Organizmlarning tashqaridan qabul qilgan oziq moddalari
ovqat hazm qilish sistemasida muayyan mexanik va
kimyoviy o’zgarishlarga uchraydi va o’zlashtiriladi, ularning
modda va energiya almashinuvi jarayonida ishtirok
etishidan hosil bo’lgan qoldiq moddalar ayirish organlari
yordamida ajratib chiqariladi
Bir hujayrali hayvonlarda moddalar almashinuvi natijasida hosil
bo’lgan qoldiq moddalar va ortiqcha suv qisqaruvchi vakuolalar
yordamida tashqariga chiqariladi.
Infuzoriyalarda ayirish a’zosining tuzilishi biroz murakkablashgan, har
bir qisqaruvchi vakuola – yig’uvchi uzun naycha, pufakcha va chiqarish
naychasidan iborat. Ortiqcha suv va keraksiz moddalar yig’uvchi naycha
orqali vakuola pufakchasiga yig’iladi. Pufakcha devoir qisqarib,
chiqarish naychasi yordamida tashqariga chiqarib yuboriladi
Bo’shliqichlilarda maxsus ayirish a’zosi bo’lmaydi.
Moddalar almashinuvining mahsulotlari entoderma qavati
hujayralarining qisqaruvchi vakuolalari yordamida tana
bo’shlig’iga, u yerdan tashqi muhitga chiqariladi
Yassi chuvalchanglarda ayirish sistemasi protonefridiylar (oddiy
buyrak)dan iborat. Protonefridiylar parenximada joylashgan uchi berk
bir qavatli epiteliy to’qimalardan iborat tarmoqlangan naychalardan
boshlanadi. Naychalar yirik naychalarga kelib tutashadi. Tana
bo’shlig’ini to’ldirib turgan suyuqlikdagi ortiqcha suv va zaharli
moddalar diffuziya jarayoni orqali yirik naylarga yig’iladi va tashqariga
chiqarib yuboriladi
To’garak chuvalchanglarda ayirish sitemasi tana
bo’ylab joylashgan ikkita uzun naydan iborat. Uzun naylar
bosh tomonida o’zaro tutashib “Bo’yin bezlarni” hosil
qiladi va ular ayirish teshigi orqali tashqariga ochiladi
Halqali chuvalchanglarda har bir tana bo’g’imida bir
juftdan metanefridiylar joylashgan. Naychaning tana
bo’shlig’ida turgan qismi voronkasimon kengaygan, kiprikli
bo’ladi. Kipriklarning harakati tufayli keraksiz mahsulotlar
voronkaga yig’iladi va naychadan tashqariga chiqarib
yuboriladi
Molluskalarning ayirish sistemasi tasmasimon buyrakdan iborat.
Buyraklarning tuzilishi halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga
o’xshash bo’ladi. Kipriklar bilan qoplangan voronkasimon uchi yurak
oldi bo’lmasiga, ikkinchi uchi esa mantiya bo’shlig’iga ochiladi.
Metanefridiylarning bir uchi yurak oldi bo’lmasiga tutashishi qon
tarkibidagi moddalar almashinuvining qoldiqlarini diffuziya natijasida
ajratib olib, mantiya bo’shlig’iga chiqaradi. Molluskalarda ayirish tizimi
bilan qon aylanish o’rtasida bog’liqlik vujudga kelgan
Umurtqasiz hayvonlar ichida yuksak tuzilishga ega bo’lgan bo’g’imoyoqlilar tipining
vakillarida ayirish sistemasi har bir sinf uchun o’ziga xos tuzilishga ega.
Masalan, qisqichbaqasimonlarda ayirish bir juft yashil bez va ularning
naychalaridan iborat. Bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo’shlig’ida
joylashgan. Naychalar esa kalta mo’ylovlari asosida tashqariga ochiladi.
O’rgimchaksimonlar ayirish sistemasi bir juft shoxlangan malpigi naychalaridan
iborat. Malpigi naychalari ichak bo’shlig’iga ochiladi. Ayirish mahsuloti kristall holda
orqa ichak orqali tashqariga chiqariladi. Bu o’rgimchaklarda suvni tejab sarflashga
yordam beradi.
Hasharotlarning ayirish sistemasi malpigi naychalaridan iborat
Shunday qilib umurtqasiz
hayvonlarda alohida
ayirish organlari
shakllangan bo’lsa-da,
mazkur sistema funksional
jihatdan unchalik
mukammal emas. Chunki
ayirish sistemasi qon
aylanish sistemasi bilan
tutashmaganligi sababli
ayirish mahsulotlari,
avvolo tana bo’shlig’iga,
so’ngra esa tashqariga
ajraladi. Natijada tana
bo’shlig’ida har doim
ma’lum miqdorda qoldiq
moddalar saqlanib qoladi.
Boshskeletsizlarda ayirish tana bo’ylab joylashgan metanefrediylardan iborat. Har
bir metanefrediy tana bo’shlig’iga va umumiy teshik orqali Jabra oldi bo’shlig’iga
ochiladi.
Umurtqali hayvonlarda ayriladigan moddalar buyraklardan tashqari, teri va o’pka
orqali va chiqariladi.
Buyraklar asosiy ayirish a’zosi bo’lib, filogenezda uchta bosqichni o’taydi.
I-bosqichda boshlang’ich buyrak – baliq va suvda hamda quruqlikda yashovchilarning
lichinkasida bo’ladi
II-bosqichda birlamchi buyrak yoki tana buyragi – voyaga yetgan baliq va baqalarda
bo’ladi
III- bosqich haqiqiy buyrak – sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarda
uchraydi
Baliqlarda ayirish bir juft tasmasimon buyrakdan iborat bo’lib,
umurtqa pog’onasining yon tomonida joylashgan, mazkur buyrakning
old qismi faqat embryonal davrida ahamiyatga ega bo’lib, yetuk
baliqda rudimentga aylangan. Boshlang’ich buyrak sodda tuzilgan,
kalta naychlardan iborat va qon aylanish sistemasi bilan
bog’lanmagan. Ayirish mahsuloti tana bo’shlig’I va u yerdan
tashqariga chiqariladi.
Yetuk baliqda ayirish vazifasini tana buyraklari bajaradi. Tana
buyraklari boshlang’ich buyrak hisoblanib, unda Shumlyanskiy-
Bauman kapsulasi va Malpigi tuguni paydo bo’lgan.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda voyaga yetganda
birlamchi tana buyraklari bo’lib, ular urg’ochi baqada faqat siydik
ayirish vazifasini, erkaklarida esa yana urug’ yo’li vazifasini ham
bajaradi.
Yuqori darajada tuzilgan umurtqalilarda(qushlar, sutemizuvchilar)
boshlang’ich buyrak va birlamchi buyraklar faqat embryonal davridagina
bo’lib, keyin rudiment holga keladi. Yovaga yetganda esa, ikkilamchi
buyrakdan haqiqiy buyraklar hosil bo’ladi. Ikkilamchi buyraklarning tana
bo’shlig’idan aloqasi uzilib, qon aylanishi sistemasi bilan bog’liqligi ortadi.
Buyrakdagi nefronlar soni ham ortib boradi. Sutemizuvchilarda buyrakdan
tashqari o’pka va ter bezlari ayirish vazifasini bajaradi.
Odam embrionining 3-hafta boshida boshlang’ich buyraklar, 3-hafta
oxirida birlamchi buyrak, 2 oyligidan boshlab tug’ilguncha haqiqiy buyraklar
skallanadi. Odamlarda buyraklar ayirishdan tashqari, gomeostazni
ta’minlashda, qon hajmini boshqarishda, qon bosimini meyorda saqlashda,
yog’-oqsil-karbon suv-vitaminlar almashinuvida ham ishtirok etadi.
Shunday qilib, ayirish organlarining evolutsiyasida ayirish sathining
kattalashuvi, ayirish mahsulotlarini to’la va tez chiqarib tashlash bilan birga
suv va kerakli moddalarni organizmda saqlab qolishga imkon beradi
Ayirish sistemasi filogenetik jihatdan jinsiy sistema bilan bog’langan
bo’ladi. Ayniqsa, bu umurtqalilar evolutsiyasida yaqqol ko’zga
tashlanadi.
Ko’p hujayrali tuban hayvonlar (bo’shliqichlilar)da jinsiy a’zolar
sistemasi rivojlanmagan. Lekin ektoderma hujayralaridan jinsiy
hujayralar hosil bo’lib, noqulay sharoitda (gidrada) jinsiy ko’payadi.
Meduzalarda esa jinsiy va jinssiz ko’payish gallanishi orqali amalga
oshadi
Yassi chuvalchanglar
germofrodit. Ayniqsa parazit
chuvalchanglarda jinsiy Sistema
kuchli taraqqiy etgan.
To’garak chuvalchanglarda jinsiy
Sistema yaxshi taraqqiy etgan
bo’lib, ayrim jinsli hisiblanadi.
Ularda jinsiy dimorfizm yaxshi
seziladi. Erkaklarda – bitta
urug’don, urug’ yo’li, urug’ chiqarish
nayi bo’ladi. Urg’ochilari yirikroq
bo’lib, ularda ikkita tuxumdon,
tuxum yo’li va bachadon mavjud.
Halqali chuvalchanglardan ko’p
tuklilar ayrim jinsli, jinsiy dimorfizm
kuzatilmaydi. Metamorfoz bilan
rivojlanadi. Kam tuklilar
germafrodit (ikki jinsli), lekin ikkita
chuvalchang bir-birini urug’lantiradi