HAZM QILISH SISTEMASI FIZIOLOGIYASI.
Og‘izda oziqa hazmi
Reja:
1.Ovqat hazmi to‘g‘risida umumiy tushuncha.
2.Hazm sistemasining faoliyatini o‘rganish usullari.
3.Og‘izda oziqalarni hazmi bo‘lishi va uning turli hayvonlardagi xususiyatlari.
4.So‘lak tarkibi, ahamiyati, miqdori va uning boshqarilishi.
Tayanch Iboralar.
Hazmlanish, yem, pichan, xashak, konsentrat, yevolyusiya, osmos,
diffuziya, o‘rgamchak, achitish, shimish, asalari, chumoli, chuvalchang, qurt,
naysimon, o‘simlik, hayvonlar, o‘txo‘r, go‘shtxo‘r, aralash, sekresiya, mexanik
yezish, fermentasiya, so‘rilish, biologik, mikrobiologik, amilolitik, lipolitik,
proteolitik, Aroistotel, Gippokrat, Avisenna, Reomyur, Bomon, V.A.Basov,
Shumova-Simanovskaya, I.P.Pavlov, Gaydengaym, og‘iz bo‘shlig‘i, yirtqich,
cho‘chqa, ot, kavsh qaytaruvchilar, tish, so‘lak bezlari (quloq oldi, jag‘ osti, til
osti), ishqoriy va kislotali muhit, suv, lizosim, amilaza, maltoza, uglevod, namlik,
dizenfeksiya, musin, luqma, filtratsiya, sekresiya, reflektor, simpatik, parasimpatik,
shartli refleks, ko‘z, hid, gumoral.
1.Ovqat hazm qilish eng murakkab fiziologik jarayon bo‘lib organizmda
kechadigan hayotiy jarayonlarni ta’minlab beradi.
Hazmlanish deb, xilma-xil oziqalarni hazm sistemasiga tushib bir necha
yetaplarda o‘zgarishi va organizm uchun kerakli bo‘lgan shaklda o‘zlashtirilishiga
aytiladi. Masalan: Hayvonga yem-xashak (pichan, somon yoki konsentrat) beriladi.
Lekin hayvon organizmi uchun kerak bo‘lgan oqsil, yog‘, uglevod, vitamin, makro
va mikro yelementlar shu oziqa tarkibidan hazm sistemasining turli qismlaridagi
fermentlar ta’sirida o‘zgartirilib o‘zlashtiriladi.
Hazm sistemasi orqali oziq-ovqat o‘zlashtirilishi moddalar almashinishining
boshlang‘ich yetapini tashkil yetadi. Xilma-xil oziqa moddalardan organi-zmni
zaruriy hayotiy jarayonlari uchun organik birikmalar sintez qilinib o‘zlashtiriladi
va organizmning tirikliligi, o‘sib rivojlanishi, nasl qoldirish, mahsulot ajratish
jarayonlari ta’minlanadi. Organizmlar evolyusion rivojlanish davrida har xil yo‘llar
bilan oziqalanishga moslashgan. Nihoyatda oddiy tuzilgan organizmlarning
ovqatlanishi ham oddiy bo‘ladi va organizm taraqqiyoti, tuzilishini tobora
rivojlanib borishi bilan evolyusion o‘zgarishlar natijasida oziqalanish xususiyatlari
ham o‘zgarib boradi. Bu to‘g‘risida ko‘p misollarni umumiy biologiyadan
bilasizlar: Masalan: Bir hujayrali sodda organizmlar o‘zlarining yashashi uchun
oziqani osmos diffuziya yo‘li bilan o‘zi yashayotgan muhitdan, ya’ni ular butun
tanasi bilan oziqaga botib so‘rib oladi.
O‘rgimchak yesa to‘riga tushgan hasharotlarni o‘rab fermentlarini chiqarib,
o‘zgartirib, achitib, chiritib tayyor ovqatga aylantirib keyinchalik shimib
oziqalanadi yoki kanalar hayvon tanasiga yopishib qon tomirlaridan qonni so‘rib
qon bilan oziqalanadi.
Asalarilar yesa to‘planib guruh-guruh bo‘lib o‘z o‘ljalarini o‘rab ishlatib
o‘ziga o‘zlashtirsa, chumolilar 3-4 tasi birdaniga o‘z o‘ljalariga hujum qilib so‘lak
ta’sirida oziqani ishlatib oziqalanadi.
Chuvalchanglar, qurtlarda naychasimon hazmlanish organi bo‘lib oziqani
kimyoviy ishlab o‘zgartib hazm qiladi.
Yuqori sut emizuvchii hayvonlar oziqalanishi uchun tashqi muhitdan 2 xil
oziq ovqat manbaidan:
1. O‘simliklar dunyosidan 60-70%.
2. Hayvonot dunyosidan olinadigan 20-30% oziqalar tarkibida organizm
uchun organik va anorganik moddalar bor bo‘lib oqsillar, yog‘lar, uglevodlar,
vitaminlar, mineral moddalar va boshqalarni oladi. Oziq ovqatlar hazm sistemasiga
tushib bu sistemaning aktiv faoliyati natijasida hazmlanish jarayonini o‘taydi.
Hazm sistemasi organizmlarning ovqatlanish sharoitiga qarab har xil rivojlangan
bo‘lib bu organizmlarni uchta guruxga bo‘lib o‘rganamiz.
O‘txo‘r hayvonlar.
Go‘shtxo‘r hayvonlar.
3.Aralash ovqat bilan oziqalanuvchilar.
1.O‘txo‘r hayvonlarda hazm sistemasi ancha murakkab rivojlangan va
o‘txo‘r hayvonlarning oshqozonining hajmi katta bo‘lib qoramollarda 60-100 kg,
yechki, qo‘y, otlarda bir necha kg oziqa iste’mol qiladi.
2.Go‘shtxo‘r hayvonlarga it, mushuk.
3.Aralash ovqat iste’mol qiladiganlarga odam, cho‘chqa kirib, ular,
o‘simlik, go‘sht iste’mol qiladi.
Hazm sistemasi hazm jarayonlarini kechishi uchun bir qator murakkab
vazifalarni bajaradi.
1. Hazm sistemasi har xil shira ajratib-sekretor vazifani bajaradi:
2. Hazm sistemasi harakat yoki mator vazifasini bajarib oziqalarni ishqalab
yezadi:
3. Hazm sistemasida fermentasiya jarayoni sodir bo‘ladi, chunki turli bezlar
turli xil fermentlar ishlab chiqarib, turli xil oziqalarni parchalaydi:
4. So‘rilish jarayonini o‘taydi.
5. Har xil inkretor vazifalarni bajaradi. (Ichki sekresiya hislati – gormon ishlab
chiqaradi).
Oshqozon, ichak, shilliq pardalari har xil gormon ajratib chiqaradi,
oshqozon osti bezi yesa gormon va shira ishlab chiqaradi.
Hazmlanish jarayonlari hazm sistemasida kechadigan mexanikaviy,
kimyoviy va biologik yoki mikrobiologik o‘zgarishlar bilan yakunlanadi. Oziq
ovqatlar hazm sistemasida mexanik ishlanadi, maydalanadi, yumshatiladi va
namlanish jarayonlarini o‘taydi. Bu asosan yuqori sut emizuvchii organizmlarida
og‘iz bo‘shlig‘ida ta’minlanadi (tish yordamida maydalanadi, jag‘, til bilan
ta’minlanadi) parrandalarda jig‘ildon yoki muskulli oshqozonda ishlanadi,
maydalanadi.
Kimyoviy jarayonlar fermentasiya yoxud mikrobiologik o‘zgarishlar
natijasida bo‘ladi, bunda oziq ovqat oksidlanishi, gidrolizlanishi (suv ishtirokida
parchalanish) fermentasiya bo‘lishi achish-chirish yo‘li bilan yuzaga chiqadi.
Ayniqsa, hazm sistemasi og‘iz bo‘shlig‘idan to to‘g‘ri ichakgacha bo‘lgan yo‘lda
juda ko‘p shira ishlab chiqaruvchi bezlari bo‘lib, shira ajraladi. Og‘izda-so‘lak,
oshqozonda-oshqozon shirasi, ichakda-ichak shirasi o‘t va oshqozon osti bezi
shirasi. Bular tarkibida fermentlar bo‘lib, ularni 3 guruhga bo‘lib o‘rganiladi:
1. Amilotik fermentlar-uglevodlarga ta’sir qiladi.
2. Lipolitik fermentlar-yog‘ni parchalaydi.
3. Proteolitik fermentlar-oqsillarni parchalaydi.
Fermentlarning aktivligi uchun hazm sistemasining belgili namlikligi – suv
bo‘lishi, muayyan muhit sharoiti, muayyan harorat (temperatura) 38-40o bo‘lishi
kerak.
Bu fermentlardan biri kletchatkani parchalaydi, oqsilni chiritadi,
uglevodlarni achitadi. Bu fementlar haqidagi batafsil ma’lumotlarni kavsh
qaytaruvchi hayvonlar ingichka ichagida kechadigan hazmlanish jarayonida
o‘rganiladi.
Hazm sistemasida oziq-ovqatlar mikrobiologik o‘zgarishlarga uchrab
ayniqsa bakteriya yoki infuzoriyalar yordamida-oziqa maydalanadi. Oziqa achitish-
chiritish yo‘li bilan ham ishlatiladi.
Hazm sistemasini faoliyatini o‘rganishda turli xil usullardan foydalanilib, bu
usullardan hozir ham foydalanib kelinmoqda. Umuman hazm sistemasining
faoliyatini o‘rganish qadim zamonlarda ham odamlarni qiziqtirgan. Agar
boshlang‘ich davrlarda Aristotel, Gippokrat, Golenlar tomonidan o‘rganilgan
bo‘lsa, 10 asrga kelib hazm sistemasini Avisena o‘rgangan bo‘lib ya’ni Avisena
fanga tezak yoki ahlatni tekshirish usulini, parxezni kiritgan.
Hazm sistemasini faoliyatini o‘rganishda o‘tkir usullar 17-18 asrlarda fanga
kiritilgan bo‘lib 17 asrda Reomyur degan olim hazm sistemasining bosh-lang‘ich
qismi og‘izda so‘lak ajralishini tekshirgan, buning uchun maxsus kapsula ixtiro
qilib kapsulani so‘lak yo‘liga tutib so‘lak to‘plab olgan yoki shu kapsulaga ovqat
to‘plab ovqat parchalanish ximizmini o‘rgangan.
So‘lak tarkibini o‘rganish uchun tegishli bez yo‘liga naychalar o‘rnatish
yoki bez yo‘llarini tashqariga chiqarib tikish metodikasi qo‘llaniladi. I.P.Pavlov
laboratoriyasida D.L.Glinskiy tomonidan it so‘lak bezlari yo‘liga fistula qo‘yish
usulini ishlab chiqilgan. Bez yo‘llarini joylanishiga qarab bu operasiya otlar,
qoramollar, cho‘chqalar va boshqa hayvonlarda turlicha amalga oshiriladi.
Masalan, qo‘ylar quloq oldi so‘lak bezini yo‘lini tashqariga chiqarib tikish uchun
lunj 3 – 4 jog‘ tishlarining ro‘barasidan teshiladi. Bu usulda so‘lak doimo
tashqariga chiqadi. Shuning uchun bu usul mukammallashtirilib, fistuladan
chiquvchi so‘lak ikkinchi teshik orqali rezin naycha Bilan og‘izga qayta quyish
usulidan foydalaniladi. Bu usulga ko‘ra so‘lak kerak bo‘lganda fistula orqali so‘lak
olib, keraksiz payti so‘lak og‘iz bo‘shlig‘iga tushaveradi. Shulardan kelib chiqan
holatda barcha charvo hayvonlarida so‘lak ajralishini shu usul Bilan o‘rganilsa
bo‘ladi.
Xuddi shunday, oshqozonda oziqalarning parchalanish ximizmini o‘rganish
maqsadida machalkasimon - laxchasimon tuzilishda bo‘lgan moslamani ipga
bog‘lab hayvonni og‘ziga solib yutqazdirib, bir qancha vaqt o‘tgandan keyin shu
moslamani tortib chiqarib olib, siqib bu suyuqlikni tarkibini o‘rgangan.
Bomon hazm sistemasini naycha qo‘yib o‘rganishga asos solgan. Uning
to‘g‘risida shunday ma’lumot bor. U katta klinikaning boshlig‘i bo‘lib, uning
klinikasiga tasodifan oshqozoni o‘q bilan yaralangan ovchi tushib, uni o‘z
klinikasida 1825-1835 yillar davomida olib qolib tekshirishlar o‘tkazib, shu
tekshirishlarni kitob qilib yozib chiqadi. Bu kitob ma’lumotlari asosida Rossiyada
V.A.Basov 1842 yil itlar oshqozoniga naycha o‘rnatadi keyinchalik Italiya olimi
Blondlo qorin bo‘shlig‘ini teshib, xronik tajribalarda ovqat hazm qilish jarayonini
o‘rganish metodikasini yaratadi. Bu usul hozirgacha ham qo‘llanilsada, lekin u
kamchiliklardan xoli emas ya’ni ajiralgan shira oziqa bilan aralash bo‘ladi. Bu
vaqtda ajiralayotgan shira oziqani bevosita me’dada hazm bo‘lish jarayonida toza
shira olish imkonini bermagani uchun bu usul I.P.Pavlovni qanoatlantirmaydi, u
izlanishda davom yetadi.
I.P. Pavlov rahbarligida uning laboratoriyasida 1889 yilda Shumova -
Simanovskaya it qizilo‘ngachini kesib, qizil o‘ngach chetlarini teri yuzasiga
chiqarib tikadi va bu usulni yezofogatomiya yoki yolg‘ondakam ovqatlantirish
usuli deb ataladib, reflektor fazada shira ajratib olinadi. Bu vaqtda yutilgan ovqat
oshqozonga tushmasdan, qizil o‘ngach teshigi orqali toshqariga tushadi. Bu vaqtda
me’dadan shira toza, oziqa bilan so‘lak aralashmagan holatda ajraladi va fistula
yordamida yig‘ib olinadi.
Tajribadan keyin so‘lakni fistula orqali yehtiyotlik
Bilan it me’dasiga solib qo‘yiladi. (Simanovskaya polyachka Pavlov I.P.
laboratoriyasida it boqar bo‘lib ishga kiradi va Shumov degan kishiga turmushga
chiqib har ikkala familiyada qoladi).
I.P.Pavlov 1880-1900 yilgacha 20 yil ovqat hazm qilish sistemasini
faoliyatini o‘rganib har xil usullardan foydalanadi. Buzoq, itni so‘lak bezlariga
naycha o‘rnatib so‘lak tarkibini o‘rganadi.
I.P.Pavlov rahbarligida oshqozonda kichik oshqozoncha yasash usuli va
bunga qadar 1890 yilda Pavlov laboratoriyasida Geydengaym nerv va qon tomirsiz
oshqozoncha yaratadi. I.P.Pavlovning izlanishlari bexuda ketmadi ya’ni u kichkina
me’dacha bichishning mukammal usulini yaratadi. I.P.Pavlov bo‘yicha kichkina
me’dacha bichilganida nerv va qon tomirlar orqali aloqadorlik ta’minlanadi ya’ni
me’da tubidan parcha kesilib, shu parcha Bilan asosiy me’da o‘rtasida kesilgan joy
ko‘prik qoladi. Ko‘prikcha shilliq pardasi ajratilib, katta me’da tubidagi jarohatga
qo‘shib tikiladi va ajratilgan parchadan kichik me’dacha yasaladi. Bu vaqtda kichik
me’dacha Bilan katta me’da ko‘prikchaning muskul va seroz qavatidan o‘tgan nerv
tolasi va qon tomirlar orqali aloqador bo‘ladi. Katta me’dada hazm bo‘layotgan
oziqa kichik me’daga o‘tmaydi va kichik me’dachaga ajralayotgan shira toza va
nerv – reflektor jarayonda hosil bo‘lgan shiralarni tashkil yetadi. Shuning uchun
ham bu usul toza me’da shirasini ajratib olishni mukammal usuli hisoblanadi.
Demak, I.P.Pavlov laboratoriyasida ko‘p ishlar qilingan bo‘lib, u bu ma’lumotlarni
hazm sistemasining eng asosiy bezlari degan asarida yozib qoldirgan bo‘lib, bunga
(ma’ruza) leksiya va operasiya materiallari kiritilgan.
3.Hazm sistemasining bosh qismi og‘iz bo‘shlig‘i bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘ida
ovqat hazmlanishi so‘lak bezlarida ishlanayotgan shiralar ta’sirida bo‘ladi.
Organizmning bosh qismida 3 yoki 4 juft so‘lak bezlari bo‘lib shu so‘lak bezlari
ajratgan shiralar og‘iz bo‘shlig‘iga quyiladi. (Odam va yirtqich hayvonlarda ko‘z
osti so‘lak bezining shirasi ham bo‘ladi). Organizmda ovqat hazm bo‘lishi uchun
har xil organizmlar turli yo‘l bilan oziq-ovqatlarni qabul qiladi. Jumladan yirtqich
hayvonlar oziq-ovqat o‘ljasini oldingi oyoqlari bilan ushlab tishlari bilan yirtib
og‘ziga oladi, ularni yeydigan ovqatlari ko‘pincha yumshoq bo‘ladi. (Go‘sht,
go‘shtli oziqalar, ya’ni to‘qimalardan tuzilgan muskul pay).Oziqani og‘izda juda oz
chaynab so‘lak bilan aralashtirib yutadi.
Cho‘chqalar oziq-ovqat moddalarni tumshuq uchlari bilan kavlab, izlab,
oldingi tishlari bilan tishlab, lab, til harakati bilan og‘ziga oladi. Cho‘chqalarning
ostki jog‘i uncha harakatchan emas, jog‘lari juda yaqin bo‘lib oziqani chala
chaynab yutadi.
Cho‘chqalar oziqani og‘izda kam chaynaydi, yarim chaynab yutadi.
Cho‘chqalar suyuq yumshoqlashtirilgan polufabrikat oziqalar bilan, konsentrat
bo‘tqa pishirib oziqalantiriladi. Konsentratlar har xil oziqalardan qarishtirish,
yumshatilgan oziqa, oshxonalarda qolgan oziqalardan iboratdir. Cho‘chqalar
og‘zida oziqa hazmi o‘ziga xos xususiyatga yega bo‘lib, cho‘chqa og‘zida so‘lak
bezlaridan ko‘p miqdorda so‘lak ajraladi. Ulardan ham jag‘ osti, til osti so‘lak
bezlari vaqti vaqti bilan so‘lak ajratadi, ayniqsa yosh cho‘chalar sut, sut qoldig‘i
bilan oziqalanganda vaqti vaqti bilan aralash bezlardan so‘lak ajratadi. So‘lakda
amilolitik fermentlar ko‘p bo‘ladi, ayniqsa cho‘chqaga ko‘p kraxmalli oziqa (un,
kepak) berilganda so‘lakning tarkibida amilolitik fermentlar ko‘p bo‘ladi.
(Cho‘chqa bolalarini onasidan ajratganda obratlar bilan aralash bo‘tqa pishirib
berish kerak, yarmalarga vitminli oziqa, ko‘k beda, sabzi, vitamin Dni qoplash
uchun mineral moddalar qo‘shish kerak, qon kasalliklaridan saqlash uchun kobolt,
temirli oziqalarni qo‘shish kerak. Hayvon bug‘ozlik davrida mineral moddalar
rasion tarkibida yetarlicha iste’mol qilinsa tug‘iladigan cho‘chqa bolalarida teri
tagida 15-20 kunlik zapas mineral moddalar to‘plab tug‘iladi. Buning uchun rasion
doimo tekshirib turilishi lozim.
Bir tuyoqli hayvonlar oziq-ovqatlarni yuqori lablarini tez harakati bilan
yig‘ib, to‘plab, ba’zan oldingi oyoqlari bilan oziqani yig‘ib to‘plab, yezib, tishlari
bilan kesib, og‘izga olib maydalaydi, ayniqsa oldingi kurak tishlari o‘simliklarni
yerdan kesib, uzish uchun ishlatadi. Og‘izgga olingan oziqalarni maydalab, so‘lak
bilan aralashtirib, til ishtirokida luqma holatiga keltiradi. Bir tuyoqli hayvonlar
oziqalarni og‘izda ancha uzoq chaynab yutadi. Og‘izda oziqa hazm bo‘lishi ancha
murakkab o‘zgaruvchan bo‘ladi. Jumladan so‘lpak bezlarining funksional aktivligi
hayvonlarning yoshiga qarab o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bir tuyoqli hayonlarni
yoshligida so‘lak vaqti-vaqti bilan ajralib, sut ichganda yoki har xil suyuq oziqalar
iste’mol qilgan vaqtda so‘lak ajratadi.
Otlar og‘ziga oziqa tushishi bilan so‘lak ajralib, bu so‘lakni oziqa
chaynayotgan tomondagi so‘lak bezlari ajratadi. Bir tuyoqlilarning yoshlik vaqtida
til osti va jag‘ osti so‘lak bezlardan so‘lak ajralib oz va quyuq bo‘ladi. Dag‘al
oziqalarga o‘tishi bilan juda ko‘p suyuq so‘lak ajralib, so‘lak muhiti kuchsiz
ishqoriy rN-7,55 xolatda bo‘lishi oziq ovqat bilan aralashib, oshqozonga tushib,
oshqozon ichida qisman amilolitik jarayonlarni ta’minlaydi ya’ni uglevodlar
parchalandi. So‘lak oshqozondan qisman mikroorganizmlarni rivojlanishiga sharoit
yaratadi, dag‘al oziqalarni yumshoq qilib, yutilishini ta’minlaydi. Ular yosh vaqtida
10-15 litrgacha, 3-4 oyligida 20-25 litrgacha va keyinchalik 40 litrgacha so‘lak
ajratadi. Funksianal xususiyatiga ko‘ra til osti va jag‘ osti so‘lak bezi kuchsiz
kislotali, yopishqoq, oz, quyuq so‘lak ajratib, keyin quloq oldi so‘lak bezi so‘lak
ishlab chiqarishi bilan so‘lakning yopishqoqligi kamayib, muhiti ishqoriy bo‘lib,
ko‘p so‘lak ajratadi.
Kavsh qaytaruvchi organizmlar ozik-ovqatlarni og‘izda yuzaki chaynaydi.
Og‘izga til va lab harakati bilan oziqa oladi. Yuqorida aytilgan hayvonlar suyuq
oziqani lab, til yordamida yoki shimib oladi.
Cho‘chqalar oziqani og‘izda kam chaynaydi, yarim chaynab yutadi.
Cho‘chqalar suyuq yumshoqlashtirilgan polufabrikat oziqalar bilan, konsentrat
bo‘tqa pishirib oziqalantiriladi. Konsentratlar har xil oziqalardan qarishtirish,
yumshatilgan oziqa, oshxonalarda qolgan oziqalardan iboratdir.
Cho‘chqalar og‘zida oziqa hazmi o‘ziga xos xususiyatga yega bo‘lib,
cho‘chqa og‘zida so‘lak bezlaridan ko‘p miqdorda so‘lak ajraladi. Ulardan ham
jag‘ osti, til osti so‘lak bezlari vaqti vaqti bilan so‘lak ajratadi, ayniqsa yosh
cho‘chalar sut, sut qoldig‘i bilan oziqalanganda vaqti vaqti bilan aralash bezlardan
so‘lak ajratadi. So‘lakda amilolitik fermentlar ko‘p bo‘ladi, ayniqsa cho‘chqaga
ko‘p kraxmalli oziqa (un, kepak) berilganda so‘lakning tarkibida amilolitik
fermentlar ko‘p bo‘ladi. (Cho‘chqa bolalarini onasidan ajratganda obratlar bilan
aralash bo‘tqa pishirib berish kerak, yarmalarga vitminli oziqa, ko‘k beda, sabzi, D
vitaminini qoplash uchun mineral moddalar qo‘shish kerak, qon kasalliklaridan
saqlash uchun kobolt, temirli oziqalarni qo‘shish kerak. Hayvon bug‘ozlik davrida
mineral moddalar rasion tarkibida yetarlicha iste’mol qilinsa tug‘iladigan cho‘chqa
bolalarida teri tagida 15-20 kunlik zapas mineral moddalar to‘plab tug‘iladi.
Buning uchun rasion doimo tekshirib turilishi lozim.
Itlar, mushuklar tillarini qoshiqqa yoki cho‘michga o‘xshatib suv ichadi.
Oziqa moddalar og‘izga tushishi bilan ularni hazmlanishi boshlanadi.
Og‘izda ovqat hazm bo‘lishi uchun oziqa namlanib yumshatilib, parchalanish
davrini o‘taydi. Bu borada so‘lak hazm shirasi sifatida muhim ahamiyatga yega.
So‘lak organizmning bosh qismida joylashgan bir qator sekretor bezlardan-so‘lak
bez-larida ishlanadi.
Quloq oldi, jag‘ osti va til so‘lak bezlari juft bo‘lib, yirtqich hayvonlarda va
odamlarda ko‘z osti so‘lak bezlari joylashgan bo‘lib o‘z so‘lagini og‘iz bo‘shlig‘iga
quyadi. Jumladan quloq oldi so‘lak bezini sekresiyasi o‘ziga xos bo‘lib, suyuq
shira ishlaydi. Shirasining tarkibida organik madda, tuz kam miqdorda bo‘lib suv
ko‘p bo‘ladi ya’ni 99,6%. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ko‘p quloq oldi so‘lak
bezi sekreti ishlanib chiqarilib tarkibida N bo‘lib bu azot ularning katta qornida
oqsil sintez qilishda ishtirok qiladi va organizm talabiga kerak bo‘ladigan oqsilni
sintezlaydi. Jog‘ osti so‘lak bezi quyuq so‘lak ajratib shira tarkibida suv oz 99,2%
gacha, ancha oqsil va tuzlarning konsen-trasiyasi baland, organik birikmalardan
musin, lizosim, tuzlar ko‘p saqlanganligi tufayli so‘lak quyuq bo‘ladi. Til osti
so‘lak bezi aralash tipdagi bez bu bezlarda ko‘p shilimshiq modda bo‘ladi,
yopishqoqlikni ta’minlaydi, antibak-terial xususiyatni ta’minlaydi.
Ko‘z osti so‘lak bezi aralash so‘lak bez sifatida suyuq shira ajratib so‘lak
tarkibida 99,2-99,6% suv va 0,8-0,6 atrofida organik va anorganik birikmalar bor.
So‘lak quruq moddalarini tashkil qiladigan oqsil, mochevina, musin, lizosim
va uning eng asosiy ovqat hazm qiladigan fermenti bo‘ladi. So‘lakda amilotik
fermentlar bo‘ladi. Amilaza, maltoza, ptialin (diastaza) bo‘ladi. So‘lak tarkibida
juda kam miqdorda boshqa organik, gormonal moddalarning qoldig‘i bo‘ladi.
So‘lak miqdori yirik shoxli hayvonlarda:
100-200 litr/kun rN 8,1-8,4
ot 40-50 7,3-7,5
cho‘chqa 10-15 7,2-7,5
qo‘y 7-14 8,0-8,3
it 0,6-1,2
7,3-7,7
quyon 0,04-0,08
8,1-8,5