Ilmiybaza.uz
IDROKNING FIZIOLOGIK ASOSI
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Idrok – bu jism va hodisalarni, ularning his-tuyg‘u organlariga bevosita ta’sir
ko‘rsatishida yaxlit aks ettirish psixik jarayoni.
Idrok – bu sezgilarning oddiy yig‘indisi emas. Idrok qilish jarayonida
sezgilardan tashqari, avvalgi tajriba, idrok etiladiganlarni anglash, shuningdek,
xotira jarayonlari qatnashadi. SHuning ko‘p hollarda idrok insonning perseptiv
tizimi deb ataladi.
Ilmiybaza.uz
Hozirda tasavvurlarni bilish jarayoniga oid turli nazariyalar mavjud. Bu
nazariyalarda asosiy e’tibor his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi
daraklarning anglangan perseptiv tasvirlarga aylanishiga qaratilgan.
Idrok qilishda u yoki bu jismni idrok qilish istagi, uni idrok qilish zaruriyati
yoki majburiyati, yaxshiroq idrok qilishga erishishga yo‘naltirilgan iroda kuchi,
bunday vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan qat’iyatlilik katta ahamiyatga egadir. Real
olam jismini idrok qilishda insonning diqqati va yo‘nalganligi ham qatnashadi.
Idrok qilishga bo‘lgan munosabatimiz idrok jarayoni uchun katta ahamiyatga
ega. Jism bizga qiziqarli yoki biz unga befarq bo‘lganimiz uchun, u bizda turlicha
his-tuyg‘ularni uyg‘otishi mumkin. bizga qiziqarli bo‘lgan jism faol idrok etilishi,
va, aksincha, bizga farqsiz bo‘lgan jismni sezmasligimiz ham mumkin.
Idrok – bu ayni vaqtda bizga ta’sir ko‘rsatayotgan narsani bilishga qaratilgan
o‘ta murakkab, shu bilan birga, umumiy jarayon.
Idrokning fiziologik asosi bo‘lib his-tuyg‘u organlari, nerv tolalari va
markaziy asab tizimida ro‘y beradigan jarayonlar hisoblanadi. Nerv qo‘zg‘alishi
seskantiruvchilardan his-tuyg‘u organlaridagi nerv tugunlarining markaziy
proeksiyasidan iborat bo‘lgan po‘stloqning sensor sohalariga o‘tkaziladi. Proeksiya
sohasi qaysi organ bilan bog‘langanligiga ko‘ra, ma’lum sensor axborot shakllanadi.
Sezgilar taklif etilgan yo‘nalish darajasida idrok qilish jarayonining tarkibiy
qismi sifatida shakllanadi. Idrokning fiziologik mexanizmlarining o‘zi, qo‘zg‘alish
bosh miya po‘stlog‘ining proeksiyali sohalardan integrativ sohalariga o‘tganida, real
dunyo hodisalari obrazlari shakllanishining tugallanishi sodir bo‘ladigan keyingi
bosqichlarda yaxlit obrazning shakllanishi jarayonlarida ishtirok etadi. SHuning
uchun idrok jarayonini yakunlovchi bosh miya po‘stlog‘ining integrativ sohalari,
ko‘pincha, perseptiv sohalar deb ataladi. Bu sohalarning vazifasi proeksiyali
sohalarning vazifasidan tubdan farq qiladi. Bu farq u yoki bu soha faoliyatning izdan
chiqishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Idrokning fiziologik asosi, uning harakat
faoliyati, emotsional kechinmalar, turli tafakkur jarayonlari bilan uzviy
bog‘langanligi sababidan yanada murakkablashadi. Bundan kelib chiqadiki, his–
tuyg‘u organlarida boshlangan tashqi seskantiruvchilar ta’sirida paydo bo‘lgan
nerv qo‘zg‘alishlari asab markazlariga o‘tadi, bunda ular po‘stloq sohalarini qamrab
oladi, boshqa nerv qo‘zg‘alishlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. O‘zaro ta’sirga
kirishgan va po‘stloqning turli sohalarini qamrab olgan bunday qo‘zg‘alishlar to‘ri
idrokning fiziologik asosini tashkil etadi.
Idrokning reflektorlik asosini I.P. Pavlov ochib berdi. Uning ko‘rsatishicha,
idrokning assida shartli reflekslar, ya’ni, bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida
atrof-olam hodisalari yoki jismlarining retseptorlarga ta’siri natijasida hosil
bo‘ladigan vaqtinchalik nerv aloqalari yotadi. Bunda nerv aloqalari hosil qilgan
qo‘zg‘alishlarni qayta ishlashda analizatorlarning po‘stloq bo‘limlari yadrolarida
tahlil qilish va sintezning murakkab jarayonlari sodir bo‘lganligi sababli, nerv
aloqalari seskantiruvchilar to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. Tahlil qilish va sintez
jarayonlari idrok ob’ektining atrof-muhitdan ajratib olinishini ta’minlaydilar, va shu
asosda uning barcha xossalari yaxlit obrazga birlashadi.
Ilmiybaza.uz
Idrok jarayonini ta’minlovchi vaqtinchalik nerv aloqalari ikki xil: bir
analizator chegarasida va analizatorlar o‘rtasida hosil bo‘ladigan turlarga
ajratilishi mumkin. Birinchi turdagilari organizmga bir modallikka ega bo‘lgan ko‘p
tomonlama seskantiruvchining ta’sir etishida alohida o‘rin egallaydilar. Masalan,
bunday seskantiruvchi sifatida eshitish analizatoriga ta’sir ko‘rsatuvchi alohida
tovushlarning o‘ziga xos uyg‘unligidan iborat bo‘lgan kuy xizmat qilish mumkin.
Bu to‘plam yagona murakkab seskantiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bunda nerv
aloqalari seskantiruvchining o‘ziga nisbatan javob o‘rnida emas, balki, ularning
vaqtinchalik, fazoviy va shu kabi munosabatlariga nisbatan ham hosil bo‘ladi.
Natijada katta yarim sharlar po‘stlog‘ida integratsiyalash yoki murakkab sintez
jarayoni sodir bo‘ladi.
Ko‘p tomonlama seskantiruvchi ta’sirida hosil bo‘ladigan nerv aloqalarining
ikkinchi turi – bu turli analizatorlar chegarasidagi aloqalar, ularning yuzaga kelishini
I.M. Sechenov assotsiatsiyalar (ko‘rish, kinestetik, sezish va h.k.) mavjudligi bilan
tushuntirgan edi. Odamda bu assotsiatsiyalar so‘zning eshitiladigan obrazi bilan
birgalikda kuzatiladi, bunda idrok yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, agar
ko‘zlaringizni bog‘lab qo‘yib, qo‘lingizga aylanasimon jism tutqazilsa, oldindan uni
iste’mol qilish mumkinligi uqtirilsa, bunda siz uning o‘ziga xos hidini sezishingiz,
tatib ko‘rishingiz, va hech qiynalmasdan, nima haqida gap ketayotganini tushunib
olishingiz mumkin. Bundan, analizatorlar o‘rtasidagi aloqalar hisobiga jismlar yoki
hodisalarning idrok qilinishi uchun maxsus moslashtirilgan analizatorlari bo‘lmagan
xossalarini idrokda aks ettirishimiz mumkinligi kelib chiqadi (masalan, jismning
kattaligi, sof og‘irligi va boshqalar).
Idrok obrazini tuzishning murakkab jarayoni asosida seskantiruvchilarni
yaqqol ko‘rish sharoitlari bilan jism xossalarining o‘zaro ta’sirini murakkab
yaxlitlik sifatida hisobga olgan holda ta’minlaydigan ichki analizatorli va tashqi
analizatorli aloqalar yotadi.
Idrokning asosiy xossalariga predmetlilik,
yaxlitlik,
strukturaviylik,
konstantlik,
anglanganlik, appersepsiya, faollik kiradi.
Idrokning predmetliligi – bu real olam jism
va hodisalarini bir-biri bilan bog‘lanmagan sezgilar to‘plami ko‘rinishida emas,
alohida jismlar shaklida aks ettirish qobiliyati. Predmetlilik idrokning tug‘ma
xossasi emas. Bu xossaning paydo bo‘lishi va takomillashtirilishi bola hayotining
birinchi yilidan boshlab, ontogenez jarayonida sodir bo‘ladi. I.M.Sechenov fikriga
ko‘ra, predmetlilik bolaning jism bilan aloqasini ta’minlaydigan harakatlar asosida
shakllanadi.
Idrok predmetliligini ta’minlashda harakatlarning o‘rni haqida gap ketganida,
idrokning motorli tarkibiy qismi haqida so‘z yuritishimiz lozim, motorli tarkibiy
qismga jismni paypaslayotgan qo‘l harakati; ko‘rinib turgan shaklni kuzatib
chiqayotgan ko‘z harakatlari; tovush chiqarayotgan hiqildoq harakatlari va h.k.lar
kiradi.
Idrokning boshqa xossasi uning yaxlitligidir. Jismning alohida xossalarini aks
ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, idrok jismning yaxlit obrazini yaratadi.
Sezgining tarkibiy qismlari o‘zaro shu darajada mahkam bog‘langanki, jismning
4.11. Идрок xususiyatlari va
qonuniyatlari.
Ilmiybaza.uz
yagona murakkab obrazi odamga ob’ektning alohida xossalari yoki alohida qismlari
bevosita ta’sir ko‘rsatganida ham hosil bo‘ladi. Idrokning yaxlitligi, hatto, idrok
etilayotgan ob’ektning alohida xossalari chala aks ettirilganida ham qabul qilingan
axborot xayolan aniq jismning yaxlit obrazi holatiga etkazilishi bilan ifodalanadi.
Idrokning yaxlitligi uning strukturaviyligi bilan bog‘liq. Ushbu xossa
ko‘pchilik hollarda idrokning daqiqali sezgilarimizning proeksiyasi va ularning
oddiy yig‘indisi emasligidan iborat bo‘ladi. Bizlar bu sezgilardan ajratib olingan, bir
muncha vaqt davomida shakllanadigan umumiy tuzilishni idrok etamiz. Masalan,
agar odam biror-bir kuyni tinglayotgan bo‘lsa, yangi nota jaranglashi haqida axborot
etkazilguniga qadar uning ongida avval tinglangan kuyning notalari jaranglayveradi.
Odatda, tinglovchi kuyni tushunib etadi, ya’ni, uning tuzilishini yaxlitligicha idrok
etadi. SHunday qilib, idrok ongimizga biz real olamda duch kelgan jism yoki
hodisaning tuzilishini etkazib beradi.
Idrokning navbatdagi xossasi uning konstantligidir. Konstantlik deb, idrok
qilish sharoitlarining o‘zgarishida jismlar ba’zi bir xossalarining nisbiy doimiyligiga
aytiladi. Perseptiv tizimning idrok sharoitlarining o‘zgarishini to‘ldirish qobiliyatida
namoyon bo‘ladigan konstantlik tufayli, bizni o‘rab turgan jismlarni nisbatan doimiy
jismlar sifatida idrok etamiz. YUqori darajadagi konstantlik jismlar rangi, kattaligi
va shaklini ko‘rish idrokida kuzatiladi.
Rangni idrok qilish konstantligi yoritilganlikning o‘zgarishida ko‘zga
ko‘ringan rangning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Masalan, ko‘mir bo‘lagi yozning
quyoshli kunida, kech tushgan vaqtdagi bo‘rdan ko‘ra taxminan 8-9 marta
yorqinroq ko‘rinadi. Lekin ko‘mirni qora rangda idrok etamiz, bo‘rning tusi esa,
kechqurun bo‘lsa ham, biz uchun oq bo‘ladi. Rangning konstantlik hodisasi qator
sabablar, shu jumladan, ko‘rish maydoni yorqinligi umumiy darajasining yorqin
ranglarning keskin o‘zgarishiga moslashishi, shuningdek, yoritilganlik sharoitlarida
jismlarning haqiqiy rangi haqidagi tasavvurlarning ta’siri bilan belgilanadi.
Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi
chizig‘iga nisbatan o‘zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat.
Ko‘zlarga nisbatan jism holatining har bir o‘zgarishida uning to‘r pardadagi
tasvirining shakli o‘zgaradi (masalan, jismga to‘g‘ri, yon, orqa tomondan qarash
mumkin va h.k.). Lekin ko‘zlarning, bizga avvalgi tajribadan ma’lum bo‘lgan
jismlar shakli va chiziqlariga xos bo‘lgan uyg‘unliklarni ajratish bo‘yicha
harakatlari tufayli idrok etilayotgan jism shakli biz uchun doimiy bo‘lib qoladi.
Idrok konstantligi manbai bo‘lib perseptiv tizimning faol harakatlari xizmat
qiladi. Aynan o‘sha jismlarning turli sharoitlarda ko‘p martalab idrok etilishi
perseptiv obrazlarning o‘zgaruvchan sharoitlarga nisbatan doimiyligi (invariantlik,
o‘zgarmas tuzilish)ni, shuningdek, retseptor apparatining harakatlarini ta’minlaydi.
Idrokning xususiyatlari insonning barcha orttirilgan amaliy va hayotiy tajribasi
bilan belgilanadi, chunki idrok jarayoni faoliyatdan ajralmasdir. Idrok
seskantiruvchining xususiyatining o‘zigagina emas, balki, sub’ektga ham bog‘liq
bo‘ladi. Ko‘z va quloq emas, ma’lum bir jonli inson idrok etadi. Idrokning psixik
hayotimizning umumiy mazmuniga bog‘liqligi appersepsiya deb ataladi.
Appersepsiyada insonning bilimlari, orttirilgan tajribasi, avvalgi amaliyoti
katta o‘rin egallaydi. Bilim va tajriba idrokning aniqligi va yorqinligiga muhim
Ilmiybaza.uz
ta’sirga ega. CHet tilini idrok qilishda tanish bo‘lmagan so‘zlarni bilmasdan turib,
o‘z ona tilimizni, hatto, so‘zlar tushunarsiz talaffuz etilganda ham, bexato
anglaymiz.
Idrok mazmuni inson oldiga qo‘yilgan vazifa, hamda uning faoliyati motivlari,
uning qiziqishlari va yo‘nalganligi bilan belgilanadi.
Appersepsiyada asosiy o‘rin idrok mazmunini o‘zgarishi mumkin bo‘lgan mayl
va hissiyotlarga ajratiladi. Uxlayotgan bolaning onasi ko‘chadagi shovqinlarni
eshitmasada, bola tomondan kelgan har bir tovushga darhol munosabat bildiradi.
Noto‘g‘ri (soxta) yoki izdan chiqqan idrok hodisasi idrok illyuziyasi deb
ataladi. Illyuziyalar idrokning turli ko‘rinishlarida (ko‘rish, eshitish va b.) kuzatiladi.
Illyuziyular tabiati faqat mayl. yo‘nalganlik, hissiy munosabatlar va h.k.lar kabi
sub’ektiv sabablar bilan emas, balki, yoritilganlik, fazoviy holat va boshqalar kabi
jismoniy omillar va hodisalar bilan belgilanadi.
Idrokning anglanganligi. Perseptiv obrazlar har doim ma’lum mazmun
ahamiyatiga ega bo‘ladi. Inson idroki, avval ta’kidlaganimizdek, tafakkur bilan
uzviy bog‘langan. Tafakkur va idrokning aloqasi, avvalambor, jismni ongli idrok
qilish – unga tafakkurda nom berishda, ya’ni, uni ma’lum guruh, sinfga tayinlab,
ma’lum so‘z bilan bog‘lashda ifodalanadi.
Idrok etiladigan axborotni anglash jarayoni struktura-mantiqiy chizma
yordamida taqdim etilishi mumkin. Idrok jarayonining birinchi bosqichida axborot
oqimidan rag‘batlar to‘plamini ajratib olish va ularning aynan bir xil ob’ektga
tegishli ekanliklari haqida qaror qabul qilish amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda
ob’ektni identifikatsiyalash mumkin bo‘lgan sezgilarning belgilar to‘plamining
tarkibiga yaqin yoki o‘xshash bo‘lgan sezgilarni xotirada izlash jarayoni sodir
bo‘ladi. Uchinchi bosqichda idrok etilgan ob’ektni, qabul qilingan qarorni e’tirof
yoki inkor etuvchi qo‘shimcha belgilarni izlash bilan birga, ma’lum darajaga kiritish
jarayoni sodir bo‘ladi. To‘rtinchi bosqichda ob’ekt bilan bir sinfga tegishli
ob’ektlarga xos bo‘lgan, lekin hali idrok etilmagan xossalari bilan birgalikda, ob’ekt
haqida yakuniy xulosa shakllanadi. Idrok – bu ahamiyatga molik darajadagi
intellektual jarayon.
Idrok qilishni tashkil qilish. Sezgi ma’lumotlarini ahamiyatli idrokka
aylantirish uchun biz uni tashkil qilishimiz kerak: narsalarni ularning atrof-
muhitidan ajratib olishimiz, ularning ahamiyatli va doimiy shaklini farqlashimiz,
shuningdek ular harakatlanishi yoki harakatlanmasligini va ular bizdan qanday
masofada turganligini aniqlashimiz kerak. Miyaning idrok qilish va uning qoidalari
shakllanishidagi roli ayrim illyuziyalar bilan izohlanadi. XX asr boshida bir guruh
nemis psixologlari bizning aql-idrokimiz qanday tarzda his-tuyg‘ularimiz,
sezgilarimizni tashkil qilishi va ularni idrokka aylantirishiga qiziqib qoldilar. Sezgi
signallarini qabul qiluvchi odam ularni “geshtalt” (nemischa – “shakl” yoki “yaxlit”
ma’nosini anglatadi)ga aylantiradi. Geshtaltpsixologiya odam bunday qobiliyatining
ko‘p sonli misollarini tavsiflab berdi. Rasmga e’tibor bering, shaklning alohida
qismlari – bu bor-yo‘g‘i uchta oq chiziqdan iborat. Biroq biz ularning barchasini
birgalikda idrok qilganimizda, yaxlit shakl – “Neker kubi”ni ko‘ramiz.
Geshtaltpsixologiya tarafdorlari idrok qilishda yaxlit narsa uni tashkil qiluvchi
miqdordan farqlanishi mumkin, deb hisoblaydilar. Natriy – korroziya metallini xlor
Ilmiybaza.uz
– zaharli gaz bilan biriktiring, Siz umuman boshqa modda – osh tuzi hosil qilasiz.
SHakl ham xuddi shunday tarzda idrok qilinadi – ob’ekt tarkibiy qismlari miqdori
emas, balki nimadir yangi shakl (Koek & Ra1teg, 1990). Idrok qilish har doim
sezishdan biror jihatdan ko‘proq bo‘ladi.
SHaklni idrok qilish. Tasavvur qiling, Siz videokompyuter tizimini o‘z
“ko‘z+miya” tizimingiz kabi qo‘lyozmani o‘qish yoki odamlar yuzini tanish
darajasida loyihalashtirishingiz kerak. (Pochta xodimlari bunday skaner
yaratilishiga umid qiladilar). Bunday tizimga qanday xususiyatlar zarur bo‘lishi
mumkin?
Binokulyar yo‘l-yo‘riqlar
Bizning ko‘zlarimiz bir-biridan 2,5 dyuym masofada joylashganligi sababli
ularning to‘rpardalari atrof-muhit manzaralarini biroz turlicha qabul qiladi. Miya
ushbu manzaralarni solishtirganda, aynan to‘rsimon nomutanosiblik (ikki manzara
o‘rtasidagi farq) masofani aniqlashga yordam beradi. Agar Siz barmog‘ingizni
burun uchiga deyarli tegizilgan holda ushlab tursangiz, to‘rpardalarda barmoqning
2 ta har xil aksi paydo bo‘ladi (Siz bunga rasmda ko‘rsatilgandek, navbatma-navbat
bir ko‘z, so‘ngra esa ikkinchi ko‘z qisilganda va barmoqlaringiz ingichka kolbasa
ko‘rinishida bukilganda bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin). Katta masofada
esa, aytaylik, uzatilgan qo‘l masofasida ushbu nomutanosiblik kamroq bo‘ladi.
Idrokning yana bir muhim xossasi – bu uning faolligi, yoki tanlab o‘tkazishi.
Bu xossa bizning istalgan vaqtda faqat bir jism yoki ma’lum jismlar guruhini idrok
qilishimizdan, real olamning boshqa ob’ektlari esa idrokimizning foni bo‘lib xizmat
qilishidan iborat. Xuddi shunday, ma’ruza tinglab yoki kitob o‘qib o‘tirganingizda
ortingizda nimalar sodir bo‘layotganiga e’tibor bermaysiz. SHunday qilib, idrok
faolligi tabiati ongimiz tabiati tomonidan belgilangan.
Endi idrok turlarini ko‘rib chiqamiz. Hozirgi zamon psixologiyasiga oid
adabiyotlarda idrokning tasniflanishiga doir bir qancha yondoshuvlarni keltirish
mumkin.
Tasniflanishlardan
birining
asosida
idrokda
ishtirok
etuvchi
analizatorlardagi tafovutlar yotadi. Idrokda qaysi analizator yoki modallikning
ahamiyatliligiga muvofiq ravishda ko‘rish, eshitish, teri- tuyish, kinestetik, hid bilish
va ta’m bilish idroklari mavjud.
Odatda, idrok – qator analizatorlar o‘zaro ta’sirining natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Misol tariqasida taktil va kinestetik analizatorlar ishtirokidagi teri-tuyish idrokini
aytib o‘tish joizdir. Idrok turlari sof holda juda kam uchraydi. Odatda, ularning
o‘zaro uyg‘unlashib ketishi natijasida idrokning murakkab turlari hosil bo‘ladi.
O‘quvchi tomonidan matn idroki ko‘rish, eshitish va kinestetik idrokni o‘z ichiga
oladi.
Idrokning boshqa tur tasnifining asosini materiyaning mavjud bo‘lish shakllari:
fazo, vaqt va harakat tashkil etadi. Bunga muvofiq ravishda fazoviy idrok, vaqt
idroki va harakat idroki ajratiladi .
Ilmiybaza.uz
Barcha jismlar fazoda joylashadi va istalgan hodisa ma’lum vaqtda mavjud
bo‘ladi. Jismning fazoviy xossalariga kattalik, shakl, fazodagi holat kiradi.
Jismning kattaligini idrok qilishda uning to‘r pardadagi tasviri muhim o‘rinni
egallaydi. Idrok etilayotgan jismning ko‘zning to‘r pardasidagi kattaligi ko‘rish
burchagining kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rish burchagi kattaligi qanchalik katta
bo‘lsa, ko‘z to‘r pardasidagi tasvir ham shunchalik katta bo‘ladi. Jism kattaligini
idrok qilish jismdan asta-sekin uzoqlashsakda, ko‘z to‘r pardasidagi jism tasviri
kichiklashib borishi holatida ham saqlanadi. Bu hodisa jism kattaligi idrokining
konstatligi deb ataladi.
Jism kattaligi idroki jismning faqat to‘r pardadagi tasvirining kattaligi bilan
emas, balki, jism bilan kuzatuvchi o‘rtasidagi masofaning idroki bilan belgilanadi.
Bu qonuniyatni quyidagicha ifodalash mumkin:.
Jism fazoviy idrokining boshqa xususiyati jismlarning kontrastligidir. Biz
idrok etayotgan jismning atrofidagi jismlar uning idrokiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, o‘rta bo‘yli odam bo‘ylari baland odamlar orasida o‘zining haqiqiy bo‘y
o‘lchamidan ancha kichik bo‘lib ko‘rinadi. Boshqa misol – geometrik shakllar
idroki. Katta aylanalar o‘rtasidagi aylana, kichik o‘lchamli aylanalar orasidagi xuddi
shunday diametrli aylanaga nisbatan kichik bo‘lib ko‘rinadi. Bundan tashqari, jism
kattaligi idrokiga jismning rangi ta’sir etadi. Och rangli jismlar to‘q rangli jsmlarga
qaraganda bir muncha kattaroq bo‘lib ko‘rinadi. Katta hajmli shakllar, masalan, shar
yoki silindr ularga mos bo‘lgan yassi tasvirlardan kichikroqdek tuyuladi.
Jism shakli idrokida konstantlik hodisasi xuddi shunday saqlanib qoladi.
Masalan, yon tomonimizda joylashgan kvadrat yoki dumaloq jismga qaraganimizda
uning to‘r pardadagi proeksiyasi ellips yoki trapetsiya shaklida bo‘ladi. SHunday
bo‘lsada, aynan bir jismni bir xilda, bir shaklga ega holatda ko‘ramiz.
Uzoq masofada joylashgan jism shaklining idroki o‘zgarishi mumkin. Xuddi
shunday, shaklning mayda detallari jismning uzoqlashgani sayin yo‘qolib boradi,
uning shakli sodda ko‘rinishga kelib qoladi.
Katta hajmli shakl idroki juda murakkab jarayondir. Odam ko‘zlari
binokulyar ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun shakl hajmini idrok etamiz.
Binokulyar ta’sir odamning ikkala ko‘zi bilan ko‘rishiga bog‘liqdir. Binokulyar
ta’sirning mohiyati, ikkala ko‘z bir xil jismga qarab turganida, bu jismning chap va
o‘ng ko‘zlar to‘r pardasidagi tasviri turlicha bo‘ladi.
Lekin, binokulyar ko‘rish jism hajmli idrokining yagona sharti emasdir. Jism
katta hajmini idrok qilishda, ushbu jism hajmli belgilarini bilish, shuningdek, katta
hajmli jismda yorug‘lik va soyaning tarqalishi ahamiyatga egadir.
Uch o‘lchamli fazo idrokida, avvalambor, ichki quloqda joylashgan maxsus
vestibulyar apparatning vazifalaridan foydalaniladi. Vestibulyar apparat ko‘zni
harakatlantiruvchi mushaklari bilan uzviy bog‘langan, va undagi har bir o‘zgarish
ko‘z holatidagi refleksli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Fazoviy idrokni, va, avvalambor, uning chuqurligini ta’min etuvchi ikkinchi
vosita binokulyar ko‘rish apparatidir. CHuqurlikni idrok qilish jismlarning ko‘rish
masofasining idroki va bir-biriga nisbatan joylashishiga bog‘liq. Binokulyar ko‘rish
– bu jismlar ko‘rish masofasini idrok qilishning shartlaridan biri.
Ilmiybaza.uz
Jismlar uzoqligi va fazo chuqurligining idrokida ko‘zlarning konvergensiyasi
va divergensiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki, jismlarning idrok etilishi uchun
ularning tasviri chap va o‘ng ko‘zlarning to‘r pardasidagi mos nuqtalarga tushishi
kerak, bu esa ikkala ko‘zning konvergensiyasisiz yoki divergensiyasisiz amalga
oshmaydi. Konvergensiya deb ko‘z soqqalarining bir-biriga nisbatan qarama-qarshi
aylanishi hisobiga ko‘rish chiziqlarining birlashishiga aytiladi. Masalan, bu
nigohning uzoqdagi jismdan yaqindagiga o‘tishida sodir bo‘ladi. Teskari –
yaqindagidan uzoqdagi jismga o‘tishida – ko‘z divergensiyasi, ya’ni, ko‘rish
chiziqlarining ajralishi kuzatiladi.
Fazo idroki chuqurlik idroki bilan chegaralanmaydi. Fazo idrokida jismlarning
bir-biriga nisbatan joylashish idroki muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, jismlarning fazodagi turli holatlari, inson uchun birinchi galda
, hatto, jismning uzoqligi yoki fazo chuqurligi idrokidan ko‘ra ko‘proq muhim
ahamiyat kasb etadi, chunki inson fazoni jismlar holatiga baho bergan holda oddiy
idrok etmaydi, u fazoda yo‘nalishini belgilaydi, buning uchun esa u jismlarning
joylashishi haqida ma’lum axborotga ega bo‘lishi kerak.
Fazo idroki, uning markaz tomonidan boshqarilishini amalga oshiruvchi
murakkab tuzilgan vositalarni talab etadi. Bunday markaziy vosita sifatida ko‘rish,
taktil-kinestetik va vestibulyar analizatorlar ishini birlashtiruvchi bosh miya
po‘stlog‘ining uchlamchi sohalari yoki «to‘sish sohalari» xizmat qiladi.
Harakatni idrok qilish. Agar jism fazoda harakatlanayotgan bo‘lsa, u holda
biz, uning harakatini yaxshi ko‘rinish sohasidan chiqishi bilan, unda yana
nigohimizni to‘xtatishimiz uchun ko‘zlar yoki boshni harakatlantirishimizga majbur
qilishining natijasi sifatida idrok etamiz. Bunda ikki hodisa sodir bo‘ladi.
Birinchidan, jismning tanamiz holatiga nisbatan surilishi uning fazodagi
harakatlanishidan darak beradi. Ikkinchidan, miya jismni kuzayotgan ko‘zlar
harakatini qayd etadi. Ikkinchi holat harakat idroki uchun juda muhimdir, lekin
ko‘zlar harakati haqidagi axborotni qayta ishlash mexanizmi o‘ta murakkab va
qarama-qarshi jarayondir.
Ammo, harakat idroki ko‘zlarning harakati bilangina tushuntirilmaydi,- ko‘z
bir vaqtda qarama-qarshi tomonlarga harakatlana olmasada, biz bir vaqtning o‘zida
harakatni ikki qarama-qarshi yo‘nalishda idrok etamiz. SHu bilan birga, harakat
taassuroti uning reallikda mavjud emasligida yuzaga kelishi mumkin, masalan,
kichik tanaffuslar bilan ekranda ob’ekt harakati fazalarini amalga oshiruvchi
tasvirlarni ketma-ket ko‘rsatish. Bu stroboskopik ta’sir bo‘lib, uning yuzaga kelishi
uchun
alohida
seskantiruvchilar
ma’lum
vaqt
oraliqlarida
bir-biridan
uzoqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Stroboskopik ta’sirdagi eng katta tanaffus 0,45
sek.ga teng. Kinematografiyadagi harakatlar idroki xuddi mana shu ta’sir asosida
amalga oshiriladi.
Harakatlar idrokida vositali harakatlar tasavvurini hosil qiluvchi qo‘shimcha
belgilar muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shimcha belgilardan foydalanish
mexanizmi harakatning biror-bir belgilarini aniqlashda ularning intellektual qayta
ishlanishi va jismning harakatlanayotgani haqida fikr bildirilishidan iborat. Xuddi
shunday, harakat tasavvuri harakatsiz jismning qismlari uchun noodatiy holatni
yuzaga keltirishi mumkin. Harakat haqida tasavvurlarni hosil qiluvchi «kinetik
Ilmiybaza.uz
holatlar» qatoriga, jismning engashtirilgan holati, shaklining noaniqligi va boshqalar
kiradi.
Harakat idrokining barcha nazariyalarini ikki guruhga ajratish mumkin.
Nazariyalarning birinchi guruhi harakat idrokini oddiy, ketma-ket keladigan ko‘rish
sezgilarining harakati o‘tadigan alohida nuqtalaridan hosil qiladi va harakat idroki
bu oddiy ko‘rish sezgilarining qo‘shilishi natijasida yuzaga kelishini ta’kidlaydi (V.
Vundt).
Ikkinchi guruh nazariyalarining ta’kidlashiga ko‘ra, harakat idroki bunday
oddiy sezgilarga bog‘liq bo‘lmagan maxsus sifatga ega. Bu nazariya vakillari (M.
Vertgeymer)ning aytishicha, kuy tovushlarning oddiy yig‘indisi emasligiga, ulardan
farqlanuvchi yaxlitlik bo‘lgani kabi, harakat idroki ham bu idrokni tashkil etuvchi
oddiy ko‘rish sezgilarining yig‘indisiga teng bo‘lmaydi.
Vertgeymer fikricha, harakat idroki harakatlanuvchi jismlarning o‘zini idrok
qilishdan farq qiluvchi maxsus kechinma hisoblanadi. Agar ob’ekt turlicha (a) va
(b) holatdagi idrokining ikki ketma-ketligi bo‘lsa, u holda harakat kechinmasi bu
ikki sezgilardan tuzilmaydi, balki, o‘rtada turib, ularni birlashtiradi. Bunday harakat
kechinmasini Vertgeymer fi – fenomeni deb ataydi.
Vaqt idroki muammosini o‘rganishning murakkabligi vaqtning moddiy dunyo
hodisasi sifatida idrok etilmasligidan iborat. Uning kechishi haqida esa ma’lum
belgilar bo‘yicha mulohaza yuritamiz.
«Biologik soatlar» nomi bilan tanish bo‘lgan oddiy marom hodisalari vaqt
o‘tishining davomiyligi va ketma-ketligini idrok jarayonlari asosida yotadi. Ularga
po‘stloq va po‘stloq osti hosilalarining neyronlarida kechadigan marom jarayonlari
kiradi. Masalan, uyqu va hordiqning gallanishi. Qo‘zg‘alish va tormozlanishning
gallanishi kabi nerv jarayonlarining davomiyligiga bog‘liq ravishda vaqt haqida
ma’lum axborotga ega bo‘lamiz. Bundan vaqt idrokini tadqiq etishda, ikki asosiy
nuqtai nazarni: vaqt davomiyligi idroki va vaqt ketma-ketligini hisobga olish
zarurligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Vaqt bo‘lagi davomiyligini sub’ektiv baholash, uning qanday voqealar bilan
to‘laligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar voqealar ko‘p sodir bo‘lib, biz uchun qiziqarli
bo‘lsa, u holda vaqt tez o‘tgan bo‘ladi. Va, aksincha, voqealar kam bo‘lib, bizga
qiziqarli tuyulmagan bo‘lsa, u holda vaqt sekin o‘tgan bo‘ladi. Lekin o‘tgan
voqealarni baholashga to‘g‘ri kelsa, u holda davomiylikni baholash teskari
xususiyatga ega bo‘ladi. Turli-tuman voqealarga boy bo‘lgan vaqtning bahosini
oshirib yuboramiz, vaqt bo‘lagi davomli bo‘lib tuyuladi. Va, aksincha, biz uchun
zerikarli vaqtni munosib baholay olmaymiz, vaqt bo‘lagi ahamiyatsizdek bo‘lib
tuyuladi.
Vaqt davomiyligini baholash hissiyotli kechinmalarga ham bog‘liq bo‘ladi.
Agar voqealar o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatni hosil qilsa, u holda vaqt tezda
o‘tib ketadi, salbiy kechinmalarda esa, vaqt bo‘lagi cho‘zilib ketgandek idrok etiladi.
Vaqtning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyat bu uni ortga qaytmasligidir, biz o‘tgan
vaqtni qaytara olmaymiz. SHu sababli, vaqt o‘tishini voqealar qaytmaydigan ketma-
ketligining ob’ektiv tartibini o‘rnatgan holda idrok etamiz.
Avval bo‘lib o‘tgan yoki endi bo‘ladigan voqelar tartibi yoki ketma-ketligini
o‘rnatishdan tashqari, vaqtni jamlashdan foydalanamiz, ya’ni, ayni vaqtda qanday
Ilmiybaza.uz
voqea sodir bo‘lishini bilamiz. Vaqt oralig‘ining ma’lum kattaliklaridan
foydalanganimiz uchun vaqtni jamlash imkoniyati mavjuddir. Bunday oraliqlarga
kun, hafta, oy, yil, asr va h.k.lar kirishi mumkin. Bunday oraliqlarning mavjudligi
imkoniyati, ulardagi voqealar ma’lum almashinuvining gallanishi bilan belgilanadi,
masalan, quyosh botishi va chiqishi.
Vaqt – yo‘nalishli kattalik, vektor bo‘lgani uchun faqat o‘lchov birliklari
(soniya, daqiqa, soat, kun, oy, yil, asr) tizimi bilan emas, balki, hisob olib boriladigan
doimiy boshlang‘ich nuqta bilan ham ta’riflanadi. Vaqtning tabiiy boshlang‘ich
nuqtasi, vaqtni avvalgi o‘tmish va keyingi kelajakka ajratib turuvchi hozirgi
zamondir.
Lekin hozirgi zamon ham namoyon bo‘lgan hodisalar qatorida o‘zining o‘rniga
ega, ya’ni, vaqt hisobini olib borish nuqtalari mavjud. Aniq bir odam uchun bunday
nuqta bo‘lib, uning dunyoga kelish sanasi, insoniyat uchun –umumiy qabul qilingan
ma’lum nuqta, masalan, Muhammad Payg‘ambarning tug‘ilish sanasi hisoblanadi.
SHunday qilib, vaqt idrokida ikki, sub’ektiv va ob’ektiv-shartli nuqtai nazarni
ajratish mumkin. Sub’ektiv nuqtai nazar bizning sodir bo‘layotgan voqealarni
shaxsan baholashimiz, ob’ektiv-shartli esa – hodisalarning ob’ektiv oqimi va shartli
boshlang‘ich nuqtalar ketma-ketligi yoki vaqt oralig‘i bilan bog‘liqdir. Agar birinchi
nuqtai nazar bizning vaqtni his etishimizni aks ettirsa, ikkinchisi, vaqt yo‘nalishida
harakatlanishimizga ko‘mak beradi.
Atrof-olam
jismlari
birday
idrok
etilmaydi.
Bir
xillari
yaqqol,
«oldingi
qatorga» surilgan holatda, boshqalari «orqaga
o‘tib ketgan» holda, tushunarsiz holatda
namoyon bo‘ladi. Bunga muvofiq ravishda
idrok jismi, yoki ob’ekti, va bizga, bir vaqtning o‘zida o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi, lekin
orqa planga o‘tib ketgan boshqa jismlardan iborat bo‘lgan fon ajratiladi. Masalan,
kitob javonidan biror kitobni oladigan bo‘lsak, biz boshqa ko‘pgina kitoblarni idrok
etamiz, lekin idrok predmeti, ob’ekti bo‘lib, bizga ayni damda zarur va biz
izlayotgan kitob hisoblanadi.
Dastlab figura (jism) va fon o‘rtasidagi farq tasviriy san’atda yuzaga kelgan.
Psixologiyada ushbu muammo mustaqil muammo sifatida daniyalik psixolog E.
Rubin tomonidan ko‘rib chiqilgan edi. YAkka holatdagi, oldinga chiqqan, e’tiborni
o‘ziga qaratuvchi hodisaviy maydon qismiga figura, uni o‘rab turuvchilarning
barchasi esa fon deb aytiladi.
Jismni fondan ajratib olish, avvalambor, ular o‘rtasidagi farqning darajasiga
bog‘liq bo‘ladi. Jism va fon bir-biridan qanchalik ko‘p farq qilsa, jism fondan
shunchalik oson ajraladi. Xuddi shunday, fon va jism o‘rtasidagi ranglar, ayniqsa,
bir-biridan keskin farq qiluvchi ranglar bo‘yicha tafovut muhim ahamiyatga ega.
Masalan, sinf taxtasida bo‘r bilan yozilgan so‘z yaqqol ko‘rinadi, o‘qituvchi
tomonidan o‘quvchi daftarida u yozadigan siyoh bilan tuzatilgan xato esa umuman
sezilmasligi mumkin. Agar jism o‘xshash jismlar qurshovida bo‘lsa, uni ajratib olish
qiyinchilik tug‘diradi. Agar daryo boshqa daryolarning oqimlari bilan o‘ralgan
bo‘lsa, xarita bo‘yicha uning oqimini kuzatib bo‘lmaydi.
4.12. Идрокда ob’ekt ва фон,
Ilmiybaza.uz
Jismni fondan ajratib olishni, birinchidan, jismning aniq obrazi bo‘lgan ob’ekt
haqida ma’lumotga ega bo‘lish osonlashtiradi. Ikkinchidan, jismni fondan ajratish
jism shaklining ustidan chizib chiqish yoki jismlarni qo‘l bilan saralash imkoniyatini
engillashtiradi. Uchinchidan, jismni fondan ajratib olish o‘xshash faoliyat tajribasini
orttirishni engillashtiradi.
Jismning biror qismini o‘tkazib yuborsak yoki uni noto‘g‘ri talqin qilsak, yoki
haqiqatda unga tegishli bo‘lmagan qismni uning qismi sifatida idrok etsak, jismning
idrok etilishi keskin o‘zgarib ketadi. Bunday vaziyatlarda jismni o‘z holicha qabul
qilolmaymiz. Masalan, boshqa so‘zlar bilan o‘xshash bo‘lgan va alohida yozilgan
so‘zga bir qarashda («chol», «mol» va boshqa so‘zlar bilan o‘xshash bo‘lgan «pol»
so‘zi), agar harflardan biri noaniq yozilgan bo‘lsa, uni noto‘g‘ri talaffuz qilib
o‘qishimiz mumkin («pol» so‘zining o‘rniga - «gol»).
Ob’ektga tegishli qismlar umuman idrok etilmasa yoki noaniq idrok etilsa, yoki
ayni damda idrok etilmay qoladigan bo‘lsada, shunga qaramay jismni tanib olamiz.
Bu holat har bir jism faqat unga xos bo‘lgan tanish belgilariga ega bo‘lganligidan
sodir bo‘ladi. Masalan, alohida harflari tushirib qoldirilgan so‘z keltiramiz «..z..li.».
Darhol bu so‘zni, albatta, topa olmaysiz, chunki uning tanish belgilari bo‘lgan
harflar tushirib qoldirilgan. Endi o‘qib chiqishga urinib ko‘ramiz: «go‘z.l.ik».
SHunday qilib, alohida qismlarning idrok etilishi yaxlitlikning idrok etilishiga
ta’sirini ko‘rib chiqdik.
Alohida qismlarning idrok etilishi yaxlitlikning idrok etilishiga qanday ta’sir
ko‘rsatishi mumkinligi haqida savol tug‘iladi. Bu ta’sir, avvalambor, yaxlitlikni
idrok qilishda undagi ba’zi bir qismlarining etishmayotganini sezmay qolishimiz
mumkinligida kuzatiladi. Masalan, kitob mutoalasida ba’zan tushirib qoldirilgan,
ortiqcha harflarni, ularning o‘rin almashganini sezmay qolamiz. Bunday holat o‘qish
malakasining yuqori darajasidagi har bir so‘zning yaxlitligicha idrok etilishida
kuzatiladi, bu esa uning alohida qismlarining yorqin ranglarda idrok etilishiga ta’sir
ko‘rsatadi.
Individual farqlanishga mos ravishda idrokning ikkinchi davri ham turlicha
kechadi. Avval jismning umumiy shakli aniq qismlarga bo‘linmagan holda idrok
etilsa, keyinchalik, ob’ekt qismlari borgan sayin aniqroq idrok etiladi. Va, aksincha,
agar avval jismning qismlari ajratilgan bo‘lsa, yaxlitlikka o‘tish amalga oshiriladi.
YAxlitlik va qismlarining idroki faqat individual xususiyatlarga emas,
shuningdek, o‘tmishdagi tajriba va maylga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, etarlicha o‘qish
tajribasiga ega bo‘lganimiz uchun matnni ko‘z yugurtirib, ko‘p hollarda xatoliklarga
e’tibor bermay, tez o‘qiy olamiz. Lekin, agar matndagi xatoliklarni topishingiz kerak
bo‘lib qolsa, ma’nosiga tushunib etmasangiz ham, so‘zlarning yozilishiga alohida
e’tibor qaratasiz. SHunday qilib, idrokni tashkil etishda mayl muhim ahamiyatga
molikdir.
Barcha odamlar o‘z qiziqishlari va mayllari, shuningdek, qator boshqa
xususiyatlariga ko‘ra, bir-birlaridan farq qilsalarda, idrokda individual tafovutlar
mavjudligini ta’kidlab o‘tishimiz mumkin (10.2 rasm).
Idrokdagi individual farqlar juda katta bo‘lsada, bu farqlarning aniq bir odam
uchun emas, odamlarning yaxlit guruhiga tegishli bo‘lgan ma’lum tiplarini ajratib
Ilmiybaza.uz
ko‘rsatish mumkin. Idrok tiplariga: sun’iy (yaxlit) va tahliliy (tafsilotlarni aniqlash),
tushuntiruvchi va tavsifiy, ob’ektiv va sub’ektiv tiplar kiradi.
Idrokning yaxlit tipi unga moyil bo‘lgan shaxslarda jism qoldirgan umumiy
taassurot, idrokning umumiy mazmuni, idrok umumiy xususiyatlarining yorqin
ifodasi bilan xarakterlanadi. Idrokning bunday tipi bo‘lgan odamlar mayda-
chuydalarga kamroq e’tibor beradilar. Ular ko‘proq yaxlitlikning ma’nosini ilg‘ab
oladilar, ko‘pchilik tafsilotlar esa e’tiborsiz qolib ketad
Idrokning izchillik tipiga mos shaxslar, aksincha, qismlar va tafsilotlarni aniq
ajratib ko‘rsatishga moyil bo‘ladi. Ularning idroki, aynan, shunga yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Umuman olganda, jism yoki hodisa, idrok etilganlarning umumiy mohiyati
orqa ko‘rinishga o‘tib ketadi, ba’zan esa, umuman sezilmaydi. Ularning hikoyalari
doim tafsilotlar va xususiy qismlarni tasvirlashga to‘la bo‘ladi, buning orqasida
yaxlitlikning mohiyati juda ko‘p hollarda yo‘qolib ketadi.
Idrokning ko‘rsatib o‘tilgan tiplari chetki qutblar uchun xosdir. Ko‘pincha, ular
bir-birini to‘ldiradi, chunki, ikkala tipning ijobiy xususiyatlariga tayanuvchi idrok
samarali hisoblanadi.
Idrokning tasviriy tipiga xos bo‘lgan shaxslar, ko‘rgan va eshitganlari bilan
chegaralanadi, idrok etilgan hodisaning mohiyatini tushuntirishga urinmaydilar.
Odamlar faoliyati, voqealar yoki qandaydir hodisalarning harakatlantiruvchi
kuchlari ularning e’tiboridan chetda qoladi. Aksincha, idrokning tushuntiruvchi
tipiga xos bo‘lgan odamlar bevosita idrokda beriladiganlar bilan qoniqmaydilar.
Ular doim ko‘rgan yoki eshitganlarini tushuntirib berishga intiladilar. Hulq-
atvorning bu tipi ko‘pincha idrokning sun’iy tipi bilan uyg‘unlashadi.
Idrokning ob’ektiv tipiga haqiqatda sodir bo‘layotgan voqealarga qat’iyan
muvofiqlik xosdir. Idrokning sub’ektiv tipiga mos shaxslar esa ularga
berilganlardan chetga chiqadilar va o‘zlaridan ko‘p narsa qo‘shadilar. Ularning
idroki jismlarga nisbatan sub’ektiv munosabatga, avvaldan tarkib topgan
taxminlarga asoslangan mulohazali munosabatni nohaq oshirib baholashga
bo‘ysunadi. Bunday odamlar o‘z hikoyalarida idrok etganlarini emas, balki, bu
haqdagi o‘zlarining sub’ektiv taassurotlarini, ayni damdagi his-tuyg‘ulari va
kechinmalarini etkazadilar.
Individual farqlar o‘rtasida kuzatishdagi farqlash katta ahamiyatga ega.
Kuzatuvchanlik – bu jismlar va hodisalardagi sezilarsiz, o‘z-o‘zidan ko‘zga
tashlanmaydigan, lekin istalgan nuqtai nazar yuzasidan ahamiyatli yoki xususiyatga
ega bo‘lgan belgini payqash malakasi. Kuzatuvchanlikka xos bo‘lgan belgi
sezilarsiz, lekin ahamiyatli belgining idrok qilish tezligi. Kuzatuvchanlikdagi
farqlar shaxsning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Xuddi shunday, qiziquvchanlik
kuzatuvchanlikning rivojlanishiga ko‘mak beruvchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Idrokni oldindan mo‘ljallanganlik darajasiga ko‘ra farqlash mumkin. Oldindan
ko‘zlanmagan (ixtiyorsiz) va oldindan ko‘zlangan (ixtiyoriy) idroklar mavjud.
Ixtiyorsiz idrokda biror jismni idrok qilish maqsadi yoki vazifasini qo‘ymaymiz,
ixtiyoriy idrok esa maxsus ko‘zlangan maqsad yoki vazifaga yo‘naltirilgan. Idrok
mustaqil faoliyat sifatida, ayniqsa, kuzatishda yaqqol namoyon bo‘ladi, kuzatish
oldindan mo‘ljallangan, rejali va u yoki bu darajada davomli idrok bo‘lib, idrok