HOZIRGI DAVR BOLALAR ADABIYOTI (Qambar Ota, To‘lan Nizom, Safo Ochil, Anvar Obidjon, Hamza Imomberdiev misolida)
Yuklangan vaqt
2024-09-23
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
71,0 KB
HOZIRGI DAVR BOLALAR ADABIYOTI
(Qambar Ota, To‘lan Nizom, Safo Ochil, Anvar Obidjon,
Hamza Imomberdiev misolida)
Reja:
1. Qambar Ota va bolalar kitobxonligi.
2. To‘la Nizomning ijodiy faoliyati.
3. Safo Ochil ijodida ta’lim-tarbiya masalasi.
4. Anvar Obidjon – sevimli bolalar adibi.
5. H.Imomberdiev ijodi.
Tayanch tushunchalar: Hozirgi davr bolalar adabiyoti, Qambar Ota ijod
yo‘li, adabiy ertaklari, T.Nizomning mehnat, cho‘l, cho‘llarni bog‘u-bo‘stonga
aylantirayotgan cho‘lquvar va ularning farzandlariga atalgan she’rlari, S.Ochil
she’rlarida tabiat manzaralari, A.Obidjon she’rlarida kichkintoylarni kelajakda
sog‘lom, doyurak bo‘lib kamol topishlarida oila, atrof-muhitning ta’siri,
H.Imomberdiev asarlarining rang-barangligi.
Darsning maqsadi Qambar Ota, To‘lan Nizom, Safo Ochil, Anvar Obidjon,
Hamza Imomberdiev ijodi misolida bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari
to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berish.
Darsning metodik ta’minoti. Ijodkorlarning asarlaridan namunalar,
Slaydlar.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. –T.: “Oʻqituvchi”, 2013.
2. http: www.ziyo.net.uz.
3. http: www.pedagog.uz
Darsning mazmuni
Tabiati tabiatni e’zozlaydigan, go‘zal she’r, qo‘shiq va dostonlar yaratib
kelayotgan ajoyib shoirlardan biri Qambar Otadir.
Qambar Ota tabiat va bolani birdek yaxshi ko‘radi. Hayotda bular tarbiyaga,
mehr-muruvvatga muhtoj deb biladi. Haqiqatdan ham shunday. Axir bir niholni
yerga ekib, uning ostini yumshatib, tanasini oqlab, keraksiz shoxlarini kesib, suv
qo‘yib turmasangiz u hech qachon daraxt bo‘lmagani kabi chaqaloqlikdan boshlab
unga odob-axloqni o‘rgatib, ta’lim-tarbiya bermasangiz bola ham el-yurt orzu
qilgandekinson bo‘lib ulg‘aymasligi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda,
kichkintoylarning mehribon shoiri Qambar Otaning butun ijodi bolalar tarbiyasi va
tabiat himoyasiga bag‘ishlangan.
Qambar Otaning she’rlarini o‘qigan bola ona-Vatanning o‘ziga noma’lum,
sirli tomonlarini bilib, o‘rganib o‘sadi, uni himoya qilishga, asrab-avaylashga shay
bo‘lib kamol topadi. Shoir qahramon tilidan shularni yozadi:
Yer chanqog‘in qondirgan
Yomg‘ir bo‘lsam yarashar,
O‘t-o‘lanni yashnatib,
Yayrab kulsam yarashar...
Dengizga hayot bergan
Daryo bo‘lgim keladi.
Nur istasang quyoshli
Dunyo bo‘lgim keladi.
Shoirga ona tabiatning o‘zi mavzu va ilhom beradi. “Oq bulut, ko‘k bulut”
she’rida yomg‘irni olqishlaydi. Yomg‘ir qancha ko‘p yog‘sa, suv shuncha serob
bo‘lishini, maysalar, butun borliq guldek yashnab, odamlar sog‘lom-u ekin-tekin
mo‘l-ko‘l bo‘lishini ta’kidlaydi. Shoir tomchi – yomg‘irning har qanday turini
ma’qullaydi:
Jalayu do‘l bo‘lsang ham
Qarshilar maysa, yaproq
Kutadi sel bo‘lsang ham
Bag‘ri keng ona tuproq.
Seni mushtoq kutganni
G‘uborini yuv bulut
Ho‘l bo‘lishdan qo‘rqqani
Pana joyga quv bulut.
Bezraygan tun. Ota-bola Ichirsak shuncha zahar!” –
Paxtasiga suv tarar. Bolajonin bu savoli
Bolajonin non tutilgan Ezib o‘tar dilini.
Belbog‘chasi belida. Xayqirgisi kelar, zo‘rg‘a
Suv taraydi, o‘zidan ham Tishlab qolar tilini.
Katta ketmon qo‘lida. Notavonu ojizlikdan
Oyog‘ida eski kalish, O‘yga cho‘mar behisob:
Sal titilgan pochasi. Bizda zarra vijdon bormi,
Havo dim. Naq esnoq kelib Bizda bormi bir insof!
Uyqu bosar kechasi. Qani endi bobolardan
Tashnalikdan tanglay qotar: Meros billur buloqlar!
“Bir qultum suv bo‘lsaydi, Ekinlarga taralguchi
Oh, top-toza, muzday sovuq Yuzlab zumrad buloqlar!
Bir yutim suv bo‘lsaydi!...” Biz istagan ariqlarga
Etagdagi suvdan sekin Non buktirib er edik.
Hovuchiga oladi. Yetti marta dumalagan
Yaxshiyamki otajoni Suvni halol der edik.
Buni payqab qoladi: Salgina ko‘zni ochib
“Chida bolam, bu naq og‘u, Boqsai yorug‘ olamga,
Ha demayin tong otar” So‘qir qismat, javob bergil
“Nahotki biz go‘zallarga Nima qilar bolamga!
Shoirning o‘nlab she’rlarida tabiatga munosabat, hayvonlar, jonivorlar-u
parrandalarni asrash, avaylash, ularni ko‘paytirish masalasi ko‘tariladi. Uning
ko‘pgina she’rlari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar berilib tinglaydigan
asarlarga aylanib qolgan. “Do‘stlik kerak”, “Qalam deydi”, “Men otimni
taqaladim”, “Asl bobo”, “Go‘zal odob, a’lo xulq”, “Mehribonlar”, “Vatanni
yashnataylik”, “Kitob olib bersangiz”, “Bog‘cha opam”, “Fikrim o‘sar”,
“Bog‘chamizda” she’rlarini tinglamagan bog‘cha bolasi yoki boshlang‘ich sinf
o‘quvchisi topilmasa kerak.
O‘zbek bolalar she’riyatida oddiygina qalam haqida ancha she’rlar
bitilgan. Shoirning “Qalam deydi” she’ri butunlay o‘ziga xos, arginal asar.
Sarlovhasidan sezilganidek butunlay yangi mazmun, yangi ifodaga ega bo‘lgan
yangi she’r. Qalam sinib ketmay uzluksiz ishlashni, odamlarga foyda, naf
keltirishini istaydi. Yosh kitobxonni tinmay o‘qish, yozish va izlanishga chorlaydi:
Qalam deydi Ayab, aslo
Yozavergin, Tindirmagin.
Ilm koni Qog‘ozlarda
Kezavergin. Izm bo‘lsin
Faqat meni Elga aytgan
Sindirmagin. So‘zim bo‘lsin.
Bola tetapoya qilib yura boshlashi bilanoq o‘ziga sherik, do‘st, o‘rtoq
qidiradi. Ular qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi, davra yanada kengayib, o‘yin
kulgu avjiga chiqapveradi. O‘yinda ham o‘q shu, mehnatda ham do‘st bir-biriga
qo‘l-qanot:
Do‘st mushkulini oson –
Qilishni istar inson,
Olam to‘lsin ziyoga,
Do‘stlik kerak dunyoga.
“Kitob olib bersangiz” she’rining qahramoni Halim bog‘chaga qatnaydigan
bola. U otasi oldiga bir qator masalalarni ko‘ndalang qilib taxlab tashlaydi.
Bolaning orzusi zo‘r, istak-niyati buyuk. Mobodo ota unga ot, tuya va durbin olib
bersa murodi hosil bo‘ladi, maqsadiga erishadi. Agar kitob sovg‘a qiladigan bo‘lsa,
kelajakda yaxshi o‘qib, ilmda olamni lol qoldirmoqchi,
Kitob olib bersangiz
Sipqoraman ziyni –
Ilm zo‘rlar yorqinroq
Yoritadi dunyoni.
Shoir asarlari orasida “Go‘zal odob, a’lo xulq” she’ri alohida ajralib turadi.
She’r bor-yo‘g‘i sakkiz misradan iborat. She’rda o‘qimishli, bilimdonlikdan
tashqari, yuksak axloqli bo‘lish to‘g‘risida ham gap boradi:
Chin yurakdan tirishsang
A’lo o‘qishing mumkin.
Bilganlaring ehtimol
Yodingdan chiqar bir kun.
Go‘zal odob, a’lo xulq
O‘rnashsa yuragingga,
Seni mangu tark etmay,
Yetkazar tilagingga.
Qambar Ota anchagina “Erka egazaklar”, “Cho‘lga sayohat”, “Baroq
mushuk fojeasi”, “Bog‘bon hikoyasi”, “Rabotlar”, “G‘ildiraklar qo‘shig‘i”, “O‘n
ikki supa” kabi yirik doston, doston-ertaklar yozgan. Bular orasida “Erka
egizaklar” dostoni juda ommalashib ketdi.
Dostonda “Farzand aziz, odobi undan aziz” maqoli atrofida gap boradi.
Shoh xudodan tilab-tilab o‘g‘il-qizli bo‘ladi. Shoh farzandlar tarbiyasi bilan yaxshi
shug‘ullanmaydi. To‘g‘ri, o‘nglab enagayu boshqa tarbiyachilar ular xizmatida.
Bolalar juda erka o‘sib ulg‘ayishadi. Erkatoylar otaning xazinasining kulini ko‘kka
sovuradilar. Odobsizlik, andishasizlik qilib bolalar shog‘ni vayron qiladilar. Shoir
asarga ta’sirli yakun yasaydi. Yomonlardan, odobsizlardan qattiq ranjiydi:
Odob inson ziynati. Ota-o‘g‘il, el qizi.
Yaxshi farzand oshirar O‘g‘il – yurtning posponi,
O‘z yurtining xislatin Qiz – baxtimiz yulduzi.
Yomon ko‘p bo‘lsa elda, Sodiq bo‘lsin vatanga
Xarob bo‘lar bir kuni. Har kim kichik yoshidan.
Narsaga o‘ch ekan xalq Baxt quyoshni manguga
Kiradi g‘aflat tomon Arimasin boshidan!
Hamma bola bo‘lishsin.
Qambar Otaning “Kitobcha va buzoqcha”, “Chavandoz orzusi”, “Tinim
bilmas Shamolvoy”, “Shirin so‘z”, “G‘ildirak”, “Tabiatga rahmat” kabi o‘ndan
ortiq kitoblari o‘quvchilarning ma’naviy mulkiga aylangan.
To‘lan Nizom 1938-yilda Andijon viloyatining Bo‘z tumanida cho‘lquvar
oilasida tavallud topdi.
T.Nizomning sara she’rlari ham mehnat, cho‘l, cho‘llarni bog‘u-bo‘stonga
aylantirayotgan cho‘lquvar va ularning farzandlariga atalganligi bilan ajralib
turadi. “Cho‘pon bola”, “Bo‘z”, “Daryo va men”, “Yoshligim qaydasan?”,
“Do‘stimga”, “Yo‘llar”, “Bolalikka qaytish”, “Qaldirg‘och” singari yuzlab
she’rlarida shu ruh bor. Masalan, “Cho‘pon bola” she’rini olib ko‘raylik.
T.Nizomning bu she’ri o‘zining o‘ynoqi misralari bilan qalblarni larzaga soluvchi,
shu kasbga kichkintoylarning mehnatkash, o‘z ishining fidoyisi, jonkuyari bo‘lgan
cho‘pon bolaga berilgan ta’rif qaysi bolaga yoqmaydi deysiz:
Cho‘pon bola,
Chaqqon bola,
Yaylovga xo‘p,
Yoqqan bola.
Bolalar tabiat shaydosi bo‘ladi. Tabiatni sevishga, tabiat shaydosi bo‘lib
kamol topishga o‘rgatuvchilar asosan kattalar hisoblanadi. Bu borada badiiy
adabiyotning ham roli katta. “Manzara”, “Oftob ishqi”, “Ilk qor”, “Shabboda”,
“Muz” she’rlari bilan T.Nizom bu masalaga yaqindan tanishganini ko‘ramiz.
T.Nizom hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotida ertak-doston ijodkori
sifatida ham ovozga ega. “Boychibor” ertak-dostoni uzoq yilardan beri kitobxon
bolalar olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda. Bu asar bog‘chalar uchun, maktab, oliy
o‘quv yurtlari uchun nashr etilayotgan kshplab darslik, qo‘llanma, majmualarda
qayta-qayta chop etilmoqda.
“Boychibor” dostoni orqali shoir bolalarni ona-Vatanni sevishga, kerak
bo‘lsa uning har bir qarich eri uchun eri uchun qon to‘kishga, hayvonlarni, ayniqsa,
otlarni sevishga, ularni ehtiyotlab parvarish qilishga o‘rgatadi.
“Olmaxon” ertak-dostonida Sobir ismli bolakayning o‘jarligi, qo‘pol-
qo‘rsligi, olmaxonga nisbatan noo‘rin hatti-harakati tanqid qilinadi.
T.Nizom marhum shoir Cho‘lpon to‘g‘risida “Cho‘lpon”, o‘zbek mumtoz
adabiyotining otashin kuychilaridan biri Boborahim Mashrab haqida “Ruhi
rvonim”, Qamchiq devoni to‘g‘risida “Devon” kabi dostonlari ijodkori hamdir.
Safo Ochil Filologiya fanlari nomzodi, pedagogika fanlari doktori,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi.
1942-yil 20-mart kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida dunyoga kelgan.
U boshlang‘ich ta’limni shu tumandagi “Olg‘a” va Oxunboboev nomli
maktablarda oldi, keyin esa Bog‘ot tumanidagi Narimonov nomli o‘rta maktabni
tamomladi.
U 1958-yilda Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutining nemis tili
fakultetiga kirib, uni nemis tili, o‘zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tugatdi.
So‘ngra S.Ochil uzoq yillar Xorazm davlat pedagogika institutida o‘qituvchi,
dotsent, bkafedra mudiri lavozimlarida ishlab, malakali kadrlar tayyorlash ishlarida
samarali faoliyat ko‘rsatdi. Hozirda S.Ochil “O‘qituvchi” nashriyotining “O‘zbek
tili
va
adabiyoti,
pedagogika”
adabiyotlari
tahririyatini
boshqarmoqda.
Shuningdek, u Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining
professori sifatida O‘zekiston xalq ta’limi tizimi uchun malakali o‘qituvchi-kadrlar
tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
S.Ochil ijodiy faoliyatini 1955-yilda boshlagan bo‘lib, u bolalarbop she’rlar
mashq qildi. Shoir ramziy ifodalar orqali o‘zining falsafiy fikrlarini bolalar tilida
jaonlantirishga harakat qildi. Bu o‘rinda “Kungaboqar” she’ri diqqatga loyiq.
Kungaboqar muloyimdir,
Uyati bor,
O‘ziga xos qiziq, ajib
Odati bor -
Tunga yerga, kunduz esa
Kunga boqar.
Shu boisdan yeru kunga
Birday yoqar.
Qorni to‘ygach, “yig‘ib olar”
U esini.
Quyoshga ham ko‘rsatadi
Yelkasini...
Bu she’rda o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga xos botiniy parallelizm uslubi
gavdalangan. Kungaboqarning o‘ziga xos xusiyatlari, o‘sish, “yashash” tarzi
yashirin ravishda insonga qiyoslanadi.
“Soyam bilan o‘ynayman” she’rida ayrim subutsizlar timsoli yorqin
ifodalangan. Bola o‘z soyasi bilan do‘st tutinadi, o‘ynaydi. Biroq soya esa yursa
yuradi, tursa turadi.
“Po‘m” desam-da
Ergashib kelar.
Undan odam
Qanday qutilar?
Shoirning “Qo‘rqoqlik” she’ridagi yosh lirik qahramon nohaqlikka,
adolatsizlikka loqaydlikka qarshi isyon ko‘taradi.
Sizni ham men singari,
Birov nohaq urganmi?
Shunda do‘stingiz chetda
Yordam bermay turganmi?
“Yarador qushcha” she’rida ilgari surilgan badiiy-pedagogik g‘oya
qushlarga nisbatan mehr, g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradi.
Tushdagidek ne uchun,
Uchib yura olmayman.
Yarador qushchamni men
Nahot ko‘ra olmayman.
S.Ochil “Tog‘ lavhalari” (turkum), “Mudraydi qishloq”, “Ey, qor”, “Qor
bola”, “Qish”, “Oqshom”, “Ko‘klam qo‘shig‘i” she’rlarida tabiat manzaralarini
chizish orqali bolalarning estetik didini shaklantirish, “Kurashchi bola” da sportga
mehr,
“Xazonlarni
supurmang”da
insonparvarlik,
“Yaxshilik
yovlari”da
ezgulikning yovuzlik ustidan tantana qilishi, boshqa ko‘pgina esa she’rlarida
Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat singari tuyg‘ular rango-rang bo‘yoqlarda
chizilgan.
S.Ochil bolalar qo‘shiqchiligini rivojlantirishga samarali ta’sir qilgan
shoirdir. “Gul ekaman”, “O‘z tilim”, “Ota-ona duosi”, “Osmoning tiniq bo‘lsin”
singari she’rlar shular jumlasidandir.
S.Ochilning “Qarg‘a va bulbul”, “Ilon va tipratikon”, “Tuya bilan kuchuk”,
“Tovuq va simob pontomimasi”, “Qurbaqa va sigaret” singari masallari badiiy
yuksak mahorat bilan bitilganki, ular bolalarning diqqatini o‘ziga tortadi.
Shoirning “Gavhartosh” ertak dostoni xalq ichida tildan-tilga ko‘chib
yurgan afsona bir syujet-voqea asosiga qurilgan bo‘lib, unda ota qadri, uning
ma’naviy-axloqiy hikmatlari badiiy ifodasini topgan. Dostonning lirik qahramoni
muayyan jamiyatda asrlar osha ahloqiy qonuniyatga aylanib qolgan urf-udum va
an’analarga qarshi bosh ko‘taradi.
Farmonigga ming la’nat, ey shoh,
Farmonigdan o‘rgildik, tojdor.
Udumlaring tufayli, evoh,
Nahot bola Otaga ag‘yor!
S.Ochilning “Burgut”, “Nodir pahlavon”, “Temirchi bobo va boyo‘g‘li”
kabi ertaklari ham bolalarning ma’naviy-ahloqiy va estetik tarbiyasida muhim
ahamiyat ksb etadi. Umuman olganda, shoir va olim S.Ochilning deyarli barcha
asarlari milliy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘orilgan bo‘lib, ular milliy bolalar
adabiyotining ravnaq topishida muhim o‘rinni egallaydi.
Anvar Obidjon O‘zbekiston xalq shoiri, adib va dramaturg. 1947-yilda
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tavallud topgan. Hozirgi O‘zbekiston
milliy universitining jurnalistika fakultetini tamomlagan. U bir qator gazeta va
jurnallarda xodim, bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. “Cho‘lpon” nashriyotida bosh
muharrir, direktor lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
A.Obidjonning
1974-yilda
“Ona
yer”,
1980-yilda
“Bahromning
hikoyalari”, 1983-yilda “Ey, yorug‘ dunyo”, “Olovjon va uning do‘stlari”, 1985-
yilda “Ketmagil”, “Bezgak shamol”, 1986-yilda “Masxaraboz bola”, 1987-yilda
“Akang qarag‘ay Gumat”, “Juda qiziq voqea”, 1988-yilda “Oltin yurakli
avtobola”, 1989-yilda “Dahshatli mishpolvon”, 1990-yilda “Yerliklar”, 1992-yilda
“Alamazon va Gulmat hangomasi”, 1993-yilda “Ajoyibxona”, 1994-yilda
“Meshpolvonning janglari”, 1996-yilda “Alisher va Xusayin yoki uch o‘g‘ri”,
1999-yilda “Oltiariq hangomalari”, 2001-yilda “Bulbulning cho‘pchaklari” qator
to‘plamlari chop etilgan.
A.Obidjonning “Latifachi oyim” she’ri nafaqat shoirning, balki butun
o‘zbek bolalar adabiyotining katta yutug‘i hisoblanadi. Asarda bola ta’lim-
tarbiyasida xalq og‘zaki ijodining ahamiyati ochib beriladi.
Qand uzatsa ham
Oyim,
Tinmay yig‘lar
Guloyim.
Aytgach qiziq
“Afandi”
Singlim darrov
Yupanadi.
Kichkintoylarni kelajakda sog‘lom, doyurak bo‘lib kamol topishlarida oila,
atrof-muhitning ta’siri kuchli bo‘ladi. Bu g‘oya A.Obidjonning “Darboz bola”
she’rida ko‘zga tashlanib turibdi.
Langarcho‘pni mahkam ushla,
O‘yna, lochin!
Botirlarning ko‘nglin xushla,
O‘yna, lochin!
Qo‘rqoq esa havas qilmay,
Turaversin.
Ehtiyot bo‘l, deb maslahat
Beraversin.
A.Obidjonning “Vatan” asarida vayronada yashaydigan Boyqush o‘z
hayotida mamnun, vayronasi bilan shod. Negaki, vayrona bo‘lsa ham o‘z uyi bor.
- Senga bitta savol,
Menga quloq sol hoy, qush.
Vayronada yashaysan,
Noming esa naq Boyqush.
Ayt-chi nahot sen boysan?
- Asl boylik neligin
Tushunmaysan, chamasi,
Bu – vayrona bo‘lsa ham,
O‘zimniki, hammasi,
Shuning uchun men boyman.
A.Obidjon o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos maktab yaratgan shoirlardan biri
hisoblanadi. Buni ko‘proq uning turli buyumlar, jonzotlar, o‘simliklar haqida
yaatgan asarlarida ko‘zga tashlanadi. G‘azal janrida yaratgan “Bulbulning
salomnomalari” o‘zbek bolalar adabiyotida katta voqea bo‘ldi. Bu asarda turli xil
narsalarning o‘ziga xos qirralari ochib beriladi.
A.Obidjonning o‘nlab qissa va dostonlari, ertak va dramalari bolalar
qo‘lidan tushmay kelayotir.
Hamza
Imomberdiev
1954-yilda
Qozog‘iston
Respublikasining
Chimkent viloyatining Suzoq qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topdi. Hozirgi
Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetida
o‘qidi. H.Imomberdiev o‘z faoliyatini o‘z mehnat faoliyatini “Tong yulduzi”
gazetasida boshladi. Umrining so‘nggi o‘n yilini esa “Cho‘lpon” nashriyotida
kichkintoylar uchun katta adabiyot chop etadigan maskanda muharrirlik bilan
o‘tkazdi.
Shoir asarlari rang-barang. U har bir katta-kichik asarida kenja kitobxon
do‘stlarini nimagadir o‘rgatadi, o‘rganishga, ibrat olishga, turmushda xulosa
chiqarib yashashga chorlaydi. “Tarbiyachi” asari buning yorqin isboti bo‘la oladi.
Tunov kuni futbolga
Ketayotsam tez shoshib,
Ko‘zi ojiz chol yo‘lda
Turgan ekan adashib.
Ikkilanib turdim men,
Bir z xayol surdim men.
Futbol zavqi bir dunyo,
Yo‘lni to‘pga berdim men.
To‘pga tegmasdan oyoq
Qaytardiki izimga.
Qarshi chiqmoq foydasiz,
Qayga boray da’voga?
Qo‘llaridan olib tez,
Yo‘l ko‘rsatdim boboga.
Inson hayotda sog‘lom, tetik, qo‘rqmas jasoratli bo‘lib kamol topishi zarur.
Mabodo u soyasidan ham cho‘chib, hadiksirab, qo‘rqib yashaydigan bo‘lsa,
bunday bola kelajakda omadsiz, tolesiz bo‘lib qoladi.
H.Imomberdiev “Yolg‘izlikda” she’rida xuddi shu masala ustida to‘xtaladi.
Bilsak Botir bir palla
Qo‘shiq aytib baralla
Madad berib baralla
Botbot qqarab iziga
Qo‘rqinchdan qochib borar.
H.Imomberdiev 1997-yila vafot etgan.
Nazorat testlari:
1.Quyidagi misralar Qambar Otaning qaysi she’ridan olingan?
Jalayu do‘l bo‘lsang ham
Qarshilar maysa, yaproq
Kutadi sel bo‘lsang ham
Bag‘ri keng ona tuproq.
A.“Oq bulut, ko‘k bulut”
B. “Vatanni yashnataylik”
C. “Mehribonlar”
D. “Fikrim o‘sar”
2. Qambar Otaning “Do‘stlik kerak”, “Qalam deydi”, “Men otimni
taqaladim”, “Asl bobo”, “Go‘zal odob, a’lo xulq”, “Mehribonlar”, “Vatanni
yashnataylik”, “Kitob olib bersangiz”, “Bog‘cha opam”, “Fikrim o‘sar”,
“Bog‘chamizda” she’rlari qaysi yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan?
A.Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga
B. Maktab yoshidagi bolalarga
C. Yoshlar va o‘spirinlarga
D. Kichik maktab yoshidagi bolalarga
3. Halim Qambar Otaning qaysi she’ri qahramoni?
A. “Kitob olib bersangiz”
B. “Men otimni taqaladim”
C. “Go‘zal odob, a’lo xulq”
D. “Qalam deydi”
4. To‘lan Nizomning qaysi she’rlari cho‘l, cho‘llarni bog‘u-bo‘stonga
aylantirayotgan cho‘lquvar va ularning farzandlariga atalgan?
A.“Cho‘pon bola”, “Bo‘z”, “Daryo va men”, “Yoshligim qaydasan?”,
“Do‘stimga”, “Yo‘llar”, “Bolalikka qaytish”, “Qaldirg‘och”
B. “Manzara”, “Oftob ishqi”, “Yoshligim qaydasan?”, “Do‘stimga”, “Ilk qor”,
“Shabboda”, “Muz”
C. “Bo‘z”, “Daryo va men”, “Manzara”, “Oftob ishqi”, “Yoshligim qaydasan?”
D. “Bolalikka qaytish”, “Qaldirg‘och”, “Yoshligim qaydasan?”, “Do‘stimga”,“Ilk
qor”
5. Sobir ismli bolakayning o‘jarligi, qo‘pol-qo‘rsligi, hayvonlarga nisbatan
noo‘rin xatti-harakati To‘lan Nizomning qaysi asarida tanqid qilinadi?
A. “Olmaxon” ertak-dostonida
B. “Boychibor” ertak-dostonida
C. “Ruhi rvonim” dostonida
D. “Devon” dostonida
6. Safo Ochilning qaysi she’rida o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga xos botiniy
parallelizm uslubi gavdalangan?
A. “Kungaboqar”
B. “Soyam bilan o‘ynayman”
C. “Qo‘rqoqlik”
D.“Yarador qushcha”
7. Safo Ochilning qaysi she’rida ezgulikning yovuzlik ustidan tantana qilishi
aks ettirilgan?
A.“Yaxshilik yovlari”
B.“Mudraydi qishloq”
C. “Qor bola”
D.“Oqshom”
8. Safo Ochilning masallari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A.“Qarg‘a va bulbul”, “Ilon va tipratikon”, “Tuya bilan kuchuk”, “Tovuq va simob
pontomimasi”, “Qurbaqa va sigaret”
B.“Gul ekaman”, “Tuya bilan kuchuk”, “Ota-ona duosi”, “Osmoning tiniq bo‘lsin”
C.“Burgut”, “Nodir pahlavon”, “O‘z tilim” ,“Temirchi bobo va boyo‘g‘li”
D.“Ilon va tipratikon”, “Tuya bilan kuchuk”, “Burgut”, “Nodir pahlavon”, “O‘z
tilim”
9. Anvar Obidjonning qaysi asarida bola ta’lim-tarbiyasida xalq og‘zaki
ijodining ahamiyati ochib beriladi?
A. “Latifachi oyim”
B. “Alisher va Xusayin yoki uch o‘g‘ri”
C.“Oltiariq hangomalari”
D. “Bulbulning cho‘pchaklari”
10. A.Obidjonning qaysi asarida vayronada yashaydigan Boyqush o‘brazi aks
ettirilgan?
A. “Vatan”
B. “Bulbulning salomnomalari”
C. “Darboz bola”
D. “Latifachi oyim”
11.
“Quvnoqlar
quvonchi”, “Shokaladxo‘rlar”, “Kulgi shaharchasi”,
“G‘aroyib pufak”, “Oydagi tomosha”, “Qutichada mitticha”, “Lofchilar-
aldoqchilar”, “G‘aroyib kent hangomalari”, “Bir kunlik mo‘jiza” kabi
kitoblar muallifini toping.
A. H.Imomberdiev
B. A.Obidjon
C. S. Ochil
D. F.Musajon
12.Qambar Otaning qaysi she’ri bor-yo‘g‘i sakkiz misradan iborat bo‘lishiga
qaramasdan muhim g‘oyaviy ahamiyatga ega?
A. “Vatanni yashnataylik”
B. “Go‘zal odob, a’lo xulq”
C. “Mehribonlar”
D. “Fikrim o‘sar”
13. To‘lan Nizom o‘zbek mumtoz adabiyotining otashin kuychilaridan biri
Boborahim Mashrab haqida qanday asar yaratgan?
A. “Oftob ishqi”
B. “Yoshligim qaydasan?”
C. “Ruhi ravonim”
D. “Bolalikka qaytish”
14. H.Imomberdiev inson hayotda sog‘lom, tetik, qo‘rqmas jasoratli bo‘lib
kamol topishi zarurligi, hadiksirab, qo‘rqib yashaydigan bo‘lsa, bunday bola
kelajakda omadsiz, tolesiz bo‘lib qoladi, degan fikrlarni qaysi asarida aks
ettiradi?
A. “Yolg‘izlikda”
B. “Tarbiyachi”
C. “Lofchilar-aldoqchilar”
D. “Kulgu shaharchasi”
15. Anvar Obidjonning “Bulbulning salomnomalari” asari qanday janrda
yozilgan?
A. to‘rtlik
B. masnaviy
C . g‘azal
D. muhammas
16. Safo Ochil qaysi she’rida o‘zining falsafiy fikrlarini bolalar tilida
jonlantirishga harakat qiladi?
A. “Kungaboqar”
B. “Soyam bilan o‘ynayman”
C. “Qo‘rqoqlik”
D.“Yarador qushcha”
17. H.Imomberdievning “Lofchilar-aldoqchilar she’rida she’r yodlashmi,
masala yechishni kim uddalaydi?
A. Ali
B. It
C. Bali
D. avtoruchka
18. Qambar Otaning qaysi asarida “Farzand aziz, odobi undan aziz” maqoli
atrofida gap boradi?
A. “Erka egizaklar”
B. “Men otimni taqaladim”
C. “Go‘zal odob, a’lo xulq”
D. “Qalam deydi”
19. “Olmaxon” ertak-dostonida Sobir ismli bolakayning o‘jarligi, qo‘pol-
qo‘rsligi, hayvonlarga nisbatan noo‘rin xatti-harakatini kim taqiqlaydi?
A. o‘qituvchisi
B. Buvisi
C. qoravul
D. oqsoqol
20. Safo Ochilning “Burgut” ertak-dostonida yigit nima uchun yurtini tark
etadi?
A Zamindorning tazyiqi sababli
B. Xaqsizlikni isbot qilolmagani sababli
C. Ajdahoni qidirib topishi zarurligi sababli
D. Onasidan judo bo‘lganligi sababli
21. A.Obidjonning “So‘nggi ахbоrоt” she’rida o‘sаl bo‘lib yotib qolgan obraz
qaysi?
A. gilos
B. tarvuz
C. anjir
D. olma