HIQILDOQ KASALLIKLARI
HIQILDOQNING TUG‘MA TORLIGI (stridor) Kasallik chaqaloqlik
davrida kuzatilib, bolaning nafasi shovqinli bo‘ladi va mushuk qur-qurlashini
eslatadi. Shovqinli qur-qur nafas bola bezovtalanganda, yo‘talganda, yig‘laganda
kuchayadi, uxlaganda – kamayadi. Uning ovozi jarangdor, emishi yaxshi, umumiy
ahvoli qoniqarli bo‘ladi. Bola ulg‘aygandan so‘ng kasallik o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Bunday inspirator shovqin nafas olinganda hikildoq usti qopqog‘i yumshoqligi
tufayli cho‘michhiqildoq usti burmalari bilan birga hiqildoq yorig‘iga kirib qolishi
natijasida yuzaga keladi; nafas chiqarilganda ular yana o‘z joyini egallaydi. Bola
o‘tkir respirator kasallik bilan og‘riganda ham qur-qur nafas oladi.
Bola ulg‘ayib inspirator shovqin kamaymasa,unda hiqildoqning organik
kasalligini (kista, ovoz yorig‘i pardasi) inkor etish uchun bevosita laringoskopiya,
kompyuter tomografiya tekshiruvlari o‘tkaziladi.
HIQILDOQ JAROHATLARI ochiq, yopiq, ichki va tashqi jarohatlarga
bo‘linadi. Hiqildoq sohasi jarohatlanganda bemorda yutinish va nafas olish
faoliyatlari buzilishi, ovozining o‘zgarishi, yo‘tal va teri osti emfizemasi belgilari
kuzatiladi. Laringospazm natijasida yoki jarohatlangan tog‘ayning parchalari,
yirtilgan yumshoq to‘qimaning bo‘lagi yoki shilliq parda ostidagi gematoma nafas
yo‘llarini yopib qo‘yib, bemorda bo‘g‘ilish holati yuz berishiga sabab bo‘ladi.
Hiqildoqning dahliz qismi jarohatlanganda halqumning yutinish faoliyatining
buzilishi tufayli ichilgan suyuqlik va ovqat luqmasi nafas yo‘llariga kirib qoladi va
bemor yo‘talganda jaroxat maydonidan havo bilan birga chiqariladi. Hikildoq
sohasi traxeya bilan birgalikda jarohatlanganda bo‘yinning yumshoq to‘qimalari
ham zararlangan bo‘lib, qontalash va gematomalarni hosil bo‘lishi, jaroxat
maydonidan havo, qon va shilimshiq ajralma kirib-chikib turish holati kuzatiladi.
Hikildoqning yopiq tashqi jarohatlarida hiqildoq kismlarining lat yeyishi, sinishi,
teri osti to‘qimasining yirtilishi natijasida bemorda hiqildoq torayishi holati yuzaga
keladi. Bunday jarohatlar ko‘pincha ko‘cha-transport hodisalarida, sport o‘yinlari
paytida sodir bo‘ladi. Hiqildoqning yengil jaroxatlarida hiqildoq sohasida og‘riq,
shish, teri ostiga qon quyilishi, ba’zan terining shilinishi kuzatiladi.
Til osti suyagi singan hollar quyidagi belgilar bilan kechadi: bemor og‘zini
ochib, tilini chiqarganida keskin og‘riq paydo bo‘lishi, nutq va yutish harakatini
qiyinligi; jarohat maydoni paypaslanganda g‘irchillash (krepitatsiya) tovushini
eshitilishi.
Hiqildoq tog‘aylari sinib, yumshoq to‘qimalar yirtilgan hollarda bemorda
emfizema, disfagiya, nafas faoliyatini buzilishi va ovozning o‘zgarishi kuzatiladi.
Og‘ir jarohatlarda hiqildoq til osti suyagidan yoki traxeyadan ajralib, bemorda
bo‘g‘ilish holati yoki bo‘yin, yuz va ko‘krak qafasi teri osti emfizemasi yoki ko‘ks
oralig‘i emfizemasi rivojlanib, bemorda o‘lim holati yuz berishi mumkin.
Hikildoqning ichki jarohati ko‘pincha mexanik ta’sirlar natijasida yuzaga keladi
(urilish, termik va kimyoviy ta’sir). Hikildoqda va burma osti bo‘shlig‘ida tiqilib
qolgan yot jism shilliq pardani jarohatlashi mumkin. Bunday hollarda
laringoskopiyada burma osti bo‘shlig‘ining shilliq pardasi qizargan va yirtilganligi,
unda qontalashlar hosil bo‘lganligi ko‘rinadi. Shunga o‘xshash jarohatlar yot
jismni chiqarib olish yoki endoskopiya muolajasi paytida ham sodir bo‘lishi
mumkin. Hozirgi kunda intubatsiyali og‘riqsizlantirish keng qo‘llanilishi natijasida
hiqildoq shilliq pardasining shishi, ovoz burmalarining falaji, intubatsiyadan
so‘nggi granulemalar kabi asoratlar kam uchramoqda.
Tashxis bemor shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari, jarohat sodir bo‘lgan vaqtni
va vaziyatini aniqlash asosida qo‘yiladi. Ob’ektiv tekshiruvda hiqildoq sohasidagi
jarohat maydoni ko‘zdan kechirilib, yot jism bor-yo‘qligi aniqlanadi. Tekshiruvda
bo‘yin yumshoq to‘qimalari zararlanganligi
aniqlanadi.
Laringoskopiyada
shilliq
osti
gematomasi, ovoz boylamlari yirtilganligi, hiqildoq
shiliq pardasining jarohati natijasida rivojlangan
hiqildoq torayishi belgilari, hiqildoq qismlarini o‘z
joyidan siljishi, hiqildoq tog‘aylari jarohatlanganligi
aniqlanadi (96-rasm). Barcha klinik tekshiruvlardan
tashqari bemorning qon guruhi va rezus-omili
aniqlanib,
zarur
bo‘lsa
endoskopiya,
rentgenografiya, kompyuter tomografiyasi , MRT
tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Davolash. Hiqildoq sohasi jarohatlangan bemor shifoxona sharoitida
davolanadi. Shoshilinch ravishda xayot uchun zarur bo‘lgan nafas faoliyatini
tiklash,qon oqishni to‘xtatish, jarohat maydoniga birlamchi ishlov berish,
to‘qimalarni o‘z joyiga o‘rnatish va chok qo‘yish tadbirlari o‘tkaziladi. Kuchli qon
oqishlarda jarohat maydonidan pastda tashqi uyqu arteriyasiga bosuvchi boylam
qo‘yiladi yoki bog‘lanadi. Bemorning nafas olishi keskin buzilgan hollarda
shoshilinch intubatsiya yoki traxeostomiya jarrohlik amallari (konikotomiya,
krikokonikotomiya) bajariladi.
Hiqildoqning yengil ichki jarohatida jarohat maydoni tozalangandan so‘ng
bemorga antibiotiklar, shishga qarshi va desensibilizatsiya dori vositalari hamda
mahalliy davolash muolajalari buyuriladi.
HIQILDOQ VA TRAXEYaDAN QON OQIShI o‘tkir gemorragik laringit,
ko‘k yo‘tal, ovoz zo‘riqishlari, hiqildoq gemangiomasi, qon kasalliklari va hiqildoq
jarohatlarida hamda hiqildoqda bajarilgan jarrohlik amalidan so‘ng kuzatilishi
mumkin.
96-rasm.
Hiqildoq jarohati
Kasallikning klinik manzarasi qon oqishining tezligi va uning sabablariga
bog‘lik bo‘ladi. O‘tkir laringit va ko‘k yo‘talda hiqildoqning shilliq pardasi
zararlanib, ovoz burmalarida hiqildoqdan qon oqishiga sabab bo‘lgan gematoma
hosil bo‘ladi. Laringoskopiyada hiqildoqning shilliq pardasi qizarganligi, qon
tomirlari kengayganligi, qontalashlar borligi, komissura va burma osti bo‘shlig‘ida
limfadenoid
to‘qimaning
gipertrofiyasi
ko‘rinadi.
Hiqildoqning
kichik
gemangiomasida qon oqishi to‘satdan boshlanib, o‘z-o‘zidan to‘xtashi kuzatiladi.
Qon oqishiga sabab bo‘lgan hiqildoqning ichki jarohati intubatsiya, yuqori
bronxoskopiya muolajasi paytida sodir bo‘lishi mumkin. Ba’zan hiqildoqdan qon
oqishi pastki traxeostomiyadan so‘ng kuzatilib, traxeostomiya naychasining
diametri traxeya yorig‘ining diametriga mos kelmasligi, naycha traxeya devorini
va bo‘yin qon tomirlarini jarohatlashi natijasida yuz beradi.
Eroziv qon oqishlar bemorda hiqildoq perixondriti rivojlanganda, traxeostomiya
naychasi bo‘yin qon tomir to‘plamiga yaqin joylashganda va asta-sekin qon tomiri
devorining
eroziyasi
va
anevrizmasi
rivojlanganda
kuzatiladi.
Jismoniy
zo‘riqishdan so‘ng bemorda kengaygan qon tomiri yorilib, kuchli qon oqishi
tufayli hatto o‘lim xolatiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun traxeostomiya
naychasi qon tomir urishiga mos harakat qilganda u albatta chiqarib olinishi yoki
joyi almashtirilishi lozim. Yirik kon tomiridan qon oqishi bemorning hayotiga
jiddiy xavf solishi mumkin.
Belgilari. Bemor yo‘talganda qip-qizil qon oqishi, qon tupurish va bo‘g‘ilish
holatlari kuzatiladi. Auskultatsiyada traxeya va bronxlar sohasida o‘tkinchi
xirillashlar eshitiladi.
Tashxis bemorning shikoyatlari, kasallikni boshlanishi, bevosita va bilvosita
laringoskopiya, mikrolaringoskopiya, endoskopiya, traxeoskopiya, bronxoskopiya
tekshiruvlar natijalari asosida qo‘yiladi.
Qiyosiy tashxisot. Hikildoq va traxeyadan qon oqishini halqum, o‘pka va
qizilo‘ngachdan qon oqishidan farqlash lozim. O‘pkadan oqayotgan qonning rangi
och-qizil va ko‘pikli bo‘lib, uzoq vaqt davomida ivimaydi. Qizilo‘ngach va
me’dadan oqayotgan qonning rangi to‘q-qizil va hidli bo‘lib, qayt qilingan ovqat
va me’da sharbatiga aralashgan bo‘ladi. Halqum qonashida bemor shilimshiq va
qon aralash balg‘am tupuradi.
Davolash. Bemor shifoxona sharoitida davolanadi. Davolashda qon
oqishining tezligi, hajmi, xarakteri va sababi e’tiborga olinadi. Hiqildoq va
traxeyadan qon oqishi kuzatilayotgangan bemorga gapirishni ta’qiqlash lozim. Qon
kam miqdorda oqqanda hikildoq ichiga tanin yoki vismut kukuni sepilib, qon ko‘p
miqdorda oqqanda bemorga muz parchalarini yutish buyuriladi, oyoqlariga issiq
qo‘yiladi. Bir vaqtning o‘zida vikasol, ditsinon, etamzilat natriy, aminokapron
kislotasi, askorbin kislotasi, tomir ichiga 10% kalsiy xlorid eritmasi va qon zardobi
yuboriladi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 0,5% lagoden
eritmasini 10ml miqdorda vena ichiga asta-sekin yuborish yaxshi samara
bermoqda. Qon oqishiga sabab bo‘lgan asosiy kasallik davolanadi.Yirik qon
tomiridan qon oqishi bemor hayotiga jiddiy xavf solishi mumkin.
HIQILDOQ YoT JISMI. Hikildoq va pastki nafas yo‘llarida kungaboqar,
tarvuz va oshqovoq urug‘lari, yong‘oq, pista yoki tuxum po‘chog‘i, go‘sht va
sabzavot bo‘lakchalari, igna, to‘g‘nagich, tugma, mix, o‘yinchoqlar qismi va
boshqa yot jismlar tiqilib qolishi mumkin. Yosh bolalarda har narsani og‘ziga olish
odati borligi sababli ovqatlanish yoki o‘yin paytida, yugurganda, yiqilganda yoki
gapirganda og‘ziga olgan jism nafas yo‘llariga kirib qolishi mumkin. Yuqori nafas
yo‘llari yot jismi ko‘pincha bolalarda uchraydi va ularda rivojlangan bo‘g‘ilish
holatiga sabab bo‘ladi. Hiqildoqhalqumning himoya refleksi susaygan yoki tish
protezlari qo‘yilgan katta kishilarda ham yot jismni nafas yo‘llariga kirib qolish
hollari uchraydi. Hikildoq yot jismi 3,3% hollarda qayd etiladi.
Kasallikning kechimi yot jismning shakli va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi.
Yosh bolalarda organik yot jismlar ayniksa havfli hisoblanadi. Nafas yo‘llarida
tiqilib qolgan organik yot jism shishib, ilgak yordamida chiqarib olishga uringanda
parchalanishi,uning kichik parchalari kichik bronxlar yorig‘iga kirib, ularni yopib
ko‘yishi mumkin. Kichik yot jism ko‘zga ko‘rinmaydi, shuning uchun u
bronxlarda uzoq vaqt davomida qolib ketadi va zotiljam, traxeobronxit kabi
asoratlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Organik yot jism allergen sifatida
nafas yo‘llari shilliq pardasining shishi va patologik mikroflarani rivojlanishiga
yordam beradi.
Klinik belgilari. Yirik yot jism hiqildoq yorig‘ida tiqilib qolganda bemorda
bo‘g‘ilish holati yuz berishi mumkin. Kichik yot jism hikildoq sohasida tiqilib
qolganda, uning shilliq pardasi yallig‘lanib,shishadi. Buning natijasida bemorda
hikildoq torayishi belgilari rivojlanishi mumkin. Bemorda xurujli yo‘tal, ba’zan
yutinganda og‘riq va qusish kuzatiladi. Yot jism ovoz tirqishi sohasida tiqilib
qolganda bemorning ovozi o‘zgaradi, pasayadi, ba’zan afoniya kuzatiladi.
Traxeya yorig‘ida ko‘pincha ovoz yorig‘idan o‘tgan o‘rtacha hajmdagi yot
jismlar tiqilib qoladi (yong‘oq donalari, no‘xat, turli o‘simliklarning urug‘i).
Bemor tunda yoki hayajonlanganda hurujli yo‘talga shikoyat qiladi. Traxeyada
tiqilib qolgan harakatchan yot jismida auskultatsiyada dag‘al o‘tkazuvchan
xirillash eshitilib, yot jismning harakati belgisi aniqlanadi; yo‘talganda yoki nafas
chiqarilganda yot jism hiqildoqning ovoz boylamlariga uriladi va shunda vrach
“chertgan” tovushni eshitadi, traxeya sohasini paypaslaganda esa u yengil turtkini
his etadi. Bemor og‘zini ochib, nafas olganda hushtak tovushi eshitiladi.
Traxeyaning harakatchan yot jismi ba’zan hiqildoqda tiqilib qolib, to‘satdan
rivojlangan bo‘g‘ilish holatiga sabab bo‘ladi.
Yot jism traxeya bifurkatsiyasi sohasida tiqilib qolganda bemorda inspirator,
ba’zan - ekspirator hansirash, terining rangparligi va bezovtalik kuzatiladi.
Bronxlarda tiqilib qolganda yot jismda bemorda vaqti-vaqti bilan yo‘tal xurujlari
va nafas faoliyatining buzilish belgilari kuzatiladi. Xurujlar orasida bemor
tinchlanib, erkin nafas oladi. Ko‘pincha yot jism o‘ng bronxda (80% hollarda),
kamdan-kam hollarda - chap bronxda tiqilib qoladi.
Hiqildoq yoki traxeya yorig‘iga tibbiy zuluk kirib qolgan hollarda bemorda xurujli
yo‘tal, qon qusish, qon tupurish, ovozni bug‘ilishi, nafas olish va nafas chiqarish
harakatlarining qiyinligi va hatto bo‘g‘ilish holati yuz berishi mumkin.
Kasallikning kechimi bronx yorig‘ining yopilish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Yot
jism bronx yorig‘ini to‘liq yopib quygan hollarda bemorda o‘pkaning o‘ng yoki
chap bo‘lagi atelektazi belgilari rivojlanadi. Bemor yo‘talganda yot jism o‘pkaning
qaysi bo‘lagida tiqilib qolganiga qarab auskultatsiyada nafasni susayishi, quruq va
ho‘l xirillashlar, perkussiyada o‘pka tovushini qisqarishi yoki qutisimon bo‘lishi.
Bronx torayishi 3 klinik shakllarda namoyon bo‘ladi; to‘lik, ventil va qisman
torayishi.
1) bronxning to‘liq torayishida o‘pkaning bir bo‘lagi atelektazi rivojlanadi;
2) ventil bronx torayishida yot jism tiqilgan tomonda o‘pka emfizemasi
rivojlanadi.
3) bronxning qisman torayishida Golsknext-Yakobson belgisi kuzatiladi, ya’ni
bemor chuqur nafas olganda ko‘ks oralig‘i a’zolari yot jismi bo‘lgan bronx
tomonga siljiydi.
Tashxis kasallikning o‘ziga xos boshlanishi, bemor shikoyatlari, auskultatsiya,
perkussiya,
rentgenoskopiya,
rentgenografiya,
bronxoskopiya,
kompyuterli
tomografiya ma’lumotlari asosida qo‘yiladi. Kattalarda hikildoq yot jismi bilvosita
laringoskopiyada aniqlanadi (97-rasm).
Bronxoskopiyada bronxoskop birinchi navbatda yot jism tiqilib qolgan
maydonga kiritiladi va dastlab shu maydon ko‘zdan kechiriladi. Yot jismning
shakli, bronx devoriga nisbatan joylashuvi baholanadi va uni chiqarib olish rejasi
tuziladi. Rentgenologik tekshiruv yot jism kaysi joyda tiqilib qolganini aniqlashga
yordam beradi.
Rentgenkontrastli yot jism ko‘krak qafasi rentgenogrammasida ko‘rinadi.
Rentgenkontrastsiz
yot
jismda
rentgenologik
manzara bronx yorig‘ining yopilish darajasiga
qarab turlicha bo‘ladi:
- bronx yorig‘i to‘liq yopilganda bemorda
obturatsiyali atelektaz rivojlanadi, ya’ni o‘pka
soyasi xiralashib, diafragma gumbazi yuqoriga
ko‘tarilib,
qovurg‘alar
orasi
torayib,
ko‘ks
oralig‘ining soyasi yon tomonga siljiydi;
- bronx yorig‘i qisman yopilganda zararlangan
tomonda diafragma gumbazining harakati cheklanib, o‘pka soyasi xiralashib, nafas
97-rasm.Hiqildoq yot jismi
olganda ko‘ks oraligining soyasi zararlangan tomonga siljiydi (Golsknext-
Yakobson belgisi);
- bronx ventil shaklida yopilganda o‘pka soyasining tiniqligi kuchayib
(emfizema), qovurg‘alar oralig‘i kengayib, ko‘ks oralig‘i a’zolari sog‘lom tomonga
siljiydi, zararlangan tomonda diafragma gumbazi pastga tushib, uning harakati
chekalanadi.
Davolash. Nafas yo‘llari yot jismi shifoxona sharoitida endotraxeal
og‘riqsizlantirish ostida bajarilgan yukori yoki pastki traxeobronxoskopiyada
chiqarib olinadi.
Nafas yo‘llari yot jismini pastki traxeobronxoskopiya yordamida chiqarib olish
uchun traxeostomiya jarrohlik amali quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
1) yirikroq yot jism hiqildoq osti bo‘shlig‘ida yoki traxeyada tiqilib qolganda va
uni chiqarib olish paytida bo‘g‘ilish hollari rivojlanish xavfi tug‘ilganda;
2) yot jism traxeya-bronx tizimining chuqur bo‘limlarida tiqilib qolganda;
3) bemorning ahvoli og‘ir bo‘lib, vrachning qo‘l ostida bronxoskop
bo‘lmaganda.
Pastki traxeobronxoskopiya quyidagi vaziyatlarda bajariladi:
4) shishgan yoki o‘tkir uchli yirik yot jismni ovoz yorig‘i orqali chiqarish iloji
bo‘lmaganda;
5) yot jism tufayli bemorda bo‘g‘ilish holati rivojlanganda;
6) bronx yot jismini yuqori bronxoskopiyada chiqarib olishga urinishlar ijobiy
natija bermaganda.
Bronxoskopiya yordamida yot jismni chiqarib olishni iloji bo‘lmagan hollarda
bemor jarrohlik bo‘limiga o‘tkazilib, yot jism jarrohlik usuli yordamida olinadi.
Yot jism parchalanganda birinchi navbatda uning yirik bo‘lagi chikarib olinadi,
qolgan mayda bo‘lakchalari bronxlarni yuvish yoki elektr so‘rg‘ich yordamida
chiqariladi.
Traxeobronxoskopiyada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar:
- jarohatdan so‘nggi laringit;
- traxeya va bronxlar shilliq pardasini jarohatlanishi, teshilishi;
- yurak faoliyatining reflektor to‘xtashi (sayyor asab tolasi bosilganda );
- nafas yo‘llaridan qon oqishi;
- pnevmotoraks;
- teri osti emfizemasi;
- traxeobronxit va zotiljam.
Hiqildoq yorig‘ida tibbiy zuluk tiqilib qolganda umumiy og‘riqsizlantirish ostida
bevosita laringiskopiya tekshiruvi bajarilib, zuluk qisqich yordamida ushlanib,
hiqildoq yorig‘iga 10% natriy xlorid eritmasi ozgina sepilsa tishlagan joyini qo‘yib
yuboradi va zuluk osongina chiqarib olinadi.
HIQILDOQNING TERMIK VA KIMYoVIY KUYIShLARI ko‘proq yosh
bolalarda sodir bo‘ladi (bola bilmasdan qaynoq suvni, sut, kislota yoki ishqor
eritmasini ichib qo‘yishi mumkin). Kattalar orasida ruxiy holatlarga duchor
bo‘lgan shaxslar o‘z joniga qasd qilish maqsadida o‘tkir kislota yoki ishqor
eritmasini ichish hollari uchraydi. Bolalarda hiqildoq kuyishlari hiqildoq usti
qopqog‘i, cho‘michhiqildoq usti burmalari shilliq pardasining shishi, nafas
olishning qiyinlashishi, hiqildoq torayishining klinik belgilari bilan kechadi.
Belgilari: Dastlab bemorda kuchli og‘riq paydo bo‘lib, u yutinganda, qusganda
va yo‘talganda kuchayadi.
Kuyishning I darajasida hiqildoq shilliq pardasining
epiteliy qatlami kuyib, hiqildoqqa kirish joyining
shilliq pardasi keskin qizaradi; II darajasida -
bemorda zaharlanish belgilari kuchayib, jarohat
maydonining shilliq pardasi shishib, nekrotik qarash
bilan qoplanadi. Termik kuyishlarda nekrozga
uchragan shilliq pardaning rangi oqish, keyinchalik
kulrang tus oladi (98-rasm). Azotkislota bilan
kuyganda jarohat maydonining rangi sarg‘ish, xlorid va oltingugurt kislotalar bilan
kuyganda - jigarrang, sirka kislotasi va o‘tkir ishqorlar ta’sirida kuyganda - oqish
rangda bo‘ladi.
98-rasm. Hiqildoq
kuyishi
Kuyishning III darajasida bemorda kuchli zaharlanish belgilari, atsidoz,
eritrotsitlar gemolizi kabi jarayonlar rivojlanadi. Bunda nafaqat shilliq parda,
shillik osti to‘qimasi ham kuyadi va chuqur nekrozga uchraydi. Bemorda buyrak,
jigar, yurak, qontomir tizimlari yetishmovchiligi rivojlanadi.
Hiqildoqning termik kuyishidan so‘ng dastlabki soatlarda bemorda hiqildoq
torayishi belgilari riaojlanadi. Hiqildoq, qizilo‘ngach va me’daning kuyishi bir
vaqtda yuz bergan hollarda bemorning ahvoli yanada og‘irlashadi.
Tashxis bemor shikoyatlari, kasallikning boshlanishi haqidagi ma’lumotlar
asosida qo‘yiladi. Tekshiruv paytida kuyish qachon va qanday vaziyatda sodir
bo‘lganligi, kuydiruvchi modda va zaharlanish darajasi aniqlanib, zarur bo‘lsa
bevosita va bilvosita laringoskopiya, rentgenografiya va boshqa tekshiruvlar
o‘tkaziladi.
Davolash. Hikildok kuyishlarida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi
olinishi ko‘pincha poliklinika sharoitida ko‘rsatilgan shoshilinch tibbiy yordamga
bog‘liq. Birinchi navbatda termik yoki kimyoviy omil ta’siri to‘xtatilib, bemorga
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatiladi, kimyoviy kuyishda kimyoviy moddani
neytrallashtirish tadbirlari o‘tkaziladi. Hiqildoqning kimyoviy kuyishida bemorga
ko‘p miqdorda suyuqlik (sut, zardob), muz parchalari, o‘simlik yog‘i, tuxum oqsili
ichiriladi, tomog‘i antiseptik eritmalar bilan chayiladi.
Bir vaqtning o‘zida mushak orasiga, tomir ichiga yurak-qon tomir tizimiga ta’sir
etuvchi dorilar (kordiamin, kofein), og‘riqsizlantiruvchi dorilar (analgin, ketonal,
promedol, omnopon, morfin) yuboriladi. Vena ichiga yoki o‘mrov osti venasiga
o‘rnatilgan katetr orqali shokka va organizmning zaharlanishiga qarshi infuzion
terapiya o‘tkaziladi: poli-glyukin (800 ml), glyukoza-novokain aralashmasi ( 300
ml 5% glyukoza va 30 ml 2% novokain eritmalari), 0,9 % natriy xlorid
eritmasi,reopoliglyukin, qon zardobi va boshqa suyuqliklar bemor yoshiga, tana
vazniga va ahvolining og‘irligiga qarab tomchilab yuboriladi. (Bemorning arterial
bosimi va siydikning umumiy tahlili nazorat qilinadi (gematuriya)! Anuriyada
buyrak atrofi novokain blokadasi va boshqa kerakli muolajalar bajariladi. Zarur
bo‘lsa shok holati bartaraf etilgandan so‘ng bemor “sun’iy buyrak” bo‘limiga
o‘tkaziladi.
Hiqildoq shilliq pardasining kuyishi natijasida hikildoq torayishi va nafas
faoliyatining buzilish belgilari rivojlanganda bemorga laziks, eufilin 2,4 %,
noshpa, 1 kg tana vazniga 5-10 mg hisobida gidrokortizon, 1 kg tana vazniga 1-5
mg prednizolon kuniga 2 - 4 marta mushak orasiga yoki vena ichiga yuboriladi.
Xiqildok sohasi limfotrop terapiyasi bajariladi: hiqildoq sohasining terisi spirt
bilan tozalangandan so‘ng teri ostiga 0,25%-1,5 ml novokainda eritilgan 8-16 YeD
lidaza yoki 1,0 furasemid yuboriladi, 15 daqiqadan so‘ng 1 kg tana vazniga 1-2
mg dan prednizolon, yana 15 daqiqadan so‘ng - 150 000 TB antibiotik eritmasi
yuborildi. Keyin bemorning tomog‘iga 20% dimeksid eritmasiga shimdirilgan issiq
boylam qo‘yiladi, hikildoq sohasiga gioksizon malhami bilan fonoforez qilinadi.
Shu tartibda bajarilgan muolaja har 12 soatda takrorlanadi.
Burun chig‘anoklari old uchining shillik pardasi ostiga 0,5 -2 ml novakain
eritmasini yuborish, ya’ni endonazal novokain blokadasi yaxshi natija beradi.
Bemorning yoshiga, tanasining vazniga qarab noshpa, platifillin, atropin sulfat,
baralgin mushak orasiga yoki vena ichiga yuboriladi.
Mahalliy davolash tadbirlaridan yallig‘lanishga qarshi mahalliy usulda
bioparoks aerozoli 4-5 mahal sepish, og‘riqsizlantirish maqsadida 1 % novakain
eritmasini 1 osh qoshiqdan 8 mahal, 100 ml o‘simlik yog‘iga 3,0 anestezin qo‘shib,
1 osh qoshiqdan 4-6 mahal ichish tavsiya qilinadi.
Bemorning nafas olishiga alohida e’tibor beriladi; hikildoq torayishining
kompensatsiya yoki subkompensatsiya bosqichida konservativ davolash tadbirlari,
hikildoq shishi kuchayganda - intubatsiya yoki traxeostomiya jarrohlik amallari
bajariladi. Bo‘g‘ilish holatida traxeostomiya va intubatsiyani bajarishni iloji
bo‘lmagan xollarda konikotomiya yoki krikokonikotomiya jarrohlik amallari
bajariladi.
Bemorga namlangan kislorod, tuzsiz taomlar, choy beriladi.
Hiqildoq kuyishlarini oldini olish uchun aholi orasida zaharli moddalarni (sirka
kislotasi, kaustik soda) uyda saqlash koidalari (bunday moddalar bolalardan uzoq
joylarda, zararsiz eritma shaklida saqlanishi lozim) haqida suhbatlar o‘tkaziladi.
Tashxis bemor shikoyatlari, kasallikni boshlanishi, hiqildoq kuyishi qachon ruy
berganligi va unga nima sabab bo‘lganligi aniqlanib, halqum va hiqildoq soxalari
ko‘zdan kechiriladi. Laringoskopiyada hiqildoq usti qopqog‘i, cho‘michhiqildoq
usti burmalari, valekulalar, noksimon cho‘ntaklarning chandiqli o‘zgarishlari
aniqlanadi. Bundan tashqari, hiqildoq rentgenografiyasi va kompyuter
tomografiyasi tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Asoratlarni davolash. Bemorga simptomatik va umumiy davolash tadbirlari,
ko‘rsatma bo‘yicha (surunkali zotiljam, surunkali traxeobronxitning avji)
yallig‘lanishga qarshi, giposensibilizatsiya va fizioterapiya muolajalari o‘tkaziladi.
Zarur bo‘lsa traxeostomiya naychasi almashtiriladi, traxeolaringo- va
faringostoma tozalanadi.
Asoratlarni, traxeo-, laringo- va faringostoma faoliyatining buzilishini
(bo‘g‘ilish, bemor vaznining yo‘qotilishi) o‘z vaktida aniqlash davolashda muhim
axamiyatga ega. Laringo-, faringo- va traxeostomada rivojlangan hikildoqhalqum
va hiqildoq sohasining yallig‘lanishi bilan og‘rigan bemor dispanser nazorati ostiga
olinadi. Vaqti-vaqti bilan stoma tozalanib, traxeostomiya naychasi almashtiriladi.
Bemorga lidaza, elastaza dori vositalari, kun tartibiga rioya qilish tavsiya etiladi.
Yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini oldini olish choralari o‘tkaziladi.
LARINGOSPAZM
-
hiqildoq
asab-mushak
apparatining
reflektor
qo‘zg‘aluvchanligining oshishi va ovoz tirqishining to‘satdan torayishi bo‘lib,
odatda 3 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Laringospazm raxit,
spazmofiliya kasalliklarining belgisi va yosh bolalarda sun’iy ovqatlantirishning
salbiy oqibati sifatida namoyon bo‘ladi. Laringospazmni rivojlanishiga
gipokalsiemiya, vitamin D yetishmovchiligi sabab bo‘ladi; qonda kalsiy miqdori
1,4-1,7 mmol/l gacha kamayadi (me’yorda 2,4-2,8 mmol/l). Kalsiy miqdorining
kamayishi natijasida asab-mushak qo‘zg‘aluvchanligi oshib, ko‘ndalang-targ‘il
mushaklar talvasali qisqarishga moyil bo‘lib qoladi, organizmda alkaloz
rivojlanadi. Larinospazm holatida hiqildoqning barcha mushaklari qatnashadi.
Klinik belgilari. Kasallik odatda to‘satdan, kuchli yo‘tal yoki qo‘rquvdan so‘ng
paydo bo‘ladi. Bemorda dastlab shovqinli va davomli nafas harakatlari,
keyinchalik uzilib turuvchi yuzaki nafas harakatlariga aylanadi. Ba’zan ovoz
tirqishining yopilishi va xo‘roz qichqirig‘ini eslatuvchi nafas harakati kuzatiladi.
Laringospazm xuruji paytida bemorning boshi orqaga tashlangan, ko‘zlari keng
ochilgan, bo‘yin mushaklari taranglashgan, teri qoplamlari ko‘karganligi
ko‘zatiladi. Ba’zan qo‘l-oyoqlar va yuz mushaklarining talvasali qisqarishi yuz
beradi. Ovoz tirqishining butunlay yopilishi nafas harakatlarining to‘xtashiga, es-
hushni yo‘qotilishiga, ba’zan yurak faoliyatini to‘xtab qolishi va o‘lim holati yuz
berishi mumkin. Laringospazm xuruji odatda 10-30 soniya davom etib, keyin
davomli va shovqinli nafas olish harakati qiyin nafas chiqarish harakati bilan
almashadi. Keyin nafas harakatlari tiklanadi. Xurujlar orasidagi davrda bemorda
mushaklar qo‘zg‘aluvchanligini oshishi belgilari aniqlanadi:
- Xvostek belgisi - bolaning lunji sohasiga ohista urganda yuz mushaklari
qisqaradi;
- Trusso belgisi-qo‘lning qon tomir va asab tolalar to‘plami sohasi qisilganda
panja mushaklari qisqarib, bolaning kafti “akusher qo‘li “ni eslatuvchi holatni
egallaydi.
Bunday bemorlarda adenotomiya, halqum orti ho‘ppozini ochish jarrohlik
amallari og‘ir asoratlar bilan kechishi mumkinligini esda tutish lozim!
Kattalarda laringospazm hiqildoqda balg‘am to‘planganda yoki hiqildoq
yorig‘ida yot jism tiqilib qolganda, bemor kuydiruvchi moddalar va turli dorilar
bilan ishlaganda, zararli gaz va chang bilan ifloslangan havodan nafas olganda
kuzatiladi. Markaziy laringospazm qo‘rquv, asab buzilishlari, epilepsiya, qoqshol
va orqa miya kasalliklarida kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda laringospazm
huruji kuchli yo‘tal, yuzni qizarishi, burunlab uchburchagini ko‘karishi, ovozni
o‘zgarishi bilan kechadi va qisqa vaqt davom etadi.
Tashxis kasallikni boshlanishi, bemor shikoyatlari, laringoskopiya manzarasi,
ovoz boylamlari spazmining klinik belgilari asosida qo‘yiladi. Xurujlar orasida
hiqildoqda hech qanday patologik o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Xuruj paytida
bajarilgan
bevosita
laringoskopiyada
hiqildoq
usti
qopqog‘i
buralib,
cho‘michhiqildoq usti burmalari o‘rta chiziqda bir-biriga tegib turganligi va
cho‘michsimon tog‘aylar bir-biriga yaqinlashganligi ko‘rinadi.
Shoshilinch tibbiy yordam. Laringospazm xurujini to‘xtatish uchun teriga
(yuzga sovuq suv sepish, igna sanchish, chimchilash) va shilliq pardaga (burun
ichini zondga o‘ralgan paxta bilan qitiqlash, navshodil spirtni hidlatish, til ildizini
shpatel bilan bosib, halqum refleksini qo‘zg‘atish) kuchli ta’sir ko‘rsatiladi. Bolaga
tinchlantiruvchi spazmolitik dori vositalari buyuriladi, mushak orasiga kerakli
miqdorda noshpa, baralgin, seduksen, relanium yuboriladi. Davomli laringospazm
holatida vena ichiga 0,5% novokain yoki oksibutirat natriy eritmalari yuboriladi.
Dorilar samara bermagan og‘ir xollarda intubatsiya, traxeotomiya yoki
konikotomiya jarrohlik amali bajariladi.
Hurujlar orasida bemorga tinchlantiruvchi bromidlar, kalsiy dori vositalari, D2
vitamini, parxez taomlar (sut mahsulotlari, sabzavotlar) buyurilib, toza havoda
ko‘proq sayr qilish tavsiya qilinadi. Bola ulg‘aygan sari (odatda 5 yoshda)
laringospazm xurujlari o‘z-o‘zidan to‘xtaydi.
HIQILDOQ ShIShI (oedema laryngea) - hiqildoq shilliq pardasining tez
rivojlanib,shillik osti kavatining transsudat bilan tuyinishi natijasida nafas olish
yorig‘ini torayishi bilan kechuvchi vazomotor-allergik jarayon.
Etiologiyasi. Hiqildoqning o‘tkir shishi ko‘pincha turli patologik jarayonlarning
belgici sifatida namoyon bo‘ladi.U quyidagi kasalliklarda rivojlanishi mumkin:
1)
hiqildoq va unga yaqin a’zolarning yallig‘lanish jarayonlarida (hikildoq
anginasi, burma osti laringiti, flegmonali laringit, o‘tkir laringotraxeit,
xondroperixondrit, hiqildoq usti ho‘ppozi, xalqum va uning yon va orqa
bo‘shliqlari, bo‘yin umurtqalari sohasi, til ildizi va og‘iz bo‘shlig‘i tubining
yiringli jarayonlari, bo‘yin flegmonasi);
2) o‘tkir yuqumli kasalliklarda (difteriya,qizamiq, skarlatina,gripp va boshq.);
3) hiqildoq,ko‘ks oralig‘i, qizilo‘ngach va qalqonsimon bez o‘smalarida (havfsiz
va havfli); hiqildoq shishi onkologik kasallik bilan og‘rigan va nur bilan
davolangan bemorlarda kuzatilishi mumkin.
4) hiqildoq jarohatlarida (sanchilgan, kesilgan, termik,
kimyoviy jarohatlar, yot jism);
5)
allergik
kasalliklarda;
bunda
hiqildoqning
yallig‘lanishsiz shishi ayrim oziq-ovqat, dori va kosmetik
mahsulotlarga nisbatan allergik reaksiyaning belgisi
sifatida yuzaga keladi (99-rasm);
6)
yurak-qon
tomir
kasalliklarida,
qon
aylanish
yetishmovchilgining
II,
III
bosqichlarida,
buyrak
kasalliklari, jigar sirrozi va kaxeksiyada );
1) ba’zan yatrogen hiqildoq shishi, ya’ni hikildoq va bo‘yin sohasida bajarilgan
jarrohlik amali, davomli yuqori traxeobronxoskopiya, davomli intubatsiyadan
so‘ng rivojlanishi mumkin;
Hiqildoq shishi yumshoq to‘qimaga boy shilliq osti qavatida, ya’ni hiqildoq usti
qopqog‘ining til yuzasida, cho‘michhiqildoq usti burmalarida, hiqildoqga kirish
joyining orqa devorida, hiqildoqning pastki qavatida rivojlanib, nafas faoliyatining
keskin buzilishiga olib keladi.
Tashxis kasallikni boshlanishi, bemor shikoyatlari, nafas olish faoliyatining turli
darajada buzilishi, bilvosita va bevosita laringoskopiya, bronxoskopiya, hiqildoq
va ko‘krak qafasi rentgenografiyasi tekshiruvlarining natijalari asosida qo‘yiladi.
Davolash tadbirlari hiqildoq shishining rivojlanishiga sabab bo‘lgan asosiy
kasallikni davolashga karatiladi va shifoxona sharoitida olib boriladi. Nafas
yo‘llari torayishining kompensatsiya va subkompensatsiya bosqichlari kasallikni
kelib chiqish sababiga qarab dorilar bilan davolanadi. Bemorga quyidagi dori va
davolash tadbirlari buyuriladi:
1) antibiotiklar ( yarim sintetik penitsillinlar, makrolidlar va boshk.);
2) giposensebilizatsiyalovchi dori vositalar;
3) kortikosteroidlar;
99-rasm.
Hiqildoqning
allergik shishi
4) tinchlantiruvchi dorilar;
5) siydik haydovchi dorilar;
6) hiqildoq sohasiga turli boylamlar qo‘yish;
7) fizioterapiya muolajalari (ingalyatsiya , elektroforez va boshq) ;
8) chalg‘ituvchi terapiya va degidratatsiya tadbirlari;
Vena ichiga 40% - 20 ml glyukoza, 1% kalsiy xlorid eritmasi bir daqiqada 40 - 50
tomchidan tomchilab (bolalarga 7-10 ml/kg,kattalarga 400 ml gacha, 5%-5 ml
natriy askorbinat, 40% - 5 ml urotropin eritmalari, 30-90 mg prednizolon, 2,4% -
5-10 ml eufillin yoki tio-sulfat natriy eritmalari yuboriladi. Mushak orasiga
dimedrol (1%-2 ml), pipolfen (2,5% -2 ml), teri ostiga 0,1% -1 ml atropin sulfat
eritmalari yuboriladi.
Pastki va o‘rta burun chig‘anoqlari old qismining shilliq pardasi ostiga 1-1,5
ml 0,5% -1% novokain eritmasini yuborish ham samarali davolash usuli
hisoblanadi. Bemorga chalg‘ituvchi terapiya (oyoqlarga issiq vanna, ko‘krak qafasi
va oyoqlarga xantal kuyish), tana haroratini me’yorlashtiruvchi va yurak
faoliyatini yaxshilovchi dori vositalari buyuriladi.
Yallig‘lanish jarayoni tufayli rivojlangan hikildoq shishida bemorga antibiotiklar
tavsiya qilinsa, allergik shishda birinchi navbatda allergenning ta’siri bartaraf
etilishi lozim. Kuyishdan so‘ng rivojlangan hikildoq shishida shokka qarshi
terapiya o‘tkazilib, ayrim hollarda yiringli jarayonni bartaraf etish maqsadida
jarrohlik amali bajarilishi mumkin.
Keskin
rivojlangan
hiqildoq
shishida
bemor
ahvoli
yaxshilanmasa
kortikosteroidlarning miqdori ko‘paytirilib, vena ichiga 200 ml izotonik eritmada
eritilgan 90 mg prednizolon, 2 ml pipolfen, 10 ml 10% kalsiy xlorid, 2 ml laziks
eritmalari yuboriladi.
Dorilar foyda qilmaganda va torayishning dekompensatsiya bosqichi
rivojlanganda termoplastik naycha yordamida intubatsiya va shoshilinch
traxeostomiya jarrohlik amali, bo‘g‘ilish holatida esa shoshilinch konikotomiya,
tashqi nafas tiklangandan so‘ng – traxeostomiya jarrohlik amallari bajariladi.
HIQILDOQ ANGINASI (angina laryngea) yoki shilliq osti laringiti
(laryngitis submucosa) – bu hiqildoq qorinchalari, cho‘michsimon burmalarning
shilliq pardasi orasida, noksimon cho‘ntak tubida va xiqildoq usti qopqog‘ining til
yuzasida joylashgan limfoid to‘qimalarning yallig‘lanishi bilan kechgan o‘tkir
yuqumli yiringli kasallik.
Etiologiyasi. Kasallikni turli bakteriyalar: stafilakokk, streptokokk, pnevmokokk,
ko‘k yiringli tayoqcha va zamburug‘lar qo‘zg‘atadi. Hiqildoq jarohatlari
kasallikning etiologiyasida muhim ahamiyatga ega.
Kasallikning patogenizida organizm immun holatini sustligi, mikrofloraning
virulentligi, shamollash, sovqotish va boshqa omillar muhim ahamiyatga ega.
Klinik belgilari. Hiqildoq anginasida bemorning umumiy ahvoli og‘ir bo‘lib,
tana harorati 38-39 0 S ga ko‘tariladi, yutinganda tomog‘i og‘riydi, hiqildoq orqali
nafas olishi qiyinlashib, hiqildoq sohasi paypaslanganda og‘riydi, ba’zan hiqildoq
torayishining belgilari kuzatiladi. Bo‘yin mahalliy limfa tugunlari kattalashib,
og‘riydi. Laringoskopiyada hiqildoq usti qopqog‘i, noksimon cho‘ntaklar,
cho‘michhiqildoq usti va ovoz burmalarining shilliq pardalari qizarib, shishganligi
va yiringli karash bilan qoplanganligi aniqlanadi.
Tashxis
bemor
shikoyatlari,
kasallikni
boshlanishi,
tashqi
tekshiruv,
laringoskopiya, mikrolaringoskopiya va boshqa qo‘shimcha tekshiruv natijalari
asosida qo‘yiladi.
Davolash. Hiqildoq anginasi bilan og‘rigan bemor shifoxona sharoitida
davolanadi. Unga yallig‘lanishga qarshi, organizm zaharlanishini kamaytirish,
giposensibilizatsiya va simptomatik terapiya tadbirlari o‘tkaziladi.
Antibiotiklardan asosan penitsillin guruhi antibiotiklari (fenoksimetilpenitsillin,
amoksitsillin/klavilanat) yoki II –III avlodga mansub sefalosporinlar (sefuroksim,
sefatoksim, seftriokson) va makrolidlar (eritromitsin, roksitromitsin, azitromitsin)
tavsiya etiladi. Mahalliy usulda fuzafunjin (bioparoks) aerozolini qo‘llash ijobiy
natija beradi. U topik antibiotik bo‘lib, bakteriyalarga va yallig‘lanishga qarshi
ta’sirga ega. Bioparokc aerozolini 7 kun damomida har 4 soatda og‘iz orqali
purkash tavsiya etiladi.
Hiqildoq shishini kamaytirish maqsadida vena ichiga 40% -20-30 ml glyukoza,
10% - 10 ml kalsiy xlorid, 60 - 90 mg prednizolon, siydik haydovchi dori vositalar
( 1 ml laziks), mushak orasiga gistaminga qarshi dori vositalari (2% -1 ml
suprastin, 2% -1 ml tavegil, 2,5% - 1 ml pipolfen) yuboriladi. Bemorga
chalg‘ituvchi muolajalar buyuriladi (oyoqlarga issiq vanna qilish, ko‘krak qafasiga
va oyoq qorinchalariga hantal qo‘yish), bo‘yin sohasiga 20% dimeksid yoki 50%
spirt eritmasiga shimdirilgan issiq boylam qo‘yiladi. Hiqildoq sohasi 0,5% -10-20
ml novokain eritmasi bilan blokada qilinadi.
Bemorlarga 1% li kalsiy xlorid eritmasini kattalarga 400 ml ( bolalarga 7-10 ml /
kg hisobida) vena ichiga tomchilab (kattalarga bir daqiqada 50-60 tomchi,
bolalarga 40-50 tomchi) yuborish usuli yaxshi samara beradi. Chunki kiritilayotgan
suyuqlik organizmni yuvib, dezintoksikatsiya vazifasini bajaradi, sekin-asta qon
bilan tarqalayotgan kalsiy xlorid eritmasi qon tomirlar o‘tkazuvchanligini
me’yorlashtirib, antiallergik va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Va nihoyat,
kalsiy xlorid eritmasi immunostimulyator vazifasini bajaradi. Ushbu eritma
o‘zining kompleks ta’siri bilan hiqildoq anginasini tezda bartaraf etishga, o‘tkir
yallig‘lanish jarayonini susaytirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, antibiotiklarni hiqildoq sohasiga limfotrop usulda yuborish ham
faqat foyda keltiradi. Limfotrop terapiya quyidagicha o‘tkaziladi: bo‘yinning old
va yon tomonlariga yoki jag‘ osti sohasiga teri ostiga dastlab 1,0 ml laziks va 2 ml
novokain, keyin novokainda eritilgan antibiotik (150 - 250 000 TB) yuboriladi,
undan so‘ng hiqildoq sohasiga 20% dimeksid eritmasiga shimdirilgan issiq boylam
qo‘yiladi. Muolaja har 12 soatda takrorlanadi.
Olib borilgan tadbirlar camara bermay, hikildoq torayishining dekompensatsiya
bosqichi rivojlanganda shoshilinch traxeostomiya jarroxlik amali bajariladi.
Kasallik yengil kechgan hollarda esa bemor davolashning 6-8- kuni sog‘ayib
ketadi. Ba’zan yallig‘lanish jarayoni shilliq osti qavatiga, bo‘yin mushaklari
orasiga, ko‘ks oralig‘iga tarqalishi mumkin. Bunday asoratlarni oldini olish uchun
kasallikni o‘z vaqtida aniqlash va davolash tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish
lozim.
O‘TKIR EPIGLOTIT - hiqildoq usti qopqog‘i, cho‘michhiqildoq usti va
dahliz burmalari shilliq pardasining o‘tkir yallig‘larishi bo‘lib ko‘pincha 3-7
yashar bolalarda uchraydi. Kasallik belgilari juda tez rivojlanib, qisqa vaqt ichida
(12-15 soatda) bo‘g‘ilish holatiga olib kelishi mumkin. Kuz va qish mavsumlarida
o‘tkir epiglotit bilan og‘rigan bemorlar soni ko‘payadi.
Etiologiyasi va patogenezi. Kasallikni rivojlanishiga ko‘pincha grammmanfiy
bakteriyalar, Haemophilus influenzae, Streptococcus viridans, Staphilococcus
pyogenes va Diplococcus pheumoniae qo‘zg‘atadi. Sovuq va quruq havo
yallig‘lanish jarayonini rivojlanishiga yordam beradi.
Klinik belgilari. Kasallik to‘satdan boshlanadi. Bemorning tana harorati 39-400 S
ko‘tarilib, tomog‘i og‘riydi, yutinganda og‘riq kuchayadi, uyquchanlik, ko‘ngil
aynishi, ba’zan qusish, keyinchalik nafas yetishmovchiligi belgilari paydo bo‘ladi.
Ushbu belgilar ko‘pi bilan 12-15 coat davom etadi, ayrim hollarda kasallikning
dastlabki soatlarida bo‘g‘ilish holati yuzaga kelishi mumkin.
O‘tkir epiglotit bilan og‘rigan bola og‘zini ochgan va pastki jag‘ini oldinga
cho‘zgan holda boshini oldinga egib yarim o‘troq holatini egallaydi, ovqatdan va
suv ichishdan bosh tortadi, og‘zidan so‘lagi oqib, ovozi
pasayadi,
ammo
bo‘g‘iqlik
qolmaydi.
Bemorda
inspirator hansirash paydo bo‘lib, yotganda hansirash
kuchayadi, ammo shovqinli nafas kuzatilmaydi.
Hiqildoq
sohasi
paypaslanganda
og‘riydi.
Laringoskopiyada
hadqumning
orqa
devori
va
hiqildoqqa kirish maydoni qizarganligi, hiqildoq usti
qopqog‘i gilos rangiday qizarib, keskin shishganligi
aniqlanadi
(100-rasm).
Shish
va
qizarish
cho‘michhiqildoq usti va dahliz burmalariga ham
tarqaladi. Hiqildoq usti qopqog‘ining hajmi bir necha
bor kattalashganligi tufayli hiqildoqning pastki qismlarini ko‘zdan kechirish
imkoni bo‘lmaydi.
100-rasm.
Xordal laringit,
hiqildoq qopqog‘i
ho‘ppozi.
Tashxis anamnez ma’lumotlari, klinik belgilar, laringoskopik manzara va yon
tomonlama bo‘yin rentganografiyasi tekshiruvi yordamida aniqlanadi.
Qiyosiy tashxisot. Kasallikni yuqori nafas yo‘llari yot jismi, hiqildoq jarohati,
chin krup, hiqildoqning allergik shishi va o‘tkir torayuvchi laringotraxeitdan
farqlash lozim.
Davolashda kasallikni o‘z vaqtida aniqlab, bemorni zudlik bilan shifoxonaga
yotqizish muhim ahamiyatga ega. Kasallikning boshlang‘ich
bosqichida, ya’ni yengil nafas yetishmovchiligida vena ichiga 20% glyukoza bilan
kortikosteroidlar eritmasi (prednizolon, deksametazon) yuboriladi. Muolaja har 6-
8 soatda takrorlanadi (jami 2-3 kun). Bemorga antibiotiklar buyuriladi. 1% li
kalsiy xlorid eritmasini vena ichiga tomchilab yuborish usuli o‘tkir epiglotitni
davolashda ham yaxshi natija beradi. Nafas yetishmovchiligini bartaraf etilmagan
hollarda intubatsiya yoki traxeostomiya jarrohlik amallari bajariladi.
O‘TKIR KATARAL LARINGIT (laryngitis satarrhalis) – hiqildoq shilliq
pardasi va ichki mushaklarining kataral yallig‘lanishi.
Etiologiyasi. O‘tkir laringitning rivojlanishiga betta-gemolitik streptokokk,
pnevmokokk va virusli infeksiyalar (A va V grippi va paragripp viruslari,
koronaviruslar, rinoviruslar), zamburug‘lar va ko‘pincha aralash flora sabab
bo‘ladi.
Kasallikning rivojlanishiga ekzogen va endogen omillarning ta’siri ostida
faollashgan saprofit flora, stafilakokk, streptakokk, pnevmakokk, viruslar sabab
bo‘ladi. Ekzogen omillarga hiqildoq jarohatlari, shamollash, shilliq pardaga
alkogol, nikotin va ishlab chiqarish korxonalaridagi zararli moddalarning (chang
zarrachalari, bug‘, gaz va boshq.) salbiy ta’siri, sovuq ob-havoda baland ovozda
ko‘p gapirish, juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilish kabi omillar
kiradi. Endogen omillarga umumiy va mahalliy immunitetning susayishi,
oshqozon-ichak va nafas yo‘llari kasalliklari, allergik reaksiyalar, modda
almanishuvi buzilishlari, qandli diabet, shilliq pardaning atrofiyasi kiradi. O‘tkir
kataral laringit ko‘pincha balog‘at yoshidagi o‘spirinlarda ovoz mutatsiyasi
davrida kuzatiladi.
Klinik belgilari. Kasallik to‘satdan o‘tkir klinik belgilar bilan boshlanadi va
ko‘pincha sovuq ovqatni istemol qilish, o‘tkir respirator virusli kasallik,
shamollash va ovozni zo‘riqishidan keyin paydo bo‘lgan disfoniya belgilari bilan
kechadi. Bemorning tana harorati me’yorda, ba’zan subfebril bo‘ladi. Hiqildoq
sohasida achishish, qurish belgilari bo‘lib, yutinganda og‘riydi.
Ba’zan bemorni quruq, keyinchalik shilimshiq yoki yiringli-shilimshiq
balg‘amli yo‘tal bezovta qiladi. Unda turli darajadagi disfoniya belgisi kuzatiladi.
Laringoskopiyada hiqildoqning shilliq pardasi va ovoz
burmalari
qizarganligi,
ovoz
burmalari
shishib,
qalinlashganligi ko‘rinadi. Ba’zan ovoz burmalarining
faqat chetki qismida chegaralangan qizarish borligi,
ovoz yorig‘ida yopishqoq yiringli-shilimshiq ajralma
to‘planganligi ko‘rinadi. Fonatsiya paytida ovoz va
ko‘ndalang cho‘michsimon mushaklarning yallig‘lanishi
tufayli ovoz burmalari to‘liq jipslashmaydi (101-rasm).
O‘tkir laringitda hiqildoq shishi juda kam hollarda
rivojlanadi va odatda hiqildoqning nafas olish faoliyati
buzilmaydi.
Tashxis kasallikni boshlanishi, sabablari, bemor shikoyatlari, laringoskopiya va
boshqa qo‘shimcha tekshiruv natijalari asosida qo‘yiladi.
Yosh bolalarda o‘tkir laringitni difteriya kasalligining tarqoq shaklidan farqlash
lozim.
Difteriyada hiqildoqning shilliq pardasi to‘qimalarga zich yopishgan va
qiyinchilik bilan ko‘chadigan, olinganda osti qonaydigan kulrang karash bilan
qoplanadi. Karash predmet shishasi orasida ezilganda o‘z shaklini o‘zgartirmaydi.
Davolash. O‘tkir laringit bilan og‘rigan bemorlar uy sharoitda, nutq va vokal
kasb egalari - shifoxona sharoitida davolanadi. Bemorga ovoz gigienasiga rioya
qilish tavsiya etiladi. Ularga o‘tkir va issiq ovqatlar, chekish va spirtli ichimliklar
ichish man etiladi.
101-rasm.O‘tkir
kataral laringit
Quruq yo‘talda bemorga yo‘tal markazining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiruvchi
dori vositalar buyuriladi. Yopishqoq shilimshiq balg‘amni suyultirish va shillik
pardaning quruqligini kamaytirish uchun bemorga iliq cuv yoki sut bilan birga
ishqorli madanli suv, termopsis, mukaltin kabi balg‘am ajratuvchi dorilar
ichiriladi. Lig.conicum sohasiga teri ostiga antibiotik va gidrokortizon
aralashmasini yuborish yaxshi natija beradi.
Bemorga UVCh va mikroto‘lkinli terapiya tavsiya qilinib, tomog‘iga issiq
yoki 20% dimeksid eritmasi bilan boylam qo‘yiladi. Turli dorilar, yog‘lar,
ishqorlar, antibiotiklar ingalyatsiya shaklida qo‘llanadi. Aerozollardan kameton,
ingakamf, ingalipt, kamfomen, bioparoks buyuriladi. Hiqildoq ichiga 1% mentol,
antibiotik, gidrokortizon va qon tomirlarni toraytiruvchi dorilar purkalib,
chalg‘ituvchi terapiya (oyoqlarga issiq vanna qilish, hiqildoq va ko‘krak qafasi
sohalariga xantal qo‘yish) tavsiya etiladi.
Mahalliy davolash tadbirlari bilan birga bemorga yallig‘lanishga qarshi
umumiy davolash tadbirlari (antibiotiklar,antigistamin va kalsiy dori vositalari, S
vitamini ) buyuriladi.
Davolash tadbirlari to‘g‘ri olib borilganda va ovoz gigienasi qoidalariga rioya
qilinganda bemor davolashning 5-10 - kuni sog‘ayib ketadi.
INFILTRATIV LARINGIT (laryngitis infiltrativa) - shilliq pardadan chuqur
to‘qimalariga tarqalgan hiqildoqning o‘tkir yallig‘lanishi. Laringitning bu
shaklida patologik jarayon hiqildoq mushaklariga, boylamlariga va tog‘ay usti
pardasiga tarqaladi.
Etiologiyasi. Kasallikning rivojlanishiga turli jarohatlar yoki yuqumli
kasallikdan so‘ng hiqildoq to‘qimasiga tarqalgan mikroblar sabab bo‘ladi.
Organizmning mahalliy va umumiy himoya kuchining susayishi kasallikning
rivojlanishiga yordam beradi.
Klinik manzarasi. Infiltrativ laringit chegaralangan yoki tarqoq klinik
shakllarda kechadi. Kasallikning tarqoq shaklida yallig‘lanish jarayoni hiqildoq
shilliq pardasining barcha maydonlarini, chegaralangan shaklida - uning ayrim
maydonlarini (cho‘michsimon tog‘aylar aro bo‘shliq, hiqildoq dahlizi, hiqildoq usti
qopqog‘i, ovoz osti bo‘shlig‘i) qamrab oladi.
Bemorning tomog‘i og‘rib, yutinganda og‘riq kuchayadi, ovozi o‘zgarib, nafas
olishi qiyinlashadi, tana harorati ko‘tariladi, ba’zan quyuq shilimshiq-yiringli
balg‘amli yo‘tal kuzatiladi. Yuqorida qayd etilgan belgilar bilan birga hiqildoqning
nafas faoliyati ham buziladi. Mahalliy limfa tugunlar kattalashib, paypaslanganda
og‘riydi.
Og‘ir hollarda infiltrativ laringit flegmonali laringitga aylanishi mumkin.
Kasallik o‘z vaqtida davolanmagan hollarda hiqildoq ho‘ppozi rivojlanadi.
Hiqildoq ho‘ppozi ko‘pincha hiqildoq usti qopqog‘ining til yuzasida yoki
cho‘michsimon tog‘aylar yuzasida joylashadi. Bunday hollarda laringoskopiyada
hiqildoq usti qopqog‘i qizargan va shishganligi, unda yaralar paydo bo‘lganligi,
yuzasi oq yiringli karash bilan qoplanganligi ko‘zga tashlanadi. Jarayon
cho‘michsimon tog‘aylar sohasida joylashganda ham shunga o‘xshash
o‘zgarishlar kuzatiladi.
Tashxis
kasallikni
boshlanishi,
bemor
shikoyatlari,
tashqi
tekshiruv,
laringoskopiya va klinik tekshiruvlar natijalari asosida qo‘yiladi.
Davolash. Shifoxona sharoitida bemorga antibiotik va gidrokortizon aralashmasi
bilan ingalyatsiya qilinadi, hiqildoq sohasiga bioparoks aerozoli purkaladi, mushak
orasiga ampitsilin, kefzol, vena ichiga 10 ml miqdorda 10 % kalsiy xlorid
eritmalari yuboriladi. 1% li kalsiy xlorid eritmasini kattalarga 400 ml ( bolalarga 7-
10 ml / kg hisobida) vena ichiga tomchilab (bir daqiqada 50-60 tomchi) yuborish
yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, bemorga mukolitiklar, karbotsistein,
sinupret va kortikosteroidlar tavsiya qilinadi.
Hiqildoq ho‘ppozida shoshilinch ravishda jarroxlik amali bajariladi, ya’ni
mahalliy yoki umumiy og‘riqsizlantirish ostida yiringli o‘choq (yoki infiltrat)
hiqildoq tig‘i yordamida ochiladi. Bemorga bir vaqtning o‘zida bir necha antibiotik
buyurilib, zaharsizlantirish maqsadida vena ichiga tomchilab suyuqliklar
yuboriladi va simptomatik terapiya (tana haroratini tushirish, yurak faoliyatini
yaxshilash) tadbirlari o‘tkaziladi, darmon dorilar tavsiya qilinadi. Mahalliy usulda
30% li dimeksid eritmasi bilan hiqildiq sohasiga issiq boylam qo‘yiladi, oyoqlariga
issiq vanna qilinadi. Burun chig‘anog‘i ostiga 1,5 ml, hiqildoq sohasiga teri ostiga
10 ml 0,5% novokain eritmasini yuborish ham ijobiy natija beradi. Odatda kasallik
qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi.
Davolash jarayonida hiqildoq yorig‘ini nazorat qilish va bo‘g‘ilish holatini oldini
olish muhim ahamiyatga ega.
BURMA OSTI LARINGITI ( COXTA KRUP ) (subxordal laringit - laringitis
subchordalis, soxta krup - false croup) - ovoz burmasi osti bo‘shlig‘ining
yallig‘lanish jarayoni.
Kasallik 5 yoshgacha bolalarda uchrab, ovoz burmasi osti bo‘shlig‘ining o‘ziga
xos anatomik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi; yosh bolalarda ovoz burmalari shilliq
pardasi ostidagi yumshoq to‘qima yaxshi rivojlangan bo‘lib, turli ta’sirlarga
javoban tez shishadi. Hiqildoq yorig‘ining torligi, asab va qon tomir reflekslarining
qo‘zg‘aluvchanligi hiqildoq torayishini rivojlanishiga yordam beradi.
Etiologiyasi. Kasallikni rivojlanishiga viruslar, stafilakokk, streptokokk,
pnevmokokk va aralash mikroflora sabab bo‘ladi.
Patogenezi. Kasallik o‘tkir respirator kaslliklarda yoki mustaqil ravishda
rivojlanishi mumkin. Mikrofloraning virulentligi, bola organizmida umumiy va
mahalliy immunitetning susayishi va allergik holatlar kasallikni rivojlanishiga
yordam beradi.
Bemor yotganda hiqildoq sohasida qon miqdori ko‘payishi natijasida kasallik
belgilari kuchayadi, shuning uchun bunday bemorlarning ahvoli ko‘pincha kechasi
og‘irlashadi.
Klinik belgilari. Kasallik yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi, burunni bitishi,
burundan ajralma oqishi, subfebril harorat va yo‘tal bilan boshlanadi. Kunduzi
umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lgan bolada kechasi to‘satdan bug‘ilish holati, quv-
quv yo‘talib, teri qoplamlarining ko‘karishi yuz beradi. Asosan inspirator
xarakterga ega bo‘lgan hansirash bo‘yinturuq, o‘mrov osti, o‘mrov usti bo‘shliqlari
va epigastriy chuqurchalari yumshoq to‘qimalarining ichkariga botishi bilan
kechadi. Bunday holat bir necha daqiqadan yarim soatgacha davom etishi va har 2-
3 kunda takroralanib turishi mumkin. Hansirash xurujidan so‘ng bola terlaydi,
nafas olish faoliyati tiklanadi va u yana uxlab qoladi.
Laringoskopiyada ovoz boylamlari ostida simmetrik joylashgan bolishsimon
shish borligi, ovoz burmasi osti bo‘shlig‘ining shilliq pardasi qizarib, shishganligi
ko‘rinadi. Bolishsimon shish ovoz burmalari ostidan bo‘rtib chiqadi va hiqildoq
yorig‘ini toraytirib, nafas olishni qiyinlashtiradi.
Tashxis bemor shikoyatlari, kasallikning o‘ziga xos boshlang‘ich belgilari,
laringoskopiya manzarasi va klinik tekshiruvlar natijalari asosida ko‘yiladi.
Qiyosiy tashxisoti. “Soxta krup” ni difteriyadagi chin krup belgilaridan farqlash
lozim. Burma osti laringitining kechimi xurujli xarakterga ega; kunduzi bemorning
ahvoli qoniqarli, kechasi esa nafasning qiyinlashishi va tana haroratining
ko‘tarilishi kuzatiladi. Difteriyada bemor ovozining bo‘g‘ilishi kuzatilsa, burma
osti laringitida - ovoz o‘zgarmaydi. Difteriyada soxta krupga xos yo‘tal
kuzatilmaydi. Burma osti laringitida mahalliy limfa tugunlar kattalashmaydi,
difteriyada esa halqum va hiqildok sohasida o‘ziga xos karash paydo bo‘ladi. Aniq
tashxis qo‘yish uchun halqum, hiqildoq va burun shilliq pardasidan surtma olinadi
va bakteriologik tekshiruv o‘tkaziladi.
Davolash tadbirlari yallig‘lanish jarayonini bartaraf etish va bemorning nafasini
tiklashga qaratiladi. Hiqildoq shishini davolashda qo‘llanilgan barcha chora va
tadbirlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari burun yondosh bo‘shliqlaridagi o‘tkir va
surunkali yallig‘lanish o‘choqlari Proes usulida antibiotiklar yuborilib bartaraf
etiladi. Qayd etilgan davolash tadbirlari samara bermay, bemorda bo‘g‘ilish holati
rivojlanishi havfi tug‘ilganda 2-4 kun davomida nazotraxeal intubatsiya, zarur
bo‘lsa – shoshilinch traxeostomiya jarrohlik amali bajarilishi lozim.
FLEGMONOZ LARINGIT – hiqildoq shilliq osti qavatining, ba’zan mushak
va boylamlari va tog‘ay usti pardasining yiringli yallig‘lanishi. Kasallik nisbatan
kam uchraydi va hiqildoq anginasida, hiqildoq shilliq pardasining jarohatida (yot
jism, kimyoviy va termik kuyishda) rivojlanadi. Bundan tashqari, flegmonoz
laringit ikkilamchi kasallik sifatida paratonzillit, til negizi ho‘ppozi, hiqildoq
saramasi, hiqildoq difteriyasi, qon kasalliklari va sepsisda kuzatilishi mumkin.
Etiologiyasi. Kasallikni rivojlanishiga streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk,
ba’zan og‘iz bo‘shlig‘i spiroxetasi sabab bo‘ladi. Hiqildoq to‘qimalariga infeksiya
jarohatlangan maydondan yoki yukumli kasallikdan so‘ng (qizamiq, skarlatina)
kiradi.
Patogenezi. Kasallikning patogenezida umumiy va mahalliy immunitetning
susayishi, mikrofloraning virulentligi va shamollash omili muhim rol o‘ynaydi.
Klinik manzarasi. Kasallikning klinik belgilari flegmonaning joylashuviga
bog‘liq bo‘ladi. Flegmonoz laringit o‘tkir boshlanib, ikki klinik shaklda kechadi:
chegaralangan va tarqoq. Bemor yutinganda tomog‘i keskin og‘rishiga, umumiy
holsizlikka, o‘zini noxush his etishiga shikoyat qiladi. Flegmona hiqildoq usti
qopqog‘ining til yuzasida va cho‘michsimon tog‘aylar sohasida joylashganda
og‘riq ayniqsa kuchli bo‘ladi. Bemorning tana harorati baland bo‘ladi.
Kasallikning tarqoq shaklida hiqildoqning nafas faoliyati keskin buzilishi mumkin.
Laringoskopiyada hiqildoqning shilliq pardasi
keskin
qizarganligi,
infiltratsiyasi,
zararlangan
maydon kattalashib, unda nekroz uchoqlari
ko‘rinadi (102-rasm). Ko‘pincha flegmona jarayoni
hikildoq usti qopqog‘i, cho‘michhiqildoq usti
burmalari va cho‘michsimon tog‘aylar shilliq
pardasida joylashadi. Hiqildoq ho‘ppozi flegmonali
laringitning oxirgi bosqichi sifatida yoki ko‘pincha
hiqildoqni yot jism (baliq suyakchasi va boshq.)
bilan jarohatlanishidan so‘ng rivojlanishi mumkin. Bunda laringoskopiyada
zararlangan maydonda chegaralangan shish paydo bo‘lganligi ko‘rinadi. Ho‘ppoz
o‘z-o‘zidan ochilganda bemorning ahvoli biroz yaxshilanadi.
Boshqa hollarda kasallik uzoq vaqt davom etib, perixondrit va parafaringial
flegmona asoratlarini rivojlanishiga olib keladi.
Tashxis kasallik boshlanishi, bemor shikoyatlari, klinik belgilar, laringoskopiya va
boshqa labaratoriya tekshiruvlari natijasi asosida qo‘yiladi.
102-rasm.
Flegmonoz laringit
Davolash. Bemor shifoxona sharoitida davolanadi. Unga antibiotik dori
vositalari buyuriladi. Lig. conicum sohasiga teri ostiga antibiotik va
gidrokomrtizon aralashmasini yuborish yaxshi natija beradi. 1% li kalsiy xlorid
eritmasi kattalarga 400 ml (bolalarga 7-10 ml / kg hisobida) vena ichiga tomchilab
(bir daqiqada 50-60 tomchi) yuboriladi. Qandli diabet, kamqonlik va boshqa
yo‘ldosh kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda flegmonoz laringit asoratli kechishi
mumkin.Hiqildoq
torayishining III-IY darajasi rivojlangan bemorlarda traxeostomiya jarrohlik amali
bajariladi, flegmona bo‘yinning yumshoq to‘qimalariga tarqalganda yiringli o‘choq
tashqi tomondan ochilib, chiqargich o‘rnatiladi. Yiring ko‘ks oralig‘iga
tarqalganda esa mediastinotomiya jarrohlik amali bajariladi.
HIQILDOQ XONDROPERIXONDRITI - hikildoqning tog‘ay va tog‘ay usti
pardalarining yallig‘lanishi.
Etiologiyasi. Kasallikni stafilokokk,streptokokk, ko‘k yiringli tayoqcha va aralash
flora qo‘zg‘atadi. Kasallik ko‘pincha hikildoq jarohatlarida, silda, kallagenoz
kasalliklarida, hiqildoq havfli o‘smasi nur bilan davolangandan so‘ng rivojlanishi
mumkin.
Patogenezi. Hiqildoq tog‘aylaridagi yiringli jarayon tog‘ay usti pardasini
tog‘aydan ajralishiga olib keladi, natijada tog‘ayning oziqlanishi buzilib, tog‘ay
yemiriladi. Zararlangan tog‘ayda tirqishlar va sekvestrlar hosil bo‘lib, ulardan
yiringli ajralma chiqadi. Serozli xondroperixondritda shilliq pardaning dag‘al
o‘sishi natijasida hiqildoqda chandiqlar hosil bo‘ladi. Chandiqlar esa hiqildoq
torayishiga olib keladi.
Klinik belgilari. Klinik kechimi bo‘yicha hiqildoq perixondriti o‘tkir va
surunkali, yallig‘lanish jarayonining tarqalishi bo‘yicha chegaralangan va tarqoq
bo‘ladi. Bemor yutinganda hiqildoq sohasi og‘rishi, yutinishi qiyinligi, tana
harorati ko‘tarilishi, ovozi bug‘ilganligi, nafas olishi qiyinligiga shikoyat qiladi.
Paypaslanganda hikildoq chiziqlarining tekislanganligi, bo‘yin limfa tugunlari
kattalashganligi va og‘rishi aniqlanadi.
Laringoskopiyada hiqildoqning shilliq pardasi shishganligi, qizarganligi va
infiltratsiyasi, buning natijasida hiqildoq yorig‘i torayganligi ko‘rinadi.
O‘z vaqtida davolanmagan yoki noto‘g‘ri davolangan hiqildoqning o‘tkir
perexondriti surunkali shakliga o‘tadi. Surunkali perexondrit odatda noaniq
kechadi va uzoq vaqt davom etadi (ba’zan bir necha oy yoki yillar davom etishi
mumkin)
va
kechki
asoratlarning
rivojlanishiga
olib
kelishi
mumkin.
Rentgenografiya tekshiruvida hiqildoq yumshoq to‘qimalarining soyasi
qalinlashganligi, tog‘ayning suyaklanishi buzilganligi, “tartibsiz oxaksizlanish ”
belgisi aniqlanadi.
Davolash. Yallig‘lanish jarayonini bartaraf etish uchun bemorga jadal tibbiy
yordam tadbirlari o‘tkaziladi. Bemorga kerakli dozada antibiotiklar (ampitsillin,
sefazolin, kefzol, amoksiklav, bioparoks), metrogil, bisseptol va shishga qarshi
dori vositalari buyuriladi, simptomatik terapiya (tana haroratini tushirish, yurak
faoliyatini yaxshilash), mahalliy davolash va dezintoksikatsiya tadbirlari, hiqildoq
sohasida novokain blokadasini bajarish va limfotrop terapiya o‘tkaziladi. Hiqildoq
sohasiga 30% dimeksid eritmasi bilan issiq boylam qo‘yilib, fizioterapiya
muolajalari (UVCh, UBN) buyuriladi. Bemorga ovoz gigienasiga rioya qilish
tavsiya qilinadi. Ho‘ppoz o‘choqlari jarrohlik amali yordamida ochiladi. Hiqildoq
torayishining dekompensatsiya bosqichida intubatsiya va traxeostomiya jarroxlik
amali bajariladi.
Bundan tashqari, hiqildoq xondroperixondritining rivojlanishiga sabab bo‘lgan
asosiy kasallikni davolash tadbirlari o‘tkaziladi (sil, sklerodermiya yoki boshq.).
BOLALARDA O‘TKIR LARINGOTRAXEIT. Kasallik 99% hollarda o‘tkir
hiqildoq torayishining rivojlanishiga olib keladi. O‘tkir laringotraxeit ba’zan
“burma osti laringiti (soxta krup)” yoki “torayuvchi laringotraxeobronxit” deb
yuritiladi.
Etiologiyasi. O‘tkir laringotraxeit virusli infeksiyaning klinik belgisi yoki
bakterial infeksiya qo‘shilganda asorat sifatida namoyon bo‘ladi. Respirator
virusli infeksiya hamisha birlamchi omil bo‘lib xizmat qilsa, bakterial flora
(pnevmakokk, streptakokk, stafilokokk, ko‘k yiringli tayoqcha va aralash flora)
keyinroq qo‘shilib, kasallikning kechimini og‘irlashtiradi. O‘tkir laringotraxeitda
respirator virusli infeksiya orasida gripp viruslari -56,8%, paragripp -20,1%,
adenoviruslar -16,7% va aralash infeksiya -6,4 % xollarda aniqlangan.
Kasallikning rivojlanishiga ekssudativ diatez, chala tug‘ilish, noqulay akusherlik
anamnez, sun’iy ovqatlantirish,emlash,allergik holatlar, chaqaloq davrida qayd
etilgan sepsis, zotiljam va o‘tkir respirator virusli infeksiya muhim ahamiyatga
ega.
Patogenezi. O‘tkir laringotraxeitning patogenezi o‘tkir respirator virusli
infeksiya patogeneziga bog‘liq bo‘ladi. Hiqildoq va traxeya torayishlarida shilliq
pardaning shishi va qizarishi, hiqildoq va traxeya mushaklarining qisqarishi, shilliq
osti bezlar faoliyatining kuchayishi, hiqildoq va traxeya yorigida quyuq yiringli-
shilimshiq ekssudat to‘planishi kuzatiladi. Havo oqimi tor burma osti bo‘shlig‘idan
qiyinchilik bilan o‘tayotganda bemorda quv-quv yo‘tal kuzatiladi. Yallig‘lanish
jarayoni ovoz burmalariga tarqalganda esa ovoz yorig‘i torayganligi natijasida
bemorning nafas olishi qiyinlashib, ovozi o‘zgaradi.
Klinik manzarasi. O‘tkir laringotraxeitda 3 yetakchi belgilar kuzatiladi:
1) xirillagan (shovqinli) nafas;
2) quv-quv yo‘tal;
3) ovozni o‘zgarishi.
Kasallik to‘satdan, ko‘pincha kechasi boshlanadi. Bola uyqudan uyg‘onib,
bezovtalanadi. Uning nafas olishi qiyinlashib, lablari ko‘karadi. O‘tkir respirator
virusli infeksiyada hiqildoq torayishining belgilari kasallik boshlangandan keyin
turli muddatlarda, kasallikning dastlabki soatlarida, 2 - 3- kunida va hatto undan
keyingi kunlarida rivojlanishi mumkin.
Klinik belgilarining keskinligi va nafas olishning qiyinligiga qarab hiqildoq
torayishining 4 darajasi yoki bosqichlari kuzatiladi. Torayish darajasini aniq va
ob’ektiv baholashda qonning gaz tarkibi va kislota-ishqor tizimining holati
e’tiborga olinadi.
O‘tkir laringotraxeitda rivojlangan hiqildoq torayishining boskichlari:
I darajasi - kompensatsiya;
II darajasi - subkompensatsiya;
III darajasi - dekompensatsiya;
IY darajasi - bo‘g‘ilish (asfiksiya, terminal).
Hiqildoq torayishining darajasini to‘g‘ri baholash adekvat davolash tadbirlarini
o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hiqildoq torayishining I darajasi (kompensatsiya bosqichi). Bu bosqich nafas
olish harakatini qiyinlashishi, bo‘yinturuq chuqurchasini ichkariga botishi bilan
ifodalanadi. Bola bezovtalanganda yoki jismoniy zo‘riqish paytida nafas olish
harakatining qiyinlashishi kuchayib, u xirillab nafas oladi. Bolani ovozi odatda
bo‘g‘iq bo‘ladi, ba’zan o‘zgarmaydi. Hiqildoq torayishining I darajasida
gipoksemiya kuzatilmaydi yoki juda kam bo‘lib, rO2 71,9 + 0,99 mm simob
ustuniga teng bo‘ladi. Gipo- normo- yoki biroz giperkapniya (rSO2 34,0 + 0,45 mm
simob ustuni), ba’zan kompensatsiyalangan metabolik atsidoz kuzatilishi mumkin
(rN 7,37 + 0,0037; VE - 4:4+0,20 mekv/l).
Hiqildoq torayishining I darajasida organizmning kompensatsiyalash qobiliyati
tufayli arterial qonning gaz tarkibi me’yoriy holatda turadi. Hiqildoq torayishining
I darajasi bir necha soatdan 1-2 kungacha davom etishi mumkin.
Hiqildoq torayishining II darajasi (cubkompensatsiya bosqichi, qisman
kompensatsiya bosqichi) nafas harakatlarida ko‘krak qafasining barcha mushaklari
ishtirok etishi bilan namoyon bo‘ladi. Nafas harkatlari shovqinli bo‘lib, masofadan
eshitiladi. Bemorning ovozi bo‘g‘iq, yo‘tali dag‘al bo‘ladi. Bola odatda
bezovtalanadi. Hiqildoq torayishining II darajasida nafas yetishmovchiligi
keskinroq
rivojlangan
bo‘lib,
teri
qoplamlarining
rangparligi,
burunlab
uchburchagining ko‘karishi, taxikardiya kuzatiladi. Qondagi gipoksemiya holati
kuchayib (rO2 66,1+1,16 mm.sim.ust.), giperkapniya paydo bo‘ladi (rSO2 37,7 +
0,5 mm simob ustuni), rN ko‘rsatkichi 7,36 + 0,0042; VE – 3,8 + 0,29 mekv/l
tashkil qiladi. Hiqildoq torayishi II darajasining belgilari 3-4 kungacha davom
etishi va doimiy yoki xurujsimon xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Hiqildoq torayishining III darajasi (dekompensatsiya bosqichi) o‘tkir
laringotraxeit bilan og‘rigan bolalarning 1/3 qismida kuzatiladi va juda og‘ir
kechadi. Bu bosqichda kasallikning barcha klinik belgilarini kuchayishi, ko‘krak
qafasi yumshoq to‘qima maydonlarini ichkariga chuqur tortilishi bilan kechuvchi
shovqinli nafas bilan ifodalanadi. Bunda hiqildoq torayishining II darajasida paydo
bo‘lgan va III darajasida kuchaygan epigastriy sohasining ichkariga botishiga
e’tibor berish lozim. Hiqildoq torayishining III darajasida nafas yetishmovchiligi
kuchayib,
bemorda
nafaqat
lablarni
ko‘karishi,
balki
akrotsianoz,
teri
qoplamlarining keskin rangparligi, ko‘p terlash kuzatiladi. Bola bezovtalanadi, uni
qo‘rquv bosadi. Keyinchalik bezovtalik o‘rnini adinamiya va apatiya bosadi.
O‘pkada nafasning o‘tkazilishi yomonlashadi. Yurak tonlari bug‘iq,taxikardiya,
parodoksal tomir urishi (nafas olnganda tomir urishi to‘lqinini tushib qolishi) qayd
etiladi.
Hiqildoq torayishining dekompensatsiya bosqichida qonda gipoksemiya (rO2
55,2 + 3,2 mm. sim. ust.),giperkapniya (rSO2 48,5 + 2,8 mm.sim.ust.),aralash yoki
respirator atsidoz (rN 7,29 + 0,016; VE – 4,22 + 0,73 mekv/l) aniqlanadi.
Hiqildoq torayishining IY bosqichi (asfiksiya, bo‘g‘ilish yoki terminal
bosqichi). Bemorning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘ladi. Nafas yetishmovchiligi, yurak -
qon tomir tizimining o‘zgarishlari va metabolik buzilishlar yanada kuchayadi.
Tana harorati me’yoriy yoki subfebril ko‘rsatkichlargacha pasayadi. Bemorda
chuqur koma holati rivojlanishi, talvasalar kuzatilishi mumkin. Kapillyarostaz va
umumiy ko‘karish belgilari paydo bo‘ladi. Yurak tonlari bo‘g‘iq, bradikardiyaga
moyillik qayd etiladi. Nafas harakatlari tezlashgan, yuzaki yoki vaqti-vaqti bilan
kuzatigan apnoe tufayli aritmik bo‘ladi. O‘pkada nafas shovqini zo‘rg‘a eshitiladi.
Oxir-oqibat bemorda bo‘g‘ilish (asfiksiya) holati yuz beradi. Bu bosqichda
gipoksemiya va giperkapniya ko‘rsatkichlari eng yuqori ko‘rsatkichlarga yetadi,
organizmda chuqur aralash atsidoz rivojlanadi.
Shifoxona sharoitida torayuvchi laringotraxeobronxit kechimining og‘irlashishi
respirator virusli infeksiyaga bakterial infeksiyani qo‘shilishi natijasida rivojlangan
yiringli jarayon bilan bog‘liq bo‘ladi. Bakterial infeksiya bilan asoratlanish xollari
ko‘pincha gripp va aralash virusli kasaliklarda kuzatiladi.
Yiringli laringotraxeobronxit zotiljam bilan birga rivojlangan aksariyat hollarda
bemorning ahvoli tobora og‘irlasha borib, yo‘talganda yiringli balg‘am ajraladi,
tana harorati ko‘tariladi. Hansirash aralash inspirator-ekspirator xarakterga ega
bo‘ladi. Bemorning nafasi shovqinli, hushtaksimon, ba’zan tovushsiz bo‘ladi.
Yiringli laringotra-xeobronxit hiqildoq torayishining III darajasi bilan kechgan
hollarda nafas olinganda tomir urishi to‘lqinining tushib qolishi va taxikardiya
kuzatiladi. O‘pkada quruq va turlicha namli xirillashlar eshitiladi. Periferik qon
aylanishi buziladi. Qonda leykotsitlar formulasini chap tomonga keskin siljishi
bilan kechgan leykotsitoz aniqlanadi.
O‘tkir virusli kasalligida torayuvchi laringotraxeobronxit bilan og‘rigan har
beshinchi yoki oltinchi bolada (hiqildoq torayishining III darajasi bilan og‘rigan
bolalarning yarmidan ko‘pida) va, ayniqsa yosh bolalarda, zotiljam kasalligi
rivojlanadi. Kichik o‘choqli zotiljam torayuvchi laringotraxeit bilan bog‘liq
bo‘lgan obstruktiv nafas yetishmovchiligining klinik belgilariga sezilardi darajada
ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Ammo ikki tomonlama va ayniqsa yirik o‘choqli
zotiljam torayuvchi laringotraxeit kasalligining kechimini, shu jumladan hiqildoq
torayishining yengil shakllarining kechimini ham, ancha og‘irlashtirib, keskin
dekompensatsiyalangan nafas yetishmovchiligi va zaharlanish (toksikoz) belgilari
bilan kechadi.
Umuman hiqildoq torayishi bilan kechgan o‘tkir respirator virusli kasalligida
bemorlar umumiy ahvolining og‘irligi birinchi navbatda hiqildoq torayishining
darajasi bilan bog‘liq obstruktiv nafas yetishmovchiligining keskinligi bilan
belgilanadi. Organizmning virusli yoki virusli-bakterial zaharlanishining keskinligi
va ularga turli asoratlarni qo‘shilishi kasallikning klinik kechimida ham muhim
ahamiyatga ega.
D.I.Tarasov, I.I.Ababiy (1972, 1973); N.X.Voxidov, S.A.Hasanov (2007) taklif
qilgan tasnif o‘tkir laringotraxeitdagi patomorfologik o‘zgarishlarini aks ettiradi.
Tasnif bo‘yicha kasallik 4 shaklga bo‘linadi:
1) kataral;
2) shishli-infiltrativ;
3) fibrinozli-yiringli;
4) nekrotik shakli.
O‘tkir torayuvchi laringotraxeitning kataral shaklida bevosita laringoskopiyada
hiqildoq va traxeyaning yuqori bo‘limlari shilliq qavatining qizarishi va biroz
shishi aniqlanadi. Nafas yo‘llarining yorig‘ida quyuq ajralma to‘planib,
yo‘talganda qiyinchilik bilan ajraladi va tez orada qaloqlar hosil bo‘lganligi
ko‘rinadi.
O‘tkir toraytiruvchi larngotraxeitning shishli-infiltrativ shaklida bevosita
laringoskopiya manzarasi hiqildoq shilliq qavatining qizarishi, shishi va
infiltratsiyasi bilan ifodalanadi. Ovoz burmalari qizargan va qalinlashgan
bo‘ladi. Burma osti bo‘shlig‘i shilliq pardasining infiltratsiyasi kataral shakliga
qaraganda keskinroq rivojlangan bo‘ladi. Nafas yorig‘ida ko‘p miqdorda tez orada
qaloqlar hosil qilib quriydigan quyuq, yopishqoq ajralma to‘plami ko‘rinadi.
Kasallikning fibrinozli-yiringli shaklida burma osti bo‘shlig‘ida hiqildoq
yorig‘ini keskin toraytiruvchi shishli bolishchalar va hiqildoq, traxeya, bazan
bronxlarning yallig‘langan shilliq pardasiga yopishgan fibrinozli - yiringli
qarashlar ko‘rinadi. Qarashlar kuch bilan olinganda ostida oson qonaydigan yaralar
hosil bo‘ladi.
O‘tkir torayuvchi laringotraxeitning nekrotik shaklida bevosita laringoskopiyada
hiqildoqning shilliq pardasi keskin qizarganligi, hiqildoq yorig‘i keskin torayib
bolishsimon shishganligi, hiqildoq va traxeyaning shilliq pardasida yaralar va ko‘p
miqdorda quruq qonli qaloqlar borligi ko‘rinadi.
Tashxis kasallikni boshlanishi, klinik belgilari (shovqinli nafas, quv-quv yo‘tal,
ovozni
o‘zgarishi)
va
laringoskopiya
manzarasi
asosida
qo‘yiladi.
Laringoskopiyada hiqildoqning yuqori va o‘rta qavatining shilliq pardasi qizargan,
hiqildoq va traxeya yorig‘ida qaloqlar hosil qilgan qalin yiringli balg‘am to‘plami
ko‘rinadi. Burma osti bo‘shlig‘ining shilliq pardasi to‘q-qizil bolishcha shaklida
shishib, qizaradi, shuning uchun laringoskopiyada ovoz yorig‘i uch qavatli bo‘lib
ko‘rinadi.
Qiyosiy tashxisot. O‘tkir laringotraxeit hiqildoq difteriyasi, hiqildoq yot jismi,
hiqildoq
pappilomatozi,
hiqildoq
xondroperixondriti,
hiqildoq
jarohati,
hiqildoqning allergik shishi, xiqildoq kuyishlari, hiqildoqning uremik torayishi,
halqum orti ho‘ppozi, bronxial astma, astmatik zotiljam, qizamiq, skarlatina, suv
chechakdagi hiqildoq torayishidan farqlanadi.
Xiqildoq torayishida davolash tadbirlari quyidagi tartibda olib boriladi:
1) shoshilinch tibbiy yordam;
2)
o‘tkir
laringotraxeit
va
hikildoq
torayishining
kompensatsiya
va
subkompensatsiya bosqichlarini konservativ davolash;
3)o‘tkir laringotraxeit va hiqildoq torayishining subkompencasiya bosqichini
dekompensatsiya bosqichiga o‘tish davrida bemorga etiopatogenetik shoshilinch
tibbiy yordam ko‘rsatish (tent ostida ingalyatsiyalar yordamida davolash );
4)o‘tkir laringotraxeitda va hiqildoq torayishining dekompensatsiya bosqichida
bemorga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bilan birga davomli intubatsiya va
traxeostomiya amalini bajarish;
5) davomli intubatsiya va traxeostomiyadan so‘ng bemorlarni reabilitatsiya kilish.
O‘tkir laringotraxeit bilan og‘rigan bemorlarga quyidagi davolash tadbirlari
o‘tkaziladi:
1. Reflektor chalg‘ituvchi terapiya. Bemorning oyoqlarga issiq vanna qilish,
oyoqlariga xantal qo‘yiladi, o‘rta burun chig‘anoqlari old qismining shilliq
pardasi ostiga 0,5 % li 1,5 ml novokain eritmasi yuboriladi.
2. Aerazolterapiya. Bemorning tomog‘iga bioparoks, ingalipt, kameton
aerozollari purkaladi.Ingalyatsiya shaklida quyidagi dorilar aralashmasi
buyuriladi: 1% naftizin, 0,1% adrenalin gidroxlorid, 0,1% atropin sulfat, 1%
dimedrol,
2,5%
pipolfen
eritmalari,
gidrokartizon,
ximotripsin,
tripsin,
mukolitiklar, sinupret, ichimlik sodasi.
3. Nisbiy namligi yuqori bo‘lgan mikroiqlimni yaratish. O‘tkir laringotraxeitni
davolash samarasini oshirish maqsadida hiqildoq torayishining I-II-III darajasi
bilan og‘rigan va intubatsiya qilingan bemor havoning nisbiy namligi 70 - 80%
gacha oshirilgan polietilen tent yoki maxsus kislorod palatkasiga yotqiziladi.
Bunday davolash usuli nisbiy namligi yuqori bo‘lgan mikroiqlimni yaratish,
havoda kislorod va turli dorilarning kerakli miqdorini hosil qilish, shilimshiq
ajralma qurib intubatsiya naychasining devoriga yopishib qolishini oldini olish
imkonini beradi. Chunki ob-havo quruq va issiq bo‘lgan iqlim sharoitida burun va
burunhalqumning shilliq pardasi nafas yo‘llariga kirayotgan havoni namlash va
tozalashga ulgurmaydi, natijada pastki nafas yo‘lidagi shilimshiq balg‘am
quyuqlashib, nafas yo‘llarini toraytiruvchi po‘stloqlarga aylanadi. Buni oldini olish
uchun palatka ichiga yetarli miqdorda suv va shifobaxsh o‘simliklar bug‘lari
yetkazilib turiladi. Bir vaqtning o‘zida palatka ichidagi havo kislarod bilan
boyitiladi. Bemor bevosita hamshira nazorati ostida bo‘lib, barcha davolash
muolajalarini shu palatka ichida oladi.
Bemorni kislorodli palatka ichiga yoki tent ostiga yotqizishdan oldin nafas
yo‘llari tozalanadi; bevosita laringoskopiyada nafas yo‘llaridagi balg‘am
elektrso‘rg‘ich yordamida so‘rib olinadi. Nafas yo‘llaridan qalin ajralma va
po‘stloqlar to‘plami chiqarilgandan co‘ng hiqildoqning shilliq pardasiga
gidrokortizon emulsiyasi purkalanadi. Shundan so‘ng bemorning nafasi ancha
yengillashadi. Ba’zan muolaja bir necha bor takrorlanadi.
4. Antibiotikoterapiya. Bemor bolaning yoshini va kasallikning klinik kechimini
hisobga olgan holda bir yoki ikki antibiotik (ampitsilin, sefamizin, klofaran,
sefazolin, kefzol,amoksiklav) kerakli miqdorda ichishga, mushak orasiga yoki
vena ichiga yuboriladi.
Viruslarga qarshi dorilardan bemorga remantadin, interferon, amantadin va
boshqalar buyuriladi.
5. Gormonoterapiya. Hiqildoq torayishida yallig‘lanishga va shishga qarshi ta’sir
etuvchi kortikosteroid dori vositalarini qo‘llash yaxshi natija beradi. Bunda
prednizalon kasallikning yengil kechimida har 1 kg tana vazniga 1-3 mg dan, og‘ir
kechimida 3-5 mg dan, gidrokartizon - yengil kechimida 3-5 mg, og‘ir kechimida
- 5-10 mg dan, deksametazon - yengil kechimi 0,3-0,5 mg, og‘ir kechimida - 0,5-
0,8 mg dan mushak orasiga yoki vena ichiga yuboriladi.
6. Eksikoz va toksikoz bilan kurashish maqsadida tomir ichiga tomchilab 5-10 %
gyukoza, reopoliglyukin, qon zardobi,10-20% albumin har 1 kg tana vazniga 30-
50 ml dan yuboriladi.
7. Spazmolitik dori vositalaridan papaverin, adrenalin, efedrin, naftizin, eufilin,
noshpa kerakli miqdorda mushak orasiga yoki ingalyatsiya shaklida tavsiya
etiladi.
8. Desensibilizatsiya tadbirlari. Yallig‘lanishning allergik omilini va shishni
bartaraf etish hamda tinchlantirish maqsadida bemorga gistaminga qarshi dori
vositalari: dimedrol, suprastin, pipolfen, loratal, zirtek, aldesin va boshqalar tavsiya
qilinadi.
9. Limfotrop terapiya. O‘tkir laringotraxeitni davolashda N.X. Voxidov limfotrop
terapiya usulini taklif qildi. Ushbu davolash usuli quyidagicha bajariladi: hiqildoq
sohasida teri spirt bilan tozalangandan so‘ng teri ichiga 0,25% -1,5 ml novokainda
eritilgan 8-16 TB lidaza yoki 1,0 furasemid yuboriladi, 15 daqiqadan so‘ng har 1
kg tana vazniga 1-2 mg dan prednizolon, yana 15 daqiqadan so‘ng - 150 000 TB
antibiotik eritmasi yuboriladi. Keyin bemorning tomog‘iga 20% dimeksid
eritmasiga shimdirilgan issiq boylam qo‘yiladi. Hiqildoq sohasiga gioksizon
malhami bilan fonoforez qilinadi. Muolajalar shu tartibda har 12 soatda
takrorlanadi.
10. Geparinoterapiya. O‘tkir torayuvchi laringotraxeitning og‘ir, shu jumladan
zotiljam bilan asoratlangan shakllarida yuzaga kelgan giperkoagulyatsiya xolatini
bartaraf etish maqsadida davolashda geparin va fibrinolizinni qullash tavsiya
etiladi. Bolaning yoshiga qarab geparin 500 -10 000 TB miqdorda, fibrinolizin
1500-20 000 TB miqdorda qorin sohasi terisi ostiga yoki tomir ichiga yuboriladi.
11. Mukolitiklar patologik ajralmani nafas yo‘laridan chiqarilishini osonlashtirishi
tufayli ular o‘tkir laringotraxeitni davolashda keng qo‘llaniladi. Bemorga balg‘am
ajratuvchi miksturalar, fluimutsil, bronxopret va sinupret dori vositalari buyuriladi.
12. Tinchlantiruvchi terapiya. O‘tkir laringotraxeitning og‘ir kechimida bemorni
tinchlantirish maqsadida sedativ dori vositalari qo‘llanadi. Bunda natriy
oksibutirat, droperidol, seduksen, diprazin, sibazon, ketamin, relanium ishlatiladi.
Natriy oksibutrat vena ichiga yoki mushak orasiga 50mg/kg hisobida yuboriladi.
13. Vitaminlardan bemorga askorbin kislotasi, V guruhi vitaminlari buyuriladi.
14. Simptomatik terapiya tana haroratini tushirish, og‘riqsizlantirish, yurak-qon
tomir tizimi faoliyatlarini yaxshilash, metabolik atsidoz bilan kurashish
tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
15. Dorivor o‘simliklar o‘tkir laringotraxeitni davolashda keng ishlatiladi. Bunda
oddiy archa, binafsha, gulhayri, dalachoy, kuydiruvchi gazanda, marmarak,
moychechak va boshqa dorivor o‘simliklar qo‘llaniladi.
16. Bevosita laringoskopiya ovoz yorig‘ida to‘plangan shilimshiq yiringli
ekssudatni, hosil bo‘lgan po‘stloqlarni olib tashlash, hiqildoqni fiziologik
eritmalar bilan yuvish va unga maxalliy ta’sirga ega dorilarni sepish imkonini
beradi.
17. Hiqildoq torayishining dekompensatsiya bosqichida davolash tadbirlari 3
bosqichda olib boriladi: I- boskich - davomli intubatsiya;
II- boskich - traxeostomiya.
III- bosqich – reabilitatsiya bosqichi.
Traxeyaning
davomli
intubatsiyasi
60%
hollarda o‘tkir laringotraxeitda rivojlangan hiqildoq torayishini davolashda yaxshi
samara beradi. Bunday intubatsiya tananing harorati ta’sirida yumshaydigan va
hiqildoq yorig‘ida uzoq vaqt davomida qoldirilishiga qaramasdan to‘qimalarga
zarar yetkazmaydigan termoplastik naycha yordamida og‘iz yoki burun bo‘shlig‘i
orqali bajariladi (oro- va nazotraxeal intubatsiya) (103-rasm).
Intubatsiya umumiy og‘riqsizlantirish ostida yoki bemorning umumiy ahvoli
og‘ir bo‘lgan hollarda - og‘riksizlantirishsiz bajariladi. Traxeya yorig‘iga
kiritishdan oldin naychaga lorinden malhami surtiladi. Nazotraxeal intubatsiyaning
afzalligi shundan iboratki, bola naychani tishlab, uning yorig‘ini yopmaydi.
Bundan tashqari, bolani og‘zi orqali ovqatlantirish imkoni yaratiladi. Bemor
naychaga o‘rgangandan so‘ng unga tinchlantiruvchi dorilarni berish to‘xtatiladi.
Intubatsiya bajarilgandan so‘ng vrach bemor o‘pkasini auskultatsiya qilishi
lozim, chunki ba’zan chuqur kiritilgan naycha chap bronx yorig‘ini yopib qo‘yishi
mumkin. Intubatsiyaning dastlabki kunlarida bemorga tinchlantiruvchi dorilar
buyuriladi (GOMK, seduksin, sibazon).
Shilimshiq va yiringli balg‘am naycha devoriga yopishib, quriydi va
intubatsiya naychasining yorig‘ini asta-sekin toraytiradi. Shuning uchun naycha bir
sutka davomida 1-2 marta, ba’zan 1-2 kunda 1 marta, issiq iqlim sharoitida - har 12
soatda almashtirilishi lozim. Naychani almashtirish paytda bemor qisqa vaqt
davomida naychasiz qoldiriladi. Bunda hiqildoq to‘qimalarining mahalliy
gemodinamikasi biroz tiklanib, chandiqlar hosil bo‘lishining oldi olinadi.
Traxeyaning davomli intubatsiyasi 3-5 kun samara bermagan hollarda
traxeostomiya jarrohlik amali bajariladi.
Ekstubatsiya (intubatsiya naychasini chiqarib olish) muolajasi hiqildoq
torayishining belgilari bartaraf etilgandan so‘ng bajariladi. Bemorni palatka ichida
dori aerozollari yordamida davolash tadbirlari davom ettiriladi.
Hiqildoq torayishi davomli intubatsiya yordamida bartaraf etilmagan hollarda
bemorda traxeostamiya bajariladi.Ushbu jarrohlik amalida traxeya va tashqi muhit
103-rasm. Intubatsiya
orasida qisqa yoki uzoq muddatli aloqa yo‘li hosil qilinadi. Traxeotomiya jarrohlik
amali traxeyani kesish usuli bo‘lib, traxeostomiyaning bir bosqichi hisoblanadi.
Hiqildoq torayishining dekompensatsiya va terminal bosqichlari ham
traxeostomiya jarrohlik amalini bajarish uchun ko‘rsatma hisoblanadi
Traxeostomiya. Qalqonsimon bezning bo‘yinchasi oraliq qismiga nisbatan
ushbu jarrohlik amali yuqori, o‘rta va pastki traxeostomiyalarga bo‘linadi. Traxeya
qalqonsimon bezning oraliq qismidan yuqorida kesilsa - yuqori traxeostomiya,
undan pastda - pastki traxeostomiya va bezning oraliq qismi sohasida kesilsa -
o‘rta traxeostomiya deb ataladi. Kattalarda asosan yuqori, bolalarda - pastki
traxeostomiya jarrohlik amali bajariladi. O‘rta traxeostomiya esa yuqori yoki
pastki
traxeostomiyani
bajarish
iloji
bo‘lmagan
vaziyatlarda
(masalan,
qalqonsimon bez o‘smasida yoki uning noqulay anatomik tuzilishida) bajariladi.
Traxeostomiya
jarrohlik
amali
endotraxeal
narkoz
yoki
mahalliy
og‘riqsizlantirish ostida bajariladi (bolalarda, odatda, endotraxeal narkoz
qo‘llanadi). Mahalliy og‘riqsizlantirishda 0,5% -1% novokain yoki 0,5% trimekain
eritmalari ishlatiladi. Ekstremal vaziyatlarda traxeostomiya og‘riqsizlantirishsiz
bajarilishi ham mumkin.
Yuqori traxeostomiya jarrohlik amali quyidagi tartibda bajariladi (104-rasm):
- bemor boshini orqaga tashlagan holda chalqanchasiga yotqiziladi, yelkasi ostiga
qattiq bolishcha quyiladi ( bunda hiqildoq va traxeya bo‘yinning old yuzasiga
yaqinlashadi);
- bo‘yin o‘rtasida teri, teri osti to‘qimasi va yuzaki fassiya qalqonsimon
tog‘ayning pastki chetidan bo‘yinturuq o‘ymasigacha kesilib, jarohat maydonida
qon oqishi to‘xtatiladi.
- keyin bo‘yin o‘rta venasini siljitib yoki bog‘lab oq chiziq maydoni (to‘sh-til osti
mushaklarning birikish joyi) topiladi;
- oq chiziq sohasining to‘qimasi ikki pinset yordamida ko‘tarilib, Kupfer qaychisi
yordamida eni bo‘ylab ko‘ndalang kesiladi.
- mushak tolalari o‘tmas usulda siljitilib, qalqonsimon bezning oraliq qismi
ochiladi (u jigarrang va qonga to‘lgan bo‘ladi).