Ichki muhit suyuqliklarini tarkibini o`rganish
Reja
1. Ichki muhit suyuqliklari to`g`risida umumiy ma`lumotlar
2. Qon tizimi va uning ahamiyati
3. Limfa tizimi fiziologiyasi
4. Ichki muhitning boshqa suyuqliklari
Ma`lumki ichki muhit suyuqliklariga qon, limfa orqa miya (likvor) suyuqligi,
hujayralararo va to`qimalararo suyuqliklar kiradi. Bizga ma`lumki bulardan eng
muhimi qon tizimidir. Shu bois qon tizimi bilan to`liq tanishib chiqamiz.
Qon organizmning eng muhim to’qimalaridan biridir. Qon, limfa va
to’qimalar aro suyuqligi organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning
barcha to’qima va hujayralari fizik-kimyoviy xossalari va tarkibi nisbatan doimiy
bo’ladigan ana shu suyuqliklarning muhitidagina normal yashay oladi.
Issiq qonli (gomoyoterm) hayvonlar qoni uzoq davom etgan evolyutsiya
mahsulidir. Oddiy bir hujayrali hayvonlarda qon yo’q. Ular hayoti uchun zarur
moddalarni hujayra po’sti orqali oladi, chiqindi keraksiz moddalarni ham ana shu
yo’l orqali chiqarib tashlaydi. Zoologik silsilaning pastki bosqichlarida turadigan
hayvonlarning tomirlari ichida suvsimon suyuqlik-gidrolimfa oqadi. Uning
tarkibida oqsillar va boshqa azotli moddalar kam bo’ladi. Bir muncha yuqoriroq
taraqqiy etgan hayvonlarda gemolimfa paydo bo’ladi. Gemolimfaning tarkibi
organik va anorganik moddalarga boy bo’lib, unda oqsillar va kislorodni biriktirib
tashiy oladigan pigment bor. Bu pigment gemolimfaga qizg’ich rang beradi. Issiq
qonli hayvonlarda esa tarkibi murakkab, benihoya muhim vazifalarni bajara
oladigan, o’ziga xos xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan suyuq to’qima – qon
paydo bo’lgan. Qonning organizmdagi ahamiyati u bajaradigan vazifalaridan kelib
chiqadi. Qon quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Transport vazifasi (funksiyasi). Qonning bu vazifasi uning turli parchalanib
so’rilgan moddalarni- oqsillar, aminokislotalar, yog’lar(lipidlar), uglevodlar,
mineral moddalar, suvni organizmning barcha hujayra to’qimalariga tashib
yetkazib beradi. Shuningdek hujayra va to’qimalarda hosil bo’lgan chiqindi,
keraksiz ziyonli moddalarni (metabolitlarni) tegishli chiqaruv ayiruv organlariga
tashib keladi.
2. Termoregulyatsiya funksiyasi – ya’ni issiqlik almashinuvida va uning
boshqarilishida ishtirok etadi. Ma’lumki organizmning turli organ va to’qimalarida
moddalar almashinuvining darajasi bir xil emas. Modomiki shunday ekan, turli
organlarda issiqlik hosil bo’lushi ham bir xil bo’lmaydi. Qon organizm bo’ylab
doimo harakatda bo’lib, tegishli organlardagi ortiqcha issiqlikni olib boshqalariga
beradi. Ortiqchasini esa issiqlik uzatadigan organlarga – teri, upka, buyraklar va
boshqalarga yetkazadi. Shunday qilib, qon organizm haroratining mo’tadilligini,
doimiyligini ta’minlashda asosiy rol o’ynaydi. Qon, hujayra va to’qimalar uchun
fizik-kimyoviy muhitdir. Buning ma’nosi shundaki qonning fizik-kimyoviy
ko'rsatkichlari doimiy bo’lib juda kam darajada o'zgaradi. Barcha hujayra va
to’qimalar faqat qonda va limfada mavjud bo’lgan muhitdagina yashay oladilar.
Qon muhitning me’yoridan tashqari o'zgarishi hujayra va to’qimalardagi
jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Demak gomeostazni, ya’ni hujayra va
to’qimalardagi suv va elektrolitlar miqdorini o’zgarmas holda saqlab turishida qon
katta ahamiyatga ega.
3. Qonning himoya funksiyasi. Qondagi leykotsitlar – oq qon tanachalari
organizmga tushgan turli xil yot jismlar, zararli agentlarni(mikroorganizmlarni)
o’rab olib pustidan ajraluvchi fermentlari yordamida parchalab hazm qilib
yuboradilar, bu hodisa fogocitoz deb ataladi (1883 yil I.I.Mechnikov kashf etgan).
Bundan tashqari qon zardobida oqsil tabiatli moddalar - antitanalar mavjud bo’lib,
ular ham organizmni turli zararli agentlardan himoya qiladilar. Qonning yana uvish
xossasi bo’lib u ham himoya vazifasini bajaradi.
4. Qonning ayiruv funksiyasi. Moddalar almashinuvini oraliq, qoldiq
mahsulotlarini, turli xil bo’yoqlari, zaharlarni ayiruv organlariga tashib yetkazib
berib, ulardan organizmni tozalaydi.
5. Qonning korellyativ funksiyasi. Turli ichki endokrin bezlaridan va
to’qimalardan chiquvchi gormonlar va fiziologik faol moddalar (mediatorlar) qon
orqali turli funksiyalarni boshqarishda ishtirok etadi.
Bu funksiyalar qon tomirlarida harakat qilib turganida ijro etiladi.
Qonning fizik-kimyoviy xususiyatlari.
Qon qizil rangli, shurtak ta’mli, yopishqoq suyuqlikdir. Toza idishga qon olib
uni ivishdan saqlanuvchi modda qo’shilgach qonni bir necha vaqt tinch holatda
qoldirsak, u ikki qismga sarg’ich yoki rangsiz tiniq suyuqlik – plazmadan tashkil
topgan ustki qismida va shaklli elementlar, ya’ni qizil qon tanachalari(eritrotsitlar),
oq qon tanachalari (leykotsitlar) hamda qon plastinkalari (trombotsitlar)dan iborat
pastki qismga ajraladi. O’rtacha olganda qonning 60% ga yaqin qismini plazma,
40% ga yaqin qismini esa shaklli elementlar tashkil qiladi. Ammo keltirilgan bu
raqamlar nisbiy bo’lib, plazma bilan shaklli elementlar miqdorini o’zaro nisbati
organizmning holatiga, hayvonlarning turiga qarab bir muncha o’zgarib turadi.
Masalan baliqlar qonining 10% dan 30% gacha qismini, issiq qonli hayvonlar
qonining 30%dan 50% gacha qismini shaklli elementlar tashkil qiladi. Qon
plazmasi bilan shaklli elementlarning o’zaro nisbati gemotakrit asbobi yordamida
aniqlanadi. Qonning rangi uning kislorod bilan toyinish darajasiga qarab o’zgarib
turadi. Qon kislorod bilan yaxshi toyinsa, och qizil rangga ega bo’ladi, bu arteriya
qondir. Kislorod bilan yaxshi toyinmagan qon esa qaramtir-qizg’ich rangli bo’lib,
vena qoni deyiladi. Qonning yopishqoqligi 4,0-6,0 ga teng ya’ni qon suvga
nisbatan 4,0-6,0 barobar yopishqoqroqdir. Qonning yopishqoqligi asosan
tarkibidagi qizil qon tanachalari eritrotsitlarning miqdoriga va kamroq darajada
plazmaning oqsil tarkibiga bog’liq. Organizm ko’p suv yo’qotganida, qonda
eritrotsitlar karbonat-angidridning miqdori ko'payganda, harorat ko'tarilganida
qonning yopishqoqligi oshadi. Aksincha eritrotsitlar va plazma oqsillari
kamayganda, qonda kislorod ko'payganda qonning yopishqoqligi kamayadi.
Qonning solishtirma og’irligi o’rtacha 1,050-1,060 kg/sm3 ga teng. Bu ko'rsatkich
ham hayvonlarning turiga va organizmning holatiga qarab o'zgarib turadi.
Jumladan, qonning solishtirma og’irligi otlarda1,046-1,059 kg/sm3ga, qoramollarda
1,046-1,058 kg/sm3ga, qo’ylarda 1,041-1,061 kg/sm3ga, cho’chqalarda 1,039-1,059
kg/sm3ga, echkilarda 1,035-1,049 kg/sm3ga teng bo’ladi.
Eritrotsitlar ko'payganda solishtirma og’irlik oshadi va aksincha. Qonning
80% ga yaqin qismini suv, 20%ga yaqin qismini esa quruq moddalar atshkil qiladi.
Qonning bir qator fizik-kimyoviy xususiyatlari plazmaning xossa va xususiyatlari
bilan belgilanadi.
Qon plazmasi, uning tarkibi va xususiyatlari.
Qonning ahamiyati. Qon va limfa (to’qima va tomirlardagi) organizmning
ichki muhiti deb yuritiladi. To’qimalar oralig’idagi suyuqlik (limfa) hujayralarni
to’g’ridan-to’g’ri o’rab turganligi sababli, organizmning haqiqiy ichki muhitini
tashkil etadi. Qon esa organizmning oraliq muhitini tashkil etadi, u tomirlarda
bo’lib hujayralar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqada bo’lmaydi: Uning ahamiyati qon-
tomirlar tizimining tashuvchilik funksiyasi bilan aniklanadi.
Qon o’ziga xos suyuq to’qima bo’lib: boshka to’qimalarga o’xshash va
hujayra elementlarini qizil qon, oq qon tanachalarni va qon plastinkalarini saqlash
bilan yana hujayradan tashqi modda (rang) larni saqlaydi. To’qima limfasi
hujayralar tomonidan tinimsiz talab qilinadigan kislorod va to’yimli moddalarni
qondan oladi va unga hujayralar faoliyati natijasida hosil bo’lgan oraliq va oxirgi
moddalarni beradi. Qon va to’qima limfasi orasida kuzatiladigan bunday
almashinuv, organizmni xaqiqiy ichki muhitning tarkibiy jihatdan nisbatan
doimiyligini ta’minlaydi.
Qon tarkibining doimiyligini organizmdagi qator organlar ta’minlaydi va
ularning ishtiroki tufayli organizmda sarflangan kislorod va to’yimli moddalarning
o’rni to’ldiriladi va hujayralardagi almashinuv mahsulotlavrini ortiqcha qismi
chiqarib tashlanadi. Nafas organlari faoliyati tufayli qon kislorod oladi va karbonat
angidrid gazini beradi. Boshqa almashinuv mahsulotlari asosan buyraklar va
qisman ovqat hazmi organlari shilliq pardalari va teri orqali chiqariladi. To’yimli
moddalar qancha (asosan ichaklardan) hamda qaysi organlarda depo holida (yog’
to’qimalari va jigardan) saqlansa o’shalardan oladi.
Turli organlarda kechayotgan almashinuv jarayonlari bir-biri bilan uzviy
bog’langan. Bitta organ faoliyatining mahsuloti qancha qonga tushsa u qon orqali
boshqa organga tushadi, qaysiki ular almashinuv jarayonlarida kerakli ishtirokchi
bo’lish uchun zarur bo’lsa, ayrimlari bu jarayonni tezlashtirishi, ayrimlari
parchalanishi yoki qayta sintezlanishi mumkin. Organlarning bunday gumoral yo’l
bilan o’zaro aloqasi qon orqali bajariladi va bunda ichki sekresiya bezlaridan ishlab
chiqiladigan garmonlar muhim ahamiyatga ega. Qonning yana bir funksiyasi -
organizmni hujayra tanalarining parchalanishi natijasida hosil bo’ladigan
mahsulotlar, hamda yog’ moddalarning zararli ta’siridan va ayniqsa kasallik
chaqiruvchi mikroblar va ular ajratadigan zaharlardan himoya qilishdir. Odam
organizmida o’rtacha 5-6 l qon bo’ladi, bu tana og’irligining 1/12 qismini tashkil
etadi. Sentrifugalash yo’li bilan hamda yangi olingan qonni sovuq joyga qo’yib
ma’lum muddatdan keyin ikkita asosiy qatlam olish mumkin – cho’kmaga
cho’kkan qismi qon hujayralari yoki tanachalar va suyuq qismi yoki plazma.
Plazmaning tarkibi. Qon plazmasi 90 % suvdan tashkil topgan bo’lib, unda
turli organik va anorganik birikmalar erigan holda bo’ladi.
Plazma organik moddalarining asosiy qismi oqsillardan iborat bo’lib, ular turli
hayvonlar plazmasining 6-8% ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bir necha xil
bo’ladi, lekin ular asosan albuminlar, globulinlar va fibrinogen degan uchta
guruhga bo’linadi. Plazmadagi fibrinogen oqsili ham aslida globulinlar qatoriga
kiradi. Uning plazmadagi konsentratsiyasi 0,2-0,4% ga teng. Bu oqsil qonning
ivish jarayonida benihoya katta vazifani o’taydi. Agarda ana shu oqsilni plazmadan
ajratib olib tashlasak, ivimaydigan qon zardobi qoladi. Oqsil fraktsiyalarining
miqdori odam va turli hayvonlarda bir xil emas.
1-jadval.
Odam va turli hayvonlar qon zardobidagi oqsillar miqdori gramm-foiz
xisobida:
№
Hayvonlar
Umumiy oqsil miqdori
Albuminlar
Globulinlar
1.
Odam
8,2
4,5
3,1
2.
Qoramol
7,4
3,3
4,1
3.
Qo’y
6,8
2,7
4,1
4.
Ot
7,3
2,7
4,6
Globulin oqsilning o’zi alfa, beta va gamma frakciyalariga ajraladi. Bu
frakciyalarning o’zlari ham bir qancha kichik frakciyalarga bo’linadi. Turli
globulin frakciyalarining qondagi miqdori ham turli hayvonlarda bir xil emas.
Qon oqsillari, jumladan, turli frakciyalarning o’ziga xos xossa va xususiyatlari
bor, ularning bajaradigan vazifalari ham har xil. Albuminlar organizmda asosan
plastik, qurilish materiali vazifasini o’taydi. Ular jigarda hosil bo’lib qonga
chiqarilgandan so’ng turli organlarga tashiladi va har qaysi organda shu organga
xos albuminlarga aylanib, hujayralarning asosiy komponentalaridan biri bo’lib
qoladi. Bundan tashqari albumuinlar o’zi bilan yog’ kislotalari, organik kislatalar
va boshqa birikmalarni biriktirib tashiydi. Globulinlar katta dispersli oqsillardir.
Globulinlar organizmning immunologik reaksiyalarida, immunitet hosil bo’lishida
katta ahamiyatga ega. Qondagi immun tanachalar, antitanachalar o’z faoliyatiga
ko'ra globulinlardir. Bu borada gamma globulinlarning roli ayniqsa katta. Alfa va
betta globulinlar xolesterinni, gormonlarni, fosfatlarni, yog’ kislotalarini, og’ir
metallar va boshqa bir qator birikmalarni biriktirib oladi. Qon ivishida ishtirok
etadigan bir qator omillar ham o’z tabiatiga ko'ra globulinlardir. Albuminlarni
globulinlarga bo’lgan nisbatiga oqsil koeffitsiyenti deyiladi. Oqsil koeffitsiyentini
aniqlash qoidasi oqsillarning nechog’li o'zgaruvchanligi to’g’risida fikr yuritishga
imkon beradi.
2-Jadval.
Qon plazmasidagi globulinlarnimg miqdori, mg %
№
Hayvonlar
Globulinlar
α(alfa)
β(beta)
γ(gamma)
1.
Otlar
16,0
23,0
21,0
2.
Qoramollar
17,0
13,0
30,0
3.
Qo’ylar
18,0
9,0
31,0
4.
Itlar
13,0
22,0
12,0
Oqsillarning miqdori yuqorida aytilganidek hayvonlarning yoshiga, jinsiga,
zotiga, organizmning holatiga, yilning fasliga qarab bir muncha o'zgarib turadi.
Qarakul qo’zilarda o'tkazilgan tekshirishlar ona qornida rivojlanishning 3,5 oyida
homila qon zardobida oqsillarning umumiy miqdori 2,32-2,50 gramm% ga teng
bo’lishini ko'rsatadi. Endigina tug’ilgan, hali onasini emmagan qo’zida esa oqsillar
3,3-3,5 gram% atrofida bo’ladi. Bu paytda oqsillarning asosiy qismini albuminlar,
kam miqdorda alfa va betta globulinlar tashkil qiladi.
Onasining emgandan so’ng qo’zi qonida oqsil miqdori albuminlar
shuningdek alfa va beta globulinlar xisobiga ortadi. Bir oylik yoshidan boshlab
qo’zilarning qon zardobidagi oqsillar miqdori endi taxminan ona qo’ylarnikiga
tenglashib qoladi. Bug’oz qorako’l sovliqlarda ham qon zardobidagi oqsillar
miqdori o'zgaradi. Jumladan, qo’ylarning bug’ozlik davrida zardob oqsillari bir
muncha kamayadi. Oqsillarning kamayishi qo’ylarning yoshiga bog’liq. Birinchi
marta bug’oz bo’lgan yosh va 5-6 marta tuqqan keksa qo’ylarda zardob oqsillari, 2-
3 marta tuqqan qo’ylardagiga qaraganda ko'proq kamayadi. Qorako’l qo’ylar
zardob oqsillarining o'zgarishi yilning fasliga ham bog’liq. Jumladan, ularning
zardobida oqsillar qishda yozdagiga qaraganda bir muncha ko'proq bo’ladi.
Plazmadagi fermentlar ham oqsillardir. Ular, taxminan plazma oqsillarining 0,1%
ga yaqin qismini tashkil qiladi. Plazma oqsillari asosan jigarda hosil bo’ladi, jigar
kasallanganida esa plazma oqsillarni tarkibi ko’pchilik hollarda
buziladi.Oqsillardan tashqari, plazmada boshqa azotli organik birikmalar ham bor.
Bular organizmda oqsillarning parchalanishi, almashinishi natijasida hosil bo’ladi.
Ularning qatoriga polipeptidlar, kreatin, kreatinin, siydik(urat) kislota,
mochevina(siydikchil), ammiak va boshqa birikmalar kiradi. Bu moddalar
tarkibidagi azotga qon zardobining qoldiq azoti deyiladi. Uning miqdori sog’lom
hayvonlarda 0,22-0,35% ni tashkil qiladi.
Qoldiq azot miqdoriga qarab organizmda oqsillar parchalanishining jadalligi
to’g’risida fikr yuritish mumkin. Plazmada uglevodlar asosan glyukoza holatida
bo’ladi. Uning miqdori 40-75mg% ni tashkil qiladi. Glyukozaning miqdori bir
turdagi hayvonlar plazmasida bir muncha muayan bo’lib, juda kichik doirada
o'zgaradi. Chunki glyukozaning qondagi miqdori organizmning hayotiy muhim
ko'rsatkichlari qatoriga kiradi. Uning o'zgarishiga organizm juda sezgir. Shu
sababli glyukozaning surunkali ravishda ko'payib yoki kamayib ketishi ko'pincha
kasalliklar paytida kuzatiladi. Plazmada 0,1-0,3% yog’ va yog’ mahsulotlari
bo’ladi. Yog’lar plazmada yog’ kislotalari, neytral yog’lar, fosfatidlar va xolesterin
shaklida uchraydi. Yuqorida aytilganlardan tashqari plazmaning organik moddalari
qatoriga gormonlar, antitanachalar, vitaminlar immuntanachalari, piroyzum kislota
va boshqa birikmalar kiradi.
3-Jadval.
Odam va hayvonlar qonidagi elimentlarning miqdori, mg%
№ Hayvonlar
Kimyoviy elementlar
Natriy
Kaliy
Kalsi
y
Magniy
Umumiy
fosfor
Organi
k fosfor
Xlor
1. Odamlar
280,0-
350,0
18,0-
20,0
9,0-
11,0
1,0- 3,0
320,0
-
360,0
2. Ot
320,0
18,0
12,0
2,5
12,5
4,8
360,0
3. Qoramol
330,0
19,0
11,0
3,5
11,0
5,0
370,0
4. Qo’y
325,0
19,0
11,5
2,5
11,5
6,0
370,0
Oqsillar cho’ktirilganidan keyin plazmada biroz miqdordagi azot saqlovchi
boshqa moddalar qoladi: polipeptidlar, aminokislotalar, mochevina, siydik
kislotasi, kreatin, kreatinin, bilirubin va boshqalar. Mochevinaning miqdori, odatda
20-30 mg % dan oshmasada, oqsillarga boy ovqatlar bilan ovqatlangandan keyin
bir muncha ortadi. Agarda mochevinaning ortgan miqdori uzoq muddat saqlanib
qolsa, bu paytda kuchli zaharlanish holati yuz beradi, siydik kislota plazmani 3-4
mg % ni tashkil etadi. Uning miqdori ikki marta ortishi mumkin, bunday holat
ayrim (podagra) kasalliklar paytida moddalar almashinuvi buzilishi tufayli yuz
beradi. Plazmada kreatinin miqdori (1-2 mg % ) odatda qat’iy doimiylik bilan
ajralib turadi, uning miqdori muskul to’qimalar parchalanganda ortishi mumkin.
Oqsilsiz moddalarning azoti qoldiq azot deb yuritiladi va oqsillar cho’ktirilganidan
keyin filtratda qoladi.
Plazmadada azotsiz organik moddalardan glyukoza, lipoidlar, yog’ kislotalari,
xolesterin va boshqalar saqlanadi.Plazmaning mineral moddalariga natriy, kalsiy,
kaliy, magniy, temir, mis kationlari va xlor, ko’mir, sulfat va fosfor kislotalarining
anionlari kiradi. Ayniksa natriy (320 mg %) va xlorning (360-380 mg %) miqdori
kattadir. Yod, rux va boshqa moddalarning miqdori juda kam bo’lishi bilan ajralib
turadi.
Plazmaning osmotik bosimi. Erituvchining molekulasi idish ichidagi eritma
bilan yarim o’tkazuvchi membrana yoki po’stloq orqali har ikki tomonga o’tadi.
Ammo eritma tomonga qarab toza erituvchi tomonga nisbatan ko’proq molekula
o’tadi. Bunday bir tomonda qarab harakatning ustunligi osmos deb ataladi.
Eritmaga kiruvchi va chiquvchi erituvchi molekulalar miqdorini tenglashtirish
uchun eritma tomonidan yarim o’tkazgich po’stloqqa bosimni oshirish talab
etiladi. Yarim o’tkazgich po’stloqdagi tenglikni ta’min etuvchi bosimga osmotik
bosim deyiladi. Bu bosim esa erigan moddalar konsentrasiyasiga bog’liq bo’ladi.
Bu konsentrasiya qancha yuqori bo’lsa, tenglikni ta’min etish uchun yarim
o’tkazgich po’stloqqa shuncha yuqori kuch talab qilinadi, demak ushbu eritmaning
osmotik bosimi yuqoridir. Agarda yarim o’tkazgich po’stloqni turli tomonidagi
turgan eritmalarning konsentrasiyasi har xil bo’lsa, bu paytda erituvchining
harakati yuqori konsentrasiyali eritma tomon, ya’ni osmotik bosimi yuqori bo’lgan
tomonga yo’nalgan bo’ladi.
Organizmda qon tomirlar devorlari, yarim o’tkazgich po’stloq vazifasini
bajaradi va uning bir tomonida qon tursa, ikkinchi tomonida to’qima suyuqligi
turadi. Qon plazmasining unda erigan va mavjud elektrolitlar ionlari, oqsil
molekulalari va boshqa organik moddalar hisobiga hosil bo’lgan osmotik bosim
krioskopiya usuli bilan aniqlanadi. Ma’lumki, eritmada erigan moddalarning
konsentrasiyasi qancha yuqori bo’lsa, uning muzlash harorati shuncha past bo’ladi.
Eritmaning muzlash harorati 00dan past bo’lishini ko’rsatuvchi miqdori, ya’ni
kimyoviy toza suvning muzlash harorati depressiya ko’rsatkichi deb ataladi. Odam
va boshqa sut emizuvchilar qonining va to’qimalararo suyuqligining depressiya
ko’rsatkichi 0,6 ga yakin, bu 370 dagi osmotik bosimning 8 atmosferasiga yaqin
bo’lishini ko’rsatadi.
Bir xil osmotik bosimga ega eritmalar izotonik eritmalar deyiladi. Qon va
boshqa organizmning hujayralari o’zlarining mo’tadil faoliyatini izotonik muhitda
namoyon qiladi. Osh tuzi eritmasi qonga izotonikdir va shuning uchun fiziologik
eritma ham deb yuritiladi. Ionlar konsentrasiyasi katta va yuqori osmotik bosimli
eritmalar gipertonik va aksincha kam konsentrasiyali va past bosimli eritmalar
gipotonik eritmalar deb yuritiladi.
Glyukoza, mochevina va boshqa organik birikmalar qonning osmotik
bosimini hosil bo’lishida unchalik muhim rol o’ynamaydi, chunki ular plazmada
tuzlarga nisbatan kam miqdorda saqlanadi va ularga nisbatan juda katta molekulyar
og’irlikka ega. Plazma oqsillari bundan mustasno, chunki ular qonning umumiy
osmotik bosimini 1 % dan kam miqdorini ta’minlaydi. Qon tomirlar devorlari
elektrolitlar uchun yengil o’tkazuvchan, shu sababli, elektrolitlar qon va to’qimalar
limfasida bir xil konsentrasiyada bo’ladi va shuning uchun ular osmotik hodisalarni
yuzaga kelishiga sabab bo’laolmaydi. Oqsillar uchun tomirlar devorlari
o’tkazmasdir, shu sababli, tomirlar devorlarining har ikki tomonida ularning
konsentrasiyasi to’qimadan qancha va aksincha yo’nalishidagi suvning harakatiga
bog’liq. Ochlik davridagidek qon tarkibida oqsillar miqdori kamaysa, suyuqlik
odatda tomirlardan to’qima limfalariga qarab harakatlanadi, bu esa shishchalarni
keltirib chiqaradi. Xuddi shuning uchun qonning oqsillari tomonidan hosil
qiladigan bosimga onkotik bosim deyiladi. Onkotik bosim tuzlar hosil qiladigan 7-8
atmosferali osmotik bosimning simob ustuni xisobida aytganda 25-30mm
keladigan qismini tashkil qiladi. Oqsillar yirik molekulali, kolloid moddalar
bo’lganligi sababli plazmada erigan tuz zarrachalarining miqdoriga qaraganda o’n
barobar miqdorda ortiq bo’lsa-da, hosil qilgan onkotik bosimi tuzlar hosil qiladigan
osmotik bosimning 1/200 qismini (25-30mm simob ustuniga teng keladigan
qismini) tashkil qiladi, xalos. Yuqori molekulali oqsillar tomirlarning devorlaridan
o’ta olmaydi, ular tomir ichida qolib, belgili miqdorda suvni ushlab turadi. Demak,
onkotik bosim to’qima oralig’iga plazmadan suvning ortiqcha chiqib ketishiga
tusqinlik qiladi. Onkotik bosimning oshishida to’qima oraliq suyuqligidan belgili
miqdordagi suvning plazmaga surilishiga sabab bo’ladi. Odam va yuqori darajada
taraqqiy etgan hayvonlar qonining osmotik bosimi doimo bir me’yorda saqlanadi.
Buni quyidagi tajribalarda isbotlash mumkin. Otning tanasiga natriy sulfatning 5%
li eritmasidan 7 litr yuborilsa, qonning osmotik bosimi ikki marotaba ortib ketishi
kerak bo’lsa ham, 10 daqiqadan keyin uning normaga yaqinlashganligini, ikki
soatdan so’ng esa butunlay normallashib qolganini ko'rish mumkin. Bu vaqtga
organizmga kiritilgan tuz eritmasi chiqaruv organlari(ichaklar, buyraklar, teri
bezlari) orqali tezda tashqariga chiqarib yuboriladi. Demak, osmotik bosim
buyrak, teri bezlari va ovqat hazm tizimining faoliyati natijasida bir me’yorda
saqlanib turiladi. Osmotik bosim ko'rsatkichi nisbiy bo’lib, organizmda
kechayotgan moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’ladigan moddalar ta’sirida
juda oz vaqt davomida kichik chegarada o'zgarib turadi.
Qonning faol reaksiyasi.
Qonning muhiti ham boshqa eritmalarda bo’lgani singari, uning tarkibidagi
(H) va (OH) ionlarining miqdoriga bog’liq. Qonning faol reaksiyasi qon tarkibidagi
vodorod ionining konsentratsiyasi bilan belgilanadi. Qonning muhiti kuchsiz
ishqoriy reaksiyada bo’lib, ph-ko'rsatkichi odam va turli hayvonlarda bir-biridan
kam farq qiladi.
4-Jadval.
Qonining muhiti – pH
№
O’rganilgan jonzotlar
Qondagi Ph
1.
Odamlar
7,36
2.
Ot
7,36
3.
Qoramol
7,50
4.
Qo’y
7,49
5.
It
7,40
Qonning kuchsiz ishqoriy muhitga egaligi, uning tarkibida (OH) ionlarining
(H) ionlariga nisbatan ko'proq bo’lishidan dalolat beradi.
Qonning reaksiyasi juda katta ahamiyatga ega. Organizmda mavjud bo’lgan
barcha hujayralari hayotiy jarayonlarini normal ravishda namoyon qilishi uchun
qon muhiti tayinli bir darajada turishi kerak. Qon reaksiyasining ozgina bo’lsa-da
o'zgarishi organizm hujayra va to’qimalaridagi fiziologik jarayonlarning
o'zgarishiga olib keladi. Odatda, venoz qonda karbonat angidridning ko'proq
bo’lganligi sababli uning faol reaksiyasi arterial qonga nisbatan bir oz pastroq
bo’ladi. Organizmning turli hujayralari ichida ham muhit (Ph ko'rsatkichi) qon
reaksiyasi ko'rsatkichiga qaraganda bir oz pastroq ya’ni hujayralarda 7,0-7,2 ga
teng bo’ladi. Bu hujayra metabolizmiga va uning oqibatida hosil bo’layotgan
kislotali moddalarning miqdoriga bog’liqdir. Qonning Ph ko'rsatkichi, organizmda
kechayotgan moddalar almashinuvining jadalligiga bog’liq bo’lib juda kichik
doirada (0,1-0,2 orasida) o'zgarib turishi mumkin, xalos. Qon faol reaksiyasi
ko'rsatkichining nisbatan o'zgarmasligi, doimiyligi qonning buferlik xossalari va
chiqaruv organlarining faoliyatiga bog’liq.
Amaliyotda vodorod ionlarining miqdori yoki vodorodlar sonini logarifmlar
bilan konsentrasiyasini esa teskari belgi bilan belgilash qabul qilingan. Bu son
odatda vodorod ko’rsatkichi deb ataladi va r% bilan qayd qilinadi. Qonning r%
o’rtacha 7,36 ga teng. RN-ning 7 dan past va 8 dan yuqori tomon siljigan bo’lishi
hayot uchun xavfli.
Qonning buferliligi.
Qonda Ph-ning bir me’yorda saqlanib turishida undagi bufer moddalar katta
ahamiyatga ega. Odatda kam dessociyalanuvchi kuchsiz kislotalar va shu
kislotalarning kuchli asoslar bilan hosil qilgan tuzlari eritmalariga buferlik
xususiyati xos bo’ladi. Bunday eritmalarga kuchli kislota yoki ishqor qo’shilganda
ularning reaksiyasi unda ko'p o'zgarmaydi. Sababi shuki, qo’shilgan kuchli kislota
kuchsiz kislotani, asos bilan qilgan tuzi va kuchsiz kislota hosil bo’ladi va
eritmaning faol reaksiyasi ko'p o’zgarmaydi. Bufer eritma kuchli ishqor
qo’shilganda esa kuchsiz kislota tuzi va suv hosil bo’ladi va eritma faol
reaksiyasining ishqoriy tomonga o'zgarishiga imkon yaratadigan sharoit kamayadi.
Qonda mana shu xususiyatni yuzaga chiqaradigan bir qancha moddalar mavjud.
Bular ichida eritrotsitlarning tarkibidagi gemoglobin moddasi katta ahamiyatga
ega. Unda Ph-6,8 ga teng bo’ladi (kuchsiz kislotali) qondagi ishqoriy muhitda
gemoglobin o’ziga ishqor radikalini biriktirgan holda bo’ladi. Qonga kislota tushsa,
bu ishqor radikali gemoglobindan ajralib, kislota bilan tuz hosil qiladi.
Gemoglobinning o’zi esa (H) ionlarini biriktirib kam dessotsiyalanuvchi kislotaga
aylanadi. Qonning buferlik xususiyatlarining 75% ga yaqin qismini gemoglobin
ta’minlaydi. Gemoglobindan tashqari qonda karbonat va fosfat bufer sistemalari
ham mavjud. Karbonat kislota va uning ishqorli tuzi karbonat bufer tizimini tashkil
qiladi. Fosfat bufer tizimi bir asosli va ikki asosli natriy fosfatdan tashkil topadi.
Plazma tarkibidagi oqsillar ham buferlik xususiyatiga egadir. Chunki oqsillar
organik moddalar bo’lib, muhitning reaksiyasiga qarab goh (H), goh (OH) ionlarini
ajratadi. Qonda fosforning miqdori kam bo’lganligi sababli fosfat bufer tizimi unda
katta ahmiyatga ega emas. Karbonat bufer tizimi esa kislotalarni neytrallashda
yetakchi vazifalardan birini bajaradi. Qonga ishqorli moddalar tushganda karbonat
kislota ularni neytrallaydi. Hosil bo’lgan ortiqcha bikarbonatlar buyrak orqali
chiqariladi.
1.
Karbonat buferi.
NaHCO3(KHCO3)ishqorli tuz
H2CO3 - kislota
=5−10%
2.
Fosfat buferi.
Na2 HPO4(asosiy fosfat)
NaH2PO4(kislotali fosfat ) =3−4 %
3.
Oqsil buferi.
Na-proteinati(asosiy tuz)
oqsillar(kuchsiz kislotalar) =10−15%
4.
Gemoglobin buferi.
K +HbO2( ishqorli tuz)
H+HbO2(kislota)
=75%
Masalan, qon muhitini kislota tomonga o'zgartirish uchun unga, suvga
nisbatan 327 marta ko'p kislota, ishqoriy tomonga o'zgartirish uchun esa, 60 marta
ko'p ishqor qo’shish kerak. Bundan ko'rinadiki, qonning faol reaksiyasi kislotali
tomonga qaraganda ishqoriy tomonga osonroq o'zgara oladi. Organizmda moddalar
almashinuvi natijasida doimo kislota xususiyatiga ega bo’lgan mahsulotlar hosil
bo’lib turadi. Bu mahsulotlarning neytrallanishida plazma tarkibidagi ishqorli
tuzlar plazmaning zahira ishqori katta ahamiyatga ega.
Hayvonlar qonidagi ishqor zahirasi (mg.%) xisobida: Ot 560-620, qoramol
460-540, qo’y 400-520, echki 390-520, tuya 700-780.
Sut emizuvchi yosh hayvonlarning qonida ishqor zahirasi kam, uzoq jismoniy
ish bajarayotgan hayvonlarning ishqor zahirasi esa ko'proq bo’ladi. Organizmning
ayrim fiziologik holatlarida yoki turli kasalliklarda qon muhiti kislota yoki ishqor
tomoniga siljishi mumkin. Qon muhitining kislota tomoniga siljishiga acidozst
deyiladi. Agarda hosil bo’layotgan kislotali mahsulotlarni qon tarkibidagi ishqor
zahirasi neytrallay olsa, ya’ni qonning ishqoriy zahirasi hosil bo’layotgan kislotali
moddalarni
neytrallashtirishga
kifoya
qiladigan
bo’lsa,
bunga
kompensatsiyalangan atsidoz deyiladi. Aksincha, hosil bo’layotgan kislotali
moddalarning qonning ishqoriy zahirasi neytrallay olmasa, qon muhiti kislota
tomoniga siljib qoladi va bunday holat kompensatsiyalanmagan atsidoz deyiladi.
Atsidoz qonda karbonat angidrid ko'payib ketganda, qonning ishqoriy zahirasi
kamayganda ro’y berishi mumkin. Qon muhitining ishqor tomoniga o'zgarib
ketishiga
alkaloz
deyiladi. Bu holat ham kompensatsiyalangan yoki
kompensatsiyalanmagan bo’lishi mumkin. Masalan, o’pka ventilyatsiyasi kuchayib
qondagi karbonat kislota CO2 holatida o’pka orqali ko'p miqdorda chiqarilganda,
qon ishqoriy zahirasi ko'payganda va boshqa paytlarda shunday holat kuzatilishi
mumkin.
Faol reaksiyaning kislota tomoniga o'zgarishi xavfli tug’ilganda, buyraklar
ko'p miqdorda bir asosli natriy fosfatli, reaksiya ishqoriy tomonga o'zgarganda esa,
ko'p miqdorda faol ishqorli tuzlarning siydik bilan birga tashqariga chiqaradi.
Ozroq bo’lsa ham hosil bo’layotgan sut kislota teri bezlari orqali chiqarib turiladi.
Organizmda doimiy ravishda sut kislotasi va boshqa kislotali moddalar hosil
bo’lib turadi. ular hujayralardan qonga o’tib bikarbonatlardagi natriy va kaliy
ionlarini siqib chiqaradi: natijada sut va boshqa kislotalarning tuzlari hamda erkin
ko’mir kislota hosil bo’ladi va ularning ortiqcha qismi organizmdan chiqarib
yuboriladi. Shunday qilib organizmda kislotalar siljishining kompensasiyasi yuz
beradi. Organizmni ichki muhitining holati, ya’ni vodorod ionlari miqdorini ortib
ketishi moslashtiruvchi mexanizmlar bilan kompensasiyalanadi va bu
kompensatorli atsidoz holatini yuzaga keltiradi. Bikarbonatlar esa qonning ishqoriy
zahirasi deb yuritiladi, chunki qonning kislotali siljishining kompensasiyasi
ularning hisobiga bajariladi. Kompensatorli asidozda ph o’zgarmay qoladi, ammo
ishqoriy zahiraning kamayishi yuz beradi.
Ayrim holatlarda qarama-qarshi holat ham kuzatilishi mumkin, ya’ni qonda
vodorod ionlari miqdori ko’paymasdan, aksincha kamayishi mumkin. bu esa
qonda erkin ko’mir kslotasining jamlanishiga olib keladi, qaysiki ishqoriy tomon
siljishi kompensasiyalanadi va ph odatdagiday o’zgarmay qoladi. Bunday holat
qonda bikarbonatlar miqdorining ortishi bilan birgalikda kechadi va kompensatorli
alkoloz holatini yuzaga keltiradi. Agarda qonning ph-ni doimimyligini u yoki bu
sabab bilan saqlash
imkoni bo’lmasa, hayot uchun juda xavfli
kompensasiyalanmaydigan asidoz yoki alkaloz yuzaga keladi.
Jamlangan kislotalar miqdori ortib ketib, karbonatli bufer tizimi kislota-
ishqorli muvozanatni ta’minlash imkoniyatini bajarolmay qolsa, bu paytda jiddiy
buferlik ahamiyatini fosfatli tizim egallaydi. Kislotalar ikki asosli fosforning
natriyli va kaliyli achchiq tuzlari bilan aloqada bo’ladi, qaysiki ushbu holatga
ta’lluqli tuzlar va bir asosli fosfor kislotasining natriyli yoki kaliyli achchiq tuzlari
hosil bo’ladi.
Na2HPO4+H2CO3 NaHCO3+NaH2PO4
Bir asosli natriy fosfat yoki kaliy fosfatlar dissosialanganda yana vodorod
ionlari hosil bo’ladi, lekin ularning konsentrasiyasi erkin kislotalar mavjud
bo’lgandagidan ancha kam bo’ladi.
Tarkibida kislotali va ishqoriy guruhlarni mavjudligi tufayli amfoterli
reaksiyalar beruvchi qon oqsillari ham buferlik xususiyatiga ega. Kislotali muhitda
oqsillar vodorod ionlarini biriktirib oladi va ular ishqorlar sifatida dissosiyalansa,
ishqoriy muhitda esa gidroqsil ionlarini biriktirib oladi, ularni kislota sifatida
dissosiyalaydi. Masalan, ko’mir kislota oqsillardagi natriy yoki kaliy ionlarini
o’ziga oladi va bikarbonatlar hosil qiladi: ishqorlar ko’p bo’lganida yuqoridagi
reaksiyani teskarisi kuzatiladi. Natijada ph-ning siljish imkoni juda kam kamayadi.
Issiq qonli hayvonlar qoni sovuq qonli hayvonlar qoniga nisbatan juda yuqori
buferlik xususiyatiga ega. Ayniqsa, uzoq muddat kuchli faoliyat bilan mashg’ul
bo’lguvchi sut emizuvchilarda buferlik xususiyati juda yuqori.
Qonning morfologik tarkibi.
Yuqorida qayd qilinganidek, qonda uning suyuq qismi – plazmasidan tashqari
uch xil shaklli elementlar, ya’ni hujayralar, eritrotsitlar – qizil qon hujayralari,
leykotsitlar – oq qon hujayralari, trombotsitlar – qon plastinkachalari ham mavjud.
Bu hujayralarning har qaysisi o’ziga xos tuzilgan bo’lib, bir qator xossa va
xususiyatlarga ega, ularning organizmda bajaradigan vazifalari ham turlicha.
Eritrotsitlar qizil qon hujayralari.
Aksariyat issiq qonli hayvonlarda, odamlarda diskasimon, tuya va lamalarda esa
oval shaklida bo’ladigan yadrosiz hujayralardir; amfibiya, reptiliya, baliqlarda va
qo’shlarda yadroli, oval shaklida bo’ladi. Qishloq xo'jalik hayvonlari
eritrotsitlarining o’rtacha diametri 4-7 mikronga teng. Tarkibida 60% suv va 40%
quruq modda saqlaydi. Quruq moddasining 90% ni gemoglobin, 5,8% ni oqsillar,
qolgan qismini esa lipoidlar, glyukoza, mineral tuzlar tashkil qiladi. Eritrotsitlarda
katalaza, karboangidraza kabi fermentlar bor. Eritrotsitlar organizm uchun
benihoya katta ahamiyatga ega bo’lgan hujayralardir. Chunki ular o’z tarkibidagi
gemoglobinga kislorodni biriktirib olib, organizmdagi hamma organ va
to’qimalarga tashib beradi. Eritrotsitlar kislorod tashishdan tashqari karbonat
angidrid va ayrim ozuqa moddalarni (aminokislotalarni) ham tashiy oladi.
Eritrotsitlar qonning faol reaksiyasini gemoglobin yordamida bir me’yorda ushlab
turadi. Qonning ion tarkibini me’yorida ushlab turishda, suv va tuzlar
almashinuvida ham ishtirok qiladi.
Eritrotsitlar o’z yuzalari bilan har xil zarrachalarni ushlab olib,
zararsizlantirishda va gormonlar tashishda ham ishtirok qiladilar. Eritrotsitlar ari
uyasiga o’xshash katakchali tuzilishga ega. Gemoglobin ana shu katakchalarda
joylashadi va eritrotsitlarga qizil rang bag’ishlaydi. Ularning qizil qon hujayralari
deb atalishiga ham sabab shu. Qonning bu hujayralari yonidan qaralganda ikki
tomonlama botiq bo’lib ko'rinadi(kulchaga o’xshash). Ularning bunday tuzilishi
bajaradigan funksiyasiga juda mos bo’lib, tarkibidagi gemoglobinning kislorod
bilan yaxshi birikishiga qulaylik tug’diradi. Chunki eritrotsitdagi gemoglobinning
3% yaqin qismigina uning sirtqi yuzasida, qolgan qismi esa ichida joylashgandir.
Eritrotsitlar ikki tomonlama botiq shaklida bo’lmaganida edi, ularning ichki
tomonidagi gemoglobinning kislorod bilan birikishi qiyin bulur edi.
Eritrotsitlar sirtdan oqsil-lipoidli po’st bilan o’ralgan. Bu po’st yarim
utkazgich xususiyatiga ega bo’lib, moddalarni tanlab o’tkazadi. U glyukoza, suv,
anionlarni, kationlardan “H+”ni, gazlar va mochevinani o’tkazgani holda, oqsillar,
metall kationlarni o’tkazmaydi. Eritrotsitlar hayot uchun juda zarur hujayralar
bo’lgani uchun qon shaklli hujayralarining asosiy qismini tashkil qiladi. Qonning
yarmidan sal kamroq qismi ana shu hujayralarga to’g’ri keladi. Odam qonidagi
barcha eritrotsitlarni umumiy miqdori o’rtacha 27 trillionga yaqin deb
xisoblaydilar. Bu raqamni tasavvur qilish uchun bir necha obrazli ifodalarni
keltiramiz. Odam qonidagi barcha eritrotsitlarni yonma-yon joylashtirib zanjir
hosil qilinganda edi, uning uzunligi 187000 km ni tashkil qilgan bo’lardi. Bordiyu
o’sha eritrotsitlarning birini ustiga ikkinchisini quyib taxlab chiqilsa, hosil bo’lgan
ustunning balandligi 62000 km ga teng bo’lardi. Qondagi eritrotsitlarni bir
minutda 100 tadan sanab chiqiladigan bo’lsa, organizmdagi barcha eritrotsitlarni
sanab chiqish uchun 475000 yil kerak bo’lardi. Organizmdagi eritrotsitlar hosil
qiladigan umumiy yuza juda keng bo’lib, odamlarda 3000 m2 ga teng, ya’ni tana
yuzasidan 1500 barobar katta keladi. Keltirilgan raqamlar qonda eritrotsitlar
sonining haddan tashqari ko'p bo’lishini isbotlab turibdi. Qonda eritrotsitlar ko'p
bo’lganligi uchun, eritrotsitlarni sanayotgan qon tegishli ravishda, 100-200 marta
suyo’ltiriladi, so’ngra 1mm3 hajm qondagi eritrotsitlarning miqdori millionlar bilan
xisoblanadi. Har xil turdagi hayvonlarning qonida eritrotsitlar miqdori bir xil emas.
Buni quyidagi jadvaldan ham ko'rish mumkin. Eritrotsitlar soni to’g’risida jadvalda
keltirilgan raqamlar mutlaq bo’lmasdan, hayvonlarning yoshi, jinsi, organizmning
holati, yilning fasli va boshqa bir qator omillarga qarab o'zgarib turadi.
5-Jadval.
Odam va hayvonlar eritrositlarining soni va kattaligi.
№
Jonzotlar
1mm3 qondagi
eritrotsitlar soni (mln.
xisobida
Eng katta
eritrotsitlarning
diametri
(micron
xisobida)
Eritrotsitlarning
yuzasi (kvadrat
mikron xisobida)
1.
Odam
5,0
4,0-5,5
-
-
2.
Ot
7,0
6,0-9,0
5,6
79
3.
Qoramol
6,5
5,0-7,5
5,1
95
4.
Qo’y
9,5
7,0-12,0
5,1
-
5.
Echki
15,0
12,0-18,0
4,1
38
6.
Tuya
13,0
12,0-16,0
4,0-7,3
-
7.
It
6,5
5,2-8,4
7,2
-
Endigina tug’ilgan hali onasini emmagan qarakul qo’zilarning 1mm3 qonida
14,5-18mln. eritrotsit bo’lishi kuzatishlarimizda aniqlandi.
Tug’ilishidan so’ng 24-48 soat o’tishi bilan eritrotsitlarning soni 10,5-12mln.
tagacha kamayadi. Qorako’l qo'ylarning bug’ozlik davrida eritrotsitlar bir
muncha kamayadi. Tuqqanidan so’ng bir oy chamasi o’tishi bilan eritrotsitlarning
miqdori bug’ozlikdan oldingi darajasiga qaytib qoladi. Jismoniy ish paytida
eritrotsitlar ko'payadi. Eritrotsitlarning miqdori hayvonlarning zotiga ham bog’liq.
Romanov zotli qo'ylarda eritrotsitlar miqdori Kuybishev zotli qo'ylarnikidan
ko'proq bo’lishi tekshirishlarda aniqlangan. Eritrotsitlarning ko'payib ketishiga
eritrotsitoz, kamayib ketishiga esa eritropeniya deyiladi. Eritrotsitozlar yoshlik
davrida ovqat yegandan keyin, bug’ozlik davrida, jismoniy ish bajarganda, dori-
darmonlar qabul qilganda kuzatiladi, ko'pincha turli kasalliklar kechish davrida
kuzatiladi. Ayrim hollarda, turli kasalliklar paytida hajmi, kattaligi, shakli
o'zgargan eritrotsitlar uchrashi mumkin. Agarda qonda odatdagi, normal
eritrotsitlardan katta yohud kichik eritrotsitlar uchrasa bu hodisa anizatsitoz
deyiladi. Shakli turli-tuman xilda o'zgargan eritrotsitlar uchrasa bunga poykilotsitoz
deyiladi (butilka, taqa, giri, uzum shingili va hokazolar). Ba’zi paytlarda
eritrotsitlar yuzasida habo halqachalari va jonli tanachalari ham uchraydi.
Tomirlardagi oqayotgan qon eritrotsitlar kavsh qaytaruvchi hayvonlarda va
cho’chqalarda 1-1,5 oy, boshqa hayvonlarda esa 120-160 kun atrofida yashaydilar.
Umri bitgan eritrotsitlar taloq va jigarda parchalanadi. Taloq eritrotsitlar mazori
deb ataladi. Eritrotsitlar yemirilgach, ulardan ajraluvchi temir jigarda zahira holida
to’planib so’ngra ishlatiladi.
Eritrositlarning chidamliligi(rezistentligi).
Eritrotsitlarning oqsil-lipoid po’sti ma’lum darajada chidamli bo’ladi, ta’sir
qilayotgan belgili bosimga, kuchga bardosh bera oladi. Ammo ta’sir qilayotgan
bosim, kuch po’stning chidamlik me’yoridan oshib ketsa, bu vaqtda u yorilib,
eritrotsit parchalanadi. Oqibatda ichidagi gemoglobin tashqariga chiqadi. Gemoliz
deb shunga aytiladi. Eritrotsitlarning chidamligi yaxshi yetilganlarida balandroq,
yosh, to’la yetilmaganlarida esa pastroq bo’ladi. Bundan tashqari, eritrotsitlarning
chidamligi ularning shakliga va plazmaning tarkibiga ham bog’liq. Ko'p hollarda
eritrotsitlarning osmotik bosimga chidamligi aniqlanadi. Buning uchun turli
konsentratsiyali gipotonik eritmalardan foydalaniladi. Gap shundaki,
eritrotsitlarning po’sti yarim o'tkazgich parda bo’lib o’zidan metall kationlarining
o’tkazmaydigan bo’lgani uchun, ular gipotonik eritmalarga solinganda ichiga
eritmadan suv kiradi. Bu vaqtda gipotonik eritmaning konsentratsiyasi qancha past
bo’lsa, kirayotgan suv miqdori shuncha ko'p bo’ladi. Eritrotsitga kirayotgan suv
uning po’stiga ma’lum bosim bilan bosadi. Oqibatda bosim belgili darajada
yitgandan keyin po’st yoriladi, gemoliz yuz beradi. Odatda turli konsentratsiyali
gipotonoik eritmalar foydalanib, eritrotsitlarning maksimal va minimal chidamlisi
aniqlanadi. Qon konsentratsiyasi izotonik eritma konsentratsiyasiga naqadar yaqin
bo’lgan gipotonik eritmada gemolizga uchragan eritrotsitlar minimal chidamlikka
ega bo’lgan eritrotsitlar bo’lib xisoblanadi. Konsentratsiyasi izotonik eritma
konsentratsiyasidan naqadar past gipotonik eritmada gemolizga uchragan
eritrotsitlar maksimal chidamlikka ega bo’lgan eritrotsitlardir. Eritrotsitlar
chidamliligini aniqlash tibbiiyot va veterinariya amaliyotida ma’lum amaliy
ahamiyatga ega.
Eritrotsitlarning cho’kish tezligi.
Stabillashtirilgan, antikoagulyantlar qo’shib, ivimaydigan holga keltirilgan
qon biror idishga solinib tik turg’azib qo’yilsa, bir necha vaqtdan so’ng
eritrotsitlarning idish tubiga cho’kib qolganligining guvohi bo’lamiz.
Eritrotsitlarning cho’kish tezligi asosan plazmaning tarkibiga va xossalariga
bog’liq. Buni quyidagi misolda ko'rsak bo’ladi: tajribalarda bir erkak kishining
eritrotsitlari ikkinchi erkak kishidan olingan qon plazmasiga solib qo’yilganida bir
soatda 8mm, o’sha eritrotsitlar homilador ayol qon plazmasiga solib qo’yilganida
esa 54mm tezlikda cho’kkan. Homilador ayol eritrotsitlari o’z plazmasida 45mm.,
erkak kishining qon plazmasida esa atigi 9mm. cho’kkan. Umuman olganda
eritrotsitlar quyidagi sabablarga ko'ra cho’kadi. Birinchidan, eritrotsitlarning
solishtirma og’irligi plazmanikidan balandroq. Ikkinchidan, qon solingan probirka
tik qoldirilganida uning eritrotsitlari agglyutinatsiyaga uchrab, bir-biri bilan
yopishadi. Oqibatda ular vazni oshib, cho’ka boshlaydi. Cho’kayotgan
eritrotsitlarning agglyutinatsiyaga uchrashiga plazmaning globulinlari, kalsiy
ionlari sababchi bo’ladi. Gap shundaki odatda tomirlarda oqayotgan qondagi
eritrotsitlarning hammasi bir – manfiy zaryad bilan zaryadlangan. Shu sababli ular
bir-birini itarib harakat qiladi, natijada, qonda mutloq holda suzib yuradi.
Cho’kayotgan eritrotsitlar po’stiga globulin oqsillari, ayniqsa fibrinogen va kalciy
ionlari o’tirib qolishi, ulardan ayrimlarining zaryadi o'zgarib, musbat bo’lib qoladi.
Oqibatda qarama-qarshi zaryadlangan eritrotsitlar tezda bir-biriga yopishib
agglyutinatsiyaga uchraydi va tez cho’kib tusha boshlaydi. Eritrotsitlarning
cho’kish tezligiga qarab hayvonlar ikki guruhga bo’linadi: eritrotsitlari tez
cho’kadigan hayvonlar – bir tuyoqlilar va eritrotsitlari sekin cho’kadigan
hayvonlar – juft tuyoqlilar. Har qaysi guruhga kiruvchi turli hayvonlarda ham
eritrotsitlarning cho’kish tezligini aniqlash uchun Panchenkov apparati(eritrotsitlari
sekin cho’kuvchilar uchun) va Nevodov probirkasidan(eritrotsitlari tez
cho’kuvchilar uchun) foydalaniladi.
6-jadval.
Hayvonlar eritrotsitlarining cho’kish tezligi:
Vaqt
Eritrotsitlar chokish tezligi(mm).
ot
qoramol
qo’y
cho’
chqa
it
Quyon
15 minutda
38
0,1
0,2
3,0
0,2
0
30 minutda
49
0,25
0,40
8,0
0,9
0,3
45 minutda
60
0,40
0,60
20,0
1,7
0,9
60 minutda
64
0,58
0,80
30,0
2,5
1,5
Eritrotsitlarning cho’kish tezligiga bir qancha omillar ta’sir ko'rsatadi.
Jumladan qonda yirik disperslangan oqsillar-globulinlar ko'payganda, qon
yopishqoqligi pasayganda, qonda eritrotsitlar kamayganda eritrotsitlarning
cho’kish tezligi ortadi. Plazma bilan eritrotsitlar solishtirma og’irligi o’rtasidagi
tafovut kamayganda, qon yopishqoqligi oshganda, qonda CO2 ko'payganda
eritrotsitlarning cho’kishi sekinlashadi.
Gemoglobin.
Gemoglobin – murakkab tuzilgan oqsil-xromoproteiddir. Molekula og’irligi
70000 ga teng. Eritrotsitlarning kislorodni o’ziga biriktirib tashish xususiyati
ularning tarkibidagi gemoglobin moddasiga bog’liq. Gemoglobinning tarkibiga
96% globin degan oqsil va shu oqsil bilan gistidin bog’ orqali bog’langan 4%
gem(rangli modda- pigment) kiradi. Turli hayvonlar gemoglobinining tarkibidagi
globin oqsilining aminokislotalar tarkibi turlicha bo’ladi. Shuning uchun ham turli
hayvonlarning gemoglobini o’zaro farq qiladi. Gemoglobinning faol(prostetik)
guruhi-gem barcha hayvonlar uchun bir xildir. Hozirgi vaqtda gemoglobinni
o'rganishda izotoplar usuli katta rol o’ynamoqda. Bu usul yordamida qonning
gemoglabim\ni organizmda glitsin degan aminokislotadan sintezlanishi
isbotlangan.
3-rasm. Gemoglobinning tuzilishi.
Globin tarkibidagi polipeptid zanjirlarining turli xilda joylashganligi sababli
odatda normal fiziologik gemoglobinlarning uch xili farq qilinadi:
1. birlamchi embrional gemoglobin – HbP;
2. fetal gemoglobin – HbF;
3. katta yoshlilar gemoglobini – HbA.
Birlamchi embrional gemoglobin organizmning embrional taraqqiyotida, sariq
xaltada qon hosil bo’lish davrida, fetal gemoglobin embrionning jigarida qon hosil
bo’lish davrida vujudga keladi. Katta yoshli hayvonlardagi gemoglobin ko’mikda
qon ishlab chiqarila boshlagandan keyin hosil bo’la boshlaydi. Fetal gemoglobin
katta hayvonlar gemoglobiniga qaraganda kislorod bilan yaxshi birikadi. Gem ikki
valentli temir atomi bilan birikkan to’rtta pirrol halqasidan tashkil topgan. Bu
halqalarning ikkitasi kislotali, ikkitasi ishqoriy xususiyatga ega. Gemdagi temir
atomi gemni globin bilan biriktiradi. Gemoglobinga osh tuzi, koncentrlangan toza
sirka kislota bilan ta’sir qilinganda, globindan gem oksidlangan gemin holida
ajraladi. Mikroskopda ko'zatilganda gemin o’ziga xos kristallar shaklida ko'rinadi.
Gemoglobin organizmda O2 bilan birikib oksigemoglobin hosil qiladi.
Bu jarayon o’pkada yuz beradi. O’pkada hosil bo’lgan oksigemoglobin
kapillyar qon tomirlaridan to’qimalarga yetib borganida osonlik bilan
gemoglobinga va kislorodga parchalanadi. Bu vaqtda ajralib chiqqan kislorod
to’qima va hujayralarning nafas olishi uchun sarflanadi. Oksigemoglobin hosil
bo’lganda gemoglobinning o’zi ham, uning tarkibidagi temir atomi ham
oksidlanmaydi temirning valentligi o'zgarmaydi. Kisloroddan tashqari, gemoglobin
karbonat angidridi va is gazi bilan ham birikmalar hosil qila oladi. Gemoglobinning
to’qima kapillyarlarida karbonat angidridini biriktirib hosil qilgan birikmasiga
karbogemoglobin deyiladi. Gemoglobinning is gazi (CO) bilan hosil qilgan
birikmasiga karboksigemoglobin deyiladi, bu birikma organizm uchun juda
havflidir. Gemoglobin is gazi bilan kislorodga ko'ra 300 marta tez birikadi. Hayvon
nafas olayotgan havoda 0,07% is gazi bo’lsa, havoning tarkibidagi kislorod
odatdagidek (20,9%) bo’lganida ham qon tarkibidagi gemoglobinning 50% ga
yaqini is gazi bilan birikadi. Gemoglobinning is gazi bilan birikib, hosil qilgan
birikmasi ancha turg’un bo’lib oksigemoglobinga qarganda juda sekin
parchalanadi. Shu sababli gemoglobin – is gazi bilan birikkandan keyin kislorod
bilan birika olmaydi. Natijada organizm to’qimalari kislorodga yolchimay qolib,
hayvon halok bo’lishi mumkin. Gemoglobinning kislorod bilan birikib, hosil qilgan
oksigemoglobinga qaraganda ancha turg’un bo’ladigan birikmasiga
metgemoglobin deyiladi. Metgemoglobinning hosil bo’lishi organizmning
fenocitin, autipirin, amilnitrit, sulfanilamid kabi dorivor moddalari bilan
zaharlanishi oqibatida yuz beradi. Bu moddalar kuchli oksidlovchilar rolini
o’ynaydi va kislorodning gemoglobin bilan kimyoviy reaksiyasiga kirishuviga
sabab bo’ladi, bunda gemoglobin tarkibidagi ikki valent temir oksidlanib uch
valentli temirga aylanadi va gemoglobin bilan kislorod birikmasi hosil bo’ladi.
Metgemoglobin turg’un birikma, to’qima kapilyarlarida parchalanmaydi. Natijada
to’qima va hujayralar yetarli miqdorda kislorod ololmaydi va organizmda anoksiya
– kislorod tanqisligi yuz beradi. Qonda metgemoglobin miqdori haddan tashqari
ko'payib ketsa, organizm halok bo’ladi. Metgemoglobin ko'payib ketganda
organizmga metilin sinka (metil ko'ki) eritmasini yuborib davolash mumkin.
Qondagi gemoglobinning hosil qilgan turli birikmalarini spektral analiz yordamida
aniqlash mumkin. Oksigemoglobin uchun spektrning sarig’-yashil qismlari D, E
nuqtalar orasida ikki qaramtir chiziq, qaytarilgan gemoglobin uchun esa spektr shu
qismdagi D nuqta tomonida bitta keng qaramtir chiziq bo’lishi xosdir (4-rasmga
qarang).
4-rasm. Gemoglobinning spektr chiziqlari.
Qondagi gemoglobinning miqdori Sali gemometri yordamida aniqlanadi. Bu
usul tekshiriladigan qon eritmasining rangini standart eritma rangi bilan solishtirib
ko'rishga, ya’ni kalorimetrik yo’l bilan aniqlashga asoslangan. Bundan
tashqari, qonning kislorod sig’imini, rang ko'rsatkichini aniqlash yo’li
bilan ham qon tarkibidagi gemoglobin miqdori to’g’risida fikr yuritish
mumkin. Qonning rangi ko'rsatkichini aniqlash bilan biz qondagi har bir
eritrotsitning tarkibidagi gemoglobin to’g’risida muloxaza yurita olamiz.
Masalan: 1mm3 qonda 5mln eritrotsit bor deb faraz qilaylik. 100ml. qon
tarkibida 16,67gr. gemoglobin bo’lsin. Bu vaqtda 1mm3 qon tarkibida
0,000166 yoki 166mg. gemoglobin bo’ladi. Demak har bir eritrotsit
tarkibida 166/5mln=33mg gemoglobin bor. 33mg. gemoglobin, ya’ni bitta
eritrotsit tarkibidagi gemoglobin miqdori shartli ravishda 1gr.ga teng deb
olinib, normal qon rang ko'rsatkichining darajasi deb xisoblanadi.
Qondagi gemoglobin miqdori organizmning turli holatlariga bog’liqdir.
Yosh hayvonlar hayotining dastlabki davrida qondagi gemoglobin
miqdori katta hayvonlardagiga nisbatan ko'proq bo’ladi. Yangi tug’ilgan
qorako’l qo’zilarining qonida gemoglobin miqdori o’rtacha 16-18 gr.%
ni tashkil qilishi kuzatishlarimizdan ma’lum, keyinchalik, birnecha kun
o’tishi bilan ularning qonidagi gemoglobin miqdori bir oz kamayib, 10-
12gr.% ga teng bo’lib qoladi.
7-jadval
Odam va hayvonlar qonidagi gemoglobinning o’rtacha miqdori:
№
Hayvonlarning
turlari
Gemoglobinning miqdori
(gram%)
1.
Odam
13,5(11-15)
2.
Ot
11(8-15)
3.
Qoramol
12(9-14)
4.
Qo’y
12,5(9-14)
5.
Echki
10,6(7-14)
6.
Tuya
15,2
7.
It
13,6
Organizm muskullaridagi gemoglobinning mioglobin deb ataluvchi xili
bor. Uning prostetik guruhsi – gem gemoglobin tarkibidagi shunday
guruhga o’xshaydi. Oqsil qismi – globin gemoglobin globiniga
qaraganda pastroq molekulyar og’irlikka ega: odam mioglobini
organizmdagi jami kislorodning 14% ini biriktira oladi. U faol
ishlayotgan muskul, suvga shumg’uvchi odam va hayvonlar muskulining
kislorod bilan ta’minlanishida katta ahamiyatga ega, shuning uchun ham
bu modda otlarning muskulida, ko'pchilik suv hayvonlarining muskulida
ayniqsa ko'proq bo’ladi.
Leykotsitlar – oq qon tanachalari.
Bular rangsiz eritrotsitlarga nisbatan kattaroq (diametri 5-20 mikronga
teng), hujayralar bo’lib, yadro va protoplazmasi bor. Qonda leykotsitlar
eritrotsitlarga nisbatan kamroq bo’ladi. Ular 1mm3 hajmdagi qonda bir
necha ming donaga yetadi, buni quyidagi jadvalda ko'rsa bo’ladi:
8-jadval.
Odam va hayvonlarning 1mm3 qonidagi leykotsitlar soni (ming xisobida)
t/r Jonzotlar
o’rtacha
o'zgarish chegarasi
1.
Odam
4,5
4,0-5,0
2.
Ot
9,0
7,0 –12,0
3.
Qoramol
7,0
4,5 –12,0
4.
Qo’y
8,0
6,0 –14,0
5.
Echki
12,0
8,0 –17,0
6.
It
9,5
8, 5 – 10,5
Leykotsitlarning organizmdagi asosiy vazifalari:
1. Fagotsitoz, ya’ni yot moddalarni, turli zaharlarni va mikroorganizmlarni yeb
yemirish (hazm qilish).
2. Turli kasalliklarga qarshi antitanachalar ishlab chiqarish.
3. Oqsil tabiatli toksinlarni parchalash va chiqarib tashlash.
4. Biologik faol moddalar ajratadi.
5-rasm. Terida yallig’lanish jarayonining paydo bo’lishi va leykositlarning himoyalanuvchi ahamiyati.
1-bakteriyalar, 2-tikon, 3-teri, 4-leykosit, 5-qon tomirlari, 6-asab
Oq qon tanachalari organizmda bo’lib turadigan fiziologik jarayonlarning
o'zgarishiga juda sezgir hujayralardir. Shuning uchun, ham leykotsitlarning soni
organizmning turli holatlarida tez o'zgarib turadi. Organizmda leykotsitlar
miqdorininig ko'payishi
leykotsitoz, kamayishi esa leykopeniya deyiladi.
Leykotsitoz hodisasi organizm fiziologik holatlarining turli xildagi o'zgarishlari
natijasida va turli kasalliklar paytida kuzatiladi. Masalan, odam va hayvonlar
oziqlangandan keyin qonida leykotsitlar miqdori ko'payadi, shuningdek
hayvonning bug’ozlik davrida kuchli jismoniy ish bajarayotganida, dori ichganida
va boshqalarda. Bular fiziologik leykotsitozlardir. Chunki bu paytlarda
kuzatiladigan leykotsitoz vaqtinchalik hol bo’lib organizm uchun qonuniy normal
hodisadir. Biroq, bir qancha patologik jarayonlarda, xususan, yallig’lanish,
jarohatlanishlarda organizmning patologik jarayonlarga qarshi javob reaksiyasi
tarzida qonda leykotsitlar sonining ko'payib ketishi ma’lum. Leykotsitlar
amyobasimon harakat qilish qobiliyatiga egadirlar. Ular kapillyar qon tomirlarining
devori orqali to’qima oralig’iga harakat qilib chiqishlari mumkin. Bunday oq qon
hujayralariga sayor hujayralar deyiladi va buholat-diapedez deb yuritiladi.
Leykotsitlar bir necha xillarga bo’linadi. Ular avvalo oz protoplazmalarida turli
donachalarni saqlash yoki saqlamasligiga qarab donador leykotsitlar –
granolotsitlarga va donasiz – agranulotsitlarga bo’linadi. Donador leykotsitlar
granulotsitlar o'zlarining tuzilishi va bo’yoqlar bilan bo’yalishiga qarab 3xilga –
Bazofil leykotsitlarga (ishqoriy bo’yoqlar bilan bo’yaluvchilarga); eozinofillarga
(kislotali bo’yoqlar bilan bo’yaluvchilarga); va neytrofillarga (ishqoriy va kislotali
bo’yoqlar bilan ham bo’yaluvchilarga) bo’linadi (6-rasmga qarang).
6-rasm. Qonning mikroskop ostida ko'rinishi(rasmi):
1-trombostitlar, 2-eritrostitlar, 3-miolastitlar va yosh hujayralar,4-bazofillar,5-
eozofillar,6-tayoqchayadrolilar,7-segmintyadrolilar ,8-9 limfotsit,
7-rasm. Qonni tindirish bosqichi.
1-vena tomirlaridan endigina olib probirkaga quyilgan qon; 2-bir oz
probirkada turgan qon; 3-sentri-fugalangandan so’ng ikki qismga ajralgan qon
(yuqoridagi rangsiz qismi qon zardobi –plazmasi, pastki quyuq qismi-qonning
shaklli elementlari bor qismi)
Bazofillar diametri 11-17 mikronga teng dumaloq hujayralardir. Otlarda eng
katta, qo’ylarda eng kichik bo’ladi. Protoplazmasida nisbatan yirik donachalari bor.
Asosli bo’yoqlar bilan bo’yalganda donachalari qaramtir – binafsha, yadrosi esa
to’q binafsha rangga kiradi. Har xil turdagi hayvonlar bazofillarining yadrosi turli
shaklda bo’ladi. Jumladan, ot va cho’chqa bazofillarining yadrosi to’yoqcha yoki
nok shaklini eslatadi, odatda segmentlashgan bo’ladi. Turli hayvonlar qonida
leykotsitlarning 0,1-0,4% ini tashkil qiladi. Bazofil donachalarning tarkibida qon
ivishiga to’sqinlik qiluvchi geparin degan modda bor. Bazofillar turli yallig’lanish
jarayonlarining qaytish paytida ro’y beradigan so’rilish va bitish hodisalarida
ma’lum ahamiyatga ega deb faraz qilinadi.
Eozinofillar – dumaloq shakldagi hujayralar bo’lib, diametri 8-12, otlarda
esa 14-22 mikron keladi. Protoplazmasida yirik donachalari bor. Yadrosi
bargsimon odatda segmentlashgan (bug’im – bug’imga bo’lingan) bo’ladi.
Segmentlashgan yadro ikkita, ayrim hollarda uchta-to’rtta bug’imdan tashkil