Husnixat darslarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

200,4 KB


Husnixat darslarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish
Reja:
1.
Husnixat darslarida turli xildagi jadvallardan foydalanish.
2.
O’qituvchi  harf  va  uning  unsurlarini  o’quvchilarga  o’rgatish
metodikasi.
3.
Jadval turlari.
Logotip
Husnixat darslarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish Reja: 1. Husnixat darslarida turli xildagi jadvallardan foydalanish. 2. O’qituvchi harf va uning unsurlarini o’quvchilarga o’rgatish metodikasi. 3. Jadval turlari.
Husnixat  darslarida  turli  xildagi  jadvallardan  foydalanish.  Boshqa
darslarda bo’lgani kabi, husnixat mashg’ulotlarida ham ko’rgazma qurollardan
foydalaniladi. Bunda o’quvchilar harf va uning elementlarini to’liq va to’g’ri
o’zlashtirib oladilar.
Husnixat  mashg’ulotlarida  quyidagi  ko’rgazma  usullardan  foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
1. Harf va uning unsurlarini sinf taxtasi (doska)da yozib ko’rsatish.
2.  O’quvchilarning  daftarlarida  harf  va  uning  elementlarini  yozib
ko’rsatish.
3. Husnixat daftaridagi harflarga qarab yozdirish.
4. Turli xildagi jadvallardan foydalanish.
Bularning ichida harf va uning unsurlarini sinf taxtasida yozib ko’rsatish
asosiy  usul  hisoblanadi.  Agar  o’qituvchi  sinf  taxtasida  harf  va  uning
unsurlarini  chiroyli  va  aniq  yozib  ko’rsatsa,  o’quvchilar  ham  shunday
yozishga kirishadilar.
O’quvchilarda doskaga yozish malakasini hosil qilish uchun ularning
barmoq va qo’l harakatlari o’stirilib, harflarning nisbatini to’g’ri olish, bo’rni
to’g’ri ushlash hamda bir xil yo’g’onlikdagi chiziqlarni chizish o’rgatiladi.
Bunday  ko’nikmalar  hosil  qilingandan  so’ng  doskada  yozish  uchun
tayyorgarlik mashqlari o’tkaziladi. Bu mashqlarni bajarishdan oldin doskada
30x30  sm  li  kvadratlar  chizib  olinadi.  Shu  kvadratlarning  ichiga  to’g’ri
chiziqlar ko’z bilan chamalab chiziladi (rasmga qarang).
To’g’ri chiziqlarni chizish mashq qilingandan so’ng har xil
qiyaliklardan va aylanalar shaklidan iborat bo’lgan mashqlarga o’tiladi
(rasmga qarang).
Logotip
Husnixat darslarida turli xildagi jadvallardan foydalanish. Boshqa darslarda bo’lgani kabi, husnixat mashg’ulotlarida ham ko’rgazma qurollardan foydalaniladi. Bunda o’quvchilar harf va uning elementlarini to’liq va to’g’ri o’zlashtirib oladilar. Husnixat mashg’ulotlarida quyidagi ko’rgazma usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 1. Harf va uning unsurlarini sinf taxtasi (doska)da yozib ko’rsatish. 2. O’quvchilarning daftarlarida harf va uning elementlarini yozib ko’rsatish. 3. Husnixat daftaridagi harflarga qarab yozdirish. 4. Turli xildagi jadvallardan foydalanish. Bularning ichida harf va uning unsurlarini sinf taxtasida yozib ko’rsatish asosiy usul hisoblanadi. Agar o’qituvchi sinf taxtasida harf va uning unsurlarini chiroyli va aniq yozib ko’rsatsa, o’quvchilar ham shunday yozishga kirishadilar. O’quvchilarda doskaga yozish malakasini hosil qilish uchun ularning barmoq va qo’l harakatlari o’stirilib, harflarning nisbatini to’g’ri olish, bo’rni to’g’ri ushlash hamda bir xil yo’g’onlikdagi chiziqlarni chizish o’rgatiladi. Bunday ko’nikmalar hosil qilingandan so’ng doskada yozish uchun tayyorgarlik mashqlari o’tkaziladi. Bu mashqlarni bajarishdan oldin doskada 30x30 sm li kvadratlar chizib olinadi. Shu kvadratlarning ichiga to’g’ri chiziqlar ko’z bilan chamalab chiziladi (rasmga qarang). To’g’ri chiziqlarni chizish mashq qilingandan so’ng har xil qiyaliklardan va aylanalar shaklidan iborat bo’lgan mashqlarga o’tiladi (rasmga qarang).
 
Bunday mashqlarni bajarishda qo’lning harakatiga alohida e’tibor berish
zarur. Mazkur rasmlarni o’quvchilarning o’zlari dars boshlanishidan oldin
bajarishni mashq qilib ko’rishlari mumkin, chunki bu ularning qo’l harakatini
o’stirishga  yordam  beradi.  O’quvchilarga  harflarning  yozilish  usullarini
tushuntirishdan oldin harf unsurlarini «Husnixat» daftarida berilganidek sinf
taxtasida  yozib  ko’rsatish  lozim.  O’qituvchi  harf  va  uning  unsurlarini
o’quvchilarga o’rgatish uchun quyidagilarga ahamiyat berishi lozim.
1. O’qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan vaqtida shunday turishi kerakki,
sinf  taxtasiga  yozilayotgan  harf  yoki  uning  unsurlari  o’quvchilarga  aniq
ko’rinib tursin.
2. Harflarni oldindan (tanaffus vaqtida) yozib qo’ymaslik kerak, chunki
o’quvchilar  o’qituvchining  yozayotgandagi  qo’l  harakatlarini  ko’rmasalar,
harflarni ko’r-ko’rona ko’chirib oladilar.
Har bir harfning yozilishini o’quvchi to’g’ri o’zlashtirib olishi uchun dars
jarayonida tushuntirib, ko’rsatib yozish maqsadga muvofiqdir.
3. Sinf taxtasida harflarning bir tekis joylanishiga ahamiyat berish, sinf
taxtasining  to’g’ri  kelgan  yeridan  yoza  bermay,  hamma  o’quvchilarga
ko’rinarli bo’lgan eridan boshlash va harflarning kata-kichikligini doim bir
tekisda olib borish kerak.
Husnixat mashg’ulotlari uchun ishlangan ko’rgazma qurollarining harflari
sinf taxtasiga yozilgan harflardan kichik bo’lmasligi kerak. Jadvallarni 30x50
sm o’lchamda bajarish mumkin.
Ko’rsatilayotgan narsaning tasviriga, xarakteriga, yozilishiga yoki biron
mavzuni yoritib borishiga qarab jadvallarni quyidagi besh guruhga bo’lish
mumkin: 1) matnli; 2) raqamli; 3) grafik; 4) illyustratsiyali; 5) aralash.
Logotip
Bunday mashqlarni bajarishda qo’lning harakatiga alohida e’tibor berish zarur. Mazkur rasmlarni o’quvchilarning o’zlari dars boshlanishidan oldin bajarishni mashq qilib ko’rishlari mumkin, chunki bu ularning qo’l harakatini o’stirishga yordam beradi. O’quvchilarga harflarning yozilish usullarini tushuntirishdan oldin harf unsurlarini «Husnixat» daftarida berilganidek sinf taxtasida yozib ko’rsatish lozim. O’qituvchi harf va uning unsurlarini o’quvchilarga o’rgatish uchun quyidagilarga ahamiyat berishi lozim. 1. O’qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan vaqtida shunday turishi kerakki, sinf taxtasiga yozilayotgan harf yoki uning unsurlari o’quvchilarga aniq ko’rinib tursin. 2. Harflarni oldindan (tanaffus vaqtida) yozib qo’ymaslik kerak, chunki o’quvchilar o’qituvchining yozayotgandagi qo’l harakatlarini ko’rmasalar, harflarni ko’r-ko’rona ko’chirib oladilar. Har bir harfning yozilishini o’quvchi to’g’ri o’zlashtirib olishi uchun dars jarayonida tushuntirib, ko’rsatib yozish maqsadga muvofiqdir. 3. Sinf taxtasida harflarning bir tekis joylanishiga ahamiyat berish, sinf taxtasining to’g’ri kelgan yeridan yoza bermay, hamma o’quvchilarga ko’rinarli bo’lgan eridan boshlash va harflarning kata-kichikligini doim bir tekisda olib borish kerak. Husnixat mashg’ulotlari uchun ishlangan ko’rgazma qurollarining harflari sinf taxtasiga yozilgan harflardan kichik bo’lmasligi kerak. Jadvallarni 30x50 sm o’lchamda bajarish mumkin. Ko’rsatilayotgan narsaning tasviriga, xarakteriga, yozilishiga yoki biron mavzuni yoritib borishiga qarab jadvallarni quyidagi besh guruhga bo’lish mumkin: 1) matnli; 2) raqamli; 3) grafik; 4) illyustratsiyali; 5) aralash.
 
Ayrim  o’qituvchilar  ko’rgazma  qurollarning  turlariga  yetarli  e’tibor
bermaydilar  hamda ularning bir-biridan yaxshi  ajrata olmaydilar. Har bir
jadval o’z spetsifikasiga qarab ishlanadi va alohida bir vazifani bajaradi,
shuning uchun ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Quyida
har bir jadvalning vazifasi bilan tanishib chiqamiz.
1.Tekstli jadvallar. Bu jadval bir yoki bir necha alohida harflar, so’zlar,
gaplardan tuziladi. Boshlang’ich sinfda tayyorlanadigan tekstli jadvalga misol
qilib grammatika va orfografiyadan ishlangan jadvallarni ko’rsatish mumkin.
2. Raqamli jadvallar. Bu jadval raqamlardan yoki raqamli materiallardan
tuziladi.  Raqamli  jadvallarga  misol  qilib  ko’paytirish,  og’zaki  hisoblash,
sonlar qatori jadvallarini ko’rsatish mumkin.
3. Grafik jadvallar. Grafik jadval qator shartli belgilar: chizmalarning
sxemalari, diagramma va rasmlardan iborat bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda
bunday  jadvallarga  misol  qilib  maydonlarning  o’lchamlari,  jismlarning
hajmlarini o’lchash va ayrim rasmlarni ko’rsatish mumkin.
4. Illyustratsiyali jadvallar. Bunday jadvallar alohida rasmlar, portretlar
va fotorasmlardan iborat bo’ladi.
Bunga  misol  qilib  anatomik  rasmlar,  o’lchov  birligi  jadvallari  va
boshqalarni olish mumkin.
5. Aralash jadvallar. O’quv jadvallarini asosiy yo’llanmalariga qarab,
quyidagi to’rt guruhga bo’lish mumkin: a) bilish; b) tushuntirish; d) mashq
qilish; e) ma’lumot berish.
Bilish  jadvali.  Bunday  jadvallar  o’qituvchi  yangi  materialni
tushuntirayotgan vaqtda qo’llaniladi.
Tushuntirish  jadvali.  Bunday  jadvallardan  o’quvchilar  tomonidan
bajarilayotgan ba’zi bir amaliy mashg’ulot yoki ularda amaliy mashg’ulot
xarakteridagi  malakalarni  hosil  qilishda  foydalaniladi.  Bu  jadval  qisqa
tushuntirishlar,  ko’rsatmalar  bilan  berilgan  rasm  va  chizmalardan  iborat
bo’ladi. Bunday jadvallarga «Partada to’g’ri o’tir», «Chiroyli va toza yoz»,
«Ruchkani to’g’ri ushla» kabi chizmalar misol bo’la oladi.
Mashq qildirish jadvali. Boshlang’ich sinflarda bolalarga kundalik hayot
uchun  zarur  bo’lgan  bilim  va  malakalar  berib  boriladi.  Shunday  zarur
Logotip
Ayrim o’qituvchilar ko’rgazma qurollarning turlariga yetarli e’tibor bermaydilar hamda ularning bir-biridan yaxshi ajrata olmaydilar. Har bir jadval o’z spetsifikasiga qarab ishlanadi va alohida bir vazifani bajaradi, shuning uchun ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Quyida har bir jadvalning vazifasi bilan tanishib chiqamiz. 1.Tekstli jadvallar. Bu jadval bir yoki bir necha alohida harflar, so’zlar, gaplardan tuziladi. Boshlang’ich sinfda tayyorlanadigan tekstli jadvalga misol qilib grammatika va orfografiyadan ishlangan jadvallarni ko’rsatish mumkin. 2. Raqamli jadvallar. Bu jadval raqamlardan yoki raqamli materiallardan tuziladi. Raqamli jadvallarga misol qilib ko’paytirish, og’zaki hisoblash, sonlar qatori jadvallarini ko’rsatish mumkin. 3. Grafik jadvallar. Grafik jadval qator shartli belgilar: chizmalarning sxemalari, diagramma va rasmlardan iborat bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda bunday jadvallarga misol qilib maydonlarning o’lchamlari, jismlarning hajmlarini o’lchash va ayrim rasmlarni ko’rsatish mumkin. 4. Illyustratsiyali jadvallar. Bunday jadvallar alohida rasmlar, portretlar va fotorasmlardan iborat bo’ladi. Bunga misol qilib anatomik rasmlar, o’lchov birligi jadvallari va boshqalarni olish mumkin. 5. Aralash jadvallar. O’quv jadvallarini asosiy yo’llanmalariga qarab, quyidagi to’rt guruhga bo’lish mumkin: a) bilish; b) tushuntirish; d) mashq qilish; e) ma’lumot berish. Bilish jadvali. Bunday jadvallar o’qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan vaqtda qo’llaniladi. Tushuntirish jadvali. Bunday jadvallardan o’quvchilar tomonidan bajarilayotgan ba’zi bir amaliy mashg’ulot yoki ularda amaliy mashg’ulot xarakteridagi malakalarni hosil qilishda foydalaniladi. Bu jadval qisqa tushuntirishlar, ko’rsatmalar bilan berilgan rasm va chizmalardan iborat bo’ladi. Bunday jadvallarga «Partada to’g’ri o’tir», «Chiroyli va toza yoz», «Ruchkani to’g’ri ushla» kabi chizmalar misol bo’la oladi. Mashq qildirish jadvali. Boshlang’ich sinflarda bolalarga kundalik hayot uchun zarur bo’lgan bilim va malakalar berib boriladi. Shunday zarur