HOZIRGI NASR XUSUSIYATLARI (Zamonaviy nasrdagi yangi tasvirlar talqini, Nasriy asar kompozitsiyasi, Nasriy asarda inson va tabiat munosabati, Nasriy asarda axloqiy masalalar ifodasi)
Yuklangan vaqt
2024-05-24
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
44,0 KB
Ilmiybaza.uz
HOZIRGI NASR XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Zamonaviy nasrdagi yangi tasvirlar talqini.
2. Nasriy asar kompozitsiyasi.
3. Nasriy asarda inson va tabiat munosabati.
4. Nasriy asarda axloqiy masalalar ifodasi.
Ilmiybaza.uz
Epik turning kichik badiiy shakllaridan biri hikoyadir. Hikoyada qahramon
hayotidan bir yoki bir necha voqea tasvirlanadi. Hikoya-( arabcha) so‘z bo‘lib,
so‘zlab berish degan ma’noni bildiradi. Lakonizm-hikoyada tasvir mezoni
hisoblanadi. Janr va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida V.G.Belinskiydan tortib
– Timofeyev, G.Abramovich, N.Utexin, V.Shklovskiy, S.Antonov, A.Qodiriy,
A.Qahhor, I.Sulton, U.Normatov, N.Vladimirova va boshqa ko‘pgina olim-
ijodkorlarning fikrlari mavjud. Ularning qarashlari turli-tuman bo‘lsa-da – bitta
mushtaraklik bor. Xususan, bu mushtarakliklar hikoyada voqelik va xarakterlar
tasviri ko‘lami, hajmidagi qisqalik janrning an’anaviy zohiriy belgisi sifatida qayd
etilishidir. Darhaqiqat shunday. Hikoya – inson hayotidagi uncha katta bo‘lmagan
bir voqea tasviridir. Hikoya shakli, garchand kichik esa-da, olam-olam mazmunni
o‘z ichiga chig‘dirishga, ifodalashga qodir.
Hikoyada ijtimoiy va ma’naviy hayotni turli tuman masalalarini ko‘tarib chiqish
mumkin, ammo ular, xuddi roman yoki qissadagidek keng ko‘lamda tasvir
etilmaydi. Xikoyada bu janrlardagidek qistirma epizod ham, chekinishlar ham
bo‘lmaydi, uning hajmi-ramkasi buni ko‘tarmaydi. Hikoya hamma xalqlarning
adabiyotlarida eng ko‘p rivoj topgan janr hisoblanadi. Hikoyaning ixcham shakli
G‘arbiy Yevropa xalqlari adabiyotida novella (ital.yangilik) deb yuritiladi.
Hikoya janri jahon adabiyotida o‘zining bir necha asrlik tarixiga ega. Jahon
adabiyoti klassiklari: O.Balzak, Merimi, G.Mopassan, J.London, A.S.Pushkin,
A.P.Chexov, E.Xeminguey, M.Sholoxov, S.Antonov kabi adiblar yaratgan
hikoyalar realistik yangi zamon hikoyachiligining yaxshi namunalaridir. Ana shu
yozuvchilar asarlari misolida realistik hikoyachilikning o‘ziga xos bo‘lgan yetakchi
xususiyatlarini ko‘rish mumkin. Bu fikrni jahon hikoyachiligining ustalarining
gaplari ham isbotlaydi. “Hikoya”-deb ta’kidlaydi Jek London, “bu hayotning
yakunlangan epizodi: kayfiyat, vaziyat, harakat birligi”, “Hikoya, so‘zsiz, qandaydir
muhim faktning tasviridan iborat;-deydi dominikon yozuvchisi Han Bosh.-Agar
hikoya asosida yotgan hodisa arzimas bir narsa bo‘lsa, uning ifodasi hikoya emas,
shunchaki bir lavha bo‘lib, o‘tgan voqeaning bayoni bo‘lib qolaveradi” Ushbu
Ilmiybaza.uz
fikrlarni va V.G.Belinskiy, L.Timofeyev, I.Sulton, T.Boboyev kabi olimlarning
nazariy qarashlarini jahon adabiyotining birgina hikoyasi-M.Sholoxovning “Inson
taqdiri” hikoyasi misolida ko‘rishimiz mumkin. Bu xil hikoyalar insoniy
xarakterlarni berishda katta badiiy yuklamani bajaradi.
O‘zbek adabiyoti tarixida ham hikoya janrining o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li
bor. A.Navoiyning “Xamsa”sidagi hikoyalar yoxud Poshshoxo‘janing “Miftohul-
adl” va “Gulzor”ida keltirilgan hikoyalar, o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi ertaklar
o‘zbek hikoyachiligining o‘tmishdagi namunalaridir.
XX asrda - Yangi o‘zbek adabiyotida yangi tipdagi hikoya – realistik tasvir
asosidagi hikoya paydo bo‘ldi. XX asr o‘zbek realistik hikoyachiligining yuzaga
kelishida latifa, ertak va hikoyalarning, Sharq hikoyatlari, XIX asr oxiri va XX asr
boshlaridagi romantizmning, ma’rifatparvarlik realizmining o‘ynagan rolini alohida
qayd etish kerak. Fitrat, A.Qodiriy, Cho‘lpon, H.Shams, H.Olimjon, H.G‘ulom,
A.Qahhor, Oydin, A.Muxtor, Mirmuhsin, S.Ahmad, S.Zunnunova, Sh.Xolmirzayev,
O‘.Hoshimov singari adiblar o‘zbek hikoyachiligini boyitishda katta xizmat qildilar.
A.Qahhor o‘zbek hikoyachiligida o‘ziga xos maktab yaratdi. S.Ahmad,
Sh.Xolmirzayevlar bu an’anani namunali davom ettirishdi.
O‘zbek realistik hikoyachiligining tug‘ilishi, manbalari, taraqqiyot yo‘li,
tendenstiyalari N.V.Vladimirova va U.Normatovlarning ilmiy asarlarida yoritilgan.
XX asr tonggi – 20-30 yillarda yaratilgan hikoyalar ham boshqa epik janrlar
namunalari singari voqelikni realistik yo‘sinda badiiy idrok etish janrlaridan biriga
aylandi. Bu yillarda hikoya janri yangi jamiyat kishisini tarbiyalashda katta ahamiyat
kasb etadi. Xususan, Cho‘lponning “Oydin kechalarda”, “Novvoy qiz”, “Qor
qo‘ynida lola”, “YO‘l esdaligi”, Fitratning “Qiyomat”, “Oq mozor”, A.Qodiriyning
“Uloqda”, “Otam va bolshevik” kabi asarlari xalq hayotining turli qatlamlarini
qamrab oladi.
O‘zbek realistik hikoyachiligi taraqqiyotining har bir bosqichi: 20-yillar –
Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy; 30-40-yillar – Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom,
Oydin; 60-80-yillar Said Ahmad, Odil Yoqubov, P.Qodirov, Sh.Xolmirzayev,
O‘.Hlshimov,
Z.A’lam,
Xayriddin
Sultonov,
E.A’zam;
90-yillar
Ilmiybaza.uz
X.Do‘stmuhammad, A.Hotamov, N.Eshonqul. S.Vafo – hayotni, voqelikni, insonni
aks ettirishda yangi sahifalar ochmoqda. Shu asosda janr tabiatidagi muttasil
o‘zgarishlar mohiyatini, evolyustiyasini ham ta’minlamoqda. Zero, yangilanish –
janrning doimiy va baqiy xususiyatidir.
O‘tgan asrda o‘zbek hikoyachiligida janrning shakllari vujudga keldi. Chunonchi,
A.Qahhor, G‘.G‘ulom, S.Ahmad, N.Aminov, S.Siyoyevning hajviy-yumoristik
hikoyalari, Tohir Malik, H.Shayxov, M.Mahmudov, X.Do‘stmuhammadning ilmiy-
fantastik hikoyalari, Z.A’lam, Xayriddin Sultonov, Mahkam Mahmudovlarning
tarixiy
hikoyalari,
Sh.Shomuhammedov,
I.G‘lfurovning
mansuralari,
O‘.Umarbekovning kechinmalar shaklidagi hikoyalari janrni shakliy-uslubiy
izlanishlar bilan boyitdi. XX asrning ikkinchi yarmida, xususan turg‘unlik
oshkoralik, qayta qurilish va demokratik davrlanda yaratilgan hikoyalarni ko‘zdan
kechirsak bu janrning yangi voqeliklar asosida nechog‘lik rivojlanganini ko‘rishimiz
mumkin. Eng muhimi, hikoyachiligimiz o‘zining barcha taraqqiyot bosqichlarida bir
necha avlodga mansub so‘z ustalarini yetkazib berdi.
XX asrning 90 yillarida o‘zbek hikoyachiligi shakl va mazmun jihatidan yangi
bosqichga ko‘tarildi. XXI asr boshlarida yuzaga kelgan realistik uslub bilan yonma-
yon zamonaviy Yevropa nasri an’analarini o‘zida ifoda etuvchi modern uslubi
maydonga keldi. Bu davr hikoyalarida sho‘ro tuzumining absurd tuyg‘ulari bilan
aldanib yashagan qiyofasiz inson obrazi falsafiy-badiiy yo‘sinda gavdalantirildi.
X.Do‘stmuhammad, N.Eshonqul, G‘.Hotam hikoyalarida ana shunday fazilatlar
ko‘zga tashlanadi.
O‘zbek hikoyachiligining sardorlaridan biri S.Ahmad mustaqillik yillarida
Oybekona ruhiy kechinmani, G‘.G‘ulomga xos beozor yumorni, A.Qahhor
uslubidagi siqiq tasvir va o‘tkir hajvni o‘zining “Qora ko‘z Majnun”, “Sarob”,
“Oftoboyim”, “Azroil yurgan yo‘llarda” kabi hikoyalarida namoyon etdi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridagi hikoyalarning aksariyat qismi XIX asr oxiri va
XX asr boshlaridagi o‘zbek xalqi boshiga tushgan istilyochilik, mustamlakachilikni,
totalitar tuzumning mohiyatini ochishga-badiiy tahlil qilishga qaratilgan.
N.Eshonqulning “Istilyo”, X.Do‘stmuhammadning “Mirkomilboyning qazo bo‘lgan
Ilmiybaza.uz
namozi”, G‘.Hotamovning “Uyi ko‘ygan odam” hikoyalari ana shu mavzuda bo‘lib,
ularda psixologik tasvir yetakchilik qiladi.
X.Do‘stmuhammadning “Jajman”, “Jimjitlik”, n.eshonqulning “Ajr” hikoyalari
janrni falsafiy talqin etish xususiyati bilan boyitdi.
Ma’lumki, hikoya janrining muhim poetik masalalaridan biri xarakter yaratish
problemasidir. Ijod tajribasidan shu narsa ayonki, badiiylik komponentlari har doim
janr doirasida tasvirlanadi. Adabiy tanqidchilikda hikoya janrida hikoya yaratish
xususida turli-tuman qarashlar bor. Chunki janr xarakterning ikki ko‘rinishini –
tayyor va tadrijiylikka ega. “Xameleon”, “Bemor”, “Jonfig‘on”, “Adabiyot
muallimi” kabi hikoyalarda xarakter tayyor holda berilsa, “Nurli cho‘qqilar”,
P.Qodirovning “Qalbdagi quyosh”, O‘.Hoshimovning “Xayollarga bo‘laman
tutqun” kabi hikoyalarida xarakter rivoji mavjud.
Shuningdek, har bir janrda bo‘lgani singari hikoyada ham badiiy detalning o‘z
o‘rni bor. Biroq hikoyada detal xuddi janrning o‘ziga o‘xshab kichik hajmda katta
mazmunni ifodalay oladi. Bunga misol tariqasida M.Sholoxovning “Inson
taqdiri”ni, G‘.G‘ulomning “Mening o‘g‘rigina bolam”, S.Ahmadning “Turnalar” ,
O‘.Umarbekovning “Muhabbat” hikoyalarini ko‘rsatish mumkin.
Xullas, qariyb bir asrga teng bo‘lgan o‘zbek realistik hikoyachiligining mavzu va
muammo doirasi kengayib, janriy yangilanish xususiyati boyib bormoqda.
Mustaqillik davrida yaratilgan hikoyalarni o‘rganar ekanmiz, o‘zbek
hikoyanavisligi alohida shaxslar olamini, ularning o‘ziga xos tuyg‘ularini aks
ettirish borasida qator yutug‘larni qo‘lga kiritganligiga amin bo‘lamiz. To‘g‘ri, har
bir odamning o‘zi alohida shaxs. Ayni chog‘da, u o‘zigagina xos olamga,
intellektual – ruhiy holatga ega. Shu jihati yuksalgan sayin inson o‘ziga xos
xislatlarini, o‘z individualligini yanada teranroq, yorqinroq aks ettiradi. O‘zbek
yozuvchilari ana shu hayot haqiqatini o‘z ruhiyatini taftish etib, o‘zligini anglashga
intiladigan
qahramonlar
yaratish
orqali
badiiy
haqiqatga
aylantirishga
erishayotganliklarini Erkin A’zam, Xayriddin Sultonov, Xurshid Do‘stmuhammad,
Nurillo Otaxonov, Olim Otaxonov, Salomat Vafo, Zulfiya Qurolboy qizi yaratgan
hikoyalar orqali kuzatish mumkin.
Ilmiybaza.uz
Insonni kutilmagan holatlarga tushib qolishi va avval sira kechirmagan
kechinmalarni his qilish kabi murakkab vaziyatlarni tasvirlash E.A’zamning
«Bizning tog‘a» va «Ta’ziya» hikoyalariga ham xos. Hikoyada bolaligidan
izzattalab bo‘lib o‘sgan, hammani o‘zi bilan hisoblashishga majbur qilishga
urinadigan tog‘a obrazi birda mehr, birda nimkulgu bilan tasvirlangan. Uning asl
maqsadi noma’lum va tushunarsiz, uni to‘la-to‘kis anglash g‘oyat mushkul.
Tog‘aning o‘ziga yarasha fe’li, mol-holi, yashash tarzi mavjud. Shunday bo‘lsa-da,
jiyani Amir bilan bir umr kelisha olmaydi, uning alamini oshirish, qolaversa,
jiyanidan bir pog‘ona «yuqori» ekanini anglatib qo‘yish maqsadida qasdma-qasdiga
ko‘shkli imorat tiklashga urinadi.
Kezi kelganda bor kibr – havosini, jiyaniga «raqiblik» tuyg‘usini unutib,
«jigarchilik» yo‘lini tutadi. Amirning saroyiga o‘t tushganida o‘g‘liga atab
qurayotgan imoratini ham chala qoldirib, jiyanining vayron bo‘lgan joyini tiklashga
kirishadi, unga ich-ichidan achinib mehribonlik ko‘rsatadi. Bunday o‘rinlarda,
yozuvchi o‘zbek xalqiga xos odamiylik, saxovat, bag‘rikenglik kabi ulug‘
fazilatlarni ma’naviy qadriyat tarzida millat ongiga, ruhiyatiga singib ketganligini
haqqoniy gavdalantirgan. Voqea – hodisalar silsilasida tog‘a yana shuni anglab
etadiki, odam qadrini boshqa odamning anglashi g‘oyat qiyin ekan, o‘z qadringni
o‘zgalarga majburan anglatish esa undan mushkul. Odamlar hamisha bir-birlariga
suyanib yashaydilar, o‘zlari bilib – bilmagan holda bir – birlaridan madad, mehr –
oqibat kutadilar. Faqat boshlariga fojea tushgan kezlardagina bu hayot haqiqati
oldida bosh egadilar, o‘zgalar mehriga zoriqishni his qiladilar. Asardagi tog‘a va
jiyan munosabatlari ayni shu haqiqatni ifoda qiladi. Muhimi, yozuvchi o‘z
qahramonlarini «g‘oya tashuvchi» vositaga aylantirmagan, o‘ziga xos xislatlari,
fazilat-u nuqsonlari bilan Haqqoniy va tabiiy gavdalantirishga erishgan. Tog‘aning
har bir xatti–harakati o‘z qiyofasi mantig‘iga mos, tabiatidan kelib chiqadi. U
barchani va barcha hodisalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, o‘ziga xos mushohada qiladi.
Hodisalarga, odamlarga ham boshqalar kabi emas, o‘ziga xos munosabat
bildiradi. Aynan shu betakror jihati bilan u kitobxon qalbidan joy oladi. Yozuvchi
o‘z qahramoni orqali atrofdagi odamlarni o‘zimizga ma’qul kelish yo kelmasligiga
Ilmiybaza.uz
qarab emas, balki boricha, qanday yaratilgan bo‘lsa shundayligicha, ziddiyatli va
murakkab inson sifatida qabul qilish zarurligini, muhimi, insonni anglash ekanini
ta’kidlaydi. Zotan, bu xususiyat milliy mustaqillik davri o‘zbek hikoyachiligi
taraqqiyotini ta’minlovchi muhim xususiyatdir. Shunisi ham borki, insonni
tushunishga da’vat etish insonni anglash falsafasini talab qiladi. Insonni tasvirlash
orqali esa ana shu hayot falsafasi yaratiladi. Zotan, adabiy janr taraqqiyotining yangi
davrida hodisalarga va inson shaxsiga yondoshish tamoyillarining o‘zgarib,
takomillashib borishi tabiiy va zaruriy jarayon hisoblanadi. Ammo, badiiy ijodning
azaliy qonunlari barcha davrlar uchun o‘zgarmasdir: yozuvchi voqeanavis emas,
insonshunos sifatida ish ko‘rib, inson qalbi haqida aytilmagan haqiqatlarni badiiy
kashf etsagina, u yaratgan asar estetik qimmat kasb etadi.
«Ta’ziya» hikoyasida yozuvchi Erkin A’zam davr tazyiqlari ostida ichi boshqa-yu,
surati boshqa, qo‘rqoq odamga aylanib qolgan inson fojeasini butun dahshati bilan
tasvirlashga erishgan. «Ta’ziya» hikoyasida odam va u tushungan g‘oya, zamona va
uning yo‘rig‘iga yurish mashaqqatlari aks ettirilgan.
O‘zini Hammadan ko‘ra
dahriyroq ko‘rsatishga intiladigan Salim qarorning, aslida, xudojo‘y va taqvodorligi,
sirli hayoti, nomunosib o‘limi kabi holatlar asarda ota-bola suhbatdoshlar hamda
ovul kishilari munosabati asnosida ko‘rsatiladi. Shunisi borki, garchi Salim qaror
hikoyachining xotirasi orqali o‘quvchilarga yuzma-yuz keltirilsa-da unga xos
jihatlar bir muncha ta’sirli tasvirlangan.
Hikoyada e’tiqodini yashirib yurishga majbur bo‘lgan, ichi va tashi boshqa
bo‘lgan qo‘rqoq odam fojeasi ancha mahorat bilan chizilgan. Mustaqillik yillarida
yaratilgan hikoyalar orasida Xurshid Do‘stmuhammadning «Jimjitxonaga yo‘l»
asari ham e’tiborga sazovar. Bu asar o‘zbek hikoyachiligida nazira sifatida bitilgan
birinchi asardir. Hikoya orqali inson tuyg‘ulariga xos jilvalarni nozik ilg‘aydigan
mohir yozuvchining qalb harakatlari sezilib turadi.
«Nusxakashning merosxo‘ri» hikoyasida hayoti fojeali burilish pallasini
kechirayotgan shaxsning murakkab, tahlikali holati mahorat bilan aks ettirilgan.
Badiiy ijod – bu nusxa ko‘chirish ham, yashash vositasi ham emas, balki yurakdagi
Ilmiybaza.uz
dardni ifodalash ekanligi asardagi murakkab taqdirli qahramonlar misolida
ko‘rsatilgan.
Yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad o‘z hikoyalari orqali xilma-xil epik
tafakkur namunalarini yaratishga erishayotgan iste’dodli ijodkorlardan biridir.
Uning «Jajman» nomli hikoya va qissalar to‘plamiga kirgan “Mahzuna” fsidagi
o‘zbek ayoli obrazi milliy qiyofasi fikrlash tarzi xususiyatlari bilan tom ma’nodagi
pokizalik ramzi oyoq osti qilinayotgan, yuz o‘girilayotgan tabiiylik, halollik, poklik,
ayol sha’ni, qadru qimmati haqida o‘ylashga undaydi.
Erining «kollektivi» bilan ziyofatda uchrashgan Mahzuna zamonaviy
ayollarning behayolarcha o‘yin tushishi-yu, kap-katta erkaklarning yoshiga
nomunosib engiltakliklarini ko‘rib hushidan ayrilayozdi. Bo‘ri Sobitovichning
bezbetlarcha tikilishi, ayollarga yalpoqlanib, takalluf ko‘rsatishi, ayolu erkaklarning
mast-alast gap so‘zlari Mahzunaning ko‘z oldini qorong‘ulashtiradi. «Bu orada u
paltoni kiyib ulgurdi. Mahzuna chap elkasida qo‘lansa isni tuydi, paltoni kiyib
ulgurmay, ikki kaft ikki elkasidan qisib ushlaganini, boyagi qo‘lansa is purkayotgan
og‘iz yonog‘iga tekkudek yaqinlashib, «qo‘ng‘iroqlashamiz» deganini eshitdi...
Mahzuna orqasida o‘lim sharpasi g‘oyadek turganini, u sovuq barmoqlari bilan
hademay bo‘g‘a boshlashini oldindan bilganday va taqdirga tan berganday ilkis
bo‘shashdi – qo‘l–oyog‘idan mador ketdi, boshidan xushi uchdi»1.
Xo‘sh, nima sababdan Mahzuna bunday ruhiy iztirobni boshdan kechirdi?
Boshqa ayollar kabi befarq, loqayd holda atrofdagilarga sirtdan xushmuomalalik,
takalluf ko‘rsatib, indamay ketaversa bo‘lmasmidi? Yoki ziyofatdagilarning
o‘zlarini tutishlari hali «yosh, hayot ko‘rmagan» ayolga botmadimi? Balki Bo‘ri
Sobitovich yoki uning rafiqasi aytganiday, bunday o‘tirishlarga tez-tez kelib tursa,
ko‘nikib ketar? Ular kabi bezbetlashib, behayo lo‘ttibozlarning, andishasiz
laganbardorlarning biriga aylanar? Balki shu ma’noda yoshi ulug‘ bo‘lsa-da, suyuq
ongli rahbar unga «telefonlashamiz» degan taklifni shipshigandir? «O‘shandagina
Mahzunaning miyasida yashin chaqnagandek bo‘ldi, indamay – netmay hiring–
hiringlab qo‘lini unga tutayotgan ayollardan nafratlandi, o‘zini Maqsudjon akasining
panasiga oldi»... «...sharillab oqayotgan suv ostiga boshini, yuzini, elkasini, chap
Ilmiybaza.uz
yonog‘ini tutgunga qadar chidadi... ichidan qattiq o‘qchiq keldi, yo‘taldin va chiroq
nurida simobdek yiltirab tushayotgan suvga, oppoq vannaga, oppoq devorga...
oppoq badaniga qarashdan uyalib kaftlarini yuziga bosgancha o‘ksib-o‘ksib,
xo‘ngrab yubordi... «Kelishganmish!.. Turqing qursin, sovuq!.. Suyuq!.. o‘lganim
yaxshimasmi!. E!..»2.
Yo‘q, Mahzuna singari ayollar hayo pardasidan nariga chiqmaydi, o‘lsa ham o‘z
sha’nini, ayollik or-nomusini bulg‘amaydi. Agar aksincha holat yuz bersa-chi?
Barcha ayollar erkaklarga taqlid qilib kiyinsa, ziyofatlarda xushiga kelganicha
cho‘qishtirib ichsa, istagan erkak bilan hech bir tortinmay, seskanmay raqs tushsa,
begona erkakka elka tutsa, qo‘l cho‘zsa va bularni «zamonaviylik» pardasiga o‘rab,
loqayd erga bepisand xotin bo‘lib yashayversa?! Yozuvchi kitobxonni xushyor
torttiruvchi savollarni Mahzunaning iztirobli xo‘ngrab yig‘lashlari tarzida
ko‘ndalang qo‘ydi, uning alamli hayollari orqali ifoda etadi. Ogoh bo‘l, inson!
O‘zligingni unutma, diyonatdan, poklikdan yuz o‘girma, bu mo‘’tabar
tushunchalarni xatlab o‘tma!
Ezgulikni mahv etishga uringan mahluq – Jajman haqidagi hikoyasida esa yozuvchi
Xurshid Do‘stmuhammad uzoq o‘tmish va bugungi kunni bog‘lovchi nuqtalarda
turib tasvir yaratganga o‘xshaydi. Zardo‘sht bobo bilan uning atrofidagi olamon,
tekinxo‘r balo Jajman go‘yo biz yashaydigan davr illatlarining, ezgulik va
yovuzlikning ramziy timsollari. O‘z kunini o‘zi bozor rastalarida Jajman paydo
bo‘lishi bilan o‘g‘irlik, vahima, dod-faryod yuz beradi. Keksa Zardo‘sht bobo yuz
berayotgan hodisalarni kuzatar, xudolarga iltijo qilib ogohlik tilar, Jajmanning
xiylalari esa kundan-kun ortar edi.
Yozuvchi ramzlashtirish san’atidan foydalanib, xalollikka aralashgan
xaromdan qutilish, uning oqibatlarini daf qilish nechog‘lik mushkul ekanini ro‘y-
rost tasvirlaydi. Jajmanni tutish va o‘ldirishga chog‘langan olamonning holati,
mahluqning uddaburonligi, Zardo‘sht boboning anduhli o‘y-kechinmalari hikoyada
nihoyatda ta’sirchan manzaralar orqali tasvirlangan. Ming mashaqqat bilan butun bir
olamon bitta mahluqni arang o‘ldirdi! Ammo olamonning o‘pishgan, yig‘lashgan
Holdagi sevinchi uzoqqa cho‘zilmadi. «Shu ko‘zlar, shu nigohlar o‘ngida to‘zon
Ilmiybaza.uz
bosildi, bosildi va devorning tepasida o‘raning og‘zidek qora tuynuk ko‘rindi...
qanday hodisa yuz berayotganiga fahmi etmagan olamon hang-mang bo‘lganicha
qotib turar, biron zot qilt etishga jur’at topolmasdi o‘zida... Ana shunda qora
tuynukdan bir juft bahaybat hovuch ko‘rindi... hovuchlar ichkariga suqilib kirdi-yu,
ulardan hozirgina bazo‘r, ming bir azobda o‘ldirilgan Jajmanga ikki tomchi suvdek
o‘xshash boshqa bir Jajman sakrab erga tushdi»1.
Hayotimizga aralashib, sezdirib, sezdirmay kirib kelayotgan Jajmanlar –
tekinxo‘rlik, balo, ofat, xaromxo‘rlik timsolidir. Ular juda tezlik bilan odamlarni o‘z
domiga ilintirib, o‘zi kabi tekinxo‘r va xaromxo‘rga aylantirib qo‘yadi. Eng
dahshatlisi, odamlar orasidan ularni quvib solish yoki mahv etish g‘oyat mushkul.
Bu yovuzlik zurriyotlari asrlar, davrlar osha ezgulik farzandlari bilan kurashib, ular
orasiga vahima, ishonchsizlik kabi turli xil nifoqlar solib kelmoqda. Bugungi kunda
esa ular odamlarni halol va xaromni ajrata olmaydigan qilib qo‘yishganday.
Zardo‘sht bobo kabi «har daqiqada: Ogoh bo‘l, inson! – deya bong urishi darkor,
chunki bir muddat ogohlikni unutsak, o‘nglab Jajmanlar bizni haq yo‘lidan
adashtirishi mumkin!
Demak, shaxslikning mohiyatini yangicha uslub va talqinda berish
tendensiyasi bugungi nasrimiz, xususan, o‘zbek hikoyalarida bor buy-basti bilan
namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kun hikoyalari qahramoni o‘z-o‘zini taftish etib, o‘z
borliqini rang-barang jihatlardan namoyon qilmoqda. (D.Saidovaning «Kunlarning
birida» hikoyasi qahramoni Munira) hayotning o‘ta chigal jumboqlariga o‘zgacha
munosabat bildirish, ilohiy-falsafiy haqiqatlarga qaytish, «muhabbatsiz», «tutqun»
turmushga ko‘nikish, o‘z manfaatlaridan yuksakroq insoniy burch hamda ma’suliyat
oldida, aziz rishtalar qarshisida, binobarin, taqdirga bosh egish, hayot hamisha
chigalliklar, ziddiyatlar, kam-ko‘stlari», kemtiklari bilan hayot ekanini tan olish –
hikoyalarda yangicha echimning yuzaga kelishi insonga yangicha yondashuv
natijasi ekanini anglaymiz.
Mustaqillik davri hikoyalarini o‘rganar ekanmiz, F.Kafka, A.Kamyu singari
XX asr jahon adabiyotining buyuk yozuvchilari ijodidan ta’sirlanish, ayrim hollarda
ularga taqlid natijasida o‘zbek nasrida yangicha uslubdagi hikoyalar dunyoga
Ilmiybaza.uz
kelayotganligini kuzatamiz. Xususan, Nazar Eshonqulning «Muolaja» hikoyasi
Kafkaning «Jazo kaloniyasi»ni esga soladi; «Bevaqt chalingan bong», «Istilo»,
«Tobut» hikoyalari esa ifoda tarzi va talqini jihatidan o‘zbek nasrida yangi hodisa
bo‘ldi. Milliy adabiyotdagi bu kabi jiddiy xodisalarning sabablari-yu ildizlarini
qaerdan izlamoq kerak? – degan savolga adabiyotshunos va munaqqid U.Normatov
quyidagi javobni berganlarida tamomila xaq edilar: “Milliy adabiyotdagi har bir
jiddiy hodisaning sababini tashqi omillardan emas, avvalo shu miliiy zaminning
o‘zidan, real voqelikdan, zamona ehtiyojlaridan izlamoq darkor. Absurd
adabiyotining bir muhim xususiyati shundaki, unda aql-idrok etish, taftish qilish
ustuvor, shuning uchun ham unda fojiaviylik kuchli. Inson zoti o‘zining haqiqiy
ahvolini anglab etmasa, uning uchun hech qanaqa fojia yo‘q. Inson o‘z mehnatining
ma’nisiz ekani, ahvol-holati va hayoti absurddan iborat ekaninianglab etgan
daqiqalardan uning uchun fojia boshlanadi. 80-yillar oxiri, 90-yillarning
boshlaridagi vaziyat bizda absurd adabiyotining absurd inson obrazining tug‘ilishi
uchun zamin tayyorladi. Etmish yillik va’da, orzu-umidlarning puchga chiqishi,
jahonda eng adolatli, baxtli boqiy tuzum deb jar solingan tuzumning istiqbolsiz, eng
ilg‘or, birdan-bir to‘g‘ri qarash sanalgan markscha-lenincha ta’limotning yaroqsiz
bo‘lib chiqishi ko‘plarni sarosimaga solib qo‘ydi. Bu hol hayotni, bor zakovatini shu
ma’nisiz ta’limotga, yo‘lga tikkan, adashgan, endilikda aqlini tanib mudroq vujudi
uyg‘ongan odamlar uchun mislsiz fojia bo‘ldi. To‘g‘ri, avvallari, chunonchi
turg‘unlik yillarida ham sovet davri hayotining salbiy jihatlarini, adolatsizlik va
shavqatsizliklarini ko‘rsatuvchi, fosh etuvchi asarlar yaratilgan edi. Biroq butun
boshli ijtimoiy tuzumning, shu tuzum uchun hayotini tikkan shaxs faoliyatining
bema’niligini izchil tarzda tag-tugi bilan ochib beruvchi asarlarning paydo bo‘lishi
uchun mana endi sharoit etildi. Hatto ijodiy yo‘nalishi mohiyat-e’tibori bilan
hayotbaxsh, tasdiqlovchi ruhda bo‘lgan yozuvchi, shoirlar bisotida ham absurdni
eslatuvchi asarlar ko‘rina boshladi. A.Oripovning “Fojia”, E.Vohidovning “Vatan
umidi” she’rlari shular jumlasidan. Murod Muhammad Do‘stning “Lolazor”,
O‘.Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, Sh.Xolmirzaevning “Olabo‘ji”,
O.Muxtorning “Ming bir qiyofa” romalarida personajlar umri faoliyatining, ular
Ilmiybaza.uz
amal qilgan aqidalarning, yashagan muhitning bema’niligiga alohida urg‘u berilgan.
Bu tamoyillar ayniqsa Nazar Eshonqul ijodida yaqqol namoyon bo‘lmoqda”1.
Olimning o‘zbek nasrida absurd tamoyili mavjudligi haqidagi fikrlarini munozarali
deb hisoblagan holda bugungi nasrdagi yangicha uslubiy izlanishlarni realizm
bag‘ridagi yangi uslubiy yo‘nalish sifatida baholash zarur deb hisoblaymiz.
Darhaqiqat, xodisalarga salbiy munosabat, inkor ruhi kuchli, hodisaning
dahshatli manzarasini keskin, qabariq tarzda chizib berish, xodisa mohiyatini bor
ziddiyatlari bilan kitobxonga xis qildirish aynan ana shunday uslubdagi asarlarda
etakchilik qiladi. Bunday asarlarga xos xususiyatlarni, fazilatlarni tilga olish bilan
birga ulardagi tasviriy bo‘yoqlar, o‘zgarmas ohang, ayrim hollarda serjilo, rang-
barang hayot haqiqati va alohida inson dunyosini to‘la-to‘kis gavdalantirib
berolmaganday taassurot tug‘diradi. Shunday bo‘lsa-da, shaxs tabiatining ayrim
jihatlarinigina qalamga oluvchi asarlar bilan bir qatorda inson ruhiyati, borliqiga xos
umumiy xususiyatlardan alohida chizgilarga o‘tuvchi tasvir uslubini namoyon
qiluvchi yo‘nalish inson ruhiyatining hech bir qolip-u andozalarga tushmaydigan,
chegara bilmas turfa holatlarini badiiy kashf etishga urinish singari ijodiy intilishlar
har jihatdan qo‘llab-quvvatlanishga va ilmiy tadqiqu tahlilga sazovor, degan
xulosaga olib keladi. Zero, san’at va adabiyot ravnaqini belgilovchi asosiy estetik
tamoyillardan biri – hayot hodisalari va inson shaxsini yangi tomonlardan, rang-
barang jihatlardan kashf etish hisoblanadi. Ijodkor mahorati esa hayot va inson
haqida yaratgan yangi badiiy konsepsiya timsolida, uni ifodalash tarzida namoyon
bo‘ladi. Mustaqillik yillarida hayotga, inson shaxsiga munosabatning o‘zgarganligi
sabab an’anaviy realizmga mansub asarlar ifoda tarzida, shaklida ham qator
yangiliklar, xususan, modernizm alomatlari ko‘zga tashlanmoqda. Shukur
Xolmirzaev, Murod Muhammad Do‘st, Tog‘ay Murod yaratgan hikoya va qissalar
orqali ayni shu xususiyatni ko‘ramiz. Ular qatorida yozuvchi Nazar Eshonqul ijodi
shu uslubdagi izlanishlar hamda ularning natijalarini, bu yo‘nalish istiqbollarini
o‘rganishda boy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Yaxshi bilamizki, so‘z san’ati rivojida yaratilgan asarlarning soni emas, sifati
hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda bugungi nasrimizning ichki rivojida
Ilmiybaza.uz
ham hayot, inson va uning qalbi haqidagi haqiqatni kashf etish, yangi tasviriy
ifodalarni ixtiro qilish bobida ham kator yangi alomatlarni kuzatish mumkin.
Adabiyotdagi ushbu yangilik va xodisalar yozuvchi Nazar Eshonqul hikoyalarida
o‘zgacha
ma’no-mazmun
kashf
etgan
holda
namoyon
bo‘layotganini
adabiyotshunos olimlar, adabiy jamoatchilik va munaqqidlar allaqachon sezishgan.
Professorlar U.Normatov, N.Xudoyberganov, K.Yo‘ldoshev, munaqqidlar
A.Rasulov, R.Qo‘chqorov, A.Ulug‘ov, M.Mansur, B.Axmedov; ijodkorlardan
Xurshid Do‘stmuhammad yozuvchi yaratgan hikoyalarni tadqiq etuvchi maqolalar,
ilmiy tadqiqotlar yaratganlar. «Jahon adabiyoti» jurnali sahifalarida mazkur
muammo tevaragida jiddiy bahs-munozaralar ham bo‘lib o‘tdi. Shunday bo‘lsada,
ijodkorning «Shamolni tutib bo‘lmaydi», «Maymun etaklagan odam», «Hayot
tuzog‘i», «Tobut», «To‘zon», Og‘rik lazzati» kabi hikoyalarini har jihatdan ilmiy-
estetik tahlil va tadqiq qilish, ular orqali o‘zbek hikoyachiligida g‘arb modern
adabiyotiga xos xususiyatlarning shakllanishi va o‘ziga munosib o‘rin egallash
jarayonini o‘rganish mumkin. Yozuvchi asarlaridagi qahramonlarga xos milliylik,
voqealarning sirli tarzda vositalar orqali, ba’zan sahna ortida imo-ishoralar bilan
ko‘rsatilishi, eng asosiysi, asarlaradagi voqealar «men» tilidan hikoya qilinishi va
doimo o‘zini-o‘zi taftishu tahlil etib borishi, o‘z gunohlariga iqrorligi adabiyotdagi,
nainki milliy mustaqillik davri o‘zbek hikoyachiligi, balki butunicha nasrimizdagi
yangicha uslubiy yo‘nalish sifatida o‘rganishga sazovordir.
Atoqli ingliz adibi Jorj Oruell o‘zining 1941 yilda yozilgan «Adabiyot va
totalitarizm» maqolasida shunday fikr bildiradi: «Totalitarizm bizni bu tasavvurimiz
tumandek tarqab ketishini tan olishga majbur etayotir. Totalitarizm fikr erkinligi
shunaqa hamla qildiki, buni hech qachon xayolga keltira olmasdik. Tan olish
kerakki, uning fikrni nazorat qilishi faqat ta’qiqlash maqsadlari emas, balki nimalar
haqida o‘ylash lozimligini uqtirib turadi; shaxs qabul qilishi lozim bo‘lgan mafkura
yaratiladi. Uning his-tuyg‘ularini boshqarishga tirishadi va ahloq namunasini
belgilab beradi. Mafkura shaxsni iloji boricha sun’iy muxitga solish, taqqoslash
imkonidan mahrum etish uchun tashqi olamdan ajratib, o‘rab tashlaydi. Totalitar
Ilmiybaza.uz
davlat, albatta, o‘z fuqarolarining fikr va tuyg‘ularini xuddi ularning hatti-
harakatlarini nazorat qilgandek nazorat ostiga olishga urinadi»1.
Adib maqolasini davom ettirib, o‘z oldiga «Biz uchun muhimi, ana shunday
muhitda adabiyot yashay oladimi, degan muammodir», deya haqli savol qo‘yadi va
oddiy qilib «nazarimda javob lo‘nda va aniq bo‘lishi lozim: yo‘q! Agar totalitarizm
umumbashariy hodisaga aylansa, uzluksiz davom etsa, biz bilgan adabiyot
yashashdan to‘xtaydi», degan qat’iy qarorga kelgan edi.
Inson yoki biron jonzot jisman tutqunlikka ko‘nikishi mumkin. Biroq uning
eng inja tuyg‘ulari, o‘ziga va faqat o‘ziga tushunarli o‘y-hayollari, orzu-armonlarini
o‘zida mujassam etgan, uni asirlikdan, do‘zoxiy azoblardan ozod, erkin va baxtli xis
qildira oladigan fikrdan, orzu qilish tuyg‘usidan mahrum qilishsa, bunga ham
chegara yoki devor tiklashsa, unda bu – insonning, insoniyatning, tanazzuli. J.Oruell
buning natijasini quyidagicha izohlaydi: «Axir ijod bu eng avvalo tuyg‘u, tuyg‘uni
esa abadiy nazorat qilish mumkin emas. Ayni daqiqa uchun ko‘rsatmalarni tushunish
oson. Lekin qandaydir qadr-qimmatga ega bo‘lgan adabiyot, yozuvchi yozayotgan
narsasi haqqoniyligi xis etgan sharoitdagina mavjud bo‘ladi; agar bunga imkon
bo‘lmasa ijodiy instink yo‘qoladi. To‘plangan barcha tajribalar ko‘rsatadiki,
totalitarizm o‘z tarafdorlaridan talab etuvchi keskin ehtirosli o‘zgarishlar psixologik
jihatdan amalga oshirib bo‘lmaydigan ishlarki, avvalo ana shu sababdan, menimcha,
biz bilgan adabiyotning, agar dunyoning hamma joyida totalitarizm o‘rnatiladigan
bo‘lsa, kuni bitadi».
Darvoqe, sarobga qurilgan imoratning qulashi, cho‘qqida quyosh nuridan
oltin misol tovlangan yaltiroq shishaning oddiy shishaligi hammaga ayon bo‘lgach,
unga hech kimning e’tibor bermasligi tayin. Kuch va yolg‘on va’dalar bilan
tiklangan sobiq Ittifoq davlati ham tanazzulga uchradi. Bu davr adabiyoti haqida o‘z
fikrini bildirgan professor Q.Yo‘ldoshev shunday deydi: «XX asrdagi
adabiyotimizda qiyofasizlik keng yoyildi. Chunki undan muayyan shaxs tabiatini
har jihatdan tasvirlash emas, shaxsni muayyan ijtimoiy qatlamning vakili sifatida
ko‘rsatish talab etildi. Badiiy adabiyot konkret insondagi o‘ziga xoslik, alohidalikni
emas, balki odamning qaysi bir ijtimoiy qatlamga mansub belgilarini eks ettirishi