish  kerak,  operasiya  vaqtida
to‘qima va organlarning funksiyalarini to‘liq saqlash imkoniyati bo‘lmasa, mumkin
qadar kamroq zararlantirishga harakat qilish kerak.
Xirurgik operasiyalarni o‘tkazishda shu holat uchun qulay kesish yo‘lini
topish muhimdir. Ular quyidagi asosiy manbalarga javob berishi kerak:
A) Shu operasiyani o‘tkazish uchun ular keng va qulay bo‘lishi kerak.
B) Jarohatni haddan tashqari ochilishini oldini olish kerak, chunki chok
qo‘yib yoki ochiq holda davolashga xalaqit beradi.
V) Operasiya qilinadigan joyda qon oqishini va innervasiyani buzmaslik
kerak.
G) Kesiladigan joydan o‘tadigan katta qon tomirlari, nerv va bezlarning
chiqish  yo‘llarini  shikastlantirmaslik  kerak  (  bu  bilan  organlar  funksiyasi
buzilishining oldi olinadi).
D) Jarohatga to‘plangan suyuqlikni uzoq vaqt davomida oqishini ta’minlash.
Masalan: teri tarangligi chiziqlarining yo‘nalishini hisoblab olib tananing
yonbosh qismi yoki bo‘ynida vertikal va qiya kesimlar rasional hisoblanadi.
Logotip
Tayanch iboralar: kesim, qatlamlarga ajratish, qulay kesim, kesim shakllari, qon oqish turlari, qon oqishni to‘xtatish. Xirurgik operasiyalarni bajarishda uchta asosiy element mavjud: to‘qimalarni ajratish, qon oqishini to‘xtatish va to‘qimalarni biriktirish. To‘qimalarni ajratish operativ yondoshishga va operasiyani o‘tkazish uchun ishlatiladi. Kesishga ko‘rsatma turli tuman, shuning uchun uni bajarish usullari ham xar xil. U ikki usulda olib boriladi: kesish va qatlamlarga ajratish. Kesish yo‘li bilan operasiya olib borish teri, shilliq va seroz pardalarda, teri osti yoki fassiya, aponevroz va yo‘g‘on muskullarda qo‘llaniladi. Yassi muskullar, to‘qima oralig‘ida joylashgan patologik yallig‘lanishlarda o‘tkaziladigan operasiyalarda qatlamlarga ajratish usuli qo‘llaniladi. Bu usulda nerv va qon tomirlar shikastlanishi bartaraf etiladi. Lekin barcha hollarda to‘qima va butun organizmga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak, operasiya vaqtida to‘qima va organlarning funksiyalarini to‘liq saqlash imkoniyati bo‘lmasa, mumkin qadar kamroq zararlantirishga harakat qilish kerak. Xirurgik operasiyalarni o‘tkazishda shu holat uchun qulay kesish yo‘lini topish muhimdir. Ular quyidagi asosiy manbalarga javob berishi kerak: A) Shu operasiyani o‘tkazish uchun ular keng va qulay bo‘lishi kerak. B) Jarohatni haddan tashqari ochilishini oldini olish kerak, chunki chok qo‘yib yoki ochiq holda davolashga xalaqit beradi. V) Operasiya qilinadigan joyda qon oqishini va innervasiyani buzmaslik kerak. G) Kesiladigan joydan o‘tadigan katta qon tomirlari, nerv va bezlarning chiqish yo‘llarini shikastlantirmaslik kerak ( bu bilan organlar funksiyasi buzilishining oldi olinadi). D) Jarohatga to‘plangan suyuqlikni uzoq vaqt davomida oqishini ta’minlash. Masalan: teri tarangligi chiziqlarining yo‘nalishini hisoblab olib tananing yonbosh qismi yoki bo‘ynida vertikal va qiya kesimlar rasional hisoblanadi.
Tikka kesimni bo‘yin va tananing dorzal va ventral yuzasida o‘rta sagital
chiziq bo‘ylab yoki shuning atrofida o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
 Bosh qismidagi kesishni shunday olib borish kerakki, yuz nervi va quloq
oldi so‘lak bez yo‘llarini shikastlantirmaslik kerak.
Tuyoq qismida esa shox paydo bo‘lish jarayonini buzmaslikka harakat qilib
kesish kerak. Kesishdan oldin uning kattaligini, shaklini, yo‘nalishini aniq tasavvur
qilish kerak. Kesim uzunligi patologik jarayonning kattaligiga va uni to‘qimalar
orasidagi chuqurligiga ham bog‘liq, ya’ni operasiya qilinadigan organ qanchalik
chuqur  joylashgan  bo‘lsa,  teri  to‘qimasining  kesimi  shuncha  uzun  bo‘ladi.
Kesishga kirishishdan oldin har doim kesim o‘tkazish qoidasini esda tutish zarur:
kesim kerakligicha katta va mumkin qadar kichik bo‘lishi lozim.
Kesim  shakli  –  ko‘pincha  to‘g‘ri  chiziqli,  urchuqsimon  va  quroqsimon
kesimlar qo‘llaniladi.
To‘g‘ri chiziqli kesim o‘tkazish texnikasi sodda va jarohatning bitishiga
yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Urchuqsimon kesim operasiya qilinadigan joyda terining ortiqligida, yaralar,
o‘smalarni kesishda qo‘llaniladi.
Ekssudatlarning  yaxshi  oqishini  ta’minlash  va  chuqur  joylashgan
to‘qimalarga  keng  yo‘l  ochish  maqsadida  turli  shakldagi  quroqsimon  kesim
ishlatiladi: burchaksimon, taqasimon, T-simon, krest shaklida.
Kesim yo‘nalishida – teri qatlami, jun o‘sish yo‘nalishi bilan va chuqur
joylashgan nerv-tomir tolalarini etiborga olinishi kerak.
Bo‘sh  va  qattiq  to‘qimalarni  ajratish  uchun  turli  asboblar  qo‘llaniladi:
qaychi, arra, qisqichlar, trepanlar.
Kesish hamma vaqt qon tomirlarining shikastlanishiga olib keladi va natijada
qon oqishi kuzatiladi.
Qon  oqishining  kelib  chiqish  sabablariga  ko‘ra  quyidagilarga  bo‘linadi:
arterial-qirmiz rangda qon pulsasiyalovchi oqim bilan chiqadi. Bu hollarda tezlikda
o‘tkir anemiya vujudga keladi. Venoz-qon sekinlik bilan oqib chiqadi va to‘q qizil
rangga  ega  bo‘ladi,  bunda  qon  oqimida  pulsasiya  bo‘lmaydi.  Kapillar-yara
yuzasidan  bir  tekisda  qon  oqadi.  Parenximatoz-parenximali  organlar
jarohatlanganda oqadi, ko‘p va aralash qon ketishi kuzatiladi.
Logotip
Tikka kesimni bo‘yin va tananing dorzal va ventral yuzasida o‘rta sagital chiziq bo‘ylab yoki shuning atrofida o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bosh qismidagi kesishni shunday olib borish kerakki, yuz nervi va quloq oldi so‘lak bez yo‘llarini shikastlantirmaslik kerak. Tuyoq qismida esa shox paydo bo‘lish jarayonini buzmaslikka harakat qilib kesish kerak. Kesishdan oldin uning kattaligini, shaklini, yo‘nalishini aniq tasavvur qilish kerak. Kesim uzunligi patologik jarayonning kattaligiga va uni to‘qimalar orasidagi chuqurligiga ham bog‘liq, ya’ni operasiya qilinadigan organ qanchalik chuqur joylashgan bo‘lsa, teri to‘qimasining kesimi shuncha uzun bo‘ladi. Kesishga kirishishdan oldin har doim kesim o‘tkazish qoidasini esda tutish zarur: kesim kerakligicha katta va mumkin qadar kichik bo‘lishi lozim. Kesim shakli – ko‘pincha to‘g‘ri chiziqli, urchuqsimon va quroqsimon kesimlar qo‘llaniladi. To‘g‘ri chiziqli kesim o‘tkazish texnikasi sodda va jarohatning bitishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Urchuqsimon kesim operasiya qilinadigan joyda terining ortiqligida, yaralar, o‘smalarni kesishda qo‘llaniladi. Ekssudatlarning yaxshi oqishini ta’minlash va chuqur joylashgan to‘qimalarga keng yo‘l ochish maqsadida turli shakldagi quroqsimon kesim ishlatiladi: burchaksimon, taqasimon, T-simon, krest shaklida. Kesim yo‘nalishida – teri qatlami, jun o‘sish yo‘nalishi bilan va chuqur joylashgan nerv-tomir tolalarini etiborga olinishi kerak. Bo‘sh va qattiq to‘qimalarni ajratish uchun turli asboblar qo‘llaniladi: qaychi, arra, qisqichlar, trepanlar. Kesish hamma vaqt qon tomirlarining shikastlanishiga olib keladi va natijada qon oqishi kuzatiladi. Qon oqishining kelib chiqish sabablariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: arterial-qirmiz rangda qon pulsasiyalovchi oqim bilan chiqadi. Bu hollarda tezlikda o‘tkir anemiya vujudga keladi. Venoz-qon sekinlik bilan oqib chiqadi va to‘q qizil rangga ega bo‘ladi, bunda qon oqimida pulsasiya bo‘lmaydi. Kapillar-yara yuzasidan bir tekisda qon oqadi. Parenximatoz-parenximali organlar jarohatlanganda oqadi, ko‘p va aralash qon ketishi kuzatiladi.