HOL, UNING TURLARI VA IFODALANISHI

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

23,9 KB


 
 
 
 
 
 
HOL, UNING TURLARI VA IFODALANISHI 
 
Reja: 
1. Ravish holi  
2. Payt holi  
3. O‘rin holi  
4. Sabab holi  
5. Maqsad holi  
6. Miqdor-daraja holi  
7. Shart holi  
8. To‘siqsizlik holi  
9. Gap bo‘laklarining joylashish tartibi 
 
Hol 
Odatda fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan 
bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning belgisini bildiradigan ikkinchi 
darajali bo‘lakka hol deyiladi. Hol ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning 
bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja kabilarni 
bildiradi. Hol ravish, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari shakllaridagi ot yoki 
ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar, sifat, son, fe’l shakllari, taqlid so‘z hamda so‘z 
birikmasi orqali ifodalanadi. 
Ravish, asosan, hol vazifasini bajaruvchi mustaqil so‘z turkumidir. Masalan: 
Faqat idora yaqinidagi MTS tomonidan yakka traktorning o‘qtin-o‘qtin gurillagani 
eshitildi. (O‘.Hoshimov). Asta esa boshlagan shamol tumanni pastliklarga olib 
ketdi. (J.Abdullaxonov). 
Gapda hol bo‘lib kelish fe’lning ravishdosh shaklining ham asosiy 
vazifalaridandir. Masalan: Tomchilarning derazaga chirsillab urilishi aniq eshitila 
HOL, UNING TURLARI VA IFODALANISHI Reja: 1. Ravish holi 2. Payt holi 3. O‘rin holi 4. Sabab holi 5. Maqsad holi 6. Miqdor-daraja holi 7. Shart holi 8. To‘siqsizlik holi 9. Gap bo‘laklarining joylashish tartibi Hol Odatda fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning belgisini bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lakka hol deyiladi. Hol ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja kabilarni bildiradi. Hol ravish, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari shakllaridagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar, sifat, son, fe’l shakllari, taqlid so‘z hamda so‘z birikmasi orqali ifodalanadi. Ravish, asosan, hol vazifasini bajaruvchi mustaqil so‘z turkumidir. Masalan: Faqat idora yaqinidagi MTS tomonidan yakka traktorning o‘qtin-o‘qtin gurillagani eshitildi. (O‘.Hoshimov). Asta esa boshlagan shamol tumanni pastliklarga olib ketdi. (J.Abdullaxonov). Gapda hol bo‘lib kelish fe’lning ravishdosh shaklining ham asosiy vazifalaridandir. Masalan: Tomchilarning derazaga chirsillab urilishi aniq eshitila  
 
boshladi. (O‘.Hoshimov). Erali bu gaplarni choyxonada odam gavjum paytida 
maqtana-maqtana aytib berdi. (S.Ahmad). 
Ot jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigida kelib yoki ko‘makchi bilan birga 
ishlatilib hol vazifasini bajarishi mumkin: Toshkentga butun mamlakatdan katta 
geolog olimlar kelishgan. (S.Karomatov). Mashina shiddat bilan qaltis tog‘ yo‘lidan 
uchib ketdi. (O‘.Hoshimov). 
Harakat nomi gapda hol bo‘lib kelganda, u ham ot kabi shakllanadi: 
Mehmonlarni kutish uchun bog`ga dasturxon tayyorlatib qo‘yishgan edi. 
(S.Ahmad). 
Taqlid so‘z ham gapda hol vazifasida kela oladi: Toshlar havoni g‘iz-g‘iz 
yorib o‘tadi. (Oybek). Ko‘chadan dupur-dupur o‘ynoqlab bir gala otlar o‘tadi. 
(J.Abdullaxonov). 
Ba’zan hol so‘z birikmasi bilan ifodalanadi: Tong otar payti bulbullar paydar-
pay sayraydi. (S.Ahmad). Aqlni o‘stirmoq uchun hadeb o‘qiyvermasdan ko‘proq 
fikrlash kerak. («Tafakkur gulshani»). 
Hol o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan «hol-hollanmish» sintaktik munosabatini 
yuzaga keltiradi. 
Hollar ma’nolariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi. 
1. Ravish holi ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday? 
qanday qilib? qay tarzda? qay holda? degan so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. U 
quyidagicha ifodalanadi: 
1) holat ravishi bilan: Sahnada hozir biron yangilik yuz berishi kerakday, 
hamma nafasini ichiga yutib, jimgina tikilib qoldi. Birdan qarsak chala boshladilar. 
(J.Abdullaxonov).  
2) ravishdosh bilan: To‘rg‘aylar bir nuqta ustida qanot qoqib g‘ujurlashadi. 
(P.Qodirov). Temirjon ularning kuyib-pishib bir-birlariga gap uqtirishlarini ko‘rib, 
o‘qituvchilarning muvaffaqiyatidan qanchalik faxrlanishlarini his qila boshladi. 
(J.Abdullaxonov). Qiqirlab kulganicha qochib borayotgan qizning ortidan jilmayib 
qarab turdi. (J.Abdullaxonov). Ona yana o‘ylay-o‘ylay o‘yiga etolmay qoldi. 
(J.Abdullaxonov).  
3) sifatdosh+ «holda» ko‘makchi so‘zi bilan: Bu payt Yulduzning 
dugonalari o‘zaro bahslashgan holda yaqinlasha boshladilar. (J.Abdullaxonov). 
boshladi. (O‘.Hoshimov). Erali bu gaplarni choyxonada odam gavjum paytida maqtana-maqtana aytib berdi. (S.Ahmad). Ot jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigida kelib yoki ko‘makchi bilan birga ishlatilib hol vazifasini bajarishi mumkin: Toshkentga butun mamlakatdan katta geolog olimlar kelishgan. (S.Karomatov). Mashina shiddat bilan qaltis tog‘ yo‘lidan uchib ketdi. (O‘.Hoshimov). Harakat nomi gapda hol bo‘lib kelganda, u ham ot kabi shakllanadi: Mehmonlarni kutish uchun bog`ga dasturxon tayyorlatib qo‘yishgan edi. (S.Ahmad). Taqlid so‘z ham gapda hol vazifasida kela oladi: Toshlar havoni g‘iz-g‘iz yorib o‘tadi. (Oybek). Ko‘chadan dupur-dupur o‘ynoqlab bir gala otlar o‘tadi. (J.Abdullaxonov). Ba’zan hol so‘z birikmasi bilan ifodalanadi: Tong otar payti bulbullar paydar- pay sayraydi. (S.Ahmad). Aqlni o‘stirmoq uchun hadeb o‘qiyvermasdan ko‘proq fikrlash kerak. («Tafakkur gulshani»). Hol o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan «hol-hollanmish» sintaktik munosabatini yuzaga keltiradi. Hollar ma’nolariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi. 1. Ravish holi ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday? qanday qilib? qay tarzda? qay holda? degan so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. U quyidagicha ifodalanadi: 1) holat ravishi bilan: Sahnada hozir biron yangilik yuz berishi kerakday, hamma nafasini ichiga yutib, jimgina tikilib qoldi. Birdan qarsak chala boshladilar. (J.Abdullaxonov). 2) ravishdosh bilan: To‘rg‘aylar bir nuqta ustida qanot qoqib g‘ujurlashadi. (P.Qodirov). Temirjon ularning kuyib-pishib bir-birlariga gap uqtirishlarini ko‘rib, o‘qituvchilarning muvaffaqiyatidan qanchalik faxrlanishlarini his qila boshladi. (J.Abdullaxonov). Qiqirlab kulganicha qochib borayotgan qizning ortidan jilmayib qarab turdi. (J.Abdullaxonov). Ona yana o‘ylay-o‘ylay o‘yiga etolmay qoldi. (J.Abdullaxonov). 3) sifatdosh+ «holda» ko‘makchi so‘zi bilan: Bu payt Yulduzning dugonalari o‘zaro bahslashgan holda yaqinlasha boshladilar. (J.Abdullaxonov).  
 
4) bosh kelishikdagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan ot bilan: Turmushning 
yaxshi o‘tib, farovonlik bilan yashashni istasang, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yma. 
(«Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 
5) sifat bilan: Qiyshiq o‘tirsang ham, to‘g‘ri gapir. (Maqol). Albatta, mendan 
ko‘ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov). 
6) taqlid so‘z bilan: Ufqqa yonboshlagan quyoshning so‘nggi nurlaridan 
yaltiragan mirzateraklar uchidagi nurlar lip-lip o‘chdi. (J.Abdullaxonov). Ba’zilar 
negadir hiring-hiring kulishar, pichir-pichir so‘z qotishardi. (J.Abdullaxonov). 
7) frazeologik ibora bilan: U tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ko‘chaga chiqdi. 
(F.Musajonov). 
2. Payt holi ish-harakatning bajarilish paytini, uning chegarasini bildirib, 
qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. 
Payt holi payt ravishi, ravishdosh, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi so‘zlar 
bilan, ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. 
Masalan: Tomosha qilib turganlar doim uni kulgi qilishardi. (P.Qodirov). Ertalab 
bolalar uchun olgan suvlaridan ozgina qolgan edi. (P.Qodirov). Hech qachon o‘z 
aybingni birovga yuklashni o‘rganma!.. (J.Abdullaxonov). Yoshligingda odat 
qilsang, qariguncha ko‘nikasan, qariganingda odat qilsang, ko‘nikkuncha 
ko‘milasan. (Maqol). O‘ttizida er atangan, qirqida sher atanar. (Maqol). Kuni bilan 
jiyanlarini erkalatib, soy bo‘ylarida aylandi. (J.Abdullaxonov). Biz dam olish kuni 
shahardan tashqariga, Bo‘zsuv bo‘yiga chiqdik. (O.Yoqubov). 
Payt holi harakatning bajarilish paytini bildiradi: Shunday diqqat bo‘lgan 
kunlarning birida Tolibjon kechasi xontaxtaga bag‘rini berib... xat yozdi. 
(S.Ahmad). Temirjonning ongi hech qachon bunchalik yangiliklar bilan boyimagan 
edi. (J.Abdullaxonov). 
Payt holi harakatning bajarilishidagi chegarani bildiradi: Yangi yilgacha 
yog‘ingarchilik kam bo‘ldi... (J.Abdullaxonov). Ertalabdan to qorong‘i tushgunga 
qadar barcha qatori dala qoshidan nari ketmasdi. (J.Abdullaxonov). Temirjon 
allamahalgacha uyqusi qochib, Usmonali otaning Hilol aka haqidagi gaplarini 
eslab yotdi. (J.Abdullaxonov). Men yigirma besh yildan beri paxta ekaman. 
(J.Abdullaxonov).  
4) bosh kelishikdagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan ot bilan: Turmushning yaxshi o‘tib, farovonlik bilan yashashni istasang, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yma. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 5) sifat bilan: Qiyshiq o‘tirsang ham, to‘g‘ri gapir. (Maqol). Albatta, mendan ko‘ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov). 6) taqlid so‘z bilan: Ufqqa yonboshlagan quyoshning so‘nggi nurlaridan yaltiragan mirzateraklar uchidagi nurlar lip-lip o‘chdi. (J.Abdullaxonov). Ba’zilar negadir hiring-hiring kulishar, pichir-pichir so‘z qotishardi. (J.Abdullaxonov). 7) frazeologik ibora bilan: U tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ko‘chaga chiqdi. (F.Musajonov). 2. Payt holi ish-harakatning bajarilish paytini, uning chegarasini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Payt holi payt ravishi, ravishdosh, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan, ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Tomosha qilib turganlar doim uni kulgi qilishardi. (P.Qodirov). Ertalab bolalar uchun olgan suvlaridan ozgina qolgan edi. (P.Qodirov). Hech qachon o‘z aybingni birovga yuklashni o‘rganma!.. (J.Abdullaxonov). Yoshligingda odat qilsang, qariguncha ko‘nikasan, qariganingda odat qilsang, ko‘nikkuncha ko‘milasan. (Maqol). O‘ttizida er atangan, qirqida sher atanar. (Maqol). Kuni bilan jiyanlarini erkalatib, soy bo‘ylarida aylandi. (J.Abdullaxonov). Biz dam olish kuni shahardan tashqariga, Bo‘zsuv bo‘yiga chiqdik. (O.Yoqubov). Payt holi harakatning bajarilish paytini bildiradi: Shunday diqqat bo‘lgan kunlarning birida Tolibjon kechasi xontaxtaga bag‘rini berib... xat yozdi. (S.Ahmad). Temirjonning ongi hech qachon bunchalik yangiliklar bilan boyimagan edi. (J.Abdullaxonov). Payt holi harakatning bajarilishidagi chegarani bildiradi: Yangi yilgacha yog‘ingarchilik kam bo‘ldi... (J.Abdullaxonov). Ertalabdan to qorong‘i tushgunga qadar barcha qatori dala qoshidan nari ketmasdi. (J.Abdullaxonov). Temirjon allamahalgacha uyqusi qochib, Usmonali otaning Hilol aka haqidagi gaplarini eslab yotdi. (J.Abdullaxonov). Men yigirma besh yildan beri paxta ekaman. (J.Abdullaxonov).  
 
3. O‘rin holi ish-harakatning bo‘lish, boshlanish, yo‘nalish o‘rnini bildirib, 
qayerda? qayerdan? qayerga? qayergacha? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. 
O‘rin holi o‘rin ravishi, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar hamda 
ko‘makchili ishlatilgan otlar, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Unda 
yuqoridan shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg‘oqqa 
sapchib oqardi. (S.Ahmad). Afsus, oyoqlar ostida tuzoqlar ko‘p. (T.Malik). Osmoni 
falakka burgut qanotini tarang yozib uchadi. (S.Ahmad).  
O‘rin holi ma’nosiga ko‘ra uch xil: 
1) ish-harakatning bo‘lish o‘rnini bildirib, qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. 
U o‘rin ravishi, o‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar hamda ko‘makchili ishlatilgan 
so‘zlar bilan ifodalanadi: Bostirmada g‘ildiraklari olingan... «Volga» mashinasi 
turibdi. (P.Qodirov). Yuqorida ... bola shitirlashni eshitgan zahoti bu tomonga 
qarab chopgan edi. (P.Qodirov). Ular yuqoridan shildirab tushayotgan suv bo‘yida 
archa bilan ayqashib o‘sgan zirk tagida o‘tirib ovqatlanishadi. (P.Qodirov). 
2) ish-harakatning yo‘nalish o‘rnini yoki harakatning bo‘lishidagi eng 
so‘nggi chegarani bildirib, qayerga? qayergacha? so‘rog‘idan biriga javob bo‘ladi: 
U Tolibjonga ro‘para kelishdan qo‘rqib, so‘qmoqdan o‘ngga burildi... (S.Ahmad). 
Ishkomlar tunnel singari bir tekis olis-olislarga cho‘zilgan. (J.Abdullaxonov). 
Qo‘rg‘oshindek qora bulutlar Oyqor tog‘lari tomon o‘tib ketdi. (S.Ahmad). – Kelib 
turing, xola,- eshikkacha kuzatib qo‘ymoqchi bo‘ldi Qunduz. (J.Abdullaxonov). 
3) ish-harakatning boshlanish o‘rnini ifodalab, qayerdan? so‘rog‘iga javob 
bo‘ladi: Ministrlikdan telefon qilishardi. (J.Abdullaxonov). Ammo qayoqdandir 
hoshiya tortib kelayotgan qora bulut uning yuzini sholday bir nafas o‘rab turdi... . 
(J.Abdullaxonov). Temirjon haligina kutubxonadan olib kelib, divanga betartib 
sochib qo‘ygan kitoblariga qaradi. (J.Abdullaxonov). 
4. Sabab holi ish-harakatning bajarilish sababini anglatib, nimaga? nima 
uchun? nima sababdan? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. 
Sabab holini ko‘pincha «uchun», «sabali», «tufayli», «bois» kabi 
ko‘makchilari yoki chiqish kelishigi –dan affiksi shakllantiradi.  
Sabab holi ravish, ot, olmosh, sifatdosh, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. 
Masalan: U tortinchoqligi, parishonholligi tufayli ayrimlarga g‘alatiroq 
ko‘rinayotganini ham seza boshladi. (J.Abdullaxonov). Muvaffaqiyatsizliklardan 
3. O‘rin holi ish-harakatning bo‘lish, boshlanish, yo‘nalish o‘rnini bildirib, qayerda? qayerdan? qayerga? qayergacha? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. O‘rin holi o‘rin ravishi, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar hamda ko‘makchili ishlatilgan otlar, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Unda yuqoridan shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg‘oqqa sapchib oqardi. (S.Ahmad). Afsus, oyoqlar ostida tuzoqlar ko‘p. (T.Malik). Osmoni falakka burgut qanotini tarang yozib uchadi. (S.Ahmad). O‘rin holi ma’nosiga ko‘ra uch xil: 1) ish-harakatning bo‘lish o‘rnini bildirib, qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. U o‘rin ravishi, o‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar hamda ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan ifodalanadi: Bostirmada g‘ildiraklari olingan... «Volga» mashinasi turibdi. (P.Qodirov). Yuqorida ... bola shitirlashni eshitgan zahoti bu tomonga qarab chopgan edi. (P.Qodirov). Ular yuqoridan shildirab tushayotgan suv bo‘yida archa bilan ayqashib o‘sgan zirk tagida o‘tirib ovqatlanishadi. (P.Qodirov). 2) ish-harakatning yo‘nalish o‘rnini yoki harakatning bo‘lishidagi eng so‘nggi chegarani bildirib, qayerga? qayergacha? so‘rog‘idan biriga javob bo‘ladi: U Tolibjonga ro‘para kelishdan qo‘rqib, so‘qmoqdan o‘ngga burildi... (S.Ahmad). Ishkomlar tunnel singari bir tekis olis-olislarga cho‘zilgan. (J.Abdullaxonov). Qo‘rg‘oshindek qora bulutlar Oyqor tog‘lari tomon o‘tib ketdi. (S.Ahmad). – Kelib turing, xola,- eshikkacha kuzatib qo‘ymoqchi bo‘ldi Qunduz. (J.Abdullaxonov). 3) ish-harakatning boshlanish o‘rnini ifodalab, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: Ministrlikdan telefon qilishardi. (J.Abdullaxonov). Ammo qayoqdandir hoshiya tortib kelayotgan qora bulut uning yuzini sholday bir nafas o‘rab turdi... . (J.Abdullaxonov). Temirjon haligina kutubxonadan olib kelib, divanga betartib sochib qo‘ygan kitoblariga qaradi. (J.Abdullaxonov). 4. Sabab holi ish-harakatning bajarilish sababini anglatib, nimaga? nima uchun? nima sababdan? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. Sabab holini ko‘pincha «uchun», «sabali», «tufayli», «bois» kabi ko‘makchilari yoki chiqish kelishigi –dan affiksi shakllantiradi. Sabab holi ravish, ot, olmosh, sifatdosh, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: U tortinchoqligi, parishonholligi tufayli ayrimlarga g‘alatiroq ko‘rinayotganini ham seza boshladi. (J.Abdullaxonov). Muvaffaqiyatsizliklardan  
 
ranjishlar yo‘llariga g‘ov bo‘lmas. (J.Abdullaxonov). Negadir birdan zildek bo‘lib 
ketgan qo‘lini arang ko‘tarib, qo‘ng‘iroq tugmasini bordi. (F.Musajonov). 
Hozirgina savdosi yaxshi bo‘lganidan Azizbekning ko‘ngli vayron bo‘ldi. 
(S.Ahmad). 
5. Maqsad holi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nima 
uchun? nimaga? nima maqsadda? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. 
Maqsad holini ko‘pincha «uchun», «maqsadida», «niyatida» yordamchi 
so‘zlari, shuningdek jo‘nalish kelishigi  –ga affiksi shakllantiradi. 
Maqsad holi ravish, ravishdosh, ot, frazeologik ibora, harakat nomi, so‘z 
birikmasi bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Qadamimni ataylab dadil-dadil 
bosaman. (P.Qodirov). Ular baliqlarni tomosha qilgani pastga tushishdi. 
(S.Ahmad). ... Votti kennoyi andak ko‘nglini yozib ketish uchun kelgan ko‘rinadi. 
(J.Abdullaxonov).  
6. Miqdor-daraja holi ish-harakatning bajarilishini miqdor jihatdan belgilab, 
qancha? necha marta? qanchalab? kabi so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. 
Miqdor-daraja holi ko‘pincha miqdor-daraja ravishlari bilan ifodalanadi: 
Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla. (Maqol). Dodamat akaning qotma va abjir 
gavdasiga mos qoramag‘iz basharasi Ahmadga borgan sari ko‘proq yoqardi. 
(F.Musajonov). Bular dushman pozitsiyasiga mumkin qadar yaqinroq borib, biron 
qulay joyda soatlab... poylab etishadi. (A.Qahhor). Yelkasiga charm xalta osgan 
yigit tarjimon bilan xiyla tortishib qoldi. (J.Abdullaxonov). 
Miqdor-daraja holi son bilan ifodalanadi. Bunda son yakka o‘zi yoki «marta», 
«karra» so‘zlari bilan kelib miqdor-daraja holi vazifasini bajaradi: Yetti o‘lchab, bir 
kes. (Maqol). Ana shunaqa, azizlar, fan yana bir karra g‘alaba qozondi. 
(J.Abdullaxonov). Ortiq ham ayiq ovini bir marta ko‘rgan. (P.Qodirov).  
So‘z birikmasi ham miqdor-daraja holi vazifasini bajarishi mumkin. Masalan: 
Mehmonlar yana bir necha muddat teplitsani aylanishdi. (J.Abdullaxonov).  
7. Shart holi nima qilsa(-m , -ng, -k , -ngiz) so‘rog‘iga javob bo‘ladi va bir 
harakatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan ish-harakatni bildiradi: Eksang o‘rasan. 
Qaytarish sharti bilan oldi. 
8. To‘siqsizlik holi nima qilsa (-m, -ng, -k , -ngiz) ham//-da? so‘roqlariga javob 
bo‘lib, bir ish-harakatning bajarilishi uchun to‘siq bo‘la olmaydigan ish-harakatni 
ranjishlar yo‘llariga g‘ov bo‘lmas. (J.Abdullaxonov). Negadir birdan zildek bo‘lib ketgan qo‘lini arang ko‘tarib, qo‘ng‘iroq tugmasini bordi. (F.Musajonov). Hozirgina savdosi yaxshi bo‘lganidan Azizbekning ko‘ngli vayron bo‘ldi. (S.Ahmad). 5. Maqsad holi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nima uchun? nimaga? nima maqsadda? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Maqsad holini ko‘pincha «uchun», «maqsadida», «niyatida» yordamchi so‘zlari, shuningdek jo‘nalish kelishigi –ga affiksi shakllantiradi. Maqsad holi ravish, ravishdosh, ot, frazeologik ibora, harakat nomi, so‘z birikmasi bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Qadamimni ataylab dadil-dadil bosaman. (P.Qodirov). Ular baliqlarni tomosha qilgani pastga tushishdi. (S.Ahmad). ... Votti kennoyi andak ko‘nglini yozib ketish uchun kelgan ko‘rinadi. (J.Abdullaxonov). 6. Miqdor-daraja holi ish-harakatning bajarilishini miqdor jihatdan belgilab, qancha? necha marta? qanchalab? kabi so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Miqdor-daraja holi ko‘pincha miqdor-daraja ravishlari bilan ifodalanadi: Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla. (Maqol). Dodamat akaning qotma va abjir gavdasiga mos qoramag‘iz basharasi Ahmadga borgan sari ko‘proq yoqardi. (F.Musajonov). Bular dushman pozitsiyasiga mumkin qadar yaqinroq borib, biron qulay joyda soatlab... poylab etishadi. (A.Qahhor). Yelkasiga charm xalta osgan yigit tarjimon bilan xiyla tortishib qoldi. (J.Abdullaxonov). Miqdor-daraja holi son bilan ifodalanadi. Bunda son yakka o‘zi yoki «marta», «karra» so‘zlari bilan kelib miqdor-daraja holi vazifasini bajaradi: Yetti o‘lchab, bir kes. (Maqol). Ana shunaqa, azizlar, fan yana bir karra g‘alaba qozondi. (J.Abdullaxonov). Ortiq ham ayiq ovini bir marta ko‘rgan. (P.Qodirov). So‘z birikmasi ham miqdor-daraja holi vazifasini bajarishi mumkin. Masalan: Mehmonlar yana bir necha muddat teplitsani aylanishdi. (J.Abdullaxonov). 7. Shart holi nima qilsa(-m , -ng, -k , -ngiz) so‘rog‘iga javob bo‘ladi va bir harakatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan ish-harakatni bildiradi: Eksang o‘rasan. Qaytarish sharti bilan oldi. 8. To‘siqsizlik holi nima qilsa (-m, -ng, -k , -ngiz) ham//-da? so‘roqlariga javob bo‘lib, bir ish-harakatning bajarilishi uchun to‘siq bo‘la olmaydigan ish-harakatni  
 
bildiradi va shart fе’li+ham//-da), ravishdosh, sifatdosh+bilan ko‘makchisi, 
qaramay, qaramasdan so‘zlari qatnashgan qurilma orqali ifodalanadi: Chaqirilmasa 
ham qatnashdi. Kichik bo‘lgani bilan ancha og‘ir edi. Shoshganiga qaramay kutib 
turdi. 
 
Gap bo‘laklarining joylashish tartibi 
 
O‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi, asosan, erkin. Ularning o‘rnini 
almashtirish odatda grammatik holatni o‘zgartirmaydi. Masalan: Oppoq bulutlar 
qishloq ustidan shoshilmay, tog`ga qarab o‘tib ketadi. (S.Ahmad). - Qishloq ustidan 
oppoq bulutlar shoshilmay o‘tib ketadi tog`ga qarab. - O‘tib ketadi shoshilmay 
tog`ga qarab oppoq bulutlar qishloq ustidan. – Shoshilmay o‘tib ketadi qishoq 
ustidan tog`ga qarab oppoq bulutlar. Mazkur gaplarda gap bo‘laklarining o‘rinlarini 
almashtirish grammatik holatni o‘zgartirmagan, ammo gap mazmuniga ma’lum 
darajada ta’sir etgan, negaki har gal boshqa-boshqa gap bo‘laklariga odatdagidan 
ko‘proq ahamiyat berilgan. Lekin, shunga qaramay, gap bo‘laklari ma’lum bir 
normativ tartibda joylashish xususiyatiga ega. 
O‘zbek tilida ega, odatda, gap boshida, kesim gapning oxirida keladi. Ikkinchi 
darajali bo‘laklar esa ega va kesim orasida joylashadi. Bunday tartib, asosan, darak 
gaplarda bo‘lib, u to‘g‘ri yoki normativ tartib deyiladi. 
Har bir gap bo‘lagiga nisbatan tartib quyidagicha bo‘ladi: 
I. Ega, odatda, gap boshida keladi: Kishilar mirishkor raisni qarsaklar bilan 
olqishladilar. (Y.Shukurov). 
Yoyiq gaplarda ega ba’zan kesim oldida ham kelishi mumkin: Uning 
yigirmataga yaqin qo‘y-echkisi borligini ko‘p odam bilar edi. (P.Qodirov). 
Ba’zan ega gapning oxirida ham keladi: G‘o‘za umriga zavol-ku u. 
(J.Abdullaxonov). 
II. Kesim odatda gapning oxirida keladi: Bog‘da yetti-sakkiz tup mevali 
daraxt, ikki chinor, ikki tup mirzaterak o‘sgan edi. (J.Abdullaxonov).  
She’riyatda, shiorlarda kesim gapning boshida ham keladi: 
 
Intilar borliqni inson 
bildiradi va shart fе’li+ham//-da), ravishdosh, sifatdosh+bilan ko‘makchisi, qaramay, qaramasdan so‘zlari qatnashgan qurilma orqali ifodalanadi: Chaqirilmasa ham qatnashdi. Kichik bo‘lgani bilan ancha og‘ir edi. Shoshganiga qaramay kutib turdi. Gap bo‘laklarining joylashish tartibi O‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi, asosan, erkin. Ularning o‘rnini almashtirish odatda grammatik holatni o‘zgartirmaydi. Masalan: Oppoq bulutlar qishloq ustidan shoshilmay, tog`ga qarab o‘tib ketadi. (S.Ahmad). - Qishloq ustidan oppoq bulutlar shoshilmay o‘tib ketadi tog`ga qarab. - O‘tib ketadi shoshilmay tog`ga qarab oppoq bulutlar qishloq ustidan. – Shoshilmay o‘tib ketadi qishoq ustidan tog`ga qarab oppoq bulutlar. Mazkur gaplarda gap bo‘laklarining o‘rinlarini almashtirish grammatik holatni o‘zgartirmagan, ammo gap mazmuniga ma’lum darajada ta’sir etgan, negaki har gal boshqa-boshqa gap bo‘laklariga odatdagidan ko‘proq ahamiyat berilgan. Lekin, shunga qaramay, gap bo‘laklari ma’lum bir normativ tartibda joylashish xususiyatiga ega. O‘zbek tilida ega, odatda, gap boshida, kesim gapning oxirida keladi. Ikkinchi darajali bo‘laklar esa ega va kesim orasida joylashadi. Bunday tartib, asosan, darak gaplarda bo‘lib, u to‘g‘ri yoki normativ tartib deyiladi. Har bir gap bo‘lagiga nisbatan tartib quyidagicha bo‘ladi: I. Ega, odatda, gap boshida keladi: Kishilar mirishkor raisni qarsaklar bilan olqishladilar. (Y.Shukurov). Yoyiq gaplarda ega ba’zan kesim oldida ham kelishi mumkin: Uning yigirmataga yaqin qo‘y-echkisi borligini ko‘p odam bilar edi. (P.Qodirov). Ba’zan ega gapning oxirida ham keladi: G‘o‘za umriga zavol-ku u. (J.Abdullaxonov). II. Kesim odatda gapning oxirida keladi: Bog‘da yetti-sakkiz tup mevali daraxt, ikki chinor, ikki tup mirzaterak o‘sgan edi. (J.Abdullaxonov). She’riyatda, shiorlarda kesim gapning boshida ham keladi: Intilar borliqni inson  
 
Barkamol etmoq uchun. 
Ne ajab, insonni borliq 
Barkamol etgan emas. 
(E.Vohidov.) 
III. Vositasiz to‘ldiruvchi odatda fe’l kesim oldida keladi. Masalan: Mashina 
shamoli brezentning uchini hilpiratib, chakmonning etaklarini tortqilaydi. 
(P.Qodirov). 
Ba’zan vositasiz to‘ldiruvchi gapning boshida keladi: Yomonlik o‘tini faqat 
yaxshilik o‘chiradi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 
Vositali to‘ldiruvchi ham ko‘pincha kesimdan oldin keladi: Xayrli va savobli 
ishlar insonni turli halokatlardan saqlaydi. (Hadis namunalari). 
IV. Hol ham asosan kesimdan oldin keladi: 
1. Payt holi, odatda, gap boshida, ba’zan egadan keyin, ayrim hollarda 
kesimdan oldin keladi. Masalan: Bugun vahshiy tog‘lar orasida u bilan yuzma-yuz 
keldi. (S.Ahmad). Gazeta yo‘q, televizor hali ham ishlamaydi. (S.Ahmad). Erali 
allaqachon juftakni rostlab qolgan edi. (S.Ahmad). 
2. O‘rin holi, odatda, kesimdan oldin keladi, ba’zan esa gap boshida keladi: ... 
mashina tog‘ etagidagi ellik-oltmish hovlilik Oyko‘l qishlog‘iga kirib bordi. 
(P.Qodirov). Tekislikka yoqqan yomg‘ir tog‘ tepasiga qor bo‘lib tushgan ekan. 
(P.Qodirov).  
3. Ravish holi, odatda, kesim oldida, ba’zan gap boshida keladi: ... barglar 
orasiga to‘planib qolgan oppoq yomg‘ir suvi oftobda yaltirab, tirqirab to‘kildi. 
(P.Qodirov). – Keling,- deb sovuqqina ko‘rishdi. (P.Qodirov). Qo‘qqisdan 
qorasovuq boshlanib, cho‘ponlarni tashvishga solib qo‘ydi. (M.Qoriyev). 
4. Miqdor-daraja holi ham kesim oldida keladi: Ko‘p yurgan ko‘p ko‘rar, ko‘p 
o‘qigan ko‘p uqar. (Maqol). 
5. Sabab va maqsad hollari kesimdan oldin, gapning boshida yoki o‘rtasida 
keladi: Aqlning eng katta g‘alabalari, ehtimol, ehtiroslar tufayli ro‘yobga 
chiqqandir. («Tafakkur gulshani»). Atay izlab keldim, oq qoya, sen naqadar mag‘rur 
va kibor. (Mirtemir). Endi ularning xatosini tuzatish uchun hammamiz qancha 
mashaqqat chekamiz. (P.Qodirov). 
Barkamol etmoq uchun. Ne ajab, insonni borliq Barkamol etgan emas. (E.Vohidov.) III. Vositasiz to‘ldiruvchi odatda fe’l kesim oldida keladi. Masalan: Mashina shamoli brezentning uchini hilpiratib, chakmonning etaklarini tortqilaydi. (P.Qodirov). Ba’zan vositasiz to‘ldiruvchi gapning boshida keladi: Yomonlik o‘tini faqat yaxshilik o‘chiradi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Vositali to‘ldiruvchi ham ko‘pincha kesimdan oldin keladi: Xayrli va savobli ishlar insonni turli halokatlardan saqlaydi. (Hadis namunalari). IV. Hol ham asosan kesimdan oldin keladi: 1. Payt holi, odatda, gap boshida, ba’zan egadan keyin, ayrim hollarda kesimdan oldin keladi. Masalan: Bugun vahshiy tog‘lar orasida u bilan yuzma-yuz keldi. (S.Ahmad). Gazeta yo‘q, televizor hali ham ishlamaydi. (S.Ahmad). Erali allaqachon juftakni rostlab qolgan edi. (S.Ahmad). 2. O‘rin holi, odatda, kesimdan oldin keladi, ba’zan esa gap boshida keladi: ... mashina tog‘ etagidagi ellik-oltmish hovlilik Oyko‘l qishlog‘iga kirib bordi. (P.Qodirov). Tekislikka yoqqan yomg‘ir tog‘ tepasiga qor bo‘lib tushgan ekan. (P.Qodirov). 3. Ravish holi, odatda, kesim oldida, ba’zan gap boshida keladi: ... barglar orasiga to‘planib qolgan oppoq yomg‘ir suvi oftobda yaltirab, tirqirab to‘kildi. (P.Qodirov). – Keling,- deb sovuqqina ko‘rishdi. (P.Qodirov). Qo‘qqisdan qorasovuq boshlanib, cho‘ponlarni tashvishga solib qo‘ydi. (M.Qoriyev). 4. Miqdor-daraja holi ham kesim oldida keladi: Ko‘p yurgan ko‘p ko‘rar, ko‘p o‘qigan ko‘p uqar. (Maqol). 5. Sabab va maqsad hollari kesimdan oldin, gapning boshida yoki o‘rtasida keladi: Aqlning eng katta g‘alabalari, ehtimol, ehtiroslar tufayli ro‘yobga chiqqandir. («Tafakkur gulshani»). Atay izlab keldim, oq qoya, sen naqadar mag‘rur va kibor. (Mirtemir). Endi ularning xatosini tuzatish uchun hammamiz qancha mashaqqat chekamiz. (P.Qodirov).  
 
V. Aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Agar bu tartib o‘zgarsa, ularning 
grammatik holati ham o‘zgaradi. 
1. Qaratuvchi qaralmishdan oldin keladi: Har bir kishining so‘zi o‘z fazilatlari 
dalili va aqlining tarjimonidir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 
2. Sifatlovchi sifatlanmishdan oldin keladi: Havoda ... yong‘oq hazonlarining 
o‘tkir hidi gurkirardi. (O‘.Hoshimov). Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri - o‘quvchiga 
hurmatda bo‘lish. («Tafakkur gulshani»). 
Gapda sifatlovchi birdan ortiq qo‘llansa, ularning tartibi quyidagicha bo‘ladi: 
1) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi+sifatlanmish: U atrofida mavj urib 
turgan yashil daraxtlarga ... zavq bilan tikilardi. (P.Qodirov). 
2) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + olmosh bilan ifodalangan 
sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: Osmonning 
yarmigacha chiqib borgan bu bahaybat devorning u yer - bu yerida cho‘ponlar 
yoqqan gulxanlar milt-milt qiladi. (P.Qodirov). 
3) –dagi affiksli so‘z bilan ifodalangan sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan 
sifatlovchi + sifatlanmish: Hulkar chelakdagi tiniq suvdan ... olib kelib berdi. 
(P.Qodirov).  
4) miqdor tushunchasini bildiruvchi so‘z (son, olmosh, ravish) bilan ifodangan 
sifatlovchi + sifat bilan ifodangan sifatlovchi + sifatlanmish: ... suvdan bir chinni 
kosa olib kelib berdi. (P.Qodirov).  
5) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + son bilan ifodalangan sifatlovchi 
+ sifatlanmish: Yomg‘irdan keyingi loyqada muhrlanib qolgan ikkita izning 
nimasidir go‘dak tovonini eslatar edi. (P.Qodirov). 
Izohlovchi izohlanmishdan oldin yoki keyin keladi: O‘shanda Oxunboboev 
bilan quvalik temirchi Shakarxon Mo‘minova degan juvonning suvrati gazetada 
chiqqandi. (S.Ahmad). Norboy ota usta Qambarga gap uqtirib ketdi. (P.Qodirov). 
Agar gap bo‘laklarining normativ, to‘g‘ri tartibi o‘zgarsa, inversiya hodisasi 
ro‘y beradi. Inversiya hodisasi ko‘proq jonli tilda va she’riyatda kuzatiladi. 
Inversiyada odatda gap bo‘laklarining grammatik holati o‘zgarmaydi. Masalan:. 
Zotiljam kasali-yu yurak siqilishi nimaligini bilmaydi o‘sha xonadon ahli. 
(J.Abdullaxonov). (Ega, ega tarkibi gap oxirida kesimdan so‘ng kelgan). Chindan 
ham hayvonot bog‘i desa bo‘larkan bu yerni. (J.Abdullaxonov). (Vositasiz 
V. Aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Agar bu tartib o‘zgarsa, ularning grammatik holati ham o‘zgaradi. 1. Qaratuvchi qaralmishdan oldin keladi: Har bir kishining so‘zi o‘z fazilatlari dalili va aqlining tarjimonidir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 2. Sifatlovchi sifatlanmishdan oldin keladi: Havoda ... yong‘oq hazonlarining o‘tkir hidi gurkirardi. (O‘.Hoshimov). Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri - o‘quvchiga hurmatda bo‘lish. («Tafakkur gulshani»). Gapda sifatlovchi birdan ortiq qo‘llansa, ularning tartibi quyidagicha bo‘ladi: 1) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi+sifatlanmish: U atrofida mavj urib turgan yashil daraxtlarga ... zavq bilan tikilardi. (P.Qodirov). 2) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: Osmonning yarmigacha chiqib borgan bu bahaybat devorning u yer - bu yerida cho‘ponlar yoqqan gulxanlar milt-milt qiladi. (P.Qodirov). 3) –dagi affiksli so‘z bilan ifodalangan sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: Hulkar chelakdagi tiniq suvdan ... olib kelib berdi. (P.Qodirov). 4) miqdor tushunchasini bildiruvchi so‘z (son, olmosh, ravish) bilan ifodangan sifatlovchi + sifat bilan ifodangan sifatlovchi + sifatlanmish: ... suvdan bir chinni kosa olib kelib berdi. (P.Qodirov). 5) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + son bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: Yomg‘irdan keyingi loyqada muhrlanib qolgan ikkita izning nimasidir go‘dak tovonini eslatar edi. (P.Qodirov). Izohlovchi izohlanmishdan oldin yoki keyin keladi: O‘shanda Oxunboboev bilan quvalik temirchi Shakarxon Mo‘minova degan juvonning suvrati gazetada chiqqandi. (S.Ahmad). Norboy ota usta Qambarga gap uqtirib ketdi. (P.Qodirov). Agar gap bo‘laklarining normativ, to‘g‘ri tartibi o‘zgarsa, inversiya hodisasi ro‘y beradi. Inversiya hodisasi ko‘proq jonli tilda va she’riyatda kuzatiladi. Inversiyada odatda gap bo‘laklarining grammatik holati o‘zgarmaydi. Masalan:. Zotiljam kasali-yu yurak siqilishi nimaligini bilmaydi o‘sha xonadon ahli. (J.Abdullaxonov). (Ega, ega tarkibi gap oxirida kesimdan so‘ng kelgan). Chindan ham hayvonot bog‘i desa bo‘larkan bu yerni. (J.Abdullaxonov). (Vositasiz  
 
to‘ldiruvchi inversiyaga uchrab kesimdan keyin qo‘llangan.) Qaysi bir gazetada ota-
bolaning ko‘chat ekib turgandagi surati ham e’lon qilingan edi bir yili. 
(J.Abdullaxonov). (Payt holi gap oxirida kesimdan keyin kelgan.). 
 
to‘ldiruvchi inversiyaga uchrab kesimdan keyin qo‘llangan.) Qaysi bir gazetada ota- bolaning ko‘chat ekib turgandagi surati ham e’lon qilingan edi bir yili. (J.Abdullaxonov). (Payt holi gap oxirida kesimdan keyin kelgan.).