ICHAKDA OVQAT HAZMI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

27

File size

Fayl hajmi

35,7 KB


ICHAKDA OVQAT HAZMI.
REJA:
1.Ozuqalarning ingichka ichaklarda hazm bo‘lishi: ichak shira, oshqozon osti
bezi  shirasi,  o‘t  suyuqligining  hazm  jarayonidagi  ishtiroki,  ularni  ajralishi  va
boshqarilishi.
2. 
Ozuqalarning yo‘g‘on ichaklarda hazmlanishi.
3. 
Ozuqalarning so‘rilishi va uning xususiyatlari, ichaklar matorikasi.
4. 
Tezak(najas)ning shakllanishi va chiqarilishi.
Tayanch iboralar
O‘i ikki barmoq ichak, och, yonbosh, ko‘r, chambar, to‘g‘ri ichak, jigar, o‘t,
me’da osti bezi, Langergans orolchasi, bilirubin, biliverdin, gemoglobin, xolat,
glikoxolat, tavroxolat, insulin, ishqoriy va kislotali muhit, anorganik va organik
modda, yentirakinaza, tripsin, tripsinogen, xemotripsin, karboksipeptidaza, lipaza,
yelastaza,  ribonukleaza,  dipeptidaza,  protaminaza,  amilaza,  laktaza,  invertaza,
lipaza, ishqoriy fasfataza, ximus, yevakuasiya, bir tamonlama o‘tkazuvchanlik,
tezak shakllanishi, sfinktor, tezak chiqarilishi, nerv va gumoral boshqarilish va
boshqalar.
 
Me’dada atroflicha hazm bo‘lgan oziqalar ingichka ichakga o‘tkazilib, ichak
va me’da osti bezining turli tuman fermentlarining shiddatli ta’sirida hamda o‘t
suyuqligi ishtirokida parchalanib, organizm uchun zarur moddalar qon va limfaga
so‘riladi. Ichakga ajralgan shiralar ishqoriy xususiyatga yega bo‘lib ichaklarda
yendi oziqalar ishqoriy muhitda hazmlanadi. 
Ingichka ichakning shira ajratish faoliyati-ingichka ichaklarga – o‘n ikki
barmoq ichak, och va yonbosh ichaklar kiradi. Ingichka ichakning ichki shiliq
qavati turli yo‘nalishlarga yega bo‘lgan burmalar hosil qilgan, ularda mayda-mayda
Logotip
ICHAKDA OVQAT HAZMI. REJA: 1.Ozuqalarning ingichka ichaklarda hazm bo‘lishi: ichak shira, oshqozon osti bezi shirasi, o‘t suyuqligining hazm jarayonidagi ishtiroki, ularni ajralishi va boshqarilishi. 2. Ozuqalarning yo‘g‘on ichaklarda hazmlanishi. 3. Ozuqalarning so‘rilishi va uning xususiyatlari, ichaklar matorikasi. 4. Tezak(najas)ning shakllanishi va chiqarilishi. Tayanch iboralar O‘i ikki barmoq ichak, och, yonbosh, ko‘r, chambar, to‘g‘ri ichak, jigar, o‘t, me’da osti bezi, Langergans orolchasi, bilirubin, biliverdin, gemoglobin, xolat, glikoxolat, tavroxolat, insulin, ishqoriy va kislotali muhit, anorganik va organik modda, yentirakinaza, tripsin, tripsinogen, xemotripsin, karboksipeptidaza, lipaza, yelastaza, ribonukleaza, dipeptidaza, protaminaza, amilaza, laktaza, invertaza, lipaza, ishqoriy fasfataza, ximus, yevakuasiya, bir tamonlama o‘tkazuvchanlik, tezak shakllanishi, sfinktor, tezak chiqarilishi, nerv va gumoral boshqarilish va boshqalar. Me’dada atroflicha hazm bo‘lgan oziqalar ingichka ichakga o‘tkazilib, ichak va me’da osti bezining turli tuman fermentlarining shiddatli ta’sirida hamda o‘t suyuqligi ishtirokida parchalanib, organizm uchun zarur moddalar qon va limfaga so‘riladi. Ichakga ajralgan shiralar ishqoriy xususiyatga yega bo‘lib ichaklarda yendi oziqalar ishqoriy muhitda hazmlanadi. Ingichka ichakning shira ajratish faoliyati-ingichka ichaklarga – o‘n ikki barmoq ichak, och va yonbosh ichaklar kiradi. Ingichka ichakning ichki shiliq qavati turli yo‘nalishlarga yega bo‘lgan burmalar hosil qilgan, ularda mayda-mayda
so‘rg‘ichlar mavjud. Bulardan tashqari ingichka ichakning shilliq pardasida bez
hujayralar ham joylashgandir. Jumladan, o‘n ikki barmoq ichakning boshlanish
qismida me’da pilorus qismining hujayralariga o‘xshash brunner bez hujayralari,
ingichka  ichakning  qolgan  qismida  yesa  liberkyun  bezli  hujayralari  va  ayrim
qadahsimon  hujayralar  Bu  hujayralarning  faoliyati  tufayli  ichak  shirasi  hosil
bo‘ladi.  Toza  ichak  shirasini  olish,  ichak  shirasining  ajralish  dinamikasini,
qonuniyatlarini o‘rganish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi. Toza ichak
irasini olishda qo‘llanadigan dastlabki usul Tiri tomonidan asoslangan - ichakning
bir bo‘lakchasini izolyasiya qilish metodidir. U quyidagicha amalga oshiriladi:
hayvon qorni yorilib, ichakning bir qismi ichak tutqich pardasi bilan aloqadorligi
saqlangan  holda  kesib  olinadi.  Kesib  olingan  ichak  bo‘lakchasining  bir  uchi
mutlaqo berk qilib tikib qo‘yiladi. Ikkinchi uchi yesa teri ustiga chiqarib tikiladi.
Ichak bo‘lakchasini kesib olish natijasida ichaklarning uzilgan uchlari bir-biriga
tikib,  tutashtiriladi.  Kesib  olingan  ichak  bo‘lakchasi  unga  tutashgan  ichak
tutqichidagi nerv tolalari va qon tomirlar orqali ichaklarning qolgan qismi bilan
aloqador  bo‘ladi.  Bunday  operasiya  qilingan  hayvon  tegshishlicha  davolanib,
jarohati tuzatiladi. Hayvon sog‘ayib ketgandan keyin, uning izolyasiya qilingan
ichak  bo‘lakchasidan  toza  shira  ajralishini,  ajralgan  shiraning  fizik-kimyoviy
xususiyatlarini o‘rgansa bo‘ladi.
Keyinchalik bu usulni Vell bir oz o‘zgartirib, takomillashtirdi. U ichak
bo‘lakchasining  faqat  bir  uchini emas,  balki, ikkala uchini ham  teri yuzasiga
chiqarib tikishni taklif qildi. Shuning uchun ham keyinchalik bu usul Tiri-Vell
usuli  deb  nomlanadigan  bo‘ldi.  Ichaklarning  istalgan  qismini  ana  shu  tariqa
izolyasiyalab,  toza  shira  ajralishini  o‘rgansa  bo‘ladi.  Biroq  bu  metod
kamchiliklardan  xoli  deb  bo‘lmaydi.  Chunki  Tiri-Vell  metodi  bilan  operasiya
qilingan  hayvon  ichagining  ajratilgan  qismining  shirasidan  mutassil  ravishda
mahrum  bo‘ladi  va  bu  usul  ichak  devoridagi  hujayralarga  hazm  bo‘layotgan
mahsulotlar ta’sir qilib turganda toza shira olish imkonini bermaydi. Ana shu
kamchiliklar  A.D.Sineshchekov  tomonidan  bartaraf  qilindi.  A.D.Sineshchekov
taklif qilgan tashqi anastamozlar metodi toza ichak shirasini olishda qo‘llaniladigan
metodlarning  ancha  mukammali  bo‘lib chiqdi.  Bu  metod quyidagicha  amalga
oshiriladi: ichak tegishli  ikki joyidan ko‘ndalangiga kesiladi. Bu vaqtda hosil
Logotip
so‘rg‘ichlar mavjud. Bulardan tashqari ingichka ichakning shilliq pardasida bez hujayralar ham joylashgandir. Jumladan, o‘n ikki barmoq ichakning boshlanish qismida me’da pilorus qismining hujayralariga o‘xshash brunner bez hujayralari, ingichka ichakning qolgan qismida yesa liberkyun bezli hujayralari va ayrim qadahsimon hujayralar Bu hujayralarning faoliyati tufayli ichak shirasi hosil bo‘ladi. Toza ichak shirasini olish, ichak shirasining ajralish dinamikasini, qonuniyatlarini o‘rganish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi. Toza ichak irasini olishda qo‘llanadigan dastlabki usul Tiri tomonidan asoslangan - ichakning bir bo‘lakchasini izolyasiya qilish metodidir. U quyidagicha amalga oshiriladi: hayvon qorni yorilib, ichakning bir qismi ichak tutqich pardasi bilan aloqadorligi saqlangan holda kesib olinadi. Kesib olingan ichak bo‘lakchasining bir uchi mutlaqo berk qilib tikib qo‘yiladi. Ikkinchi uchi yesa teri ustiga chiqarib tikiladi. Ichak bo‘lakchasini kesib olish natijasida ichaklarning uzilgan uchlari bir-biriga tikib, tutashtiriladi. Kesib olingan ichak bo‘lakchasi unga tutashgan ichak tutqichidagi nerv tolalari va qon tomirlar orqali ichaklarning qolgan qismi bilan aloqador bo‘ladi. Bunday operasiya qilingan hayvon tegshishlicha davolanib, jarohati tuzatiladi. Hayvon sog‘ayib ketgandan keyin, uning izolyasiya qilingan ichak bo‘lakchasidan toza shira ajralishini, ajralgan shiraning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rgansa bo‘ladi. Keyinchalik bu usulni Vell bir oz o‘zgartirib, takomillashtirdi. U ichak bo‘lakchasining faqat bir uchini emas, balki, ikkala uchini ham teri yuzasiga chiqarib tikishni taklif qildi. Shuning uchun ham keyinchalik bu usul Tiri-Vell usuli deb nomlanadigan bo‘ldi. Ichaklarning istalgan qismini ana shu tariqa izolyasiyalab, toza shira ajralishini o‘rgansa bo‘ladi. Biroq bu metod kamchiliklardan xoli deb bo‘lmaydi. Chunki Tiri-Vell metodi bilan operasiya qilingan hayvon ichagining ajratilgan qismining shirasidan mutassil ravishda mahrum bo‘ladi va bu usul ichak devoridagi hujayralarga hazm bo‘layotgan mahsulotlar ta’sir qilib turganda toza shira olish imkonini bermaydi. Ana shu kamchiliklar A.D.Sineshchekov tomonidan bartaraf qilindi. A.D.Sineshchekov taklif qilgan tashqi anastamozlar metodi toza ichak shirasini olishda qo‘llaniladigan metodlarning ancha mukammali bo‘lib chiqdi. Bu metod quyidagicha amalga oshiriladi: ichak tegishli ikki joyidan ko‘ndalangiga kesiladi. Bu vaqtda hosil
bo‘lgan ichak uchlarining to‘rttalasi ham mutlaqo berk qilib tikiladi. Shundan
so‘ng, ichaklarning to‘rtala uchiga tegishli ravishda fistula o‘tkazilib, fistulalarning
naylari  tashqariga,  teri  ustiga  chiqarib  tikiladi;  mahkamlanadi.  Oqibatda
ichaklarning hosil qilingan to‘rt uchi ham teri yuzasi bilan aloqador bo‘lib qoladi.
So‘ngra maxsus naylar yordamida birinchi fistula ikkinchi fistula bilan, uchinchi
fistula yesa to‘rtinchi fistula bilan ulanadi. Shu tariqa ichak turli bo‘laklarinin
o‘zaro uzviyligi, aloqadorligi ta’minlanadi. Bu vaqtda ichakning bir qismidan oziqa
boshqa  navbatdagi  qismiga  tashqaridagi  nay  tashqi  anostomoz  orqali  o‘tadi.
Natijada hayvonda hazm jarayonlari odatdagiday kechaveradi. Toza shira olish
zaruriyati  tug‘ilganda  yesa,  faqat  birinchi  fistula  bilan  to‘rtinchi  fistula  ulab
qo‘yiladi. Bu vaqtda ikkinchi va uchinchi fistulalar qo‘yilgan ichakning o‘rtangi
bo‘lakchasiga oziqa tushmaydi, natijada undan toza shira ajraladi. Boshqa paytlari
yesa yana avvalgidek, ya’ni birinchi fistula bilan ikkinchi fistula va uchinchi fistula
bilan to‘rtinchi fistula ulanadi. Natijada ichakning o‘rtadagi bo‘lagi ham hazm
jarayonlarida odatdagidek ishtirok yetaveradi. Bunday hayvon ichak shirasidan
mahrum  bo‘lmaydi.  Demak  unda  hazm  jarayonlari  izdan  chiqmaydi.  Keyingi
paytlarda  I.P.Pavlovning  kichik  me’da  bichish  metodiga  asoslangan  ravishda,
ichaklarning bir kichik bo‘lakchasini bichish metodi ham taklif qilindi. Bu vaqtda
bichilgan ichak bo‘lakchasi, asosiy ichak bilan nerv va muskul orqali aloqador
bo‘ladi.  Hozirgi  vaqtda  ichakdan  kichik  bo‘lakcha  bichish  metodi
D.A.Sineshchekovning tashqi anasttomozlar metodi bilan birga qo‘llanadi. 
Ichak shirasining tarkibi va xususiyatlari. Toza ichak shirasi uncha tiniq
bo‘lmagan  rangsiz  muhiti  (rN-8,2-8,7)  ishqoriy  bo‘lgan,  tarkibida  shilimshiq,
xolesterin,  epiteliy  hujayralarni,  fermentlar  saqlavchi  suyuqlikdir.  Toza  ichak
shirasining  solishtirma  og‘irligi  1,005-1,015  atrofida  bo‘lib,  tarkibida  o‘rtacha
97,6%  suv,  0,8%oqsillar,  0,73%  boshqa  organik  moddalar  va  0,87%  mineral
moddalarni saqlaydi. Mineral moddalarning aksariyat qismini natriy bikarbonat va
natriy xlorid tashkil qiladi. Ingichka ichak turli qismlarining ajratgan shiralari
ozmi-ko‘pmi  o‘zaro  farq  qiladi.  Jumladan,  o‘n  ikki  barmoq  ichak  shirasida
fermentlar ko‘proq saqlangan holda, och ichak shirasida yesa ularning miqdori
birmuncha  kamdir.  Ingichka  ichak  shirasi  moddalarni  batamom  parchalab
so‘rilishga tayyorlaydi. Ana shu sababli  uning tarkibidagi  fermentlar oqsil  va
Logotip
bo‘lgan ichak uchlarining to‘rttalasi ham mutlaqo berk qilib tikiladi. Shundan so‘ng, ichaklarning to‘rtala uchiga tegishli ravishda fistula o‘tkazilib, fistulalarning naylari tashqariga, teri ustiga chiqarib tikiladi; mahkamlanadi. Oqibatda ichaklarning hosil qilingan to‘rt uchi ham teri yuzasi bilan aloqador bo‘lib qoladi. So‘ngra maxsus naylar yordamida birinchi fistula ikkinchi fistula bilan, uchinchi fistula yesa to‘rtinchi fistula bilan ulanadi. Shu tariqa ichak turli bo‘laklarinin o‘zaro uzviyligi, aloqadorligi ta’minlanadi. Bu vaqtda ichakning bir qismidan oziqa boshqa navbatdagi qismiga tashqaridagi nay tashqi anostomoz orqali o‘tadi. Natijada hayvonda hazm jarayonlari odatdagiday kechaveradi. Toza shira olish zaruriyati tug‘ilganda yesa, faqat birinchi fistula bilan to‘rtinchi fistula ulab qo‘yiladi. Bu vaqtda ikkinchi va uchinchi fistulalar qo‘yilgan ichakning o‘rtangi bo‘lakchasiga oziqa tushmaydi, natijada undan toza shira ajraladi. Boshqa paytlari yesa yana avvalgidek, ya’ni birinchi fistula bilan ikkinchi fistula va uchinchi fistula bilan to‘rtinchi fistula ulanadi. Natijada ichakning o‘rtadagi bo‘lagi ham hazm jarayonlarida odatdagidek ishtirok yetaveradi. Bunday hayvon ichak shirasidan mahrum bo‘lmaydi. Demak unda hazm jarayonlari izdan chiqmaydi. Keyingi paytlarda I.P.Pavlovning kichik me’da bichish metodiga asoslangan ravishda, ichaklarning bir kichik bo‘lakchasini bichish metodi ham taklif qilindi. Bu vaqtda bichilgan ichak bo‘lakchasi, asosiy ichak bilan nerv va muskul orqali aloqador bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ichakdan kichik bo‘lakcha bichish metodi D.A.Sineshchekovning tashqi anasttomozlar metodi bilan birga qo‘llanadi. Ichak shirasining tarkibi va xususiyatlari. Toza ichak shirasi uncha tiniq bo‘lmagan rangsiz muhiti (rN-8,2-8,7) ishqoriy bo‘lgan, tarkibida shilimshiq, xolesterin, epiteliy hujayralarni, fermentlar saqlavchi suyuqlikdir. Toza ichak shirasining solishtirma og‘irligi 1,005-1,015 atrofida bo‘lib, tarkibida o‘rtacha 97,6% suv, 0,8%oqsillar, 0,73% boshqa organik moddalar va 0,87% mineral moddalarni saqlaydi. Mineral moddalarning aksariyat qismini natriy bikarbonat va natriy xlorid tashkil qiladi. Ingichka ichak turli qismlarining ajratgan shiralari ozmi-ko‘pmi o‘zaro farq qiladi. Jumladan, o‘n ikki barmoq ichak shirasida fermentlar ko‘proq saqlangan holda, och ichak shirasida yesa ularning miqdori birmuncha kamdir. Ingichka ichak shirasi moddalarni batamom parchalab so‘rilishga tayyorlaydi. Ana shu sababli uning tarkibidagi fermentlar oqsil va
uglevodlarning oraliq mahsulotlariga ta’sir qiladigan fermentlardir, yog‘larga ta’sir
qiladigan  fermentlar  bu  yerda  ancha  kam  saqlanadi.  Ichak  shirasida  mavjud
bo‘lgan fermentlarning asosiylari quyidagilardir: yentrokinaza-ingichka ichakning
boshlang‘ich qismida hosil bo‘ladi. Bu fermentning asosiy vazifasi tripsinogen va
prokar-  boksipeptidazaga  ta’sir  qilib  ularni  aktiv  holatlariga  -  tripsinga  va
karboksipeptidazaga aylantirishdir.
Aminopeptidaza,  dipeptidaza-bular  peptidlarga  ta’sir  qilib,  ularni
aminokislotlargacha parchalaydi.
Maltaza,  invertaza,  laktaza-har  hil  qandlarni  parchalaydi.  Lipaza-
yog‘larni  yog‘  kislotalari  va  gliseringacha  parchalaydi. Ishqoriy  fosfataza-bu
ferment ichak shirasi uchun spesifik ferment bo‘lmasada, ichakning boshlang‘ich
qismida me’da osti bezi va jigardagiga qaraganda 30-40 baravar ko‘p saqlanadi. Bu
ferment  fosfat  kislotaning  monoefirlaridan  fosfatlarni  ajratadi,  uglevod  va
yog‘larning  fosforlanishida,  aminokislotalarning  so‘rilishida  katta  ahamiyatga
yega.
Issiq  iqlim  va  insolyasiya  ta’sirida  ichak  shirasining  tarkibi  o‘zgaradi.
Dastlabki paytlarda shira tarkibida xloridlar va umuman quruq modda ko‘payadi,
shira birmuncha quyuqlashadi, ammo tarkibida kalsiy kamayadi. Bunday o‘zgarish
asta-sekin yo‘qolib, shiraning tarkibi keyinchalik asliga qaytadi.
 Ichak shirasining ajralish mexanizmi. Ichakdagi bez hujayralar uzluksiz
ravishda  suyuqlik  ajratib,  bu  hujayralarda  merokrin,  apokrin  va  golokrin  tip
sekresiyalar  kuzatiladi.  Ichak  shirasining  ajralish  jarayonida  shilliq  qavatidagi
epiteliy hujayralar ancha jadallik bilan ajralib tushib turadi. Shu sababli ichakning
ichki  shilliq  qavati  ancha  tezlik  bilan,  jumladan,  me’daning  shilliq  qavatiga
qaraganda ikki baravar tezlik bilan almashinib turadi.
Ichak  shirasining  ajralishi  neyrogumoral  yo‘l  bilan  boshqarilib  turadi.
Jumladan, adashgan nerv qo‘zg‘alganda shira ajralish sezilarli darajada kuchayadi,
ayni paytda ajralayotgan shiraning fermentativ xususiyati  ham  baland bo‘ladi.
Biroq, ichak hujayralarining faoliyati ichak devoridagi nerv tuzilmalar to‘g‘ridan -
to‘g‘ri qitiqlanganida ko‘proq kuchayadi. Shu sababli ingichka ichakning qaysi
qismi bevosita ta’sirlanayotgan bo‘lsa, o‘sha qismi shirani ko‘proq ajratadi. Hazm
sistemasining  boshqa  qismlarining  ta’sirlanishi  ichak  bezlarining  faoliyatini  u
Logotip
uglevodlarning oraliq mahsulotlariga ta’sir qiladigan fermentlardir, yog‘larga ta’sir qiladigan fermentlar bu yerda ancha kam saqlanadi. Ichak shirasida mavjud bo‘lgan fermentlarning asosiylari quyidagilardir: yentrokinaza-ingichka ichakning boshlang‘ich qismida hosil bo‘ladi. Bu fermentning asosiy vazifasi tripsinogen va prokar- boksipeptidazaga ta’sir qilib ularni aktiv holatlariga - tripsinga va karboksipeptidazaga aylantirishdir. Aminopeptidaza, dipeptidaza-bular peptidlarga ta’sir qilib, ularni aminokislotlargacha parchalaydi. Maltaza, invertaza, laktaza-har hil qandlarni parchalaydi. Lipaza- yog‘larni yog‘ kislotalari va gliseringacha parchalaydi. Ishqoriy fosfataza-bu ferment ichak shirasi uchun spesifik ferment bo‘lmasada, ichakning boshlang‘ich qismida me’da osti bezi va jigardagiga qaraganda 30-40 baravar ko‘p saqlanadi. Bu ferment fosfat kislotaning monoefirlaridan fosfatlarni ajratadi, uglevod va yog‘larning fosforlanishida, aminokislotalarning so‘rilishida katta ahamiyatga yega. Issiq iqlim va insolyasiya ta’sirida ichak shirasining tarkibi o‘zgaradi. Dastlabki paytlarda shira tarkibida xloridlar va umuman quruq modda ko‘payadi, shira birmuncha quyuqlashadi, ammo tarkibida kalsiy kamayadi. Bunday o‘zgarish asta-sekin yo‘qolib, shiraning tarkibi keyinchalik asliga qaytadi. Ichak shirasining ajralish mexanizmi. Ichakdagi bez hujayralar uzluksiz ravishda suyuqlik ajratib, bu hujayralarda merokrin, apokrin va golokrin tip sekresiyalar kuzatiladi. Ichak shirasining ajralish jarayonida shilliq qavatidagi epiteliy hujayralar ancha jadallik bilan ajralib tushib turadi. Shu sababli ichakning ichki shilliq qavati ancha tezlik bilan, jumladan, me’daning shilliq qavatiga qaraganda ikki baravar tezlik bilan almashinib turadi. Ichak shirasining ajralishi neyrogumoral yo‘l bilan boshqarilib turadi. Jumladan, adashgan nerv qo‘zg‘alganda shira ajralish sezilarli darajada kuchayadi, ayni paytda ajralayotgan shiraning fermentativ xususiyati ham baland bo‘ladi. Biroq, ichak hujayralarining faoliyati ichak devoridagi nerv tuzilmalar to‘g‘ridan - to‘g‘ri qitiqlanganida ko‘proq kuchayadi. Shu sababli ingichka ichakning qaysi qismi bevosita ta’sirlanayotgan bo‘lsa, o‘sha qismi shirani ko‘proq ajratadi. Hazm sistemasining boshqa qismlarining ta’sirlanishi ichak bezlarining faoliyatini u
qadar yaqqol kuchaytirmaydi. Ichak shirasi turli-tuman moddalar, jumladan, me’da
shirasi,  oqsillar,  uglevodlar  va  yog‘larning  parchalanishi  tufayli  hosil  bo‘lgan
oraliq moddalar ta’sirida ko‘p ajraladi. Ichak shirasining ajralishiga har xil biologik
aktiv moddalar  ham ta’sir ko‘rsatadi.  Ichak shilliq pardasida  hosil  bo‘ladigan
duokrinin va yenterokrinin gormonlari bezli hujayralarning, jumladan, duokrinin
brunner,  yenterokrinin  yesa  liberkyun  bezlar  faoliyatining  idora  qilinishida
ishtirok yetadi. Ichak bezlarining faoliyatiga tashqi muhit, hayvon yashab turgan
joyning  harorati  ham  ta’sir  ko‘rsatadi.  A.Yu.Yunusovning  ma’lumotlariga
qaraganda issiq harorat va kuchli insolyasiya ta’sirining dastlabki paytlarida shira
ajralish o‘n ikki barmoq ichakda o‘rtacha 38-59%, yonbosh ichakda yesa 40-65%
kamayadi. Bu o‘zgarishlar keyinchalik asta-sekin yo‘qola borib, ichak shirasining
ajralishi asliga qaytadi. 
Ozuqalarni ichakda hazmlanishida oshqozon osti bezining ahamiyati kattadir.
Oshqozon osti bezi go‘shtxo‘r hayvonlarda ikkita va boshqa hayvonlarda bitta
yo‘lga yegadir. Oshqozon osti bezining sekretor faoliyati ikki xil xislatga yega
bo‘lib, aralash bez hisoblanadi va o‘z shirasini o‘n ikki bormoq ichak bo‘shlig‘iga
ajratadi.  Bu  uning  tashqi  sekretor  xususiyati  bo‘lib,  bezning  tashqi  sekretor
hususiyati bezning chiqarish yo‘liga konyula qo‘yib yoki tashqariga chiqarib tikib
o‘rganilgan. Oshqozon osti bezining yo‘lini teri ustiga chiqarib tikish operasiyasini
birinchi bo‘lib Gandengaym bajargan bo‘lib, keyinchalik I.P.Pavlov qayta ishlab
takomillashtirdi.  Buni  uchun  qorin  bo‘shlig‘i  yorilib,  oshqozon  osti  bezining
chiqarish  yo‘lini  12  barmoq  ichakka  quyilish  joyini,  ichak  devorini  kichkina
bo‘yinchasi bilan kesib olib, ichakni kesilgan joyi tilinib qorin sohasini tersi ustiga
chiqarib tikiladi.
Operasiya qilingan hayvon davolanadi, jarohat tuzalgandan so‘ng oshqozon
osti bezidan ajralgan shira ichak ichiga tushib, tashqariga chiqariladi. Tashqariga
chiqayotgan shirani toza idishga yig‘ib olib, fizika-kimyoviy xususiyatlari, shira
ajralish  mexanizmi  o‘rganildi.  Oshqozon  osti  bezining yo‘li  turli  hayvonlarda
turlicha joylashganligi tufayli operasiya ham turlicha amalga oshiraladi. 
Otlarda oshqozon osti bezining yo‘li 12-13 qovurg‘a davomida joylashgan
uchun ularda operasiyani o‘tkazish ancha mushkul. Bu operasiyani birinchi bo‘lib
Logotip
qadar yaqqol kuchaytirmaydi. Ichak shirasi turli-tuman moddalar, jumladan, me’da shirasi, oqsillar, uglevodlar va yog‘larning parchalanishi tufayli hosil bo‘lgan oraliq moddalar ta’sirida ko‘p ajraladi. Ichak shirasining ajralishiga har xil biologik aktiv moddalar ham ta’sir ko‘rsatadi. Ichak shilliq pardasida hosil bo‘ladigan duokrinin va yenterokrinin gormonlari bezli hujayralarning, jumladan, duokrinin brunner, yenterokrinin yesa liberkyun bezlar faoliyatining idora qilinishida ishtirok yetadi. Ichak bezlarining faoliyatiga tashqi muhit, hayvon yashab turgan joyning harorati ham ta’sir ko‘rsatadi. A.Yu.Yunusovning ma’lumotlariga qaraganda issiq harorat va kuchli insolyasiya ta’sirining dastlabki paytlarida shira ajralish o‘n ikki barmoq ichakda o‘rtacha 38-59%, yonbosh ichakda yesa 40-65% kamayadi. Bu o‘zgarishlar keyinchalik asta-sekin yo‘qola borib, ichak shirasining ajralishi asliga qaytadi. Ozuqalarni ichakda hazmlanishida oshqozon osti bezining ahamiyati kattadir. Oshqozon osti bezi go‘shtxo‘r hayvonlarda ikkita va boshqa hayvonlarda bitta yo‘lga yegadir. Oshqozon osti bezining sekretor faoliyati ikki xil xislatga yega bo‘lib, aralash bez hisoblanadi va o‘z shirasini o‘n ikki bormoq ichak bo‘shlig‘iga ajratadi. Bu uning tashqi sekretor xususiyati bo‘lib, bezning tashqi sekretor hususiyati bezning chiqarish yo‘liga konyula qo‘yib yoki tashqariga chiqarib tikib o‘rganilgan. Oshqozon osti bezining yo‘lini teri ustiga chiqarib tikish operasiyasini birinchi bo‘lib Gandengaym bajargan bo‘lib, keyinchalik I.P.Pavlov qayta ishlab takomillashtirdi. Buni uchun qorin bo‘shlig‘i yorilib, oshqozon osti bezining chiqarish yo‘lini 12 barmoq ichakka quyilish joyini, ichak devorini kichkina bo‘yinchasi bilan kesib olib, ichakni kesilgan joyi tilinib qorin sohasini tersi ustiga chiqarib tikiladi. Operasiya qilingan hayvon davolanadi, jarohat tuzalgandan so‘ng oshqozon osti bezidan ajralgan shira ichak ichiga tushib, tashqariga chiqariladi. Tashqariga chiqayotgan shirani toza idishga yig‘ib olib, fizika-kimyoviy xususiyatlari, shira ajralish mexanizmi o‘rganildi. Oshqozon osti bezining yo‘li turli hayvonlarda turlicha joylashganligi tufayli operasiya ham turlicha amalga oshiraladi. Otlarda oshqozon osti bezining yo‘li 12-13 qovurg‘a davomida joylashgan uchun ularda operasiyani o‘tkazish ancha mushkul. Bu operasiyani birinchi bo‘lib
1955  yil  N.F.Popov  laboratoratoriyasida  Kurilov  va  Obuxovlar  tomonidan
o‘tkazilgan. 
Qoramol va cho‘chqalarda bu operasiyani o‘tkazish uncha qiyin bo‘lmasada
lekin me’da osti bezidan uzluksiz shira ajralib shira tarkibida ko‘p azot va ishqorli
suyuqliklardan mahrum bo‘lgani uchun u hayvonlar uzoq vaqt yashay olmaydi.
Bunday hayvonlar organizmida kislota ishqor muvozanati buziladi va hosil bo‘lgan
asedozdan hayvon o‘ladi. 
1965 yil D.S.Jilov bu operasiyani  qoramollarda mukammallashtirib, u 12
barmoqli ichakning oshqozon osti bezi yo‘li ochilgan qismini izolasiya qilib, unga
fistula o‘rnatadi va shira naycha orqali tashqariga chiqadi va ichakning pastki
qismiga ham fistula o‘tkazib maxsus naycha ko‘prikcha bilan birlashtiradi.
Bu operasiyadan keyin zaruriyat tug‘ilganida fistulalar o‘rtasidagi ko‘prikcha,
orqali shira olish yoki shira ajralishi mexanizmini o‘rgansa bo‘ladi. Oshqozon osti
bezining shirasi  ko‘prikcha orqali  ikkinchi  fistula orqali  ichakga tushib  oziqa
hazmlanishida ishtirok yetadi va surinkali tekshirish o‘tkazish uchun imkon beradi
cho‘chqalarda A.D.Sineshchekov qo‘y - yechkilarda, keyinchalik D.K.Kuimov bir
oz  o‘zgartirib  operasiya  qilgan  bo‘lib,  oshqozon  osti  bezining  yo‘li  bilan  o‘t
pufagini yo‘lini og‘zi qo‘shilib bir joyga ochiladigan bo‘lgani uchun o‘t yo‘li
bog‘lanib o‘t pufagiga qo‘shimcha fistula qo‘yiladi va oshqozon osti bezining
yo‘lidan toza oshqozon osti shirasi chiqadi u tiniq rangsiz, ishqoriy muhitga yega
7,8-8,0  bo‘lib,  3,0-4,5%  oqsil  moddasi  bor.  Anorganik  moddalardan  natriy
karbonat bo‘lib shiraga ishqoriy xususiyat beradi. Oshqozon osti bezining shirasi
tarki-bida fermentlardan tripsin, ximotripsin, karboksipolipeptidaza, ribonukleaza,
yelastaza, dipeptidaza, protaminaza, amilaza, laktoza, invertaza va lipazalar bor
bo‘lib, qoramollar oshqozon osti bezining shirasida amilaza va lipaza fermentlari
boshqa hayvonlar shirasinikidan ikki martaba kamdir. 
Tripsin  oqsillarni  peptidlar  va  aminokislotalarga  parchalaydigan  ferment
bo‘lib oshqozon osti bezidan aktiv bo‘lmagan tripsinogen holatida ajralib ichak
shirasidagi yenterokinaza fermenti ta’sirida faol trinsinga aylanadi va ishqoriy
muhitda aktivdir. Lekin shira kuchli kislotali muhitda rN-1,0, 90-100 gradusga
qizdirilib sovitilsa o‘z aktivligini tiklay oladi yoki termostobil fermentdir.
Ximotripsin oshqozon osti bezidan aktiv bo‘lmagan ximotripsinogen holatida
Logotip
1955 yil N.F.Popov laboratoratoriyasida Kurilov va Obuxovlar tomonidan o‘tkazilgan. Qoramol va cho‘chqalarda bu operasiyani o‘tkazish uncha qiyin bo‘lmasada lekin me’da osti bezidan uzluksiz shira ajralib shira tarkibida ko‘p azot va ishqorli suyuqliklardan mahrum bo‘lgani uchun u hayvonlar uzoq vaqt yashay olmaydi. Bunday hayvonlar organizmida kislota ishqor muvozanati buziladi va hosil bo‘lgan asedozdan hayvon o‘ladi. 1965 yil D.S.Jilov bu operasiyani qoramollarda mukammallashtirib, u 12 barmoqli ichakning oshqozon osti bezi yo‘li ochilgan qismini izolasiya qilib, unga fistula o‘rnatadi va shira naycha orqali tashqariga chiqadi va ichakning pastki qismiga ham fistula o‘tkazib maxsus naycha ko‘prikcha bilan birlashtiradi. Bu operasiyadan keyin zaruriyat tug‘ilganida fistulalar o‘rtasidagi ko‘prikcha, orqali shira olish yoki shira ajralishi mexanizmini o‘rgansa bo‘ladi. Oshqozon osti bezining shirasi ko‘prikcha orqali ikkinchi fistula orqali ichakga tushib oziqa hazmlanishida ishtirok yetadi va surinkali tekshirish o‘tkazish uchun imkon beradi cho‘chqalarda A.D.Sineshchekov qo‘y - yechkilarda, keyinchalik D.K.Kuimov bir oz o‘zgartirib operasiya qilgan bo‘lib, oshqozon osti bezining yo‘li bilan o‘t pufagini yo‘lini og‘zi qo‘shilib bir joyga ochiladigan bo‘lgani uchun o‘t yo‘li bog‘lanib o‘t pufagiga qo‘shimcha fistula qo‘yiladi va oshqozon osti bezining yo‘lidan toza oshqozon osti shirasi chiqadi u tiniq rangsiz, ishqoriy muhitga yega 7,8-8,0 bo‘lib, 3,0-4,5% oqsil moddasi bor. Anorganik moddalardan natriy karbonat bo‘lib shiraga ishqoriy xususiyat beradi. Oshqozon osti bezining shirasi tarki-bida fermentlardan tripsin, ximotripsin, karboksipolipeptidaza, ribonukleaza, yelastaza, dipeptidaza, protaminaza, amilaza, laktoza, invertaza va lipazalar bor bo‘lib, qoramollar oshqozon osti bezining shirasida amilaza va lipaza fermentlari boshqa hayvonlar shirasinikidan ikki martaba kamdir. Tripsin oqsillarni peptidlar va aminokislotalarga parchalaydigan ferment bo‘lib oshqozon osti bezidan aktiv bo‘lmagan tripsinogen holatida ajralib ichak shirasidagi yenterokinaza fermenti ta’sirida faol trinsinga aylanadi va ishqoriy muhitda aktivdir. Lekin shira kuchli kislotali muhitda rN-1,0, 90-100 gradusga qizdirilib sovitilsa o‘z aktivligini tiklay oladi yoki termostobil fermentdir. Ximotripsin oshqozon osti bezidan aktiv bo‘lmagan ximotripsinogen holatida
ajralib tripsin va yenterokinaza fermentlari ta’sirida aktiv ximo-tripsinga aylanib,
oqsil va yuqori molekulali peptidlar aminokislotalarga parchalaydi. U fosfor-amid
bog‘larini  ham  parchalaydi  lekin  tripsinga  nisba-tan  kuchsizdir.  Tripsin  va
ximotripsinlar yendopeptidazalar deyilib, polipep-tidlarni ichki peptid bog‘larini
uzib peptid va aminokislota hosil qiladi. 
Karboksipolipeptidaza  ximiyaviy  tarkibi  jihatidan  globulinlarga  man-sub
bo‘lib,  polipeptidlarga  ta’sir  yetib,  aminokislotalarni  yerkin  karboksil  guruhi
tomonidan  parchalaydi.  Bu  ferment  ham  aktiv  bo‘lmagan  prokarboksi-
polipeptidaza holatida hosil bo‘lib tripsin ta’sirida aktivlashadi. Oshqozon osti bezi
fermentlari oqsil va peptidlarni parchalab, kam aminokislota va ko‘p kalta zanjirli
peptid  bog‘larini  hosil  qiladi.  Bu  kalta  zanjirli  peptid  bog‘lar  ichak  shirasi
fermentlari ta’sirida amina kislotalargacha parchalanadi.
Oshqozon osti bezidan shira ajralish mexanizmi.  Shira me’da osti bezi
hujayralarining aktiv faoliyati tufayli hosil bo‘lib, uning hujayralari merokrin va
apokrin tipda suyuqlik ajratadi.
Oshqozon osti bezining shira ajratish faoliyati neyro-gumoral yo‘l bilan
boshqarilib, tekshirishlarda isbotlangan. Adashgan nerv bu bezning shira ajratishini
quchaytiradi, adashgan nervning me’da osti beziga ta’siri dastavval I.P.Pavlov
tamonidan o‘rganilgan. I.P.Paalov ishlariga qadar olimlar oshqozon osti bezining
faoliyatiga adashgan nerv ta’sir yetmaydi deb hisoblaganlar. Chunki adashgan
nervning  oshqozon  osti  beziga  yo‘nalgan  tarmog‘ida,  shu  bez  faoliyatini
quchaytiradigan  va  uning  faoliyatini  tormozlaydigan  tolalar  bo‘lib,  adashgan
nervning o‘sha bezga boradigan tarmog‘i bevosita ta’sirlanganda hech qanady
yeffekt  kuzatilmaydi.  I.P.Pavlov  adashgan  nervning  oshqozon  osti  beziga
yo‘nalgan  tarmog‘ini  tajribadan  bir  necha  kun  oldin  kesib,  bez  faoliyatini
tormozlaydigan  tolaning  degenerasiyalanishiga  yerishdi  va  adashgan  nervning
bezga  yo‘nalgan  tarmog‘ini  ta’sirlaganida  bez  faoliyatining  kuchayganligini
kuzatadi hamda oshqozon osti bezi faoliyatiga adashgan nervning ro‘y-rost ta’sir
yetishini isbotlaydi. Oshqozon osti bezidan shira ajralishini simpatik nerv tolasi
ham  boshqarib,  biroq  simpatik  nerv  ta’siri  shira  ajralishini  yaxshi  ta’minlay
olmaydi.  Oshqozon  osti  bezining  faoliyatini  boshqaruvchi  markaz  uzunchoq
Logotip
ajralib tripsin va yenterokinaza fermentlari ta’sirida aktiv ximo-tripsinga aylanib, oqsil va yuqori molekulali peptidlar aminokislotalarga parchalaydi. U fosfor-amid bog‘larini ham parchalaydi lekin tripsinga nisba-tan kuchsizdir. Tripsin va ximotripsinlar yendopeptidazalar deyilib, polipep-tidlarni ichki peptid bog‘larini uzib peptid va aminokislota hosil qiladi. Karboksipolipeptidaza ximiyaviy tarkibi jihatidan globulinlarga man-sub bo‘lib, polipeptidlarga ta’sir yetib, aminokislotalarni yerkin karboksil guruhi tomonidan parchalaydi. Bu ferment ham aktiv bo‘lmagan prokarboksi- polipeptidaza holatida hosil bo‘lib tripsin ta’sirida aktivlashadi. Oshqozon osti bezi fermentlari oqsil va peptidlarni parchalab, kam aminokislota va ko‘p kalta zanjirli peptid bog‘larini hosil qiladi. Bu kalta zanjirli peptid bog‘lar ichak shirasi fermentlari ta’sirida amina kislotalargacha parchalanadi. Oshqozon osti bezidan shira ajralish mexanizmi. Shira me’da osti bezi hujayralarining aktiv faoliyati tufayli hosil bo‘lib, uning hujayralari merokrin va apokrin tipda suyuqlik ajratadi. Oshqozon osti bezining shira ajratish faoliyati neyro-gumoral yo‘l bilan boshqarilib, tekshirishlarda isbotlangan. Adashgan nerv bu bezning shira ajratishini quchaytiradi, adashgan nervning me’da osti beziga ta’siri dastavval I.P.Pavlov tamonidan o‘rganilgan. I.P.Paalov ishlariga qadar olimlar oshqozon osti bezining faoliyatiga adashgan nerv ta’sir yetmaydi deb hisoblaganlar. Chunki adashgan nervning oshqozon osti beziga yo‘nalgan tarmog‘ida, shu bez faoliyatini quchaytiradigan va uning faoliyatini tormozlaydigan tolalar bo‘lib, adashgan nervning o‘sha bezga boradigan tarmog‘i bevosita ta’sirlanganda hech qanady yeffekt kuzatilmaydi. I.P.Pavlov adashgan nervning oshqozon osti beziga yo‘nalgan tarmog‘ini tajribadan bir necha kun oldin kesib, bez faoliyatini tormozlaydigan tolaning degenerasiyalanishiga yerishdi va adashgan nervning bezga yo‘nalgan tarmog‘ini ta’sirlaganida bez faoliyatining kuchayganligini kuzatadi hamda oshqozon osti bezi faoliyatiga adashgan nervning ro‘y-rost ta’sir yetishini isbotlaydi. Oshqozon osti bezidan shira ajralishini simpatik nerv tolasi ham boshqarib, biroq simpatik nerv ta’siri shira ajralishini yaxshi ta’minlay olmaydi. Oshqozon osti bezining faoliyatini boshqaruvchi markaz uzunchoq
miyada  joylashgan  bo‘lib,  bu  markazga  bel  sigmentlaridan  va  qorindagi
quyoshsimon to‘plomdan nerv tolalari kelgan. 
Oshqozon osti bezidan shira shartli reflektor yo‘l bilan ajralib chiqadi.
Reflektor yo‘l bilan bir qatorda gumoral faktorlar ham ta’sir qiladi. Oshqozon va
ichaklardagi  xilma-xil  moddalar  bilan  birgalikda  sekretin  va  pankreozimin
gormonlari oshqozon osti bezining faoliyatiga aktiv ta’sir ko‘rsatadi. Sekretin va
pankreozimin ingichka ichakning shilliq pardasida ishlanib chiqiladi. Jumladan,
sekretin  inaktiv  prosekretin  holatida  hosil  bo‘lib,  xlorid  kislota  ta’sirida  tez
aktivlashadi. Bu gormon oshqozon osti bezi hujayralari faoliyatini kuchaytirib,
ko‘p miqdorda lekin kam fermentli shira ajratadi. Pankreozimin ingichka ichak
shilliq pardasida hosil bo‘lib, uning ta’sirida ajraladigan shiraning miqdori deyarli
o‘zgarmasa ham, lekin tarkibida fementlar ko‘p bo‘ladi. Oshqozon osti bezining
shira  ajiratishini  oshqozon-ichak  sistemasidagi  xilma-xil  organik  va  yog‘
kislotalarining  tuzlari  ham  kuchaytiradi.  Gumoral  faktorlar  o‘z  ta’sirini  nerv
sistemasi orqali yuzaga chiqaradi, degan ma’lumotlar asosida shira ajralishning
ikkinchi  fazasini  neyroximiyaviy  faza  deb  qaraladi.  Oshqozon  osti  bezining
faoliyati hayvon iste’mol qilgan ozuqa turiga muvofiqlashib va moslashib olganligi
sababli  shira  ajralish  dinamikasi,  shiraning  miqdori,  tarkibi  va  fermentativ
xususiyati  hayvon  istemol  qilgan  ozuqa  xiliga,  xarakteriga,  tarkibiga  bog‘liq
bo‘ladi. Itlar och qoldirilganida oshqozon osti bezi shira ajratmaydi va lekin ovqat
berilganda shira ajratib, shira ajralishi ovqat turiga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan,
hayvonga  non,  sut  yoki  go‘sht  berilganda,  sutga  kam  miqdorda  shira  ajrasa,
go‘shtga yesa nonga qaraganda kamroq, ammo sutga qaraganda ko‘proq shira
ajratadi. Ajralgan shiraning fermentativ xususiyatlari ham ozuqa turiga bog‘liq
bo‘lib  hayvon  non  yeganida  tripsin,  sut  ichganida  yesa  tripsin  bilan  lipaza
fermentlari ko‘proq bo‘ladi. Demak, oshqozon osti bezining turli ozuqalarga shira
ajratish  xususiyati  va  dinamikasi  juda  o‘xshash.  Bundan  tashqari,  me’da
shirasining  kislotalik  xususiyati  me’da  osti  bezining  ishqoriy  xususiyatiga
yekvivalentdir. Demak, oshqozondagi shira ajratadigan hujayralar faoliyati bilan
oshqozon osti bezi hujayralarining faoliyati bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib,
bu hujayralar funksional jihatdan yagona sistemani tashkil qiladi.
Logotip
miyada joylashgan bo‘lib, bu markazga bel sigmentlaridan va qorindagi quyoshsimon to‘plomdan nerv tolalari kelgan. Oshqozon osti bezidan shira shartli reflektor yo‘l bilan ajralib chiqadi. Reflektor yo‘l bilan bir qatorda gumoral faktorlar ham ta’sir qiladi. Oshqozon va ichaklardagi xilma-xil moddalar bilan birgalikda sekretin va pankreozimin gormonlari oshqozon osti bezining faoliyatiga aktiv ta’sir ko‘rsatadi. Sekretin va pankreozimin ingichka ichakning shilliq pardasida ishlanib chiqiladi. Jumladan, sekretin inaktiv prosekretin holatida hosil bo‘lib, xlorid kislota ta’sirida tez aktivlashadi. Bu gormon oshqozon osti bezi hujayralari faoliyatini kuchaytirib, ko‘p miqdorda lekin kam fermentli shira ajratadi. Pankreozimin ingichka ichak shilliq pardasida hosil bo‘lib, uning ta’sirida ajraladigan shiraning miqdori deyarli o‘zgarmasa ham, lekin tarkibida fementlar ko‘p bo‘ladi. Oshqozon osti bezining shira ajiratishini oshqozon-ichak sistemasidagi xilma-xil organik va yog‘ kislotalarining tuzlari ham kuchaytiradi. Gumoral faktorlar o‘z ta’sirini nerv sistemasi orqali yuzaga chiqaradi, degan ma’lumotlar asosida shira ajralishning ikkinchi fazasini neyroximiyaviy faza deb qaraladi. Oshqozon osti bezining faoliyati hayvon iste’mol qilgan ozuqa turiga muvofiqlashib va moslashib olganligi sababli shira ajralish dinamikasi, shiraning miqdori, tarkibi va fermentativ xususiyati hayvon istemol qilgan ozuqa xiliga, xarakteriga, tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Itlar och qoldirilganida oshqozon osti bezi shira ajratmaydi va lekin ovqat berilganda shira ajratib, shira ajralishi ovqat turiga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, hayvonga non, sut yoki go‘sht berilganda, sutga kam miqdorda shira ajrasa, go‘shtga yesa nonga qaraganda kamroq, ammo sutga qaraganda ko‘proq shira ajratadi. Ajralgan shiraning fermentativ xususiyatlari ham ozuqa turiga bog‘liq bo‘lib hayvon non yeganida tripsin, sut ichganida yesa tripsin bilan lipaza fermentlari ko‘proq bo‘ladi. Demak, oshqozon osti bezining turli ozuqalarga shira ajratish xususiyati va dinamikasi juda o‘xshash. Bundan tashqari, me’da shirasining kislotalik xususiyati me’da osti bezining ishqoriy xususiyatiga yekvivalentdir. Demak, oshqozondagi shira ajratadigan hujayralar faoliyati bilan oshqozon osti bezi hujayralarining faoliyati bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu hujayralar funksional jihatdan yagona sistemani tashkil qiladi.
Turli qishloq xo‘jalik hayvonlarida  oshqozon osti bezining shira ajratishi
turlicha  bo‘lib,  kavsh  qaytaruvchilar,  otlar,  cho‘chqalarning  ingichka  ichagida
uzluksiz oziqa bo‘lganligi tufayli me’da osti bezi, to‘xtovsiz, doimiy ravishda shira
ajratib turadi. Ozuqaning xili kavsh qaytaruvchilarda shira ajralish xarakteriga
itlardagiga qaraganda kamroq ta’sir ko‘rsatadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar me’da
olldi bo‘lmalarida turli ozuqalar o‘zaro aralashib, o‘ziga xos xususiyatlarni bir oz
yo‘qotib, turli ozuqaga qanday shira ajralishini aniqlash uchun bu hayvonlarni
ma’lum bir xildagi ozuqa bilan uzoq vaqt davomida oziqlantirish lozim bo‘ladi.
Kavsh  qaytaruvchi  va  itlar-da  me’da  osti  bezi  shirasining  fermentlari  bir  xil
bo‘lsada, lekin kavsh qaytaruvchilar me’da osti bezining shirasining fermentativ
xususiyatlari itlarnikiga qaraganda bir oz past bo‘lib, ozuqa turiga qarab o‘zgarib
turadi.  Qoramollarning  me’da  osti  bezidan  sutka  davomida  o‘rtacha  6-7  l,
qo‘ylarda 0,36 l, cho‘chqa-larda 8 l gacha shira ajraladi va qoramollar shirasida 3-
4%, cho‘chqalar shirasida 1,2-1,4% oqsil bo‘ladi.
O‘t hosil bo‘lishi va chiqarilishi.  O‘n ikki barmoqli ichak bo‘shlig‘iga
oshqozon  osti  bezining  shirasidan  tashqari  jigar  hujayralaridan  ishlanib
chiqariladigan  o‘t  suyuqligi  ham  tushadi.  Jigar  hujayralarida  doimo  ishlanib
turadigan  bu  suyuqlik  mayda-mayda  kapillyarlarga  o‘tib  ulardan  jigarning
bo‘lmalari orasidagi o‘t yo‘llariga, so‘ngra umumiy o‘t yo‘liga tushadi va oxiri o‘n
ikki barmoqli ichakga quyiladi. Demak, o‘t suyuqligi faqatgina sekret bo‘lmasdan,
balki yeskret hamdir. Jigar hujayralari o‘t suyuqligini tinmay hosil qilib tursada,
ammo bu suyuqlik o‘n ikki barmoq ichakka vaqt-vaqti bilan, ya’ni ozuqa iste’mol
qilinib, ichakda hazm bo‘layotgan paytida quyilib turadi. Ichakda ozuqa hazm
qilinmayotgan paytda o‘t yo‘li yopiq bo‘lib, o‘n ikki barmoq ichakka o‘t suyuqligi
tushmasdan, o‘t suyuqligi o‘t pufagida to‘planib, yig‘iladi va quyuqlashib qoladi.
Otlar, tuyalar va shimol bug‘ilarida o‘t pufagi yo‘q, bu hayvonlarda o‘t pufagi
vazifasini kengaygan o‘t yo‘li bajarib, bu hayvonlarning ichaklarida ozuqalar hazm
bo‘lishi to‘xtovsiz davom yetib turadi. 
Hayvonlar jigarida o‘t hosil bo‘lishi va uning o‘n ikki barmoq ichakka
chiqarilishi xronik tajribalar yordamida o‘rganilgan bo‘lib, xuddi me’da osti bezi
yo‘li  tashqariga  chiqarilganidek,  teri  ustiga  chiqarib  tikiladi  yoki  o‘t  yo‘li
bog‘lanib, o‘t pufagiga fistula qo‘yiladi.
Logotip
Turli qishloq xo‘jalik hayvonlarida oshqozon osti bezining shira ajratishi turlicha bo‘lib, kavsh qaytaruvchilar, otlar, cho‘chqalarning ingichka ichagida uzluksiz oziqa bo‘lganligi tufayli me’da osti bezi, to‘xtovsiz, doimiy ravishda shira ajratib turadi. Ozuqaning xili kavsh qaytaruvchilarda shira ajralish xarakteriga itlardagiga qaraganda kamroq ta’sir ko‘rsatadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar me’da olldi bo‘lmalarida turli ozuqalar o‘zaro aralashib, o‘ziga xos xususiyatlarni bir oz yo‘qotib, turli ozuqaga qanday shira ajralishini aniqlash uchun bu hayvonlarni ma’lum bir xildagi ozuqa bilan uzoq vaqt davomida oziqlantirish lozim bo‘ladi. Kavsh qaytaruvchi va itlar-da me’da osti bezi shirasining fermentlari bir xil bo‘lsada, lekin kavsh qaytaruvchilar me’da osti bezining shirasining fermentativ xususiyatlari itlarnikiga qaraganda bir oz past bo‘lib, ozuqa turiga qarab o‘zgarib turadi. Qoramollarning me’da osti bezidan sutka davomida o‘rtacha 6-7 l, qo‘ylarda 0,36 l, cho‘chqa-larda 8 l gacha shira ajraladi va qoramollar shirasida 3- 4%, cho‘chqalar shirasida 1,2-1,4% oqsil bo‘ladi. O‘t hosil bo‘lishi va chiqarilishi. O‘n ikki barmoqli ichak bo‘shlig‘iga oshqozon osti bezining shirasidan tashqari jigar hujayralaridan ishlanib chiqariladigan o‘t suyuqligi ham tushadi. Jigar hujayralarida doimo ishlanib turadigan bu suyuqlik mayda-mayda kapillyarlarga o‘tib ulardan jigarning bo‘lmalari orasidagi o‘t yo‘llariga, so‘ngra umumiy o‘t yo‘liga tushadi va oxiri o‘n ikki barmoqli ichakga quyiladi. Demak, o‘t suyuqligi faqatgina sekret bo‘lmasdan, balki yeskret hamdir. Jigar hujayralari o‘t suyuqligini tinmay hosil qilib tursada, ammo bu suyuqlik o‘n ikki barmoq ichakka vaqt-vaqti bilan, ya’ni ozuqa iste’mol qilinib, ichakda hazm bo‘layotgan paytida quyilib turadi. Ichakda ozuqa hazm qilinmayotgan paytda o‘t yo‘li yopiq bo‘lib, o‘n ikki barmoq ichakka o‘t suyuqligi tushmasdan, o‘t suyuqligi o‘t pufagida to‘planib, yig‘iladi va quyuqlashib qoladi. Otlar, tuyalar va shimol bug‘ilarida o‘t pufagi yo‘q, bu hayvonlarda o‘t pufagi vazifasini kengaygan o‘t yo‘li bajarib, bu hayvonlarning ichaklarida ozuqalar hazm bo‘lishi to‘xtovsiz davom yetib turadi. Hayvonlar jigarida o‘t hosil bo‘lishi va uning o‘n ikki barmoq ichakka chiqarilishi xronik tajribalar yordamida o‘rganilgan bo‘lib, xuddi me’da osti bezi yo‘li tashqariga chiqarilganidek, teri ustiga chiqarib tikiladi yoki o‘t yo‘li bog‘lanib, o‘t pufagiga fistula qo‘yiladi.
O‘t yo‘lini tashqariga chiqarib tikish o‘t suyuqligining ichak bo‘shlig‘iga
chiqarilish mexanizmini o‘rganishga imkon bersa, o‘t pufagiga fistula o‘rnatish
jigarda o‘t suyuqligining hosil bo‘lish jarayonini o‘rganishga imkon beradi. Kerak
bo‘lsa ikkala operasiyani bir vaqtda amalga oshirish mumkin. Lekin uzoq davom
yetadigan tajribalarda hayvon organizmini o‘t suyuqligidan mahrum qilmaslik va
shu tarqa uni o‘limdan saqlab qolish maqsadida o‘t yo‘li tashqariga chiqarilib tikib
qo‘yilganda ham, o‘t pufagiga fistula o‘rnatilganida ham o‘t yo‘li yoki fistulani
maxsus shisha naycha yordamida o‘n ikki barmoqli ichakka o‘rnatilgan ikkinchi
fistulaga tashqaridan ulab qo‘ysa bo‘ladi. Bu operasiya o‘t suyuqligini faqat tajriba
vaqtida olishga, tajribadan boshqa vaqtda yesa uning ichakka quyilib turishiga
sharoit yaratadi. Kavsh qaytaruvchilar o‘t yo‘li bilan me’da osti bezining yo‘li o‘n
ikki  barmoq  ichakka  birgalikda  ochilganligi  sababli  o‘t  pufagiga  fistula
qo‘yilganda  o‘t  yo‘lini  yuqoriroqdan,  ya’ni  me’da  osti  bezining  yo‘li  bilan
birlashmagan joyidan bog‘lash kerak bo‘ladi.
O‘t  va  uning  ahamiyati.  Ovqat  hazm  qilish  uchun  o‘t  juda  muhim
ahamiyatga yega bo‘lib, uning ikki xili: jigar o‘ti va pufak o‘ti farq qilinadi. Jigar
o‘ti  jigar  hujayralaridan  ishlanib  chiqqan,  ammo  hali  o‘t  pufagiga  kelib
quyulmagan  o‘tdir.  U  ancha  tiniq,  och  sariq,  och  yashil  rangli  suyuqlikdir.
Solishtirma og‘irligi 1,009-1,031 rN-7,5 ga teng, ishqoriy muhitga yega. Uning
tarkibida 96-99% suv bo‘ladi. Pufak o‘ti pufakka kelib quyilganidan keyin suvning
ma’lum  qismi  qayta so‘rilib, ancha quyuq, qoramtir tusga kirgan suyuqlikdir.
Solish-tirma og‘irligi 1,026-1,048 ga teng, unda rN-6,8 bo‘ladi. tarkibida 80-86%
suv va pufakning shiliq pardasidan ajralgan shilimshiq bo‘ladi. O‘t tarkibida hazm
yo‘lining  boshqa  suyuqlik  va  shiralari  tarkibida  ham  uchraydigan  bir  qancha
nospesifik moddalardan tashqari o‘t suyuqligining o‘zi uchungina xos bo‘lgan
spesifik organik moddalar, ya’ni o‘t pigmentlari va o‘t kislotalari ham bor. O‘t
kislotasi xolat kislota deb ataladi, glikokol bilan birikib glikoxolat kislotani va
taurin  bilan  birikib,  tauroxolat  kislotani  hosil  qiladi.  Hazm  jarayonlarining
ko‘pgina  tomonlari  ana  shu  kislotalarga  bog‘liq.  Jumladan  o‘t  kislotalarining
natriyli  tuzlari  suv  va  yog‘larining  yuza  tarangligini  pasayti-rib,  yog‘larning
yemullanishiga yordam beradi, bundan tashqari, yog‘ donachalarining bir-biriga
yopishib  olib,  yiriklashishiga  qarshilik qiladi.  Bu  kislotalar  lipaza  va  kamroq
Logotip
O‘t yo‘lini tashqariga chiqarib tikish o‘t suyuqligining ichak bo‘shlig‘iga chiqarilish mexanizmini o‘rganishga imkon bersa, o‘t pufagiga fistula o‘rnatish jigarda o‘t suyuqligining hosil bo‘lish jarayonini o‘rganishga imkon beradi. Kerak bo‘lsa ikkala operasiyani bir vaqtda amalga oshirish mumkin. Lekin uzoq davom yetadigan tajribalarda hayvon organizmini o‘t suyuqligidan mahrum qilmaslik va shu tarqa uni o‘limdan saqlab qolish maqsadida o‘t yo‘li tashqariga chiqarilib tikib qo‘yilganda ham, o‘t pufagiga fistula o‘rnatilganida ham o‘t yo‘li yoki fistulani maxsus shisha naycha yordamida o‘n ikki barmoqli ichakka o‘rnatilgan ikkinchi fistulaga tashqaridan ulab qo‘ysa bo‘ladi. Bu operasiya o‘t suyuqligini faqat tajriba vaqtida olishga, tajribadan boshqa vaqtda yesa uning ichakka quyilib turishiga sharoit yaratadi. Kavsh qaytaruvchilar o‘t yo‘li bilan me’da osti bezining yo‘li o‘n ikki barmoq ichakka birgalikda ochilganligi sababli o‘t pufagiga fistula qo‘yilganda o‘t yo‘lini yuqoriroqdan, ya’ni me’da osti bezining yo‘li bilan birlashmagan joyidan bog‘lash kerak bo‘ladi. O‘t va uning ahamiyati. Ovqat hazm qilish uchun o‘t juda muhim ahamiyatga yega bo‘lib, uning ikki xili: jigar o‘ti va pufak o‘ti farq qilinadi. Jigar o‘ti jigar hujayralaridan ishlanib chiqqan, ammo hali o‘t pufagiga kelib quyulmagan o‘tdir. U ancha tiniq, och sariq, och yashil rangli suyuqlikdir. Solishtirma og‘irligi 1,009-1,031 rN-7,5 ga teng, ishqoriy muhitga yega. Uning tarkibida 96-99% suv bo‘ladi. Pufak o‘ti pufakka kelib quyilganidan keyin suvning ma’lum qismi qayta so‘rilib, ancha quyuq, qoramtir tusga kirgan suyuqlikdir. Solish-tirma og‘irligi 1,026-1,048 ga teng, unda rN-6,8 bo‘ladi. tarkibida 80-86% suv va pufakning shiliq pardasidan ajralgan shilimshiq bo‘ladi. O‘t tarkibida hazm yo‘lining boshqa suyuqlik va shiralari tarkibida ham uchraydigan bir qancha nospesifik moddalardan tashqari o‘t suyuqligining o‘zi uchungina xos bo‘lgan spesifik organik moddalar, ya’ni o‘t pigmentlari va o‘t kislotalari ham bor. O‘t kislotasi xolat kislota deb ataladi, glikokol bilan birikib glikoxolat kislotani va taurin bilan birikib, tauroxolat kislotani hosil qiladi. Hazm jarayonlarining ko‘pgina tomonlari ana shu kislotalarga bog‘liq. Jumladan o‘t kislotalarining natriyli tuzlari suv va yog‘larining yuza tarangligini pasayti-rib, yog‘larning yemullanishiga yordam beradi, bundan tashqari, yog‘ donachalarining bir-biriga yopishib olib, yiriklashishiga qarshilik qiladi. Bu kislotalar lipaza va kamroq
darajada bo‘lsa ham amilolitik va proteolitik fermentlarni aktivlashtiradi, ichak
motorikasini jonlantiradi. O‘t kislotalari yog‘ va yog‘ kislotalarining ichak devori
orqali  limfa  va  qonga  so‘rilishidan  katta  ahami-yatga  yegadir.  Chunki  yog‘
kislotalari faqat o‘t kislotalar bilan birikib, suvda yeriydigan kompleks birikmalar
hosil qilganidan keyingina so‘riladigan holga keladi.
O‘t pigmentlari ikki xil bo‘ladi: bilirubin va uning oksidlanishidan hosil
bo‘ladigan  biliverdin.  Bu  pigmentlar  gemoglobinning  parchalanishidan  yuzaga
keladigan mahsulotlardir. O‘t pigmentlari suyuqligiga o‘ziga xos rangni beradi.
Jumladan,  bilirubin  o‘tga  sariq  tus  bersa,  biliverdin  yashil  tus  beradi.  O‘t
suyuqligida pigmentlarning ko‘proq bo‘lishiga qarab turli hayvonlar o‘tining rangi
qoramtir yashil bo‘lsa, yetxo‘r hayvonlar o‘tining rangi qizg‘ish sariqdir. Chunki
o‘txo‘r hayvonlarning o‘tida biliverdin doimo birmuncha ko‘p bo‘ladi. O‘tning
nospesifik moddalariga uning tarkibida uchraydigan xolesterin, fosfatidlar, yerkin
va  sovunlashgan  yog‘lar,  oqsillarning  parchalanishi  tufayli  hosil  bo‘lgan
mochevina, siydik kislota, purin asoslari kabi moddalar, shuningdek, natriy, kaliy
va kalsiyning karbonatli hamda fosfatli tuzlari kiradi.
O‘tning chiqarilishi. 
Hayvon ovqat yemay turgan paytda o‘t yo‘lining
o‘n ikki barmoq ichakka ochiladigan joyidagi sfinkter yopiq bo‘lganligi sababli o‘t
suyuqligi ichakka chiqmay turadi. Bu vaqtda o‘t o‘t pufagi va keng diametrli o‘t
yo‘llarida to‘planib boradi. Hayvon ovqat  yeganidan 5-10 minut  o‘tishi  bilan
ichakka o‘t chiqarila boshlaydi va o‘t chiqarilishi 6-8 soat davom yetadi. Ichakka
dastlab pufak o‘ti chiqariladi, shu sababli ichakka chiqarilayotgan o‘tning birinchi
porsiyalari qoramtir va birmuncha quyuq bo‘ladi. Pufak o‘ti chiqib bo‘lishi bilan
jigar o‘ti chiqa boshlaydi. Shuning uchun keyingi o‘t porsiyalari och sariq rangli va
bir oz suyuqroq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining o‘ti bir oz suyuqroq
bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining o‘t chiqarishi bir tekisda bo‘lmasada,
uzluksiz davom yetib turadi va shu jihatdan itlarning o‘t chiqarishidan farq qiladi.
Chunki qishloq xo‘jalik hayvonlarining ichagi odatda hech bo‘sh bo‘lmaydi, hazm
jarayonlari  to‘xtovsiz  sodir  bo‘lib  turadi.  O‘tning  chiqarilishi  hayvon
oziqlanayotganda keskin kuchayib, och qolganida ozmi-ko‘pmi susayadi. Sutka
davomida itlar o‘rtacha 250-300 ml, qo‘y va yechkilar 1,0-1,5 l gacha, qoramollar
Logotip
darajada bo‘lsa ham amilolitik va proteolitik fermentlarni aktivlashtiradi, ichak motorikasini jonlantiradi. O‘t kislotalari yog‘ va yog‘ kislotalarining ichak devori orqali limfa va qonga so‘rilishidan katta ahami-yatga yegadir. Chunki yog‘ kislotalari faqat o‘t kislotalar bilan birikib, suvda yeriydigan kompleks birikmalar hosil qilganidan keyingina so‘riladigan holga keladi. O‘t pigmentlari ikki xil bo‘ladi: bilirubin va uning oksidlanishidan hosil bo‘ladigan biliverdin. Bu pigmentlar gemoglobinning parchalanishidan yuzaga keladigan mahsulotlardir. O‘t pigmentlari suyuqligiga o‘ziga xos rangni beradi. Jumladan, bilirubin o‘tga sariq tus bersa, biliverdin yashil tus beradi. O‘t suyuqligida pigmentlarning ko‘proq bo‘lishiga qarab turli hayvonlar o‘tining rangi qoramtir yashil bo‘lsa, yetxo‘r hayvonlar o‘tining rangi qizg‘ish sariqdir. Chunki o‘txo‘r hayvonlarning o‘tida biliverdin doimo birmuncha ko‘p bo‘ladi. O‘tning nospesifik moddalariga uning tarkibida uchraydigan xolesterin, fosfatidlar, yerkin va sovunlashgan yog‘lar, oqsillarning parchalanishi tufayli hosil bo‘lgan mochevina, siydik kislota, purin asoslari kabi moddalar, shuningdek, natriy, kaliy va kalsiyning karbonatli hamda fosfatli tuzlari kiradi. O‘tning chiqarilishi. Hayvon ovqat yemay turgan paytda o‘t yo‘lining o‘n ikki barmoq ichakka ochiladigan joyidagi sfinkter yopiq bo‘lganligi sababli o‘t suyuqligi ichakka chiqmay turadi. Bu vaqtda o‘t o‘t pufagi va keng diametrli o‘t yo‘llarida to‘planib boradi. Hayvon ovqat yeganidan 5-10 minut o‘tishi bilan ichakka o‘t chiqarila boshlaydi va o‘t chiqarilishi 6-8 soat davom yetadi. Ichakka dastlab pufak o‘ti chiqariladi, shu sababli ichakka chiqarilayotgan o‘tning birinchi porsiyalari qoramtir va birmuncha quyuq bo‘ladi. Pufak o‘ti chiqib bo‘lishi bilan jigar o‘ti chiqa boshlaydi. Shuning uchun keyingi o‘t porsiyalari och sariq rangli va bir oz suyuqroq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining o‘ti bir oz suyuqroq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining o‘t chiqarishi bir tekisda bo‘lmasada, uzluksiz davom yetib turadi va shu jihatdan itlarning o‘t chiqarishidan farq qiladi. Chunki qishloq xo‘jalik hayvonlarining ichagi odatda hech bo‘sh bo‘lmaydi, hazm jarayonlari to‘xtovsiz sodir bo‘lib turadi. O‘tning chiqarilishi hayvon oziqlanayotganda keskin kuchayib, och qolganida ozmi-ko‘pmi susayadi. Sutka davomida itlar o‘rtacha 250-300 ml, qo‘y va yechkilar 1,0-1,5 l gacha, qoramollar
7,0-9,5 l, cho‘chqalar 2,4-3,8 l, otlar yesa 6,0-7,2 l o‘tni o‘n ikki barmoq ichakka
chiqaradi.
O‘tning hosil bo‘lishi va o‘n ikki barmoq ichakka chiqarilishiga bir qancha
omillar  ta’sir  ko‘rsatadi.  Jumladan,  o‘t  hosil  bo‘lishi  hayvonlarning  yoshi  va
iste’mol qiladigan oziqalarning xiliga bog‘liq. P.T.Tixonovning ma’lumotlariga
qaraganda o‘t o‘n ikki barmoq ichakka muntazam ravishda chiqib turganida o‘t
hosil bo‘lishi ham ancha jadal kechadi.
O‘t  chiqishi  hayvonlarning  individual  rivojlanish  davrida  ham  o‘zgarib
turadi. Jumladan, buzoqlar hayotning birinchi uch oyida o‘t hosil bo‘lishi asta-
sekin kuchayib boradi, shundan keyin yesa bunday qonuniyat ko‘zga tashlanmaydi.
Non, sut va go‘sht iste’mol qilganda me’da shirasining ajralishi bu ozuqalarni
yeganda qanday o‘zgarmagan bo‘lsa, o‘tning hosil bo‘lishi va chiqarilishi ham
o‘shanda y o‘zgaradi. 
O‘t  hosil  bo‘lishi  va  chiqarilishi  neyrogumoral yo‘l  bilan  muntazam
boshqarilib boradi va organizmning extiyojiga moslashtiriladi. Ozuqaning ichakka
chiqarilishiga sabab bo‘ladigan reflektor reaksiya adashgan nervni qo‘zg‘atadi,
natijada o‘t pufagi, o‘t yo‘llarining silliq muskul tolalari qisqaradi va o‘t yo‘lining
ichak devoriga quyilish joyidagi sfinkter ochilib, o‘t ichakka tushadi. Simpatik
nervning qo‘zg‘alishi pufak devorining bo‘shashishiga va sfinkterning yopilishiga
olib keladi, natijada o‘tning ichakka chiqarilishi to‘xtaydi. O‘tning reflektor yo‘l
bilan ichakka chiqarilishida, pufakning o‘t bilan nechog‘li to‘lganligi ham katta rol
o‘ynaydi.  Jumladan,  o‘t  pufaki  o‘t  bilan  qancha  yaxshi  to‘lgan  bo‘lsa,  uning
devoridagi retseptorlar shuncha tez ta’sirlanib, o‘t reflektor yo‘l bilan shuncha tez
chiqadi. O‘t hosil bo‘lishi va uning chiqarilishiga shartli reflektor faoliyat ham
ta’sir qiladi. Jumladan, «yolg‘ondakam oziqlantirish» paytida o‘t hosil bo‘lishi va
chiqarilishi  kuchayadi.  Odatdagi  shroitda  hayvonning  oziqalanishiga  aloqador
xilma-xil  ta’sirotlar  munosabati  bilan  o‘tning  ichakka  chiqarilishiga  va  hosil
bo‘lishiga oid shartli reflekslar  hosil  bo‘lib turadi. O‘tning chiqarilishi  shartli
reflektor ravishda amalga oshishi bilan birga shartli reflektor yo‘l bilan tezda
tormozlanadi  ham.  Masalan,  ovqat  yeb  turgan  itga  mushukni  ko‘rsasak,  o‘t
chiqarilishi reflektor ravishda taqqa to‘xtaydi. Bunda simpatik nerv sistemasining
qo‘zg‘alishi o‘t chiqarilishining to‘xtashiga sabab bo‘ladi. 
Logotip
7,0-9,5 l, cho‘chqalar 2,4-3,8 l, otlar yesa 6,0-7,2 l o‘tni o‘n ikki barmoq ichakka chiqaradi. O‘tning hosil bo‘lishi va o‘n ikki barmoq ichakka chiqarilishiga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, o‘t hosil bo‘lishi hayvonlarning yoshi va iste’mol qiladigan oziqalarning xiliga bog‘liq. P.T.Tixonovning ma’lumotlariga qaraganda o‘t o‘n ikki barmoq ichakka muntazam ravishda chiqib turganida o‘t hosil bo‘lishi ham ancha jadal kechadi. O‘t chiqishi hayvonlarning individual rivojlanish davrida ham o‘zgarib turadi. Jumladan, buzoqlar hayotning birinchi uch oyida o‘t hosil bo‘lishi asta- sekin kuchayib boradi, shundan keyin yesa bunday qonuniyat ko‘zga tashlanmaydi. Non, sut va go‘sht iste’mol qilganda me’da shirasining ajralishi bu ozuqalarni yeganda qanday o‘zgarmagan bo‘lsa, o‘tning hosil bo‘lishi va chiqarilishi ham o‘shanda y o‘zgaradi. O‘t hosil bo‘lishi va chiqarilishi neyrogumoral yo‘l bilan muntazam boshqarilib boradi va organizmning extiyojiga moslashtiriladi. Ozuqaning ichakka chiqarilishiga sabab bo‘ladigan reflektor reaksiya adashgan nervni qo‘zg‘atadi, natijada o‘t pufagi, o‘t yo‘llarining silliq muskul tolalari qisqaradi va o‘t yo‘lining ichak devoriga quyilish joyidagi sfinkter ochilib, o‘t ichakka tushadi. Simpatik nervning qo‘zg‘alishi pufak devorining bo‘shashishiga va sfinkterning yopilishiga olib keladi, natijada o‘tning ichakka chiqarilishi to‘xtaydi. O‘tning reflektor yo‘l bilan ichakka chiqarilishida, pufakning o‘t bilan nechog‘li to‘lganligi ham katta rol o‘ynaydi. Jumladan, o‘t pufaki o‘t bilan qancha yaxshi to‘lgan bo‘lsa, uning devoridagi retseptorlar shuncha tez ta’sirlanib, o‘t reflektor yo‘l bilan shuncha tez chiqadi. O‘t hosil bo‘lishi va uning chiqarilishiga shartli reflektor faoliyat ham ta’sir qiladi. Jumladan, «yolg‘ondakam oziqlantirish» paytida o‘t hosil bo‘lishi va chiqarilishi kuchayadi. Odatdagi shroitda hayvonning oziqalanishiga aloqador xilma-xil ta’sirotlar munosabati bilan o‘tning ichakka chiqarilishiga va hosil bo‘lishiga oid shartli reflekslar hosil bo‘lib turadi. O‘tning chiqarilishi shartli reflektor ravishda amalga oshishi bilan birga shartli reflektor yo‘l bilan tezda tormozlanadi ham. Masalan, ovqat yeb turgan itga mushukni ko‘rsasak, o‘t chiqarilishi reflektor ravishda taqqa to‘xtaydi. Bunda simpatik nerv sistemasining qo‘zg‘alishi o‘t chiqarilishining to‘xtashiga sabab bo‘ladi.
Nerv sistemasidan tashqari o‘t hosil bo‘lishi va uning ichakka chiqarilishiga
xilma-xil gumoral faktorlar, har xil moddalar ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, o‘t
suyuqligining o‘zi, o‘t kislotalari, gastrin, sekretin, xlorid kislota va ozuqa tarkibida
bo‘ladigan har xil yekstrakt moddalar o‘t hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Ingichka
ichakning shiliq pardasidan ajraladigan gormon xolesistokinin qonga so‘rilib, o‘t
pufagining  qisqarishini  va  o‘t  yo‘li  sfinkterning  ochilishini  ta’minlaydi.
Gipofizning ayrim gormonlari ham xuddi shu xilda ta’sir ko‘rsatadi. Buyrak usti
bezining adrenalin gormoni yesa xuddi simpatik nerv singari ta’sir ko‘rsatib, o‘t
chiqarilishini tormozlaydi.
Oziqalarning ingichka ichakda hazm bo‘lishi-me’dada tegishlicha hazm
bo‘lgan  oziqalar  belgili  qonuniyat  asosida  ingichka  ichakkaga  ya’ni  o‘n  ikki
barmoq, och va yonbosh ichaklarga o‘tkazilib, bu yerda atroflicha hazm qilinadi.
Ingichka ichakda ozuqaga me’da osti bezi hamda ichak shiralaridagi xilma-xil
fermentlar shiddat bilan ta’sir qilib, hazm sistemaning bu qismida oziqalarning
hazm  bo‘lishida  o‘t suyuqligi ham ishtirok yetadi. Oqibatda me’dadan o‘tgan
oziqalar  ingichka  ichakda  o‘zining  barcha  tarkibiy  qismlariga  parchalanadi.
Oziqalar ingichka ichakda xilma-xil suyuqliklar bilan yaxshi aralashib, bir jinsli
atalaga o‘xshab uni ximus deyiladi. Turli xil hayvonlar ingichka ichakda 1 kg
quruq oziqaga nisbatan bir xil miqdorda, ya’ni 14,5-15,0 litr atrofida ximus hosil
bo‘ladi. O‘rtacha qoramollarda ximusning kundalik miqdori 250-300 l, qo‘ylarda
28-50 l,otlarda 260-265 l, cho‘chqalarda yesa 75-80 l atrofida bo‘ladi. Ximusning
tarkibi  o‘zgarmas  bo‘lib,  bir  xil  me’yorda  saqlanib,  ximus  tarkibining
mo‘tadilligida  ichakka  chiqarilayotgan  hazm  shiralarining  tarkibidagi  har-xil
organik va anorganik moddalarning ahamiyati benihoya katta va sutka davomida
hazm shiralari bilan birgalikda sigirlar ichagiga 500-700 g gacha oqsil chiqadi.
Ingichka  ichakda  kechayotgan  hazm  jarayonlarida  xilma-xil  fermentlar
go‘yo  o‘zaro  raqobat  qilganday  ta’sir  ko‘rsatib,  benihoya  murakkab,  hazm
jarayonining bir  muncha pirovard va eng muhim bosqichi  bo‘lib hisoblanadi.
Ingichka ichak ichidagi mahsulotni-ximusni tashqariga chiqarilishi hayot uchun
juda xavflidir. Fistula orqali ximusning ozmi-ko‘pmi tashqariga chiqarilishi, tezda
qonning  tarkibida  o‘z  ifodasini  topadi.  Qonning  suyuq  qismi  tezda  ichakka
chiqariladi,  oqibatda  qonda  yeritrositlar,  demak  gemoglobin  ko‘payadi-«qon
Logotip
Nerv sistemasidan tashqari o‘t hosil bo‘lishi va uning ichakka chiqarilishiga xilma-xil gumoral faktorlar, har xil moddalar ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, o‘t suyuqligining o‘zi, o‘t kislotalari, gastrin, sekretin, xlorid kislota va ozuqa tarkibida bo‘ladigan har xil yekstrakt moddalar o‘t hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Ingichka ichakning shiliq pardasidan ajraladigan gormon xolesistokinin qonga so‘rilib, o‘t pufagining qisqarishini va o‘t yo‘li sfinkterning ochilishini ta’minlaydi. Gipofizning ayrim gormonlari ham xuddi shu xilda ta’sir ko‘rsatadi. Buyrak usti bezining adrenalin gormoni yesa xuddi simpatik nerv singari ta’sir ko‘rsatib, o‘t chiqarilishini tormozlaydi. Oziqalarning ingichka ichakda hazm bo‘lishi-me’dada tegishlicha hazm bo‘lgan oziqalar belgili qonuniyat asosida ingichka ichakkaga ya’ni o‘n ikki barmoq, och va yonbosh ichaklarga o‘tkazilib, bu yerda atroflicha hazm qilinadi. Ingichka ichakda ozuqaga me’da osti bezi hamda ichak shiralaridagi xilma-xil fermentlar shiddat bilan ta’sir qilib, hazm sistemaning bu qismida oziqalarning hazm bo‘lishida o‘t suyuqligi ham ishtirok yetadi. Oqibatda me’dadan o‘tgan oziqalar ingichka ichakda o‘zining barcha tarkibiy qismlariga parchalanadi. Oziqalar ingichka ichakda xilma-xil suyuqliklar bilan yaxshi aralashib, bir jinsli atalaga o‘xshab uni ximus deyiladi. Turli xil hayvonlar ingichka ichakda 1 kg quruq oziqaga nisbatan bir xil miqdorda, ya’ni 14,5-15,0 litr atrofida ximus hosil bo‘ladi. O‘rtacha qoramollarda ximusning kundalik miqdori 250-300 l, qo‘ylarda 28-50 l,otlarda 260-265 l, cho‘chqalarda yesa 75-80 l atrofida bo‘ladi. Ximusning tarkibi o‘zgarmas bo‘lib, bir xil me’yorda saqlanib, ximus tarkibining mo‘tadilligida ichakka chiqarilayotgan hazm shiralarining tarkibidagi har-xil organik va anorganik moddalarning ahamiyati benihoya katta va sutka davomida hazm shiralari bilan birgalikda sigirlar ichagiga 500-700 g gacha oqsil chiqadi. Ingichka ichakda kechayotgan hazm jarayonlarida xilma-xil fermentlar go‘yo o‘zaro raqobat qilganday ta’sir ko‘rsatib, benihoya murakkab, hazm jarayonining bir muncha pirovard va eng muhim bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Ingichka ichak ichidagi mahsulotni-ximusni tashqariga chiqarilishi hayot uchun juda xavflidir. Fistula orqali ximusning ozmi-ko‘pmi tashqariga chiqarilishi, tezda qonning tarkibida o‘z ifodasini topadi. Qonning suyuq qismi tezda ichakka chiqariladi, oqibatda qonda yeritrositlar, demak gemoglobin ko‘payadi-«qon
quyuqlashadi».  Ximusning  batamom  tashqariga  chiqarilishi  muqarrar  ravishda
organizmning halokatiga sabab bo‘ladi.
Oziqaning  ichak  devorida  hazm  bo‘lishi.
 Oziqaning  hazm
bo‘lishliqlaridan-og‘izda, me’dada, ichakda hazm bo‘lishini ko‘rib keldik. Lekin
bular hazm jarayonlarinting nihoyasiga yetmagan bosqichlaridir. Ichakda atroflicha
hazm bo‘lgan oziqalar pirovardida ichak devorida, shilliq pardadagi fermentlarning
ta’sirida batamom parchalanadi va so‘riladi. Oziqalarning ichak devorida hazm
bo‘lishini  dastlab  A.M.Ugolev  va  boshqa  laboratoriya  xodimlari  aniqladilar.
Keyingi  paytlarda  o‘tkazilgan  tekshirishlar  tufayli  ichaklardagi  so‘rg‘ichlar  –
vorsinkalar  yuzasida,  nihoyatda  mayda  so‘rg‘ichlar-mikrovorsinkalar  borligi
aniqlandi. Bitta vorsinkada, balandligi 0,55-1,1 mkm, yo‘g‘onligi 0,05 - 0,08 mkm
bo‘lgan mikrovorsinkalar to 3000 tagacha joylashishi mumkin. Mikrovorsinkalar
vorsinkalar yuzasini juda zich qoplab olib, u yerda jiyakka o‘xshash tuzilmani hosil
qilib, shu jiyakka o‘xshash tuzilmada nihoyatda xilma-xil fermentlar mavjud. Bu
jiyakli  tuzilmada  ishqoriy  va  kislotali  fosfatazalar,  aminopeptidazalar,  lipaza,
gistaminaza va boshqa fermentlar borligi aniqlangan. Mikrovorsinkalarning orasida
mikroporalar-elektron  mikroskopda  ko‘rinadigan  mikroskopik  teshikchalar  bor.
Ichakning ichida tegishlicha hazm bo‘lgan oziqa zarrachalari so‘rilishga intilib,
ichak  devoridagi  vorsinkalarga  yondoshadi  va  bu  vaqtda  jiyakli  tuzilmaga,
mikrovorsinkalarga duchor keladi. Oqibatda u yerdagi fermentlar ta’siriga uchraydi
va batamom parchalanib mikroporalar orqali so‘riladi. Oziqa zarrachalari faqat
mikroporalardan o‘ta oladigan darajaga keltirilgandan keyingina so‘rilishi mumkin,
aks holda ichak ichiga yana qaytariladi,  yoxud jiyakli  tuzilmadagi  fermentlar
ta’sirida parchalanadi. Jiyakli tuzilmada oziqa bilan keltirilayotgan fermentlarning
aktivlashishi, faollashishi uchun hamma sharoit bor. Shu sababli bu yerda oziqa
bilan keltirilayotgan fermentlar ham o‘z ta’sirini bemalol namoyon qilaveradi.
Keyingi  paytdagi  ma’lumotlar  jiyakli  tuzilmadagi  fermentlarning  ancha
shiddatliligini ularning hazm bo‘shliqlaridagi fermentlardan ancha kuchliligini va
muhit  o‘zgarishini  farqlamasligini  isbotladi.  Demak,  jiyakli  tuzilmaga,
mikrovorsinkalarga  kelayotgan  oziqa  zarrachalari  nihoyatda  xilma-xil  bo‘lishi
bilan  birgalikda,  ancha  kuchli  fermentlarning  ta’siriga  duchor  bo‘ladilar  va
parchalanishga majbur bo‘ladi. Qayd qilinganlarning hammasi oziqalarning ichak
Logotip
quyuqlashadi». Ximusning batamom tashqariga chiqarilishi muqarrar ravishda organizmning halokatiga sabab bo‘ladi. Oziqaning ichak devorida hazm bo‘lishi. Oziqaning hazm bo‘lishliqlaridan-og‘izda, me’dada, ichakda hazm bo‘lishini ko‘rib keldik. Lekin bular hazm jarayonlarinting nihoyasiga yetmagan bosqichlaridir. Ichakda atroflicha hazm bo‘lgan oziqalar pirovardida ichak devorida, shilliq pardadagi fermentlarning ta’sirida batamom parchalanadi va so‘riladi. Oziqalarning ichak devorida hazm bo‘lishini dastlab A.M.Ugolev va boshqa laboratoriya xodimlari aniqladilar. Keyingi paytlarda o‘tkazilgan tekshirishlar tufayli ichaklardagi so‘rg‘ichlar – vorsinkalar yuzasida, nihoyatda mayda so‘rg‘ichlar-mikrovorsinkalar borligi aniqlandi. Bitta vorsinkada, balandligi 0,55-1,1 mkm, yo‘g‘onligi 0,05 - 0,08 mkm bo‘lgan mikrovorsinkalar to 3000 tagacha joylashishi mumkin. Mikrovorsinkalar vorsinkalar yuzasini juda zich qoplab olib, u yerda jiyakka o‘xshash tuzilmani hosil qilib, shu jiyakka o‘xshash tuzilmada nihoyatda xilma-xil fermentlar mavjud. Bu jiyakli tuzilmada ishqoriy va kislotali fosfatazalar, aminopeptidazalar, lipaza, gistaminaza va boshqa fermentlar borligi aniqlangan. Mikrovorsinkalarning orasida mikroporalar-elektron mikroskopda ko‘rinadigan mikroskopik teshikchalar bor. Ichakning ichida tegishlicha hazm bo‘lgan oziqa zarrachalari so‘rilishga intilib, ichak devoridagi vorsinkalarga yondoshadi va bu vaqtda jiyakli tuzilmaga, mikrovorsinkalarga duchor keladi. Oqibatda u yerdagi fermentlar ta’siriga uchraydi va batamom parchalanib mikroporalar orqali so‘riladi. Oziqa zarrachalari faqat mikroporalardan o‘ta oladigan darajaga keltirilgandan keyingina so‘rilishi mumkin, aks holda ichak ichiga yana qaytariladi, yoxud jiyakli tuzilmadagi fermentlar ta’sirida parchalanadi. Jiyakli tuzilmada oziqa bilan keltirilayotgan fermentlarning aktivlashishi, faollashishi uchun hamma sharoit bor. Shu sababli bu yerda oziqa bilan keltirilayotgan fermentlar ham o‘z ta’sirini bemalol namoyon qilaveradi. Keyingi paytdagi ma’lumotlar jiyakli tuzilmadagi fermentlarning ancha shiddatliligini ularning hazm bo‘shliqlaridagi fermentlardan ancha kuchliligini va muhit o‘zgarishini farqlamasligini isbotladi. Demak, jiyakli tuzilmaga, mikrovorsinkalarga kelayotgan oziqa zarrachalari nihoyatda xilma-xil bo‘lishi bilan birgalikda, ancha kuchli fermentlarning ta’siriga duchor bo‘ladilar va parchalanishga majbur bo‘ladi. Qayd qilinganlarning hammasi oziqalarning ichak
devorida  hazm  bo‘lishi  benihoya  keng  yuza  bo‘ylab,  juda  jadal  ravishda
kechishidan dalolat beradi. Oziqalar hazmining 20-50% hazm bo‘shliqlarida sodir
bo‘lsa,  50-80%  hazm  sistemasining  devorlarida,  me’da  devorida,  kavsh
qaytaruvchi hayvonlarning me’da oldi bo‘lmalarining devorlarida sodir bo‘lib,
shulardan birmuncha faolli bo‘lib, ichak devorida kuzatiladigan ovqat hazmi juda
salmoqli o‘rinni yegallaydi.
Yo‘g‘on ichakda oziqa hazm bo‘lishi. Yo‘g‘on ichak hazm sistemaning
pirovard qismi bo‘lib, uning ko‘r ichak, chambar ichak va to‘g‘ri ichak degan
qismlari  bor.  Ingichka  ichakning  oxirgi  qismi  yonbosh  ichak  bilan  yo‘g‘on
ichakning boshlang‘ich qismi bo‘lgan ko‘richakning oralig‘ida maxsus ileosekal
sfinkter bor. Bu sfinkter har 30-60 sekundda davriy ravishda ochilib-yopilib turadi
va  oziqalarning  faqat  bir  tomonga,  ya’ni  yonbosh  ichakdan  ko‘richakka
o‘tkazilishini  ta’minlaydi.  Shunday  qilib,  ingichka  ichaklarda  so‘rilmagan
mahuslotlar ana shu sfinkter orqali ko‘r ichakka o‘tkaziladi, shundan keyin bu
oziqalar yo‘g‘on ichakda hazm bo‘lishda davom yetadi. Oziqalar yo‘g‘on ichakda,
yo‘g‘on ichak shirasidagi fermentlar, ingichka ichakdan oziqa bilan keltirilgan
fermentlar va bakteriyalarning fermentlari ta’sirida hazm bo‘ladi. Ayniqsa, o‘txo‘r
hayvonlarning  yo‘g‘on  ichagida  kechadigan  jarayonlar  diqqatga  sazovordir.
Chunki  go‘shxr  hayvonlarda  oziqalarning  asosiy  qismi  ingichka  ichaklarda
tamomila hazm bo‘lib, so‘rilganligi sababli, yo‘g‘on ichakda kechadigan hazm
jarayonlari deyarli ahamiyatga yega emas.
Yo‘g‘on  ichakning  devoridagi  qadoqsimon  hujayralar  uzluksiz  ravishda
ishqoriy  muhitli  shira  ajratib  turadi.  Demak,  yo‘g‘on  ichakdagi  muhit  ham
ishqoriy, biroq, yo‘g‘on ichakning oxirgi, to‘g‘ri ichak qismining muhiti kislotali
bo‘ladi.  Yo‘g‘on  ichak  shirasining  tarkibida,  asosan,  ingichka  ichak  shirasida
uchraydigan fermentlar uchrasada, ammo ularning miqdori kam, aktivligi ham
ancha  zaif.  Yo‘g‘on  ichak  shirasining  ajralishini  ta’minlaydigan  ta’sirot
oziqalarning ichak devoriga bergan, mexanik ta’sirdir. Yo‘g‘on ichak shirasidagi
fermentlar miqdorining kamligi va aktivligining zaifligi tufayli, bu yerda oziqalar
hazm bo‘lishida ular bilan keltirilgan ingichka ichak shirasining fermentlari va
bakteriyalarning  faoliyati  salmoqli  o‘rin  yegallaydi.  Fermentlar  asosan  bir  xil
bo‘lganligi  sababli  moddalarning  parchalanishi  ularning  ingichka  ichakdagi
Logotip
devorida hazm bo‘lishi benihoya keng yuza bo‘ylab, juda jadal ravishda kechishidan dalolat beradi. Oziqalar hazmining 20-50% hazm bo‘shliqlarida sodir bo‘lsa, 50-80% hazm sistemasining devorlarida, me’da devorida, kavsh qaytaruvchi hayvonlarning me’da oldi bo‘lmalarining devorlarida sodir bo‘lib, shulardan birmuncha faolli bo‘lib, ichak devorida kuzatiladigan ovqat hazmi juda salmoqli o‘rinni yegallaydi. Yo‘g‘on ichakda oziqa hazm bo‘lishi. Yo‘g‘on ichak hazm sistemaning pirovard qismi bo‘lib, uning ko‘r ichak, chambar ichak va to‘g‘ri ichak degan qismlari bor. Ingichka ichakning oxirgi qismi yonbosh ichak bilan yo‘g‘on ichakning boshlang‘ich qismi bo‘lgan ko‘richakning oralig‘ida maxsus ileosekal sfinkter bor. Bu sfinkter har 30-60 sekundda davriy ravishda ochilib-yopilib turadi va oziqalarning faqat bir tomonga, ya’ni yonbosh ichakdan ko‘richakka o‘tkazilishini ta’minlaydi. Shunday qilib, ingichka ichaklarda so‘rilmagan mahuslotlar ana shu sfinkter orqali ko‘r ichakka o‘tkaziladi, shundan keyin bu oziqalar yo‘g‘on ichakda hazm bo‘lishda davom yetadi. Oziqalar yo‘g‘on ichakda, yo‘g‘on ichak shirasidagi fermentlar, ingichka ichakdan oziqa bilan keltirilgan fermentlar va bakteriyalarning fermentlari ta’sirida hazm bo‘ladi. Ayniqsa, o‘txo‘r hayvonlarning yo‘g‘on ichagida kechadigan jarayonlar diqqatga sazovordir. Chunki go‘shxr hayvonlarda oziqalarning asosiy qismi ingichka ichaklarda tamomila hazm bo‘lib, so‘rilganligi sababli, yo‘g‘on ichakda kechadigan hazm jarayonlari deyarli ahamiyatga yega emas. Yo‘g‘on ichakning devoridagi qadoqsimon hujayralar uzluksiz ravishda ishqoriy muhitli shira ajratib turadi. Demak, yo‘g‘on ichakdagi muhit ham ishqoriy, biroq, yo‘g‘on ichakning oxirgi, to‘g‘ri ichak qismining muhiti kislotali bo‘ladi. Yo‘g‘on ichak shirasining tarkibida, asosan, ingichka ichak shirasida uchraydigan fermentlar uchrasada, ammo ularning miqdori kam, aktivligi ham ancha zaif. Yo‘g‘on ichak shirasining ajralishini ta’minlaydigan ta’sirot oziqalarning ichak devoriga bergan, mexanik ta’sirdir. Yo‘g‘on ichak shirasidagi fermentlar miqdorining kamligi va aktivligining zaifligi tufayli, bu yerda oziqalar hazm bo‘lishida ular bilan keltirilgan ingichka ichak shirasining fermentlari va bakteriyalarning faoliyati salmoqli o‘rin yegallaydi. Fermentlar asosan bir xil bo‘lganligi sababli moddalarning parchalanishi ularning ingichka ichakdagi
parchalanishiga  o‘xshash.  Biroq,  bakteriyalarning  faoliyati  yo‘g‘on  ichakda
kechadigan  jarayonlarga  xos  xususiyatlar  bag‘ishlaydi.  Jumladan,  o‘txo‘r
hayvonlar  yo‘g‘on  ichagining  1  g  mahsulotida  to  15  mlrdgacha  bakteriyalar
saqlanib,  ular  o‘z  faoliyati  tufayli  uglevodlarni  achitib-bijg‘itadi,  oqsillarni
chiritadi,  kletchatkani  parchalaydi.  Bakteriyalarning  faoliyati  oqibatida  turli
kislotalar, vodorod sulfid, karbonat angidrid, metan, vodorod kabi gazlar hosil
bo‘ladi. Oqsillarning chirishi natijasida har xil zaharli moddalar: krezol, fenol,
skatol, indol va boshqalar hosil bo‘lib, qonga so‘riladi. va jigarda zarsizlantiriladi.
Yo‘g‘on ichakda kechadigan jarayonlarning ichida bakteriyalar ishtirokida
kletchatkaning hazm bo‘lishi alohida ahamiyatga yega bo‘lib, bu yerda kavsh
qaytaruvchi organizmda hazm bo‘la oladigan kletchakaning 30% otlarning yo‘g‘on
ichagiga  keltirilgan  kletchakaning  yesa  40-50%  parchalanib  hazm  bo‘ladi.
Kletchatkaning  parchalanishi  ayniqsa  ko‘r  ichakda  jadal  kechadi.  Shu  sababli
otlarda ko‘richak «ikkinchi me’da» deb yuritiladi. Kletchatkaning parchalanishi
natijasida  turli  xil  uchuvchi  yog‘  kislotalar  hosil  bo‘lib,  qonga  so‘riladi  va
organizm tomonidan o‘zlashtiriladi. Ximus otlar yo‘g‘on ichagida 72 sotgacha,
cho‘chqalarnikida  yesa  16-20  soatgacha  saqlanadi,  bu  paytda  otlarda  39%,
qoramollarad 31%, cho‘chqalarda 30% oqsil hazm bo‘ladi. Yo‘g‘on ichakning
oxirgi  qismida  suv  ancha  jadallik  bilan  so‘riladi  va  oqibatda  najas  -tezak
shakllanadi.
Ingichka ichak motorikasi-ingichka ichakning devori uzluksiz ravishda
harakat qilib turadi. Uning harakati ichak ichida oziqalarning tegishlicha hazm
bo‘lishida katta ahmiyatga yega bo‘lib, shu harakatlar tufayli oziqalar shiralar bilan
aralashtiriladi, ichakning bir qismidan ikkinchi qismi tomon o‘tkaziladi. Ingichka
ichakning  harakatlarini  ham  bir  qator  metodlar  yordamida  o‘rgansa  bo‘ladi.
Bularning asosiylari quyidagilardir: tajribadagi hayvonning qorin devorini teshib,
shu teshikdan ichak harakatini kuzatish. Bu vaqtda qorin devoridan hosil qilingan
teshikka  selluloid  parda  o‘rnatiladi.  Oqibatda  ancha  uzoq  vaqtgacha  ichak
harakatini kuzatish imkoni tug‘iladi. Bundan tashqari ichak harakatlarini fistula
orqali yozib olsa ham bo‘ladi. Buning uchun ingichka ichakning tegishli qismiga
fistula o‘tkazib u orqali ichak ichiga rezina pufak kiritiladi. Havo yuborilib pufak
shishirilgandan so‘ng, tegishli moslama yordamida ichak harakatlarini osongina
Logotip
parchalanishiga o‘xshash. Biroq, bakteriyalarning faoliyati yo‘g‘on ichakda kechadigan jarayonlarga xos xususiyatlar bag‘ishlaydi. Jumladan, o‘txo‘r hayvonlar yo‘g‘on ichagining 1 g mahsulotida to 15 mlrdgacha bakteriyalar saqlanib, ular o‘z faoliyati tufayli uglevodlarni achitib-bijg‘itadi, oqsillarni chiritadi, kletchatkani parchalaydi. Bakteriyalarning faoliyati oqibatida turli kislotalar, vodorod sulfid, karbonat angidrid, metan, vodorod kabi gazlar hosil bo‘ladi. Oqsillarning chirishi natijasida har xil zaharli moddalar: krezol, fenol, skatol, indol va boshqalar hosil bo‘lib, qonga so‘riladi. va jigarda zarsizlantiriladi. Yo‘g‘on ichakda kechadigan jarayonlarning ichida bakteriyalar ishtirokida kletchatkaning hazm bo‘lishi alohida ahamiyatga yega bo‘lib, bu yerda kavsh qaytaruvchi organizmda hazm bo‘la oladigan kletchakaning 30% otlarning yo‘g‘on ichagiga keltirilgan kletchakaning yesa 40-50% parchalanib hazm bo‘ladi. Kletchatkaning parchalanishi ayniqsa ko‘r ichakda jadal kechadi. Shu sababli otlarda ko‘richak «ikkinchi me’da» deb yuritiladi. Kletchatkaning parchalanishi natijasida turli xil uchuvchi yog‘ kislotalar hosil bo‘lib, qonga so‘riladi va organizm tomonidan o‘zlashtiriladi. Ximus otlar yo‘g‘on ichagida 72 sotgacha, cho‘chqalarnikida yesa 16-20 soatgacha saqlanadi, bu paytda otlarda 39%, qoramollarad 31%, cho‘chqalarda 30% oqsil hazm bo‘ladi. Yo‘g‘on ichakning oxirgi qismida suv ancha jadallik bilan so‘riladi va oqibatda najas -tezak shakllanadi. Ingichka ichak motorikasi-ingichka ichakning devori uzluksiz ravishda harakat qilib turadi. Uning harakati ichak ichida oziqalarning tegishlicha hazm bo‘lishida katta ahmiyatga yega bo‘lib, shu harakatlar tufayli oziqalar shiralar bilan aralashtiriladi, ichakning bir qismidan ikkinchi qismi tomon o‘tkaziladi. Ingichka ichakning harakatlarini ham bir qator metodlar yordamida o‘rgansa bo‘ladi. Bularning asosiylari quyidagilardir: tajribadagi hayvonning qorin devorini teshib, shu teshikdan ichak harakatini kuzatish. Bu vaqtda qorin devoridan hosil qilingan teshikka selluloid parda o‘rnatiladi. Oqibatda ancha uzoq vaqtgacha ichak harakatini kuzatish imkoni tug‘iladi. Bundan tashqari ichak harakatlarini fistula orqali yozib olsa ham bo‘ladi. Buning uchun ingichka ichakning tegishli qismiga fistula o‘tkazib u orqali ichak ichiga rezina pufak kiritiladi. Havo yuborilib pufak shishirilgandan so‘ng, tegishli moslama yordamida ichak harakatlarini osongina
yozib olsa bo‘ladi. Ichak harakatlarini rentgen apparati yordamida kuzatish yoki
suratga olish ham mumkin. 
Zaruriyat  tug‘ilganda  ichak  harakatlarini  o‘rganish  uchun  o‘tkir
metodlardan  ham  foydalaniladi.  Jumladan,  o‘tkir  operasiya  yordamida  ajratib
olingan:  ichak  bo‘lakchasini  tana  haroratigacha  isitilgan  Ringer  eritmasiga
joylashtirilib, shu ichak bo‘lakchasining harakatini yozib olish, o‘rganish mumkin.
Ingichka ichak devorida kuzatiladigan harakat jarayonlarini uch guruhga:
mayatniksimon, perisiltaltik va ritmik harakatlarga bo‘lish mumkin. Bu harakatlar
ichak  devorida  uzunasiga  va  aylanasiga  joylashgan  muskullarning  qisqarishi
natijasida  yuzaga  keladi.  Jumladan,  mayatniksimon  harakatning  ro‘yobga
chiqishida ham aylanasiga, ham uzunasiga yo‘nalgan muskullar ishtirok yetadi. Bu
vaqtda  aylanasiga  yo‘nalgan  muskullar  qisqarishi  natijasida  ichakda  bir  qator
qisqarish  halqalari  paydo  bo‘ladi.  Shu  onda  uzunasiga  yo‘nalgan  muskullar
qisqarishi  tufayli  ichakning  har  ikki  halqasi  oralig‘idagi  qismi  kalta  tortib
kengayadi,  muskul  bo‘shashganda  yesa,  torayib  uzayadi.  Oqibatda  uzunasiga
yo‘nalgan muskullarning qisqarib-bo‘shashishi natijasida aylana muskullar hosil
qilgan halqalar goh oldinga, goh orqasiga harakat qiladi.
Agarda ichak devorida shu tariqada ro‘yobga chiqayotgan harakatning bir
necha marta takrorlanishiga nazar tashlasa, u go‘yo mayatnik harakatini yeslatadi.
Mayatniksimon harakat deyilishiga sabab ham shunda. Mayatniksimon harakat
tufayli ichakda hazm bo‘layotgan oziqalar doimo harakatda bo‘lib, hazm shiralari
bilan yaxshilab, batafsil aralashadi.
Peristaltik harakat- ichak bir qismining qisqarishi, shu onda navbatdagi
oldingi bo‘lagining bo‘shashib kengayishi bilan xarakterlanadi. Bu vaqtda ximus
ichakning qisqargan joyidan oldingi tomon, ya’ni shu paytda bo‘shashib kengaygan
qismi tomon haydaladi. So‘ngra ichakning ximus o‘tgan shu bo‘lagi qisqarib,
ximusni  kengayib  turgan  keyingi  qismiga  suradi.  Natijada  ximus  shira  bilan
aralashib siqilib pastga tomon haydalib boraveradi. Ichakning shu tariqada, bir
qismi qisqarganda navbatdagi qismining kengayib harakatlanishi tufayli ximus
hazm sistemaning pirovard qismiga, to‘gri ichakka tomon haydaladi. Ichakning bu
harakati  navbatma-navbat,  belgili  izchillikda  kuzatilib  turadi  va  ximusning
oldindan orqaga tomon o‘tkazilishini ta’minlaydi. Agarda ichakning shu harakat
Logotip
yozib olsa bo‘ladi. Ichak harakatlarini rentgen apparati yordamida kuzatish yoki suratga olish ham mumkin. Zaruriyat tug‘ilganda ichak harakatlarini o‘rganish uchun o‘tkir metodlardan ham foydalaniladi. Jumladan, o‘tkir operasiya yordamida ajratib olingan: ichak bo‘lakchasini tana haroratigacha isitilgan Ringer eritmasiga joylashtirilib, shu ichak bo‘lakchasining harakatini yozib olish, o‘rganish mumkin. Ingichka ichak devorida kuzatiladigan harakat jarayonlarini uch guruhga: mayatniksimon, perisiltaltik va ritmik harakatlarga bo‘lish mumkin. Bu harakatlar ichak devorida uzunasiga va aylanasiga joylashgan muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Jumladan, mayatniksimon harakatning ro‘yobga chiqishida ham aylanasiga, ham uzunasiga yo‘nalgan muskullar ishtirok yetadi. Bu vaqtda aylanasiga yo‘nalgan muskullar qisqarishi natijasida ichakda bir qator qisqarish halqalari paydo bo‘ladi. Shu onda uzunasiga yo‘nalgan muskullar qisqarishi tufayli ichakning har ikki halqasi oralig‘idagi qismi kalta tortib kengayadi, muskul bo‘shashganda yesa, torayib uzayadi. Oqibatda uzunasiga yo‘nalgan muskullarning qisqarib-bo‘shashishi natijasida aylana muskullar hosil qilgan halqalar goh oldinga, goh orqasiga harakat qiladi. Agarda ichak devorida shu tariqada ro‘yobga chiqayotgan harakatning bir necha marta takrorlanishiga nazar tashlasa, u go‘yo mayatnik harakatini yeslatadi. Mayatniksimon harakat deyilishiga sabab ham shunda. Mayatniksimon harakat tufayli ichakda hazm bo‘layotgan oziqalar doimo harakatda bo‘lib, hazm shiralari bilan yaxshilab, batafsil aralashadi. Peristaltik harakat- ichak bir qismining qisqarishi, shu onda navbatdagi oldingi bo‘lagining bo‘shashib kengayishi bilan xarakterlanadi. Bu vaqtda ximus ichakning qisqargan joyidan oldingi tomon, ya’ni shu paytda bo‘shashib kengaygan qismi tomon haydaladi. So‘ngra ichakning ximus o‘tgan shu bo‘lagi qisqarib, ximusni kengayib turgan keyingi qismiga suradi. Natijada ximus shira bilan aralashib siqilib pastga tomon haydalib boraveradi. Ichakning shu tariqada, bir qismi qisqarganda navbatdagi qismining kengayib harakatlanishi tufayli ximus hazm sistemaning pirovard qismiga, to‘gri ichakka tomon haydaladi. Ichakning bu harakati navbatma-navbat, belgili izchillikda kuzatilib turadi va ximusning oldindan orqaga tomon o‘tkazilishini ta’minlaydi. Agarda ichakning shu harakat
to‘lqinlarining takroriy yuzaga chiqishiga nazar tashlansa, u go‘yo chuvalchang
harakatiga o‘xshab ketadi. Bu harakatning chuvalchangsimon harakat deyilishiga
ham sabab shu.
Ichakning uchinchi xil harakatlari-ritmik harakatlardir. Ritmik harakat
ichak devorida aylansiga joylashgan muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga
keladi va ichakning bir necha segmentga, bo‘g‘imlarga bo‘linishiga sabab bo‘ladi.
Bu bug‘imlar harakatlanmaydi, ular yakka-yakka holda, shuningdek bir nechtasi
bir joyga to‘plangan, to‘p-to‘p holda yuzaga chiqadi. Bug‘imlarning biri ikkiga
bo‘linib  ikkita  bo‘g‘im  hosil  bo‘ladi,  shu  onda  qo‘shni  ikki  bo‘g‘im  o‘zaro
qo‘shilib bitta katta segmentni hosil qiladi va shu tariqa doimo takrorlanib turadi.
Ritmik harakatlar tufayli ximus alohida-alohida bo‘laklarga bo‘linadi va atroflicha
aralashadi, shuningdek, ichak devoriga juda taqalib keladi.
Ichakning ichki sig‘imi undagi oziqaning miqdoriga nihoyatda mos ravishda
turadi.  Ichak,  ichidagi  ximusning  miqdoriga  bog‘liq  ravishda  kengayadi  va
torayadi. Shu sababli ximusning miqdori nechog‘lik bo‘lishidan qat’iy nazar, u
ichakni  doimo  to‘ldirgan  holatda,  ichak  devorlariga  yaxshi  taqalgan  holatda
bo‘ladi. Ichak sig‘imining ichidagi ximus miqdoriga mutanosib ravishda o‘zgarishi,
ichak  devorining  toliqmasdan  uzluksiz  ravishda  bir  maromda  qo‘zgalgan  va
qislishga intilgan holatda - tonusda bo‘lganligi sababli ro‘yobga chiqadi. Ichak
devorining  bir  me’yorda  qo‘zg‘algan  holati  -  tonusi  markaziy  nerv  sistemasi
tomonidan boshqarilib turiladi. Markaziy nerv sistema adashgan nerv tolalari orqali
impulslar yuborib ichak devorining qo‘zg‘alishini kuchaytiradi, tonusini oshiradi,
natijada ichak devorlari qisilib, ichakning sig‘imi torayadi. Shuningdek, simpatik
nerv  sistema  orqali  kelayotgan  impulslar  yesa  ichak  devorining  tonusini
pasaytiradi, oqibatda ichakning sig‘imi kengayadi. Shu tariqa, ichak tonusining
markaziy  nerv  sistema  tomnidan  boshqarilayotganligi  sababli,  uning  sig‘imi
ichidagi ximusning miqdoriga qarab mukammal ravishda o‘zgaradi. Tonusi bilan
birgalikda ichakda kuzatiladigan harakat jarayonlari ham markaziy nera sistema
tomonidan  idora  qiladi.  Jumladan,  adashgan  nerv  qo‘zg‘alganda  ichakning
harakatlari ancha jadallashadi, simpatik nerv qo‘zg‘alganda yesa ichak harakatlari
sekinlashib, paysallashib qoladi. Biroq, ichakning devori markaziy nerv sistemadan
impulslar kelmagan paytda ham mustaqil (avtomatik) ravishda qisqarib harakat qila
Logotip
to‘lqinlarining takroriy yuzaga chiqishiga nazar tashlansa, u go‘yo chuvalchang harakatiga o‘xshab ketadi. Bu harakatning chuvalchangsimon harakat deyilishiga ham sabab shu. Ichakning uchinchi xil harakatlari-ritmik harakatlardir. Ritmik harakat ichak devorida aylansiga joylashgan muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi va ichakning bir necha segmentga, bo‘g‘imlarga bo‘linishiga sabab bo‘ladi. Bu bug‘imlar harakatlanmaydi, ular yakka-yakka holda, shuningdek bir nechtasi bir joyga to‘plangan, to‘p-to‘p holda yuzaga chiqadi. Bug‘imlarning biri ikkiga bo‘linib ikkita bo‘g‘im hosil bo‘ladi, shu onda qo‘shni ikki bo‘g‘im o‘zaro qo‘shilib bitta katta segmentni hosil qiladi va shu tariqa doimo takrorlanib turadi. Ritmik harakatlar tufayli ximus alohida-alohida bo‘laklarga bo‘linadi va atroflicha aralashadi, shuningdek, ichak devoriga juda taqalib keladi. Ichakning ichki sig‘imi undagi oziqaning miqdoriga nihoyatda mos ravishda turadi. Ichak, ichidagi ximusning miqdoriga bog‘liq ravishda kengayadi va torayadi. Shu sababli ximusning miqdori nechog‘lik bo‘lishidan qat’iy nazar, u ichakni doimo to‘ldirgan holatda, ichak devorlariga yaxshi taqalgan holatda bo‘ladi. Ichak sig‘imining ichidagi ximus miqdoriga mutanosib ravishda o‘zgarishi, ichak devorining toliqmasdan uzluksiz ravishda bir maromda qo‘zgalgan va qislishga intilgan holatda - tonusda bo‘lganligi sababli ro‘yobga chiqadi. Ichak devorining bir me’yorda qo‘zg‘algan holati - tonusi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turiladi. Markaziy nerv sistema adashgan nerv tolalari orqali impulslar yuborib ichak devorining qo‘zg‘alishini kuchaytiradi, tonusini oshiradi, natijada ichak devorlari qisilib, ichakning sig‘imi torayadi. Shuningdek, simpatik nerv sistema orqali kelayotgan impulslar yesa ichak devorining tonusini pasaytiradi, oqibatda ichakning sig‘imi kengayadi. Shu tariqa, ichak tonusining markaziy nerv sistema tomnidan boshqarilayotganligi sababli, uning sig‘imi ichidagi ximusning miqdoriga qarab mukammal ravishda o‘zgaradi. Tonusi bilan birgalikda ichakda kuzatiladigan harakat jarayonlari ham markaziy nera sistema tomonidan idora qiladi. Jumladan, adashgan nerv qo‘zg‘alganda ichakning harakatlari ancha jadallashadi, simpatik nerv qo‘zg‘alganda yesa ichak harakatlari sekinlashib, paysallashib qoladi. Biroq, ichakning devori markaziy nerv sistemadan impulslar kelmagan paytda ham mustaqil (avtomatik) ravishda qisqarib harakat qila