HUJJATCHILIK TARIXI (Hujjatchilik tarixi haqida umumiy ma’lumot, Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari, So‘g‘d hujjatlari va vasiqalar)
Yuklangan vaqt
2024-05-13
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
55,0 KB
Ilmiybaza.uz
HUJJATCHILIK TARIXI
Reja:
1. Hujjatchilik tarixi haqida umumiy ma’lumot.
2. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari.
3. So‘g‘d hujjatlari va vasiqalar.
Ilmiybaza.uz
Tayanch so‘z va iboralar: hujjatchilik, hujjat, ish qog‘ozlari, hujjatchilik
tarixi, ilk hujjatlar, tarixiy manbalar, tuzuklar, yangi alifbo va imlo, so‘g‘d
hujjatlari, vasiqalar.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida “Hujjat” so‘ziga quyidagicha izoh beriladi:
"Hujjat” arabcha so‘z bo‘lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi.
Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki
adabiyot ma’nosini ham ifodalaydi.
Ma’lumki, insoniyat tarixida yozuvning ixtiro qilinishi bilan bog‘liq ravishda
yozma nutqning vujudga kelishi hamda taraqqiy eta borishi asosida eng qadimgi
zamonlardan boshlab kishilik jamiyatida insonlarning o‘zaro turli-tuman
munosabatlarini aks ettiruvchi yozishmalar, solnomalar, hujjatlar, badiiy, ilmiy,
tarixiy asarlar yaratib kelingan. Hujjatlar kishilar, jamoalar o‘rtasidagi huquqiy
munosabatlarni tartibga solish, davlat ichidagi hamda davlatlararo ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy, harbiy sohalarda aloqalar o‘rnatish, hamkorlik
qilish, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantira borishlari uchun
xizmat qilib kelgan.
Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo‘lgan. X asr va undan
oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Hatto
M.Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U
elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog‘ozi, shuningdek, elchilarga
beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik”
asarida yorliq va noma ma’nosi o‘rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi
kunda faol qo‘llanishga o‘tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so‘zdan olingan.
Sho‘rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar tomonidan
olib borilgan izlanishlar natijasida ko‘pgina ma’lumotlarga ega bo‘lindi. Namangan
viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog‘il qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat
Ilmiybaza.uz
topilgan. Ular milliy so‘g‘d yozuvida bo‘lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy
qog‘ozlariga bitilgan.
Hujjatlar mazmunan huquqiy xarakterga ega. Bir turkumi diplomatik
aloqalarga oid bolib, arablarga qarshi harbiy kuchlarni birlashtirish masalasiga
bag‘ishlangan. Hujjatlarda buyruqlar, soliq va boj yig‘ish moliyaviy harajatlar
ro‘yxati va boshqalar aks etgan. Xorazm xarobalaridan esa charm va taxtachaga
yozilgan hujjatlar topilgan. Tuproqqal'a hayot bo‘lgan davrdagi xonadan
a'zolarining ro‘yxati, harbiy chaqiriq, soliq, jon-mol ro‘yxati, xo‘jalik asboblarining
olingani haqidagi tilxat qadimgi hujjatlardan darak beradi. Turkiy tillar mutaxassisi
S.E.Malov “Памятники древнетюркской письменности” (М-Л, 1951) asarida
qadimgi turkiy yozuvida XIII asrlarda bitilgan qadimgi hujjat (shikoyat, oldi- sotdi,
ijaraga qo‘yish, tilxat) namunalarini keltiradi.
Qimmatli ma’lumot beruvchi X asr olimi Abu Abdulloh al-Xorazmiy “Ilmlar
kaliti” asarining “arab” ilmlari qismida ish yuritish daftarlarini sharhlab, Samoniylar
davlatidagi soliq xillari va ularni yig‘ish yo‘li, hajmi, Sharq mamlakatlarining
hududlarida ishlatilgan og‘irlik hamda o‘lchov birliklarini keltiradi. Askarlar
ro‘yxati, beriladigan maosh, kiyim-kechak shakllarini keltiradi. O‘sha davrda
Markaziy Osiyoda keng tarqalgan o‘lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. Ular
boshqa manbalarda hozir uchramaydi.
“Eski uyg‘ur yozuvi” (Q.Sodiqov), «Древний Хорезм» (С.П.Толстой), «Ганчи,
ганчибоши в Кокандском ханстве» (А.Л.Тротская) kabi manbalarning ahamiyati
katta. Ma’lum bo‘lishicha, X-XIX asrlarda farmon, yorliq, noma, bitim, arznoma,
qarznoma, vasiqa, vaqfnoma, tilxat kabilar keng iste'molda bo‘lgan. Hozirgi kunda
vaqfnoma, vasiqa, noma, arznoma kabi hujjatlar tilimizda ishlatilmaydi. Manba
sifatida “Boburnoma” asarining o‘z o‘rni bor, chunki unda farmon, mirzo, sulh,
tamg‘a hatto ariza o‘rnida “arzadosh” qo‘llanilgan. Shuni qayd qilish mumkinki,
hozirgi kunda tilimizda tor ma’noga ega bo‘lgan “patta” so‘zi XlX asrda Qo‘qon
xonligida keng ishlatilgani ma’lum.
Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog‘ozlari qo‘llanilib
kelgan. Masalan: eramizdan avval bo‘lgan Bobil (Vavilion) davlatining 1792-1950-
Ilmiybaza.uz
yillar podshoxi Xammurapining buyrug‘i bilan tayyorlangan qonunlar majmuasi
mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kira “Они писали на глине”
(1984-у) asarida ma’lumot beradi. Qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo‘lib, u
basalt ustuniga qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik, savdo- sotiq,
iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar aks etgan. Bobil hozirgi Iroqning janubiga to‘g‘ri
keladi.
Davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab egalarining vazifalari, soliq
solish va uni to‘plash tartibi, harbiy yurishlar o‘tkazish, qo‘zg‘olonlarni bostirish
qoidalari bayon etilgan turk hoqonlarining “Qonunnoma”si, Xondamirning “Qonuni
Humoyun”i, Ro‘zbexoning “Suluk al-muluk” kitobi kabi noyob manbalar ham
turkiy
xalqlar
tarixida
hujjatchilik
an’analarining
qadimgi
davrlardan
boshlanganligini ko‘rsatadi. Qayd etib o‘tilgan tarixiy manbalardan tashqari
hoqonliklar, shohliklar, xonliklar, amirlik va bekliklarda yuritilgan farmonlar,
bitimlar, arznomalar, yorliq, tilxat, qarznoma va guvohnomalar kabi hujjatlarning
turli yozuvlarda tayyorlangan nusxalari, namunalari bizgacha yetib kelgan.
Davlatning ichki va tashqi siyosatida muhim o‘rin tutuvchi yorliqlar o‘rta asrlarda
alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Bunga To‘xtamishxonning 1393-yili polyak qiroli
Yagayloga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397-yilda berilgan yorlig‘i,
Umarshayxning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmadga 1469-yili taqdim etgan yorlig‘i,
Toshkent hokimi Yunusxonning 1797-yil 2-iyunda Rusiya podshosiga yuborgan
yorliqlari va boshqa shu kabi hujjatlarni misol tariqasida keltirish mumkin (2, 3-12-
b., 6, 85-90-b.).
Bizgacha yetib kelgan hujjatlar ichida eng muhimi va butun dunyoga tarqalib,
shohlar va sarkardalar, davlat arboblari uchun dasturilamal vazifasini o‘tab kelgan
noyob manba buyuk bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning “Temur
tuzuklari”dir. Tuzuklar o‘rta asrlar davlatchiligining asosiy qonuni sifatida mashhur
bo‘lib, unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi
va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipohiylarning maoshi, boj va
soliq to‘lash tartib-qoidalari, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va
qo‘shin boshliqlarining burch va vazifalari, vazirlar va boshqa mansabdorlarning
Ilmiybaza.uz
toj-u taxt oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlarini qay tarzda taqdirlash tartibi va
boshqa shu kabi muhim qoidalar o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, o‘sha davr
huquqni nazorat va muhofaza etuvchi mutasaddilar – qozilar tomonidan
tasdiqlangan meros mulkni taqsimlash, bolalarni hunar o‘rganish uchun shogirdlikka
berish, korxonalar, savdo do‘konlari, yer-suv hamda uy-joy, mol-mulkni sotish,
sotib olish yoki ijaraga berish, qullar mehnatidan foydalanish yoki ularni ozod etish,
oila, nikoh, taloq, sulh kabi qator huquqiy munosabatlar aksini topgan vasiqalar
to‘plamlari ham fikrimizni asoslaydi.
Hazrat sohibqiron Amir Temur va uning avlodlari tomonidan boshqarilgan
yurtlarda davlat ishlari turkiy (o‘zbek) tilda yuritilgan. Boburning “Boburnoma”
asari bundan yaqqol guvohlik beradi.
Bu o‘rinda, ayniqsa, sulton Husayn Boyqaro hukmronligi davrida alohida
e’tibor bilan qaralganligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ularning bu an’analari keyingi
asrlarda Buxoro, Qo‘qon, Xiva xonliklari tomonidan davom ettirildi.
Rossiyada hujjat yuritish IX-X asrlardan boshlangan. X asrga kelib
shartnomalarda muhrlar qo‘llana boshlagan. XlV asr oxirlaridan boshlab hujjatlar
qog‘ozlarda o‘z ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar Pyotr davrida “Dokument”
so‘zining ishlatila boshlaganidan darak beradi. U tor ma’noda shaxsni tasdiqlovchi
hujjat (pasport) o‘rnida ishlatilgan. Keng ma’noda – guvoh beruvchi, ibratli,
namunali, dadil, isbotlovchi ma’nosida qo‘llanilgan.
Turkiston Respublikasidan ajralib chiqqan O‘zbekiston respublikasi 1924-yil
31-dekabrda 48-raqamli “Ishlarni o‘zbek tilida yuritish” to‘g‘risida muhim qaror
qabul qildi. Qarorda butun boshqaruv idoralarida hamma rasmiy ish qog‘ozlari faqat
o‘zbek tilida yuritish, o‘zbekcha rasmiy hujjatlar tuzish, yo‘riqnomalarni tayyorlash
topshirildi. Qarorni hayotda qo‘llash uchun ishchi hay’at yuzaga keldi. Har bir
tashkilot, muassasa va idoralarda ish yuritish bo‘limlari tashkil qilindi. Qarorda
dekretga bepisand qarovchilarga chora ko‘rish kerakligi ta'kidlangan edi. Ish qog‘oz
namunalari maxsus tayyorlandi. Ammo 30-yillarda vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa 1938-
yilgi qabul qilingan “Об обязательном изучении русского языка” qaroridan keyin
Ilmiybaza.uz
milliy tillar, xususan, o‘zbek tilini cheklash siyosati boshlandi. Ish yuritish asosan,
rus tilida yuritiladigan bo‘ldi.
Nihoyat, 1989-yili O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”
qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida barcha rasmiy hujjatlar
o‘zbek tilida yozilishi kerak edi. 1995-yil 21-dekabrda qonunning yangi tahrir
qilingan variantida o‘zgartirish va qo‘shimchalar o‘z ifodasini topdi. Qonunning 8-
19-moddalarida ish yuritish o‘zbek tilida, shuningdek, ish qog‘ozlari rus hamda
boshqa tillarda tuzish va qabul qilish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu respublikada
milliy munosabatlarning barqarorligini ta'minlash bilan bog‘liq edi.
1995-yil 24-avgust 339-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi o‘zbek tilining
lotin imlosiga asoslangan yangi alifbo qoidalarini tasdiqladi. Ish qog‘ozlari yangi
alifboda qoidalarga rioya qilingan holda yoziladigan bo‘ldi.
Hujjatchilikning ijtimoiy hayotdagl o‘rni, takomillashuvi va kamchiliklari.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, ish yuritishning ijtimoiy hayotdagi o‘rni o‘zgacha
tus oldi. Hujjatlarni avval rus tilida belgilangan qolipda yozilgan bo‘lsa, ularni
o‘zbekona tayyorlash yo‘liga o‘tildi, e’tibor o‘zgardi. Rasmiy ish qog‘ozlarining
ahamiyati ortdi, chunki jamiyat bilan uning a'zolari o‘rtasidagi munosabat,
hatto davlatlar orasidagi aloqa, davlat tashkilotlari ichidagi qonun- qoidalar davlat
tilida keng yuritila boshlandi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 18-avgustda 424-son qaror qabul
qildi. Qaror tom ma’nodagi hujjatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo‘lida
muhim qadam bo‘ldi. 1999- yil 29-martda 140-son qaroriga ilova qabul qilinib, unda
ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma berildi.
Yo‘riqnomada umumiy qoidalar, shuningdek, hujjatlashtirish, kelgan xat-xabarlarni
qabul qilish va ro‘yxatga olish, jo‘natish, hujjatlarning ijrosi ustidan nazorat
tartiblari ko‘rsatilgan. Vazirlar Mahkamasining qarorlari so‘zsiz tom ma’nodagi
o‘zbek hujjatchiligini hozirgi kun talablari asosida shakllantirish va rivojlantirishda
maqsadga muvofiq ish bo‘ladi.
O‘zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda mavjud tajribalardan
foydalanish o‘rinli. Bunda. albatta o‘zbek tilining o‘z qonun-qoidalariga rioya qilish
Ilmiybaza.uz
kerak. Masalan, sana yozishda o‘zbek tilining tabiatga mos qilib avval yil keyin oy
“2007-yil 8-mart” deb yozish to‘g‘ri bo‘ladi. Hujjatlarni sof o‘zbek tilidagi
andozalarini yaratish, bular bilan bog‘liq atamalarning bir xilligiga erishish
takomillashtirishning muhim masalalaridan. Hujjatlar tuzish, ijro etish uslubi ustida
ish olib borish, Davlat bo‘yicha yagona nusxalarini ishlab chiqish shu kunning
dolzarb vazifasiga kiradi. Bu ishlarning sust borishida hujjatlarni tuzish yo‘llari,
shakli, tili, uslubini o‘rganuvchi va belgilab beruvchi ilmiy markazning yo‘qligi deb
hisoblash o‘rinli.
2-mashq. Berilgan matndan rasmiy uslubga xos so‘z va so‘z birikmalarini
ko‘chirib yozing.
Hozirgi davrda ish yuritishning “yuragi” kompyuter bo‘lib qolmoqda. Asosiy
hujjatlar kompyuterda yoziladi. Elektron pochta, faks orqali uzatiladi. Ish yuritishga
kompyuterlar
o‘tgan
asrning
60-yillarida
kirib
kelgan.
80-yillarda
avtomatlashtirilgan tizimga keng yo‘l ochilgan. Katta va kichik EHMIar boshqaruv
faoliyatida hujjatlarni ro‘yxatga olish, tekshirish, nazorat ishlarini o‘tkazish, saqlash,
hujjatlarni tayyorlashda muhim o‘rin egalladi. O‘zbekistonda kompyuterning keng
tusda hayotga kirib kelishi 2000-yillarning boshiga to‘g‘ri keladi. Faqatgina yuqori
idoralardagina ish yuritishda EHMdan foydalanish imkoniyati mavjud edi.
3-mashq. Hujjat so‘ziga sinkveyn tuzing.
1. Bir so‘z
2. Ikkita sifat
3. uchta fe’l
4. To‘rt so‘zdan iborat gap
5. Birinchi so‘zga sinonim
So‘g‘d hujjatlari va vasiqalar. Bizgacha yetib kelgan manbalar orasida VII
asr oxiri va VIII asr boshlarida Sug‘d podsholigi davriga tegishli 80 ga yaqin noyob
(Panjakent yaqinidagi Mug‘ tog‘ida joylashgan qadimgi qasr xarobalaridan topilgan
sug‘dcha) hujjatlar Sug‘d davlatida ish yuritishning ahvolidan darak bersa (3, 3-57-
b.), 800 ga yaqin hujjatlarni qamrab olgan “Vasiqalar to‘plami” 1588-1591-yillarda
Ilmiybaza.uz
Samarqanddagi tarixiy voqelikni, ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaqqol aks
ettiradi (4, 5-125-b.).
“Sug‘d arxivi”dagi sug‘dcha nikoh guvohnomasi 710-yilning 25-martida
yozilgan bo‘lib, unda turk zodagoni Uttakinning sug‘d ayoli Dug‘dgunchaga
uylanishi rasmiylashtirilgan hamda kelin bilan kuyovning vazifa, burch va
majburiyatlari bayon etilgan. Shuningdek, yer xarid qilish, tegirmonni ijaraga olish,
xarajatnoma va o‘zaro yozishmalardan iborat bir qator nodir hujjatlar So‘g‘d
podsholigi davrida xalq hayotining qanday bo‘lganligini o‘rganish uchun muhim
manba bo‘ladi.
“Vasiqalar to‘plami”dagi hujjatlarda esa meros mulkni taqsimlash, bolalarni
hunar o‘rganish uchun shogirdlikka berish, korxonalar, savdo do‘konlari, yer-suv
hamda uy-joy, mol-mulkni sotish, sotib olish yoki ijaraga berish, qullar mehnatidan
foydalanish, qullarni ozod etish, taloq, sulh kabi munosabatlar o‘sha davr huquqni
nazorat etuvchi mutasaddilari – qozilar tomonidan tasdiqlangan.
Amir Temur tuzgan qudratli davlat o‘rta asrlar ilm-fani, adabiyoti va san’ati
rivojiga katta yo‘l ochgani barchaga ayon. Amir Temur va uning avlodlari
tomonidan boshqarilgan yurtlarda davlat ishlari turkiy (o‘zbek) tilda yuritilgan.
Bunga, ayniqsa, Husayn Boyqaro hukmronligi davrida alohida e’tibor bilan
qaralgan. Ularning bu an’analari keyingi asrlarda Buxoro, Qo‘qon, Xiva xonliklari
tomonidan takomillashtirilib, rivojlantira borildi. Afsuski, XIX asrning oxiri XX
asrning boshlaridan e’tiboran ko‘p asrlar davomida shakllantirilib, rivojlantirilgan
bu an’analar davom ettirilmay to‘xtatib qo‘yildi.
Markaziy Osiyo, shu jumladan, O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan
bosib olinishi bilan butun mamlakatdagi boshqaruv-nazorat organlarida barcha
hujjatlar rus tilida yuritiladigan bo‘ldi. Mustabid tuzumga qarshi qaratilgan 1917-yil
oktabr to‘ntarishi ham bu sohada jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelmadi. 1924-
yilga kelib sobiq sho‘rolar davlati tarkibida O‘zbekiston Respublikasi tashkil topdi.
Shu yilning 31-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi inqilobiy komiteti “Ishlarni
o‘zbek tilida yurgizish hamda O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti
huzurida markaziy yerlashtirish hay’ati va mahallalarda muzofot yerlashtirish
Ilmiybaza.uz
hay’atlari tuzilishi to‘g‘risida” 48-raqamli qaror qabul qildi. Unda hukumat,
kooperativ, xo‘jalik idoralari, muassasa, tashkilot va korxonalarda butun yozuv
ishlarini faqat o‘zbek tilida yurgizishga majbur etish vazifasi qo‘yilgan edi.
1928-yilga kelib “Davlat idoralarini o‘zbeklashtirish” hamda “O‘zbekiston
Respublikasida idora, korxona va tashkilotlari ishchi xodimlarini o‘zbek tiliga
majburiy o‘rgatish to‘g‘risida” ikkita tarixiy qaror qabul qilinadi. Ularda davlat
idoralarini o‘zbeklashtirish Markaziy Komissiyasiga idoralarda ish yuritish
hujjatlarini mahalliy va rus tiliga o‘tkazish, idoralarni asta-sekin ikki tilni biladigan
xodimlar bilan to‘ldirish, o‘zbek tilini o‘rganish uchun bir, ikki, uch yillik
to‘garaklar tashkil etish vazifasi yuklatilgan edi. Idora va muassasalarga 1929-yil 1-
oktabrdan boshlab o‘zbek tilini bilmaydigan xodimlarni ishga olmaslik, o‘zbek tilini
mensimagan yoki unga nisbatan g‘ayri munosabatda bo‘ladiganlarni o‘zbek tilini
biladigan xodimlar bilan almashtirish huquqi berilgan edi.
Qudratulla OMONOV,
filologiya fanlari nomzodi (Sharq yulduzi, 2011–3).
1931-yili O‘zR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Soveti
tomonidan idoralarni o‘zbeklashtirish to‘g‘risida yana bir qaror qabul qilinib, unda
1933-yil 1-aprelgacha butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘ta muhim bu ishni tugallash
belgilangan edi. Ming afsuski, qisqa muddat ichida ketma-ket qabul qilingan bu
qarorlarning birortasi ham hayotga tatbiq etilmasdan qog‘ozlarda qolib ketdi.
Mamlakatda nafaqat ziyolilar, balki ozgina mustaqil fikrlashi mumkin bo‘lgan
dehqon-u ishchilarga qarshi qaratilib, takror-takror o‘tkazilgan qatag‘on qirg‘inlari,
mash’um ikkinchi jahon urushi, millionlab begunoh insonlar yostig‘ini quritgan
shaxsga sig‘inish davri, talon-tarojliklar avjiga chiqqan turg‘unlik yillari sobiq
shurolar davlati tarkibida bo‘lgan, nomigagina teng huquqli hisoblangan
respublikalarning milliy tillariga bo‘lgan eskicha – o‘gay munosabatlarni
mustahkamlab keldi, xolos. Hujjatlarning “bepoyon yurt”ning barcha nuqtalarida
faqat rus tilida yuritilishi, qariyb 130 yil davomida hukm surgan mustamlakachilik
munosabatlari va tazyiqlar natijasida o‘zbeklar yurtida asrlar davomida shakllangan
ish yuritish va hujjatchilik sohasida uzilish yuz berishiga olib keldi. Ish yuritish
Ilmiybaza.uz
borasidagi an’analar davom etmay qoldi. Eng achinarlisi, o‘zbek tili o‘z nomi bilan
ataladigan respublikada bir chekkaga surib qo‘yildi. Rus tilini bilish baynalmilallik
belgisi qilib qo‘yilgani holda o‘zbek tilini bilish, unda gapirishni talab etish esa
millatchilik deb hisoblanadigan darajaga yetdi. Natijada nafaqat og‘zaki nutqimizda,
hatto adabiy tilimizda ham spravka, akt, protokol, instruksiya, dogovor,
avtobiografiya, otchot, raport, xarakteristika, rekomendatsiya, retsenziya kabi ish
yuritish va hujjatchilikka oid ko‘plab atamalarning qo‘llanishi odatiy holga aylandi.
Oʻzbek tili rasmiy uslubining ildizlari uzoq oʻtmishga ega. Bu teran ildizlar
turkiy davlatchilik tarixi bilan uzviy bogʻliq; hujjatchilik ishi – davlatchilik tarixi
bilan izma-iz yuradi. Har bir davlat oʻz hududida ish yuritish qogʻozlari hamda
boshqaruv ishlari, qolaversa, yondosh ellar bilan qoʻshnichilik aloqalarini oʻz tilida
boʻlishini istaydi. Ayni holat, davlatning oʻzligini namoyon etuvchi muhim
belgilardan biri sanaladi. Oʻzbek davlatchiligi tarixida ham hujjatchilik ishlarining
koʻproq ona tilida olib borilganligining sababi ham ana shunda. Ushbu siyosiy,
tarixiy va lingvistik jarayonlar turkiy hujjatlar uslubining toʻla-toʻkis, mukammal bir
qolipda shakllanuvi, turkiy rasmiy yozmalari uslubning ravnaqiga keng yoʻl ochib
bergan.
Ajdodlarimiz oʻzaro huquqiy munosabatlarini qayd etishga alohida eʼtibor
berganlar. Shu bois, oʻtmish yozma merosimizning anchayin katta qismini rasmiy
matnlar tashkil etadi.
Ilk va oʻrta asrlardan bizga qadar yetib kelgan rasmiy matnlar,
ajdodlarimizning ish yurituvchilik sohasidagi yozma nutq madaniyati hamda rasmiy
doiralarda qoʻllanilgan adabiy meʼyor va ularning huquqiy ongini koʻrsatuvchi eng
ishonchli dalillardir.
Rasmiy matn uslubi yoʻnalishida tadqiqot olib borish, avvalo, uning leksikasiga
eʼtibor qaratishni taqqozo etadi. Ayonki, soʻz matn anglashning oʻzagidir.
Soʻzga uslub jihatdan yondashuv fikrni aniq ifodalashga koʻmak beruvchi soʻz
tanlash zaruriyatini paydo etadi. Muallif tomonidan soʻzning toʻgʻri tanlangani faqat
uslub alomatlari boʻlib qolmay, matnning axborot tashish qimmatini oshirib,
mazmun taʼsirini kuchaytiradi. Soʻzni oʻrinsiz tanlash esa, fikrni anglatishda
Ilmiybaza.uz
qiyinchilik keltirib chiqarish barobarida, mantiqiy xatoliklarga ham sabab boʻladi.
Bu masalada ajdodlarimiz tomonidan rasmiy matnlarda soʻz qatʼiy oʻz anglamida
ishlatilganini koʻramiz. Agar matndagi soʻzni oʻzgartirishga harakat qilinsa, matn
tashigan maʼno butunlay oʻzgarganday taassurot qoldiradi.
Rasmiy matnda soʻz tanlashda katta ahamiyat berilgan. Davlat institutlari –
devonga tegishli ish yozmalari bilan shugʻullanuvchi masʼul xodimlar “alimgʻa”,
“yozgʻuchi” va “bitigchi” deb atalgan. Ularning mashaqqatli mehnatidan darak
beruvchi ayrim matnlarni koʻzdan kechirganda, hujjat tuzuvchilar matn bitish
jarayonida har bir soʻzni oʻrnida, kerakli qurshovda ishlatilishiga katta eʼtibor
qilishganiga guvoh boʻlamiz. Shuningdek, bizga qadar yetib kelgan tegishli
vasiqalarning ayrimlari hujjat tuzish ishini oʻrganayotgan oʻquvchilarning
bitiklaridir. Ular diqqat bilan koʻzdan kechirilsa, hujjat matnida koʻp qaytariluvchi
boʻlimlar, kanselyarizm, qolipli birliklar, formulyarlarni mashq qilinganini, ayrim
soʻz va birliklar oʻchirib tashlanganini koʻrish mumkin.
Chunonchi, ayni kezda, Berlin fanlar akademiyasining fondida U belgisi ostida
oʻn mingga yaqin turkiyda bitilgan matnlar saqlanadi. Ana shu matnlarning
aksariyatini huquqiy yozmalar tashkil etadi. Ayni fonddagi U 5534 raqam ostida
saqlanayotgan yozmada vasiqalarning boshlanmasidan oʻrin oluvchi kishi otlari
yozilishi kerak boʻlgan qator oʻchirib tashlangan.
Shuningdek, kishilar oʻrtasidagi oldi-berdi munosabatlarni qayd etish
maqsadida tuzilgan hujjatlarning mazmuni va ulardagi soʻz tanlash meʼyoriga hujjat
bitgan kishi hamda huquqiy munosabatni amalga oshirayotgan tomonlar, unga
guvoh sifatida qatnashgan shaxslar masʼul boʻlgan. Odatda, hujjatda amalga
oshirilayotgan oldi-berdi munosabatiga huquqiy tus berish uchun ikki kishi guvoh
sifatida qatnashgan. Biroq, alohida holatlarda toʻrt kishigacha xolis sifatida ishtirok
Ilmiybaza.uz
etishi mumkin hisoblanadi. Shu bois, hujjat tugallanmasida uni bitgan kishining oti,
guvohlar nomi, yozma rasmiy tomonlardan kimning soʻzi bilan yozilgani va necha
qayta tomonlarga oʻqib berilgani qayd etilgan band mavjud boʻladi. Shu oʻrinda, yer
oldi-sotdisiga bagʻishlangan U 5239 sonli vasiqaning tugallanmasiga eʼtibor
qaratsak:
Bu nishon men Toʻlak Temurning-ul.
Bu nishon men Buyan Temurning-ul.
Bu nishon men tanuq Karayning-ul.
Bu nishon men tanuq Temur Buqaning-ul.
Bu bitigni men Buyan Temur oʻz iligin bitiyu tegintim.
Bu belgi men Toʻlak Temurningdir.
Bu belgi men Buyan Temurningdir.
Bu belgi men, guvoh Karayningdir.
Bu belgi men, guvoh Temur Buqaningdir.
Bu hujjatni men Buyan Temur oʻz qoʻlim bilan yozdim.
Bu singari tugallanma barcha vasiqalarning ajralmas komponenti sifatida
doimo mavjud boʻlgan.
Baʼzi fuqarolarga tegishli hujjatlarda ayrim soʻzlar oʻchirilib, oʻrniga boshqasi
yozilgan, tahrir qilingan, tuzatilgan rasmiy matnlar ham uchraydi. Masalan, U 5260
raqamli hujjat qarzga sharob olingani toʻgʻrisidadir. Ana shu yozmaning uchinchi
qatorida qarzga olingan sharobning miqdori yarim boʻr hajmida koʻrsatilgan
birikma
mavjud
boʻlib,
ustida
yana
ham
aniq
boʻlishini
taʼminlash
maqsadida qap hisob soʻzi kiritilgan va yarim qap boʻr koʻrinishiga keltirilib tahrir
etilgan:
Ilmiybaza.uz
Ana shu tuzatishdan soʻng sharobning miqdori aniqlashib, Turin Baqshidin
yarim qap boʻr koʻrinishiga kelgan. Yoki U 3907 sonli vasiqada jumla tahrir
qilingandan soʻng uning ustiga tamgʻa bosilgan:
Buni hujjat bitilayotgan vaqtning oʻzida tuzatish kiritilganiga ishora sifatida
qabul qilish mumkin.
Bizningcha, bu xil hujjatlarning borligi matn yakunlangandan soʻng
tomonlarga oʻqib berish jarayonida, ayrim soʻz va jumlalar tomonlarning eʼtiroziga
sabab boʻlganini koʻrsatadi. Ana shu soʻz va jumlalar oʻchirilib boshqasi bilan
almashtirilgan boʻlishi mumkin. Shundan soʻng hujjat imzolanib, tasdiqlangan va
oldi-berdi munosabatiga huquqiy tus berilgan. Fuqarolarga tegishli hujjatlar bilan
bogʻliq ushbu dalillar ajdodlarimiz rasmiy yozmalari tahriri bilan oʻzlari
shugʻullanganini, oʻsha kezlarda rasmiy yozishmalarning muayyan meʼyori yaxshi
shakllangani, rasmiy yozmalar uslubi jamiyatga oʻrnashgani, kishilarning aksari
faqat oʻqish va yozish savodidan tashqari, rasmiy yozishmalar tuzish layoqatini,
yaʼni, huquqiy savodxonlikni ham oʻzlashtirganini koʻrsatmoqda. Bularning bari
oʻsha kezlarda hujjat bitish qonun-qoidalaridan saboq beruvi muayyan maktablar
faoliyat olib borgan boʻlishi mumkin, degan mulohazaga asos boʻladi.
Shu
oʻrinda,
ajdodlarimizning
huquqiy
tafakkuri
toʻgʻrisida
nemis
sharqshunosi Le Kokning fikrini keltirish oʻrinli boʻladi. U yozadi: “Rasmiy
yozmalarning salmoqli boʻlagida oldi-berdi munosabatiga kirishayotgan kishilardan
biri shaxsan, oʻz qoʻli bilan hujjatni tuzganligi ochiq koʻrsatilgan. Hujjatlarning
tuzish jarayonini biror-bir huquqshunos yoki notarius nazorat qilgani rasmiy
matnning hech qayerda qayd etilmaydi. Bundan kelib chiqadigan muhim xulosa
shuki, hujjat tuzishning yoʻl-yoʻriqlari va unda qoʻllaniluvchi huquqiy formulyarlar
jamiyatning barcha qatlami kishilari tomonidan oʻzlashtirilgan koʻrinadi. Turkiy
hujjatlarning bitilgan vaqti Yevropadagi salb yurishlaridan oldingi va keyingi davrga
toʻgʻri keladi. Oʻsha kezlarda yevropalik oliynasab feodallardan qanchasi buning
singari rasmiy yozmalarni risoladagidek tuza olish layoqatiga ega boʻlgan. Shunday
Ilmiybaza.uz
qilib, ayni turkiylar, oʻsha chogʻlarda huquqiy savodxonlik jihatidan ustun ekani
hammaga ayon boʻlmoqda”.
Ilk oʻrta asrlarning rasmiy yozmalari nashri bilan bogʻliq oʻta muhim masala
xususida bir ogʻiz soʻz. Tariximizda kechgan davlatlarning boshqaruv tizimi,
qonunchiligi, ijtimoiy-iqtisodiy, xoʻjalik va siyosiy hayotidan soʻzlovchi nodir
hujjatlarning katta qismi oʻtgan asrning birinchi choragida nashr etilgan. Endilikda,
qadimgi rasmiy matnlarni tadqiq etish sohasida toʻplangan tajribalarni qoʻllagan
holda, qadimiy yozuvlarimizda bitilgan koʻhna rasmiy yozmalarning barini
mujassamlashtirib, bir tadqiqot doirasida jamlab qayta chop etishning vaqti keldi.
Ana shunday yoʻnalishdagi ilmiy ish – ilk va oʻrta asrlardagi oʻzbek
davlatchiligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tarixi, qoʻshni ellar bilan diplomatik
munosabatlar kechmishi, qonunchilik tizimining shakllanishi, oʻlkamizda bojxona
va soliq xizmatlarining yuzaga kelish tarixini oʻrganishda, shuningdek, ajdodlarimiz
bunyod etgan saltanatlarda ona tilimizning huquqiy maqomini belgilashda qimmatli
maʼlumotlar beradi.
KERAKLI ADABIYOTLAR:
1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. –
Toshkent, 2000.
2. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi.
INTERNETdagi manzili: www.samdu.uz.files/web/index.htm.
3. Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik. Uslubiy qo‘llanma.
Tuzuvchi: Boltayev M. – Samarqand: SamDU, 2007.
4. Mahmudov N. va bosh. Ish yuritish asoslari. – Toshkent: O‘zME davlat ilmiy
nashriyoti, 2006.
5. Sanaqulov U., Abdiyev M., Qurbonov A. O‘zbek tilida ish yuritish asoslari.-
Samarqand, 2014.
6. Абдиев М. Соҳавий терминологиянинг систем таҳлили муаммолари. –
Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти. 2004.
7. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent,
2015.
Ilmiybaza.uz
8. To‘xliyev N. Ish yuritish. – Toshkent, 2017.
9. Abdiyev M., Umarov Y. Ish yuritish. – Samarqand, 2018.