IDROK HAQIDA TUSHUNCHA (Idrok to'g'risida umumiy tushuncha, Idrokning murakkabligi, Idrokning aktivligi va kuzatish)
Yuklangan vaqt
2024-05-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
31,0 KB
Ilmiybaza.uz
IDROK HAQIDA TUSHUNCHA
Reja.
1. Idrok to'g'risida umumiy tushuncha.
2. Idrokning murakkabligi.
3. Idrokning aktivligi va kuzatish.
Tayanch iboralar.
Idrok, idrokning murakkabligi, irokning mazmuni, ixtiyoriy idrok, kuzatish,
kuzatuvchanlik, idrokning aktivligi.
Ilmiybaza.uz
Idrok sezgi ahzolarimizga tahsir qilib turgan narsalarning ongda bevosita aks
etishidir. Biz narsa va hodisalarni yaxlit holicha idrok qilamiz, narsalarning ayrim
xossalarini esa sezamiz. Masalan, quyoshni biz idrok qilamiz, uning yorug‘ini esa
sezamiz, og‘zimizdagi chaqmoq qandni idrok qilamiz, uning shirinligini esa
sezamiz. Ammo xossa va narsa bir-biridan ajralmasdir, shu sababli narsalarni idrok
qilish ham sezgilardan ajralgan holda voqe bo‘lishi mumkin emas,
Biz bir narsani idrok qilayotganimizda uning ayrim xossalarini ham sezamiz.
Biror narsaning o‘zini idrok qilmasdan hosil bo‘ladigan sezgilar yangi tug‘ilgan
chaqaloq hayotining dastlabki kunlaridagina mavjud bo‘lsa kerak; chaqaloq
narsaning o‘zini idrok qila bilmasa ham undan hosil bo‘ladigan sezgilarni ajratadi,
masalan, yorug‘ va qorong‘ini, shirin va nordonni sezadi. Odamning murakkab
psixik hayotida ayrim sezgilar faqat idrok protsessida fikriy analiz va
abstraktlashtirish yo‘li bilan ajratiladi.
Munozarali savol: Sezgi va idrokning farqi nima?
Diqqat qiling:
Sezgilar, odatda sodda, elementar psixik protsess deb hisoblanadi, idrok esa
murakkab psixik protsessdir. Biz idrok qilayotgan narsalar g‘oyatda xilma-xildir.
Bular jumlasiga, avvalo turli buyumlar, chunonchi - binolar, daraxtlar, jihozlar,
texnika buyumlari va hokazolar kiradi. Biz muzika, surat, rasm va boshqa sanhat
asarlarini idrok qilamiz. Odamning hayotida nutqni - og‘zaki va yozma nutqni idrok
qilish eng katta va muhim o‘rin tutadi.
Atrof-yonimizdagi narsa va hodisalar bir-biridan ajralgan holda emas, balki hamma
vaqt idrok qilinib turgan narsa boshqa narsalar bilan makon va vaqt jihatdan bir-biri
bilan bog‘langan holda idrok qilinayotganini har bir kishi o‘z kundalik tajribasidan
yaxshi biladi. Masalan, stolni idrok qilayotganimizda biz uning joyini, atrofini o‘rab
olgan stullarni, shu paytda radiodan eshitilayottan muzikani ham idrok qilamiz, xona
ichidagi radiopriyomnikni ham, kishilarni ham bir vaqtda ko‘ramiz.
Ehtibor bering:
Biz narsa va hodisalarni makon va zamon sharoitida idrok qilamiz. Makon va
zamon moddiy borliq formasi sifatida, barcha boshqa realliklar kabi idrok qilinadi.
Buning mahnosi shuki, biz narsalarni, ularga xos bo‘lgan fazodagi formalari (kub,
Ilmiybaza.uz
uchburchak, doira va hokazo shakllari)ga, fazodagi katta-kichikligi (katta, kichkina,
mayda va hokazo)ga, fazodagi munosabatlari (bir-biriga va bizga nisbatan yaqin,
uzoq, chap, o‘ng tomonda, yuqori va past turishlari)ga qarab idrok qilamiz, ular tinch
yoki harakat holatlarida idrok qilinadi. Biz idrok qilib turgan narsa va hodisalarni
mahlum vaqt (zamon) davomida paydo bo‘lish va o‘zgarib borishlarida idrok
qilamiz.
Idrokda 1) idrok protsessini, yahni ongimizning bevosita aks ettiruvchi
faoliyatini va 2) narsalarni idrok qilish (aks ettirish)dan hosil bo‘ladigan subhektiv
obrazni bir-biridan farq qilish lozim.
Munozarali savol: Idrokning murakkabligi nima?
Diqqat qiling:
Idrok murakkab psixik protsessdir. Bu murakkablik, avvalo shundan iboratki,
har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi, Masalan, qovunni idrok
qilish uning shaklini, rangini (ko‘k, oq va hokazolarni) sezish - bu ko‘rish
sezgilaridir, hidni sezish (hid sezgilari), shirin, chuchukligini sezish (maza sezgilari),
og‘ir-yengilligini, qattiq-yumshoqligini sezish (muskul sezgilari) va boshqa
sezgilardan tarkib topadi.
Ehtibor bering:
Idrok qilishda analiz yordamida ajratilgan shu ayrim sezgilar (retseptorlar)
idrokning retseptiv tomonini tashkil qiladi.
Shu xossalarning jamini sezishdan idrok qilayotgan narsaning dastlabki bevosita
obrazi hosil bo‘ladi, bu idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi. Bunda shu
xossalar narsaning o‘zida qanday bog‘langan bo‘lsa, ayni shu tarkibda seziladi. Shu
sababli idrok qilinayotgan narsaning dastlabki obrazi ham sezgilarning mexanik jami
(yig‘indisi)dan iborat bo‘lmay, balki yaxlit, bir butun bo‘ladi.
Munozarali
savol:
Idrokning
nerv-fiziologik
mexanizmlari
nima?
Diqqat qiling:
Idrokning nerv-fiziologik mexanizmlari ham sezgilardagiga qaraganda ancha
murakkabdir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya po‘stining analiz-sintez
faoliyatidan iborat bo‘lib, bu faoliyat sezgi organlarimizga tahsir qilib turadigan
narsa yoki hodisaning bitta xossasi bilan emas, balki bu xossalarning jami, butun bir
Ilmiybaza.uz
kompleksi bilan vujudga keladi. Idrokning nerv-fiziologik mexanizmi narsalar
xossalari jamining tahsiri bilan hosil bo‘ladigan muvaqqat bog‘lanishlar
sistemasidan iboratdir. Har bir narsadagi xossalarning shu jamiga qarab, biz
narsalarni bir- biridan farq qilamiz.
I. P. Pavlov qilgan tajribalardan mahlum bo‘ldiki, agar analizatorga bironta
yakka qo‘zg‘ovchi emas, balki qo‘zg‘ovchilarning jami muntazam tahsir qilib tursa,
bundan tug‘iladigan reaksiya har bir qo‘zg‘ovchining o‘z xususiyatiga qarab emas,
balki bu qo‘zg‘ovchilarning o‘zaro qanday bog‘lanishiga, o‘zaro munosabatiga
qarab tug‘iladi. I. P. Pavlov bu hodisani munosabat refleksi deb atadi.
Bunday bog‘lanishlarning ko‘rish analizatorida hosil bo‘lishi, masalan,
muayyan bir figuralarning qanday rang bilan chizilganligi va katta-kichikligidan
qathi nazar, ularning konturlarini topib olishga imkon beradi. Bunday
bsg‘lanishlarning eshitish analizatorida hosil bo‘lishi bironta melodiyaning baland
yoki past (ingichka yoki yo‘g‘on) tonda ijro qilinishidan qathi nazar, uni tanib
olinishiga (bir xilda idrok qilinishiga) imkon beradi. Munosabat refleksi narsaning
ayrim xossalarining o‘zaro obhektiv bog‘liqligini aks ettirishdan iboratdir.
Ehtibor bering:
Shunday qilib, idrok bitta sezgi organining ishi bo‘lavermay, balki boshqa bir
qancha sezgi organlari, bir qancha analizatorlarning faoliyati mahsulidir. Lekin har
bir idrokda sezgi organlaridan biri eng muhim o‘rin tutadi. Masalan, suratni idrok
qilishda ko‘rish organi, muzikani idrok qilishda eshitish organi bosh o‘rinda turadi.
Idrok ham sezgilar kabi, bosh o‘rinda turadigan ana shu organlarga qarab: ko‘rish,
eshitish, hid, maza va boshqa idrok xillariga bo‘linadi. Bulardan hayotimiz uchun
eng muhimlari ko‘rish bilan eshitish idrokidir.
Bulardan tashqari, idrokning yana aralash to‘ri ham bor. Idrokning bu turida
yolg‘iz bir sezgi organi emas, balki ikki, uch sezgi organ baravar muhim o‘rinda
turadi. Ovozli kinofilm yoki operani idrok qilishda ko‘rish va eshitish sezgisi baravar
muhim o‘rin tutishi aralash idrokka misol bo‘la oladi.
Munozarali savol: Idrokning mazmuni nima?
Diqqat qiling:
Ilmiybaza.uz
Idrokning mazmuni uning tarkibiga kirgan sezgilarning faqat oddiy jami
(yig‘indisi)dan iborat bo‘lib qolmaydi. Har bir idrok tarkibiga sezgilar kirishi bilan
birga, odamning o‘tmishida hosil qilgan tajribalari va bilimlari ham kiradi. Biz
o‘tmishdagi tajribamizda uchburchak va doiralarni ko‘p marta ko‘rganmiz, bu
figuralar bilan ko‘p marta ish ko‘rganmiz. Bu figuralarning obrazi miyamizda
mustahkam o‘rnashib qolgan. Shu sababli, ularning rasmlarni ko‘rishimiz bilan ilgari
bizda hosil bo‘lgan tasavvurlar yana esimizga kelib, miyamizda uchburchak yoki
doiraning yaxlit obrazi paydo bo‘ladi. Atrof-yonimizdagi hamma narsalarni idrok
etish ana shunday amalga oshiriladi.
Ehtibor bering:
Idrok protsesslarida diqqat g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Diqqat idrokning
aktivligini oshiradi va idrokning mukammal, raso va ravshan bo‘lishiga xizmat
qiladi. Diqqat aktivlik darajasiga qarab, ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘ladi, shu sababli
idrok ham ixtiyorsiz va ixtiyoriyravishda vujudga keladi. Muayyan bir obhektni
oldindan maqsad qilib olmasdan va maxsus tanlanmasdan, kuch sarf etmasdan idrok
qilish protsessini ixtiyorsiz idrok deb ataladi. Bunday idrok pro-sesslari diqqatimizni
beixtiyor o‘ziga jalb qilayotgan obhektlarning tahsiri bilan qo‘zg‘aladi; masalan, biz
uzoqdan kelayotgan poezd ovozini beixtiyor eshitamiz, tunda qirda yonayotgan
alangani uzoqdan beixtiyor ko‘ramiz. Uzining yorqinligi, rang-barangligi, harakati,
kontrastligi bilan ajralib turadigan narsa yoki hodisalar, odatda, beixtiyor idrok
qilinadi, shuningdek, ayni vaqtda bironta ehtiyoj va manfaatimizga javob beradigan,
shaxsiy tajriba va bilimlarimizga eng ko‘p darajada muvofiq keladigan va biz uchun
g‘oyat katta ahamiyati bo‘lgan obhektlar ham beixtiyor idrok qilinadi. Ixtiyorsiz
idrok tetik, bardam vaqtimizda bizda to‘xtovsiz bo‘lib turadigan protsessdir.
Munozarali savol: Ixtiyoriy idrok nima?
Diqqat qiling:
Oldin belgilangan maqsadga qarab muayyan bir obhektni idrok qilishni
ixtiyoriy idrok deb ataladi. Badiiy bir rasmni ko‘rish, dokladni ehtibor bilan eshitish,
yozma ishlardagi imlo xatolarini chizish, operadagi ariyani tinglash, ko‘pchilik
orasida o‘zimiz qidirgan bir shaxsni topib ajratish ixtiyoriy idrokka misol bo‘la oladi.
Ixtiyoriy idrok ixtiyorsiz idrokdan ayrilgan holda bo‘ladigan protsess emas.
Ixtiyorsiz idrok ixtiyoriy idrok uchun go‘yo «fon» bo‘lib xizmat qiladi.