HIKOYANI O‘QISH METODIKASI

Yuklangan vaqt

2024-05-10

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

43,2 KB


 
 
 
HIKOYANI O‘QISH METODIKASI 
 
 
Hikoya kichik hajtnli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir 
voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. 
„Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning 
mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir". 
Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos janr 
hisoblanadi. Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi 
ko’rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. 
Shuning uchun bolalarni hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga 
bog’lab olib boriladi. 
Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli o’qish 
darslarida o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan matnni 
qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda 
savollar asosida tahlil qilinadi. So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini 
tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, 
xatti-harakat o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun 
foydalaniladi. 
Hikoyani o’qish darsida o’quvchilar tushunmaydigan so’z va iboralar 
ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna 
olmaydilar. 
Hikoyani o’qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o’quvchilar 
nutqini o’stirish markaziy o’rin egallaydi. Hikoya o’qib bo’lingach, o’quvchilar 
o’ylashi, o’z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. 
O’qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga 
yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etganini 
bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya sujeti, voqeaning yo’nalishini ochishga, 
HIKOYANI O‘QISH METODIKASI Hikoya kichik hajtnli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir". Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog’lab olib boriladi. Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli o’qish darslarida o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o’qish darsida o’quvchilar tushunmaydigan so’z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. Hikoyani o’qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o’quvchilar nutqini o’stirish markaziy o’rin egallaydi. Hikoya o’qib bo’lingach, o’quvchilar o’ylashi, o’z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O’qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya sujeti, voqeaning yo’nalishini ochishga,  
personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g’oyasini bilib olishga 
yordam beradigan savollardan foydalaniladi. 
Badiiy asarni tahlil qilishda sujetni to’liq tushuntirishga berilib ketib, 
qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari 
e’tibordan chetda qolmasligi lozim. 
Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o’ziga tor-tadi. Lekin 
hikoya janri ham hayotiyligi bilan o’ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib 
boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog’liq hayotiy lavhajar bayon etiladi. 
O’quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. 
Masalan, 3-sinf ,,O’qish kitobi’’dagi ,,Dadam qurgan dengiz" (Hakim Nazir), 
,,Olma" (Malik Murodov), ,,Ilmli mingyashar" (Nurmat Maqsudiy), ,,Xazonchinak" 
(O’.Hoshimov), ,,Qo’shterak" (\. Irisov), ,,Mehnatkash <?/V(Oybek) va boshqa 
qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma-xil bo’lib, qahramonlarining 
xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi. 
Hikoya biror bir davr bilan bog’liq bo’ladi. O’quvchilar qahra-monlarning 
ma’naviyatiga bo’lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong’i tomonlari 
xususida muayyan tushunchaga ega bo’la bosh-laydilar. Ularda go’zallik va 
nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg’usi hikoyalar bilan tanishish 
va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda ,,Jaloliddin 
Manguberdi "hikoya-sida Chingizxon va uning qo’shinlariga nisbatan nafrat 
uyg’otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati misolida ona-Vatanga mehr-
muhabbat uyg’otiladi, uning taqdiri orqali o’z ajdodlaridan faxrlanish tuyg’usi 
paydo bo’ladi. 
Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o’ziga xos xususiyatlari va vazi-fasidan 
kelib chiqib ish ko’rishni taqozo etadi. Undagi har bir so’z, ibora, gap yozuvchining 
fikrini ifodalashga xizmat qiladi. 
Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o’rganishdagina 
emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o’qish, muammoli usullardan 
foydalanish uchun ham manba bo’lishi lozim. 
personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g’oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. Badiiy asarni tahlil qilishda sujetni to’liq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o’ziga tor-tadi. Lekin hikoya janri ham hayotiyligi bilan o’ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog’liq hayotiy lavhajar bayon etiladi. O’quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. Masalan, 3-sinf ,,O’qish kitobi’’dagi ,,Dadam qurgan dengiz" (Hakim Nazir), ,,Olma" (Malik Murodov), ,,Ilmli mingyashar" (Nurmat Maqsudiy), ,,Xazonchinak" (O’.Hoshimov), ,,Qo’shterak" (\. Irisov), ,,Mehnatkash <?/V(Oybek) va boshqa qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma-xil bo’lib, qahramonlarining xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi. Hikoya biror bir davr bilan bog’liq bo’ladi. O’quvchilar qahra-monlarning ma’naviyatiga bo’lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong’i tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bo’la bosh-laydilar. Ularda go’zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg’usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda ,,Jaloliddin Manguberdi "hikoya-sida Chingizxon va uning qo’shinlariga nisbatan nafrat uyg’otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati misolida ona-Vatanga mehr- muhabbat uyg’otiladi, uning taqdiri orqali o’z ajdodlaridan faxrlanish tuyg’usi paydo bo’ladi. Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o’ziga xos xususiyatlari va vazi-fasidan kelib chiqib ish ko’rishni taqozo etadi. Undagi har bir so’z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi. Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o’rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o’qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo’lishi lozim.  
Boshlang’ich sinflarda hikoya sujeti, kompozitsiyasi, qahramon-larini 
o’rganish bo’yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda 
o’quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi. 
,,Jaloliddin 
Manguberdi" 
hikoyasi 
qahramonlarini, 
ularning 
xatti-
harakatlarini o’rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi reja 
asosida amalga oshirish mumkin: 
1. Chingizxbnning hiyla ishlatgan o’rnini matndan topish. Uning 
o’quvchilarda qanday taassurot qoldirganligini aniqlash. 
2. Jaloliddin Manguberdining Eron va Afg’onistonda mo’g’ullarga qarshi 
kurashib, erishgan g’alabasi tasvirlangan o’rinni topib o’qish. 
3. Lashkarboshilarning o’lja taqsimlashi oqibatida nima yuz berga-nini 
aniqlash. Bu o’rinni matndan topish. 
4. Jaloliddin Manguberdining jasorati yana qaysi o’rinda ko’rin-ganini 
aniqlash. 
5. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga nima uchun tan berganini aytish. 
Shundan so’ng o’quvchilar Jaloliddin Manguberdi haqida ongli fikr 
yuritadilar. Chingizxon bilan Jaloliddin Manguberdining xatti-harakatlarini 
taqqoslab, farqlaydilar. 
Hikoya mazmunini o’zlashtirish bo’yicha matn asosida quyidagi-cha ishlar 
amalga oshiriladi: 
1. Matn mazmuni yuzasidan o’qituvchi savollariga javob berish. 
2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish. 
3. Hikoya mazmuni yuzasidan o’quvchilarning savollar tuzishi. 
4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish. 
5. Hikoya matnini qismlarga bo’lish. 
6. Har bir qismga sarlavha topish. 
7. Hikoyaga reja tuzish. 
8. Reja asosida qayta hikoyalash (to’liq, qisqartirib va ijodiy qayta 
hikoyalash). 
9. Reja asosida bayon yozish. 
Boshlang’ich sinflarda hikoya sujeti, kompozitsiyasi, qahramon-larini o’rganish bo’yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o’quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi. ,,Jaloliddin Manguberdi" hikoyasi qahramonlarini, ularning xatti- harakatlarini o’rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi reja asosida amalga oshirish mumkin: 1. Chingizxbnning hiyla ishlatgan o’rnini matndan topish. Uning o’quvchilarda qanday taassurot qoldirganligini aniqlash. 2. Jaloliddin Manguberdining Eron va Afg’onistonda mo’g’ullarga qarshi kurashib, erishgan g’alabasi tasvirlangan o’rinni topib o’qish. 3. Lashkarboshilarning o’lja taqsimlashi oqibatida nima yuz berga-nini aniqlash. Bu o’rinni matndan topish. 4. Jaloliddin Manguberdining jasorati yana qaysi o’rinda ko’rin-ganini aniqlash. 5. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga nima uchun tan berganini aytish. Shundan so’ng o’quvchilar Jaloliddin Manguberdi haqida ongli fikr yuritadilar. Chingizxon bilan Jaloliddin Manguberdining xatti-harakatlarini taqqoslab, farqlaydilar. Hikoya mazmunini o’zlashtirish bo’yicha matn asosida quyidagi-cha ishlar amalga oshiriladi: 1. Matn mazmuni yuzasidan o’qituvchi savollariga javob berish. 2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish. 3. Hikoya mazmuni yuzasidan o’quvchilarning savollar tuzishi. 4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish. 5. Hikoya matnini qismlarga bo’lish. 6. Har bir qismga sarlavha topish. 7. Hikoyaga reja tuzish. 8. Reja asosida qayta hikoyalash (to’liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash). 9. Reja asosida bayon yozish.  
Tahlilda o’qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi 
ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o’ziga 
xosligi, obrazli tasvirning o’quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi 
nazarda tutiladi. 
Hikoyani o’rganishda savollarni, odatda, o’qituvchi beradi, ammo asar 
mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o’quvchilarga 
ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, 
asar mazmunini yaxshi tushunish, o’z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, 
mazmun va voqealar orasidagi bog’lanishni to’liq esda saqlab qolishda 
o’quvchilarga yor-dam beradi. 
HIKOYA OTISH DARSI NAMUNASI 
Mavzu. Shirin qovunlar mamlakatida. 
O’quv material!. Qovun sayli (Sh. Sa’dulla). 
Darsning turi: yangi bilim beruvchi, hikoya o’qish darsi. 
Dars shakli: Noan’anaviy dars. 
Asosiy masalalar. O’quvchilarning kuz faslida poliz mahsulotlarini yig’ib 
olishning tartib-qoidalari, dehqonchilik, xalq an’analari ha-qidagi tushunchalarini 
boyitish, qovun turlari bilan tanishtirish, o’qish malakalarini takomillashtirish. 
Tayanch tushunchalar. Qovun sayli, hashar, umbirvohi, ko ‘kalam-pish, 
doniyor, qizilurug’, qo’zivoy. 
Darsda foydalaniladigan ta’limiy vositalar: turli qovun rasmlari, poliz 
mahsulotlarini yig’ib olish tasviri, test topshiriqlari. 
Dars metodi: izohli o’qish, tarmoqlash, muammoli o’qitish metodi. 
Darsning maqsadi: 1. O’zbekistonda yetishtiriladigan poliz ekinlari, qovun 
sayli haqida o’quvchilar bilimini boyitish. 2. O’quvchilarda ona-yurtimiz 
boyliklarini asrash, xalq an’analarini hurmatlash va davom ettirish hissini 
tarbiyalash. 3. Lug’atini boyitish, nutqini o’stirish, o’qish malakalarini 
takomillashtirish. 
Identiv o’quv maqsadi: 
1. Hikoya matnini to’g’ri, o’quv sur’atiga mos, ongli va ifodali o’qish. 
Tahlilda o’qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o’ziga xosligi, obrazli tasvirning o’quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda tutiladi. Hikoyani o’rganishda savollarni, odatda, o’qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o’quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o’z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog’lanishni to’liq esda saqlab qolishda o’quvchilarga yor-dam beradi. HIKOYA OTISH DARSI NAMUNASI Mavzu. Shirin qovunlar mamlakatida. O’quv material!. Qovun sayli (Sh. Sa’dulla). Darsning turi: yangi bilim beruvchi, hikoya o’qish darsi. Dars shakli: Noan’anaviy dars. Asosiy masalalar. O’quvchilarning kuz faslida poliz mahsulotlarini yig’ib olishning tartib-qoidalari, dehqonchilik, xalq an’analari ha-qidagi tushunchalarini boyitish, qovun turlari bilan tanishtirish, o’qish malakalarini takomillashtirish. Tayanch tushunchalar. Qovun sayli, hashar, umbirvohi, ko ‘kalam-pish, doniyor, qizilurug’, qo’zivoy. Darsda foydalaniladigan ta’limiy vositalar: turli qovun rasmlari, poliz mahsulotlarini yig’ib olish tasviri, test topshiriqlari. Dars metodi: izohli o’qish, tarmoqlash, muammoli o’qitish metodi. Darsning maqsadi: 1. O’zbekistonda yetishtiriladigan poliz ekinlari, qovun sayli haqida o’quvchilar bilimini boyitish. 2. O’quvchilarda ona-yurtimiz boyliklarini asrash, xalq an’analarini hurmatlash va davom ettirish hissini tarbiyalash. 3. Lug’atini boyitish, nutqini o’stirish, o’qish malakalarini takomillashtirish. Identiv o’quv maqsadi: 1. Hikoya matnini to’g’ri, o’quv sur’atiga mos, ongli va ifodali o’qish.  
2. Asar matni yuzasidan berilgan topshiriqlarni yakka va juft bo’lib bajarish. 
3. Matn mazmunini qayta hikoyalash. 
Darsning borishi I. Da’vat bosqichi. 
1. ,,Kuz" she’ri ifodali yod ayttiriladi va o’qitiladi. 
2. O’qituvchi o’quvchilarning oldingi darslarda olgan bilimlarini 
mustahkamlash maqsadida kuz haqida, uning noz-ne’matlari haqida suhbat 
o’tkazadi. 
- O’lkamizga kuz fasli kelganini nimalardan bilish mumkin? 
— ,,Oltin fasl" matnidan tabiat tasvirini topib o’qing. 
— Kuzda qaysi sabzavot va mevalar pishadi? 
— Stol ustidagi uzum rasmlarini olib, nomini ayting (kishmish, husayni, 
hasayni, charos, ...). 
— Siz olmaning qaysi navlarini bilasiz? 
— Uzum nomlarini tarmoqlash usulida ko’rsating. Namuna: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qovun qaysi turkumga kiradi? Sabzavotgami yoki mevalargami? 
- Qovun nomlarini bilasizmi? Ularning nomlarini ham tarmoqlash usulida 
yozib ko’rsating. 
- ,,Kuz" she’rini kim yozgan? 
- Sh. Sa’dullaning hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? 
2. Asar matni yuzasidan berilgan topshiriqlarni yakka va juft bo’lib bajarish. 3. Matn mazmunini qayta hikoyalash. Darsning borishi I. Da’vat bosqichi. 1. ,,Kuz" she’ri ifodali yod ayttiriladi va o’qitiladi. 2. O’qituvchi o’quvchilarning oldingi darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida kuz haqida, uning noz-ne’matlari haqida suhbat o’tkazadi. - O’lkamizga kuz fasli kelganini nimalardan bilish mumkin? — ,,Oltin fasl" matnidan tabiat tasvirini topib o’qing. — Kuzda qaysi sabzavot va mevalar pishadi? — Stol ustidagi uzum rasmlarini olib, nomini ayting (kishmish, husayni, hasayni, charos, ...). — Siz olmaning qaysi navlarini bilasiz? — Uzum nomlarini tarmoqlash usulida ko’rsating. Namuna: Qovun qaysi turkumga kiradi? Sabzavotgami yoki mevalargami? - Qovun nomlarini bilasizmi? Ularning nomlarini ham tarmoqlash usulida yozib ko’rsating. - ,,Kuz" she’rini kim yozgan? - Sh. Sa’dullaning hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz?  
4. Sh. Sa’dullaning ,,Qovun sayli" hikoyasi bilan tanishtirish. Hikoyaning 
birinchi darsga mo’ljallangan qismi p’qib beriladi yoki magnit tasmasi orqali 
eshittiriladi. 
5. Kichik guruhlar bilan ishlash. O’quvchilar 4-guruhga bo’linadi. 
O’quvchilar 1, 2, 3, 4 deb sanaydilar. O’z raqamlari bo’yicha gu-ruhlanib, stol 
atrofiga o’tiradilar. 
Har bir stol atrofidagi o’quvchilarga hikoyaning qismlari bo’lib beriladi va 
topshiriqlar konvertlarda uzatiladi. 
1-topshiriq. Guruhingizga nom qo’ying. Uni ta’riflang. 
/- ,,Handalak"guruhi. Handalak bahor faslining oxirgi oyida erta pishadi. 
Odamlar uni sog’inib kutishadi. Handalak dumaloq, uning hidi yoqimli, o’tkir 
bo’ladi. Ustki qismi serto’r, mazasi tilni yorar darajada shirin bo’ladi. 
2- „Qo’zivoy" guruhi. Qo’zivoy tezpishar tarvuz turi. U 95-100 kunda 
yetiladi. Unda 12 foiz qand moddasi bor. Tarvuz buyrak va sariq kasalligiga davo 
bo’ladi. 
3- „Kishmish " guruhi. Kishmish uzumning bir turi. U qora va oq ranglarda 
bo’lib, danaksiz va juda shirin bo’ladi. 
4. ,,Doniyor" guruhi. Doniyor — qovimning bir turi. U juda shirin qovun 
bo’lib, ustida yashil va sariq rangli yo’li bor. 
II. Anglash bosqichi. Hamma guruhga bir xil topshiriq beriladi: 
1-topshiriq. 
— Berilgan qismni, to’g’ri va ifodali o’qishga tayyorlaning. Ma’-nosi 
tushunarsiz so’zlarni lug’at daftaringizga yozing. Asosiy fikrni aniqlang. 
2-topshiriq. 
1. O’qigan qismingizni matnga yaqinlashtirib qayta hikoya qilib bering. 
2. Ma’nosi tushunarsiz so’zlarning ma’nosini izohlashga harakat qiling. 
3. O’z qismingizdagi ko’chma ma’noli so’zlarni toping va izohlang. 
4. O’qigan qismingizga sarlavha qo’ying va daftaringizga yozing. Guruhlar 
ishlaridan namunalar: ,,Handalak" guruhi. Lug’at ishi: 
— qovun boshiga — boshiga ko’chma ma’noda; 
4. Sh. Sa’dullaning ,,Qovun sayli" hikoyasi bilan tanishtirish. Hikoyaning birinchi darsga mo’ljallangan qismi p’qib beriladi yoki magnit tasmasi orqali eshittiriladi. 5. Kichik guruhlar bilan ishlash. O’quvchilar 4-guruhga bo’linadi. O’quvchilar 1, 2, 3, 4 deb sanaydilar. O’z raqamlari bo’yicha gu-ruhlanib, stol atrofiga o’tiradilar. Har bir stol atrofidagi o’quvchilarga hikoyaning qismlari bo’lib beriladi va topshiriqlar konvertlarda uzatiladi. 1-topshiriq. Guruhingizga nom qo’ying. Uni ta’riflang. /- ,,Handalak"guruhi. Handalak bahor faslining oxirgi oyida erta pishadi. Odamlar uni sog’inib kutishadi. Handalak dumaloq, uning hidi yoqimli, o’tkir bo’ladi. Ustki qismi serto’r, mazasi tilni yorar darajada shirin bo’ladi. 2- „Qo’zivoy" guruhi. Qo’zivoy tezpishar tarvuz turi. U 95-100 kunda yetiladi. Unda 12 foiz qand moddasi bor. Tarvuz buyrak va sariq kasalligiga davo bo’ladi. 3- „Kishmish " guruhi. Kishmish uzumning bir turi. U qora va oq ranglarda bo’lib, danaksiz va juda shirin bo’ladi. 4. ,,Doniyor" guruhi. Doniyor — qovimning bir turi. U juda shirin qovun bo’lib, ustida yashil va sariq rangli yo’li bor. II. Anglash bosqichi. Hamma guruhga bir xil topshiriq beriladi: 1-topshiriq. — Berilgan qismni, to’g’ri va ifodali o’qishga tayyorlaning. Ma’-nosi tushunarsiz so’zlarni lug’at daftaringizga yozing. Asosiy fikrni aniqlang. 2-topshiriq. 1. O’qigan qismingizni matnga yaqinlashtirib qayta hikoya qilib bering. 2. Ma’nosi tushunarsiz so’zlarning ma’nosini izohlashga harakat qiling. 3. O’z qismingizdagi ko’chma ma’noli so’zlarni toping va izohlang. 4. O’qigan qismingizga sarlavha qo’ying va daftaringizga yozing. Guruhlar ishlaridan namunalar: ,,Handalak" guruhi. Lug’at ishi: — qovun boshiga — boshiga ko’chma ma’noda;  
— bejirim — ixcham; 
— serto’r — po’stida taram-taram chiziqlari bor. Sarlavha: ,,Bolalik 
xotiralari". ,,Qo’zivoy" guruhi. Lug’at ishi: 
—Dasturxon yozdilar — ,,yozdilar" ,,yoydilar" ma’nosida; 
— yozdi - xat yozdi - shakldosh so’zlar; 
— o’choq boshi — ,,boshi" so’zi ko’chma ma’noda; Savlavha: 
,,Qovunxo’rlik". ,,Kishmish" guruhi. Lug’at ishi: 
— karch — qovun yoki tarvuz qismidan ko’ndalangiga kesilgan qism; 
— tilni yoray deydi — ibora, o’ta shirin ma’noda; 
— kosa - ko’chma ma’noda, qovunning 4 dan 1 qismi. Sarlavha. 
,,Tog’amningfikri". nDoniyor" guruhi. Lug’at ishi: 
— oy chiqdi — ,,chiqdi" ko’chma ma’noda, ,,ko’rindi" ma’nosida; 
— quloq solinglar — eshitinglar; 
— qovun dum beryapti — ,,pishdi" ma’nosida. Savlavha. »Tungi voqealar". 
O’quvchilar hamma guruhning lug’atini va topgan sarlavhasini daftarlariga 
yozib boradilar. 
O’quvchilar aniqlamagan  so’zlarni  o’qituvchi  aytib,  izohlab 
beradi. 
Ifodali o’qish va qayta hikoyalash mashqi. Har bir guruh o’z qismini 
o’qib, gapirib beradi. 
Rollarga bo’lib o’qitishda har bir guruhdan o’quvchilar tanlanadi. (Tog’a, 
muallif, Hasan, Zuhra) 
III. Fikrlash bosqichi. 
1. Darslikdagi savol-topshiriqlar bilan ishlash. Har bir guruh asar matni 
ostida berilgan 1-, 2-, 3-, 5- savollarga javob beradi. O’quvchilarga qo’shimcha 
savollar beriladi: 
— O’zbek xalqining kuzfaslida o’tkaziladigan qaysi an’anaviy bayramlarini 
bilasiz? 
— ,,Qovun say U "da qanday ishlar qilinadi? 
— bejirim — ixcham; — serto’r — po’stida taram-taram chiziqlari bor. Sarlavha: ,,Bolalik xotiralari". ,,Qo’zivoy" guruhi. Lug’at ishi: —Dasturxon yozdilar — ,,yozdilar" ,,yoydilar" ma’nosida; — yozdi - xat yozdi - shakldosh so’zlar; — o’choq boshi — ,,boshi" so’zi ko’chma ma’noda; Savlavha: ,,Qovunxo’rlik". ,,Kishmish" guruhi. Lug’at ishi: — karch — qovun yoki tarvuz qismidan ko’ndalangiga kesilgan qism; — tilni yoray deydi — ibora, o’ta shirin ma’noda; — kosa - ko’chma ma’noda, qovunning 4 dan 1 qismi. Sarlavha. ,,Tog’amningfikri". nDoniyor" guruhi. Lug’at ishi: — oy chiqdi — ,,chiqdi" ko’chma ma’noda, ,,ko’rindi" ma’nosida; — quloq solinglar — eshitinglar; — qovun dum beryapti — ,,pishdi" ma’nosida. Savlavha. »Tungi voqealar". O’quvchilar hamma guruhning lug’atini va topgan sarlavhasini daftarlariga yozib boradilar. O’quvchilar aniqlamagan so’zlarni o’qituvchi aytib, izohlab beradi. Ifodali o’qish va qayta hikoyalash mashqi. Har bir guruh o’z qismini o’qib, gapirib beradi. Rollarga bo’lib o’qitishda har bir guruhdan o’quvchilar tanlanadi. (Tog’a, muallif, Hasan, Zuhra) III. Fikrlash bosqichi. 1. Darslikdagi savol-topshiriqlar bilan ishlash. Har bir guruh asar matni ostida berilgan 1-, 2-, 3-, 5- savollarga javob beradi. O’quvchilarga qo’shimcha savollar beriladi: — O’zbek xalqining kuzfaslida o’tkaziladigan qaysi an’anaviy bayramlarini bilasiz? — ,,Qovun say U "da qanday ishlar qilinadi?  
Javob namunasi. O’zbek xalqining kuzda o’tkaziladigan ,,Hosil bayrami", 
,,Qovun sayli" kabi ko’pgina bayramlari bor. ,,Qovun sayli" qovunlar ayni g’arq 
pishgan pallada o’tkaziladi. ,,Qovun sayli"da qo-vunlar aytishuvi ham bo’ladi, 
Bunda har bir qovun o’zini ta’riflaydi, maqtaydi. Saylga yig’ilgan odamlar qovun-
tarvuzlarni uzib, yig’ib olishga yordam beradi. Bunda odamlar pishib ketgan 
qovunlarni so’yib, qovun qoqi qiladilar. Qishki qovunlarni osib qo’yish uchun to’rva 
xaltalar to’qiydilar. Bularning hammasi dehqonga ancha yordam bo’ladi. 
2. Reja tuzish. Har bir guruh o’z qismiga reja tuzadi. 
Reja namunasi: 
1. Tog’amning laklifi. 
2. Cho ‘Idagi qovun polizlari. 
3. Qovunxo’rlik. 
4. Hasan va Husan chaylada. 
5. Titngi voqealar. 
3. Reja asosida hikoyaning 1-bo’limihi to’liq qayta hikoya qilish 
musobaqasi. 
4. Test topshiriqlari ustida ishlash. Har bir guruhga konvertda test 
topshiriqlari beriladi. Test namunalari: 
1. Qovun nomlari berilgan qatorni toping. A) Bo’rikalla, doniyor, bosvoldi 
B) Qo’zivoy, ko’kalampish, umrboqi 
C) Charos, qizilurug’, daroyi 
2. Uzum nomlari berilgan qaiorni toping. 
A) Charos, buvaki, qo’zivoy 
B) Hasayni, chillaki, kishmishi 
C) Qizilurug’, Ko’kalampish 
3. Hasan, Husan, Fotima, Zuhra qaysi asar qahramanlari? 
A) ,,0ltin fasl" 
B) ,,Xarita" 
C) ,,Qovun sayli" 
Javob namunasi. O’zbek xalqining kuzda o’tkaziladigan ,,Hosil bayrami", ,,Qovun sayli" kabi ko’pgina bayramlari bor. ,,Qovun sayli" qovunlar ayni g’arq pishgan pallada o’tkaziladi. ,,Qovun sayli"da qo-vunlar aytishuvi ham bo’ladi, Bunda har bir qovun o’zini ta’riflaydi, maqtaydi. Saylga yig’ilgan odamlar qovun- tarvuzlarni uzib, yig’ib olishga yordam beradi. Bunda odamlar pishib ketgan qovunlarni so’yib, qovun qoqi qiladilar. Qishki qovunlarni osib qo’yish uchun to’rva xaltalar to’qiydilar. Bularning hammasi dehqonga ancha yordam bo’ladi. 2. Reja tuzish. Har bir guruh o’z qismiga reja tuzadi. Reja namunasi: 1. Tog’amning laklifi. 2. Cho ‘Idagi qovun polizlari. 3. Qovunxo’rlik. 4. Hasan va Husan chaylada. 5. Titngi voqealar. 3. Reja asosida hikoyaning 1-bo’limihi to’liq qayta hikoya qilish musobaqasi. 4. Test topshiriqlari ustida ishlash. Har bir guruhga konvertda test topshiriqlari beriladi. Test namunalari: 1. Qovun nomlari berilgan qatorni toping. A) Bo’rikalla, doniyor, bosvoldi B) Qo’zivoy, ko’kalampish, umrboqi C) Charos, qizilurug’, daroyi 2. Uzum nomlari berilgan qaiorni toping. A) Charos, buvaki, qo’zivoy B) Hasayni, chillaki, kishmishi C) Qizilurug’, Ko’kalampish 3. Hasan, Husan, Fotima, Zuhra qaysi asar qahramanlari? A) ,,0ltin fasl" B) ,,Xarita" C) ,,Qovun sayli"  
4. Darsda o’rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa 
chiqarish. 
- Fasllar va dehqonchilik bilan bog’liq qanday an’analarni bilasiz? O’zingiz 
shunday an’analarda ishtirok etganmisiz? 
— An’analarni saqlab qolish va davom ettirish uchun nima qilish kerak? 
5. Uyga vazifa. Asarning birinchi bo’limini ifodali o’qishga tay-yorlanib, 
matn yuzasidan savollar tuzib kelish. 
6. Guruhlarning to’plagan ballarini e’lon qilish. Bunda to’plangan ballar e’lon 
qilinadi va har bir guruhda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. 
4. Darsda o’rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa chiqarish. - Fasllar va dehqonchilik bilan bog’liq qanday an’analarni bilasiz? O’zingiz shunday an’analarda ishtirok etganmisiz? — An’analarni saqlab qolish va davom ettirish uchun nima qilish kerak? 5. Uyga vazifa. Asarning birinchi bo’limini ifodali o’qishga tay-yorlanib, matn yuzasidan savollar tuzib kelish. 6. Guruhlarning to’plagan ballarini e’lon qilish. Bunda to’plangan ballar e’lon qilinadi va har bir guruhda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.