Husnixat darslarini tashkil etishga qo‘yiladigan tashkiliy va metodik
talablar.
R e j a:
1.
Sinfda o’quvchilar ish joyini to’g’ri tashkil etish.
2.
Partaga o’tirish gigiyenasi.
Sinfda o’quvchilar ish joyini to’g’ri tashkil etish. Partaga o’tirish
gigiyenasi. Boshlang’ich ta’limni isloh qilish, uni ilmiy asoslangan tahkursilar
bilan qaytadan ta’minlash borasidagi asosli fikrlar yurtboshimiz tomonidan
o’rtaga tashlangan edi. Shundan keyin bir qator qonun, qaror va ko’rsatmalar
e’lon qilindi va ularni amalga oshirish ishlari respublikamiz ta’lim
muassalarida keng quloch yozdi. Ayni damda bu borada muayyan chora-
tadbirlar rejalashtirilib, muayyan ishlar amalga oshirilgan bo’lsa-da, hali hal
etilishi lozim bo’lgan dolzarb masalalar talaygina.
Kuzatishlarimiz shundan dalolat beradiki, boshlang’ich sinf, xususan,
birinchi sinf o’quvchilarining savodini chiqarishda ularning yoshi va jismoniy
tayyorgarligi ham katta rol o’ynaydi. Masalan, yozish va o’qish
malakalarining shakllantirishning birinchi zinalarida bola yozish va o’qish
mashqlarini bajarish uchun o’zining bor kuchini – jismoniy va ruhiy
imkoniyatlarini sarflaydi: yozuv jarayonida o’quvchining hamma muskullari,
ayniqsa qo’l va yelka muskullari, bel va oyoq tomirlari hamda asab torlari
ancha taranglashadi. Shuning uchun o’qituvchilar bu jarayonni sezgirlik bilan
kuzatadilar, barmoq va qo’l muskullarining harakat tezligi, partada to’g’ri
o’tirishi, umuman o’quvchilarning jismoniy va ruhiy holati hamda
tayyorgarligini hisobga oladilar.
Tabiiyki, yozish va o’qish jarayonlari dastlabki bosqichlarda jismoniy va
ruhiy siqilishlar ostida o’tadi. Bola birinchi mushkilot va muvaffaqiyatsizlikni
qiyinchilik bilan hazm qiladi. Shuning uchun jismoniy va ruhiy zo’riqishlar
ham kutilgan samarani bermaydi. O’quvchi o’z xatosini sezadi va tushunadi,
lekin o’quvchisining yo’l – yo’riqlari bilan ham uni bartaraf etolmaydi.
Bunday hollarda o’qituvchi o’quvchini ruhiyati – kayfiyatini ko’tarish uchun
turli xil lahzalik sho’x o’yinlar tashlil etadi. Bunday lahzalik jismoniy va
ruhiy tanaffuslar bolaning ruhiy zo’riqishini mo’tadillashtiradi va bolaning
mavzuni o’zlashtirish, qabul qilish darajasini oshiradi. Aytganlarimiz o’sha
vaqt o’z samarasi – mevasini beradiki, boshlang’ich sinf o’quvchisi, xususan
birinchi sinf o’quvchisining ta’lim olishi uchun hama tashkiliy va metodik
ishlar a’lo darajada tayyorlangan bo’lishi lozim. Tashkiliy va metodik ishlarga
nimalar kiradi? Keling, shu haqda bahslashaylik!
Maktab o’quvchisi o’zining ko’p vaqtini darsxonada quyidagi o’quv
qurollari bilan bog’liq holda o’tkazadi: parta, sinf taxta (doska)si, daftar,
ruchka va boshqalar. Shunday ekan o’quv qurollarining gigiyenik va
pedagogik talablarga javob berishi katta ahamiyatga egadir.
Takidlaganimizdek maktab o’quvchilari o’zining juda ko’p vaqtini partada
o’tirib o’tkazadi. Shuning uchun bu mas’uliyatli davrda o’quvchilarni
qo’yilgan gigiyenik talablarga amal qilishga o’rgatish kerak.
Ish qobiliyati uzoq vaqtgacha pasaymay turishini hamda bolalar qaddi-
qomatining to’g’ri rivojlanishi, o’qish davrida ko’zning salbiy
ta’sirlanmasligini ta’minlash maqsadida sinflarni gigiyena talablariga javob
beradigan partalar bilan jihozlash muhim ahamiyatga ega. Birinchi navbatda
ustoz – muallim o’z shogirdining mo’tadil ishlashi uchun zarur shart-sharoit
yaratib berishi lozim. Bu ishga tayyorgarlik avgust oyidan boshlanadi.
O’qituvchi unga ajratilgan sinfxonani va undagi partalarni bo’lajak shogirdlari
ishlashi uchun mos kelish-kelmasligini tekshirib ko’rishi lozim. Shogirdlarini
maktabga qabul qilib olgandan so’ng esa ularning bo’yiga, ko’rish va eshitish
qobiliyatlariga qarab partalarga o’tqazishi kerar.
Sinf partalari birinchi navbatda pedagogik talablarga to’liq javob berishi
lozim. Bu talablar quyidagilar:
1.
O’quvchilarning yoshlari va bo’ylariga mos bo’lishi.
2.
O’quvchilarning gavdasiga mos bo’lishi.
3.
Yozish hamda rasm chizish uchun qulay bo’lishi.
4.
O’quvchi turganda yoki o’tirganda qiyinchilik tug’dirmasligi.
Deraza tomondagi birinchi partada asosan ko’rish qobiliyati pastroq yoki
eshitish imkoniyatlari pastroq bo’lgan o`quvchi o’tirg’izish lozim. Partalar
sinfda asosan uch qator bo’lishi kerak. Birinchi parta va sinf doskasi
o’rtasidagi masofa 2 metrdan, oxirgi parta bilan doska orasidagi masofa esa 8
metrdan kam bo’lmasligi lozim. Bu masofa bolalarning yaxshi ko’rishlari va
o’qituvchini yaxshi eshitishlari uchun zarur. Derazadan ichkaridagi oxirgi
parta orasidagi masofa 6 metrdan oshmasligi kerak.
Qatorlar o’rtasidagi partalarning orasi 75 sm bo’lishi kerak. Bu masofa
qatorlar orasida ikkita o’quvchini bemalol harakatlanishi uchun zarur.
Bizning kuzatish va tajribalarimiz shundan guvohlik beradiki, ko’pgina
umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida bu talablarga umuman
rioya etilmaydi va yo ular qo’pol tarzda buziladi. Birinchidan, o’quvchilar
partasi ularning yosh, bo’y va gavdasiga mos emas. Aslida partalar bir o’rinli
va ikki o’rinli bo’lishi mumkin. Xorijiy mamlakatlarda ko’pincha bir o’rinli
partalardan foydalaniladi.
Respublikamiz maktablarida, ayni damda, ikki o’rinli partalardan
foydalanilmoqda. Ta’ridlash joizki, prifessor F.F.Erisman tomonidan
yaratilgan ikki o’rinli yog’och partalar gigiyenik tomondan juda qulay edi.
Likin ming afsuski, ayni damda bunday partalar batamom iste’moldan
chiqdi. Mabodo qolgan bo’lsa ham ular qishloq maktablarida mavjud.
Talabga muvofiq parta ustining qiyaligi 15ºga teng bo’lishi lozim,
chunki bunday qiyalikda yozish va o’qish juda qulay bo’lib, ko’z tez
charchamaydi (1-rasm).
1-rasm
Yana bir muhim talablardan biri partaning qopqog’I ochilib ham yopilib
turadigan bo’lishi lozimligidir. Agar partada ochilib yopiladigan qopqog’
bo’lmasa o’quvchining o’rnidan turishi va o’rniga o’tirishi noqulay boladi.
Natijada bu ung’aysizlik bola ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Hozir
iste’moldagi partalarda shunday qopqog’ning yo’qligi afsuslanarli holdir.
Parta o’tirg’ichining mustahkam turishi to’g’ri o’tirishni ta’minlaydigan eng
muhim omildir. Agar o’tirg’ichning taxtasi orqa tomonga bir oz moyil bo’lsa
yana ham yaxshiroq bo’ladi. O’quvchilarning yanada qulayroq o’rnashib
o’tirishlari uchun orqa suyanchiqning balandligi o’quvchining belidan yuqori
bo’lishi kerar.
Parta distansiyasi degan tushuncha mavjud. Distansiya deb parta
ustining pastki qirrasi bilan suyanchiq orasidagi masofaga aytiladi. Bu
masofa, ya’ni ko’krak qafasi bilan uning qirrasi orasidagi masofa 4 sm
bo’lishi lozim. Ayni damda ko’pgina maktablarning boshlang’ich sinflarida
usti bir tekis, o’tirg’ichi alohida, balandligi va tuzilishi (temir va taxta
partalar, ish stollari) har xil bo’lgan, oyoqni qo’yish joyi bo’lmagan
partalardan foydalanilmoqda. Bunday gigiyenik va pedagogik talablarning
qo’pol ravishda buzilishi ta’lim sifatiga isloh qilib bo’lmas salbiy ta’sir
ko’rsatmoqda. Tasavvur qiling, birinchi sinf o’quvchisi o’tirg’ichi past, parta
o’rnida ishlatilayotgan idora ish stolida o’tirib yozayapti. O’tirg’ich pastligi
bois u qulochlarini ko’tarib partaga qulay o’rnashib olishga harakat qiladi,
lekin tezda har ikkala qo’li og’riy boshlaydi. Natijada uning diqqati susayib,
bezovtalana boshlaydi. Yozish jarayonida xatolarga yo’l qo’ya boshlaydi va
bundan tabiiyki, o’zi ham asabiylashadi. Shunday holatlar bo’lmasligi uchun
partaning distansiyasi to’g’ri saqlanishi lozim.
Talabga muvofiq partaning distansiyasi uch xil bo’lishi mumkin:
musbat, nol, manfiy. Musbat distansiyada parta ustining cheti bilan o’tirg’ich
orasidagi masofa teng bo’ladi. Parta ustining chetidan tushirilgan chiziq
o’tirg’ichning ustiga emas, balki polga tushadi (2-rasm).
2- rasm
Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan partalarda o’tirish o’quvchular uchun
noqulay bo’ladi. O’quvchi bunday partalarda o’tirsa pastga egilib o’tirishga
majbur bo’ladi.
Nol masofadagi distansiyada parta ustining cheti bilan o’tirg’ichning
orasida hech qanday masofa bo’lmaydi. Parta ustining chetidan tushirilgan
chiziq o’tirg’ich ustining chetiga mos bo’ladi (3-rasm). Bunday partalar ham
o’quvchilar uchun qulay bo’lmaydi.
3-rasm
0
Uchinchi, ya’ni manfiy distansiyada parta ustining cheti o’tirg’ichning
ichiga 4 sm masofada kirib turadi. Parta ustining chetidan tushirilgan chiziq
o’tirg’ichning ustiga tushadi (4-rasm).
4-rasm
Distansiyasi manfiy bo’lgan partalar boshlang’ich sinf o’quvchilari
uchun juda qulay bo’lib, gigiyenik talablarga to’liq javob beradi.
Parta tanlashning yana bir muhim jihati shundaki, uning differensiyasini
to’g’ri saqlashdir. Parta qopqog’ining cheti bilan o’tirg’ichning orasidagi
masofa differensiya deyiladi. Agar parta o’tirg’ichi past bo’lsa, o’quvchi
parta qopqog’iga osilib turadi, agar yuqori bo’lsa, bukchayib o’tirishga majbur
bo’ladi. Shuning uchun o’tirg’ichning balandligi o’quvchilarning oyoqlari
uzunligiga teng bo’lib, o’tirganda tovonlari polga yoki partaning zinasiga
tegib turishi lozim.
Oyoqlarni qo’yish uchun maxsus joy bo’lmaganligi bois oyoq muskullari
ham zirqirrab og’rishni boshlaydi. Keltirganimiz holat kichik bir misol. Endi
tasavvur qiling, butun sinf o’quvchilari (sinfda bironta ham talabga javob
beradigan parta yo’q-da) shunday jismoniy va ruhiy zo’riqish ostida savod
o’rganadilar. Shunday vaz’iyatda eng tajribali o’qituvchining zahmatlari ham
barabas ketishi tabiiy hol.
Ayni zamonda rivojlangan mamlakatlarda quyidagi konstruktor
partalardan ham keng foydalanilmoqda:
Erisman partalariga o’zgarishlar kiritilib, yuqoridagi davlat standarti
bo’yicha temir oyoqli ikki va bir o’rinli partalar tavsiya etilmoqda.
Bunday partalarning gigiyenik afzalligi shundaki, balandligini bolalarning
bo’yiga qarab o’zgartirib turish mumkin, bundan tashqari, suyanchig’I ikkita
taxtadan iborat bo’lib, suyanganda yaxshi tayanch vazifasini o’taydi. Hozirgi
vaqtda o’quvchilar uchun 15 sm oralab belgilangan bo’y balandligi qabul
qilingan, o’quvchilar mebelning davlat standartlari shu ko’rsatkichga muvofiq
ishlab chiqariladi.
1-3- sinf o’quv xonalari uchun A, B, V turdagi partalar ishlab chiqariladi.
“A” turdagi partalar bo’yi 130 sm gacha bo’lgan bolalar uchun, “B” turdagi
partalar bo’yi 130-145 sm, “V” turdagi partalar bo’yi 145-160 sm.li bolalar
uchun mo’ljallangan. Parta o’rindig’ining chuqurligi son uzunligining 2/ 3-3/
4 qismiga teng bo’lishi lozim.
O’rindiqning pol sathidan balandligi boldir suyagi va to’piqning
uzunligiga hamda poyabzalning 1-2 sm poshnasi balandliginingf yug’indisiga
teng bo’lishi kerak.
Partaning o’quvchiga qaragan qirrasining pol sathidan balandligi o’quvchi
o’tirganda pol sathidan to’g’ri burchak hosil qilgan tirsakning balandligiga
teng bo’lishi kerak.
Parta ustki qismining o’tirg’ichiga nisbatan 15° pastda og’ishi gigiyenik
talablarga javob beradi.
Partalarning ustki sathi tabiiy taxta rangida yoki yashil, sariq va havo
rangga bo’yalgani ma’qul, bunda yorug’likni qaytarish koeffitsenti 35-55%
atrofida bo’ladi.
Bolalarni antropometrik belgilarni hisobga olib partalarga o’tqizish
ularning to’g’ri rivojlanishiga ta’sir qilib qolmay, ish qobiliyatini ham
oshiradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Sinfda o’quvchilar ish joyini tog’ri tashkil etish uchun qanday
gigiyenik va metodik talablarga rioya etish lozim?
2.
Partaga to’g’ri o’tirish gigiyenasiga nimalar kiradi?
3.
Yozuv qurollariga nimalar kiradi? Ulardan foydalanish metodikasi
borasida gapirib bering.
4.
Dars jarayonida jismoniy mashq lahzalarini qanday tashkil etish
kerak?
Mavzuga doir testlar
1.
Parta ustining pastki qirrasi bilan suyanchiq orasidagi masofa,
ya’ni ko’krak qafasi bilan uning qirrasi orasidagi masofa -distantsiya
qancha bo’lishi kerak?
A) 6 sm
B) 4 sm *
C) 8 sm
D) 2 sm
2.
Partaning distantsiyasi necha xil bo’ladi?
A) bir xil: musbat