IFODALI O‘QISH KONKURSINI TASHKIL QILISH
Reja
1. Ifodali o‘qish san’atining shakllanishida xalq og‘zaki ijodining ro‘li.
2. Ifodali nutq san’atini egallashning asosiy vositalari.
3. Ifodali o‘qish praktikumi fanining maqsad va vazifasi.
4. Ifodali o‘qishning amaliy ahamiyati.
Badiiy adabiyotning yuzaga kelish tarixi qanchalik qadimiy bo‘Isa, ifodali o‘qish
tarixi ham shu qadar nzoq zamonlarga borib taqaladi. Mazmnndor va ifodali nutq
hamma davrlarda ham kishilami o‘ziga jalb etib ijtimoiy hayotda alohida o‘rin
egallab kelgan. Ifodali o‘qish, aw alo, xalq san’atidir. Chunki badiiy adabiyot
dastavval xalq og‘zaki ijodi shaklida paydo bo‘lgan. Xalq yaratgan asarlaming
keng tarqalishida esa og‘zaki ijrochilik san’ati muhim ahamiyat kasb etgan.
Qo‘shiq, ertak, doston, qissa kabi og‘zaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq
namoyandasi (ertakchi, qissaxon, baxshi) bir paytning o‘zida ham ijodkor, ham
ijrochi edi. Binobarin, asrlar davomida yaratilgan afsona va rivoyatlar, maqol va
matallar, qo‘shiq va dostonlar, og‘zaki ijrochilik, ifodali nutq san’ati tufayligina
bizgacha yetib keldi.
Xalq yaratgan asarlar qanchalik donishmandlik va san’atkorlik mahsuli sifatida
yuzaga kelgan bo‘Isa, ulam ing og‘zaki ijrochiligi ham shu qadar mahorat va
san’atkorlikni talab qilgan. Qadim tariximizda yorqin iz qoldirgan ijtimoiy-siyosiy
voqealami, inson qalbidagi g‘am-andun, shodlik va quvonch tuyg‘ularining badiiy
ifodasi sifatida maydonga kelgan jamiki adabiyot namunalarini xalq san’atkorlari
(qo‘shiqchi, roviy, qissaxon, baxshi) shunchaki jo‘n, badiiy tasvir vositalarisiz,
xilma-xil ovoz tovlanishlarisiz, shukuhsiz bir tarzda ijro etganlarida edi, ehtimol bu
asarlar uzoq saqlanib qolmagan bo‘lur edi.
Ifodali o‘qish san’ati o‘tmish zamonlarda og‘zaki ijodda qanday ahamiyat kasb
etgan bo‘lsa, yozma adabiyotda ham shu qadar muhim o‘rin tutadi. Zero, badiiy
adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o‘qish jarayonida yanada yorqinroq
namoyon bo‘ladi. Ifodali o‘qish, ayniqsa, asaming g‘oyaviy mazmunini chuqur
tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Badiiy
asarlami ifodali o‘qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik
tuyg‘ularini shakllantirishga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi. To‘g‘ri,
g‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal yaratilgan har qanday asar og‘zaki ifodali
nutqsiz, ovoz chiqarmasdan mustaqil o‘qilganda ham o‘zining axloqiy-estetik
jihatdan ta’sir kuchini yo‘qotmaydi, insonni tarbiyalash vazifasi kamayib
qolmaydi. Lekin ifodali o‘qish jarayonidagi maftunkor ohang, xilma-xil ovoz
tovlanishlari, jozibador intonatsiya kabi vositalar badiiy asaming emotsional ta’sir
kuchini yanada oshiradi, eshituvchiga beqiyos zavq-shavq bag‘ishlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘z san’ati bilan shug‘ullanuvchi kishilar,
ayniqsa, inson ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan muallimlar notiqlik san’atini,
ifodali nutq mahoratini puxta egallagan bolishlari zarur. Holbuki, o‘qituvchining
butun siymosi - xatti-harakatlaridan tortib, gapirish uslubigacha yosh va tajribasiz,
taqlidchan o‘quvchi uchun jonli namuna hisoblanadi. Shunday ekan,
Respublikamiz Prezidenti ta’kidlaganidek, “o‘z fikrini ravon, go‘zal va lo‘nda
ifoda eta olmaydigan mutaxassisni avvalambor, rahbar kursisida o‘tirganlami
bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”1 “...Kishining martabasini so‘zi bila
bilurlar, ammo so‘zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining
ahvoli o‘z so‘zining ostida pinhondur”2 - deydi unsurulmaoliy Kaykovus. Zotan
har bir kishining kim ekanligini, uning bilim darajasini so‘zlariga qarab bilib olish
mumkin. Donishmandlar nazdida, inson so‘zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi.
Binobarin, yosh avlodning shaxs sifatida kamol topishida muhim rol o‘ynovchi
muallimning ravon va ifodali nutqi, go‘zal axloqi beqiyos ibrat namunasi bo‘lib
xizmat qiladi.
Ajdodlarlarimiz so‘z san’atining, ayniqsa, og‘zaki ijrochilik san’atining inson
ruhiga ko‘rsatadigan ta’siriga qadim zamonlardan boshlab katta e’tibor bilan
qaraganlar. Shuning uchun ham, o‘rta asrlarda adabiy talaffuz normalarini
o‘rgatuvchi “ilmi tajvid” jonli nutq asoslarini o‘rgatuvchi “ilmi kalom”, ilmiy va
adabiy bahsni o‘rgatuvchi “ilmi munozara” kabi fanlar o‘qitilgan. Natijada maxsus
bilim olgan har bir savodli kishi ayni paytda ifodali o‘qish asoslarini egallagan so‘z
ustasi ham bolib yetishgan. Shu boisdan ham, o‘tmishda badiiy so‘z ijrochiligining
dostonxonlik, qissaxonlik, g‘azalxonlik kabi turlari keng tarqalgan. O‘qimishli
kishilar tomonidan o‘tkazilgan she’rxonlik anjumanlarida so‘z san’atining yuksak
namunalari og‘zaki ijro - ifodali o‘qish vositasida chuqur tahlil qilingan. Ifodali
gapirish yoxud ifodali o‘qish shunchaki o‘z-o‘zidan shakllanib qoladigan oson
jarayon emas. Buning uchun, dastavval, insonning o‘zida tug‘ma iqtidor, qobiliyat
bolishi lozim.
Afsuski, hamma ham ifodali nutq so‘zlash qobiliyatiga ega boMavermaydi.
Lekin har bir kishi o‘z nutqi ustida muntazam ishlashi, to‘xtovsiz mashqlar qilishi
natijasida ifodali nutq qobiliyatini shakllantirishi mumkin. Bunga mashhur notiq
Demosfenning ibratli hayot yo‘li va faoliyati yorqin misol bo‘la oladi. Hatto ba’zi
tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishga qiynaladigan, ko‘pchilik oldida o‘zini erkin tuta
olmaydigan Demosfen keyinchalik, tinimsiz mehnat va mashaqqatlar orqali buyuk
notiq bo‘lib yetishgan. Taniqli tilshunos olim Nizomiddin Mahmudov “0 ‘qituvchi
nutqi madaniyati” kitobida nutqning ifodaliligi haqida fikr-mulohaza yuritib
shunday deydi: “Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar
juda ham ko‘p va xilma-xil. Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha
sathlarida mavjud.
Tilning tovush qurilishi, so‘z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari,
intonatsiya, uslub kabilaming har biri nutq ifodaliligining bitmas-tuganmas
manbalaridir. Nutq tuzuvchi bu manbalaming mohiyati, tabiati va ulami unumli
ishga solish usullaridan yetarli xabardor bo‘lsa, nutqning ifodalilik sifatini
ta’minlashga qiynalmaydi”1. Darhaqiqat, ifodali nutq vositalarini puxta
o‘zlashtirish, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganish orqaligina,
ifodali o‘qishda ma’lum natijalarga erishish mumkin. Xo‘sh, ifodali nutqni
o‘rganish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Ifodali o‘qish o‘zi nima? Sodda
qilib aytganda, “Ifodali o‘qish adabiy asami tushunarli va ta’sirchan o‘qish
demakdir. Bu o‘qish san’ati yod olingan matnni ifodali o‘qishni ham o‘z ichiga
oladi.
Ifodali o‘qishda fikrlami yanada silliq, aniq, go‘zal shaklda talqin etish uchun
emotsional vositalardan unumli foydalaniladi. Ifodali o‘qishning badiiy emotsional
bo‘lishi uchun o‘quvchi-ijrochi asar mazmuni, g‘oyaviy-badiiy jihatlari haqida
tasavvurga ega bo‘lishi lozim”1. Ifodali o‘qishning o‘ziga xos xususiyati shundaki,
u insonda tuyg‘u va kayfiyatlar hosil qiladi, aniqrog‘i, voqelikning his-tuyg‘uli
qiyofasini yaratadi. Ifodali o‘qish jarayonida asar voqealari “jonlanadi”,
qahramonlar “tilga kiradi”.
O‘quvchi bir vaqtning o‘zida ham muallif, ham qiyofa (obraz) yaratuvchi, ham
ijrochi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, ifodali o‘quvchi m a’lum darajada
aktyorlik san’atidan ham xabardor bo‘lishi lozim. Ifodali nutq san’atini
o‘rganishning muhim vositalardan biri badiiy asarlami ko‘proq mutolaa qilishdir.
Asaming mazmun-mohiyati, qahramonlar xarakter xususiyati, maqsad va
intilishlari chuqur o‘rganilgandagina og‘zaki talqinda asar ruhiga mos ohang va
intonatsiya paydo bo‘ladi. Badiiy asarlami mutolaa qilish o‘quvchining
dunyoqarashini kengaytirish barobarida adabiy tilni puxta o‘zlashtirishga, ifodali
o‘qish san’atini egallashga yaqindan yordam beradi. Adabiyot hayotni in’ikos
ettirar ekan, u insonning o‘zini o‘ziga ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu vazifasini ham
bajaradi. 0 ‘sha ko‘zgu orqali har bir kishi o‘zining yaxshi va yomon tomonlarini
ko‘radi, qusur va kamchiliklardan forig‘ bo‘lishga, ruhan tozarishga intiladi.
Forig‘lanish yoxud ruhan tozaiish buyuk faylasuf Aristotel talqiniga ko‘ra,
san’atning o‘z oldiga qo‘ygan bosh maqsadidir.
San’at, xususan, adabiyot insonni ziddiyatlar asosiga qurilgan, hayot atalmish
mo‘jizaning nima ekanligini anglashga o‘rgatadi, yovuzlikka nafrat, ezgulikka
muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi va, shu tariqa, inson ma’naviy olamini
go‘zallashtiradi. Mana shu vazifalami ado etishda ifodali o‘qish san’ati badiiy
adabiyotning eng yaqin ko‘makchisi hisoblanadi. Zero, badiiy asardagi nafosat va
go‘zallikni chuqur his qilish va shu orqali axloqiy-estetik tuyg‘ulami shakllantirish
ifodali o‘qish praktikumi fanining asosiy vazifasidir.
Adabiyotning barcha tur va janrlaridagi badiiy asarlar ifodali o‘qish praktikumi
fanining o‘rganish ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Ifodali o‘qish deganda, faqat lirik
turga mansub asarlargina emas, balki nasriy va dramatik turdagi asarlami o‘qish
ham nazarda tutiladi. Badiiy asarlami ifodali o‘qish ijrochidan alohida iqtidor va
mahoratni talab qiladi. Zero, adabiy asaming badiiy xususiyatlari, unda ilgari
surilgan g‘oyalar, muallif dunyoqarashi kabi muhim masalalami aniqlashda ifodali
o‘qish alohida ahamiyat kasb etadi. Ifodali o‘qish mohiyatan kishining his-
tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan muhim jarayon hisoblanadi.
Badiiy adabiyot insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga ta’sir qilib uni
yigMatadi, kuldiradi, o‘ylashga majbur qiladi va oxir-oqibat kamolotga yetaklaydi.
Shu boisdan ham badiiy adabiyot bilan og‘zaki ijro - ifodali o‘qish san’ati asrlar
davomidayonma-yon yashab, insonning ma’naviy hamrohi bo‘lib kelgan.
Binobarin, badiiy adabiyot va ifodali o‘qish san’ati chambarchas bog‘liq holda
insonni axloqiy-estetik jihatdan tarbiyalashda eng ta’sirchan vosita hisoblanadi.
Zero, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlaming
markazida ham yosh avlodni ma’naviy barkamollik mhida tarbiyalash vazifasi
ustuvor masalalardan biri bo‘lib turibdi.
Tayanch tushunchalar Ifodali o‘qish - axloqiy-estetik tuyg‘ularni shakllantirish.
Ilmi tajvid - o‘rta asrlarda adabiy talaffuz me’yorlarini o‘rgatuvchi fan bo‘lgan.
Ilmi kalom - jonli nutq asoslarini o‘rgatuvchi fan. Ilmi munozara fani ilmiy va
adabiy bahsni o‘rgatgan.
Savol va topshiriqlar:
1. Ifodali o‘qish san’atining yuzaga kelishida roviy, qissaxon va baxshilar qanday
ro‘l o‘ynagan?
2. Ifodali nutq san’atini o‘rganishning asosiy omillari nimalardan iborat?
3. "... Har kishining ahvoli o‘z so‘zining ostida pinhondur” deganda nimani
tushunasiz?
4. Ifodali o‘qish san’atini o‘rganishdan asosiy maqsad nima?
5. Barkamol avlod tarbiyasida ifodali o cqish san’atining qanday ahamiyati bor?
O‘RTA OSIYODA NOTIQLIK SAN’ATI
Ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab so‘z san’atining, xususan, og‘zaki
ijrochilik san’atining inson ruhiyatiga ko‘rsatadigan ta’sirigajuda katta c’tibor bilan
qaraganlar. Shum a’noda, ifodali o‘qish san’atining tarixi uzoq davrlarga borib
taqaladi.
O‘rta Osiyoda ifodali o‘qish san’atining taraqqiy etishida “Avesto”,
“Bundaxishn”, “Dinkard” kabi diniy xarakterdagi asarlaming ahamiyati katta
bo‘lgan. Inson axloqini poklashga qaratilgan ushbu asarlar ko‘proq og‘zaki
ijrochilik vositasida xalq orasiga kirib borganligi m a’lum. Jumladan, “Avesto”ning
asosiy mohiyatini tashkil etgan “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu am al” ta’limotini xalq
o‘rtasida targ‘ib qilib, odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otishda
kohinlaming xizmati beqiyos edi. Kohinlar faqat din targ‘ibotchilari sifatidagina
emas, balki ifodali so‘z sehri bilan m o‘jizalar ko‘rsatuvchi san’atkor ijrochilar
sifatida ham shuhrat qozonganlar. Ular “Avesto”dagi ibodat qo‘shiqlarini, Ahura
Mazda so‘zlarini, afsona va rivoyatlami yorqin nutq, ifodali so‘z va jozibador ovoz
bilan ijro etib xalq ommasini o‘z g‘oyalariga ishontirganlar. Badiiy so‘z san’ati,
shu jumladan, ifodali o‘qish san’ati xalqning umumtaraqqiyot tarixiga bog‘liq
holda rivojlanib bordi. Jamiyat taraqqiyoti o‘rtaga qo‘ygan talablar hamda mavjud
shart-sharoit tufayli, IX - XV asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat
yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi.
Mana shu davrlarda Qur’oni Karim targ‘ibi bilan bog‘liq holda, voizlik san’ati
rivojlandi. Voizlik san’atining taraqqiy etishi esa, ifodali o‘qish san’ati tarixida
muhim o‘rin tutadi. M a’lumki, Qur’oni Karim o‘z zamonasining nafis adabiy usuli
saj’da vahiy qilingan b o‘lib, u so‘z san’atining oliy namunasi hisoblanadi. Qur’oni
Karimni o‘qish voizdan juda katta ilmiy salohiyatni, ayni paytda, yoqimli ovoz
sohibi boMishni ham talab qilardi. Shu boisdan ham Qur’on suralarini maftunkor
qiroat, jozibali ohangda o‘qishga o‘rgatuvchi “Ilmi balog‘a” san’atiga alohida
e’tibor qaratilgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy “Geodeziya” asarining kirish
qismida shunday deydi: “Arab nutqida balog‘aning m avjudligi Qur’on ta
rg‘ibotida muhim aham iyat kasb etadi. Balog‘a arab nutqining ziynatidir” 1.
Voizlik (notiqlik) san’ati o‘rta asrlarda juda katta ijtimoiy-siyosiy mavqega ega
bo‘lib, umumdavlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan.
Voizlik san’atining dabirlik, xatiblik, muzakkirlik kabi turlari mavjud bo‘lib,
ba’zi voizlar dabirlik - davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yozishmalami o‘qish va
yozib berish bilan, ba’zi voizlar xatiblik - juma kunlari Qur’oni Karim suralari
asosida xalqni odob-axloqqa chaqirish bilan, ba’zilari esa muzakkirlik - tarixiy
voqea-hodisalami gapirib berish bilan shug‘ullanganlar.
Qadimda xalq ommasi oldida nutq so‘zlovchi kishi voiz, uning nutqi esa va’z deb
yuritilgan. Voizlik nihoyatda sharafli va, ayni paytda, mas’uliyatli kasb bo‘lgan.
Omma oldiga chiqib bir necha soatlab nutq so‘zlovchi kishi tinglovchilaming
tuyg4ulariga ta’sir o‘tkazishi, ishontirishi, so‘z sehri bilan ularni toMqinlantirishi
uchun juda katta bilim va iqtidorga, fasohat va mahoratga ega bo‘lishi lozim edi.
Shu boisdan minbarga chiqib so‘zlovchi kishilaming hammasi ham voiz degan
sharafli nomga ega bo‘lavermagan.
So‘z ijrochiligi san’atiga asoslangan voizlik va suxandonlik, lining inson
hayotida tutgan o‘mi haqida Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Aruziy
Samarqandiyning “Nodir hikoyatlar”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”,
Husayn Voiz Koshifiyning “Dah majlis”, “Sahifai shohi”, Faxriddin Ali Safiyning
“Latoif ut-tavoif ’ kabi asarlarida qimmatli fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Jumladan, Alisher Navoiy voizlar haqida shunday fikrlami yozadi: “Va’zxon
shunday bo‘lishi kerakki, uning majlisiga bo‘sh kirgan odam to‘lib chiqsin, to‘la
kirgan odam esa, yengil tortib holi qaytsin. Voiz olim va halol ish ko‘ruvchi bo‘lsa,
uning nasihatidan chetga chiqqanlar gunohkor bo‘ladi. Agar u boshqalarga
buyursa-yu, o‘zi qilmasa, uning so‘zlari hech kimga ta’sir etmaydi va foyda
keltirmaydi”1. Ushbu fikrlar zamiriga juda katta ibrat va hikmat m a’nolari
singdirilgan. Demak, xalqqa pand-nasihat aytib, ulami to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi
voiz nafaqat ilmi va chiroyli so‘zlari bilan, balki o‘zining yuksak axloqodobi, halol
hayot tarzi bilan ham boshqalarga namuna bo‘lishi lozim. Buyuk tafakkur
egalarining butun bir avlodi yetishib chiqqan, jahonni ilm-ma’rifat nuri bilan
yoritgan uyg‘onish davri deb yuritiladigan zamonlarda O‘rta Osiyoda so‘z san’ati,
shuningdek, notiqlik san’ati ham taraqqiy etdi. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu
Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abulqosim Zamaxshariy, Alisher Navoiy
kabi ulug‘ siymolar ilm-fanning turli sohalariga oid kashfiyotlar bilan bir qatorda,
notiqlik san’ati asoslarini ham yaratdilar.
Abu Nasi Forobiy ko‘plab asarlarida so‘z san’atiga doir qimmatli fikr-
mulohazalar bildirish bilan cheklanmasdan suxandonlik nazariyasi, notiqlik san’ati
ilmiga doir maxsus “Kitob al-xitobat” risolasini ham yozgan. Jumladan, Forobiy
chuqur mantiqiy asosga ega bo‘lgan yorqin nutq tuzishda leksikologiya,
grammatika va mantiq fanlarining ahamiyati haqida shunday deydi: “Qanday qilib
ta’lim berish, ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va
qanday javob berish masalasiga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi
jismlarga (substantsiya - narsalar) va aktsidentsiya (hodisalar)ga ism beruvchi til
baqidagi ilmlar deb tasdiqlayman. Ikkinchi Om grammatikadir; u jismlarga
berilgan ism (nom) !larni qanday tartibga solishni ham da substantsiya va
aktsidentsiyaning joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikm
atli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi.
Uchinchi ilm m antiqdir: m alu m xulosalar keltirib chiqarish uchun logik
figuralarga binoan qanday qilib d arak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi, bu
xulosalar yordamida biz bilmagann arsalarni bilib olamiz ham da nima to6g6ri,
nima yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaram iz” . Forobiyning ushbu fikrlari
to‘g‘ri nutq tuzish va uni og‘zaki ijro etishni o‘rganish uchun juda chuqur va har
tomonlama bilim olish muhim ekanligini ko‘rsatadi. “ ...
Xullas, yaxshi nutq uchun nahv, aruz, m antiq fanlari hamkorligidan foydalanish
zaru r bo‘ladi. Ularning birortasiga ahamiyat bermaslik, bulardan birining
qoidasining buzilishi, qolgan ikkitasiga ta ’sir qilmay iloji yo‘q”, - deb yozadi
Beruniy. Forobiy, Beruniy kabi allomalarning to‘g‘ri nutq tuzish masalasiga bu
qadar e’tibor bilan qarashlari X asrlardayoq, yorqin nutq chiroyli gapirish, ifodali
o‘qish san’atining taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Ibn Sinoning “She’r
san’ati”, Abu Rayhon Beruniyning “O‘tmish ajdodlardan qolgan yodgorliklar”,
“Geodeziya” va boshqa asarlari tarkibida keltirilgan mukammal nutq tuzish
haqidagi qimmatli fikrlari bugungi kunimiz uchun, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Zamaxshariyning
“Muqaddimat ul-adab”, “Notiqlik asoslari” kabi asarlari so‘z san’ati ilmiga
bag‘ishlangan bebaho m a’naviy xazina hisoblanadi. Yusuf Xos Hojib, Alisher
Navoiy kabi allomalar o‘z asarlarining butun-butun boblarini so‘zning ilohiy
ne’mat ekanligi, so‘zning mo‘jizali qudratini ko‘rsatishga bag‘ishlaganlar.
Jumladan: Zakovat ko‘rki so‘zdur, bu tilning ko‘rki so‘zdur, Kishining ko‘rki
yuzdur, bu yuzning ko‘rki ko‘zdur. (Yusuf Xos Hojib) M a’dani inson gavhari
so‘zdurur, Gulshani odam samari so‘zdurur. (Alisher Navoiy) kabi hikmatli
misralami bitdilar.
O‘rta asrlarda Bahouddin Valad, Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin