MAVZU: HAYVONOT
DUNYOSIDAGI EVOLYUTSION
O’ZGARISHLAR
Hayvonlar filogenezi
deyilganda bir hujayrali
organizmlardan to sutemizuvchi
hayvonlarning paydo bo‘lishi va
tarixiy rivojlanishi tushuniladi.
Ma’lumki, irsiy o‘zgaruvchanlik
asosida foydali belgiga ega bo‘lgan
organizm o‘z avlodiga nisbatan anatomik,
morfologik tuzilishi va hayotiy
jarayonlarning jadallashuviga ega
bo‘lganligi sababli yashash uchun kurash
va tabiiy tanlanishda saqlanib qolish
imkoniyati ortadi.
Yerda hayotning paydo
bo‘lishi va rivojlanishining
dastlabki erasi bo‘lgan
arxey erasining ikkinchi
yarmida yuz bergan
uchta yirik aromorfozning
ikkitasi: ko‘p hujayrali
organizmlarning paydo
bo‘lishi va jinsiy ko‘payish
hayvonlar filogenezida
muhim o‘rin tutgan.
Turli sistematik
guruhlarga mansub
hayvonlar tuzilishi va
hayotiy jarayonlari
o‘rtasidagi umumiy belgilar
ularning yagona umumiy
ajdoddan kelib chiqqanligini
ko‘rsatadi.
Shuning uchun
hayvonot dunyosining turli
sistematik guruhlari
o‘rtasidagi filogenetik
munosabatlarni shajara
daraxti sifatida tasavvur
qilish mumkin
Bir hujayrali
organizmlarda yuz
bergan evolutsion
o‘zgarishlar.
Evolutsiya jarayonida
birlamchi okeanda
dastlab turli xil organik
moddalar tabiiy yo‘l bilan
sintezlanib to‘planib
borgan. Keyinchalik bu
moddalardan juda mayda
shilimshiq zarrachalar
shaklidagi protobiontlar
hosil bo‘lgan.
Protobiontlar tashqi muhitda
erigan organik moddalarni shimib olib
o‘sganligi va bo‘linib ko‘payganligi
taxmin qilinadi.
Tabiiy tanlanish tufayli
protobiontlarning tuzilishi
mukammallashib, dastlab prokariotlar,
ularda yadro va hujayra organoidlari
paydo bo‘lishi natijasida esa bir
hujayrali eukariot organizmlar kelib
chiqqan.
Ko‘p hujayrali
organizmlarda
yuz bergan
evolutsion
o‘zgarishlar.
Dastlabki ko‘p hujayrali hayvonlar
koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali
xivchinlilardan
kelib
chiqqan.
Tanasi ikki qavat - ektoderma va
entodermadan tuzilgan bu organizmlar
sharsimon koloniya devorining botib
kirishi - invaginatsiya tufayli paydo
bo‘lganligi haqida taxminlar bor.
Rus olimi
I.I.Mechnikov esa
dastlabki ko‘p hujayrali
hayvonlar sharsimon
koloniyadagi ayrim
hujayralarning koloniya
ichiga ko‘chib o‘tishi -
migratsiyasi natijasida
paydo bo‘lganligini qayd
etadi.
Keyinchalik ichki hujayralar
bir qator tig‘iz joylashuvi natijasida
ichki
qavat
hujayralari
entodermani hosil qilgan; tashqi
qavat esa ektodermaga aylangan.
Ektoderma
hujayralari
harakatlanish, sezish va himoya
qilish
funksiyasini
bajarishga
moslashgan. Ana shu yo‘l bilan
kolonial xivchinlilardan ikki qavatli
ko‘p hujayrali hayvonlar - bulutlar
va bo‘shliqichlilar kelib chiqqan.
Yassi chuvalchanglar ikki
tomonlama simmetriyali hayvonlar
orasida eng sodda tuzilgan.
To‘qima va organlarining
rivojlanganligi ularning tuban ko‘p
hujayralilarga nisbatan yuksak
tuzilganligini ko‘rsatadi. Ularda
hazm qilish, ayirish, nerv, jinsiy
sistemalarning paydo bo‘lishi yirik
aromorfozlardan hisoblanadi.
Yassi chuvalchanglar erkin
suzib
yurishdan
suv
tubida
o‘rmalab
yurishga
o‘tgan
qadimgi bo‘shliqichlilardan kelib
chiqqanligi taxmin qilinadi.
Suv tubida o‘rmalab
yurish tufayli hayvonlarning
oldingi va keyingi, qorin va
orqa tomonlari paydo bo‘lgan;
Dastlab erkin yashovchi
yassi chuvalchanglar -
kipriklilar, ulardan parazit
yashovchi so‘rg‘ichlilar va
tasmasimon chuvalchanglar
paydo bo‘lgan.
To‘garak chuvalchanglar tana
bo‘shlig‘i, o‘rta va orqa ichagi, anal
teshigining
rivojlanganligi
bilan
yassi chuvalchanglardan farq qiladi.
To‘garak
chuvalchanglarning
tuban
tuzilgan
guruhlarida
kipriklarining bo‘lishi ularni kirpikli
yassi
chuvalchanglardan
kelib
chiqqanligini
ko‘rsatadi.
Halqali chuvalchanglar ham
qadimgi erkin yashovchi kiprikli
yassi
chuvalchanglardan
kelib
chiqqan.
Ko‘p
tukli
halqali
chuvalchanglar
lichinkalari
tanasida
kipriklarning
bo‘lishi,
nerv
va
ayirish
sistemalari
tuzilishining
yassi
chuvalchanglarnikiga o‘xshashligi
yuqoridagi
fikrning
dalilidir.
Suv
tubidagi
balchiqda va tuproqda
yashashga o‘tish bilan
ko‘p tuklilarning harakat
organlari
reduksiyaga
uchragan va ulardan kam
tukli halqalilar, qadimgi
kam
tuklilardan
esa
zuluklar paydo bo‘lgan.
Molluskalarning tashqi ko‘rinishi va ichki
tuzilishi
yuqorida
keltirilgan
hayvonlarning
birortasiga
o‘xshamaydi.
Lekin
dengizda
yashovchi ikki pallali va qorinoyoqli molluskalar
lichinkasining
tuzilishi
ko‘p
tukli
halqali
chuvalchanglarnikidan
deyarli
farq
qilmaydi.
Shuning
uchun
molluskalar
va
halqali
chuvalchanglar qadimgi bitta umumiy ajdoddan
kelib chiqqan deyish mumkin.
Bo‘g‘imoyoqlilar
halqali
chuvalchanglardan kelib
chiqqan.
Yupqa
kutikulasi pishiq tayanch
skeletga aylandi, yurish
oyoqlari paydo bo‘ldi.
Gavdaning
oldingi
bo‘g‘imlaridan
bosh
paydo bo‘lgan, orqa qon
tomiri kengayib, yurakni
hosil qilgan.