Husniхаt o’qitish texnologiyasi fanining mаqsаd vа vаzifаlаri.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

5

File size

Fayl hajmi

17,0 KB


Husniхаt o’qitish texnologiyasi fanining mаqsаd vа vаzifаlаri.
R e j a:
1. “Husniхаt o’qitish texnologiyasi” fanining maqsadi
2. “Husniхаt o’qitish texnologiyasi ” fanining vazifasi
3. “Husniхаt  o’qitish  texnologiyasi  ”  fanining  boshqa  fanlar  bilan
aloqasi.
“Husniхаt  o’qitish  texnologiyasi”  fanining  maqsadi.  “Kadrlar
tayyorlash  milliy  dasturi”,  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun  hamda  keyingi
yillarda  ta’lim  sohasida  qabul  va  e’lon  qilingan  qaror  hamda  buyruqlar
umumta’lim  maktablari,  xususan,  boshlang’ich  ta’lim  tizimini  tubdan
yangilashni, uning moddiy-texnik bazasini, o’qish va o’qitish usullarini 
milliy va xalqchillashtirish hamda standartlashtirish zarurligi, buning uchun
qator  muhim  vazifalarni  amalga  oshirish  yo’llarini  aniq  belgilab  berdi.
Davlatimiz  tomonidan  bu  masalaga  jiddiy  e’tibor  qaratilishi  bejiz  emas,
albatta. Yillar davomida boshlang’ich ta’limga begona ko’z, bir tomonlama,
sathiy  va  ikkinchi  darajadagi  ta’lim  turi  sifatida  qarash  bir  qator  jiddiy
muammolarni keltirib chiqardiki, ularning aniq va mantiqiy yechimini topmay
turib, ta’lim sifatini har jihatdan oshirish, uni jahon andazalari darajasiga
yetkazish  haqida  o’ylash  kulgilidir.  Qulayotgan  va  yo  nurab  borayotgan
binoning asosi - fundamentini qaytadan qo’ymay turib, mustahkam bino barpo
etib bo’lmaganidek, boshlang’ich ta’limni tubdan isloh etmay hamda yillar
davomida, o`gaylarcha munosabat natijasida uning oldida to’planib qolgan
talay muammolarning qisqa muddatlarda qulay va samarali yechimini topmay
ta’limning sifat darajasi borasida fikr yuritish, uni jahon ta’lim standartlari
Logotip
Husniхаt o’qitish texnologiyasi fanining mаqsаd vа vаzifаlаri. R e j a: 1. “Husniхаt o’qitish texnologiyasi” fanining maqsadi 2. “Husniхаt o’qitish texnologiyasi ” fanining vazifasi 3. “Husniхаt o’qitish texnologiyasi ” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. “Husniхаt o’qitish texnologiyasi” fanining maqsadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun hamda keyingi yillarda ta’lim sohasida qabul va e’lon qilingan qaror hamda buyruqlar umumta’lim maktablari, xususan, boshlang’ich ta’lim tizimini tubdan yangilashni, uning moddiy-texnik bazasini, o’qish va o’qitish usullarini milliy va xalqchillashtirish hamda standartlashtirish zarurligi, buning uchun qator muhim vazifalarni amalga oshirish yo’llarini aniq belgilab berdi. Davlatimiz tomonidan bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilishi bejiz emas, albatta. Yillar davomida boshlang’ich ta’limga begona ko’z, bir tomonlama, sathiy va ikkinchi darajadagi ta’lim turi sifatida qarash bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardiki, ularning aniq va mantiqiy yechimini topmay turib, ta’lim sifatini har jihatdan oshirish, uni jahon andazalari darajasiga yetkazish haqida o’ylash kulgilidir. Qulayotgan va yo nurab borayotgan binoning asosi - fundamentini qaytadan qo’ymay turib, mustahkam bino barpo etib bo’lmaganidek, boshlang’ich ta’limni tubdan isloh etmay hamda yillar davomida, o`gaylarcha munosabat natijasida uning oldida to’planib qolgan talay muammolarning qisqa muddatlarda qulay va samarali yechimini topmay ta’limning sifat darajasi borasida fikr yuritish, uni jahon ta’lim standartlari
darajasida  ko’tarish  u  yoqda  tursin,  hatto  bu  borada  orzu  qilish  ham
noo’rindir.
Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov birinchi chaqiriq
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  IX  sessiyasida  so’zlagan  nutqida
mazkur  muammoga  daxl  etib,  quyidagi  o’ta  dolzarb  va  mantiqiy  fikr  –
mulohazalarini shu soha mutaxassislari oldiga ko’ndalang qilib qo’ygan edi:
“Zamonaviy boshlang’ich ta’limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak? Bola
1-4- sinflarda qanday bilimga
 ega  bo’lishi  lozim?  Ularning  tarbiyasi  qanday  bo’lishi  kerak?  Shu
masalalarga javob topishimiz zarur”.
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilariga  chiroyli  yozuvni  o’rgatish
savodxonlikning  poydevori  hisoblanadi.  Boshlang’ich  sinfda  o’qitishdan
maqsad o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini ravon qilish hamda ularni
har  tomonlama  yetuk  insonlar  etib  tarbiyalash  bilan  bir  qatorda,  ularni
go’zallikka intiluvchi, uni yurakdan his qila oladigan go’zallikni yaratishga
intiladigan kishilar qilib voyaga yetkazishni nazarda tutadi.
Husnixatga o’rgatishdan asosiy maqsad kichik yoshdagi o’quvchilarga
yozishdek  murakkab  jarayonni  o’rgatish  orqali,  ularning  chiroyli  yozuv
malakalarini  rivojlantirishdan  iboratdir.  O’quv  fani  sifatida  husnixatning
oldiga  bir  qator  vazifalar  qo’yiladi.  Bu  vazifalar  ko’p  qirrali  bo’lib
o’quvchilarni aqliy rivojlantirishga, ularning atrof-muhit haqidagi bilimlarini
kengaytirishga, axloqiy va estetik didini tarbiyalashga, ongli o’qish va yozish
malakalarini  hamda  yozuv  daftarlari  bilan  ishlash  ko’nikmalarini
shakllantirishdan iborat. Mazkur vazifalarning barchasi o’zaro bog’liq holda
amalga oshiriladi. Ularni hal qilish zaruriy yozuv malakalarini egallashga
darslikda berilgan o’quvchilar saviyasiga mos nazariy va amaliy materiallar
uyg’unlashtirilib, o’zlashtirish ustida ishlashni maqsadga muvofiq uyushtirish,
shuningdek,  matnlar  sifatini,  topshiriqlar  xususiyatini  va  bolalar  aqliy
faoliyatining  oziga  xos  tomonlarini  belgilaydigan  qator  usuliy  shart-
sharoitlarga bog’liq.
Logotip
darajasida ko’tarish u yoqda tursin, hatto bu borada orzu qilish ham noo’rindir. Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqida mazkur muammoga daxl etib, quyidagi o’ta dolzarb va mantiqiy fikr – mulohazalarini shu soha mutaxassislari oldiga ko’ndalang qilib qo’ygan edi: “Zamonaviy boshlang’ich ta’limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak? Bola 1-4- sinflarda qanday bilimga ega bo’lishi lozim? Ularning tarbiyasi qanday bo’lishi kerak? Shu masalalarga javob topishimiz zarur”. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga chiroyli yozuvni o’rgatish savodxonlikning poydevori hisoblanadi. Boshlang’ich sinfda o’qitishdan maqsad o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini ravon qilish hamda ularni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash bilan bir qatorda, ularni go’zallikka intiluvchi, uni yurakdan his qila oladigan go’zallikni yaratishga intiladigan kishilar qilib voyaga yetkazishni nazarda tutadi. Husnixatga o’rgatishdan asosiy maqsad kichik yoshdagi o’quvchilarga yozishdek murakkab jarayonni o’rgatish orqali, ularning chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirishdan iboratdir. O’quv fani sifatida husnixatning oldiga bir qator vazifalar qo’yiladi. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib o’quvchilarni aqliy rivojlantirishga, ularning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirishga, axloqiy va estetik didini tarbiyalashga, ongli o’qish va yozish malakalarini hamda yozuv daftarlari bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur vazifalarning barchasi o’zaro bog’liq holda amalga oshiriladi. Ularni hal qilish zaruriy yozuv malakalarini egallashga darslikda berilgan o’quvchilar saviyasiga mos nazariy va amaliy materiallar uyg’unlashtirilib, o’zlashtirish ustida ishlashni maqsadga muvofiq uyushtirish, shuningdek, matnlar sifatini, topshiriqlar xususiyatini va bolalar aqliy faoliyatining oziga xos tomonlarini belgilaydigan qator usuliy shart- sharoitlarga bog’liq.
Bola kamolotining shakllanishi ko’p jihatdan chiroyli yozuvga bog’liq.
Chiroyli yozish orqali bolalar boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirish
imkoniga ega bo’ladilar.
Inson hayotida yozuv muhim o’rin tutadi, chunki u har kuni turli-tuman
qog’ozlar va hujjatlardan foydalanadi. Bularning hammasi chiroyli va bexato
yozishni  taqozo  etadi.  Ammo  qisqa  muddat  ichida  kichik  yoshdagi
o’quvchilarda chiroyli, tez va bexato yozish malakalarini o’stirish mumkin
emas, buning uchun bir necha yil talab etiladi. Chiroyli yozuvga o’rgatish
uchun  bolalarning  maktabga  qadam  qo’ygan  kunlaridan  boshlab  izchil
mashqlar asosida olib borish zarur.
Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning
shaklini to’g’ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda yozishga, so’zlarda harflarni
to’g’ri bog’lashga, so’zlarni qatorlar bo’ylab to’g’ri joylashtirishga o’rgatiladi.
Daftar chiziqlari birin-ketin almashuvi davomida harflarning qiyaligini va ular
o’rtasidagi  masofani  to’g’ri  saqlash,  kichik  va  bosh  harflarning  nisbatini
to’g’ri  chamalab  yozishga  o’rgatish  juda  muhimdir.  Husnixat  darslarida
ma’lum guruhga oid harflarni yozishga o’rgatish o’quvchilarda uchraydigan
ayrim tipik xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ham ish olib borish
lozim.  Yozuv  tezligi  oshishi  bilan  ayrim  bir-biriga  o’xshash  harflarning
shaklini buzib yozish hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish
kerak. Chiroyli yozuvga o’rgatishda daftardan to’g’ri foydalanishga alohida
e’tibor berish zarur. Ikki chiziqli daftardan bir chiziqli daftarga o’tganda,
o’quvchilar  oldiga  qator  vazifalar  qo’yiladi.  Chiroyli  yozuvga  o’rgatish
umumdidaktik qoidalar bilan birga, yozuv malakasini shakllantiruvchi o’ziga
xos qoidalarni ham o’z ichiga oladi.
“Husniхаt o‘qitish texnologiyasi ” fanining vazifasi. Talablarga yozuv,
chiroyli yozuv, yozuvning ahamiyati haqida; o’z dasxati ustida ishlash usullari
haqida;  boshlang’ich  ta’lim  o’quvchilarining  husnixatga  o’rgatishning
shartlari,  qoidalari,  metodlari,  tamoyillari,  harflarni  guruhlash  usullari,
husnixat darslarini rejalashtirish, husnixat darslarining tuzilishi, uni tashkil
qilish,  grafik  xatolarni  aniqlash  va  bartaraf  etish,  o’quvchilar  yozuvini
Logotip
Bola kamolotining shakllanishi ko’p jihatdan chiroyli yozuvga bog’liq. Chiroyli yozish orqali bolalar boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirish imkoniga ega bo’ladilar. Inson hayotida yozuv muhim o’rin tutadi, chunki u har kuni turli-tuman qog’ozlar va hujjatlardan foydalanadi. Bularning hammasi chiroyli va bexato yozishni taqozo etadi. Ammo qisqa muddat ichida kichik yoshdagi o’quvchilarda chiroyli, tez va bexato yozish malakalarini o’stirish mumkin emas, buning uchun bir necha yil talab etiladi. Chiroyli yozuvga o’rgatish uchun bolalarning maktabga qadam qo’ygan kunlaridan boshlab izchil mashqlar asosida olib borish zarur. Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to’g’ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda yozishga, so’zlarda harflarni to’g’ri bog’lashga, so’zlarni qatorlar bo’ylab to’g’ri joylashtirishga o’rgatiladi. Daftar chiziqlari birin-ketin almashuvi davomida harflarning qiyaligini va ular o’rtasidagi masofani to’g’ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to’g’ri chamalab yozishga o’rgatish juda muhimdir. Husnixat darslarida ma’lum guruhga oid harflarni yozishga o’rgatish o’quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ham ish olib borish lozim. Yozuv tezligi oshishi bilan ayrim bir-biriga o’xshash harflarning shaklini buzib yozish hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish kerak. Chiroyli yozuvga o’rgatishda daftardan to’g’ri foydalanishga alohida e’tibor berish zarur. Ikki chiziqli daftardan bir chiziqli daftarga o’tganda, o’quvchilar oldiga qator vazifalar qo’yiladi. Chiroyli yozuvga o’rgatish umumdidaktik qoidalar bilan birga, yozuv malakasini shakllantiruvchi o’ziga xos qoidalarni ham o’z ichiga oladi. “Husniхаt o‘qitish texnologiyasi ” fanining vazifasi. Talablarga yozuv, chiroyli yozuv, yozuvning ahamiyati haqida; o’z dasxati ustida ishlash usullari haqida; boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining husnixatga o’rgatishning shartlari, qoidalari, metodlari, tamoyillari, harflarni guruhlash usullari, husnixat darslarini rejalashtirish, husnixat darslarining tuzilishi, uni tashkil qilish, grafik xatolarni aniqlash va bartaraf etish, o’quvchilar yozuvini