HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA'LIMOTLARINING ASOSIY YO'NALISHLARI
Yuklangan vaqt
2024-06-10
Yuklab olishlar soni
9
Sahifalar soni
31
Faytl hajmi
89,4 KB
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA'LIMOTLARINING ASOSIY
YO'NALISHLARI
1. Hozirgi davr iqtisodiy ta'limotlarining asosiy xususiyatlari
Birinchi navbatda «hozirgi zamon» tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Ba'zi
iqtisodchilarning fikricha, XIX asr oxirlarida vujudga kelgan iqtisodiy g'oya,
ta'limot va konsepsiyalar hozirgi zamonniki deb tan olinadi.
Bu izohda mantiq bor, albatta, chunki o'sha davrda yuzaga kelgan iqtisodiy
g'oyalar keyingi iqtisodiy qarashlar uchun tayanch, asos rolini o'ynaydi. Ammo bu
izohning cheklanganligini ham aytish kerak, negaki XX asrning o'rtalari, ayniqsa
ikkinchi Jahon urushidan keyin iqtisodiy ta'limotlar bir qancha yangi qarash, g'oya,
konsepsiya va nazariyalar bilan boyidi, ularni ham albatta «hozirgi zamon» iqtisodiy
g'oyalariga kiritish tabiiydir, ammo ularning evolyusiyasi ro'y bergan.
Shu yerda shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, iqtisodiy ta'limotlarning
paydo bo'lishi, shakllanishi va rivoji doimo tarixan dialektik ravishda ro'y bermoqda.
Tarixning guvohlik berishicha, ma'lum davrda yuzaga kelgan u yoki bu ta'limot vaqt
va sharoit taqozosi bilan doim evolyusiyada, rivojlanishda bo'ladi. Masalan, XVIII
asrning ikkinchi yarmida to'la shakllangan klassik iqtisodiy maktab bozor
iqtisodiyotining asosiy xususiyatlarini ta'riflab bergan, ammo bu maktabning asosiy
qoidalari, umumiy yo'nalishi saqlangan holda, ularning amalda namoyon bo'lishi
turli davr va davlatlarda nihoyatda xilma-xildir.
XX asrning 50-60- yillari, ayniqsa keyingi paytlarda jahondagi bir qancha
avvaldan rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Italiya,
Kanada va boshqa Evropa Ittifoqi davlatlari...) qatoriga yangi-yangi davlatlar kelib
qo'shilmoqda, ayniqsa Yaponiya, Turkiya va yangi industrial mamlakatlar (YaIM)
«to'rt ajdaho»: Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong (Syangan)
hamda shular rivojiga yaqinlashayotgan Malayziya, Filippin, Tailand kabi davlatlar
soni ortib bormoqda.
Ilgarilari dam-badam bo'lib turadigan inqirozlar soni va ko'lami keskin
kamaydi. Ammo yo'qolgan emas, bu nisbiyyutuqlar bir tomondan ilmiy texnika
inqilobi natijalaridan omilkorlik bilan foydalanilganligi va ikkinchidan aholi
ijtimoiy
talablarini
to'laroq
qondirish
bilan
bog'liq
bo'lgan
ta'limotlar
qo'llanilayotganligidir, oqibatda ko'pchilik mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy
barqarorlik hukm surmoqda. Ammo kapitalizm yo'lini tanlab olgan, bozor
iqtisodiyotidan foydalanayotgan yuzlab qoloq davlatlar borligini ham inkor etish
mumkin emas. Demak, iqtisodiy rivojlanishning yana boshqa omillari ham bo'lsa
kerakki (iqtisodiy konsepsiya, siyosat...), ulardan samarali foydalanayotgan
davlatlar (ularning soni 20-25 ta) jahon iqtisodiyotida yutuqlarga erishmoqdalar.
Shu tajribani o'rganish va amaliyotda foydalanish hayotiy zaruriyatga aylandi.
Ko'rinib turibdiki, hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlari tobora chuqurlashib, nazariy
masalalar hayot bilan chambarchas bog'liq bo'lib bormoqda.
Xuddi shuningdek, iqtisodiyot fani uchun iqtisodiy jarayonlarni matematik
modellashtirish, programmalashtirish va modellashtirish, elektron-hisob mashinalar,
kompyuterlar,
informatika
va
kibernetikadan
foydalanish
asosida
keng
shakllantirish iqtisodiy siyosat masalalariga tobora yaqinlashib bormoqda va hozirgi
davr ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarida ularning ahamiyati keskin o'sib
bormoqda, shunga oid iqtisodiy tadqiqot va ta'limotlar ham ko'payib bormoqda.
Biz yuqorida keltirgan iqtisodiy ta'limotlar doimo rivojlanishda bo'lib, ularning hech
biri sof holda biror bir mamlakatda qo'llanilmaydi. Amaliyotda bu mavjud iqtisodiy
ta'limotlar, ularning turli oqimlari, maktablarning qorishmalari qo'llaniladi.
Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlarining asosan uch yo'nalishini ajratish mumkin:
1. Neoklassik (yangi klassik).
2. Ijtimoiy-institusional.
3. Keynschilik.
2. YANGI KLASSIK (NEOKLASSIK) YO'NALISHNING SHAKLLANISHI
Yuqorida klassik iqtisodiy maktabning asosiy ta'limotlari qarab chiqilgan edi
(V.Petti, P.Buagilber, A.Smit, D.Rikardo va b.). X1X asr oxiri-XX asrning o'rtalarida
esa ilmiy-texnika inqilobi boshlandi, sharoit keskin o'zgardi. Ko'pgina ta'limotlar,
masalan Keyns ta'limoti mo''tadil holatdagi iqtisodiyotni tahlil etgan bo'lsa, ya'ni
ilmiy-texnika rivojini va aholi sonining o'sishini inkor qilgan bo'lsa, endi
mamlakatlarning nihoyatda notekis rivojlanishi kuchaydi. GFR, Buyuk Britaniya,
Yaponiya, Italiya va boshqa mamlakatlarda yuqori sur'atlar sezildi. Bularning
hammasini tushuntirish, uni ma'lum qolipga solish kerak edi.
Dastlab neoklassik yo'nalish K.Marksning g'oyalariga qarama-qarshi reaksiya
sifatida yuzaga keldi va XX asrning 30-yillarigacha hukmron bo'ldi. Bu orada Keyns
va keynschilik ta'limotiga e'tibor kuchaydi. 70-80 yillarda davlatning iqtisodiyotga
haddan tashqari ko'p aralashuvi (Keyns g'oyasi) iqtisodiyot rivojiga aks ta'sir eta
boshladi. Shunda yana neoklassik ta'limot «yordam»ga keldi. Farb iqtisodiy
adabiyotida bu yo'nalish «Yangi klassik ekonomiks» deb nomlanmoqda. Hozirgi
davrdagi «Ekonomiks» asosida marjinalistik nazariya yotadi va unda klassik siyosiy
iqtisodni marjinalizm bilan sintezlash harakati mavjud. Ekonomiks sof iqtisodiyot
va siyosiy iqtisod oralig'idagi fan bo'lib (anik tarjimasi yo'q), qisqacha aytganda
«qanday qilib resurslari cheklangan, tanqis bo'lgan jamiyatda nimani, qanday qilib
va kim uchun ishlab chiqarishni» o'rganadi. Bu bobda neoklassiklardan A.Marshall,
J.B.Klark, V.Pareto g'oyalari ko'rib chiqiladi. Bu fanning kelib chiqishi taniqli buyuk
ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall (1842-1924) nomi bilan bog'liq, u iqtisodiyotni
«insoniyatning normal hayot faoliyati to'g'risidagi ta'limot» deb baholaydi. 1902
yilda A.Marshall «Ekonomiks» kursini dastlab Kembridj universitetida o'qiy
boshladi, bu fan J.S.Millning siyosiy iqtisodi kursi (klassik maktab) o'rniga kiritildi.
Bundan oldinroq, 1890 yilda A.Marshallning «Ekonomiks prinsiplari» kitobi chop
etilgan edi.
«Ekonomiks» maktabining paydo bo'lishi tasodifiy bir hol emas edi. Bu,
birinchidan, g'arbdagilarning rasionalizmidan kelib chiqqan bo'lsa, ikkinchidan,
undan ham chuqurroq sabablar mavjud edi. XIX asrning oxiridagi inqiroz va deyarli
yigirma yillik depressiya davlatning iqtisodiyotga aralashuvi samarasiz ekanligini
ko'rsatdi. A.Marshall shularni tahlil qilib, erkin raqobat va bozor g'oyasini yana
jonlantirdi, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rolini cheklash kerakligini
yaxshi sezdi va avvalgi fandagi birinchi suzni, ya'ni «siyosiy» so'zini olib tashlashni
ma'qul ko'rdi.
Iqtisodiy ta'limotlarda neoklassik yo'nalishning shakllanishi, «marjinalistik
inqilob»ning 2-bosqichi
3.Alfred Marshallning iqtisodiy ta'limoti
A.Marshall (1842-1924) iqtisodiyotda neoklassik
(yangi klassik) yo'nalishning etakchi vakili, marjinalizmning
«kembrij maktabi»lideri hisoblanadi. Kembrij universitetida
o'qidi, uni tugadi va shu erda butun hayoti davomida
o'qituvchilik qildi. U siyosiy iqtisod fanidan (1863 yildan to
1908 yilgacha) dars berdi. 1902 yildan boshlab yangi
«Ekonomiks» fanini kiritdi va siyosiy iqtisod fani asta-sekin
siqib chiqarildi. Marshall marjinalizm g'oyasini musbat ravishda (Jevonani bilmagan
holda) aniqladi. «Ekonomiks prinsiplari» (1890) A.Marshallning bosh asari bo'lib,
olti jilddan iborat.
A. Marshall Bu kitob doim to'ldirib borildi va olim hayoti davomida 8 marta qayta
nashr etilgan (ruschaga - «Prinsip ekonomiki» tarjima qilingan). Kitob boshidayoq
fanning predmeti to'g'risida fikr yuritiladi. Bu fan inson jamiyatining normal hayot
faoliyatini tadqiq qilish bilan shug'ullanadi. Individual va ijtimoiy jarayonlarning
farovanlikning moddiy asoslarini yaratish bilan chambarchas bog'liq bo'lgan sohani
o'rganadi. Mashhur «Ekonomiks» kitobining muallifi P.Samuelson bu fan predmeti
nomi «iqtisodiyot» bo'lib, iqtisod yoki maksimizasiyani bildiradi. Unda ishlab
chikarish Xajmlari optimal bo'lganda, sof foyda maksumumga erishuviga katta
e'tibor qaratilgan.
Tadqiqot metodida klassik maktab g'oyalariga vorislik mavjud bo'lib, ular
yanada rivojlantiriladi. A.Marshall insonlarning iqtisodiy faoliyatini «sof» iqtisodiy
nazariya pozisiyasida turib, xujalikning ideal (benazir) modelini, «mukammal
raqobat» tufayli bo'lishi mumkin bo'lgan tadqiq etdi. Ammo birqancha
iqtisodiyotning mo'tadilligi (muvozanati) bilan bog'liq marjinal g'oyalar orqali u bu
fanni «xususiy» hol, ya'ni firma, soha (mikroekonomika) darajasida qaraydi. Bunday
yondoshuv olim yaratgan «Kembrij maktabi» va X1X asr oxiri - XX asr boshidagi
ko'pchilik neoklassiklar uchun xosdir. Ammo shuni aloxida ta'kidlash kerakki A.
Marshall o'zida oldin o'tgan ortodoksal klassiklardan farqli ravishda, iqtisodiy
kategoriya larni «Isbot» talab etuvchi u yoki bu asosiy chegaralanishi maqsadga
muvofiq deb hisoblaydi.
Olim tadiqotlarida bozorda erkin baho shakllanish muammosi asosiy o'rinni
egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagona organizm sifatida, xo'jalik yurituvchi
sub'ektlar chaqqan va bir-biri to'g'sida yaxshi ma'lumotga ega ded qaraladi.
Bozor bahosi eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi va eng yuqori
xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish natijasi deb qaraladi. Bu
«Marshall xochi» deb yuritilada, talab va taklif chiziKlarining kesishganliging grafik
(chizma) shaklidir. chiziqlar kesishgan joyda ular orasidagi muvozanat, ya'ni
muvozanatli, mo'ta'dil baho o'rnatiladi.
Shu yerda olimning tovar qimmatining mohiyati to'g'risidagi g'oyasi
xarakterlidir.Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab chiqarish
xarajatlari (qaychining ikki tig'i) birdek faoldir. U qaychini misol sifatida keltirib,
qaychining qog'oz qirqanda qaysi (ustki yoki pasti) tig'i (lezviyasi) asosiy rolni
o'ynaydi, deb savol beradi.
Baho
Taklif
E
P0
Talab
Mahsulot
Q0 miqditi
Marshall xochi
Marshall tomonidan «iste'mol ortiqchaligi» tushunchasini kiritadi, bu xaridor
olishi zarur bo'lgan ilojsiz narsa uchun to'langan va amalda to'layotgan baxolar
o'rtasidagi farqdir, ya'ni xaridorning qo'shimcha talabini qondirishning iqtisodiy
o'lchovidir.
Ilk majinalistlarning baho, talab va taklif kabi omillarning funksional
bog'lanish umumlashtiriladi. U xususan, baho pasayishi bilan talab ortishi (baho
ortishi bilan talab pasayishi), baho pasayishi bilan taklif pasayishi (baho ortishi bilan
taklif ortishi)ni ko'rsatib berdi. Mo''tadil (muvozanat) baho talab va taklif nuqtalari
kesishgan erda o'rnatiladi (yuqori aytildi). Shularga mos ravishda bozorda
baholarning o'zgarishi ro'y beradi.
Daromadlar nazariyasida kapitalga foiz, ish haqi marjinalistik hal etiladi.
Avvalgi klassiklarning tovar qiymati sarflangan mehnat bilan o'lchanishi qat'iyan
rad etiladi.
Foiz stavkasi darajasi to'g'risida fikr yuritilib, foiz kamayishi bilan insonlar
kam jamg'aradilar (va aksincha) degan qisqacha xulosalar chiqariladi. Bu qoida
keyinchalik uning shogirdi J.M.Keyns tomonidan keng foydalanildi (yuqorida
berilgan).
«Talab bahosi» rivojlantirilib «talabning elastikligi (qayishqoqligi)»
konsepsiyasi ilgari suriladi, bu talab hajmining baho (narx) o'zgarishiga bog'liqligi
ko'rsatkichidir. Elastiklikning turli omillarga qanchalik bog'liqligi tahlil etiladi
(iste'mol tarkibi, daromad darajasi va b. ). Eng kam elastiklik keng iste'mol mollariga
tegishli (ammo xuddi shu holatni zebi-ziynat mollariga nisbatan ko'rib chiqmagan).
Bu bog'lanish vaqt davomida o'zgarib turishi aytiladi.
O'rganilayotgan davr qanchalik kichik bo'lsa, talabning bahoga ta'siri
shunchalik kattadir, davr qanchalik katta bo'lsa, ishlab chiqarish xarajatlari (taklif)
ning ta'siri asosiydir.
Korxonada ishlab chiqarish hajmlarining o'stirish davomida solishtirma ishlab
chiqarish xarajatlari o'zgarishi qonuniyatlari aniqlandi. Korxona ishlab chiqarish
masshtabini oshirganda undan keladigan nafning miqdori muammosi qarab
chiqiladi. Marshall xususan shuni qayd qiladiki, odatda raqobatli iqtisodiyotda yirik
korxona (firma) o'z tovar mahsulotiga bahoni pasaytirishni ta'minlaydi, bu esa
raqobatchilar oldida ustunlikka olib keladi (malaka oshuvi, maxsus mashina va
asbob-uskunalarni qo'llay olish tufayli). Eng muhimi bunday iqtisoddan butun
jamiyat manfaat ko'radi.
«Reprezentativ firma» (o'rtacha firmaning turi) tushunchasi kiritiladi. Uning
hajmi ma'lum tovarni ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan ortadi, bu esa ham ichki
ham tashqi foyda keltiradi, chunki mehnat sarflari va boshqa ishlab chiqarish
xarajatlari pasayadi.
Bundan olim ikkita iqtisodiy qonun borligi to'g'risida qisqacha xulosalar
chiqaradi: 1) o'sib boruvchi foyda va 2) doimiy foyda. Birinchisiga ko'ra, mehnat va
kapital sarflari hajmi ortishi bilan odatda ishlab chiqarishni tashkil etishni
mukammallashtirishga
olib
keladi,
mehnat
va
kapitaldan
foydalanish
samarodorligini oshiradi, proporsional (mutanosib) ravishda yuqoriroq foyda
keltiriladi. Ikkinchisiga ko'ra, mehnat va boshqa xarajatlar mahsulot hajmini
proporsional o'sishiga olib keladi. Olim fikricha, real hayotda bu ikki tendensiya
doimo bir-biriga qarama-qarshi turadi.
Raqobat sharoitida ishlab chiqarish yiriklashuvi bilan nisbiy xarajatlar yo
pasayib boradi, yoki paralel o'sadi, ammo mahsulot hajmi o'sish sur'atlaridan
ilgarilab ketmaydi. Keyinchalik mana shu fikrlar asosida mikroiqtisodiy nazariya
ishlab chiqarish va korxona o'lchamlari (katta-kichikligi)ni optimallashtirish
muammosini echish bo'yicha ancha aniq uslubiy echimlarni ilgari surdi. Ishlab
chiqarish xarajatlarini doimiy va o'zgaruvchi deb qarab, uzoq muddat davomida
doimiy xarajatlar o'zgaruvchan bo'lib qoladi. Firma bozorni tark etishining asosiy
sababi - xarajatlarning bozor bahosi darajasidan yuqorilab ketishidir.
4. J.B.Klarkning iqtisodiy ta'limoti
Jon Beyts Klark (1847-1938) marjinalizmning «amerika maktabi» vakili
bo'lib, XIX asr oxirida iqtisodiy ta'limotlarda neoklassik yo'nalish shakllanishiga
muhim xissa qo'shdi. AQShda tug'ilgan bo'lajak olim keyinchalik Evropa
universitetlarida ta'lim oldi, Karl Knis (Germaniyada «Tarixiy maktab»
asoschilaridan biri) uning ustozi bo'lgan. AQShga qaytgach o'qituvchilik qildi,
T.Veblen uning qo'lida ta'lim olgan ekan. Klark Amerika iqtisodiy assosiasiyasining
tashkilotchisi edi va 1893-1895 yy. Uning uchinchi prezidenti bo'lgan.
Uning asosiy asarlari: «Boylik falsafasi» (1886) va «Boylik
taqsimoti» (1899). Bu asarlarda (ayniqsa 2-sida) iqtisodiyot
fanining uch tabiiy bo'limlari, «ishlab chiqarish omillarining
eng yuqori unumdorligi to'g'risidagi qonun» masalalarining
yoritilishi muhimdir. Klarkning yozishicha, iqtisodiyot
fanining predmeti jamiyatning barcha daromadlarini turli
shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat (ish haqi, foiz,
foyda), bular o'z navbatida mos ravida «ish bajarganligi uchun», «kapitalni berib
turgani uchun» va «ish haqi va foizni koordinasiya qilingani
J. B. Klark
uchun» olinadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, bu daromadlar «sog' aql bilan»
aniqlanganda. Ishlab chiqarish bilan shug'ullangan «insonlar sinfi»dan bironta odam
bir-biriga da'vo qila olmaydi.
Klark «eng yuqori ishchi», «ishning eng yuqori xarakteri», «eng yuqori naflik»,
«chegaraviy naflik», «eng yuqori unumdorlik» va boshqa marjinalistik kategoriyalar
bilan ish yuritadi. U mikroiqtisodiy tahlilni to'laligicha ustuvor prinsip deb qabul
qiladi. Robinzon hayotining iqtisodiy tadqiqotlarida qo'llanilishi o'z-o'zidan bo'lgan
emas, chunki yakkalangan shaxs xo'jaligini boshqaruvchilar hozirgi davlat
iqtisodiyotini boshqarishda davom etmoqdalar.
«Ijtimoiy daromadlarni taqsimlash» ijtimoiy qonun bilan tartibga solinadi, bu
qonun «eng mukammal erkin raqobat»da har bir ishlab chiqarish omilini u hosil
qilgan boylik summasi bilan ta'min etishi mumkin. Albatta bu boylik miqdoriy
jihatdan inson farovonligini ta'minlashdagi manbalari cheklanganligi bilan
xarakterlanadi. «Har bir ilab chiqarish omili» ijtimoiy mahsulotda o'zi bevosita
ishlab chiqargan boylik hissasiga ega
Klark iqtisodiyotni statika va dinamika qismlariga bo'ladi (mexanika fani
kabi). Avvalgi tadqiqotlarda statika qo'llanilgan bo'lsa, endilikda tabiiy-dinamik usul
taklif etiladi. U iqtisodiyot fanini uch qism (bo'lim)ga bo'ladi: 1) boylikning
universal hodisalari; 2) ijtimoiy-iqtisodiy statika (boylik bilan keyin nima bo'lishi
to'g'risida gap yuritiladi); 3) ijtimoiy-iqtisodiy dinamika (agar jamiyat faoliyat shakli
va usulini o'zgartiradigan bo'lsa, bu sharoitda boylik va jamiyatning farovonligi bilan
nima ro'y beradi, degan gap yuritiladi).
Klark fikricha, xayoliy statik ijtimoiy ishalb chiqarishga operasiyalarning
o'zgarmas xarakteri xosdir, bunda doimo avvalgi texnologik jarayonlarda yaxshi
ma'lum Usha boyliklar yaratilaveradi, boylik hajmi bunda o'smaydi va kamaymaydi.
Er ham bir xil mahnat qurollari yordamida ishlanadi, o'sha hosil olinadi, boshqacha
aytganda, ishlab chiqarish organizmi o'z shaklini o'zgartirmaydi. Demak, bu holatda
harakat yopiq sistema (tizim)da boradi, iqtisodiyot barqaror va muvozanatda bo'ladi.
Klarkning yozishicha, «iqtisodiy dinamikada» jahonning normal boyligi ko'proq
bo'ladi va ish haqining tabiiy darajasi keyin hozirgidan ancha baland bo'ladi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qarshi bo'lgan dinamik shart-sharoitlar keltiriladi:
1) aholi o'sishi;
2) kapital o'sishi;
3) ishlab chiqarish metodlarining yaxshilanishi;
4) sanoat korxonalari shaklining o'zgarishi;
5) nisbatan past unumli korxonalar o'rniga nisbatan yuqori unumli korxonalarning
yashovchanligi va boshqalar. Xatto har bir omil o'zicha jamiyatni dinamik holatda
saqlash va ijtimoiy tarkibga ta'sir etish qudratiga ega bo'lar ekan.
Klarkning yuqoridagi metodologik g'oyalari keyinchalik N.Kondratev
(Rossiya), Y.Shumpeter va boshqa olimlar tomonidan to'ldirilgan.
Klark tadqiqotida «eng yuqori unumdorlik qonuni» muhimdir. Bu qonun erkin
raqobat sharoiti, iqtisodiy muvozanat holatida amal qiladi. Ishlab chiqarish omillari
bir xil samaradorlikka ega bo'lgan sharoitda eng yuqori unumdorlikning pasayib
borishi masalasi marjinal prinsiplarda qarab chiqiladi.
Kapital bilan ta'minlanganlik o'zgarmas deb olingan taqdirda, mehnatinng eng
yuqori unumdorligi har bir yangi ishga jalb etilgan xodim bilan pasayib boradi va
aksincha. Xodimlar soni o'zgarmas bo'lgan holatda mahnatning eng yuqori
unumdorligi faqat kapital bilan ta'minlanganlikning o'sishi natijasidagina yuqoriroq
bo'ladi.
Qimmatni taqsimlashdagi hissalar oxirgi unumdorlikka bog'liq bo'ladi, ya'ni
foiz kapitalining so'nggi o'sishidan hosil bo'lgan mahsulot bilan aniqlanadi, ish haqi
esa mehnatning ohirgi oshuvidan hosil bo'lgan mahsulot bilan belgilanadi.
Olim erkin raqobatli korxonada eng yuqori unumdorlikni mikrodarajada o'rganib,
«befarqlik zonasi» yoki «eng yuqori soha» mavjudligini tasdiqlaydi, bu har bir
korxona doirasida nazorat qilinishi mumkin. Bu zona doirasida odamlar sohibkorlar
daromadiga ta'sir etmagan holda ishga kelib-ketishlari mumkin.
Agar raqobat bekamu-ko'st amal qilsa, hamma erda bu eng yuqori ishchilar
o'zining mehnat mahsuli sifatidagi maoshini oladilar, ammo raqobat doim
mukammal bo'lmasligi sababli ular tahminan o'z mehnatiga yaqin maoshni oladilar.
Bu sharoitda biror xodimning ishdan ketishi tufayli eng yuqori ish (uncha
ahamiyatsiz ish) bajarilmay qoladi, sohibkor (tadbirkor) esa o'z navbatida «befarqlik
zona» doirasida ziyonsiz bir nechta ortiqcha odamlarni ishga qabul qilishi mumkin,
chunki bu zonada ish haqi ularning ishlab chiqarishi bilan bog'liq va bunda hech
qanday foyda yuzaga kelmaydi.
Amalda esa tadbirkor shu zona doirasida, avvalgi maosh bilan juda kam
xodimni ishga jalb etadi, chunki ziyon keltirish xavfi bo'lib, tavakkalchilik
minemaldir, bu eng yuqori, chegaralangan ishchi maoshi darajasida ish haqi oladi.
Kapitalga foizning shakllanishi O.Bem-Baverkning «kutilmalar nazariyasi»ga
o'xshash fikr yuritiladi.
Eng yuqori unumdorlik qonunidan shunday qisqacha xulosalar chiqariladiki,
ishlab chiqarish omilining bahosi uning nisbiy kamomadligi bilan bog'liq. Bu esa,
xususan, «adolatli ish haqi» doimo mehnatning eng yuqori unumdorligiga mos
keladi, mehnat esa boshqa unumliroq ishlab chiarish omili, ya'ni kapitalga nisbatan
past bo'ladi.
Shunday qilib, Klark «qonuni»ning asosiy mohiyati quyidagicha: ishlab chiqarish
omili-mehnat va kapital shu omil tomonidan yaratiladigan mahsulot qiymati omil
bahosi bilan tenglashguncha o'stirilib borishi mumkin (masalan, korxonada
ishlayotgan xodimlar sonini ma'lum chegaragacha, ya'ni bu omil «befarqlik zonasi»
ga kirguncha ko'paytirilishi mumkin). Amalda bu «qonun» bo'yicha ishlab chiqarish
omilining rag'bati shu omil bahosi tadbirkorning olishi
mumkin bo'lgan daromadidan ortib ketadigan sharoitda o'z
imkonini tugatgan bo'ladi. Demak, Klarkni bir vaqtning
o'zida ishlab chiqarish harajatlari strukturasi (tarkibi) ni
optimallashtirish muammolari bilan bog'liq bo'lgan,
hozirgi davr nazariyalarining asoschilaridan biri deb atash
mumkin.
V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi
Vilfredo Pareto (1848-1923) iqtisodiy ta'limotning neoklassik yo'nalishini davom
ettirgan yirik italyan vakili hisoblanadi, u marjinalizmning «Lozanna
maktabi» ana'nalariga sodiq edi. Bu olimni iqtisodiyot
V. Pareto bilan birga siyosat va sosiologiya sohalari ham qiziqtirgan, bu uning
yozgan asarlaridan ma'lum. Paretoning asosiy asarlari: ikki jildli «Siyosiy iqtisod
kursi» (1898), «Siyosiy iqtisod ta'limoti» (1906) va «Umumiy sosiologiya bo'yicha
risola» (1916). Paretoning iqtisodiy tadqiqotlarida L.Valras, O.Kurno, F.Edtuort va
boshqa olimlarning g'oyalari ta'siri katta bo'lgan. 1892 yil L.Valras Lozanna
universitetidagi kafedra mudirligini V.Paretoga topshiradi va shu dargohda yuqorida
ko'rsatilgan asarlar yaratildi. V.Pareto V.Valras kabi umumiy iqtisodiy muvozanat
muammolari tadqiqotiga katta ahamiyat berdi, bunda marjinalizmning iqtisodiy
tahlil g'ochlariga amal qilinadi. Shu bilan birga Pareto iqtisodiyotda muvozanatning
shart-sharoitlari va omillarini o'rganishda sifat jihatidan yangi prinsiplarni ilgari
surib, neoklassik iqtisodiy g'oyalarni yangi «ikkinchi to'lqini»ni boshlab berdi. Bular
quyidagilarda namoyon bo'ladi.
V.Pareto funksional yondashuv asosida almashuvning birdan bir sababi naflik
(ehtiyoj) degan qoidadan voz kechib, iqtisodiy tizimni butunligicha izohlashga o'tdi,
bunda talab (iste'mol) va taklif iqtisodiyotda muvozanat elementlari sifatida
qaraladi. Shu bilan birga, «sof» iqtisodiy nazariyaga asoslanib, daromadlar
tengsizligi ularni sinflar o'rtasida taqsimlash bilan bog'liqligini inkor etadi.
L.Valrasning umumiy iqtisodiy muvozanat modelida shu muvozanatga
erishuvning mezoni naflikning maksimumi (uni hisoblash mumkin emas) deb
hisoblangan bo'lsa, Paretoda bu mezon boshqasiga, ya'ni konkret individning afzal
ko'rish nisbati o'lchovi bahosiga almashtiriladi.
Deyarli qirq yildan so'ng (1959) V.V.Leontev bu muammoni dolzarbligi
pasaymayotganligi tufayli, bu soXada uchta pozisiya 1954 y. e'lon qilingan bo'lib,
unda iste'molchilarning tovarlarni tanlashda o'zini qanday tutishini kuzatish orqali
ob'ektiv informasiya manbai naflik funksiyasi shaklida bo'ladi, ularning ko'p sonli
turli darajalarini solishtirish real prosedura (ish tartibi) dir.
M.Blauk fikricha, agar naflikni miqdoriy o'lchash imkoni bo'lmasa, eski eng yuqori
naflik nazariyasidan voz kechish zaruratini seziladi va aniqlangan afzallik metodiga
to'la o'tish kerak.
Pareto tadqiqot maqsadida «befarilik egri chiziqlari»dan foydalanibma'lum
ne'mat, miqdori, xuddi shuningdek boshqa barcha resusrlar miqdoriga bog'liq
ravishda iste'molchining qaysi ne'matini tanlash masalasini ko'rib chiqadi. Tovarlar
nafligi summasi turli kombinasiyalarda bo'ladi va bir kombinasiyaning boshqasidan
ustunligini belgilash kerak. Natijada olimning uch o'lchovli diagrammalari paydo
bo'ldi, bu diagramma asos (o'n) larida iste'molchi qo'lida bu yoki boshqa
ne'matlarning turlicha miqdori ko'rsatiladi.
Pareto naflikning an'anaviy miqdoriy o'lchashg usullaridan voz kechib,
«ijtimoiy maksimal naflik» tushunchasini izohlab beradi, bu tushuncha hozirgi
davrda «Pareto optimumi» deb nomlanadi. Bu tushuncha shunday o'zgarishlarga
baho berish uchun foydalaniladiki, unda barchaning farovonligi yo yaxshilanadi,
yoki
bozorning
biror
odam
o'z
ahvolini
boshqa
odamning
ahvolini
yomonlashtirmasdan yaxshilay olmaydi.
Bu tovar va resurslarining eng yaxshi taqsimotini xakarterlaydi. Keyinchalik
umumiy bozor muvozanati bozorning Pareto optimal holati ekanligi isbotlab berildi.
Xo'sh, bu nima degani? Bu bozor ishtirokchilarining hammasi o'z foydasi uchun
intilib, o'zaro manfaat va foydalar muvozanatiga erishishidir. Bunda sumlar qoniqish
(umumiy foydalilik) funksiyasi o'z maksimumiga etadi. Boshqacha qilib aytganda,
A.Smit tomonidan ilgari surilgan mashhur «ko'rinmas qo'l» to'g'risidagi g'oyalar
amaliyot isbotlab berilgan.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Lozanna universiteti professori L.Valras
kapitalistik iqtisodiyotning «umumiy iqtisodiy muvozanati» modelini qurdi. Bu
yo'nalish Valras ishining davomchisi, italyan olimi Vilfredo Pareto (1848-1923)
tomonidan keng rivojlantirildi. U «eng yuqori naf» nazariyasini hal etish, iste'mol
ne'matlarining nafi (foydaliligi)ni hisoblash uchun harakat qildi va matematik
usullardan keng foydalandi. Pareto o'z tahlili asosiga daromad miqdori va tovarlar
bahosini qo'ydi. Iste'mol ne'matlari to'plami turlicha bo'lishi tabiiy. Shu sababli
Pareto «ideal muvozanat» sxemasini oladi, bunda avtomatik ravishda paydo
bo'ladigan «xususiy muvozanat» har bir iste'molchining optimal tanlovidan vujudga
keladi. Bu usul bilan Pareto «eng yuqori naf» nazariyasini boshi berk ko'chadan olib
chiqa olmadi, lekin uning «afzal ko'rish» va «loqaydlik egri chiziqlari»
nazariyasidan ekonometrik tadqiqotlarda foydalanib kelinmoqda. U Valrasning
umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasini takomillashtirishga harakat qildi. U
ustozidan farqli ravishda ishlab chiqarish funksiyasining mahsulot chiqarish hajmiga
bog'liqligi koeffisientining o'zgarishi mumkinligini tan olgan. «Pareto optimum»ida
aholi daromadlarining taqsimlanish giperbolasining tenglamasi beriladi (1897).
Foydalilik (naf) funksiyasini topish uchun ne'matlar to'plami afzalligi
konsepsiyasi Jon fon Neyman tomonidan yanada rivojlantirildi. U o'yin nazariyasiga
asoslanib, individuumning maksimum yutuqqa intilishi sharoitidan kelib chiqib,
iste'molchining o'zini tutish modelini ishlab chiqdi. Bunda ne'matlar foydaliligi
konsepsiyasi psixologik talabni qondirish mezonlari bilan bog'lab o'rganiladi.
L.Volras farqli V.Pareto modelida faqat erkin raqobat iqtisodiyotigina tahlil
etilmaydi, turli tipdagi monopol bozorlag ham qarab chiqiladi, bu tadqiqotlar XX
asrning o'rtalaridagina alohida tadqiqot predmetiga aylandi. Ular tahlilning yangi
ikki boshqa yo'nalishi bilan birlashib ketdi: 1) bozor mexanizmi nazariyasi; 2) firma
va uy xo'jaligi faoliyati tahlili.
QISQACHA XULOSALAR
X1X asrning 70-yillaridan boshlab iqtisodiy ta'limotlarda prinsipial yangi
yo'nalish - marjinalizm g'oyalari ustundir, avalgi klassik maktab vakillarining
fikrlari keskin tanqidga uchradi, chunki amaliy iqtisodiyotda o'zgarishlar ro'y berdi.
XX asrning boshlarida esa neoklassik (ya'ni yangi klassik) g'oyalari shakllana
boshladi, bu marjinalizm g'oyalari rivojining 2-bosqichi deb qaralishi mumkin.
«Siyosiy iqtisod» dan ancha farq qiluvchi «Ekonomiks» tushunchasi kiritiladi va
iqtisodiyotga yondoshuv keskin o'zgardi.
Neoklassik yo'nalishning asosiy mafkurachisi A.Marshall hisoblanadi, u
«Ekonomiks» iborasini birinchi bo'lib muomalaga kiritdi. Iqtisodiyot faning asosiy
vazifasini «insoniyatning normal hayot faoliyati to'g'risidagi ta'limot» deb
baholaydi. Klassik maktabning prinsipial g'oyalari himoya qilinadi (erkin baho,
raqobat, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi va b.), ammo unga marjinalistik
qoidalar qo'llaniladi. Qimmat va baho shakllanishi nihoyatda original ravishda
ko'rsatib berilgan, «qaychi tig'i» effekti muhimdir. Talab va taklif chiziqlarining
kesishgan joyida baho aniqlanishi, «Marshall hochi» nihoyatda katta ahamiyatga ega
va hozir bu qoida doimo qo'llaniladi.
«Iste'mol ortiqchaligi», mo'tadil baho, talabning elastikligi, «reprizentativ
firma» to'g'risidagi g'oyalar fundamental ahamiyatga ega. Amerikalik J.B.Klarkning
qarashlarida fanning asosiy predmeti «jamiyatning barcha daromadlarini turli
shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat» deb qaraladi. Fanni statika va
dinamikaga ajratadi, «eng yuqori (chegaraviy) mehnat unumdorligi qonuni»ni
kiritadi.
Italiyalik V.Pareto iqtisodiyotda umumiy muvozanat muammolar tadqiqotiga
e'tibor beradi. Matematik apparatdan unumli foydalanib, «befarqlik egri chizig'i» ni
yaratdi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Neoklassika; A. Marshall; «ekonomiks»; baho, talab, taklif; talab elastikligi;
«Marshall hochi»; «iste'mol ortiqchaligi»; «reprezentativ firma»; J.B.Klark;
«chegaraviy naflik»; «eng yuqori unumdorlik»; statika va dinamika; V.Pareto;
«befarqlik egri chiziqlari»; «Pareto optimumi».
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. A.Marshall bo'yicha bozor bahosi nima?
2. Baho, talab va taklif o'rtasidagi bog'lanish qanday?
3. Taklif elastikligi deganda nima tushuniladi?
4. «Marshall hochi»ning mazmunini izohlab bering?
5. Ishlab chiqarish hajmlari o'sishi va nisbiy ishlab chiqarish xarajatlari o'rtasidagi
bog'lanish nima?
6. Doimiy va o'zgaruvchi xarajatlarni izohlang.
7. J.B.Klarkning statik va dinamik iqtisodiyot to'g'risidagi g'oyalari nimani
anglatadi?
8. «Eng yuqori unumdorlik qonuni»ning asosiy xususiyatlari.
9. V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi mohiyati nimadan
iborat?
10. Naflikni maksimum qilish uchun nima asos qilib olingan?
11. V.Paretoning «befarqlik egri chiziqlari» nimani bildiradi?
12. Pareto optimumini izohlang.
Bir kun urush bo'lgan erdan,
qirq kun baraka ko'tariladi
Maqol
16-BOB. IQTISODITNI TARTIBGA SOLISH KONSEPTSIYALARI.
IQTISODIY TA'LIMOTLARDAGI INSTITUSIONAL YO'NALISH
16.1. Institusionalizmning asosiy xususiyatlari
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida olamda bo'lib o'tgan aniq ijtimoiy-iqtisodiy
o'zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlarning salohiyoti keskin o'zgardi, ilgari
ilg'or bo'lgan davlatlar 2-o'rinlarga (Angliya, Fransiya), nisbatan qoloq bo'lgan
davlatlar esa 1-o'rinlarga chiqib olishdi (AQSh, Germaniya). Xuddi shu davrda
etakchi mamlakatlarda erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan ko'pincha
monopolistik (mono-bir) iqtisodiyotga o'tish kuchaydi. Monopoliya kuchayishi
monopol foyda olishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta'sir qila
boshladi. Shu sababli antimonopol choralar qo'llash g'oyasi ilgari surildi, bu birinchi
AQShda ro'y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha davlatlar bunday chorani
qo'llaydilar.
Antitrest siyosati yo'li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazoratning turlicha metod
(usul)lari Kullanila boshlandi. Ana shu usullarning nazariy asoslari yuzaga keldi va
hozirda ham mavjud.
Iqtisodiy ta'limotlardagi institusionalizm yo'nalishi AQShda XX asrning 20-30
yillarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asrning ohirlarida vujudga kelgan
(T.Veblennning 1899y. chiqqan «Bekorchi sinflar nazariyasi» asari bilan bog'liq).
Bu yo'nalish nomi lotincha «instituto» - urf-odat, ko'rsatma, muassasa so'zidan
olingan va kapitalizmning imperializm bosqichiga o'tishi bilan bog'liq ravishda ro'y
berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning yiriklashuvi va boshqalar),
chunki bu davr rivojlanishi erkin raqobatga asoslangan avvalgi davr ta'limotlari bilan
izohlash mumkin bo'lmay qoldi.
Bu ta'limot yo'nalishi vakillarining fikricha, institutlar jamiyat rivojlanishining
xarakatlantiruvchi kuchi bo'lib xizmat qiladilar. Bu tushuncha tagida ijtimoiy
xodisalar, masalan, oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmalari va boshqa
muassasalar yotadi, ya'ni jamoat ruhining namoyon bo'lishi, yurish-turish va o'ylash
usulini xalqning ma'lum guruhlari uchun odatiy, an'anaviy, shuningdek huquqiy,
ahloqiy va boshqa ko'rinishlarini o'z ichiga oladi. Bu yo'nalish mafkurachilarining
fikricha, iqtisodiy kategoriyalar bo'lgan xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda,
savdo va boshqalar jamiyat ruhining paydo bo'lishi shaklidir. Demak, ular ob'ektiv
iqtisodiy qonunlaning mavjudligini to'la tan olmaydilar va jamoat ruhiyatining
evolyusiyasini tahlil etadilar.
Institusionalizm ma'lum ma'noda neoklassik yo'nalishga muholifdir.
Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o'zini-o'zi boshqara oladigan (A.Smit fikri)
sistema deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institusionalizm tarafdorlari iqtisodiyot
rivojlinishining xarakatlantiruvchi kuchlari moddiy omillar bilan birga tarixiy
kontekstda qaraladigan ma'naviy, ahloqiy, huquqiy va boshqa omillarga ham
bog'liqdir deb o'ylaydilar.
Demak, bu yangi yo'nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy-iqtisodiy, shu
bilan birga noiqtisodiy muammolarni tahlil etish ilgari suriladi. Shu bilan birga,
tadqiqot ob'ektlari, ya'ni institutlar birinchi yoki ikkinchi darajali deb Karalmaydi va
bir-biriga qarama-qarshi qo'yilmaydi.
Bu yo'nalishning tadqiqot usulida ayrim olimlar fikricha Germaniyada vujudga
kelgan tarixiy maktabga katta o'xshashlik bor.
Tarixiy va ijtimoiy muxit omillarining hisobga olinishi tarixiy maktab bilan
yaqinlikni
anglatsa
ham,
ammo
to'la
yakdillik
yo'q.
Yangi
yo'nalish
neoklassiklarning marjinalizm g'oyalariga asoslangan matematik va ekonometrik
prinsiplarini keng qo'llaydilar.
Institusionalizmga xos bo'lgan uslubiy xususiyatlar Kuyidagilardir:
1)neoklassikaga xos abstraksiyaning yuqori darajasi va ayniqsa baho nazariyasining
ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik;
2)iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integrasiyaga intilish yoki
fanlararo yondoshuv ustuvorligiga ishonch;
3)klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyanish) etishmasligidan
norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o'tkazishga chorlash.
Bu yo'nalishning vujudga kelish, shakllanishi va evolyusiyasining ma'lum tarixi bor.
Uning mafkurachilari T.Veblen, J.Kommons, U.Mitchell asarlarida iqtisodiy sikl va
inqirozlar tarixi bo'yicha faktik materiallar jamlangan. Bu olimlar jamiyat a'zolari
uchun xos bo'lgan urf-odat, an'ana, odob-ahloq, instinktlarni o'rganish bilan
shug'ullanadilar. Ularda nazariy tadqiqotdan ko'ra, yozib borish, qayd etish uslubi
ortiqroqdir.
Institusionalizm evolyusiyasi (rivoji)ni uch davrga bo'lish mumkin:
1. 20-30 yillarda institusionalizmning keng tarqalishi. Bu davrning bosh
mafkurachisi T.Veblendir (1857-1920), uni J.R.Kommons (1862-1945),
U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamiltonlar faol himoya
qildilar.
2. Urushdan keyingi kechki institusionalizm. Bu davr mafkurachilari iqtisodiyotdagi
qarama-qarshiliklarni izohlab berish bilan birga F.Ruzvelt tomonidan ilgari surilgan
«Yangi kurs» islohotlarini amalga oshirish bo'yicha tavsiyanomalarni ham ilgari
surdilar. Ular demografiya va antropologiyani o'rgandilar, ishchilar harakatining
kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50 yillarda J.M.Klark «Iqtisodiy
institutlar va insonlar farovonligi», A.Berli «Mulksiz hokimiyat» va «XX asr
kapitalistik inqilobi» kitoblarini chop etdilar, G.Minz o'zining maqolalarida
aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayonini
qayd etdi.
3. 60-70 yillarda ijtimoiy-institusional yo'nalish, ya'ni neoinstitusionalizm paydo
bo'ldi. 60-yillardagi institusionalizm asoslari amerikalik nazariyotchi A.Lou va
shvesiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi
ijtimoiy-institusional yo'nalish ta'limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar tomonidan
davom ettirilgan.
Bu yo'nalish g'oyalari «iqtisodiy o'sish omillari nazariyasi»ning mafkurachisi
U.Rostou, so'l keynschilik yo'nalish (o'sish nazariyasi) tarafdorlari hamda Joan
Robinson asarlarida ham o'z aksini topgan. Amerikalik institusionalizm vakillari
iqtisodiy jarayonlar asosining umumiy tushunchasiga ega emaslar. Masalan, Veblen
iqtisodiy jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog'langan deb
hisoblasa, Kommons - ruhshunoslik va huquqni, Mitchell - antropologiya va
matematik hisob-kitoblarni ustun qo'yadi.
Amerikalik neoinstitusionalizm nazariyotchilari iqtisodiy jarayonlarni industriya
rivoji va texnokratiya rolining o'sishi bilan bog'lamoqdalar, shuningdek bu
jarayonlarning borishini tushuntirishda jamiyat ijtimoiy hayotiga asoslanmoqdalar.
Bunday xilma-xillik tufayli ijtimoiy-institusional yo'nalish ichida turli oqim va
maktablar vujudga keldi.
Institusionalizmdagi ana shunday uchta asosiy:
1. Ijtimoiy-psixologik;
2. Ijtimoiy-huquqiy;
3. Empirik yoki kon'yunktur-statistik oqimni ajratish mumkin. Lekin, shu bilan
birga, barcha yo'nalishlar uchun xos bo'lgan umumiylik ham mavjud. Ularning
barchasi ozmi-ko'pmi burjua jamiyatini ahloqiy-psixologik jihatdan tanqid ostiga
oladilar, iqtisodiyot fanida reformistik yo'lni oqlaydilar va bu oqim olimlari burjua
jamiyatini mutlaq maqtashdan chetlangandirlar.
Bu yo'nalish g'oyalariga baho berib, g'arb iqtisodchilari institusionalizmni
«Formalizmga qarshi g'alayon» deb qaramoqdalar, uni klassik iqtisodiy maktabga
qarama-qarshi qo'ymoqdalar. Bu yo'nalishning paydo bo'lishi va avvalgilaridan farq
qilishi vaqt va sharoit taqozosi tufaylidir, chunki kapitalizm avvalgi davrdagidan
keskin o'zgardi, davlat va jamoat tashkilotlari, ayniqsa, kasaba uyushmalarining roli
ortib ketdi. Ularni hisobga olmaslikning iloji yo'q edi.
Ikkinchi tomondan bu yo'nalishning «norozilik qayfiyati» «eng yuqori naf
nazariyasi»ga ham qarshi qaratilgan edi. Agar bu nazariya mikroiqtisodiy tahlil bilan
shug'ullansa, institusionalizm makroiqtisodiy tahlilni amalga oshiradi. «Yuqori naf»
vakillari jamiyat asosiy iqtisodiy sub'ekti sifatida Robinzon (alohida individ)ni
tanlashsa, institusionalizm mafkurachilari kollektiv - jamoa «psixologiyasi»ni
birinchi o'ringa qo'yadilar. Ular «yuqori naf» nazariyasiga qarshi chiqib, jamiyatning
stixiyali rivoji o'rniga ishlab chiqarishni boshqarishda ijtimoiy tadbirlar qo'llashni
afzal ko'rdilar.
Boshqa maktablardan farqli ravishda, institusionalizm iqtisodiy hayotning ba'zi
ijtimoiy tomonlarini tanqidiy o'rganishni asos qilib oldi, ammo davlat monopolistik
kapitalizmi tizimini qo'llab-quvvatladi.
Ularning g'oyalarida «Ijtimoiy nazorat»ni himoya qilish orqali yangi sharoitda
iqtisodiyotni tartiblashni tashkil etishni lozim deb ko'rsatiladi. Ayniqsa bu sharoitda
huquqiy masalalarni rivojlantirish muammosi dolzarb qilib qo'yildi. Ular «erkin
sohibkorlik» va marjinalizmga qarshi chiqib, iqtisodiyotda avtomatik barqarorlik
mexanizmi borligini inkor etdilar va iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishning
tarafdorlari edilar. Keynsdan ancha avvalroq ular davlat iqtisodiyotga faol
aralashishi kerak, degan fikrni ilgari surdilar.
Endi shu yo'nalish tarafdorlarining ayrim g'oyalari bilan tanishib chiqamiz.
Ijtimoiy-psixologik institusionalizmning asoschisi Torsteyn Veblen va uning
tarafdorlari iqtisodiy jarayonlarga psixologik jihatdan yondashib, iqtisodiy
rivojlanishning psixologik nazariyasini yaratishga intildilar. Veblenning asosiy
asarlari «Bekorchi sinflar nazariyasi» (1899), «Mohirlik instinkti» (1914),
«Fanning hozirgi sivilizasiyadagi o'rni va boshqa ocherklar» (1919),
«Muhandislar va baho tizimi» (1921) va «Zamonaviy o'zgaruvchi tizimlar
to'g'risidagi ocherklar» (1934) kitoblarida jamlangan. U keng sosiologik
tadqiqotlar olib borish asosida unga zamondosh bo'lgan jamiyatni juda qattiq tanqid
ostiga oldi. Kapitalizm illatlari mavjud xususiy mulk bilan tushuntiriladi (sosialistik