HIQILDOQ, TRAXEYA, VA BRONXLARNING ANATOMIK TUZILISHI, FIZIOLOGIYASI VA TEKSHIRISH USULLARI

Yuklangan vaqt

2025-09-06

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

20

Faytl hajmi

4,9 MB


 
 
 
 
HIQILDOQ, TRAXEYA, VA BRONXLARNING ANATOMIK TUZILISHI, 
FIZIOLOGIYASI VA TEKSHIRISH USULLARI 
 
Hiqildoqning anatomik tuzilishi                               
    Hiqildoq yuqori nafas yo‘lining oxirgi qismi bo‘lib, u pastki nafas yo‘lining 
yuqori qismiga, ya’ni traxeyaga o‘tadi. Kattalarda hiqildoq YI bo‘yin umurtqasi, 
bolalarda -III-IY bo‘yin umurtqalari, qariyalarda - YII bo‘yin umurtqasi sathida 
joylashadi. 
    Hiqildoq skeleti boylam va bo‘g‘imlar yordamida o‘zaro birikkan 3 toq - 
qalqonsimon (cartilago thyroidea), uzuksimon (cartilago  cricoidea), hiiqildoq usti 
qopqog‘i (epiglottis) va 3 juft- cho‘michsimon (cartilago aryteoidea), shoxsimon 
(cartilago corniculata) va ponasimon (cartilago cuneiformis) tog‘aylardan tuzilgan. 
Qalqonsimon, uzuksimon va cho‘michsimon tog‘aylar gialin, tog‘aylar bo‘lsa, 
qolganlari - elastik tog‘aydir. 
 Erkaklarda qalqonsimon tog‘ayning  yuqori  qismi  bo‘yinning  old yuziga  bo‘rtib 
chiqib pro-menenta laryngea deb ataladi. Bolalar va ayollarda bu bo‘rtish ko‘zga 
kurinmaydi. O‘g‘il bola-larda qalqonsimon tog‘ay qizlarnikiga qaraganda kattaroq 
bo‘ladi. Yosh bolalarda hiqildoq usti qopqog‘i tor va novasimon shaklda bo‘ladi. 
   Hiqildoq 2 juft bo‘g‘imlarga ega: uzukqalqonsimon (articulatio cricothyroidea) 
va uzukcho‘-michsimon (articulatio cricoarytenoidea). Ular yupqa boylamlar  bilan 
ta’minlangan. Hiqildoq-ning boshqa boylamlari ancha yo‘g‘on bo‘ladi.  
 
Logotip
HIQILDOQ, TRAXEYA, VA BRONXLARNING ANATOMIK TUZILISHI, FIZIOLOGIYASI VA TEKSHIRISH USULLARI Hiqildoqning anatomik tuzilishi Hiqildoq yuqori nafas yo‘lining oxirgi qismi bo‘lib, u pastki nafas yo‘lining yuqori qismiga, ya’ni traxeyaga o‘tadi. Kattalarda hiqildoq YI bo‘yin umurtqasi, bolalarda -III-IY bo‘yin umurtqalari, qariyalarda - YII bo‘yin umurtqasi sathida joylashadi. Hiqildoq skeleti boylam va bo‘g‘imlar yordamida o‘zaro birikkan 3 toq - qalqonsimon (cartilago thyroidea), uzuksimon (cartilago cricoidea), hiiqildoq usti qopqog‘i (epiglottis) va 3 juft- cho‘michsimon (cartilago aryteoidea), shoxsimon (cartilago corniculata) va ponasimon (cartilago cuneiformis) tog‘aylardan tuzilgan. Qalqonsimon, uzuksimon va cho‘michsimon tog‘aylar gialin, tog‘aylar bo‘lsa, qolganlari - elastik tog‘aydir. Erkaklarda qalqonsimon tog‘ayning yuqori qismi bo‘yinning old yuziga bo‘rtib chiqib pro-menenta laryngea deb ataladi. Bolalar va ayollarda bu bo‘rtish ko‘zga kurinmaydi. O‘g‘il bola-larda qalqonsimon tog‘ay qizlarnikiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. Yosh bolalarda hiqildoq usti qopqog‘i tor va novasimon shaklda bo‘ladi. Hiqildoq 2 juft bo‘g‘imlarga ega: uzukqalqonsimon (articulatio cricothyroidea) va uzukcho‘-michsimon (articulatio cricoarytenoidea). Ular yupqa boylamlar bilan ta’minlangan. Hiqildoq-ning boshqa boylamlari ancha yo‘g‘on bo‘ladi.
               
                
 
 
   111- rasm. Hiqildoq                         112- rasm. Hiqildoq                         113- 
rasm.Hiqildoq  
tog‘aylari va boylamlari                          mushaklari             
bo‘shlig‘i   
          
Hiqildoq qalqonsimon-tilosti  membranasi (membrana  thyrohyoidea ) yordamida 
tilosti suya-giga, uzuktraxeya boylami ( lig. cricotracheale ) yordamida - traxeyaga 
birikadi. Qalkonsimon to-g‘ayning old pastki cheti va uzuksimon tog‘ayning yoyi 
orasida uzuk-qalqonsimon boylam (lig. sricothyroideum) joylashgan.Hiqildoq usti 
qopqog‘ini qalqonsimon-hiqildoqusti va tilosti- hiqildoq usti boylamlari ushlab 
turadi (lig. thyroepidloticum  et  lig.hyoepiglotticum). O‘rta va yon tilosti 
hiqildoqusti burmalari (plica glossoepiglottica media et plica glossoepiglottica late-
ralis) hikildoq usti qopqog‘ini va til ildizini bir-biriga tutashtirib turadi, burmalar 
ora-sidagi chuqurlik vallekulalar  deb nomlanadi ( valleculae  epiglotticae ). 
    Uzuksimon tog‘ay hiqildoqning asosi, ya’ni uning tayanchi bo‘lib xizmat qiladi. 
Uning plas-tinkasida cho‘michsimon tog‘aylar joylashgan. Cho‘michsimon 
tog‘aylarning har biri ikki o‘siqga ega: ovoz (processus vocalis) va  mushak 
(processus muscularis) o‘siqlari. Cho‘michsimon tog‘aylar uzukcho‘michsimon 
bo‘g‘imida aylanma vertikal va siljish harakatlarini bajarganda ovoz yorig‘i 
torayadi yoki kengayadi. 
Logotip
111- rasm. Hiqildoq 112- rasm. Hiqildoq 113- rasm.Hiqildoq tog‘aylari va boylamlari mushaklari bo‘shlig‘i Hiqildoq qalqonsimon-tilosti membranasi (membrana thyrohyoidea ) yordamida tilosti suya-giga, uzuktraxeya boylami ( lig. cricotracheale ) yordamida - traxeyaga birikadi. Qalkonsimon to-g‘ayning old pastki cheti va uzuksimon tog‘ayning yoyi orasida uzuk-qalqonsimon boylam (lig. sricothyroideum) joylashgan.Hiqildoq usti qopqog‘ini qalqonsimon-hiqildoqusti va tilosti- hiqildoq usti boylamlari ushlab turadi (lig. thyroepidloticum et lig.hyoepiglotticum). O‘rta va yon tilosti hiqildoqusti burmalari (plica glossoepiglottica media et plica glossoepiglottica late- ralis) hikildoq usti qopqog‘ini va til ildizini bir-biriga tutashtirib turadi, burmalar ora-sidagi chuqurlik vallekulalar deb nomlanadi ( valleculae epiglotticae ). Uzuksimon tog‘ay hiqildoqning asosi, ya’ni uning tayanchi bo‘lib xizmat qiladi. Uning plas-tinkasida cho‘michsimon tog‘aylar joylashgan. Cho‘michsimon tog‘aylarning har biri ikki o‘siqga ega: ovoz (processus vocalis) va mushak (processus muscularis) o‘siqlari. Cho‘michsimon tog‘aylar uzukcho‘michsimon bo‘g‘imida aylanma vertikal va siljish harakatlarini bajarganda ovoz yorig‘i torayadi yoki kengayadi.
  Uzukcho‘michsimon bo‘g‘im, chin bo‘g‘im  bo‘lib, qopcha va sinovial qatlamiga 
ega. Bo‘g‘imni yallig‘-lanishi (artriti) ovoz burmalari  harakatini cheklab qo‘yishi 
mumkin. 
  Uzukqalqonsimon bo‘g‘im uzuksimon va qalqonsimon tog‘aylarning old 
qismlarini bir-bi-riga yaqinlashtiradi yoki uzoqlashtiradi, natijada ovoz burmalari 
goh taranglashib, goh  bo‘-shashadi. 
   Hiqildoq mushaklari tashqi va ichki  guruhlarga  bo‘linadi: 
Tashqi  mushaklar  hiqildoqni  yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish vazifasini 
bajaradi. 
Ularga quyidagilar kiradi: to‘shqalqonsimon (m.sternothyroideus), tushtilosti 
(m.sternohyoi-deus), 
qalkontilosti 
(m.thyrohyoideus), 
kuraktilosti 
(m.omohyoideus), bigiztilosti (m.stylo-hyoideus ), ikki qorinli mushak  ( 
m.digastricus ). 
   Hiqildoqning ichki mushaklari tog‘aylarni harakatga  keltirib, ovoz tirqishining 
enini o‘z-gartiradi. M.Gracheva (1956) hiqildok mushaklarini quyidagi guruhlarga 
bo‘ladi: 
1) ovoz tirqishining xududiy toraytiruvchisi – uzukqalqonsimon mushak  
(m.cricothyroideus ); 
2) ovoz tirqishining xududiy kengaytiruvchisi - orqa uzukchumichsimon mushak 
(m. sricoaryte- 
     noideus posterior); 
3) yordamchi mushaklar - ko‘ndalang cho‘michsimon (m.arytenoideustransversus), 
egri cho‘michsimon (m.aritenoideus obligyus) va  lateral  uzukcho‘michsimon 
mushak ( m.cricoarytenoideus lateralis ); 
4) ovoz burmalarini harakatlantiruvchi mushaklar - ovoz mushagi /m.vocalis/, 
qalqoncho‘mich-simon (m.thyroarytenoideus) va  uzukqalkonsimon mushak  
(m.cricothyroideus ); 
5) hiqildoq usti qopqog‘ini harakatlantiruvchi  mushaklar  hikildoqga  kirish  
joyining eni-ni o‘zgartiradi. Ularga cho‘michhikildokusti (m.aryepiglotticus), egri 
Logotip
Uzukcho‘michsimon bo‘g‘im, chin bo‘g‘im bo‘lib, qopcha va sinovial qatlamiga ega. Bo‘g‘imni yallig‘-lanishi (artriti) ovoz burmalari harakatini cheklab qo‘yishi mumkin. Uzukqalqonsimon bo‘g‘im uzuksimon va qalqonsimon tog‘aylarning old qismlarini bir-bi-riga yaqinlashtiradi yoki uzoqlashtiradi, natijada ovoz burmalari goh taranglashib, goh bo‘-shashadi. Hiqildoq mushaklari tashqi va ichki guruhlarga bo‘linadi: Tashqi mushaklar hiqildoqni yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish vazifasini bajaradi. Ularga quyidagilar kiradi: to‘shqalqonsimon (m.sternothyroideus), tushtilosti (m.sternohyoi-deus), qalkontilosti (m.thyrohyoideus), kuraktilosti (m.omohyoideus), bigiztilosti (m.stylo-hyoideus ), ikki qorinli mushak ( m.digastricus ). Hiqildoqning ichki mushaklari tog‘aylarni harakatga keltirib, ovoz tirqishining enini o‘z-gartiradi. M.Gracheva (1956) hiqildok mushaklarini quyidagi guruhlarga bo‘ladi: 1) ovoz tirqishining xududiy toraytiruvchisi – uzukqalqonsimon mushak (m.cricothyroideus ); 2) ovoz tirqishining xududiy kengaytiruvchisi - orqa uzukchumichsimon mushak (m. sricoaryte- noideus posterior); 3) yordamchi mushaklar - ko‘ndalang cho‘michsimon (m.arytenoideustransversus), egri cho‘michsimon (m.aritenoideus obligyus) va lateral uzukcho‘michsimon mushak ( m.cricoarytenoideus lateralis ); 4) ovoz burmalarini harakatlantiruvchi mushaklar - ovoz mushagi /m.vocalis/, qalqoncho‘mich-simon (m.thyroarytenoideus) va uzukqalkonsimon mushak (m.cricothyroideus ); 5) hiqildoq usti qopqog‘ini harakatlantiruvchi mushaklar hikildoqga kirish joyining eni-ni o‘zgartiradi. Ularga cho‘michhikildokusti (m.aryepiglotticus), egri
cho‘michsimon (m.aryteno-ideus obliguus) va qalqonhiqildoq usti mushagi (m. 
thyroepiglotticus ) kiradi. 
   Impuls markaziy asab tizimidan asosiy toraytiruvchi mushak va  uning 
yordamchilariga yoki asosiy kengaytiruvchi mushak va uning yordamchilariga 
yetib keladi. Bu mushaklarning qisqari-shi natijasida ovoz yorig‘i torayadi  yoki  
kengayadi.  
   Hiqildoq bo‘shlig‘ining shakli qum soatni eslatadi: o‘rta bo‘limida u tor, 
yuqorida va past-ki bo‘limida - keng bo‘ladi. Ovoz burmalari, hiqildokusti 
qopqog‘ining til yuzasi va cho‘mich-simon tog‘aylar orasidagi maydondan tashqari 
(ular ko‘pqavatli yassi epiteliy  bilan  qoplan-gan)  shilliq parda  ko‘pqavatli 
xilpillovchi epiteliy bilan qoplangan.  
   Hiqildoqning eng tor o‘rta bo‘limi - ovoz burmalari ( plicae vocalis)  va  ovoz 
yorig‘i (rima glottidis) dan hosil bo‘lgan. Ovoz burmalari qalqonsimon tog‘ay 
plastinkasining old birik-masi va cho‘michsimon  tog‘aylarning ovoz o‘siqlari 
orasida joylashib, ovoz mushagi, elastik va pay tolalaridan tuzilgan. Ovoz 
burmalarining uzunligi erkaklarda 18-25 mm, ayollarda - 14-21 mm teng. Ovoz 
tirqishi nog‘ora oralig‘i  (pars intermembranacea) va tog‘ay  oralig‘i qism-lariga 
(pars intercarilaginea) bo‘linadi. Birinchi qismi ovoz burmalari, ikkinchisi – 
cho‘michsi-mon tog‘aylarning ovoz  o‘siqlari bilan chegaralangan. 
   Ovoz burmalari ostida burma osti yoki ovoz osti  bo‘shlig‘i (cavitas 
infraglottica), ya’ni hiqil-doqning pastki qavati joylashgan. Bu maydonning shilliq 
pardasi yumshoq va limfa bezlarga boy bo‘lganligi tufayli yallig‘lanish yoki 
boshqa  zararli omillar ta’sirida oson  shishadi. 
   Hiqildoqning yuqori bo‘limi -  dahlizi – hikildoq usti  qopqog‘i, 
cho‘michhiqildoqusti bur-malari, cho‘michsimon tog‘aylar bilan chegaralangan 
bo‘lib, dahlizning juft burmalari (plicae  vestibulares) va hiqildoq  qorinchalari 
(ventriculus laringis) dan iborat. Dahliz  burmalari ovoz burmalarining ustida 
joylashib, yumshoq biriktiruvchi  to‘qima, bez va mushak tolalardan iborat. 
Hiqildoq qorinchalari dahliz va ovoz burmalari orasida joylashgan bo‘lib, limfoid  
to‘qima to‘plamiga ega.Bolalarda bu qorinchalar yaxshi rivojlangan bo‘lib, 
Logotip
cho‘michsimon (m.aryteno-ideus obliguus) va qalqonhiqildoq usti mushagi (m. thyroepiglotticus ) kiradi. Impuls markaziy asab tizimidan asosiy toraytiruvchi mushak va uning yordamchilariga yoki asosiy kengaytiruvchi mushak va uning yordamchilariga yetib keladi. Bu mushaklarning qisqari-shi natijasida ovoz yorig‘i torayadi yoki kengayadi. Hiqildoq bo‘shlig‘ining shakli qum soatni eslatadi: o‘rta bo‘limida u tor, yuqorida va past-ki bo‘limida - keng bo‘ladi. Ovoz burmalari, hiqildokusti qopqog‘ining til yuzasi va cho‘mich-simon tog‘aylar orasidagi maydondan tashqari (ular ko‘pqavatli yassi epiteliy bilan qoplan-gan) shilliq parda ko‘pqavatli xilpillovchi epiteliy bilan qoplangan. Hiqildoqning eng tor o‘rta bo‘limi - ovoz burmalari ( plicae vocalis) va ovoz yorig‘i (rima glottidis) dan hosil bo‘lgan. Ovoz burmalari qalqonsimon tog‘ay plastinkasining old birik-masi va cho‘michsimon tog‘aylarning ovoz o‘siqlari orasida joylashib, ovoz mushagi, elastik va pay tolalaridan tuzilgan. Ovoz burmalarining uzunligi erkaklarda 18-25 mm, ayollarda - 14-21 mm teng. Ovoz tirqishi nog‘ora oralig‘i (pars intermembranacea) va tog‘ay oralig‘i qism-lariga (pars intercarilaginea) bo‘linadi. Birinchi qismi ovoz burmalari, ikkinchisi – cho‘michsi-mon tog‘aylarning ovoz o‘siqlari bilan chegaralangan. Ovoz burmalari ostida burma osti yoki ovoz osti bo‘shlig‘i (cavitas infraglottica), ya’ni hiqil-doqning pastki qavati joylashgan. Bu maydonning shilliq pardasi yumshoq va limfa bezlarga boy bo‘lganligi tufayli yallig‘lanish yoki boshqa zararli omillar ta’sirida oson shishadi. Hiqildoqning yuqori bo‘limi - dahlizi – hikildoq usti qopqog‘i, cho‘michhiqildoqusti bur-malari, cho‘michsimon tog‘aylar bilan chegaralangan bo‘lib, dahlizning juft burmalari (plicae vestibulares) va hiqildoq qorinchalari (ventriculus laringis) dan iborat. Dahliz burmalari ovoz burmalarining ustida joylashib, yumshoq biriktiruvchi to‘qima, bez va mushak tolalardan iborat. Hiqildoq qorinchalari dahliz va ovoz burmalari orasida joylashgan bo‘lib, limfoid to‘qima to‘plamiga ega.Bolalarda bu qorinchalar yaxshi rivojlangan bo‘lib,
qalkonsimon to-g‘ayning yuqori chetiga, ba’zan til ildizining o‘rtasigacha davom 
etadi. Hiqildoq qorinchala-rida ba’zan  havoli  kista hosil  bo‘lishi mumkin 
(laringotsele ).   
   Hiqildoqni yuqori va pastki hiqildoq arteriyalar (a.laryngea superior et a. 
laryngea inferior ) qon bilan ta’minlaydi. Yuqori hiqildoq arteriyasi yirikroq bo‘lib, 
u a.thyreoidea  superior ning shoxchasidir. A.thyreoidea superior odatda tashqi 
uyqu arteriyadan, ba’zan bifurkatsiya yoki umumiy uyqu arteriyadan boshlanadi; 
pastki hikildoq arteriyasi truncus thyreocervicalis shox-chasi bo‘lgan a.thyreoidea 
inferiordan boshlanadi. Yuqori hiqildoq arteriyasi qalqontilosti membranasidan 
o‘tib hiqildoq ichida kichik shoxchalarga bo‘linadi. Undan yana bitta shoxcha - a. 
laryngea media ajralib konik boylam oldida qarama-qarshi tomondagi xuddi shu 
arteriya bi-lan anastamoz hosil qiladi. Pastki hiqildoq arteriyasi hiqildoq sohasiga 
hiqildoqosti asab tolasi bilan birga keladi. Vena qonining hiqildoqdan chiqarilishi 
halqum, til va bo‘yin ve-na chigallari bilan bog‘langan qator chigallar tomonidan 
amalga oshiriladi, vena qoni asosan yuqori qalqonsimon vena orqali ichki 
bo‘yinturuq venaga chiqariladi. 
  Ovoz burmalari hiqildoq limfa tizimini yuqori va pastki ikki qismlarga bo‘ladi. 
Hiqil-doq qorinchalari va yuqori bo‘limining shilliq pardasi sohasida limfa turi  
yaxshi rivojlan-gan bo‘lib, limfa bu maydon va hiqildoqning o‘rta bo‘limidan ichki 
buyinturuq vena bo‘ylab, ayniqsa umumiy uyqu arteriyaning bo‘linishi xamda 
m.digastricus ning orqa qorinchasi sathida joylashgan bo‘yinning chuqur limfa 
tugunlariga oqib tushadi. Hiqildoqning pastki bo‘limi-dan esa limfa lig.conicum 
oldida va ichki buyinturuq vena bo‘ylab joylashgan traxeya oldi  limfa tugunlariga 
chikariladi. 
  Hiqildoqning innervatsiyasini simpatik va sayyor asab tolalarning sezuvchan va 
harakat shoxchalari  ta’minlaydi. 
  1.Yuqori hiqildoq asab tolasi (n. laryngeus superior) gangl.nodosum ning pastki 
qismi sat-hida sayyor asab tolasidandan boshlanib, til osti suyagining katta usig‘i 
orqasida ikkiga bo‘-linadi:  
Logotip
qalkonsimon to-g‘ayning yuqori chetiga, ba’zan til ildizining o‘rtasigacha davom etadi. Hiqildoq qorinchala-rida ba’zan havoli kista hosil bo‘lishi mumkin (laringotsele ). Hiqildoqni yuqori va pastki hiqildoq arteriyalar (a.laryngea superior et a. laryngea inferior ) qon bilan ta’minlaydi. Yuqori hiqildoq arteriyasi yirikroq bo‘lib, u a.thyreoidea superior ning shoxchasidir. A.thyreoidea superior odatda tashqi uyqu arteriyadan, ba’zan bifurkatsiya yoki umumiy uyqu arteriyadan boshlanadi; pastki hikildoq arteriyasi truncus thyreocervicalis shox-chasi bo‘lgan a.thyreoidea inferiordan boshlanadi. Yuqori hiqildoq arteriyasi qalqontilosti membranasidan o‘tib hiqildoq ichida kichik shoxchalarga bo‘linadi. Undan yana bitta shoxcha - a. laryngea media ajralib konik boylam oldida qarama-qarshi tomondagi xuddi shu arteriya bi-lan anastamoz hosil qiladi. Pastki hiqildoq arteriyasi hiqildoq sohasiga hiqildoqosti asab tolasi bilan birga keladi. Vena qonining hiqildoqdan chiqarilishi halqum, til va bo‘yin ve-na chigallari bilan bog‘langan qator chigallar tomonidan amalga oshiriladi, vena qoni asosan yuqori qalqonsimon vena orqali ichki bo‘yinturuq venaga chiqariladi. Ovoz burmalari hiqildoq limfa tizimini yuqori va pastki ikki qismlarga bo‘ladi. Hiqil-doq qorinchalari va yuqori bo‘limining shilliq pardasi sohasida limfa turi yaxshi rivojlan-gan bo‘lib, limfa bu maydon va hiqildoqning o‘rta bo‘limidan ichki buyinturuq vena bo‘ylab, ayniqsa umumiy uyqu arteriyaning bo‘linishi xamda m.digastricus ning orqa qorinchasi sathida joylashgan bo‘yinning chuqur limfa tugunlariga oqib tushadi. Hiqildoqning pastki bo‘limi-dan esa limfa lig.conicum oldida va ichki buyinturuq vena bo‘ylab joylashgan traxeya oldi limfa tugunlariga chikariladi. Hiqildoqning innervatsiyasini simpatik va sayyor asab tolalarning sezuvchan va harakat shoxchalari ta’minlaydi. 1.Yuqori hiqildoq asab tolasi (n. laryngeus superior) gangl.nodosum ning pastki qismi sat-hida sayyor asab tolasidandan boshlanib, til osti suyagining katta usig‘i orqasida ikkiga bo‘-linadi:
  a) r.extrenus - tashki shoxcha, u hiqildoqning m.crocothyreoideus va shilliq 
pardasini inner-vatsiya qiladi; 
    b) r.internus - ichki shoxcha, u membrana thyreoideani teshib o‘tib, hiqildoq 
shilliq  pardasi-ning  sezuvchan  innervatsiyasini  ta’minlaydi. 
  2.Pastki hiqildoq asab tolasi (n. laryngeus inferior, s.recurrens) sayyor asab 
tolasidan chap to-monda asab tolasi aorta yoyini egib o‘tgan joyda, o‘ng tomonda-
umrov osti arteriyasi sathida boshlanadi.Sayyor asab tolasidan tarqalgandan so‘ng 
o‘ng tomondagi qaytuvchi asab tolasi (pastki hiqildoq asab tolasi) yuqoriga 
ko‘tariladi hamda traxeya va qizilo‘ngach orasida yon to-monda joylashadi. Chap 
tomondagi qaytuvchi asab tolasi esa qizilo‘ngach old yuzining chap to-monida 
joylashadi. ( Bo‘yin sohasi ezofagotomiyasi jarrohlik amalida bu asab tolalarning 
o‘ziga xos joylashuvi e’tiborga olinishi lozim!) Qalqonsimon tog‘ayning kichik 
shoxchasi uzuksimon tog‘ay  bilan birikkan joyda pastki hiqildoq asab tolasi 
hikildoq ichiga kirib, hiqildoqning ichki mushaklarini innervatsiya qilgan 
shoxchalarga bo‘linadi (yuqori hiqildoq asab tolasidan innervatsiya olgan old 
uzuk-kalkonsimon  mushagidan tashqari). 
     Yuqori va pastki hiqildoq asab tolalari simpatik nervlar bilan bog‘langan, 
ularning harakat tolalari sayyor asab tolasining harakat o‘zagidan boshlansa, 
sezuvchan tolalari - tractus solitaris ning bir qismini hosil qiladi. 
   Ko‘krak qafasi yoki ko‘ks oralig‘i sohasida qaytuvchi asab tolasining biror bir 
qismi o‘pka o‘smasi, aorta kengayishi, ko‘ks oralig‘i  limfa  tugunlarining 
kattalashishi tufayli qisil-ganda hiqildoqning harakat  innervatsiyasi  buzilib, 
bemor  chuqur nafas olganda laringosko-piyada ovoz tirqishi  to‘g‘ri  burchakli  
uchburchak shaklida ko‘rinadi. 
 Hiqildoqning 
asab 
tolalarida 
turli 
mielin 
va 
mielinsiz 
tolalardan 
tashqari,serebrospi-nal va vegetativ asab xujayralari va insulin ishlab chiqaruvchi 
endokrin hujayralar (apudo-sitlar) mavjud. Hiqildoq 3 refleksogen  maydonlarga  
bo‘linadi: 
   1-maydon – hiqildoq usti qopqog‘ining hiqildoq yuzasi,  cho‘mich hikildoq usti 
burmalari; 
Logotip
a) r.extrenus - tashki shoxcha, u hiqildoqning m.crocothyreoideus va shilliq pardasini inner-vatsiya qiladi; b) r.internus - ichki shoxcha, u membrana thyreoideani teshib o‘tib, hiqildoq shilliq pardasi-ning sezuvchan innervatsiyasini ta’minlaydi. 2.Pastki hiqildoq asab tolasi (n. laryngeus inferior, s.recurrens) sayyor asab tolasidan chap to-monda asab tolasi aorta yoyini egib o‘tgan joyda, o‘ng tomonda- umrov osti arteriyasi sathida boshlanadi.Sayyor asab tolasidan tarqalgandan so‘ng o‘ng tomondagi qaytuvchi asab tolasi (pastki hiqildoq asab tolasi) yuqoriga ko‘tariladi hamda traxeya va qizilo‘ngach orasida yon to-monda joylashadi. Chap tomondagi qaytuvchi asab tolasi esa qizilo‘ngach old yuzining chap to-monida joylashadi. ( Bo‘yin sohasi ezofagotomiyasi jarrohlik amalida bu asab tolalarning o‘ziga xos joylashuvi e’tiborga olinishi lozim!) Qalqonsimon tog‘ayning kichik shoxchasi uzuksimon tog‘ay bilan birikkan joyda pastki hiqildoq asab tolasi hikildoq ichiga kirib, hiqildoqning ichki mushaklarini innervatsiya qilgan shoxchalarga bo‘linadi (yuqori hiqildoq asab tolasidan innervatsiya olgan old uzuk-kalkonsimon mushagidan tashqari). Yuqori va pastki hiqildoq asab tolalari simpatik nervlar bilan bog‘langan, ularning harakat tolalari sayyor asab tolasining harakat o‘zagidan boshlansa, sezuvchan tolalari - tractus solitaris ning bir qismini hosil qiladi. Ko‘krak qafasi yoki ko‘ks oralig‘i sohasida qaytuvchi asab tolasining biror bir qismi o‘pka o‘smasi, aorta kengayishi, ko‘ks oralig‘i limfa tugunlarining kattalashishi tufayli qisil-ganda hiqildoqning harakat innervatsiyasi buzilib, bemor chuqur nafas olganda laringosko-piyada ovoz tirqishi to‘g‘ri burchakli uchburchak shaklida ko‘rinadi. Hiqildoqning asab tolalarida turli mielin va mielinsiz tolalardan tashqari,serebrospi-nal va vegetativ asab xujayralari va insulin ishlab chiqaruvchi endokrin hujayralar (apudo-sitlar) mavjud. Hiqildoq 3 refleksogen maydonlarga bo‘linadi: 1-maydon – hiqildoq usti qopqog‘ining hiqildoq yuzasi, cho‘mich hikildoq usti burmalari;
   2-maydon - cho‘michsimon  tog‘aylarining old yuzasi, ovoz o‘siqlari orasidagi 
maydon; 
   3-maydon - hiqildoqning pastki qavati. 
  Birinchi va ikkinchi refleksogen maydonlar nafas olish funksiyasini ta’minlasa, 
uchinchi maydon ovoz boylamlarining harakatini ta’minlaydi. 
 
                                                 Hikildoqni tekshirish ucullari 
     I-bosqich.  Bemor shikoyatlari va kasallik tarixini o‘rganish. 
   I I -bosqich. Bemorni ko‘zdan kechirish va paypasla tekshirish.  
 1. Bo‘yin va hikildoq soxasini ko‘zdan kechirish. 
 2. Hiqildoqning uzuksimon va qalqonsimon tog‘aylarini paypaslash. Me’yorda 
hiqildoq chap   
    va o‘ng tomonga siljitilganda og‘riqsiz va harakatchan bo‘ladi  
3. Mahalliy  limfa tugunlar: jag‘ osti, chuqur bo‘yin, orqa bo‘yin, hikildoq oldi, 
traxeya oldi,  
   traxeya atrofi, umrov usti va umrov osti  limfa tugunlarini paypaslash. Me’yorda 
limfa  
   tugunlar paypaslanmaydi va og‘riqsiz bo‘ladi. 
   III - bosqich.  Bilvosita laringoskopiya (gipofaringoskopiya) 
  Bemor kursiga o‘tirgandan so‘ng vrach unga tekshiruv haqida tushuncha beradi, 
yorug‘lik man-baini to‘g‘rilab, peshonasiga  reflektorni taqadi. 
  Bilvosita laringoskopiya tekshiruvi  xikildok  ko‘zgusi yordamida bajariladi. 
1. Hiqildoq ko‘zgusi dastasiga o‘rnatilgandan so‘ng issiq suvda (400-450 )  yoki 
spirtovka ustida     
    2-3 soniya davomida isitili,salfetka bilan quritiladi. Vrach ko‘zgu isiganligini 
tekshi- 
    rib ko‘radi. Buning uchun u ko‘zguni qo‘l kaftining orqa yuzasiga  tekizadi. 
2. Vrach bemordan og‘zini ochib, tilini chiqarishni  va og‘iz orqali nafas olishni 
so‘raydi. 
Logotip
2-maydon - cho‘michsimon tog‘aylarining old yuzasi, ovoz o‘siqlari orasidagi maydon; 3-maydon - hiqildoqning pastki qavati. Birinchi va ikkinchi refleksogen maydonlar nafas olish funksiyasini ta’minlasa, uchinchi maydon ovoz boylamlarining harakatini ta’minlaydi. Hikildoqni tekshirish ucullari I-bosqich. Bemor shikoyatlari va kasallik tarixini o‘rganish. I I -bosqich. Bemorni ko‘zdan kechirish va paypasla tekshirish. 1. Bo‘yin va hikildoq soxasini ko‘zdan kechirish. 2. Hiqildoqning uzuksimon va qalqonsimon tog‘aylarini paypaslash. Me’yorda hiqildoq chap va o‘ng tomonga siljitilganda og‘riqsiz va harakatchan bo‘ladi 3. Mahalliy limfa tugunlar: jag‘ osti, chuqur bo‘yin, orqa bo‘yin, hikildoq oldi, traxeya oldi, traxeya atrofi, umrov usti va umrov osti limfa tugunlarini paypaslash. Me’yorda limfa tugunlar paypaslanmaydi va og‘riqsiz bo‘ladi. III - bosqich. Bilvosita laringoskopiya (gipofaringoskopiya) Bemor kursiga o‘tirgandan so‘ng vrach unga tekshiruv haqida tushuncha beradi, yorug‘lik man-baini to‘g‘rilab, peshonasiga reflektorni taqadi. Bilvosita laringoskopiya tekshiruvi xikildok ko‘zgusi yordamida bajariladi. 1. Hiqildoq ko‘zgusi dastasiga o‘rnatilgandan so‘ng issiq suvda (400-450 ) yoki spirtovka ustida 2-3 soniya davomida isitili,salfetka bilan quritiladi. Vrach ko‘zgu isiganligini tekshi- rib ko‘radi. Buning uchun u ko‘zguni qo‘l kaftining orqa yuzasiga tekizadi. 2. Vrach bemordan og‘zini ochib, tilini chiqarishni va og‘iz orqali nafas olishni so‘raydi.
3. Vrach chap qo‘li bilan bemor tilining uchini  doka  salfetka  bilan  ushlab (bunda 
u bosh  
   barmog‘ini tilning  yuqori yuzasiga, III barmog‘ini - uning pastki yuzisiga, II 
barmog‘ini –  
   yuqori labga qo‘yadi),  bemor tilini o‘ziga va pastga biroz tortadi. Bu holatni 
bemor o‘zi  
   bajarsa ham bo‘ladi. 
 
       
  
 
  114- rasm . Hiqildoq oynasini kiritish                   115- rasm. Bilvosita 
laringosokpiyada  
                                                                                                 hiqildoq 
oynasining 
holati. 
 
4. Hikildoq ko‘zgusining dastasini o‘ng qo‘li bilan qalamni ushlaganday ushlab, 
vrach uni og‘iz  
    bo‘shlig‘iga yumshoq tanglaygacha kiritadi (bunda ko‘zguning  yuzi  pastga  
qaratilgan  va  til- 
   ning yuziga parallel turishi lozim). Ko‘zguni kiritish paytida til ildizi va 
halqumning  
   orqa devoriga tekkizmaslikka harakat qilinadi. Yumshoq tanglayga yetgandan 
so‘ng ko‘zguning  
   yuzi halqum o‘qiga nisbatan 450 burchakda o‘rnatiladi; peshona reflektorining 
yorug‘ligi ko‘z- 
Logotip
3. Vrach chap qo‘li bilan bemor tilining uchini doka salfetka bilan ushlab (bunda u bosh barmog‘ini tilning yuqori yuzasiga, III barmog‘ini - uning pastki yuzisiga, II barmog‘ini – yuqori labga qo‘yadi), bemor tilini o‘ziga va pastga biroz tortadi. Bu holatni bemor o‘zi bajarsa ham bo‘ladi. 114- rasm . Hiqildoq oynasini kiritish 115- rasm. Bilvosita laringosokpiyada hiqildoq oynasining holati. 4. Hikildoq ko‘zgusining dastasini o‘ng qo‘li bilan qalamni ushlaganday ushlab, vrach uni og‘iz bo‘shlig‘iga yumshoq tanglaygacha kiritadi (bunda ko‘zguning yuzi pastga qaratilgan va til- ning yuziga parallel turishi lozim). Ko‘zguni kiritish paytida til ildizi va halqumning orqa devoriga tekkizmaslikka harakat qilinadi. Yumshoq tanglayga yetgandan so‘ng ko‘zguning yuzi halqum o‘qiga nisbatan 450 burchakda o‘rnatiladi; peshona reflektorining yorug‘ligi ko‘z-
   guga tushishi uchun yumshoq tanglay  yuqoriga va orqaga biroz ko‘tariladi. 
Keyin bemorga cho‘- 
   zib  “i” tovushini chiqarish, so‘ng chuqur nafas olish buyuriladi. Ovozni 
chiqarish va nafas  
   olish paytida hikildoqning ichki yuzasi ko‘zga ko‘rinadi  
 5. Vrach ko‘zguni halqumdan chiqarib oladi va dastasidan ajratib,uni 
zararsizlantiruvchi  
    eritmaga  solib qo‘yadi. 
 
                  
 
116-rasm.Laringo-                  117- rasm. Laringosko-  
ckopiyada ovoz tir-               piyada ovoz tirqishi yopiq  
qishi ochiq                              
       
      Bilvosita laringoskopiyadagi manzara haqiqiy manzaradan farq qiladi:  
 1.Ko‘zguda hiqildoq old bo‘limlarining aksi yuqorida joylashadi (orqada 
joylashganday  
    bo‘lib ko‘rinadi), orka bo‘limlari esa - pastda joylashadi (oldinda joylashganday 
bo‘lib    
    ko‘rinadi). Hiqildoqning  o‘ng va chap tomonlari  haqiqiy manzaraga  mos 
keladi.  
 2. Hiqildoq ko‘zgusida dastlab til ildizi va til murtagi, keyin ochilgan yaproqqa 
o‘xshash  
    hiqildoq usti qopqog‘i ko‘zga tashlanadi. Hikildoq usti qopqog‘ining shilliq 
pardasi  
Logotip
guga tushishi uchun yumshoq tanglay yuqoriga va orqaga biroz ko‘tariladi. Keyin bemorga cho‘- zib “i” tovushini chiqarish, so‘ng chuqur nafas olish buyuriladi. Ovozni chiqarish va nafas olish paytida hikildoqning ichki yuzasi ko‘zga ko‘rinadi 5. Vrach ko‘zguni halqumdan chiqarib oladi va dastasidan ajratib,uni zararsizlantiruvchi eritmaga solib qo‘yadi. 116-rasm.Laringo- 117- rasm. Laringosko- ckopiyada ovoz tir- piyada ovoz tirqishi yopiq qishi ochiq Bilvosita laringoskopiyadagi manzara haqiqiy manzaradan farq qiladi: 1.Ko‘zguda hiqildoq old bo‘limlarining aksi yuqorida joylashadi (orqada joylashganday bo‘lib ko‘rinadi), orka bo‘limlari esa - pastda joylashadi (oldinda joylashganday bo‘lib ko‘rinadi). Hiqildoqning o‘ng va chap tomonlari haqiqiy manzaraga mos keladi. 2. Hiqildoq ko‘zgusida dastlab til ildizi va til murtagi, keyin ochilgan yaproqqa o‘xshash hiqildoq usti qopqog‘i ko‘zga tashlanadi. Hikildoq usti qopqog‘ining shilliq pardasi
    me’yorda och-pushti yoki biroz sarg‘ish bo‘ladi. Hiqildoq usti qopqog‘i va til 
ildizi orasida  
    ikki kichik chuqurchalar-vallekulalar joylashgan.Ular o‘rta va yon til hiqildoq 
usti qopqog‘i  
    burmalari bilan chegaralangan. 
 3.Ovoz chiqarilganda  va chuqur nafas olinganda ovoz burmalari ko‘zguda aniq 
ko‘rinadi;  
    me’yorda ular yaltiroq ok rangda bo‘ladi. Ovoz burmalarning  old uchlari  
qalqonsimon tog‘ay  
    sohasida o‘tkir burchak, ya’ni old komissurani  hosil  qiladi.  
 4.Ovoz burmalarining ustida daxliz burmalari ko‘rinadi, ovoz va dahliz burmalari 
orasida  
    chuqurliklar-hikildoq qorinchalari joylashgan.  
 5.Ko‘zguning pastida hikildoqning orqa bo‘limi; shilliq parda bilan qoplangan 
yuzi silliq  
    cho‘michsimon tog‘aylar pushti rangli ikki tepachaday bo‘lib ko‘zga ko‘rinadi; 
ushbu  
    tog‘aylarning ovoz o‘siqlariga ovoz burmalarining orqa uchlari birikadi, 
tog‘aylar tanasi- 
    ning orasida esa cho‘mich-simon tog‘aylararo bo‘shliq hosil bo‘ladi. 
6. Cho‘michsimon togaylardan yuqoriga hiqildoq usti qopqog‘i yaprog‘ining 
tashqi chetlari tomon  
    cho‘michhiqildoq usti burmalari joylashgan.Bu burmalardan lateral tomonda  
hiqildoqning 
    pastki qismi, ya’ni noksimon cho‘ntaklari (sinuslari) joylashgan. Me’yorda 
cho‘michsimon to- 
    g‘aylar, cho‘michhiqildoq usti burmalari va noksi-mon cho‘ntaklarning shilliq 
pardasi pushti  
    rangda, yuzi silliq  bo‘ladi.  
Logotip
me’yorda och-pushti yoki biroz sarg‘ish bo‘ladi. Hiqildoq usti qopqog‘i va til ildizi orasida ikki kichik chuqurchalar-vallekulalar joylashgan.Ular o‘rta va yon til hiqildoq usti qopqog‘i burmalari bilan chegaralangan. 3.Ovoz chiqarilganda va chuqur nafas olinganda ovoz burmalari ko‘zguda aniq ko‘rinadi; me’yorda ular yaltiroq ok rangda bo‘ladi. Ovoz burmalarning old uchlari qalqonsimon tog‘ay sohasida o‘tkir burchak, ya’ni old komissurani hosil qiladi. 4.Ovoz burmalarining ustida daxliz burmalari ko‘rinadi, ovoz va dahliz burmalari orasida chuqurliklar-hikildoq qorinchalari joylashgan. 5.Ko‘zguning pastida hikildoqning orqa bo‘limi; shilliq parda bilan qoplangan yuzi silliq cho‘michsimon tog‘aylar pushti rangli ikki tepachaday bo‘lib ko‘zga ko‘rinadi; ushbu tog‘aylarning ovoz o‘siqlariga ovoz burmalarining orqa uchlari birikadi, tog‘aylar tanasi- ning orasida esa cho‘mich-simon tog‘aylararo bo‘shliq hosil bo‘ladi. 6. Cho‘michsimon togaylardan yuqoriga hiqildoq usti qopqog‘i yaprog‘ining tashqi chetlari tomon cho‘michhiqildoq usti burmalari joylashgan.Bu burmalardan lateral tomonda hiqildoqning pastki qismi, ya’ni noksimon cho‘ntaklari (sinuslari) joylashgan. Me’yorda cho‘michsimon to- g‘aylar, cho‘michhiqildoq usti burmalari va noksi-mon cho‘ntaklarning shilliq pardasi pushti rangda, yuzi silliq bo‘ladi.
7. Nafas olinganda va ovoz chikarilganda ko‘zguda hiqildoqning ikki tomonlama  
harakati  ko‘- 
   rinadi. 
8. Chuqur nafas olinganda ovoz burmalari orasida uchburchak tirqish- “ovoz 
tirqishi” hosil  
   bo‘ladi; ovoz yorig‘idan och-pushti shilliq parda bilan qoplangan traxeyaning 
yuqori halqa-   
   lari ko‘zga tashlanib turadi  
9. Hikildoq ko‘zdan kechirilganda uning umumiy va bo‘limlarining holatiga 
alohida - alohida   
   baho beriladi. 
   I V bosqich. Bevosita laringoskopiya.  
   Bolalarda bilvosita laringoskopiyani 
 bajarish qiyin bo‘lganligi sababli ularda  bevosita laringoskopiya  tekshiruvi 
o‘tkaziladi.    
 Bevosita laringoskopiyada laringoskop yoki bronxoskop  ishlatiladi. Bevosita 
laringoskopiya bosqichlari 110-114 rasmlarda keltirilgan. 
 
 
 
 
118- rasm. Laringoskopni        119-rasm.Laringoskopni             120-rasm. Hiqildoq 
osti         121-rasm. Laringos- 
til ildizigacha kiritish 
            hiqildoq qopqog‘igacha                qopqog‘ini 
ko‘tarib nafas          kopiyada hiqildoq                                                  
Logotip
7. Nafas olinganda va ovoz chikarilganda ko‘zguda hiqildoqning ikki tomonlama harakati ko‘- rinadi. 8. Chuqur nafas olinganda ovoz burmalari orasida uchburchak tirqish- “ovoz tirqishi” hosil bo‘ladi; ovoz yorig‘idan och-pushti shilliq parda bilan qoplangan traxeyaning yuqori halqa- lari ko‘zga tashlanib turadi 9. Hikildoq ko‘zdan kechirilganda uning umumiy va bo‘limlarining holatiga alohida - alohida baho beriladi. I V bosqich. Bevosita laringoskopiya. Bolalarda bilvosita laringoskopiyani bajarish qiyin bo‘lganligi sababli ularda bevosita laringoskopiya tekshiruvi o‘tkaziladi. Bevosita laringoskopiyada laringoskop yoki bronxoskop ishlatiladi. Bevosita laringoskopiya bosqichlari 110-114 rasmlarda keltirilgan. 118- rasm. Laringoskopni 119-rasm.Laringoskopni 120-rasm. Hiqildoq osti 121-rasm. Laringos- til ildizigacha kiritish hiqildoq qopqog‘igacha qopqog‘ini ko‘tarib nafas kopiyada hiqildoq
                                                         kiritish                                     yo‘lini 
to‘g‘rilash                        manzarasi            
 
 
 
 
    
  V- boskich. Traxeobronxoskopiya. 
 Traxeobronxoskopiya nafas disfunksiyalari bilan kechgan o‘smalarda,traxeya-
qizilo‘ngach okma-larida, atelektazning turli joylashuvlarida va h.k. diagnostik 
maqsadda, nafas yo‘llari yot jismlari va skleroma kasalligida davolash maqsadida 
qo‘llanadi  Yiringli zotiljamda, o‘p-ka ho‘ppozi va silida asosiy davolash 
tadbirlaridan biri hisoblanadi. 
  Naycha 
qaysi 
sohadan 
kiritilganligiga 
qarab 
yuqori 
va 
pastki 
traxeobronxoskopiya usullari tafovut etiladi. Yuqori traxeobronxoskopiyada 
naycha og‘iz, halqum va hiqildoq orqali kiri-tilsa, pastki traxeobroxoskopiyada u 
ilgari hosil qilingan traxeostoma teshigi orqali kiri-tiladi. 
   Traxeobronxoskopiya umumiy og‘riksizlantirish ostida,  bemor boshini orqaga 
tashlab, chal-qancha yotgan holatida  bajariladi. 
   Traxeobronxoskop naychasini kiritish. Bemor operatsiya stolida boshini orqaga 
tashlab, chal-qancha yotadi, uning yelkalari ostiga yostiqcha qo‘yiladi. Bemorni 
pastki jag‘ini chap qo‘lning barmoqlari bilan ushlagandan so‘ng vrach ko‘z 
nazorati ostida chap qo‘li yordamida laringo-skopni o‘rta chiziq bo‘ylab tilcha 
orientirida til ildizigacha kiritadi, keyin hiqildoq qop-qog‘ining ildizini bosib, 
hiqildoq yorig‘ini ko‘zdan kechiradi. O‘ng qo‘li yordamida bronxoskop naychasini 
hiqildoqga kiritib, laringoskopni chiqarib oladi (bronxoskop naychasi orqali). 
Keyin vrach o‘ng qo‘li bilan bronxoskopni og‘iz burchagi orqali bemorning og‘iz 
bo‘shlig‘iga kiritadi, bunda naychaning distal uchi og‘izhalqumning o‘rtasida 
joylashishi kerak. Til va hiqildoq usti qopqog‘ini bosgan xolda naycha asta-sekin 
oldinga siljitiladi, shunda ovoz tirqishi ko‘zga tashlanadi. Naychaning distal uchini 
45 0 aylantirib, naycha ovoz tirqishi orqali traxeyaga kiritiladi. Dastlab traxeya 
devorlari, keyin  bifurkatsiya maydoni ko‘zdan kechiriladi. Ko‘z nazorati ostida 
naycha navbatma-navbat asosiy, keyin - kichik bronxlar ichiga kiritiladi. Naychani 
chiqarib olish paytida ham traxeyabronx daraxti ko‘zdan kechirilishi lo-zim. Yot 
Logotip
kiritish yo‘lini to‘g‘rilash manzarasi V- boskich. Traxeobronxoskopiya. Traxeobronxoskopiya nafas disfunksiyalari bilan kechgan o‘smalarda,traxeya- qizilo‘ngach okma-larida, atelektazning turli joylashuvlarida va h.k. diagnostik maqsadda, nafas yo‘llari yot jismlari va skleroma kasalligida davolash maqsadida qo‘llanadi Yiringli zotiljamda, o‘p-ka ho‘ppozi va silida asosiy davolash tadbirlaridan biri hisoblanadi. Naycha qaysi sohadan kiritilganligiga qarab yuqori va pastki traxeobronxoskopiya usullari tafovut etiladi. Yuqori traxeobronxoskopiyada naycha og‘iz, halqum va hiqildoq orqali kiri-tilsa, pastki traxeobroxoskopiyada u ilgari hosil qilingan traxeostoma teshigi orqali kiri-tiladi. Traxeobronxoskopiya umumiy og‘riksizlantirish ostida, bemor boshini orqaga tashlab, chal-qancha yotgan holatida bajariladi. Traxeobronxoskop naychasini kiritish. Bemor operatsiya stolida boshini orqaga tashlab, chal-qancha yotadi, uning yelkalari ostiga yostiqcha qo‘yiladi. Bemorni pastki jag‘ini chap qo‘lning barmoqlari bilan ushlagandan so‘ng vrach ko‘z nazorati ostida chap qo‘li yordamida laringo-skopni o‘rta chiziq bo‘ylab tilcha orientirida til ildizigacha kiritadi, keyin hiqildoq qop-qog‘ining ildizini bosib, hiqildoq yorig‘ini ko‘zdan kechiradi. O‘ng qo‘li yordamida bronxoskop naychasini hiqildoqga kiritib, laringoskopni chiqarib oladi (bronxoskop naychasi orqali). Keyin vrach o‘ng qo‘li bilan bronxoskopni og‘iz burchagi orqali bemorning og‘iz bo‘shlig‘iga kiritadi, bunda naychaning distal uchi og‘izhalqumning o‘rtasida joylashishi kerak. Til va hiqildoq usti qopqog‘ini bosgan xolda naycha asta-sekin oldinga siljitiladi, shunda ovoz tirqishi ko‘zga tashlanadi. Naychaning distal uchini 45 0 aylantirib, naycha ovoz tirqishi orqali traxeyaga kiritiladi. Dastlab traxeya devorlari, keyin bifurkatsiya maydoni ko‘zdan kechiriladi. Ko‘z nazorati ostida naycha navbatma-navbat asosiy, keyin - kichik bronxlar ichiga kiritiladi. Naychani chiqarib olish paytida ham traxeyabronx daraxti ko‘zdan kechirilishi lo-zim. Yot
jism yoki gistologik tekshiruvga olingan to‘qima parchalari maxsus qisqichlar 
yorda-mida olinadi. Bronxlardan shilimshiq ajralma yoki yiringni olib tashlash 
uchun elektr so‘r-g‘ich ishlatiladi. Muolajadan so‘ng bemor 2 soat davomida vrach 
nazorati ostida bo‘lishi lozim, chunki bu vaqt ichida bemorda hiqildoq shishi va 
stenotik nafas belgilari yuz berishi mumkin 
                                                      
Hiqildoq  fiziologiyasi 
    Hiqildoq organizmning nafas,himoya, fonatsiya (ovoz chiqarish), nutq 
faoliyatida qatnashadi. 
    Hiqildoqning nafas funksiyasi havoni o‘tkazish va  nafasni boshqarishdan iborat. 
Pastki  nafas  yo‘liga  o‘tgan  havoning  hajmi ovoz tirqishining kengayishiga yoki 
torayishiga bog‘liq bo‘ladi: erkin nafas olinganda ovoz tirqishi kengayadi, nafas 
chiqarilganda - torayadi; chuqur nafas olinganda ovoz tirqishi ayniqsa keng 
ochiladi, nafas olinmaganda - keskin torayadi. Asosiy kengaytiruvchi va 
yordamchi mushakllar ovoz yorig‘ini  kengaytirsa, yordamchi  mushaklar- 
toraytiradi. 
    Uzunchoq miyada joylashgan nafas markazi hiqildoqning sezuvchan va harakat 
innerva-siyasini ta’minlovchi sayyor asab tolasi o‘zaklari bilan bog‘lanadi. 
Hiqildoq yorig‘idan o‘ta-yotgan havo oqimi  uning retseptorlariga ta’sir ko‘rsatishi 
natijada nafas ritmi va chuqurli-gi reflektor ravishda o‘zgaradi. Bunda havo oqimi 
- adekvat qo‘zg‘atuvchi sifatida xizmat qi-ladi. Hosil bo‘lgan impuls asosiy 
afferent yul - yuqori hiqildoq asab tolasining sezuvchan yo‘llari va qo‘shimcha 
afferent yo‘llar pastki hiqildoq  va til-halqum asab tolalar orqali nafas markaziga  
yetib boradi. 
  Hiqildoqning himoya faoliyati turlicha namoyon bo‘ladi. Yutinganda hiqildoq 
yuqoriga ko‘ta-rillib, hiqildoq usti qopqog‘ining hiqildoqqa kirish joyini zich 
yopadi va nafas yo‘lini ovqatni o‘tkazish yo‘lidan ajratadi. Bir vaqtning o‘zida 
dahliz burmalari qisqarib, ovoz bur-malari yopiladi. 
Logotip
jism yoki gistologik tekshiruvga olingan to‘qima parchalari maxsus qisqichlar yorda-mida olinadi. Bronxlardan shilimshiq ajralma yoki yiringni olib tashlash uchun elektr so‘r-g‘ich ishlatiladi. Muolajadan so‘ng bemor 2 soat davomida vrach nazorati ostida bo‘lishi lozim, chunki bu vaqt ichida bemorda hiqildoq shishi va stenotik nafas belgilari yuz berishi mumkin Hiqildoq fiziologiyasi Hiqildoq organizmning nafas,himoya, fonatsiya (ovoz chiqarish), nutq faoliyatida qatnashadi. Hiqildoqning nafas funksiyasi havoni o‘tkazish va nafasni boshqarishdan iborat. Pastki nafas yo‘liga o‘tgan havoning hajmi ovoz tirqishining kengayishiga yoki torayishiga bog‘liq bo‘ladi: erkin nafas olinganda ovoz tirqishi kengayadi, nafas chiqarilganda - torayadi; chuqur nafas olinganda ovoz tirqishi ayniqsa keng ochiladi, nafas olinmaganda - keskin torayadi. Asosiy kengaytiruvchi va yordamchi mushakllar ovoz yorig‘ini kengaytirsa, yordamchi mushaklar- toraytiradi. Uzunchoq miyada joylashgan nafas markazi hiqildoqning sezuvchan va harakat innerva-siyasini ta’minlovchi sayyor asab tolasi o‘zaklari bilan bog‘lanadi. Hiqildoq yorig‘idan o‘ta-yotgan havo oqimi uning retseptorlariga ta’sir ko‘rsatishi natijada nafas ritmi va chuqurli-gi reflektor ravishda o‘zgaradi. Bunda havo oqimi - adekvat qo‘zg‘atuvchi sifatida xizmat qi-ladi. Hosil bo‘lgan impuls asosiy afferent yul - yuqori hiqildoq asab tolasining sezuvchan yo‘llari va qo‘shimcha afferent yo‘llar pastki hiqildoq va til-halqum asab tolalar orqali nafas markaziga yetib boradi. Hiqildoqning himoya faoliyati turlicha namoyon bo‘ladi. Yutinganda hiqildoq yuqoriga ko‘ta-rillib, hiqildoq usti qopqog‘ining hiqildoqqa kirish joyini zich yopadi va nafas yo‘lini ovqatni o‘tkazish yo‘lidan ajratadi. Bir vaqtning o‘zida dahliz burmalari qisqarib, ovoz bur-malari yopiladi.
   Reflektor yo‘tal muhim himoya mexanizmi bo‘lib, u  turli yot jismlarni (qattiq, 
suyuk, gazsi-mon)  hiqildoq yorig‘idan  chiqarb tashlashga yordam beradi. 
Hiqildoqning  limfadenoid  to‘qi-masi ham himoya faoliyatini bajaradi. 
   Hiqildoqning fonatsiya  yoki  ovoz chiqarish faoliyati nafas va nutq faoliyatlari 
bilan cham-barchas bog‘liq.. Ovoz nafas chiqarilganda, ovoz burmalari yopiq 
holatida hosil bo‘ladi. Ovoz-ning hosil bo‘lishida bir nechta a’zolar: diafragma, 
plevra,  o‘pka,  bronxlar, traxeya, hiqil-doq, halqum, og‘iz va burun bo‘shliqlari 
hamda burun yondosh bo‘shliqlari ishtirok etadi. Ovoz burmalari ko‘ndalang, 
bo‘yiga va vertikal tekislikda tebranadi. Ovozni hosil bo‘lishida ovoz 
burmalarining ko‘ndalang  tebranishi (ichkariga va tashqariga ) muhim  
ahamiyatga  ega. 
     Hiqildoqda hosil  bo‘lgan  ovozning tembri, kuchi va balandligi rezonatorlar 
(hajmi va shakli bilan bir-biridan  farq  qilgan  turli havoli bo‘shliqlar) yordamida 
o‘zgaradi. 
  Hikildoqning nutq faoliyati muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Insonning nutqi eng 
oliy va eng yetuk moslashuv jarayoni hisoblanadi. So‘z - bu ikkinchi signal tizimi, 
nutq  a’zolaridan markaziy asab  tizimiga  yuboriladigan  kinestezik ta’sir 
nutqining asosiy qismidir. Nutq a’zolariga artikulyatsiya apparati kiradi. Bu 
apparat "faol" (hiqildoqning ovoz burmalari, til, lablar, yumshoq tanglay, halqum ) 
va "passiv " (tish, kattik tanglay, yukori jag‘ ) a’zolar-dan tashkil topgan. 
Artikulyatsiya apparatida unli va unsiz tovushlar xosil bulib, tovushlar so‘zga  
aylanadi. Shivirlab gapirganda ovoz burmalari yopilmay, bir-biriga biroz 
yaqinlasha-di, shunda o‘pkadan chiqarilayotgan havo oqimi hiqildoq sohasida  
yengil to‘siqqa duch keladi va hosil bo‘lgan tovush shovqinga o‘xshaydi. 
Artikulyatsiya  apparati  va  rezonatorlar yordamida bu shovqin  unli va unsiz 
tovushlarga aylanadi. 
    Ovozni hosil bo‘lishi, ovoz apparati kasalliklari va  ularni oldini olish masalalari 
bi-lan foniatriya fani shug‘ullanadi (grek so‘zidan olingan, phone-tovush, iatreia - 
davolash). 
Logotip
Reflektor yo‘tal muhim himoya mexanizmi bo‘lib, u turli yot jismlarni (qattiq, suyuk, gazsi-mon) hiqildoq yorig‘idan chiqarb tashlashga yordam beradi. Hiqildoqning limfadenoid to‘qi-masi ham himoya faoliyatini bajaradi. Hiqildoqning fonatsiya yoki ovoz chiqarish faoliyati nafas va nutq faoliyatlari bilan cham-barchas bog‘liq.. Ovoz nafas chiqarilganda, ovoz burmalari yopiq holatida hosil bo‘ladi. Ovoz-ning hosil bo‘lishida bir nechta a’zolar: diafragma, plevra, o‘pka, bronxlar, traxeya, hiqil-doq, halqum, og‘iz va burun bo‘shliqlari hamda burun yondosh bo‘shliqlari ishtirok etadi. Ovoz burmalari ko‘ndalang, bo‘yiga va vertikal tekislikda tebranadi. Ovozni hosil bo‘lishida ovoz burmalarining ko‘ndalang tebranishi (ichkariga va tashqariga ) muhim ahamiyatga ega. Hiqildoqda hosil bo‘lgan ovozning tembri, kuchi va balandligi rezonatorlar (hajmi va shakli bilan bir-biridan farq qilgan turli havoli bo‘shliqlar) yordamida o‘zgaradi. Hikildoqning nutq faoliyati muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Insonning nutqi eng oliy va eng yetuk moslashuv jarayoni hisoblanadi. So‘z - bu ikkinchi signal tizimi, nutq a’zolaridan markaziy asab tizimiga yuboriladigan kinestezik ta’sir nutqining asosiy qismidir. Nutq a’zolariga artikulyatsiya apparati kiradi. Bu apparat "faol" (hiqildoqning ovoz burmalari, til, lablar, yumshoq tanglay, halqum ) va "passiv " (tish, kattik tanglay, yukori jag‘ ) a’zolar-dan tashkil topgan. Artikulyatsiya apparatida unli va unsiz tovushlar xosil bulib, tovushlar so‘zga aylanadi. Shivirlab gapirganda ovoz burmalari yopilmay, bir-biriga biroz yaqinlasha-di, shunda o‘pkadan chiqarilayotgan havo oqimi hiqildoq sohasida yengil to‘siqqa duch keladi va hosil bo‘lgan tovush shovqinga o‘xshaydi. Artikulyatsiya apparati va rezonatorlar yordamida bu shovqin unli va unsiz tovushlarga aylanadi. Ovozni hosil bo‘lishi, ovoz apparati kasalliklari va ularni oldini olish masalalari bi-lan foniatriya fani shug‘ullanadi (grek so‘zidan olingan, phone-tovush, iatreia - davolash).