HUJJATLAR TAYYORLASHDA PUNKTUATSIYANING AHAMIYATI (Punktuatsiya haqida tushuncha, O‘zbek punktuatsiyasining tarixiga doir, Punktuatsiyaning tilshunoslikning sohalari bilan aloqasi)
Yuklangan vaqt
2024-05-23
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
24,1 KB
Ilmiybaza.uz
HUJJATLAR TAYYORLASHDA PUNKTUATSIYANING AHAMIYATI
REJA:
1. Punktuatsiya haqida tushuncha.
2. O‘zbek punktuatsiyasining tarixiga doir.
3. Punktuatsiyaning tilshunoslikning sohalari bilan aloqasi.
4. O‘zbek punktuatsiyasining asos va tamoyillari.
Punktuatsiya termini lotincha punctum so‘zidan olingan bo‘lib, aslda
nuqta, o‘rin, joy tushunchalari bilan bog‘langan bo‘lsa ham, tilshu-noslikda nutq
oqimidagi intonatsion-prasodik to‘xtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli
belgilar yig‘indisini (tinish belgilarini) anglatadi.
Punktuatsiya
tilshunoslikning
bir
sohasi
bo‘lib,
tinish
belgilari
(punktorgramma)
va
ularning
qo‘llanish
qonun-qoidalarini
o‘rgatadi.
Punktogramma muayyan yozuv tizimi (grafika) ning uzviy qismi bo‘lib, yozma
nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan, raqamlar, harflar, diakritik va
transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin bo‘lma-gan tomonlarini aniq
belgilashda muhim ahamiyatga egadir.
Tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni
ixchamlashda,
gap
qismlarining
o‘zaro
logik-grammatik
munosabatlarini
ko‘rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan,
yozuvchiga o‘z yozma nutqini aniq, to‘g‘ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa,
ikkinchi tomondan, o‘quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek,
yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi; bir tinish
belgi yozuvchi tomonidan qanday ma’no va vazifada qo‘llangan bo‘lsa, mazkur
tinish belgi o‘quvchi tomonidan ham xuddi shunday vazifada tushuniladi.
Demak, tinish belgilari "Yozma nutqning tushunilishini osonlashti-rish uchun
Ilmiybaza.uz
qo‘llaniladi" (Baduen de Kurtene) va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish
belgilarining o‘rinli qo‘llanmasligi ma’lum bir sintaktik qurilmani ham mazmun,
ham tuzilishii jihatidan o‘zgarib ketishiga olib keladi. Masalan, Afandi podshoga
qarab: Siz axmoq odam emassiz, – dedi (latifa) gapida axmoq so‘zidan keyin pauza
berilib (tire yoki vergul qo‘yilib) o‘qilsa, gap podshoning aklliligi haqida emas, balki
uning ham axmoq, ham yomon odamligi haqida boradi. Qir-adirda lola gulpar
ochilgan (U.) gapida lola so‘zidan keyin vergul qo‘yilmasa, faqat lolalar
ochilganligi; vergul qo‘yilsa, loladan tashqari boshqa gullar ham ochilganligi
anglashiladi.
Tinish belgilari yozuvdan keyin paydo bo‘lgan. Qadimgi yozuvlar
piktografik (rasm yozuv), logografik (so‘z yozuv) shakllarida bo‘lganli-gidan,
punktuatsiyaga extiyoj sezilmagan. Punktuatsiya yozuvning keyingi taraqqiyotida
shakllana boshlagan.
Yozuvning sintetik usulidan analitik yozuv usuliga o‘tilishi, endi yozuvda
grafemalarni – belgilarni ajratish, bir harfli so‘zni ko‘p harfli so‘zdan, so‘zni so‘zdan
ajratish ehtiyojining tug‘ilishi, fikrni mantiqli bayon qilish, maqsadni to‘g‘ri
ifodalash zaruriyati kabilar bora-bora yozuvga ayrim ishoralarning kiritilishiga olib
keldi. Qadimgi yozma matnlarda so‘zlar: a) bo‘sh joy, interval (oraliq masofa), b)
nuqtalar, v) ayrim belgilar (masalan, qizil rang) vositasida ajratilgan.
O‘rta Osiyoning qadimgi yozuvlarida ham (oromiy, turkiy runik kabi)
ajratuvchi belgilar saqlangan, ancha faol qo‘llanilgan, bularni shartli ravishda
qadimgi yozuvlarga xos «punktuatsion» belgilar deyish mumkin.
O‘rta Osiyoda arab yozuvi maydonga kelgandan keyin, oromiy, turkiy runik kabi
yozuvlardagi mavjud an'anaviy yozuv tizimi buziladi. Arab grafikasida yozuvning
yordamchi elementi sifatida: a) ta’kid belgi-lari" – tik to‘g‘ri chiziq, qizil va oq-qora
ranglar; b) "ma’no belgilari" – "Qur'on"dagi turish va determinativlar; v) "bezak
belgilari" qo‘llangan.
Demak, XIX asrning II yarmigacha arab grafikasidagi o‘zbek yozu-vida
tinish belgilari bo‘lmagan. O‘zbek punktuatsiya tarixi, asosan, XIX asrning II
yarmidan keyin boshlanganki, buning ob'yektiv va sub'yektiv tarixiy sabablari bor:
1. XIX asrning II yarmida O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan istilo qilinishi
O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatining, jumladan, o‘zbek xalqi madaniyatining
rivojlanishida omil bo‘ldi. Rossiya va u orqali boshqa Yevropa xalqlari bilan bo‘lgan
turli xil madaniy aloqalar yozuvda ham o‘z ifodasini topadi.
2. XIX asrning II yarmida O‘rta Osiyoda poligrafiyaning vujudga kelishi:
bosmaxonalar, nashriyotlarning paydo bo‘lishi, kitob, gazeta, jurnallarning nashr
etilishi, o‘zbek adabiy tilining matbuot tili darajasiga ko‘tarilishi yozuv