HUJAYRALARNING MITOTIK VA HAYOTIY SIKLI. HUJAYRA PROLIFERATSIYASI. XUJAYRANING MEYOTIK BOʼLINISHI
Yuklangan vaqt
2025-09-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
308,0 KB
HUJAYRALARNING MITOTIK VA HAYOTIY SIKLI. HUJAYRA
PROLIFERATSIYASI. XUJAYRANING MEYOTIK BOʼLINISHI.
Mashg‘ulotning mazmuni
Hujayralarning bir bo‘linishidan ikkinchi bo'linishigacha yoki uning
o‘limigacha bo‘lgan davr hujayra sikli deyiladi. Hujayra Sikli: 1. Tinim davri;
2.Mitoz sikli; 3.Funkciyalarini bajarish davrlaridan tashkil topadi.
Hujayralar bo‘linish hususiyatlariga qarab har hil boladilar. Ayrim hujayralar
ko’payish hususiyatiga ega bo‘lmaydi, chunki ular doimiy faol hamda funksional
takomillashgan hujayralardir. Boshqa hujayralar esa doimo bo‘linib, o‘lgan, o‘z
faolligini yo‘qotgan hujayralar o‘rnini to‘ldirib turadi.
Mitoz sikli mitozdan va interfazadan tashkil topadi.
Hujayradagi xromosomalarning gaploid soni "n" bilan belgilanadi. Masalan:
1n xromosomali hujayra - gaploid, 2n xromosomali hujayra - diploid, 3n ligi esa -
triploid hujayra deb yuritiladi. Hujayradagi DNK miqdori "c" bilan belgilanadi.
Diploid hujayrada xromosomalar miqdori 2n, DNK miqdori 2c bo‘ladi.
Mitoz sikli o‘rganilganda irsiy moddaning o‘zgarishlari ham o‘rganiladi.
Mitoz sikli (7-rasm) to‘rt davrga bo‘linadi: mitoz (M), presintez (G1), sintez (S),
postsintez (G1) davrlar. G1, S, va G2 davrlar interfazani tashkil qiladi.
Postmitoz (G1) davrida yadrodagi DNK diploid to‘plam (2c)ga ega, lekin
sitoplazmadagi oqsil va RNK miqdori ona hujayraga nisbatan ikki baravar kam
bo‘lgani uchun hujayra o‘sadi, oqsil sintezlaydi, ATF to‘playdi, RNK miqdori
ko‘payadi. Keyingi S (sintez) - davrida yadro DNKsining miqdoriy ikkilanishi
(replikatsija) kuzatiladi. Hujayralarda DNK miqdori 2c dan 4c ga ortadi. Postsintez
G2 davrida bo‘linish duki asosiy oqsili - tubulin sintezlanadi. Toqimalarda vaqtincha
yoki butunlay bo‘linish xususiyatini yoqotgan (G0 - davridagi) hujayralar ham
uchraydi. Bunday hujayralar ko‘pincha kambial yoki o‘zak hujayralar bo‘ladi.
Ayrim hujayralar ma’lum vaqt funktsional faol bo‘lib turib, so‘ng degeneratsiyaga
uchraydi (teridagi muguzlanuvchi epiteliy hujayralari). Hujayralar ikki xil usulda
bo‘linib ko‘payadi (mitoz va meyoz):
7-rasm. Hujayra sikli sxemasi.
Mitoz - murakkab bo‘linish bo‘lib, asosan somatik hujayralarga xosdir.
O‘rganishni osonlashtirish uchun mitoz to‘rt bosqichga bo‘lib o‘rganiladi: profaza,
metafaza, anafaza, telofaza (5-jadval).
Profazada (8 va 9-rasmlar)
xromosomalar spirallashishi boshlanadi.
Sentrosoma sentriolalari hujayra qutblariga tarqalib, ular orasida makronaychalar
tortiladi, mitoz kalavasi duki hosil bo‘ladi. Profaza oxiriga kelib, yadro qobig’i erib
ketadi, yadrocha ko'rinmay qoladi.
Metafazada yaxshi shakllangan xromosomalar hujayraning ekvatorial
tekisligiga bir qator joylashadi. Har bir xromosoma o‘zining sentromerasi bilan
kalava iplariga birikadi. Metafaza oxiriga kelib, har bir xromosomada ikkita
xromatida yaqqol ko‘rinadi.
Anafazada xromosomalar xromatidalarga ajralib, duk ipchalarining qisqarishi
natijasida ular bir-biridan uzoqlashadi.
Telofazada xromatidalar despirallashib, xromatinga aylanadi. Yadro qobig‘i,
yadrocha shakllanadi. Mitoz oxiriga kelib sitoplazma ham ikkiga bo'linib
(sitotomiya), diploid xromosomalar to‘plamiga ega bo‘lgan qiz hujayralar hosil
bo‘ladi. Demak, mitoz natijasida qiz hujayralar xromosomalarning doimiy somatik
hujayralarga xos diploid to‘plamiga ega bo‘lib qoladi.
Mitoz vaqtida xromosomalardagi DNK miqdorining ikki barobar ortishi,
xromosomalarning hujayra qutblariga tarqalishi jarayonlari buzilsa, hosil
bo‘lgan qiz hujayralarda xromosomalar soni o’zgarishi, irsiy axborotning
o‘zgarishi
kabi
nomutadil
holatlar
kuzatiladi.Ayrim
a’zo
to‘qimalari
hujayralarida mitoz jarayoni tuqallanmasdan yoki mitozda sitoplazma ikkiga
bo'linmasdan DNKning ikki barobar ortishi kuzatiladi. Bu jarayon endomitoz ,
deb ataladi. Endomitoz natijasida bitta poliploid gigant yadroli yoki bir necha
yadroli hujayralar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan hujayralarda xromosomalar soni
poliploid bo'ladi. (Odatda somatik hujayralarda xromosomalar soni diploid (2n)
bo‘ladi. Jigar hujayralarida tetraploid (4n) va oktaploid (8n) xromosomalar
to‘plami uchraydi. Suyak ko‘migi hujayrasi - megakariotsitda xromosomalar
to‘plami 32 n bo‘lishi mumkin.
Mitozning a hamiyati. Mitoz tufayli - 1.Hujayrada irsiy moddaning yangi
hujayralarga o‘tkazilishi; 2. Irsiy moddalarning yangi hujayralarga teng
taqsimlanishi;
3.Organizmlar
o‘sishi,
rivojlanish,
regeneratsiyalanishi
ta’minlanadi.
Meyoz jinsiy hujayralarning yetilish usulidir . Meyoz natijasida qiz
hujayralarda xromosomalarning gaploid to‘plami hosil bo‘ladi. Meyozda ham
bo‘linuvchi hujayralar avval interfazani o‘tadilar. Meyoz ikkita ketma-ket
keluvchi (1-meyoz, 2-meyoz) jarayonlardan iborat. Ularning birinchisini
reduksion bo‘linish, ikkinchisi esa ekvatsion bo‘linish deb yuritiladi (10-rasm).
Asosiy o‘zgarishlar 1-meyozda va uning 1-profazasida kuzatiladi. 1-
profaza 5ta (leptotena, zigotena, paxitena, diplotena, diakinez) bosqichlardan
iborat. Bu bosqichlarda gomolog xromosomalar yaqinlashib (kon'yugatsiya ),
ular bir birlarining o‘xhshash qismlari bilan almashinishadi (krossingover). 1
metafazada ekvatorga bivalentlar (tetradalar) holida ikki qator bo‘ib joylashadi.
1 anafazada gomolog xromosomalar butunligicha qutblarga ajrala boshlaydi. 1
telofazada esa xromosomalari gaploid, DNK miqdori esa 2c bo’lgan hujayralar
hosil bo‘ladi. 1 meyoz va 2 meyoz orasida interfazada kuzatilmaydi. Qisqa
interkinezdan keyin 2 - profaza boshlanadi. 2 metafazada ayrim xromosomalar
ekvatorga bir qator joylashadi. 2 -anafazada xromosomalar xromatidalarga
ajralib, qutblarga siljishni boshlaydi. 2 telofazada esa xromosomalar gaploid
to‘plamiga (n), DNK gaploid miqdoriga (c) e ga hujayralar hosil bo‘ladi.
Meyozning biologik ahamiyati.
1.Meyoz natijasida gaploid to’plamli hujayralar hosil bo’lganligi sababli, har bir
turda xromosomalar soni doimiyligi qonuni saqlanadi.
2.Meyoz vaqtidagi gomologik xromosomalar orasidagi krossingover jarayoni
natijasida kombinativ o'zgaruvchanlik kelib chiqadi, tabiiy tanlash uchun esa
moddiy asos yaratiladi.
3. Meyoz jarayoni nogomologik xromosomalar yangi kombinatsiyalari hosil
bo’lishiga olib keladi. Bu holat avlodlarda yangi belgi va sifatlarning kelib
chiqishiga sabab bo’ladi.
Doimo hamma huj ayralarda ham mitoz jarayonidagi davrlar oxirigacha davom
eta- vermaydi.Ayrim hujayralarda xromosoma soni bir necha marta ortadi va bu
jarayon G, dan so'ng hujayra yadrosining qobig'i saqlangan holda, urchuq iplari
hosil bo'lmasdan ro'y beradi.Ba'zan yadro profazadagi kabi erib ketsa-da,
xromosomalar
huj
ayra
qutblariga
tarqalmaydi
va
xromosomalaming
xromatidalarga ajralishi bilan qayta yadro qobig'i hosil bo'ladi. Natijada
xromosoma soni .ona hujayranikiga nisbatan 2 marta ortgan po- liploid hujayra
hosil bo'ladi. Bu jarayonga endomitoz deyiladi. Poliploid hujayraning o'zi xuddi
shunday jarayonni qayta o'tab, xromosoma sonini yana ham orttirib olishi mumkin.
Endomitoz turli o'simlik va hayvon hujayralarida uchraydi. Bu jarayon, ayniqsa,
faoliyatlari jadallashgan hujayralardan (masalan,
jigar hujayrasi) tashkil topgan a'zo va to' qimalarda bo' ladi. Ba'zan mitoz
jarayoniriing oxirgi davrida qutblangan xromosomalar atrofida alohida yadrolar
hosil bo'ladi-yu, lekin sitotomiya kechmaydi. Buning oqibatida hujayrada ikki
yadroli (har bir
yadrosidagi xromosoma soni ona hujayrasiga teng bo'lgan) hujayra pay- do bo'ladi
Dublikatsiyangan xromosomalar evakuvator bo'ylab hoylashadi
(bo'linish urchig'i to'liq shakillanadi). Qarama- qarshi kelgan o'q iplari
xromatidalarga sentromera qismida yopishadi Anafaza Xromatidalar qutblarga
ajratiladi va qiz xromosomalarga aylanadi. Har bir qutbda bir
xil sonda, ona hujayrada qancha xromosoma bo'lgan bo'lsa, shuncha xromosomalar
bo'ladi za, telofaza bosqichlari faza huj ayralarda yadro qobig'i shakiolanadi va
yadro paydo bo'ladi. Alohidalashgan xromatni- dalardan xromosomalar hosil
bo'ladi
Mitozning patologiyasi. Hujayraning hayotiy siklida mitoz alohida o'rin
egallay- di. Uning yordamida hujayra reproduksiyalanadi, irsiy xossalari uzatiladi.
Mitozning patologiyasida uning bosqichlarining birida o'zgarishlar kuzatiladi. Shu
ma'lumotlarga asoslangan holda mitozdagi patologiya quyidagicha tasniflanadi:
1. Xromosomalar jarohati:
1.1. Hujayralamingprofazada turib qolishi;
1.2. Xromosomalaming spirallanishi va despirallanishining buzilishi;
1.3. Xromosomalaming fragmentatsiyasi;
1.4. Anafazada xromosomalar o'rtasida ko'priklar hosil bo'lishi;
1.5. Urg'ochi xromatidlaming vaqtidan awal ajralishi;
1.6. Kinetaxoming j arohatlanishi.
2. Mitotik apparatning j arohatlanishi:
2.1. Metafazada mitoz rivojlanishining orqada qolishi;
2.2. Metafazada xromosomalarda noaniqliklar bo'lishi;
2.3. Uchguruhli metafaza;
2.4. Bo'shliqli metafaza;
2.5. Ko'p qutbli metafaza;
2.6. Assimetrik mitozlar;
2.7. Monotsentrik mitozlar;
2.8. K-mitoz (kolxitsinli mitoz).
3. Sitotomiyaning buzilishi:
3.1. Vaqtidan oldingi sitotomiya;
3.2. Sitotomiyaning ushlanib qolishi;
3.3. Sitotomiyaning bo'lmasligi.
Bo'linishning amitoz xili - bu hujayraning to'g'ridan-to'g'ri bo'linishidir.
Amitoz- da yadro o'zining interfazadagi holatini saqlab qoladi - boiinishdagi
xromosomaning shakllanishi, bo'linish dukining paydo bo'lishi, yadrocha va yadro
qobig'ining yo'qo- lishi ro'y bermaydi. Hujayra yadrosida botiqlik paydo bo'ladi-da,
u ikkiga bo'linadi Bunda genetik material ikkala yadroga teng taqsimlanmasligi
ham mumkin. Ba'zan sitoplazma bo'linmasdan ikki yadroli hujayra ham hosil
bo'lishi mumkin. Eukariot hujayralarida amitoz bo'linish ayrim to'qima (mushak,
epiteliy) hujayralarida va, ayniqsa, yomon sifatli o'sma hujayralarida ro'y beradi.
Hujayraning bo'linishiga ta'sir etuvchi omiUar xilma-xildir. Hujayra mitotik bo'li-
nishining jadalligi sutka vaqtiga ham bog'liq bo'ladi. Kunduz kuni serharakat
bo'lgan mayjudotlar hujayrasida bo'linish kechasi jadal bo'lsa, aksincha, kechqurun
faol hayot kechiradiganlarda esa kunduzi jadal bo'ladi. Hujayraning bo'linishiga
ta'sir etuvchi omillar mavjud. To'qimalaming parchalanishidan hosil bo'lgan
mahsulot o'z atrofidagi tirik hujayralaming bo'linishini kuchaytiradi, bu holat
jarohatlangan to'qima yoki a'zo- ning tiklanishida ahamiyatlidir.Hujayralar
ko'payishi organizm hayot faoliyatidagi neyro-gumoral boshqarish mexa- nizmiga
ega. Ko'pgina endokrin bezlar faoliyati bo'linish jarayonini tezlashtirib yoki
sustlashtirib turadi. A'zoda hujayra miqdorining odatdagiday bo'lishi va
hujayraning hayot faoliyati mobaynida bir me'yorda bo'linib turishini ta'minlovchi
fiziologik mexanizmlar mayjuddir. Shu mexanizmlar va atrof-muhit omillari
ta'siriga javoban tinimdagi hujayralaming mitotik sikliga kirish yoki bo'linayotgan
huj ayralaming tinim holatiga o'tishi kabi jarayonlar amalga oshadi.
Hujayra ko'payishini boshqaruvchi omillar asosan 2 guruhga bo'linadi:
1) hujayradan tashqari (ekzogen);
2) hujayra ichi (endogen).
Ekzogen omillar hujayrani o'ragan muhitda bo'lib, hujayra membranasi bilan
o'zaro ta'sirda bo'ladi. Hujayraning o'zida sintezlanib, unga ta'sir etuvchilar esa
endogen omillardir. Ayrimendogen omillar hujayradan chiqib, boshqa guruh
hujayralar uchun ekzogen ta'sirda bo'lishi ham mumkin. Hujayra muvaffaqiyatli
ko'payishi uchun hujayra sikli nazorat qilinadi. Hujayra sikli chekpointlar orqali
boshqariladi, ular ma'lum shart-sharoitlar amalga oshmaguncha, hujayra sikli
davomiyligini uzaytiradi. Hujayra sikliningko'plab chekpointlari bor, biz ulardan 3
tasini: G,, G2 va mitotik chekpointlarini ko'rib chiqamiz. Bundan tashqari, hujayra
sikli, tashqi omillar - gormonlar yordamida ham boshqariladi. Chekpointlar ichida
G, chekpointi muhim ahamiyatga ega, chunki agar hujayra boiinsa, bu chekpointlar
orqali hujayra sikliga o'tadi. Agar bu chekpointlarda hujayra sikli o'tmasa, Go
hujayraning tinim davri boshlanishi mumkin, bunda hujayra bo'linmaydi, hujayra
o'zining normal
funksiyalarini boshdan kechiradi. Buning uchun o'sish omillarini aniqlovchi
to'g'ri o'sish signallari G, chekpointlari yacheykalarida qatna- shishi kerak.
Sitokinez Interfir/a S o^sisb va DNK replikasiyasi G, V f j o 's u b \ a bo'linish
uchun axirgi Г v Mitotik checkpoint Hujayra o'qini yig'uvchi chekponit. Agar
xromosomalar
tenglashmasa,
mitoz
davom
etmaydi.
Hujayra
siklining
boshqarilishi.
Chekpointlar hujayra sikli orqali hujayra rivojlanishini boshqaradi. Bu
diagrammada uchta asosiy chekpointilai' (G„ Qa,M) ko'rsatilgan. Hujayra
siklining boshqarilishi
Bundan tashqari, hujayra DNKsining butunligi ham tekshiriladi. Agar DNK
buzilgan bo'Isa, r53 oqsili bu chekpointlarda hujayra siklini to'xtatadi va DNK
tiklanishni boshlaydi. Agar bu jarayonbo'lmasa, buning oqibati apoptozga olib
keladi.
Hujayrada
DNK
replikatsiyasi
bo'lganligit
ekshirilgungacha
G2
chekpointlarida zudlik bilan hujayra sikli to'xtatiladi. Bundan tashqari, agar DNK
quyosh nurlari yoki rentgen nurlar ta'sirida zararlangan bo'lsa, huj ayra sikli bu
chekpointlarda zararlangan DNK tiki an gun gacha qam- rab olinadi, shuning
uchun u urg'ochi hujayraga o'tkazilmaydi. Boshqa chekpointlar mitoz fazalarida
faoliyat ko'rsatadi. Xromosomalar o'qqa to'g'ri birikkanligiga ishonch hosil qilish
uchun sikl metafaza va anafaza orasida sekinlashadi va aniqlik bilan urg'ochi
hujayralariga ajratiladi. Tashqi nazorat. Hujayra siklining nazorat tizimi plazmatik
membrana orqali yad- rodagi alohida genlarga tarqaladi. Ba'zi tashqi signallar,
masalan, gormonlar va o'sish omillari hujayraning siklini tezlashtiradi. Ayollarda
progesteron
gormoni
zigotaning
ba-
chadon
devoriga
implantatsiyasini
ta'minlovchi bachadon devori hujayralarining ishini tezlashtiradi. Epidermal
O'sish omili terming jarohatlangan joylaridagi h - siklining tu- gatilishini va
jarohatlangan to'qimaning qayta tiklanishini jadallashtiradi tashqi signal xabami
maxsus
retseptorlarga
yetkazib
beradi,plazmatik
membranadagi
hujayra
retseptorlari ulami qabul qilib oladi. Oqsillar sig- nallaming o'tishi (transduksiya)
yo'llaridan ma'lumot olib, boshqa oqsillarga yetkazadi. Shu hisobiga oxirgi
signallar genlami faollashtiradi, oqsil mahsulotlari hujayra siklini to'xtatadi yoki
tezlashtiradi.
Proto-onkogen deb ataluvchi gerilarhujayra siklini tezlashtirishi, o'smaning
supres- sor genlari esa huj ayra siklini to'xtatishi aniqlangan. Ko'p hujayrali
organizmj arda hujayralaming ko'payishi ulami kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi
ko'pgina ichki omillar ta'sirida bo'ladi. Biror faoliyat, masalan, immun jarayon, har
xil hujayralaming o'zaro ta'siri natijasida bajariladi. Organizmga yot bo'lgan narsa
(antigen) ta'sir etishi immun jarayonda ishtirok etuvchi hujayralardan biri bo'lgan
makrofagni faollashtiradi va u biologik faol modda ishlab chiqaradi. Bu modda
(interleykin) antigen ta'siridagi T va B-limfotsit- lar proliferatsiyasini kuchaytiradi.
O'z navbatida bu T-limfotsit boshqacha T-limfotsit (xelper)ning bo'linishini va
yetilishini tezlashtiruvchi modda ishlab chiqaradi, shular majmuida immunologik
himoya faoliyati bajariladi.
Shuningdek, hujayra bo'linishiga yo'l qo'ymaydigan modda ishlab
chiqarishga ham qodir. A'zo ishlab chiqargan, bunday xususiyatga ega moddaning
kamayib qolishi shu mahsulotni ishlovchi hujayralaming ko'payishini taqozo
qiladi. U ichki sekretsiya bez- larining faoliyati bilan boshqariladi. Organizm
holatiga ko'ra ba'zi a'zo ish faoliyatining zo'riqish zaruriyati tug'ilsa, shu a'zo
hujayralarining ko'payishi yoki o'sishi ro'y beradi. Turli a'zo va to'qimalaming
hujayra xillarining miqdori, shu a'zoning birlamchi mas- sasini saqlashga
asoslangan murakkab mexanizm orqali boshqariladi. Agar qandaydir sababga
ko'ra, biror a'zo (masalan, jigar) qismining kamayishi ro'y bersa, unda qolgan
(jigar) qismining hujayralarida bo'linish jadallashadi. Bu bo'linishni boshqarib