HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TA’LIM TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI
Yuklangan vaqt
2024-08-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
43,4 KB
HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TA’LIM TIZIMI VA
PEDAGOGIKA FANI RIVOJI
Reja:
11.1. Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi.
11.2. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi.
11.3. AQSh ta’lim tizimi.
11.4. Yaponiya ta’lim tizimi va uning o‘ziga xosliklari.
11.5. Germaniya ta’lim tizimi.
11.6. Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendensiyalar.
11.1. Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi.
Dunyo ta’lim makonining yuzaga kelishi, faol integratsion jarayonlar, ta’limni
“inson kapitali” sifatida ye’tirof yetilishi, ma’lumot haqidagi diplomlarning dunyo
bo‘ylab tan olinishi chet yel tajribasini o‘rganish jarayonini tezlashtiradi.
1997 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) yangilandi. Unda
yettita bosqich ko‘rsatilgan. 0 – INGLIZ TILI TA’LIM; 1 – boshlang‘ich ta’lim; 2
– o‘rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 – o‘rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 – o‘rta
ta’limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim yemas); 5 – oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6
– oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
Jahon ta’lim tizimining ko‘p omilli ko‘rinishga yegaligi metablokli,
makroregional va alohida davlatlardaga ta’lim tizimini tahlil yetishga imkon beradi.
Jahon ta’lim tizimining o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro harakati belgilariga ko‘ra
regionlarni bir necha turga bo‘lish mumkin:
Birinchi turga integrasion jarayon generatorlari hisoblangan regionlar kiradi.
Bunday regionga yeng yorqin misol sifatida G‘arbiy Yevropani keltirish mumkin.
Birlik g‘oyasi 1990 yillardan G‘arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining
asosiga aylandi. Birinchi turga mansub regionlarga shuningdek, AQSh va Kanada
kabilarni ham kiritish mumkin. Jahonda integratsion jarayonlarning generatori
sifatida yangi Osiyo-Tinchokeani regioni ham shakllanmoqda. Unga Koreya,
Tayvan, Singapur va Gonkong, shuningdek, Malayziya, Tayland, Filippin va
Indoneziya kabi davlatlarni kiritish mumkin.
Ikkinchi turga integratsion jarayonlarga muvaffaqiyatli javob qaytarayotgan
hududlar tegishli. Birinchi navbatda bu Lotin Amerikasi davlatlaridir. Tarixda
bo‘lgani singari bugungi kunda ham Lotin Amerikasiga integratsion o‘choqlar
zonasi sifatida AQSh va G‘arbiy Yevropa tomonidan ta’sir ko‘rsatilmoqda.
Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam ye’tibor qaratayotgan
regionlar kiradi. Mazkur guruhga Saxara janubidan boshlab Afrika davlatlarining
katta qismi, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoning qator davlatlari, Tinch va
Atlantika okeani havzasidagi uncha katta bo‘lmagan orol davlatlarini kiritish
mumkin. Afrika davlatlarida maktab ta’limining davomiyligi minimal daraja – 4
yildan kam. Mazkur hududlarda aholining ko‘pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy
Saxarada yashovchi 140 mln afrikalik savodsizligicha qolmoqda. Maktab ta’limi
davomiyligining yeng pastligi Nigeriyada – 2,1 yil, keyin Burkina-Fasoda – 2,4 yil,
Gveniyada – 2,7 yil, Jibutida – 3,4 yil.
XX asrning oxiriga kelib qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablarga ko‘ra
ta’limning uzluksizligi va integratsion jarayonlarda og‘ishlar kuzatilayotan hududlar
ajratib ko‘rsatildi. Bunday hududlarga arab davlatlari, Sharqiy Yevropa va Sobiq
SSSR davlatlari kiradi. Arab davlatlarida ichki integratsiyaga tayanadigan to‘rtta
subregionni shakllantirisha intilish kuzatilmoqda. Bu hududlarga: Mag‘rib (Liviya
bilan birga), Yaqin Sharq (Misr, Iroq, Suriya, Livan, Iordaniya), Fors ko‘rfazi
(Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA, Qatar, Ummon, Baxrayn), Qizil dengiz bo‘yi va
Mavritaniya davlatlari.
11.2. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol tasir
yetadigan ijtimoiy jarayon yekanligining ye’tirof qilingani haqiqatdir. Shu tufayli
ham rivojlangan mamlakatlarda maktab yehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga
ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Masalan, yaponlarda “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina bo‘lib
qolmay, “u insonlarni barkamollashtiradi”, degan fikr ishonch va ye’tiqodga
aylangan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p
sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni ikki mingdan
ortiq. Fransiya, AQSh, Yaponiyada ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan
yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari
shug‘ullanmoqdalar. Ular faoliyatini yesa xalqaro ta’lim markazlari, masalan,
AQShda xalqaro ta’lim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘pchiligining
faoliyati o‘quv dasturini takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga qaratilgan.
XX asrning 80-yillaridan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQShdagi singari
o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti,
matematika va tabiiy fanlar o‘quv jadvalining yadrosini tashkil yetadigan bo‘ldi.
Qolgan o‘quv fanlarini tanlab olish o‘quvchilar va ota-onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo»ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta’limiga ham
sezilarli ta’sir yetayotir.
Germaniyada to‘liqsiz o‘rta maktablarida asosiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda
tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari xam amalga
oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasidan chiqib, o‘rta
maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti
hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar,
mehnat ta’limi, jismoniy va yestetik tarbiya kabi yordamchi o‘quv fanlariga
bo‘linadi.
Janubiy Koreyada ta’lim.
Aholining savodxonlik darajasi:
Jami 99,9%
Erkak 99,9%
Ayol 99,9%
Ta’im muassasalariga jalb yetilish:
Boshlang‘ich 3,3 million
O‘rta 4.0 million
O‘rtadan keyingi ta’lim 3,6 million
O‘rta diplom 97%
keyingi -o‘rta diplom 65%
Janubiy Koreyada ta’lim Davlat maktablarida va xususiy maktablarda tashkil
yetiladi. Xususiy maktablar qabul miqdori davlat maktablaridanm kamroq
bo‘ladi.Oliy ta’limga yega bo‘lish Janubiy Koreyada hayot fundamental
qadriyatlaridan biri sifatida ye’tirof yetiladi. Akademik muvaffaqiyat – juda jiddiy
masala.bo‘lib, oilalar va keng Janubiy Koreya jamiyatida g‘urur manbai hisoblanadi.
Nufuzli oliy o‘quv yurtini tamomlash jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksak
maqomga, nikoh istiqbollari, nufuzli va hurmatli ish istiqbollari uchun debocha
hisoblanadi.Janubiy Koreyada oliy ilmiy muvaffaqiyatga yerishish uchun bolalarni
tayyorlash yerta yoshdan boshlanadi. Kopeyadagibarchatinglovchilarning 6,5
foizibo‘lajakpedagoglardir.
Mamlakatda
11tao‘qituvchilarkollejlarimavjud.Harbirprovinsiyao‘zkollejigaega.
Boshlang‘ichsinfo‘qituvchisibo‘lishuchun
2
yilo‘qishkerak1982
–
yildamaktabgachatarbiyahaqidaqonunqabulqilindiva 80%gakengaydi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinoq Amerika ta’limi
yo‘lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida bir qator
farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan,
asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar
kiritilgan. Masalan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yangi musiqa ta’limi o‘quv
dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o‘rganish ham kiritilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda XX asrning 60-80-
yillarida tabiiy-ilmiy ta’lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, ba’zi hollarda
astronomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, yekologiya yelementlari kiritilib,
u AQSh va Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o‘qitiladi.
O‘kuv dasturlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo‘la
boshladi. Fransiyada XX asrning 70-80-yillarda to‘liqsiz o‘rta maktablar o‘kuv
dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga yeksperimental, iqtisodiy-
gumanitar kurslar kiritiladi.
Hozirgi
paytlarda
rivojlangan
mamlakatlar
o‘quv
dasturiga
integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to‘la amalga oshirildi: Fransiya
maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o‘quv soatlari
ajratildi.
Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish
muammolarini keltirib chiqardi.
Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish yeng
dolzarb masalaga aylangan. O‘quvchilarni tabaqalashtirib o‘qitish xorijiy
mamlakatlarda asosan boshlang‘ich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi.
Masalan, fransuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o‘quvchilarini uch tabaqaga
ajratib o‘qitishni afzal ko‘radilar. Bular quyidagilar:
1. Gomogenlar – matematika va gumanitar yo‘nalishda ish olib borsa
bo‘ladigan o‘quvchilar.
2. Yarim gomogen – tabiiy turkumdagi fanlarni o‘zlashtira olishga moyil
o‘kuvchilar.
3. Gegeron – barcha fanlarni xar xil saviyada o‘zlashtiradigan o‘quvchilar va
hokazo.
Tabaqalashtirish jarayonining yangi muhim yo‘nalishi to‘ldiruvchi ta’limni
rivojlantirish bo‘lib qolmoqda.
To‘ldiruvchi maktablar paydo bo‘lishining sababi AQSh va G‘arbiy Yevropada
o‘zlashtirishi past o‘quvchilarning ko‘payib borayotganligi, funksional savodsizlik
avj olayotganligidir.
To‘ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda
amalga oshirilmoqda. AQShda bu xizmatga ommaviy axborot vositalarinig
imkoniyatlari xam safarbar yetilgan. Milliy telekompaniya maxsus o‘quv kanali
orqali 130 soatlik o‘quv ko‘rsatuvlari tashkil yetiladi.
O‘quv
jarayonlarini
tabaqalashtirib
olib
borish
bo‘yicha
chet yel
mamlakatlarining ko‘pchiligida tadqiqotlar davom yettirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga ye’tibor tobora ortib bormoqda.
Keyingi davrlarda o‘z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobor
ilgarilab ketgan bolalar ko‘plab topilmoqda. Ular o‘qishni juda yerta boshlab ta’lim
kurslarini o‘zlashtirishda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladigan darajada
muvaffaqiyatlarga yerishadilar.
Shunday iqtidorlar maktabi G‘arbda XX asrning 60-yillardayoq paydo bo‘lgan
yedi. Bunday maktablarning o‘quv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini to‘la
ro‘yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan.
Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AQShda keng quloch yoygan. Ayrim
shaharlarda oliy toifali bolalar bog‘chalari ochilgan bo‘lib, ularda 4-5 yoshli
o‘quvchilar maktab dasturida o‘qitiladilar. AQShda “Merit” dasturi asosida har yili
yuqori sinflar va kollejlardan yeng qobiliyatli bolalardan 600 mingtasi tanlab
olinadi. Ular o‘rtasida test sinovlari o‘tkazilib yeng qobiliyatli 35 ming o‘quvchi
tanlab olinadi va o‘qitiladi. Ularga turli imtiyozlar, stipendiyalar, yaxshi shart-
sharoitga yega bo‘lgan turarjoy, yeng oliy darajadagi universitetlarga qabul va
boshqalar amalga oshiriladi.
Lekin iqtidorli bolalarga qarama-qarshi qutbda turgan aqli zaif o‘quvchilarning
taqdiri ham chet yellik hamkasblarni tobora tashvishlantirmoqda, bunday holni kelib
chiqish sabablarini o‘rganish, oldini olish bo‘yicha ko‘pgina profilaktik ishlar olib
borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin statistik
ma’lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib borayotganligini ko‘rsatayotir.
XX asrning 70-yillarida AQShda kelajak maktabi umummilliy loyihasini
amalga oshirishga kirishildi. Bu yeksperiment mazmuni o‘qituvchi buyrug‘i bilan
ish tutish, ko‘proq o‘quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat.
Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashg‘ulot, o‘qituvchi konsultatsiyasini o‘z
ichiga oladi.
Germaniya maktablarida sinfda o‘quvchilar sonini qisqartirish sari yo‘l
tutilgan. Bunday o‘quvchilarning har biriga individual paketlar (topshiriqlar)
tarqatiladi. Toshiriqlarni o‘quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo‘lganda u
o‘qituvchidan konsultatsiya oladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘zda tutilgan maqsadlar:
- maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo‘nalishlarini kuchaytirish;
- o‘quvchi shaxsini shakllantirishning yeng samarali yo‘llarini qidirib topish;
- tarbiyaning yangi shakllarda – o‘quvchilar kengashi, maktab kengashlaridan,
tarbiyaviy o‘yinlardan foydalanish;
- maktab o‘quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o‘zaro aloqasini
mustahkamlash, takomillashtirish;
- maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish, kasbga yo‘naltirish
ishlarini qayta tashkil yetish;
- tabaqalashtirib o‘qitishni yo‘lga ko‘yish, maxsus o‘kuv muassasalarini (xam
iqtidorli, xam aqliy, jismoniy zaif o‘quvchilar uchun) rivojlantirish;
- yangi, ya’ni o‘quv texnik vositalarni ta’limdagi salmog‘ini oshirish,
o‘kituvchilar uchun kompyuter ta’limini yo‘lga ko‘yish;
- pedagogik g‘oyalarni amalga oshirishda keng kamrovli tadqiqotlarni amalga
oshirishdan iboratdir.
11.3. AQSh ta’lim tizimi.
Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
1) bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya
muassasalari;
2) 1-8- sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda 6
yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar);
3) 9-12-sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha
bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
4) Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim boskichi oliy ta’lim bo‘lib,
u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar xamda dorilfununlar va boshka oliy o‘kuv
yurtlari tarkibida tashkil yetilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.
AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv
yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi
mumkin.
Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin
ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan besh yoshgacha xususiy
yoki davlat bog‘chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog‘chalari kichik va
bu tizim kam rivojlangan. Enaga yonlash bir xaftada 200 dollarga tushadi.
Bog‘chalarda yagona bir dastur mavjud yemas. Kerak bo‘luvchi hamma jixozlar va
ovqatni ota-onalarning o‘zi olib keladi. Besh yoshdan yesa «Kinder garde» deb
ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang‘ich maktab 6
yoshdan to 13-15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang‘ich
maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yunaltirish vazifalari hal yetiladi.
Sinfdan-sinfga ko‘chish
o‘quvchining
o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq.
Boshlang‘ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda
turli xil to‘garaklar, uchrashuvlar, sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning
hammasiga xaq to‘lash lozim. O‘rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat.
9-sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o‘rta maktabga qabul qilinadi. Urta
maktablarda to‘rt yo‘nalishda kasb-kor asoslari berib boriladi.
11.4. Yaponiya ta’lim tizimi va uning o‘ziga xosliklari.
Yaponiya – juda tez rivojlanayotgan davlat bo‘lib, bu hol asosan yaponlarning
tabiatan mehgasevarlik va ishbilarmonligi bilan bog‘liqdir. Dunyodagi barcha
yangiliklar va yuksalishlar sari intilish, yeng so‘nggi yutuqlardan foydalanish va
ularni yanada rivojlantirish – bu yapon xalqining azaliy milliy odatlariga aylanib
qolgan. Bugungi kunda Yaponiya dunyodagi barcha davlatlar uchun ochiq va
halqaro hamkorlik maydonida faol ishtirok yetib kelmoqda.
Yaponiya davlati 6800ga yaqin orollardan tashkil topgan bo‘lib, mamlakat
maydonining 99%ni asosan yeng yirik 4ta orol – Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku va
Kyusyu orollari tashkil yetadi. Aholisi 127ming kishidan iborat. Aholi umrining
davomiyligi millatning sog‘lomligini va aholi xayotining sifatini belgilovchi muhim
bir ko‘rsatkichdir. Yaponlar uchun oila asosiy hayotiy boylik hisoblanadi. Bu joyda
ajrashish dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlarga qaraganda ancha kam
uchraydi. Yaponiya ta’lim tizimi ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Yaponiya
zamonaviy ta’lim tizimining tarixi quyidagi 5ta davrga bo‘linadi:
1. Asos solingan davr. 1867-1885 yillarni qamrab oladi. Zamonaviy ta’limning
ilk tuzilishiga asos solingan.
2. Birlashuv (konsolidatsiya) davri. 1886-1916 yillarni o‘z ichiga oladi. Turli
maktab qonunlari chiqarilgan, tizimli ta’lim yaratilgan.
3. Tarqalish (ekspansiya) davri. 1917-1936 yillarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim
tizimi bo‘yicha favquloddagi kengash tavsiyalariga asosan rivojlantirildi.
4. Harbiy davr. 1937-1945 yillar. Militaristik ta’lim tizimi.
5. Zamonaviy davr. 1945dan hozirgi davrgacha ta’lim islohotlari.
Yaponiya ta’limining shakllanishi 1867-1868 yillarda boshlangan. Yaponiya
o‘z oldiga 2 vazifani: 1-boyish, 2-g‘arb texnologiyalarini Yaponiya ishlab
chiqarishiga kiritish masalasini qo‘ydi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi
galda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish kerakligini angladi.
1872 yili “Ta’lim haqida” qonun qabul qilindi. Bunda yapon ta’limi g‘arb
ta’limi bilan uyg‘unlashtirilgan. 1893 yilda kasb-ta’limi yo‘nalishidagi 1-kollej
paydo bo‘lgan. 1908 yilda Yaponiya boshlang‘ich ta’limni majburiy 6 yillik qilib
belgiladi. 1946-yili qabul qilingan Konstitusiya fuqarolarning ta’lim sohasidagi
xuquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishi
shart yekanligi qayd yetilgan. Hozirgi zamon yapon ta’lim tizimining tarkibi
quyidagicha: bog‘chalar, boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta
maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi oliy o‘quv yurtlari. Bolalar yoshlariga qarab
3,2,1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadi. Yaponiyada INGLIZ TILI TA’LIM
muassasalarining 59,9% - xususiy, 40,8% - davlatnikidir.
INGLIZ TILI TA’LIMga Yaponiyada katta ye’tibor beriladi, chunki
psixologlarning ta’kidlashicha 7 yoshgacha inson bilimlarni 70%ni, qolgan 30%ni
butun qolgan umri davomida o‘zlashtirar yekan. Maktabgacha tarbiya odatda
oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina
yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi – ularning hayotlarining
maqsadlaridir.
Yapon tarbiyachilarining bolalarni kichik guruhlarga “xan”larga bo‘lib
o‘qitishlari tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bu bolalarda
qarorlar qabul qilishga, o‘zgalar fikrini hurmat qilish, guruh a’zolarini barchasini
tashabbuskor bo‘lishga o‘rgatadi. Bunday usul kichik maktablarda ham, o‘rta
maktablarda ham davom yetadi. Bu guruhlar o‘rtacha har 5 oyda shakllanib turadi.
Yapon bolalariga sinfni boshqarish juda yoqadi. Shuning uchun har kuni bolalarning
o‘zlari boshqaruvchi tanlaydilar. Har bir bola bu vazifani bajarib ko‘radi.
Boshlang‘ich maktabda o‘qituvchilar bolalarni tanqidga, ya’ni xulqlarini
yomon tomonlarini, maktabdagi kamchilikni tanqid qilishni o‘rgatadilar. Bundan
ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi faqat ta’lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning
har tomonlama rivojlanishiga ta’sir yetadi. Shuning uchun ham Yaponiyada
o‘qituvchi kasbiga katta ye’tibor beriladi. Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida
o‘qituvchining maoshi davlat raxbarlari maoshidan ham yuqori bo‘lgan yagona
davlatdir.
Majburiy ta’lim. Ta’limning bu pog‘onasi 6 yoshdan 15yoshgacha bo‘lgan
bolalarni o‘z ichiga oladi. 6 yillik boshlang‘ich ta’lim va 3 yillik o‘rta maktab 9 yillik
majburiy ta’limni tashkil yetadi va u bepuldir. Muhtoj oilalarning bolalari bepul
nonushta, o‘quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Zarur bo‘lgan hollarda
ularning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shu bilan birga Yaponiyada xususiy
maktablar ham mavjud.
Yuqori o‘rta maktab 10,11,12-sinflarni o‘z ichiga oladi, bunday maktablarning
kunduzgi, sirtqi, kechki bo‘limlari mavjud. O‘quvchilarning 95%i kunduzgi
maktablarda o‘qiydi.
Yaponiyada o‘quv yili – 240, AQShda – 180 kun. Yozgi kanikul iyun oyining
oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar kuniga 7 soatdan o‘tiladi.
Universitetlarga yuqori va o‘rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni
bitirgan o‘quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo‘lib, 95tasi davlat
tasarrufida, 34tasi munitsipal, 31tasi xususiydir. 1-toifadagi universitetlarda har bir
o‘qituvchiga 3 nafar, 2-toifali universitetlarda yesa 20tadan talaba to‘g‘ri keladi.
Universitetlarga qabul qilish 2 bosqichga bo‘linadi: 1-bosqichi turar joyda
o‘tkaziladi, buning uchun yeski yapon tili, matematika, fizika, kimyo,
jamiyashunoslik, tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘tiladi.
Yaponiyada oliy ta’lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta’limi bilan uzviy
bog‘liqdir. Oliy ta’lim tizimi quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
1. To‘liq sikldagi universitetlar (4 yil).
2. Tezlashtirilgan universitetlar sikli (2 yil).
3. Kasb ta’lim kollejlari.
4. Texnika institutlari.
11.5. Germaniya ta’lim tizimi.
Germaniya
Federativ
Respublikasi
16ta
mustaqil
Federativ
yerlar
(viloyatlar)dan iborat bo‘lib, har biri shakliga ko‘ra turlicha bo‘lgan ta’lim tizimiga
yega. Ta’lim muassasalari asosan davlat tasarrufida bo‘lib, ular uchun ta’lim
dasturiga tegishli bo‘lgan davlat ko‘rsatmalari mavjud.
Ta’limni joriy qilish va boshqarish Federal yerlar (FE) hukumatining
konpetensiyasiga kiradi, lekin markaz tomonidan umumiy raxbarlik ham bor: ta’lim
vazirligi ta’lim siyosati konsepsiyasini ishlab chiqadi, OO‘Yularini kengaytirishga
mablag‘ ajratadi.
GFR konstitutsiyasiga ko‘ra har bir Federal Yer o‘z hududidagi maktab va oliy
ta’limni rejalashtirish va amaliyotga tadbiq yetish bo‘yicha o‘zi javob berishga
qaramay, barcha Federal Yerlar va Federal hukumat umumta’lim va oliy ta’lim
muassasalarida o‘qitish kurslarida birlikni ta’minlash maqsadida xamkorlik
qiladilar. Federal organlar va Federal Yerlarning ta’lim sohasi bo‘yicha siyosati
kelishilgan: ta’limning davomiyligi, ta’tillar, o‘quv dasturi, imtixonlarni o‘zaro tan
olish, attestatlar, maktabni tugatganligi xaqida guvohnoma, diplomlar, unvonlar
shular jumlasidandir.
Har bir Federal Yerda ta’lim tizimi xaqida o‘zining qonuni mavjud, lekin
buning xammasi umumiy federal qonun asosida ishlab chiqilgan. Har bir Federal
Yer maktabga qatnash vaqti, o‘qish muddati va darsliklarni belgilashda mustaqildir.
O‘quv rejalar va ta’lim darajasi har bir Federal Yer uchun turlichadir. O‘qitish
dasturlari, darsliklar viloyat xukumati bosqichida tasdiqlanadi. Har bir fan bo‘yicha
tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlangan bir necha darsliklar mavjud bo‘lib,
o‘qituvchi darslikni o‘zi tanlash huquqiga yega. Shu tariqa ta’limnig ko‘p
variantliligiga yerishiladi, fikrlar plyuralizmi ta’minlanadi.
Federal hukumatning xuquqlari asosiy qonunlarni qabul qilishda, jumladan
moliyalashtirish masalalarida chegaralangan. Ta’limdagi xarajatlar haqida
quyidagilarni aytish mumkin:
birorta Federal Erlar davlat umumta’lim, kasbiy va oliy o‘quv yurtlarida o‘qish
uchun pul olmaydi;
barcha Federal yerlarda o‘quvchilarni uydan maktabga, maktabdan uyga
tashuvchi avtobuslarni o‘z hisobidan beradi;
deyarli barcha o‘quvchilarga davrslik va o‘quv qo‘llanmalarni qiymatining
ozgina qismiga beradi;
ma’lum toifadagi o‘quvchilar va talabalarga mavjud federal qonunlarga ko‘ra
davlat moddiy yordam ko‘rsatadi.
Germaniyada xususiy maktablarga ruxsat berilgan, ular orasida diniy maktablar
ham bor. Bu maktablarda taxminan 8% o‘quvchilar tahsil oladilar. Xususiy
maktablar o‘quv dasturlarini tanlashda davlat maktablariga nisbatan yerkin
bo‘lganligi bois turli pedagogik muqobillarning aprobatsiyasi o‘tkazilib turiladi.
Sekin asta differensiyalashgan ta’lim tizimi, ya’ni har bir o‘quvchiga uning
qobiliyati va o‘qishdagi turlicha yo‘nalishiga ko‘ra moslashuvchan yondashuv
kiritilmoqda.
Umuman olganda Germaniya ta’lim tizimi bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi:
1. Elementar ta’lim: maktab ta’limining 1-bosqichiga tegishli bo‘lib,
maktabgacha muassasalar kiradi. Asosan bular bolalar bog‘chalari, tayyorlov
sinflari va kirish guruhlari bo‘lib, bu yerlarga bolalarning qatnashishi 3 yil davomida
ota-onalar xohishiga ko‘ra ixtiyoriydir.
2. Ta’limning birinchi bosqichi. (Primastufe) boshlang‘ich maktab, unga 6
yoshdan qatnay boshlaydi. O‘qish muddati 4 yil, Berlin va Brandenburgda 6 yil. Bu
bosqichdagi ta’limning maqsadi – bolalarga ta’lim Ining ikkinchi bosqichidagi u
yoki bu maktabda ta’limni davom yettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni
berishdan iborat.
3. Ta’lim Ining ikkinchi bosqichi (Sekundastufe I) “yo‘nalishli bosqich” deb
nomlanuvchi bosqichdir, unda bolalarni ularning iqtidoriga ko‘ra o‘quv
muassasalarining kerakli turiga yo‘naltiradi: asosiy maktablar, real maktablar,
gimnaziyalar, kompleks maktablar. O‘quvchilar ta’lim xaqidagi attestatni real va
asosiy maktablarni bitirgachgina olishadi.
4. Ta’lim II ning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe II)ga gimnaziyaning yuqori
sinflari, shuningdek kasbiy ta’lim va muassasalarda kasbiy ta’lim kiradi.
Muassasalarda kasbiy ta’lim “dual tizim” deb ham ataladi, unda ta’lim va ishlab
chiqarishda amaliyot 2 yil davomida olib boriladi, bu o‘qishni tugatish o‘rna ta’limni
tugatish bilan teng bo‘lib, yakunida faqat kasbiy sohada o‘qishni davom yettirish
mumkin. Gimnaziyada 3 yil o‘qib, o‘quvchilar umumiy shahodatnoma “etuklik
attestati” – abitur oladilar, bu ularga istagan oliy o‘quv yurtiga kirishga imkon
beradi.
5. Ta’limning uchinchi bosqichi oliy ma’lumot haqida diplom beruvchi oliy
o‘quv yurtlari va malaka oshirish o‘quv muassasalari.
GFR ta’lim tizimi umumEvropa ta’lim tizimiga integratsiyalashgan: o‘quv
muassasalarining barcha turlari Yevropa Ittifoqi (ES) dasturini amalga oshirishga
mo‘ljallangan, EI davlatlari ta’lim standartlarini unifikatsiya (bir xillashtirish)
qilinadi, diplomlar bu davlatlarda kuchga yega.
Germaniya uzoq davrlardan beri fan va madaniyat markazi sifatida mashhurdir.
Shiller, Gyote, Shneger, Gumboldt, Kant, Gegel va boshqalar kabi buyuk shoirlar,
yozuvchilar, filosoflar va jamoat arboblari hammaga tanish. Germaniyada o‘rta
asrlarda tashkil topgan 1-universitet mavjud. Eng qadimiy universitet bu Geydelberg
universiteti bo‘lib, 1386 yil tashkil topgan. 1388 yil tashkil topgan Kyoln universiteti
qadimiy universitetlardan sanaladi. Bu o‘quv muassasalari qadimiy an’analari va
klassik ta’limi bilan mashhurdir.
Hozirgi kunda universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari soni sezilarli
darajada ortdi, ta’lim tizimi ham o‘zgardi. Avvalgiday gumanitar ta’lim an’analari
muhim o‘rinni yegallaydi, lekin texnik ta’lim, nazariya bilan amaliyot birligi,
fanlararo ta’lim ham birinchi o‘ringa chiqmoqda. Oliy o‘quv yurtlari fan va
texnikaning oxirgi yutuqlari – yo‘nalishlarni aks yettiruvchi dasturlarni
kiritmoqdalar. Shu maqsadda o‘quv rejalari qayta ko‘rib chiqilmoqda.
11.6. Ta’lim modellari.
XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendensiyalar.Qiyosiy pedagogik tizim
bu qiyosiy pedagogika metodologiyasi asosida pedagogikaning xalqaro, regional,
milliy tajribalarini o‘rganish va tatbiq qilish imkoniyatlarini aniqlash, shuningdek,
pedagogik tizimni ma’lum davlat, region, aniq o‘quv muassasida rivojlantirish
bo‘yicha qiyoslashga yo‘naltirilgan dinamik pedagogik tizimdir.
Qiyoslash texnologiyasi ikkita bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchisi “o‘rganish va
qayd qilish”, ikkinchisi “tuzish va tatbiq qilish” deb nomlanadi.
“O‘rganish va qayd qilish” bo‘limida qiyosiy tadqiqotlar quyidagi tartibda
amalga oshiriladi.
- ta’lim tizimi va uning yelementlarini rivojlanish holati va yo‘nalishlarini
aniqlash;
- ma’lumotlarni to‘plash;
- aktlarni tahlil va tasnif qilish;
- qiyoslash mezonlarini tanlash.
“Tuzish va tadbiq qilish” bo‘limidagi qiyosiy tadqiqotlar yesa quyidagicha
amalga oshiriladi:
- o‘rganilayotgan obektning prognostis modelini tuzish;
- a) tattbiq qilish shakli, metodi va chegaralari; b) xususiy va umumiylikni
aniqlash;
- yeng maqbul modelni tuzish;
- ta’lim muassasalariga tatbiq yetish.
Qiyosiy pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlari zamon va makon omillaridir.
Zamon omili bir xil pedagogik tizimni turli tarixiy davrlar, asrlar, yillarda
taqqoslashni nazarda tutadi. Bunda turli tarixiy davrlarda yuzaga kelgan pedagogik
nazariyalar o‘rganiladi.
Makon omili yesa turli hududlarda joylashgan davlatlarning pedagogik
tizimlarini taqqoslashni nazarda tutadi. Quyida makon omiliga ko‘ra turli davlatlar
ta’lim modelini taqqoslab ko‘ramiz. Masalan:
Amerika modeli: kichik o‘rta maktab → o‘rta maktab → katta o‘rta maktab
→ 2 yillik kollej → universitet tizimidagi 4 yillik kollej → magistratura →
doktorantura.
Fransiya modeli: onalar maktabi → o‘rta maktab → kollej → texnologik,
kasbiy va umumta’lim litseyi → universitet → magistratura → doktorantura.
Germaniya modeli: umumiy maktab → real bilim yurti, gimnaziya va asosiy
maktab → oliy o‘quv yurti → magistratura → doktorantura.
Angliya modeli: birlashgan maktab → grammatik va zamonaviy maktab →
kollej → universitet, magistratura, doktorantura.
Rossiya modeli: umumta’lim maktabi → to‘liq o‘rta maktab, gimnaziya va
litsey-kollej → institut, universitet, akademiya → magistratura → doktorantura.
Qozog‘iston modeli: to‘liq umumta’lim o‘rta maktab → kollej → universitet,
akademiya (bakalavriat) → magistratura → doktorantura.
Demak, zamon va makon omillariga ko‘ra pedagogik tizimlar modelini
taqqoslashda yangi pedagogik bilimlar yuzaga keladi. Uning mazmunida
quyidagilar aks yetadi:
ta’limning zamonaviy holatini qayd yetish;
ta’lim siyosatini takomillashtirish, muqobil ta’lim siyosatini taklif qilish;
ta’lim jarayonlarida kutilayotgan holatlarni bashorat qilish;
qiyosiy pedagogikaning nazariyasi va metodologiyasini boyitish.
XX asr oxirida jahon ta’lim tizimida quyidagi global tendensiyalar ajratib
ko‘rsatildi:
ta’lim tizimini demokratlashtirishga intilish, ya’ni ta’limning hamma uchun
ochiqligi, ta’lim tizimining uzluksizligi, ta’lim muassasalariga mustaqillikning
taqdim yetilishi;
shaxsga ta’lim olish huquqining to‘liq ta’minlanishi (har bir insonga millati,
irqi, kelib chiqishidan qat’iy nazar istalgan turdagi ta’lim muassasasida ta’lim
olishi);
ma’lumot olishga ijtimoiy-iqtisodiy omillarning sezilarli ta’siri (pulli-
shartnoma asosida tahsil olish);
xilma-xil
qiziqish
va
o‘quvchilarning
qobiliyatlarini
rivojlantirishga
yo‘naltirilgan o‘quv-tashkiliy tadbirlar ko‘lamining ortib borishi;
ta’lim xizmatlari bozorining o‘sishi;
oliy ta’lim tarmoqlarining kengayishi va talabalarning ijtimoiy tarkibining
o‘zgarishi;
ta’limni boshqarish sohasida o‘ta markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan
boshqaruv uyg‘unligini ta’minlash;