HUJJAT TILI VA USLUBI. HUJJAT TURLARI VA XUSUSIYATLARI
Rеjа:
1.Hujjat turlari
2.Hujjatlarning tasniflanishi.
3.Hujjat rekvizitlari.
4.Hujjat tayyorlashda tinish belgilarining ishlatilishi.
Tаyanch soʻz va iboralar: hujjat, normativ-huquqiy hujjatlar, normativ
hujjat, hujjat aylanishi, elektron hujjat, kirish hujjatlar.
1.Hujjat turlari. Har
qanday
tashkilot,
muassasa,
korxona
ish
faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan uni to‘g‘ri boshqarishga bog‘liq. Ish
yuritish esa boshqaruv jarayonini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ish
yuritish amaliyoti yillar mobaynida shakllanib, tashkilot faoliyatining tezkorligi
va samaradorligini ta’minlaydi.
Boshqaruv tizimida hujjatlar bilan ishlash normalari, qoidalari va
talablariga
amal
qilmaslik
muhim
ma’lumotlarning
yo‘qolishiga,
ma’muriyat qarorlarining ijrochilarga o‘z vaqtida yetib bormasligiga, tashkiliy-
boshqaruv aloqalari tizimida salbiy ko‘rsatkichlarga olib kelishi mumkin.
Shu nuqtayi nazardan ish yuritish, hujjatlar bilan ishlash har bir tashkilot,
muassasa, korxona ish faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi
Qonuniga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida
huquqiy
normalarni
belgilashga,
o‘zgartirishga yoki
bekor
qilishga
qaratilgan
rasmiy
hujjatlar
normativ-huquqiy hujjatlar deyiladi. Ushbu
Qonunda normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlari belgilangan:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining
qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar,
davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;mahalliy davlat
hokimiyati organlarining qarorlari.
Normativ hujjat deb faoliyatning har xil turlari yoki ularning
natijalariga doir qoidalar, umumiy tamoyillar va xususiyatlarni belgilab beruvchi
hujjatga aytiladi.
Hujjat (arab. “guvohnoma, isbot, dalil”) – axborot qayd etilgan
hamda uni vaqt va makonda uzatish imkonini beruvchi moddiy obyekt.
Hujjatlar tarixiy manba, dalillovchi yoki guvohlik beruvchi vosita bo‘lib
xizmat qilishi mumkin. Ish hujjatlari uchun alohida uslub – rasmiy uslub ishlab
chiqilgan, u qonunchilikka va ish yuritishga xizmat qiladi. Shu bois ish yuritish
uslubi asosan ma’muriy-huquqiy faoliyatda qo‘llanadi.
Rasmiy uslubning o‘ziga xos leksik va grammatik xususiyatlari mavjud
bo‘lib, unda so‘zlar faqat o‘z ma’nosida qo‘llanadi, hissiy bo‘yoqdor ifodalar
ishlatilmaydi, sohaga oid qisqartma nomlardan foydalaniladi, sohaviy terminlar
qo‘llanadi va hokazo. Hujjatlarning matni qisqa, aniq va lo‘nda bo‘lishi kerak. Ular
asosan darak gaplardan, farmoyish hujjatlari esa buyruq gaplardan tashkil topadi.
Hujjatlarni to‘g‘ri va bexato yozish savodxonlik hamda yozma nutq
madaniyati ko‘rsatkichidir. Bu xislatlar mutaxassisning ish faoliyatida juda muhim
sanaladi, chunki har qanday tashkilotda hujjatlar aylanishi mavjud.
Hujjat aylanishi – hujjatlarning muassasada ularning yaratilishi yoki qabul
qilinishidan boshlab ijrosi yakunlangunga yoki jo‘natilgunga qadar harakatlanishi
demakdir. Hujjatlarning qayta ishlanishi va harakatlanishi jarayoni quyidagi
bosqichlardan iborat:
tashkilotga kelib tushadigan hujjatlarni qabul qilish, ularni dastlabki ko‘zdan
kechirish va ro‘yxatga olish;
hujjat ijrochisini aniqlash va ko‘rsatish, hujjat mazmuni va u bilan ishlash
bosqichlarini belgilash;
hujjatni o‘z muddatida ijro qilish, javob xatlarini tuzish va rasmiylashtirish;
hujjat ijrosini nazorat qilish;
hujjat ijrosi yakunlangach, uni hujjatlar yig‘majildiga tikish. Ushbu
bosqichlarning har biri an’anaviy tarzda, shuningdek elektron tarzda ham
bajarilishi mumkin. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari yordamida amalga
oshiriladigan hujjat aylanishi elektron hujjat aylanishi deyiladi.
Elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo
bilan tasdiqlangan va hujjatni identifikasiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa
rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat
aylanishi to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra elektron hujjat qog‘oz hujjatga tengla
Tashkilot, muassasa va korxonalarda hujjat aylanish jarayonini quyidagilar tashkil
qiladi;
kirish hujjatlari – tashkilotga kelib tushadigan hujjatlar, jumladan, yuqori
tashkilotlarning farmoyish hujjatlari, turli vazirlik va mahkamalarning xatlari,
yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari;
ichki hujjatlar – tashkilotda tuzilgan hujjatlar: bildirgi, ma’lumotnoma,
hisobot, bayonnoma va sh.k.;
chiqish hujjatlari – boshqa tashkilotlarga jo‘natiladigan hujjatlar (so‘rov
xatlariga javoblar, ma’lumotnomalar, tashabbus xatlari va b.)
2.Hujjatlarning tasniflanishi.Hujjatlar bir necha jihatlariga ko‘ra
tasniflanadi.
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra hujjatlar xususiy, namunaviy va qolipli
hujjatlarga bo‘linadi.
Xususiy hujjatlarga fuqarolardan kelib tushgan ariza va shikoyatlar,
ularning asosida olib boriladigan xizmat yozishmalari misol bo‘ladi. Ular aksariyat
hollarda ayni bir vaziyat va holatni izohlab, tushuntirib berish maqsadida yoziladi.
Namunaviy hujjatlar sirasiga ish yuritish sohasiga oid hujjatlarning
aksariyati, ya’ni har bir tashkilot va uning bo‘linmalari uchun zaruriy bo‘lgan
bildirgi, xizmat ma’lumotnomasi, tavsifnoma, majlis bayoni kabi belgilangan
tartibda tuziladigan hujjatlar kiradi.
Davlat idoralarida qolipli hujjatlarning ko‘plab turlari qo‘llanadi, ular ish
faoliyatini osonlashtiradi, vaqt va moddiy resurslarni tejashga imkon beradi, ish
jarayonida qulaylikni oshiradi.
Mazmuniga ko‘ra hujjatlar sodda va murakkab bo‘ladi.
Sodda hujjatlar, odatda, bir masalani o‘z ichiga oladi (tilxat, ishonchnoma
kabi).
Murakkab hujjatlarda ikki yoki undan ortiq masala aks ettiriladi. Ularga
majlis bayoni, hisobotning ayrim turlari misol bo‘ladi.
Shuningdek, hujjatlar xizmat mavqeyiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi:
HUJJATLAR
Tashkiliy
hujjatlar
(guvohnoma,
yo‘riqnoma,
nizom,shartno-
ma vabosh-lar)
Farmoyish
hujjatlari
(buyruq,ko‘r-
satma,
farmoyish)
Ma’lumot-axborot
hujjatlari(ariza,bayonnoma,
dalolatnoma,ishonchnoma,ta
vsifnoma,tarjimayi
hol,tilxat,tushuntirish xati,
e’lon
Xizmat
yozishmalari
(taklifnoma,
telegramma,
xatlar).
Hujjatning
birinchi
yoki
yagona
nusxasi
asl
(rasmiy)
nusxa
deyiladi. Uning aynan qayta ko‘chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi.
Hujjatning
bir
qismiga
ehtiyoj
tug‘ilsa,
undan
ko‘chirma
olinadi
(masalan, bayonnomadan ko‘chirma, buyruqdan ko‘chirma).
3.Hujjat rekvizitlari. Har bir hujjatning maqsadi va turiga qarab
undagi zaruriy qismlar miqdori, ularning joylashish o‘rni va tartibi belgilangan
bo‘ladi. Rekvizit deb hujjatni
rasmiylashtirishning
majburiy
elementiga
aytiladi. Rekvizitlar hujjatda qat’iy tartibda joylashtiriladi. Bu hujjatning
huquqiy kuchini ta’minlaydi
Hujjat rekvizitlarining asosiy turlari:
1.O‘zbekiston Respublikasining gerbi.
2.Vazirlik yoki idoraning nomi.
3.Tashkilot yoki muassasa nomi.
4.Tarkibiy tarmoqning nomi.
5.Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), tashkilot manzili,
telefon raqami, faks raqami.
6.Elektron pochta manzili.
7.Matn sarlavhasi.
8.Sana.
9.Hujjatga beriladigan shartli raqam (indeks).
10. Kelgan hujjatning sanasi va shartli raqamiga havola.
11. Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.
12.Hujjat loyihasini tayyorlagan bo‘linmaning shartli raqami.
13. Hujjatni oluvchi (adresat).
14. Tasdiqlash ustxati.
15. Munosabat belgisi (rezolutsiya).
16. Hujjat turining nomi.
17. Nazorat haqida qayd.
18. Matn.
19. Ilova mavjudligi haqida qayd.
20. Imzo.
21. Kelishuv ustxati.
22. Rozilik belgisi (viza).
23. Muhr.
24. Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd.
25. Ijrochining familiyasi va telefon raqami.