HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TA’LIM TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI ( Amerika qo’shma shtatlarida ta’lim tizimlari)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
21,5 KB
HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TA’LIM TIZIMI
VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI
Istiqlol tufayli jahonga yuz ochgan O’zbekiston Respublikasi uchun bugun
dunyodagi taraqqiy etgan xorijiy davlatlar ta’lim tajribasini o’rganish va bizga
ma’qullaridan foydalanish imkoniyatlari g’oyat keng bo’lib, bu borada
mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli ishlar diqqatga sazovordir.
Quyida rivojlangan xorijiy davlatlar ta’limi tizimi taraqqiyotining asosiy
yo’nalishlari va o’ziga xos xususiyatlari, ular tajribalari to’g’risida batafsil
ma’lumotlar berishga harakat qilamiz.
Amerika qo’shma shtatlarida ta’lim tizimlari
Mamlakat ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
— bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya
muassasalari;
— 1-8-sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda
bolalar 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar);
— 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha
bo’lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Amerika Qo’shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo’lib, u
2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda universitetlarda amalga oshiriladi.
So’nggi bosqich, universitetlar va boshqa oliy o’quv yurtlari tarkibida tashkil
etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.
AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv
yurtlarida davlat jamoa, xususiy tasarruflarda va diniy muassasalar ixtiyorida
bo’lishi mumkin.
Shunisi diqqatga sazovorki, AQSh
maktablarining bitiruvchi sinf
o’quvchilaridan tashqari barcha o’quvchilar ta’tillar paytida asosan ish bilai band
bo’ladilar. AQSh maktablarida o’quv yili 180 kun. Bir soat dars 45-50 minut.
Amerika konstitutsiyasiga muvofiq ta’lim tizimi tasarrufidagi shtatlar
boshqaruv muassasalari ixtiyoridadir. 1979 yilgacha ta’limni mablag’ bilan
ta’minlash, ta’limda davlat siyosatini amalga oshirish, o’quv yurtlarida faoliyatini
muvofiqlashtirib borishni
Sog’liqni saqlash, Ijtimoiy ta’minot va ta’lim ishlari vazirligi olib borar edi.
1979 yilda Ta’lim vazirligi mustaqil bo’lib ajralib chiqdi.
Ta’lim tizimlariga mablag’ ajratish bo’yicha AQSh dunyo mamlakatlari
o’rtasida etakchi o’riklardan birini egallaydi. AQSh ta’lim tizimining rivojlanish
sur’ati ancha yuqori bo’lib, uning boshlang’ich ta’lim bosqichida o’qishi lozim
bo’lgan bolalarning 99,9 foizi, o’rta bo’g’ini 94,5 foizi ta’lim oladi. O’quvchilar
umumiy sonining 46 foizi o’rta maktabni tamomlagach, kollej va universitetlarga
kiradilar. Barcha toifadagi ta’lim maskanlarida 58 million yosh, shu jumladan,
ta’limning oliy bosqichida 12 million yigitqiz tahsil oladi. AQShda har 10 ming
aholiga 307 talaba to’g’ri keladi. Bu jahonda yuksak ko’rsatkichlardan biridir.
Bulardan tashqari AQShda har yili 33 million kishi uzluksizta’lim va malaka
oshirish tizimlarida bilim oladilar. Mamlakatda million o’qituvchi mehnat qiladi.
Har yili o’rta maktabni 3 million o’quvchi, bakalavr darajasidagi oliy ta’lim
bosqichini 932 ming kishi, magistr darajasida esa 300 ming kishi tugallaydi, yiliga
30 ming kishi doktorlik ilmiy darajasini oladi.
Maktabgacha tarbiya
AQShda bolalar uch yoshga to’lgunlaricha onalarga turli moddiy imtiyozlar
berish ko’zda tutilmagan.
Farzandlarga qarab uyda o’tiradimi yoki enaga yollab ishga tushadilarmi, bu
onalarning ishi. O’zbekistondagi kabi keng va shinam, ikki qavatli, o’ynaydigan,
uxlaydigan, ovqatlanadigan alohida xonalari bo’lgan bog’cha va yaslilar Amerikada
odob tusiga kirgan emas. Enaga yollash oila uchun haftasiga 200 dollardan kamga
tushmaydi. Bu mamlakatda 30-40 bolaga mo’ljallangan xususiy va davlat
tasarrufidagi bog’chalar mavjud. Ular enaga yollashdan biroz arzonroqqa tushadi.
Lekin har ikki holda ham, uydan olib borgan ovqatlarni edirishadi, krovatchalar,
ko’rpa, to’shak, yostiqni ota-onalar olib borishadi. Amerikada bizdagidek
taomnomalar, o’quv dasturlari yo’q. Bolalar yozda atrofdagi ko’kalamzorlarda
o’ynab dam oladilar.
Bu
bog’chalarda
ham
bolalar
yoshlariga
qarab
turli
guruhlarda
tarbiyalanadilar, ularga tarbiyachi-mutaxassis qaraydi, ular ovqatni tayyorlab beradi,
turli qo’shiqlar, she’rlar o’rgatadi, quvnoq o’yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o’z
uslubiga muvofiq ishlaydi, umumiy qoidalar, o’quv dasturlari joriy qilinmagan.
Lekin bolalar uchun haqiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni ular 5 yoshga
to’lganlaridan keyin boshlanadi. Ana shu yoshda ular «Kinder garden» deb
ataluvchi tayyorlov bog’chalariga jalb etiladilar. Ular hukumat tasarrufida bo’lib,
bog’chalar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus «maktab
avtobusida» uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar
yo’l-transport hodisalaridan to’la muhofaza etilgan: sariq rangga bo’yalgan, uning
signallari barcha transport vositalari itoat etishga majburdirlar. Maktab avtobuslarini
boshqa transport vositalari quvib o’tishimumkin emas, tartibni buzganlar qattiq
jazolanadilar.
Ko’chalarda, maktabga ketayotganda yoki qaytayotganda alanglab yurgan,
o’ynab futbol tepib yurgan bekorchi bolalarni uchratish amrimahol. Bolalarni
maktabda ham, uyda ham shaxsiga tegilmaydi, do’pposlanmaydi, u erkin o’smog’i
kerak. Agar biror bola «meni urdi» deb ota-onasidan shikoyat qilsa, ma’lum
muddatga ana shu ota-onalar ayrim hollarda ota-onalik huquqidan mahrum
qilinadilar. Maktabga bolalar o’zlari xohlagan kiyimlarda boradilar. Bolalarni 5
yoshidan maktabga tayyorlash ota-onalarning, bog’cha va maktabning, ommaviy
axborot vositalarining ishi.
AQSh televideniesining alohida kanalida «Sezam ko’chasi» deb nomlanuvchi
ko’rsatuvlar dasturi mavjud, u o’quvchilarga ingliz tili, alifbo, arifmetik amallarni
bajarish, sanash, o’qish, koinot, tabiat, jug’rofiya, tarix bo’yicha bilimlarni o’ta
qiziqarli tarzda singdirishga harakat qiladi.
Amerika ko’pmillatli mamlakat. Lekin har bir millat o’z farzandiga milliy
urfodatlarini, tilini o’rgatishga jiddiy ahamiyat beradi. Ko’pincha bu vazifalarni
katta avlod amalga oshiradi.
Besh yoshli bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning asosini ularni
maktabga tayyorlash tashkil etadi. Olti yoshlilar bog’cha guruhlarida bo’lsalar-da,
lekin bu guruhlardagi ta’lim boshlang’ich sinfdagi ta’limga yaqin turib, amalda
uning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining ta’lim
dasturi ko’p jihatdan ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishga mo’ljallangan,
u pirovard natijada bolalarni boshlang’ich maktablarga puxta tayyorlab berishga
xizmat qilishi kerak. Shuningdek maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarning
aqliy va jismoniy, umuminsoniy hislatlarini, bolalar jamoasi ichida o’zini tutish,
samimiylik, mehnatsevarlik, foydali xatti-harakatlarning ilk shakllanishiga
erishmoqlarini, tozalik, ozodalik va pokizalikka o’rganishlarini ta’minlab berishi
lozim.
Amerikada xususiy bogchalar endigina davlat dasturiga kiritilgan. Xususiy
bog’chalarda o’quvchilarning o’z fikrini so’zda mukammal, aniq ifodalab bera
olishiga, o’zligini anglash, o’zining qadr-qimmatini e’zozlash, shaxsiy qobiliyatini
ro’yobga chiqarish tuyg’ularini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. Bolalarda ana
shu histuygularini shakllantira borish ilk yoshdanoq boshlanadi.
Boshlang’ich maktab
Boshlang’ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan
bolalarga to’laqonli bilim, berish, ularning umuminsoniy, axloqiy xislatlariga ega
bo’lib shakllanishini ta’minlashdan iboratdir.
Boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan o’quv predmetlari va dasturlari
bolalarning yoshi, muhitiga moslashgan bo’lib, ular o’quvchilarning umumiy
savodxonligini ta’minlab berishdan tashqari ma’lum darajada kasb yo’nalishiga ham
ega qiladi.
Sinfdan-sinfga ko’chirish o’quvchining o’qish tezligi, yozuvi, husnixati,
arifmetika, tarix, geografiya, musiqa va san’at kabi predmetlarni boshlang’ich sinf
dasturi hamda darsliklari doirasida qanday o’zlashtirib olganligiga qarab
belgilanadi.
Amerika maktablarida o’quv-tarbiya ishlari bilan bog’liq masalalarni
to’laligicha har bir shtat o’ziga mustaqil belgilab olish huquqiga ega. Shu boisdan
boshlang’ich maktablarda o’quv davomiyligi shtatlarda turlicha bslgilangan. Ya’ni
boshlang’ich ta’lim 4, 5, 6, 8 yillik bo’lishi mumkin. O’quvchilar shu davr ichida
ingliz tili, ijtimoiy fan, tabiat va gigiena, matematika, hunarmandchilik va san’at,
badantarbiya va sport predmetlaridan saboq oladilar. AQSh maktablarida o’qish har
bir o’quvchi uchun faxriftixor bo’lishiga, o’quvchi o’z bilimi, imkoniyati, nuqtai
nazariga ishonch hissini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. O’quvchilarni
maktabdan bezdirish, ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo’lib qolishlari
favqulodda salbiy holat hisoblanadi.
Boshlang’ich ta’lim bosqichidanoq o’quvchilar uchun turli to’garaklar,
sayohatlar tashkil etiladi, xilma-xil ko’ngil ochar tadbirlar o’tkaziladi. Lekin ular
pullik bo’lib, unga oila byudjetining 10-16 foizi sarflanadi. Qurbi etmaydigan oilalar
farzandlariga bu borada ba’zi imtiyozlar beriladi.
O’rta maktab
Amerika Qo’shma Shtatlarida to’laqonli o’rta maktab sirasiga 10, 11, 12-
sinflar kiradi. Binobarin, 7, 8, 9-sinflarni aksariyat holda quyi o’rta maktab deb ham
yuritiladi. Quyi o’rta maktab kursini muvaffaqiyatli o’taganlar yuqori bosqichga —
to’laqonli o’rta maktabga qabul qilinadilar.
Ma’lum darajada 9-sinfni bitirganlar yuqori o’rta maktablarga tanlov yo’li
bilan qabul qilinadilar. Lekin yuqori o’rta maktablar o’quvchilarning bilimiga qarab
tabaqalashtirilganligi tufayli 86,4 foiz o’quvchi ularga qabul qilinadi.
Amerikalik yoshlarning ko’pchiligi o’rta maktablarni tugatgach, tegishli
diplom va maxsus kurslarni bitirganliklarini isbotlovchi hujjatlar oladilar.
O’quvchilar odatda ma’lum bir sinfni, kurs yoki maktabni yakunlashda test
sinovlariga jalb etiladilar.
O’quvchilar bilimi quyidagicha baholanadi:
A – 95-100 ball;
V – 85-92 ball;
S – 71-80 ball;
D – 65-70 ball;
G – 0-64 ball (qoniqarsiz).
Test natijalariga ko’ra qoniqarsiz baholangan o’quvchilar yil davomida
ma’lum vaqt o’tkazib sinovdan qayta o’tkaziladilar. Bu sinovlarga o’quvchilarning
sinf muloqotida qatnashganligining natijalari, ogzaki va yozma vazifalarning
echimlari ham ilova qilinadi. AQSh maktablarida chorak va o’quv yili natijalariga
ko’ra ham o’quvchilar test sinovlaridan o’tkaziladilar.
Ba’zi shtatlarda, shuningdek, Nyu-Yorkda ta’lim departamenti tomonidan
belgilangan imtihonlar ham o’tkaziladi.
AQSh maktablarida odatda o’quvchilar o’quv yili davomida ikki marta
o’zlashtirish tabeli oladilar. Ayrim okruglarda bunday tabellar har bir fan bo’yicha
6 martagacha beriladi.
Har bir maktab o’quv yili boshlanishidayoq o’z o’quv tartibini oldindan
belgilab oladi. U quyidagicha bo’lishi mumkin:
7 seityabr — o’quv yilining boshlanishi;
12 oktyabr — Kolumb kuni munosabati bilan bayram;
21 oktyabr — o’quvchilarning aqliy qobiliyatlarini aniqlovchi test sinovlari;
10 noyabr — insholar konkursi; 22-27 noyabr — dastlabki ta’tillar;
2 dekabr — kollejga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi;
22 dskabr — Rojdestvo ta’tili;
13 yanvar— kollejga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi;
26 yanvar — o’quv yili ikkinchi yarmiga o’tish imtihonlari;
24 fsvral — yaxshi o’quvchilarni aniqlovchi milliy imtihonlar;
2 mart — kollejlarga kirish imtihonlarining uchinchi bosqichi;
5 aprel — 3-davraga o’tish imtihonlari;
12-20 aprel — bahor ta’tillari;
4 iyun — kollejlarga kirish imtihonlarining to’rtinchi bosqichi;
30 may — Xotira kuni;
12 iyun — bitirish kechasi; 20 iyun — yozgi ta’tilga chiqish kuni.
O’rta maktablarda o’quvchilarga o’zlari tanlagan yo’nalishlariga mos holda
predmetlar tanlashda ma’lum erkinliklar bor. Masalan, ingliz tili, ijtimoiy fanlar,
matematika, fizika predmetlari asosiy fan bo’lib, chet tillari, nafis san’at, kasb
ta’limi predmetlari o’quvchilarning xohish, istaklariga qarab qo’yilishi mumkin.
O’rta maktab o’quvchilari kundalik faoliyatida yarim vaqtni o’quv sinflarida,
k,olgan vaqtni esa laboratoriya, maydonlar, tajriba uchastkalari, amaliyot uchun
mo’ljallangan joylarda o’tkazadilar. 10, 11, 12-sinflarda maktab-oila hamkorligi,
ayniqsa, mustahkam bo’ladi. Chunki ayni shu bosqichda o’quvchilarning kasb-
korlarga moyilligi to’la qaror topadi.
O’quvchilar va ota-onalarning istaklariga muvofiq, kasb-kor yo’nalishiga mos
keladigan predmetlardan olinadigan saboqlarni ko’paytirish mumkin. Boshqacha
qilib aytganda, o’quvchi kslajakda qaysi sohaga o’z hayotini bag’ishlashga ahd
qilgan bo’lsa, aynan o’sha yo’nalishdagi predmetlarni ustun darajada o’rganib,
tayyorgarlik ishlarini olib boradi.
Yuqoridagilardan xulosa shuki, AQSh o’rta maktablari o’z o’quvchilariga uch
yo’nalishda: akademik, kasb-kor, umumiy yo’nalishlarda bilim beradilar. Ayni
paytda o’quvchilarga to’rt yo’nalishda hunar, kasb-kor asoslarini berib boriladi.
Bular quyidagilar:
Birinchisi, qishloq xo’jalik kasblari ta’limi hisoblanib, unda tinglovchilarga
fermerlik asoslari o’qitiladi va unda qishloq xo’jaligi bo’yicha menejmentlar
etishtirib beriladi. Bunday ta’lim Amerikaning bo’lg’usi fermerlari dasturi asosida
ish olib boradi.
Ikkinchisi, biznes ta’limidir. Unda o’quvchilarga tijorat, tijorat iqtisodiyoti,
ichki iqtisodiyot mutaxassisligi o’rgatiladi, bunday o’quv yo’nalishlarida
o’quvchilarda muruvvat, bsmorlarga g’amxo’rlik qilish, insonparvarlik tuygularini
tarbiyalash masalalariga ham jiddiy ahamiyat beriladi.
Uchinchisi, savdo va sanoat ta’limi bo’lib, unda yoshlarga mahsulot ishlab
chiqarish va mexaniklik kasbi o’rgatiladi.