Hujayra injeneriyasi
REJA.
1.Hujayra injeneriyasi tugrisida tushuncha.
2.Protoplastlar ajratib olish.
3.Protoplazlarni o`stirish.
4.Protoplazlar asosida o`simliklar regenerasiyasi.
Hujayralar injeneriyasi rekonstruksiyalash, gibridlashtirish va o`stirish asosida
yangi hujayralar kurishga aytiladi. Gibridlashtirishda hujayralar suniy ravishda
kushilib chatishtirilgan genom tutuvchi hujayralar olinadi. Gibridlashtirishning bu
usulini moxiyati shundaki, bu maksad uchun jinsiy hujayralar (gametalar)dan
foydalanilmasdan o`simlikning somatik hujayralaridan ajratib olingan protoplastlar
ishlatiladi. Protoplastlarga ma’lum ekisperimental ta’sir utkazilsa, ular bir-birlari
bilan kushilib ketadi. Olingan gibrid hujayralardan butun gibrid o`simlikni tiklash
mumkin. Gibrid hujayralardan in vitro olingan o`simliklar somatik gibridlar deb
ataladi.
Hujayra rekonstruksiyasi xar-xil hujayralarni turli tuman organoidlari (yadro,
sitoplazma, mitoxondriya, xloroplastlar, xromosomalar)dan yashovchan
hujayralarni tiklashdan iborat.
Protoplast yot DNKni kiritish uchun ideal resepiyentdir. Buning natijasida
protoplastga kirgan yot DNK uzining ekspressiyasi xisobiga genetik
modifikasiyalangan o`simlikni xosil bulishiga olib keladi.
Protoplastdan ajratib olish. Mexanik yoki fermentativ usulda hujayra devori
olib tashlansa protoplast xosil bo`ladi. Protoplastlarni ajratib olish XX asrning 60-
yillarida boshlangan. Nativ hujayrada turgor bosimi yoki vakuolyar bosim ta’sirida
protoplast hujayra devoriga yopishtirilib turiladi. Hujayra devori orkali
plazmodesmalar utib yon hujayralar bilan uzaro alokani amalga oshiradi.
Protoplastni hujayra devoridan ajratish uchun saxaroza, mannit, sorbitlar ta’sirida
plazmolizga uchratiladi. Gipertonik eritmalar ta’sirida hujayra suvsizlanadi.
Protoplast burishib hujayra devorining sellyulozo-pektinli kobigidan ajraladi.
Hujayra devorini yukotish uchun 3 xil fermentlar-pektinaza, sellyulaza va
gemisellyulazalardan foydalaniladi. Bu fermentlarni bakteriyalar va
zamburuglardan ajratib olish mumkin.
Protoplastlarni fermentlar yordamida ajratib olingandan keyin parchalanmay
kolgan tukima koldiklari fermentlardan yuvib tozalash kerak. Buning uchin avval
elakdan utkazib undan sung sentrifugrlanadi. Protoplastlarning ajratib olish va
uning muvofakiyati kator omillarga boklik. Tukimaning turi, o`simlik xili va navi,
uning fiziolagik xolati, ferment tarkibi va xokazolar.
Ajratib olingan Protoplastlarni turli usullar bilan o`stirish mumkin. Protoplastlarni
suyuk muxitda o`stirish uchun turli vositalardan foydalaniladi. Bir ml muxitda
10000 dan 100000 gacha hujayra bulishi kerak, xajmi esa 2,5-10 ml dan oshmasligi
kerak.
Protoplastlarni organik muxitda o`stirish mumkin. Uning uchun Protoplastlar
suspenziyasi 45 S li 1,2% li agar bilan tengma-teng mikdorda aralashtiriladi. Bu
usulda o`stirilganda xar bir Protoplastni keyingi takdirini nazorat kilish mumkin.
Protoplastlarni o`stirish temperaturaga boklik. Xarorat 15-30 S chegarasida bulishi
kerak, kiritilganlik 0-2000 lk bulishi kerak.
Protoplastlar o`stirilganda hujayralar devorining xosil bulishi unda mustaqil
hujayra xosil bulganidan darak beradi. Bu jarayon Protoplastlardan fermentlarni
yuvib tashlanishi bilanok boshlanadi. Yoicia haiastana ni elektron mikroskop
yordamida kuzatish protoplastlar yuzasidan 10-20 minutdan keyin sellyuloza
mikrofibrillalari xosil bula boshlaydi, 20 soatdan keyin kalin turga aylanadi.
O`simliklar regenerasiyasi embrioidogenes orkali xam amalga oshishi mumkin.
Protoplastlardan yangi xosil bulgan hujayralarni bulinishi va totipotentlikni
realizayiyasi kupchilik omillarga boglik: 1)Tukimani turiga. 2)Protoplastlarni
ajratib olish sharoiti va usuliga. 3)Protoplastlarni zichligiga. 4)Ozuka muxit
tarkibiga. 5)O`simlik o`stirish sharoitiga.