Hikoya qilib berishga o'rgatish. Qayta hikoya qilishni o‘rgatish metodikasi
Yuklangan vaqt
2025-02-02
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
35,9 KB
Hikoya qilib berishga o'rgatish. Qayta hikoya qilishni o‘rgatish metodikasi
Reja:
1. Hikoya haqida umumiy ma’lumot
2. Hikoya aytish metodikasi
3. Hikoya qilib berishga o'rgatishda tarbiyachining kommunikativ
mahorati
4. Qayta hikoya qilishni o‘rgatish.
5. Qayta hikoya qilish usullari.
6. Qayta hikoya qilishni o‘rgatish mashg‘ulotlarini tashkil etish.
Tayanch tushunchalar va iboralar: hikoyalash,nutqiy shakllar, bayon, tavsif,
mulohaza, monologik nutq, diologik nutq, ta’lim va tarbiya, xalq pedagogikasi,
mashg’ulot jarayoni.
Hikoya - biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qamrovli
bayonidir.
Hikoya tuzish - hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir,
chunki bolalarning o‘zi ushbu mavzu bo‘yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy
shaklini tanlashlari, uni ketma-ket (tarbiyachi yoki o‘z rejasi asosida) bayon
qilishlari zarur.
Hikoyalar shakliga ko‘ra tavsifiy va syujetli bo‘lishi mumkin.
Tavsiflash - narsa yoki hodisaning o‘ziga xos belgilarini bayon qilishdir.
Tavsiflash qisqa bo‘lishi va muayyan tuzilma asosida tuzilishi lozim: dastlab
narsaning nomi aytiladi, so‘ngra uning o‘ziga xos belgilari, uning qismlarining
nimaga mo‘ljallanganligi va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda narsaning
vazifasi bayon qilinadi. Tavsifiy hikoyalar qiyosiy (qarama- qarshi belgili hamda
hajmi, rangi, materiali, qismlari, shakliga qarab bosqichma-bosqich
taqqoslanadigan ikki narsani tavsiflash) va izoxlovchi (mulohaza yuritish,
isbotlash bilan birgalikda hikoya qilish va aytilayotgan harakatlarni bajarib
ko‘rsatish) bo‘lishi mumkin.
Syujetli (bayoniy) hikoya - voqealarni biron-bir qahramon bilan birgalikda
vaqt bo‘yicha ketma-ketlikda aytishdir. Bolalarga uni odatdagi tuzilma asosida
tuzishni o‘rgatish zarur - dastlab qahramonning nomi aytiladi, ba’zan uning tashqi
ko‘rinishi tavsiflanadi, birinchi voqea bayon qilinadi, u qachon va qayerda yuz
berganligi tushuntiriladi, so‘ngra ikki-uch lavxa keltiriladi va hikoya yakunlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko‘rsatish
mumkin:
- qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida
nimani ko‘rayotganligi haqida hikoya);
- xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni qabul
qilganligi haqida hikoya);
- tasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab topilgan hikoya).
Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan
bo‘lib, bolalar faktlarni bayon qiladilar.
Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod maxsuli bo‘lib, unda hikoyachi bola
mavzuga qarab o‘z tajribasining shaklini o‘zgartiradi hamda yangi vaziyat va
obrazlar yaratadi.
Bitta mashg‘ulotda bitta fikrdagi hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo‘l
qo‘yish mumkin: bola o‘yinchoqni tavsiflab (qabul qilish asosida hikoya)
bo‘lganidan so‘ng uni qayerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini
(xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin.
YUqorida sanab o‘tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maqsadlaridan kelib
chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida
bajarilishi mumkin.
Bolalarni hikoya qilishga xuddi suhbatga tayyorlagandek tayyorlash lozim:
bolalar hikoya predmetini butun hayotiy to‘liqlikda, sezgilari bilan birgalikda
(hajmi, shakli, rangi, xidi, ta’mi, ovozi, harakat tusi va boshq.) o‘ziga tasavvur
qilishi zarur; narsaning barcha belgilarini, harakatlarini va ularning
munosabatlarini aytish uchun bolalarda zahirada so‘zlar, grammatik shakllar
bo‘lishi lozim. Hikoya qilishni mashq qilishdan oldin leksik, grammatik (zarur
xollarda - fonetik) mashqlar bajarilishi, shuningdek, suhbatlashishni mashq qilish
zarur.
Hikoyaning maxsus vazifasi (qayta hikoya qilish vazifasi kabi) - monologik
nutqni rivojlantirishdan iborat.
Tarbiyachi hikoya qilishni o‘rgatishni savollar zanjiri yordamida, ya’ni
bolaning bayon qilish, tavsiflash yoki mulohaza yuritishda mantiqqa amal qilishni
ko‘zda tutuvchi reja yordamida amalga oshiradi.
Hikoya rejasi oddiy bo‘lishi, ya’ni bir chiziqdagi savollar zanjiri shaklida
yoki murakkab, ya’ni keng tarmoqlangan qo‘shimcha (aytib turuvchi yoki faqat
yo‘naltiruvchi) savollar zanjiri shaklida bo‘lishi mumkin.
Turli yosh guruhlaridagi bolalar bilan mashg‘ulotlar turlicha o‘tkaziladi va
ushbu mashg‘ulotlarda bolalarga qo‘yiladigan talablar ham turlicha bo‘ladi.
Hikoyaga oid mashg‘ulotlarda doimo taniqli she’rlar, ertaklar, maqollar,
topishmoqlarni esga olish maqsadga muvofiqdir: bu bolalarning emotsional
kayfiyatini ko‘taradi va ularning hikoyalarini yanada ifodali qiladi.
Monologik nutqqa oid mashg‘ulotlarni real ob’ektlarga (quyoncha) tayanish
usullari yordamida va real narsalarni eslash (farrosh mexnati haqida hikoya)
asosida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Bolalar suratlarga qarab hikoya qilishni tegishli suratlarni (harakatlanadigan
yoki harakatlanmaydigan) ko‘rib chiqish jarayonida o‘rganadilar.
Statik suratlar - bu tavsiflash uchun didaktik materiallardir: ularda
tasvirlangan narsalar yoki harakatlar haqida hikoya qilish bir vaqt rejasida olib
boriladi.
Harakatlanadigan suratlar - (bosmaxonada chop etilgan turkum suratlar,
diafilmlar, diapozitivlar va boshq.) - bayon qilish uchun didaktikmateriallardir:
ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar bir-biridan keyin keladigan
vaziyatlardan iboratdir.
Mulohaza yuritish uchun materialni har qanday surat berishi mumkin, faqat
buning uchun “nima uchun?” (u yoki bu voqea, harakat yuz berdi) yoki “qanday
vaziyatda?” (narsa u yoki bu belgiga ega bo‘ladimi-yo‘qmi?) degan savol to‘g‘ri
qo‘yilsa bo‘ldi.
Bolalar tarbiyasi mavzusiga oid statik suratlardan didaktik material sifatida
foydalaniladi: ular oson kompozitsiyaga ega bo‘lib, ularda ayrim ob’ektlarni
ajratib ko‘rsatish, ularning o‘zaro munosabatini aniqlash ham osondir (“Biz
o‘ynayapmiz”, “Uy xayvonlari”, “YOvvoyi xayvonlar”, “Yil fasllari” va boshq.).
Harakatlanadigan suratlar bilan ishlash metodikasi kitobning o‘z shakli bilan
belgilanadi. Bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan ertaklar va hikoyalarga ishlangan
diafilmlar va diapozitivlar bolalarga monologik nutqni o‘rgatish uchun ayniqsa,
juda qulaydir. Dastlab bolalar ularni ko‘p marta tomosha qiladilar, uning titrlari
o‘qib chiqiladi (pedagog yoki ota-ona tomonidan), so‘ngra titrlarni o‘qishdan
bolalarning kadrlarda tasvirlangan lavxalarni hikoya qilib berishiga o‘tiladi.
Monologga o‘rgatish jarayoni (bayon qilish, tavsiflash, mulohaza yuritish)
shundan iboratki, tarbiyachi o‘z rejasi (savollar zanjri) asosida birinchidan, bolaga
mavzudan chiqib ketmaslikka, voqealarni mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilishga
yordam beradi, ikkinchidan, hikoyachi nutqining emotsional ifodaliligi haqida
qayg‘uradi va ushbu mavzu uchun mos keladigan she’rlar, ertaklar, topishmoqlar,
yozuvchilar hikoyalari parchalarini taklif qiladi.
Bolalarning tasavvur asosidagi og‘zaki to‘qima hikoyalari monologik nutq
turlaridan biri hisoblanadi. Xayolparast bolalar suratlarning boshlanishi yoki
nihoyasini ishtiyoq bilan o‘ylab topadilar, ya’ni suratlarda tasvirlangan
voqealardan oldin yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealarni yoki suratda
tasvirlangan voqealardan keyin yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealarni o‘zlari
to‘qiydilar; tanish ertaklar yoki hikoyalar mavzusida kontaminatsiya1 tuzadilar,
qahramon nomidan (1 -shaxs nomidan hikoya qilish) hikoya qiladilar, unda yil
faslini o‘zgartiradilar va x.k.; o‘zlari ertak hamda hikoyalar to‘qiydilar.
Bolalar ijodlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin:
- suratlar asosida ijodiy to‘qima;
- badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar;
- ertaklar, hikoyalarni erkin to‘qish.
Surat asosida ijodiy to‘qishni maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan
amalga oshirish tavsiya etiladi. Hikoya suratda tasvirlangan har qanday narsa
haqida bo‘lishi mumkin.
Badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar. Bolalar katta ishtiyoq bilan
o‘zlarini o‘z sevimli qahramoni (qahramonlari) tushib qolgan vaziyatlarga qo‘yib
ko‘radilar, uning harakatlarini o‘zlashtiradilar, muallifni “tuzatadilar», asar
qahramonlarining muayyan vaziyatlardagi sarguzashtlarini ijodiy jihatdan qayta
hazm qiladilar. Bolalarning ushbu xususiyatidan eng avvalo, ularda oliyjanob
harakter qirralarini tarbiyalashda foydalanish zarur. Nutqni rivojlantirish uchun -
monologni o‘rgatish: tarbiyachi yoki ota-onalardan birortasining iltimosi bilan
rag‘batlantirilgan bolalar ishtiyoq bilan xayol sura boshlaydilar, o‘zlarini badiiy
asarning biron-bir qahramoni (ijobiy yoki salbiy) sifatida tasavvur qiladilar.
Yaxshilik va go‘zallikka qarama-qarshi qo‘yilgan ertakdagi hamda real
hayotdagi yomonlik va badbasharalik obrazlari ham tarbiyaviy jihatdan muhim
ahamiyatga egadir.
1
Kontaminatsiya (lotincha Contaminatio - to qnashish, o‘rnini almashtirish; matn usuli, bir asarning turli tahrirdagi qismlarini birlashtirish), BSE, 622-bet, 4- nashri, M., 1987.
Hikoya to‘qish - kombinatsiyani o‘rgatish metodikasi quyidagicha: bolaga
ertak yoki hikoyaning muayyan lavxasini bu xuddi uning o‘zi bilan yuz bergani
kabi o‘z nomidan aytib berish taklif qilinadi. Pedagog «to‘qish»ning borishini
hamdardlik bilan kuzatib boradi, o‘zini bolaning har so‘ziga ishonayotgandek qilib
ko‘rsatadi, ayni paytda bolaning nutqini kuzatib boradi, uning nutqidagi
kamchiliklarni unga xalaqit bermasdan tuzatib boradi. Asarni tanlashda pedagog
uning bola asar qahramonlarining ijobiy xususiyatlaridan namuna oladigan
darajada munosib bo‘lishiga alohida e’tibor qaratishi lozim. Zero, ushbu yoshda
bolaning o‘rganganlari butun umrga muxrlanib qoladi.
Erkin to‘qish shundan iboratki, bunda bolaga ertak yoki «bo‘lishi mumkin
bo‘lmagan» loflarni to‘qish uchun to‘liq erkinlik beriladi. To‘qishga ataylab
o‘rgatilmaydi, ammo erkin (mustaqil) ijod qilish qobiliyati maktabgacha ta’lim
muassasasida va uyda bola nutqini rivojlantirish ishlarining butun tizimi doirasida
tarbiyalab boriladi. Bola nutqiy jihatdan qanchalik yaxshi tayyorlangan bo‘lsa,
undagi tasavvur va ijodiy qobiliyat shunchalik yaxshi rivojlanadi.
Leksikasi boy, grammatik to‘g‘ri bo‘lgan, eng asosiysi - mantiqiy va ifodali
mustaqil ijod qilish olti-etti yoshli bolalarning qo‘lidan keladi. Bungacha ularning
to‘qimalari - o‘zlariga tanish bo‘lgan badiiy asarlarning mantiqiy jihatdan bir-biri
bilan bog‘liq bo‘lmagan so‘zlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Kichik yoshdagi bolalarning hikoya to‘qishga qodir emasliklarini me’yordan
chekinish, deb hisoblamaslik lozim. Bu tabiiy bo‘lib, bolalarning nutqi va fikrlash
darajasi hali hikoya to‘qish uchun yetarli emasligi bilan izoxlanadi.
Qayta hikoya qilishni mashq qilishni hikoya to‘qish borasidagi tayyorgarlik
ishi hisoblanadi.
Ravon nutqni (hikoya qilishni) rivojlantirishning asosiy sharti kattalar va
bolaning birgalikdagi so‘z ijodkorligi hisoblanadi. YUqorida qayd etilganidek,
hatto besh yoshli bolalar ham tanish ertaklarni, to‘qima voqealarini hikoya
qilishga, o‘z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib hikoya qilishga qiziqa boshlaydilar.
Katta odam yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollar berish, o‘zining
qiziqayotganligini bildirish, o‘yin vaziyatlarini hosil qilish (o‘yinchoqlar, rasmlar
to‘plami, qo‘g‘irchoq teatri qahramonlari yordamida) bola tashabbusini qo‘llab-
quvvatlashi zarur. Pedagogning hikoya mavzusini, voqealar rivojini, voqealarning
extimoliy yakunini, so‘z shaklini aytib berishi birgalikdagi so‘z ijodkorligi uchun
katta ahamiyatga egadir. Birgalikda hikoya qilib berish dastlab dialog ko‘rinishiga
ega bo‘ladi, bunda katta odam savol beradi, bola javob beradi, katta odam gapni
boshlaydi, bola esa uni nihoyasiga yetkazadi. Bunday dialogdan - monolog nutqi
tug‘iladi. Keyinchalik bola monologi asosida bolalarning birgalikdagi ijodkorligi
boshlanadi, u kattaning bola bilan dialogi shaklini takrorlaydi. Birgalikda hikoya
qilish uchun yaxshi asos rasmlar turkumi bilan ishlashda, rollarga bo‘linib hikoya
qilib berishda, o‘yin sahnalashtirishlarda yaratiladi.
Maktabgacha katta yosh - bolaning nutqni o‘rganishga qizg‘in kirishish, til
voqeligini eng oddiy tarzda anglash davridir. Maktabgacha yoshdagi bolaning til
sohasidagi boy tajribasi, aniq, obrazli so‘zda ifodalangan yorqin taassurotlari,
kechinmalari uning til va nutq sohasidagi mustaqil faoliyatining muhim shartidir.
Muammoli nutq holatlari fonetik, leksik va grammatik mazmundagi turli
so‘zli didaktik o‘yinlarda modellashtiriladi. SHuning uchun maktabgacha ta’lim
muassasalarida didaktik o‘yinlarni tashkil qilishni bolalarda so‘zga nisbatan
lingvistik munosabatni rivojlantirishning asosiy sharti sifatida ko‘rib chiqish
mumkin.
Leksik mazmundagi o‘yinlar va mashqlar nutqning mazmun jihatini
rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli buyumlar va ob’ektlarni
qiyoslash, ularning turli umumiy xususiyatlari va vazifalarini ajratish muhim
ahamiyatga egadir.
Real ob’ektlar (o‘yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebellar va x.) ham va
tasavvur qilinadigan vaziyatlar (quvnoq va ma’yus ayiqcha, ertagi va kechki ob-
havo, qahramonning voqea boshidagi va uning yakunidagi kayfiyati) ham
taqqoslanishi mumkin. Hikoyani boshlashdan oldingi lug‘at mashqlari bolalar
ravon nutqining aniq va obrazli so‘zlar hamda iboralar bilan boyitilishiga yordam
beradi.
Turli toifadagi so‘zli o‘yinlar, mashqlar, muammoli vaziyatlarning o‘zaro
bog‘liqligi, ularning asta-sekin murakkablashuvi, muammoli nutq vazifalarini
muntazam ravishda qo‘yib borish-to‘laqonli nutqiy rivojlantirishning muhim sharti
hisoblanadi. Bolalar tili va ularning ravon nutqini rivojlantirishga doir doimiy
ishlarning maqbul shakli maxsus nutq mashg‘ulotlari hisoblanadi, unda nutqni
rivojlantirishga oid vazifalar yalpi tarzda va o‘zaro bog‘liqlikda xal etiladi.
Qayta hikoya qilish — hikoya qilishning birinchi turi hisoblanadi. Qayta
hikoya qilish tinglangan badiiy asarlarni m a'noli og‘zaki nutqda takroriy aytishdir.
Qayta hikoya qilish bolalar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional va obrazli
so‘zlami tanlashga o ‘rgatadi, jonli so‘zni cgallashga yordam bcradi, asarni tinglay
bilish, uning mazmunini tushunish ko'nikmasini o‘stiradi, ularni bayon qilishdagi
izchillikni, muallifning ifoda usulini eslab qolishga, asarni tushunib, jamoa oldida
og'zaki aytib bera olish malakasini shakllantiradi.
Qayta hikoya qilishga o krgatish saniarali boiishi uchun, eng avvalo, qayta hikoya
qilish uchun matnlarni to‘g‘ri tanlash lozim. Har bir asar bolalarda jamiyatimiz
uchun zarur bo‘lgan sifatlarni tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak.
Qayta hikoya qilish uchun asar tanlanganda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
yuqori badiiy qimmatga, g‘oyaviy -mantiqiy yo‘nalishga ega bo‘lishi, jo‘shqinligi,
fikrning yangiligi va bayonning obrazliligi, voqealarning ketma-ketliligi,
mazmunining qiziqarliligi. Shu bilan bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning
bola yoshiga mos kclishini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ushbu
talablarga xalq ertaklari, hajmi uncha katta bo'lmagan hikoyalar misol bo‘la olishi
mumkin. Shuningdek, dasturda bolalarning qayta hikoyalariga bir qancha talablar
qo‘yilgan:
1) Ma’nosiga tushungan holda, ya’ni matnni to‘liq tushunib hikoya qilish;
2) Asarni to‘liq bayon etish, ya’ni asardagi muhim joylarini tashlab ketmasdan
bayon etish;
3) izchillik (ketma-ketlik) bilan hikoya qilish;
4) muallif matnidagi lug‘atlardan va iboralardan foydalanish, ayrim so‘zlarni
ularning sinonimlari bilan almashtirish;
5) to‘g‘ri ohangdan foydalanish, uzoq pauzalarning bo'lmasligi;
6) og‘zaki nutq madaniyatiga e'tibor berish: qayta hikoya qilayotganda gavdani
to‘g‘ri tutish, tinch turish, tinglovchilarga murojaat qilish, nutqning intonatsion
ma’nodorligidan (ifodaliligidan) foydalanish, yetarlicha baland ovozda tovushlarni
aniq talaffuz etish.
Ushbu talablarning barchasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘liq bo'lib , bulardan
birortasini ham e'tibord an chetda qoldirish mumkin emas.
Qayta hikoya qilishga o„rgatish usullari
Ma’lumki, qayta hikoya qilish monolog nutqni shakllantirishda eng birinchi
bosqich hisoblanadi. Shuning uchun har bir bola qayta hikoya qilishni yaxshi
egallab olishi shart. Buning uchun har xil usullardan foydalaniladi. Bular
quyidagilar:
1. Tarbiyachining bola bilan birga qayta hikoya qilishi. Tarbiyachi bu usuldan
qayta hikoya qilishga o'rgatishning dastlabki bosqichida, ayniqsa, hikoya qilib
bera olmaydigan bolalar bilan ishlashda keng foydalanishi kerak. Qayta hikoya
qilish jarayonida tarbiyachi bolalarga sezdirmagan holda gavdasini to ‘g‘rilashi,
imo-ishora, ko‘z qarashi bilan dalda bcrishi mumkin, mashg‘ulotning oxirida esa,
albatta, bolani maqtash kerak: „Yasha, endi boshqa bolalarga hikoya qilish yengil
bo‘ladi. Faqat keyingi safar balandroq ovozda hikoya qilgin—.
2. Qayta hikoyani takrorlash. Bu usuldan ko'proq o‘rta va katta guruhlarda
foydalaniladi. Bu bola uchun ancha murakkab bo‘lgan usuldir, chunki u
tarbiyachining hikoyasiga alohida luqma tashlash (gap qistirish) bilan birga, to'liq
jum lalarni ham takrorlashiga to‘g'ri keladi.
3. So‘z va jumlalarni aytib turish. Bu usul qayta hikoya qilishning ravonligini,
izchilligini ta’minlaydi, uzoq pauza qilishga y o l qo'ymaydi. Bu usuldan ko‘proq
bola asar matnining ayrim joylarini esdan chiqarganda foydalaniladi. Agar bola juda
yaxshi hikoya qilsa-yu, biroq nutq sur'ati juda sekin bo‘lsa, tarbiyachi pauza vaqtida
sabr-toqat bilan hikoyaning davomini kuzatishi: bolaning gavda holatiga c'tibor
bilan qarashi, dalda berishi orqali bola diqqatini to ‘plashi kerak.Agar bola hikoya
qilayotgan vaqtda tebranib (chayqalib) tursa, boshini egsa, qo‘li bilan ortiqcha
harakatlarni qilsa, uning hikoyasini bo‘lib tanbeh berish yaramaydi, balki bunday
hollarda imo-ishora, ko‘z q arashi bilan lining xatosini, kamchiligini tuzatishi,
hikoya qilib bergandan keyin esa hammaga eshitilarli qilib: „Hikoya
qilayotganingda tinch turishing. boshingni pastga egmasdan, o‘rtoqlaringga qarab
turishing kerak. Axir ular sening hikoyangni tinglashadi-ku“ , deb aytishi kerak.
Tarbiyachi bolaning bu nuqsonlarini kundalikka belgilab qo‘ysa, maqsadga
muvofiq bo'ladi. Chunki keyingi qayta hikoya qilib berish mashg‘ulotidan oldin
yana bir marta bolani ogohlantirishda bundan foydalanadi. Tarbiyachi aytib turish
orqali, bolani qayta hikoya qilayotganida yo‘l qo‘ygan grammatik xatolarni
to'g'rilaydi. Bu usul qayta hikoya qilishga o ‘rgatishning keyingi bosqichlarida ham
qollaniladi.
4. Savollar berish. Bu usul keng tarqalgan bo‘lib, u muqaddima (kirish ) suhbatida
va mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladi. Qayta hikoya qilish mashg‘ulotida
foydalaniladigan savollarni shartli ravishda ishlatilishiga va maqsadiga qarab bir
qancha turkumga ajratish mumkin. Hikoya qilolmaydigan bolalarga qayta hikoya
qilishni boshlagunga qadar yordamchi savollar berish mum in, bu hikoyani
boshlashga yordam beradi, masalan: „Sen nima haqida hikoya qilasan, ola quyon to
‘g ‘risidami? Mayli, kel boshlaymiz. Kunlardan bir kuni jikkakkina ola quyon
sheriklariga...“ . Yoki: „Turna Tulkini o ‘zi bilan olib, osmonga ko‘tarilibdi va unga
nima debdi? Yerni k o ‘ryapsanmi? M a n a shu T u rnan in g aytgan gaplarini,
Tulkining esa javobini aytib bering... Ha, mushtumday... “ Bu yog‘ini o'zing davom
ettir. Bola qayta hikoya qilib bergandan keyin, albatta, savol berishdan foydalanish
mumkin. Bu asar mazmunini bola qay darajada tushunganini aniqlashga yordam
beradi, matnni qayta hikoya qilayotgan vaqtda tashlab ketilgan joylarini tiklashga
yordam beradi. Ayrim hollarda qayta hikoya qilishdan keyin qahramonlarning fe’I-
atvori yoki ularning ifodali nutqi haqida savol berish mumkin. Qayta hikoya qilish
o‘rtasida uncha katta bo'lmagan mashqlar o‘tkazish yoki ko‘rsatma berishdan
foydalanish mumkin. Shuningdek, asar matnining ayrim joylarini yana bir marta
takrorlash usulini qo‘llash mumkin.
5. Rag‘batlantirish. Qayta hikoya qilish jarayonida tarbiyachi bolani jilmayish,
boshini qimirlatish (tasdiqlash), qisqa so ‘z aytish („Yasha“, „Barakalla“) bilan
rag'batlantiradi. Qayta hikoya qilib bergandan so ‘ng bolani maqtaydi. Bunda
qayta hikoya qilishning biror ijobiy sifatini ta’kidlab o‘tadi.
6. Qismlar bo‘yicha qayta hikoya qilish. Bu usul bolalar idrokining qimmatini
yo'qotmaydi, chunki qayta hikoya qilish uchun bolalarga mazmuni tanish bo‘lgan
asar tanlanadi. Qismlar bo‘yicha qayta hikoya qilish usulidan foydalanib,
mashg‘ulotni tashkil etish jarayoni bolalardan kun davomida so'rash imkonini
yaratib beradi.
7. Rollarga bo'lib qayta hikoya qilish. Bu usul nutqning ma'nodorligini
(ifodaliligini) shakllantirishga yordam beradi. Tarbiyachi tom onidan ishtirok
etuvchi shaxslar haraktcrining izohlanishi bolalar nutqining oydinlashishiga,
diqqatining faollashishiga katta ta'sir ctadi. Rollarga bo‘lib qayta hikoya qilish o‘rta
guruhdan boshlab qo‘llaniladi. Bu usuldan m ashg‘ulotning oxirida foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
8. O'yin usuli (dramalashtirilgan o‘yin). Bu usulda personajlarning (ishtirok
etuvchilarning) luqma tashlashlari harakatlar bilan boshqariladi: bolalar imo-
ishoradan, hayvonlarning ovozlariga taqlid qilishdan va boshqalardan keng
foydalanadilar, biroq o‘yin uchun hech qanday niqoblar, dekoratsiyalar talab
etilmaydi. Tarbiyachi avval o‘zi muallif nomidan gapiradi, so‘ngra bola gapiradi.
Dastlab rolni ijro etish uchun nutqi bo‘sh rivojlangan bolalar chiqariladi.
Dramalashtirilgan o‘yin 5 daqiqa davom etadi. Turli yosh guruhlarida qayta
hikoya qilib berishga o‘rgatish mashg‘ulotining tuzilishi (o‘tkazish uslubiyoti) har
xil boladi. Qayta hikoya qilish uchun tanlangan matn bolalar uchun tushunarli
bolishi kerak. Qayta hikoya qilish mashg‘ulotlari har bir yosh guruhining shaxsiy
xususiyatlarini, ularning qayta hikoya qilish qobiliyatlarini hisobga olgan holda
tuziladi. Bu yoshdagi bolalarni qayta hikoya qilishga o ‘rgatish ularga tanish
bo‘lgan ertaklarni („Bo‘g‘irsoq” „Sholg‘om“ , ,,Bo‘ri bilan echki“ , „Och ko‘z it“)
takrorlashdan boshlanadi. Tarbiyachi kichkintoy bolalarni qayta hikoya qilishga o
‘rgatishda quyidagi usuldan foydalanadi. Bolalar tarbiyachining takroriy
hikoyasidagi bitta-ikkita so'zni yoki to'liq gapni takrorlaydilar:
— Chol bilan kampir...
— Yashashar ekan.
— Bir kuni chol...
— Sholg‘oni ekibdi.
So‘ngra bolalar sekin-asta savollar yordamida qayta hikoya qilishga o‘rgana
boshlaydilar. Savollar voqealar ketma-ketligini belgilashga, ishtirok
etuvchilarning nomini aytishga qaratilgan bo‘ladi:
— Bo‘g‘irsoq kimni uchratdi?
— Quyonni.
Agar boia ertakning boshlanishini yaxshi eslab qolgan bo‘lsa, u holda uni mustaqil
hikoya qilib bera oladi. So'ngra qayta hikoya qilish jarayonida bola qiynalsa,
tarbiyachi yordamlashadi, ya'ni matnni esiga tushirishdan foydalaniladi, bu ertak
mazmunini oson takrorlashga yordam beradi.Qisqa xalq ertaklarini qayta hikoya
qilishdan so‘ng kichik hajmdagi hikoyalarni qayta hikoya qilishga o‘tishi mumkin
(Mirmuhsin. „Olxo'ri“ , „Tosh“). Mashg‘ulotda asarga ishlangan illustratsiyalar
ko‘rsatiladi. Ko'rsatish savollar, ko‘rsatmalar berish bilan birga qo'shib olib
boriladi. Illustratsiyalarni asarni o‘qib berishdan avval yoki o‘qib bergandan keyin
ko‘rsatgan ma'qul. Tarbiyachi shunday deydi: „Hozir men sizlarga rasmlami
ko‘rsataman, so‘ngra hikoya o‘qib beraman“ yoki „Hozir hikoyani o‘qib beraman
, so‘ng rasmlarni ko‘rsataman“.
O‘rta guruhda bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda ancha murakkab bo‘lgan
vazifalar hal etiladi: bolalarni kichik hajmli va tanish bo‘lgan ertak va hikoyalarni
hikoya qilib berishga o'rgatib qolmasdan, balki asar qahramonlarining gaplarini
ifodali qilib bayon etishga, boshqa bolalarning qayta hikoya qilishlarini diqqat
bilan tinglashga va matnga taalluqli bo‘lmagan jumlalarni topishga o‘rgatadi.
Ushbu guruhda bolalar butun yil davomida 8— 10 ta adabiy matnni (o'zbek
ertaklaridan „Tulki bilan Turna “, „Maqtanchoq quyon“ , „Fil va xo‘roz“ , „ lkki o
‘rtoq“ , A.Oripovning „Bobo va nabira“ she’rining mazmunini qayta hikoya
qiladilar.
O'rta guruh bolalariga qayta hikoya qilishlari uchun tavsiya etilgan asarlar
mavzusi, mazmuni va shakli jihatdan katta farq qiladi. Shuning uchun olrta guruh
bolalarini qayta hikoya qilishga o'rgatishdagi muhim vazifa — bu ularga asarning
mantiqiy bog'lanishini, uning mazmunini tushunib olishga yordam berishdir.
Bunga asarni dastlabki o lqishdan sokng o‘tkaziladigan suhbat orqali erishish
mumkin. Bunday suhbatda tarbiyachining savollari asosiy metodik usul bo'lib
hisoblanadi.
Badiiy asarlar yuzasidan ikki guruhdagi savollar berilishi mumkin:
1) asar mazmunini tushunib olishga yordam beruvchi;
2) voqeaning ketma-ketligini esga tushirishga yordam beruvchi.
Shuningdek, asar o'q ib berilgandan keyingi suhbat bola nutqidagi lug‘at boyligini
aniqlash va faollashtirish, qahramonlarning ovozlarini ifodali bayon etishga ta ’sir
etish kabilarni amalga oshirishga yordam beradi. Adabiy matn o‘qib berilgandan
so‘ng, bolalar asar mazmunini tushunib olganlarini aniqlash maqsadida matn
yuzasidan qisqa suhbat o‘tkaziladi.Tarbiyachi bolalarga shunday savollar beradi:
„Ertak nima haqida ekan? Bu ertakdagi quyon qanday? (qo'rqoq, yolg'onchi,
tarbiya ko‘rmagan.) Quyon sheriklariga nima deb maqtanibdi va u bilan qanday
voqea ro‘y beribdi? Agar siz maqtanchoq quyonchani uchratib qolsangiz, unga
nima degan bo‘lar edingiz?
(Uyalmaysanmi, maqtanchoqlik qilishga. Yolg‘onchi, qo‘qoq sanku. Bundaylarni
biz o‘zimizga sherik, o‘rtoq qilib olmaymiz, u bilan birga o‘ynamaymiz.) Asar
matni yuzasidan suhbat o‘kazilgach, u ikkinchi marta o‘qib yoki hikoya qilib
beriladi va bolalar tomonid an qayta hikoya qildiriladi. Tarbiyachi bolalarga
shunday deydi: „Endi diqqat bilan tinglanglar. Hozir men bu ertakni yana bir
marta o‘qib (hikoya qilib) beraman. So‘ngra sizlar menga qayta hikoya qilib
berasizlar“. O‘rta guruhda tarbiyachi va bolaning birgalikda (hamkorlikda) qayta
hikoya qilishlaridan keng foydalaniladi. Bola qayta hikoya qilayotganda tarbiyachi
jumlalarni uning esiga tushirib turadi, esidan chiqargan so'zlarni aytib turadi. Bu
qayta hikoya qilislining ravonligini ta'minlaydi, jumlalar uzilib qolishining oldini
oladi. Sekin-astalik bilan bolaning qayta hikoya qilishiga talab orta boradi. Endi
tarbiyachi boladan hikoyaning to ‘liq bo'lishini („Sen nima haqida hikoya qilib
berishni esingdan chiqarding?“), asarni qayta hikoya qilib berayotganda bola
diqqatini asardagi personajlarning so‘zlarini ifodali qilib aytib berishga jalb qilish
kerak. Masalan:
„Tulki xo'rozdan derazadan qarashini qanday so ‘raydi?“ —
„Samimiy, ayyorona— ; „Maqtanchoq quyon o‘rtoqlariga nima deb maqtandi?“
— „Ve-e. Yem bo‘lib bo‘pman. Boshiga chiqib bir tepdim, til tortmay o'lib qoldi“
— (Maqtanib, gerdayib.) Ushbu guruhda savollar bo‘yicha qayta hikoya qilishdan
ham foydalanish mumkin. Ba’zi hollarda bolalar asar mazm unini o ‘z so‘zlari
bilan bayon etadilar. Bunday holda bola tomonidan tanlangan so'zlarni muallifning
fikrini aniq va to‘g‘ri ifodalashini nazorat qilib borishi kerak. Bolalarning qayta
hikoya qilishlarini baholash muhim uslubiy (metodik) usullardan hisoblanadi. 0
‘rta guruhda bolalarning hikoyasini tarbiyachi baholaydi. Bolalarning qayta hikoya
qilishini baholashd a unin g yaxshi tomonlarini va kamchiliklarini,
harakatchanligini aytib, qisqa tahlil qilish lozim. Bu bilan quyidagi dastur
vazifasini bajarish zarur: bolalarda qayta hikoya qilishda matnga to‘g‘ri
kelmaydigan joylami seza olish qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi bolalarni qayta
hikoya qilishga o ‘rgatish orqali ularning nutq faolugini, mustaqilligini
rivojlantirishga ta'sir ctadi. Katta guruhlarda adabiy asarlarni qayta hikoya qilishga
o‘rgatishda yangi vazifalarni ha! etish nazarda tutiladi:
tarbiyachining
yordamchi savollarisiz ertak va hikoyalarning
mazmunini bir-biriga bog‘lab, izchillik bilan, ifoda vositalaridan foydalanib,
grammatik tomondan to‘g ‘ri bayon eta olishga o ‘rgatish. Endi bu guruhda ancha
murakkab, hajmi kattaroq bo‘lgan asarlarni qayta hikoya qilish taklif etiladi. (Bu
guruhlarda qayta hikoya qilish uchun tavsiya etilgan asarlar ro'yxati „Badiiy terma
kitob“da ko'rsatilgan. Tuzuvchilar: S. G'oziyeva, D. Ochilova, L. Dolimova. T., ,,0
‘qituvchi“ , 1993.)
Masalan:. ,,Bo‘ri bilan tulki“ (o'zbek xalq ertagi), „Chumchuq “ (o'zbek xalq
ertagi), Gulxaniyning „Toshbaqa bilanchayon" masali, „Zumrad va Q im m at“ (o
‘zbek xalq ertagi ) va hokazolar.
Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish m ashg‘ulotida tarbiyachi o‘z oldiga
bolalarning boglanishli nutqini rivojlantirish. matn mazmunini bir-biriga bog'lab,
kctma-ketlik bilan, nutqning ifodali vositalaridan foydalanib, aniq, grammatik jih
atd an to ‘g‘ri bayon etishga o‘rgatish vazifasini q o ‘yadi. Qayta hikoya qilib
berishga o‘rgatish m ashg‘u!otini o‘tkazish uslubiyoti (metodi) ushbu guruh
bolalari bog‘lanishli nutqining rivojlanganlik darajasiga, tarbiyachining o 'z oldiga
q o ‘ygan vazifasiga, shuningdek, qayta hikoya qilib berish uchun tavsiya etilgan
adabiy asar matniga bog‘liq bo'iadi.
Qayta hikoya qilib berish mashg'uloti ushbu qismlardan iborat bo'lishi mumkin:
1. Kirish suhbati. Bu suhbat asar mazmunini idrok qilishga, bolalarning
tasavvurlarini aniqlashga, kerakli emotsional holatni vujudga keltirishga va
hokazolarga qaratilgandir.
2. Badiiy asarni o„qib berish. Asarni dastlabki o'qib berishda bolalarga uning
mazmunini esda saqlab qolish kerakligini, so‘ng uni qayta hikoya qilib berish
lozimligini ta’kidlamaslik kerak, aks holda, badiiy asarning g‘oyaviy tomonini
idrok eta olmasligi mumkin. Asar matnini m a ’noli qilib, ishtirok etuvchilarning
dialogini intonatsiya bilan ajratib o‘qib berish (yoki hikoya qilib berish) juda
muhimdir. Shunday qilinganda bolalarga asardagi qahramonlarga va voqealarga o
‘z munosabatlarini bildirishga yordam bergan bo‘lamiz.
3. O„qib berilgan asarning mazmuni va shakli yuzasidan suhbat. O‘qib
berilgan yoki hikoya qilib berilgan asar mazmuni yuzasidan beriladigan savollar
old^ndan yaxshilab o‘ylab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Mashg'ulotning bu qismi uncha
uzoq bo‘lmasligi, bolalarga 4 — 5 savol berish bilan kifoyalanish lozim.
4. Adabiy asar matnini ikkinchi marta o'qib berish (yoki hikoya qilib berish).
O'qib berishdan avval tarbiyachi bolalarga asarni diqq at bilan tinglashni, uning
mazmunini esda olib qolishni, keyin qayta hikoya qilib berishlarini ta’kidlaydi.
5. Bolalar tomonidan asarni qayta hikoya qilib berish. Misol tariqasida o‘zbek
xalq ertaklaridan „Uch tulki“ ertagini qayta hikoya qilish mashg'ulotini keltiramiz.
Tarbiyachi ertakni o‘qib berishdan (yoki hikoya qilib berishdan) avval bolalarga
quyon, qo‘ng‘iroq, eshak va uning bolasi xo‘tikning, tulkining (ona tulki, ota tulki,
bola tulki) rasmlarini ko‘rsatadi va bolalardan ularning nomini so'raydi.
Tarbiyachi bolalardan tulki qanday hayvon ekanligini, eshak, uning bolasi x o ‘tik,
quyon qanday hayvon ekanligini so‘rab oladi. So‘ngra tarbiyachi bolalarga mana
shu hayvonlar, „Uch tulki“ ertagida uchrashini aytadi va bolalarga bu ertakni
hikoya qilib beradi (yoki o ‘qib beradi). Shundan so‘ng asar mazmuni yuzasidan
savollar beradi: „Hozir men sizlarga qaysi ertakni hikoya qilib berdim? Bu ertak
qaysi hiylagar hayvon haqida yozilgan? Ertakdagi tulkilar qanday? Rahmdilmi
yoki hiylagarmi? Ular qanday qilib quyonni aldashdi? Ertak oxirida tulkining
bolasi Qashqani (quyonni) qanday qilib aldaganini kim eslab qoldi? Tarbiyachi
bolalarga savollarga hammalari to ‘g'ri va aniq javob bcrganlarini, asar
mazmuniga yaxshi tushunib olganlarini aytib, „Hozir men bu ertakni yana bir
marta hikoya qilib beraman, sizlar esa uni diqqat bilan tinglanglar, keyin uni
menga qayta hikoya qilib berasizlar, — deydi. Asarni ikkinchi marta hikoya qilib
bergach, 5 — 6 bolani ertakni qayta hikoya qilib berishga chiqaradi. Har bir
bolaning qayta hikoya qilib bcrishlari baholanadi. Masalan: „Behzod ertakni juda
qiziqarli, ifodali qilib aytib berdi, ammo uning hikoyasi to‘liq bo‘lmadi. U ona
tulki quyonni qanday aldaganini hikoya qilib bermadi“. Katta guruh bolalarini
qayta hikoya qilishga o„rgatishda turli usullardan foydalaniladi:
a) tarbiyachi tomonidan tuzilgan reja asosida qayta hikoya qilish;
b) bolalarga tanish bo'lgan ikkita-uchta asarlardan birini o‘z xohish-istaklari bilan
qayta hikoya qilish;
d) asarni sahnalashtirib, qayta hikoya qilish.
Katta guruh bolalari o‘rtoqlarining hikoyalarini baholashga jalb etiladi. Bunday
muhokamani uyushtirish metodik jihatdan juda murakkab bo‘lib, u tarbiyachidan
katta mahoratn i, har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini bilishni talab etadi. Yana
bu ishning murakkabligi s hundan iboratki, bolalar hamma hikoyalarni eslarida
saqlashlari lozim bo'ladi, shuning uchun bolalarning hikoyasini yozib borgani
ma'qul, so‘ngra ularning ba’zilarini muhokamadan avval o ‘qib berishi kerak.
Muhokamani tashkil etish bolalarni qayta hikoya qilishdagi yaxshi va yomon
tomonlarni seza olishga, o'rtoqlariga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda
bolishni tarbiyalashga yordam beradi.
NAZORAT SAVOLLARI:
• Bolalarga monologik nutqni o‘rgatishga qaysi yoshdan boshlab
tayyorgarlik ko‘rish lozim?
• Monologning bola uchun qiyinligi sababi nimada?
• Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqiy imkoniyatlari xususiyatlari
nimalardan iborat?
• Maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bola nutqi vazifalarining turli-
tumanligini aniq misollar orqali tavsiflang.
• Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning o‘ziga xos
xususiyatlari nimalarda ko‘rinadi?
• Monologik matnni qayta hikoya qilishda yordam beradigan savollar
toifalarini tavsiflang.
• Qabul qilish, xotira va tasavvur asosida qayta hikoya qilishni aniq misollar
orqali tushuntirib bering.
• Real ob’ektlarga tayanish usullarini tavsiflab bering.
• Bolalar to‘qimalarini tasniflang va ularni tavsiflang.
• Nutqni mazmun jihatidan rivojlantirishning asosiy shartlarini tavsiflab
bering.
• Bolalarga monologik nutqni o‘rgatishga qaysi yoshdan boshlab
tayyorgarlik ko‘rish lozim?
• Monologning bola uchun qiyinligi sababi nimada?
• Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqiy imkoniyatlari xususiyatlari
nimalardan iborat?
• Maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bola nutqi vazifalarining turli-
tumanligini aniq misollar orqali tavsiflang.
• Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning o‘ziga xos
xususiyatlari nimalarda ko‘rinadi?
• Monologik matnni qayta hikoya qilishda yordam beradigan savollar
toifalarini tavsiflang.
• Qabul qilish, xotira va tasavvur asosida qayta hikoya qilishni aniq misollar
orqali tushuntirib bering.
• Real ob’ektlarga tayanish usullarini tavsiflab bering.
• Bolalar to‘qimalarini tasniflang va ularni tavsiflang.
• Nutqni mazmun jihatidan rivojlantirishning asosiy shartlarini tavsiflab
bering.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the
Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev
York; Lang, 1999
2. R.M.Qodirova. O‘zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 5-6
yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o‘rgatish. T., “O‘qituvchi”1993.
3. F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o'zbekcha
so'zlashishga o'rgatish. T., “O'qituvchi” 1993
4. R.M.Qodirova.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalarda
dialogik
nutqni
rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariog‘och, 1998.
5. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni
o'rgatish metodikasi. T., “Sano-standart”, 2004.
6. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va
metodikasi”. T., “Istiqlol”, 2006.
7. Babayeva D.R. “Nutq o'stirish metodikasi” T.: TDPU 2016-yil. O'quv qo'llanma