HUJAYRALARNING BO’LINISH TURLARI. MITOZ. MEYOZ.
AMITOZ
Tanamizdagi deyarli barcha hujayralar mitoz jarayoni yordamida koʻpayadi.
Mitoz orqali butun hayot davomida rivojlanayotgan organizm tanasiga yangi
hujayralar qoʻshilib boradi va eski hujayralar yangilari bilan almashinadi. Mitozdan
maqsad xromosoma toʻplami xuddi ona hujayra xromosoma toʻplami bilan bir xil
boʻlgan yangi qiz hujayralar hosil qilishdir.
Meyoz esa inson organizmida boshqa maqsad: gametalar – jinsiy
hujayralar, yaʼni spermatozoid yoki tuxum hujayra hosil qilish uchun qoʻllanadi.
Jarayondan maqsad qiz hujayralarga xromosomalar toʻplamining teng yarmini
oʻtkazish.
Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, odamlarda meyoz bu diploid hujayradan
(juft xromosomalar toʻplamidan) gaploid hujayralar (bitta xromosomalar toʻplamiga
ega hujayralar) hosil boʻlishi jarayonidir. Meyoz davomida odamda gaploid
xromosoma toʻplamiga ega boʻlgan spermatozoid va tuxum hujayralar hosil boʻladi.
Spermatozoid va tuxum hujayralar urugʻlantirish jarayonida qoʻshilishi natijasida
toq xromosomalar toʻplami toʻliq diploid toʻplamni hosil qiladi: bu yangi genom
degani.
Meyoz fazalari
Koʻp jihatdan meyoz mitozga oʻxshab ketadi. Hujayralar bir xil
jarayonlardan oʻtadi, xromosomalarni taqsimlashda bir xil usuldan foydalaniladi.
Lekin meyozda hujayralar oldida murakkabroq vazifalar turadi. Bu mitozdagi
kabi qiz xromatidalar (replikatsiyalangan xromosomalarning ikki qismi)ni
ajratishni talab qiladi. Bundan tashqari, meyoz davomida hujayra ota va onadan
irsiylangan hamda oʻzaro oʻxshash, ammo bir xil boʻlmagan gomologik
xromosomalarni ham ikkiga ajratishi kerak.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun meyozda ikki davrli boʻlinish jarayoni
ketadi. Gomologik juftlar birinchi davr – meyoz I da ajratiladi. Qiz xromatidalar esa
ikkinchi davr – meyoz II da taqsimlanadi.
Meyozda boʻlinish davomida bitta boshlangʻich hujayradan toʻrtta gameta
(tuxum hujayra yoki spermatozoid) hosil boʻladi. Har bir davrda hujayralar toʻrtta
bosqichdan oʻtadi: profaza, metafaza, anafaza va telofaza.
Meyoz I
Meyoz I ga kirishdan oldin hujayra interfazadan oʻtishi kerak. Mitozdagi
kabi hujayra G11start subscript, 1, end subscript faza davomida oʻsadi, S faza
davomida xromosomalar ikki barobar oshadi, G22start subscript, 2, end
subscript faza davomida boʻlinishga tayyorlanadi.
Profaza I davomida mitozdan farqli jihatlar kuzatiladi. Mitozdagi kabi
xromosomalar spirallashadi, lekin meyoz I da gomologik xromosomalarning
juftlashishi roʻy beradi. Har bir xromosoma oʻzining gomologi bilan puxta
juftlashadi, shunda ikkalasi ham butun uzunliklari boʻyicha mos keladigan
pozitsiyalarda joylashgan boʻladi.
Masalan, quyidagi rasmda A, B va C harflari xromosomaning maʼlum
joylarida joylashgan genlarni, har bir genning turli shakllari yoki allellari uchun
katta va kichik harflar bilan koʻrsatilgan. Ikkita gomolog xromosomaning bir xil
nuqtasida joylashgan DNK parchalanadi (kesiladi) (rasmda B va C orasidagi genlar
olingan) va gomologik xromosomalarning mana shu qismlari oʻzaro almashinadi.
Krossingover jarayoni rasmi. Ikkita gomologik xromosoma uchta har xil gen
turlarini tashiydi. Bittasida A, B va C, ikkinchisida a, b va c turlari mavjud.
Krossingover jarayonida gomologik xromosoma xromatidalari oʻrtasida, masalan, C
va c qismlari oʻrtasida almashinish sodir boʻladi. Endi ularda turli xil xromatidalar
bor.
Bitta xromosomaning birinchi xromatidasida A, B, C va ikkinchi
xromatidasida A, B, c genlari mavjud.
Uning gomologik xromosomasining esa bitta xromatidasida a, b, c va
ikkinchi xromatidasida a, b, C genlari mavjud.
Xromosomalarning
oʻxshash
qismlari
almashinishi
jarayoni krossingover deyiladi. Bu jarayon xromosomalarni birga ushlab turishga
yordam
beruvchi sinaptonemal
kompleks yordamida
amalga
oshiriladi.
Krossingover davomida xromosomalar quyidagi rasmda koʻrsatilganidek, bir-
birining ustida joylashadi.
Sinaptonemal oqsillar vositasida bir-biri bilan bogʻlangan gomologik
xromosomalar.
Siz rasmda xiazmalar vositasida bogʻlangan krossingover (xromosoma)larni
koʻrishingiz mumkin, bu yerda gomolog xromosomalar xoch shaklida birikkan.
Sinaptonemal kompleks parchalangandan soʻng xiazma gomolog xromosomalarni
birga ushlab turadi, har bir gomologik juftda kamida bittadan xiazma boʻladi. Har
bir juftda ularning soni 25 tagacha boʻlishi mumkin11start superscript, 1, end
superscript.
Krossingover yuz berishi nuqtalari tasodifiy boʻlib, natijada takrorlanmas
allellarga ega, qismlari oʻzaro almashingan xromosomalar hosil boʻladi.
Krossingoverdan soʻng boʻlinish urchugʻi xromosomalarni hujayra markazi
(metafaza plastinkasi)ga yigʻa boshlaydi. Bir qarashda mitozga oʻxshaydi, lekin bu
yerda xromosomalar juft-juft boʻlib joylashadi. Har bir xromosoma urchuqning bir
qutbidagi mikronaychalarga, gomolog xromosomalar esa qarama-qarshi qutbidagi
mikronaychalarga yopishadi. Shunday qilib, metafaza I davomida, oʻxshash
boʻlmagan xromosomalar ajralish uchun metafaza plastinkasiga yigʻiladi.
Meyoz I fazalari
Profaza I: boshlangʻich hujayra diploid, 2n=4. Gomologik xromosomalar
juftlashib, oʻxshash qismlari bilan almashinadi.
Metafaza I: gomologik juftlar metafaza plastinkasini hosil qilib, markazga
yigʻiladi.
Anafaza I: gomologik xromosomalar ajralib, hujayraning qarama-qarshi
qutblariga qarab harakatlanadi. Qiz xromatidalar ajralmaydi.
Telofaza I: yangi hosil boʻlgan hujayralar gaploid, n=2. Har bir
xromosomada ikkitadan xromatidalar bor, lekin ular endi oldingiday bir xil emas.
Gomologik xromosomalar metafaza palstinkasiga yigʻilganda, ularning
qutblarga tarqalishi tasodifiy boʻladi. Masalan, quyidagi rasmda binafsha va pushti
rang xromosomalar bitta qutbga qarab yoʻnalgan, natijada bitta hujayraga tushadi.
Bu jarayonda ikkala pushti xromosoma ham qutb tomonga yoʻnalishi mumkin edi.
Bu turli gomologlar toʻplamiga ega boʻlgan gameta shakllantirishga xizmat qiladi.
Anafaza I da gomologik xromosomalar hujayraning qarama-qarshi
qutblariga tortiladi. Har bir xromosomadagi qiz xromatidalar birlashgancha qoladi
va tarqalmaydi.
Nihoyat, telofaza I da xromosomalar hujayraning qarama-qarshi qutblariga
tortiladi.
Baʼzi
hujayralarda
yadro
qobigʻi
qayta
tiklanadi
va
DNK
dekondensatsiyalanadi, boshqa turlarida esa bu bosqich oʻtkazib yuboriladi, chunki
shu zahoti meyoz II boshlanib ketadi2,32,3start superscript, 2, comma, 3, end
superscript. Sitokinez ham telofaza I da sodir boʻladi. Ikkita gaploid qiz hujayra
shakllanadi.
Meyoz II