Mavzu : ”HUNAR-HUNARDAN RIZQING UNAR”
Darsning maqsadi: ta’limiy:” HUNAR-HUNARDAN RIZQING
UNAR” bo’limining barcha mavzularini takrorlash. Kasb-hunar haqida
tushuncha berish va ularning turlari bilan tanishtirish. Fan-texnika
taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan kasblar bilan tanishtirish. Oila
a’zolarining kasb-hunarlari haqida bo‘lgan olgan bilimlarini boyitish.
F.k.1 o‘rganilgan mavzular doirasida bayon va bolalar yozuvchilari,
ularning asarlari nomini yoza oladi; o‘qish uchun kitoblar (badiiy asar
namunalari)ni mustaqil tanlay oladi.
Tarbiyaviy: O`quvchilarda ajdodlarimiz bilan faxrlanish hissini
tarbiyalash. T.k.3. milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash;
Rivojlantiruvchi: O`qish ko‘nikmalarini takomillashtirish, o‘quvchi
nutqiga istilochi, Xusayn, mutolaa, yarog‘ kabi so‘zlarni kiritish, qayta
hikoyalash asosida bog‘lanishli nutqini o‘stirish. F.k.2. matndagi so‘z va
so‘z birikmalarining ma’nolarini hamda gaplarni tushuna oladi
Darsning turi: Takrorlash va umumlashtirish darsi.
Darsning metodi:Ifodali o’qish, aqliy hujum, suhbat, izlanish
metodi,musobaqa,mozaika
Darsning jihozi:Rebuslar to‘plami, savolli kartochkalar, tarqatma
materiallar,gul maketi,kasb-hunarlar rasmi,
Kulolchilik
buyumlari,o’quvchilar
tayyorlagan
hunarmandchilik
namunalari
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni
darsga tayyorgarligini tekshirish.
II. O’tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va
o’quvchilarni baholash.
O'qituvchi darsni tashkillashtirib oladi. O'tgan darsda uyga berilgan
topshiriqning bajarilishi tekshiriladi. O'qituvchi topshiriqlarni to'g'ri
bajargan o'quvchilarni rag'batlantiradi va o'tilgan mavzuga oid savollar
beradi.
III. Yangi mavzuning bayoni: Bo`lim yuzasidan takrorlash
Sinf o’quvchilari ikki guruhga bo’linadi:Hunarmandlar va Ixtirochilar
1-topshiriq:Shu bo’limdagi “Hunarni sev” va “Bordir kulol amakim”
She’rlarini yoddan aytib, she’r mazmuniga ta’rif beradilar
Hunarmandlar guruhi:
Hunarni sev. Tolib Yo‘ldosh
1. Shoir yoshlarni nimaga chaqiryapti?
2. She'rda hunarga qanday ta'rif berilgan?
3. Siz kim bo'lmoqchisiz
4.Siz qanday kasb egasi bo`lmoqchisiz?
5.”Hunarli inson xor bo`lmas” maqolini siz qanday tushunasiz?
Nima uchun bir yigitga qirq hunar ham oz deyishadi? O`z so`zingiz
bilan izohlang.
Ixtirochilar guruhi:
Bordir kulol amakim. Obid
Rasul.
1.Kulol nimalar yasaydi ?
2.Idishlarni nimadan tayyorlaydi ?
3.Sizning xonadoninggizda spool idishlar bormi ?
4.U yasagan har idish xizmatdadir yoz-u qish,deganda nimani tushunasiz
?
2-Topshiriq