HOZIRGI ZAMONNING GEOSIYOSIY MUAMMOLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

4

File size

Fayl hajmi

19,7 KB


HOZIRGI ZAMONNING GEOSIYOSIY MUAMMOLARI
Reja: 
1. Rossiyadagi hozirgi geosiyosiy vaziyat
2. Rossiyaning yangi geosiyosiy sifati
Sayyoramizda ikki qutbli dunyoning o’rniga bir qutbli dunyoning paydo
bo’lishi unda mavjud muammolar sonining sezilarli darajada kamayishiga olib
kelmadi.  Bugungi  kunda,  dunyoda  yangi-yangi  muammolar  vujudga  kela
boshladiki, ularning ba’zilari insoniyatning qiyin ahvolga tushib qolishiga sabab
bo’lmoqda.  Bunday  muammolar  qatoriga  demografik,  ekologik,  davlatlarni
iqtisodiy qoloqlikdan chiqarish va geosiyosiy muammolar ham kiritilmoqda. 
Geosiyosiy muammolarning kelib chiqishi va chuqurlashishi avvalo jahonda
yirik  hisoblangan,  katta  harbiy  qudratga  ega  bo’lgan  davlatlar  bilan  bog’liq
(Rossiya, AQSH, Xitoy). Shuning uchun ham bunday muammolarning mavjudligi
yoki mavjud emasligi mamlakatimizning ushbu davlatlar bilan ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy aloqalariga ko’p jihatdan bog’liq.
Bundan  tashqari  O’zbekistonga  madaniyati  yaqin,  dini  bir  bo’lgan
mamlakatlarning dunyo geosiyosiy tizimida egallagan o’rni ham katta ahamiyatga
egadir.
1. Rossiyadagi hozirgi geosiyosiy vaziyat
Geostrategik nuqtayi nazardan Rossiya Yevrosiyo bilan bir mazmunga ega
deb hisoblanadi. U esa o’z navbatida Xartlend tushunchasi yoki Makinder fikri
bo’yicha,  “Tarixning  geografik  o’qi”  bilan  bir  mazmunga  egadir.  Rossiya
Yevrosiyo g’arbi bilan Yevrosiyo sharqini birlashtiradi va o’ziga xos madaniyati
Logotip
HOZIRGI ZAMONNING GEOSIYOSIY MUAMMOLARI Reja: 1. Rossiyadagi hozirgi geosiyosiy vaziyat 2. Rossiyaning yangi geosiyosiy sifati Sayyoramizda ikki qutbli dunyoning o’rniga bir qutbli dunyoning paydo bo’lishi unda mavjud muammolar sonining sezilarli darajada kamayishiga olib kelmadi. Bugungi kunda, dunyoda yangi-yangi muammolar vujudga kela boshladiki, ularning ba’zilari insoniyatning qiyin ahvolga tushib qolishiga sabab bo’lmoqda. Bunday muammolar qatoriga demografik, ekologik, davlatlarni iqtisodiy qoloqlikdan chiqarish va geosiyosiy muammolar ham kiritilmoqda. Geosiyosiy muammolarning kelib chiqishi va chuqurlashishi avvalo jahonda yirik hisoblangan, katta harbiy qudratga ega bo’lgan davlatlar bilan bog’liq (Rossiya, AQSH, Xitoy). Shuning uchun ham bunday muammolarning mavjudligi yoki mavjud emasligi mamlakatimizning ushbu davlatlar bilan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy aloqalariga ko’p jihatdan bog’liq. Bundan tashqari O’zbekistonga madaniyati yaqin, dini bir bo’lgan mamlakatlarning dunyo geosiyosiy tizimida egallagan o’rni ham katta ahamiyatga egadir. 1. Rossiyadagi hozirgi geosiyosiy vaziyat Geostrategik nuqtayi nazardan Rossiya Yevrosiyo bilan bir mazmunga ega deb hisoblanadi. U esa o’z navbatida Xartlend tushunchasi yoki Makinder fikri bo’yicha, “Tarixning geografik o’qi” bilan bir mazmunga egadir. Rossiya Yevrosiyo g’arbi bilan Yevrosiyo sharqini birlashtiradi va o’ziga xos madaniyati
bilan ajralib turadi. Sobiq Ittifoqning 1991-yilda parchalanib ketishini bugungi kun
nuqtayi nazaridan baholash nihoyatda mushkul. Chunki 1991-yildan keyingi davr
juda qisqa vaqtni o’z ichiga oladi.
Parchalanishdan keyin vujudga kelgan davlatlarning bozorlari necha o’n
yillar mobaynida o’zlari ishlab chiqargan tovarlarga moslashgan bo’lib,bu tovarlar
G’arb mamlakatlari va jahon talablariga javob bermas edi. Rossiyadagi iqtisodiy
o’zgarishlar  asosini  mineral  resurslar,avvalo  neft  va  tabiiy  gaz  eksportidan
olinayotgan daromad qoplamoqda.
Sobiq  Ittifoq  parchalanashi  natijasida  Rossiyaga  xos  “yo’qotishlar”
quyidagilardan iborat: a) Boltiq va Qora dengizlarga chiqish yo’llari va ularda
mavjud portlar  soni  keskin qisqardi;  b)  Qora,Kaspiy  va Boltiq dengizlaridagi
shelflar  qisman  yo’qotildi;  d)  Markaziy  va  G’arbiy  Yevropaga  to’g’ri  olib
boradigan yo’llar yo’qotildi; e) Rossiya asosan past darajada rivojlangandavlatlar
bilan chegaralanmoqda;  f)  Rossiya  sharqidagi  o’ziga xos  demografik vakuum
xitoylik  va  vyetnamliklar  tomonidan  to’ldirilmoqda;  j)  chegaralari
mustahkamlanmagan.
Undan tashqari, Rossiyada aholi turmush darajasidagi mintaqaviy farq (hozir
1:14 nisbatni tashkil etadi) tobora kattalashib bormoqda. Buning asosiy sabablari
quyidagilardan iborat: iqtisodiyotning xomashyoga yo’naltirilganligi; Moskvadagi
moliyaviy  markazlar  va  yoqilg’i-energetika  majmuasi  hamda  oligarx-axborot
tizimlari rahbarlarining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri; moliya resurslarining 95
%dan ortiq qismi Moskva, Sankt-Peterburg va Yekaterinburg kabi shaharlarida
to’planishidir. Shuning 80 % Moskva shahriga to’g’ri keladi. Bu vaqtning o’zida
Shimoliy Kavkaz respublikalari juda kam miqdordagi moliyaviy resurslarga ega.
Ularda har bir ish joyiga salkam 200 ishsiz to’g’ri keladi. Shunday qilib, Rossiya
yangi,  XXI  asrga  juda  ko’p  pozitsiyalardan  mahrum  bo’lgan  holda,  iqtisodiy
muammolari mavjud davlat sifatida kirdi. Rossiyaning erkin mablag’lari yo’q, u
dunyo miqyosida katta tadbirlarni amalga oshirishga qodir emas, lekin Rossiya
qudratli harbiy-sanoat majmuiga ega.
Aholining turmush darajasi  – aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi ichki
mahsulot.
Logotip
bilan ajralib turadi. Sobiq Ittifoqning 1991-yilda parchalanib ketishini bugungi kun nuqtayi nazaridan baholash nihoyatda mushkul. Chunki 1991-yildan keyingi davr juda qisqa vaqtni o’z ichiga oladi. Parchalanishdan keyin vujudga kelgan davlatlarning bozorlari necha o’n yillar mobaynida o’zlari ishlab chiqargan tovarlarga moslashgan bo’lib,bu tovarlar G’arb mamlakatlari va jahon talablariga javob bermas edi. Rossiyadagi iqtisodiy o’zgarishlar asosini mineral resurslar,avvalo neft va tabiiy gaz eksportidan olinayotgan daromad qoplamoqda. Sobiq Ittifoq parchalanashi natijasida Rossiyaga xos “yo’qotishlar” quyidagilardan iborat: a) Boltiq va Qora dengizlarga chiqish yo’llari va ularda mavjud portlar soni keskin qisqardi; b) Qora,Kaspiy va Boltiq dengizlaridagi shelflar qisman yo’qotildi; d) Markaziy va G’arbiy Yevropaga to’g’ri olib boradigan yo’llar yo’qotildi; e) Rossiya asosan past darajada rivojlangandavlatlar bilan chegaralanmoqda; f) Rossiya sharqidagi o’ziga xos demografik vakuum xitoylik va vyetnamliklar tomonidan to’ldirilmoqda; j) chegaralari mustahkamlanmagan. Undan tashqari, Rossiyada aholi turmush darajasidagi mintaqaviy farq (hozir 1:14 nisbatni tashkil etadi) tobora kattalashib bormoqda. Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat: iqtisodiyotning xomashyoga yo’naltirilganligi; Moskvadagi moliyaviy markazlar va yoqilg’i-energetika majmuasi hamda oligarx-axborot tizimlari rahbarlarining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri; moliya resurslarining 95 %dan ortiq qismi Moskva, Sankt-Peterburg va Yekaterinburg kabi shaharlarida to’planishidir. Shuning 80 % Moskva shahriga to’g’ri keladi. Bu vaqtning o’zida Shimoliy Kavkaz respublikalari juda kam miqdordagi moliyaviy resurslarga ega. Ularda har bir ish joyiga salkam 200 ishsiz to’g’ri keladi. Shunday qilib, Rossiya yangi, XXI asrga juda ko’p pozitsiyalardan mahrum bo’lgan holda, iqtisodiy muammolari mavjud davlat sifatida kirdi. Rossiyaning erkin mablag’lari yo’q, u dunyo miqyosida katta tadbirlarni amalga oshirishga qodir emas, lekin Rossiya qudratli harbiy-sanoat majmuiga ega. Aholining turmush darajasi – aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi ichki mahsulot.