IJOD VA ILMIY TADQIQOT BILISH FAOLIYATINING MAHSULI
Yuklangan vaqt
2024-07-21
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
32
Faytl hajmi
221,0 KB
IJOD VA ILMIY TADQIQOT BILISH FAOLIYATINING MAHSULI
3.1.Ilmiy ijodning evristik xarakteri olimlar talqinida
3.2. Ilmiy ijodning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.3. Ilmiy-ijodiy faoliyatning amal qilish xususiyatlari
3.1.Ilmiy ijodning evristik xarakteri olimlar talqinida.
Ijodning maxsus shakli bo‘lgan ilmiy tadqiqot masalasi o‘ziga xos metodologik
xarakterga ega. Uning asosiy vazifasi sub’ektning borliqni, hodisalarni bilishida
namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy ijod fanda evristik xarakterga ega.
Darhaqiqat, ilmiy-tadqiqot faoliyati deganda sub’ektning ob’ektga faol, izchil
ta’siri tushuniladi. Bu ta’sir jarayonida inson o‘zini qurshab turgan muhitni
o‘zgartiradi, shu paytgacha yo ko‘rilmagan, anglanilmagan, o‘rganilmagan,
g‘aroyib va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Ayni shu ma’noda
faoliyat deganda kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy sharti bo‘lib, dunyoni
o‘zining maqsadiga ko‘ra o‘zgartirishga qaratilgan inson xatti-harakati tushuniladi.
Ilmiy-ijodiy faoliyat – bu insonning o‘zi va atrofidagi o‘zgarishlarni anglab
yetishga doimiy ravishda tayyor turish, yangicha tafakkur qilish asosida o‘z
qobig‘idan chiqa olishidir. Yangi narsalarni ixtiro etishga bo‘lgan intilish olimning
nazariy huzur-halovatini namoyon etadi.
V.A.Engelgardt fikricha, “Ijod... – san’atning mohiyati. U xuddi shu
darajada fanning ham mohiyatidir. Har ikki holatda insonning yaratish, ya’ni
o‘zligini namoyon qilish qobiliyati muhim. Ilmiy kashfiyot, xuddi san’at kabi,
ijodkorning muayyan xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi va keyingi hayoti
davomida butun insoniyat boyligiga aylanadi”1. Bundan shu narsa kelib chiqadiki,
1 Энгельгардт В.А. Познание явлений жизни. (Сер. Наука, мировоззрение, жизнь) - М.: Наука, 1985. – 276 с.
ilmiy kashfiyot ham inson ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik,
qanchalik asosli, qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga qarab o‘zgarib boradi. Biroq
ilmiy ijod bilan badiiy ijod bir-biridan farq qiluvchi xususiyatga ega. Masalan,
badiiy ijod insonning hayotiy tajribasini tasvirlasa, ilmiy ijodda tabiatni bilish va
uni o‘zgartirish tajribasi ob’ektivlik tamoyili asosida umumlashadi. Buni biz
F.Bekon ijodida kuzatishimiz mumkin. Darhaqiqat, ilmiy ijoddagi bunday
o‘zgarish
ketma-ketlik
xususiyatiga
ega.
Shuning
uchun
ham
N.A.Shermuhamedova “…fandagi uzluklilik ijodiy jarayon va oldingidan mutlaqo
farq qiluvchi yangi bilimning paydo bo‘lishida namoyon bo‘ladi”2, - deb yozadi.
L.A.Grevsova “Ijodiy jarayon barcha botiniy kuchlar oliy darajada
jamlangan lahzada vujudga keladigan nogahoniy «bashorat» tarzida tushuniladi.
Shuning uchun ham Platon ijodning asl manbaini bilimda emas, ilhomda deb
hisoblaydi. Xudo insonni yaratib, uning o‘ziga o‘xshashini istasa, inson ham o‘z
ijodi mahsulining o‘ziga o‘xshash bo‘lishini xohlaydi”3. Darhaqiqat, fan tarixida
ijod muammosi o‘zining antik xususiyati bilan alohida ajralib turgan. Bu davrda
ijod ikki shaklda namoyon bo‘ladi. Bunda birinchidan, ijodga ilohiylik, ya’ni
kosmosning tug‘ilishi(yaratilishi) sifatida baho berilgan bo‘lsa, ikkinchidan unga
inson mehnat faoliyati natijasi, deb qarash shakllangan.
Platon ilohiy ijod asosida “Demiurg” dunyoni aql va tafakkurga monand
ravishda yaratganligini ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, “demiurg” moddiy
narsalarning ijodkori. Biz uni hissiyot orqali emas, balki aql orqali bilishimiz
mumkin, deb ta’kidlasa-da, ijodiy jarayonni Platon idealistik ma’noda tushunadi,
chunki u badiiy ilhomni bilish jarayoniga qarama-qarshi qo‘yadi. Shuning uchun
ham Platon “Musavvirning ilhomi aqldan yiroq, aqlga qarshidir”4, deb yozadi.
Ijodiy jarayonni Platon “ruhlanish” va “ilohiy kuch” atamalari orqali asoslashga
intiladi. Platon fikricha, “Shoir san’ati va bilimi bilan ijod qilmay, balki ilohiy
2 Shermuxamedova N.A. Falsafa va fan metodologiyasi. – Toshkent: Aloqachi, 2008. – B. 11.
3 Қаранг: Гревцова Л.А. Междусубъектная природа творчества в науке, философии и религии : Дис. ... канд.
филос. наук. Барнаул, 2005 - 166 с.
4 Платон. Диалоги: сборник / Платон; Пер. с древнегреч. Сост., ред. и авт. вступ. ст. А.Ф.Лосев; Авт. примеч.
А.А.Тахо-Годи. - Москва : Мысль, 1998. - 607 с.
quvvatdan ijod qiladi”5. Shunday qilib, faylasuf shoirona ijodni mistik nazariya
orqali rivojlantiradi. Bu nazariyaga binoan musavvir bexosdan (beixtiyor) telbaga
o‘xshab ijod qiladi. Bu ijodiy akt o‘z-o‘zicha aqldan yiroq xarakterga ega.
Musavvir va shoir o‘zlari nima qilayotganlarini bilmay ijod qiladilar. Shuning
uchun ham mutafakkir “Haqiqiy ijod ilohiyliksiz bo‘lmaydi”6 degan xulosaga
keladi.
Aristotel esa “Inson dunyoning eng yaxshi ijodidir”7, degan g‘oyani ilgari
suradi. Shuningdek, u o‘zining “Poetika” asarida badiiy ijodning me’yoriy
qonunlarini falsafiy jihatdan tahlil qiladi. Aristotel san’atning borliqdagi
imkoniyatini faol, ijodiy yuksak badiiy mahorat bilan ifodalashda ko‘radi. Uning
fikricha, “San’atning vazifasi voqelikni mexanistik tarzda qayta tiklamay, balki uni
ijodiy aks ettirishdan iborat”8.
Aristotelning fikricha, ijodiy jarayon insonning sub’ektiv faoliyati bilan
bevosita bog‘liqdir. Shu ma’noda, ijodiy jarayonni aql yordamida ham bilish,
anglash mumkindir. Bunday munosabat Abu Nasr Forobiy qarashlarida ham
uchraydi. Alloma fikricha, “Inson mohiyati aqlda namoyon bo‘ladi”9. Bizning
nazarimizda, falsafada aql g‘oyasining paydo bo‘lishi – insoniyat tafakkur
tarixidagi eng muhim hodisadir. Darhaqiqat, borliq va yo‘qlikni, haqiqat va fikr
dunyosini bir-biridan ajratish aqliy tajribani nazorat qilish imkoniyatini beradi. U
shuningdek, voqelikdan ijodiy xayolni ajratishga, yashirin narsalarni muhokamaga
olib chiqishga imkon beradi.
Antik davrda ijodga haqiqiy bilim, mangu va o‘zgarmas borliq mahsuli deb
qaralgan. O‘rta asrlarda ijod o‘zgacha talqin qilingan. Binobarin, biz unda ikki
tendensiya kesishib o‘tganligiga guvoh bo‘lamiz. Bulardan birinchisi, teistik,
qadimgi yahudiy dinidan kelib chiquvchi yondashuv bo‘lsa, ikkinchisi, panteistik-
antik falsafa g‘oyalaridan kelib chiquvchi yondashuvdir. Bu davrda birinchidan,
5 Платон. Избранные диалоги. М.: Художественная литература, 1965. С. 161.
6 Платон. Собр. соч. в 4 т. М. Мысль, 1994. Т. 3. С. 432.
7 Қаранг: Платон. Диалоги: сборник / Платон; Пер. с древнегреч. ; Сост., ред. и авт. вступ. ст. А.Ф.Лосев;
Авт. примеч. А.А.Тахо-Годи. - Москва : Мысль, 1998. - 607 с.
8 Аристотель. Сочинения: В 4 т. Т. 4. - М.: Мысль, 1983. С. 376-644.
9 Форобий Абу Наср Фозил одамлар шаҳри. - Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти,
1993.-105 б.
Xudoni sub’ekt sifatida tushunish bilan bog‘liq, ya’ni dunyoni mangu namuna
bo‘yicha emas, mutlaqo erkin tarzda yaratish uni ijodiy faoliyatga daxldor deb
qaralgan. Jumladan, Avgustin “Agar Xudo, “o‘z narsasi”dan o‘zining ijodkorlik
kuchini olib qo‘ysa, u narsa ilgari mavjud bo‘lmagandek, yaratilmay qoladi”10, –
deb yozadi.
Uyg‘onish davrida ilmiy ijod badiiy ijoddek ta’rif va tasnif etilgan. Aynan
Uyg‘onish davrida ijodning individual xarakteriga alohida e’tibor qaratilgan, ijodiy
jarayonda qobiliyatning o‘rni va uning namoyon bo‘lishi ustuvor ahamiyat kasb
qilgan. Natijada ijodning talqinida islohotchilik (reformatsion) yondashuvi
shakllangan. Yangi davrda ijodning olamni estetik idrok qilish darajasi emas,
faoliyat bilan bog‘liq jihatlari namoyon bo‘lgan.
Markaziy Osiyo mutafakkiri Abu Nasr Forobiy kuchga ega bo‘lmagan o‘ninchi
aql o‘z navbatida yagona aql va yagona ruhni ijod qilishini ta’kidlab o‘tadi.
Mutafakkir har ilm va aytilgan gap, sodir bo‘lgan narsa va yog‘du farishtadandir,
deb biladi. Shuning uchun insoniy aql kuch-quvvat jihatdan o‘zida farishta
tabiatiga egadir. Ikki tomonlama vaziyat, ya’ni amaliy va nazariy aql vositasida
ikki xil “surat”ga ega bo‘lgan insoniy aql “erdagi farishtalar”, deb ataladi. Ruhlar
taqdirining siri bundan boshqa narsa emas. Nazariy aql to‘rt taraflama holat
vositasida farishta aqli bilan yoki faol aql bilan qo‘shiladiki, uni muqaddas aql, deb
ataydilar. Muqaddas aql o‘zining eng oliy bosqichida o‘sha mumtoz payg‘ambarlik
aqlidir11. Darhaqiqat, Forobiyning bu fikrida ijod manbai aql ekanligiga ishoradir.
Chunki Olloh faqat insonga ato etgan aqldan ijodiy foydalanish bir tomondan
shaxsni ma’naviy-ruhiy kamolotga undasa, ikkinchi tomondan uning ijodi natijalari
jamiyat rivojiga ham ta’sir qiladi.
Ibn Arabiy ta’kidlashicha, oqilona bilim inson tanasini boshqaruvchi bo‘lib, u
ongli mavjudotning dunyo haqidagi muqarrar bilimini shakllantirishda muhim
unsur hisoblanadi12. O‘z davrida alloma insonning ijodiy faoliyatidagi
mukammallik “boshlang‘ich nuqta”dan tortib “pirovard nuqta”gacha bo‘lgan
10 Блаженный Августин. О граде Божием. Харвест, АСТ, 2000. - 1296 с.
11 Қаранг: Форобий Абу Наср Фозил одамлар шаҳри. - Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси,
1993.
12 Ибн Араби. Мекканские откровения. – М.: Бейрут, 1989. – 105 с.
bilimlarni anglash ekanligini asoslashga harakat qilgan.
Al-Xorazmiy ijodiy faoliyatning ob’ektiv asoslari haqida to‘xtalib, uning muhim
ratsional manbai sifatida matematik tushunchalarni keltirib o‘tadi. Shuning uchun
ham alloma matematik tushunchani aqlning ixtiyoriy ijodi emas, balki ob’ektiv
olamning ma’lum tomonlarini, ashyolar o‘rtasidagi munosabatlarning in’ikosi, deb
talqin etadi13.
Al-Xorazmiy ijodning metafizik tomonlarini ham tahlil qiladi. Uning
fikricha, aynan ijod insonni borliqning boshqa rejimiga tushiradi. Bu ayniqsa,
inson sevsa, maqsadini aniq bilsa, e’tiqodga kuchli muhtojlik sezsa va e’tiqod
qilishni boshlasagina amalga oshadi. Bizning nazarimizda, aynan mana shu jarayon
inson borlig‘ining ijodkorlik ruhini belgilaydi. Ijod qilish orqali biz o‘zligimizni
anglaymiz, haqiqiy erkinlikni his qilamiz. Lekin bunday holat kamdan-kam
uchraydi. Chunki ijod ayni shu murakkabligi va takrorlanmasligi bilan alohida
ajralib turadi.
Ibn Sino “Risolaye Hay ibn Yaqzon” (“Yaqzon o‘g‘li Hay, ya’ni Tirik o‘g‘li
Hayot haqida risola”)da insonning ijodiy imkoniyatlari quyidagicha izohlanadi:
Inson o‘zining bilish va ijodiy qobiliyatini to‘la ishga solib, atrofidagi his-tuyg‘u
uyg‘otuvchi dunyoni mustaqil ravishda tajriba vositasida bila oladi14. O‘zining bu
fikri
bilan
Ibn
Sino
ijodni
insonning
borliqni
anglash,
o‘zgartirish,
takomillashtirish, o‘zidagi intellektual kuch ekanligini isbotlashga harakat qilgan.
Ibn Rushd esa, Arastuning ijodning mantiqiy asoslari haqidagi fikrini
sharhlash bilan bir qatorda ijod jarayoni xudo emanatsiyasi tufayli yuzaga kelishi
va uning asosida material va shaklning birligi alohida o‘rin egallashini asoslashga
harakat qiladi15.
Yangi davrda ijodga nisbatan ikki nuqtai nazar shakllanadi: panteistik va
intuitiv. Panteistik an’anaga asosan ijod bu ilohiyot yoki borliq tajallisi bo‘lib,
13 Қаранг: Ал-Хоразми Муҳаммад ибн Муса. Математические трактаты. – Тошкент: Фан, 1983. – 225с.
14 Қаранг: Абу Али Ибн Сина Избранное В 2-х томах . Восточная философия (ал-Хикма ал - машрикийа)
Руководство по философии ( Китаб ал - хидая) Трактат об определениях (ар-Рисала фи-л-худуд ) Трактат об
этике ( ар-Рисала фи-л-ахлак ) . Душанбе – Ашгабат.: Культурный центр Посольства ИРИ в Туркменистане -
2003.,185.с. С-17.
15 Қаранг: Ренан Э. Аверроэс и аверроизм: Исторический очерк. Пер. с фр. Изд.2 Книжный дом
`ЛИБРОКОМ` 2010. – 248 с.
uning nurlari inson qalbi va ruhiyatiga singib ketgandir. Ijod–individual va
ob’ektiv asoslarga ega bo‘lgan intuitiv faoliyat mahsuli, degan fikr intuitiv
yondashuvning ifodasidir.
Nemis mumtoz ilmida ijod masalasi o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etgan.
Jumladan, Fixte inson ijod jarayonida ikki xil voqelikning, bir tomondan, o‘z-
o‘zini ma’naviy yaratadigan va ikkinchi tomondan, ongning ijodiy faoliyati
jarayonida vujudga keladigan voqelikning mohiyatini bilish mumkinligini qayd
etadi. Ayni shu ma’noda, Fixte “Fan insonni ozodlik va ijodiy erkinlikka
undaydi”16, - deb yozadi. Shuningdek, bu jarayonda “dunyoviy ruh”ning ijodiy
aktivligi belgilovchi rol o‘ynashini alohida ta’kidlab o‘tadi.
Gegel ongni mutloqlashtirganligi sababli, muqarrar ravishda tushunchani ham
ilohiylashtiradi. Gegel ta’limotiga ko‘ra, “Har qanday hayotning ibtidosi”, “o‘z
ichiga barcha mazmunni to‘laligicha joylagan, cheksiz, ijodiy shakldir”17. Ongning
faollik jihati va kishilarning barcha o‘ylagan, maqsadga muvofiq amaliy faoliyati
dunyoni o‘zgartirishga qodir bo‘lsa ham, Gegel tomonidan ijod qilish, “mutloq
g‘oya”ning o‘z–o‘zini bilishi sifatida idealistik talqin qilinadi. Biroq mutafakkir
insonning erkinlikka, adolatga, mehr-muhabbatga, go‘zallikka, kamolotga intilishi,
qobiliyatlarini namoyon etishga, ijod etishga urinishi uning ma’naviy ehtiyojidan
kelib chiqishini inkor etmaydi. Gegel ijodiy faoliyat sub’ekti sifatida shaxsni tan
oladi. Uning fikricha, “Ijod mushohada qilish qobiliyati, tasavvurning samarali va
reflektiv faoliyati bo‘lsa amalga oshadi”18. Shuningdek, Gegel ijodni o‘z-o‘zini
rivojlantirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqadi. O‘z navbatida ijodiy faoliyat
negizida qarama-qarshilik yotishini isbotlashga harakat qiladi. Gegeldan farqli
ravishda A.Bergson ijodiy faoliyatni intuitiv, hissiy jihatdan kelib chiqqan holda
izohlab, “Tabiat evolyusiyasi doimo yangilikning tug‘ilishidan iborat, ya’ni ijod
16 Фихте И.Г. Наставления к блаженной жизни. О сущности ученого и ее явлениях в области свободы.
Философия масонства, письма к Констану. - М.: Канон, 1997. - 400 с.
17 Гегель Г.В.Ф. Лекции по истории философии. Книги 1- 3 (Изд-е второе, стереотипное) серия: Слово о
сущем. – СПб.: Наука СПб, 2006. - 347с.
18 Гегель Г.В.Ф. Феноменология духа. Пер.с нем. Г.Г. Шпета, Коммент. Ю.Р. Селиванова. - М.:
Академический Проект, 2008. - 67 с.
birdan paydo bo‘ladigan va oldindan aytib bo‘lmaydigan jarayondir”19 degan
xulosaga keladi.
Inson ongida faqatgina tafakkurning natijasi – intuitiv darajada adekvatlik
sifatida anglangan, topilgan yechim namoyon bo‘ladi, jarayonning borishi esa kadr
ortida qoladi. Shuning uchun, ilmiy kashfiyotlar daf’atan va kutilmagan
vaziyatlarda (insayt holatida) sodir bo‘ladi: vannada (Arximed), olma daraxti
tagida (Nyuton), kirakash izvoshning zinapoyachasida (Puankare), tushda
(Mendeleev va Kukul) va h.k.
Shelling fikricha, ijodga sirlilik xos: “Yozuvchilar, shoirlar, musavvirlar ijod
jarayoni qanday ro‘y berishini tushuntirib bera olishmaydi va bu bilan
faxrlanishadi ham. Xuddi o‘sha mutloq aql – Xudoning xohishi va ruhi yordamida
ijod jarayoni ong nazoratidan qutuladi. Natijada «ilhom parisi» deb ataladigan sirli,
ongsiz ijodiy kuch ruh uchun badiiy yaratuvchilik vazifasini bajarishga
kirishadi”20. Demak, “Aql ijodkor kuch emas, u asosan uyg‘unlashtiruvchi, nazorat
qiluvchi kuchdir. Hattoki eng sof mantiqiy sohada ham aynan insayt birinchi bo‘lib
yangi bilimni kashf etadi”21. Ayni shu ma’noda, B.Paskal, A.Puankare, J.Adamar,
D.Mendeleev, V.Vernadskiy, A.Bexterev, A.Eynshteyn, V. Geyzenberg, B.Rassel
va boshqa olimlar ilmiy ijod, kashfiyot mantiqiy tafakkur jarayonida emas, balki
aynan mantiqiy tafakkur ishtirok etmagan, ya’ni “insayt” holatida sodir bo‘lishi o‘z
boshlaridan kechirgan dalil ekanini tan olganlar22.
Nisshe “Ijod bu kasbiy ma’noda emas, balki hayotiy ma’noda odam – o‘zining
hayotini o‘ylab olib boradigan, o‘z ishiga go‘zallik va mahorat berishga intilgan,
hayvoniy ehtiyoj va hayvoniy egoizmdan yuqori bo‘lishga intilish jarayonidir”23
deb yozadi. Shuning uchun ham mutafakkir, boshqa odamlarda hayvon va odamiy
holat o‘rtasidagi chegara juda nisbiy ahamiyatga egaligini alohida ta’kidlaydi.
Demak, ijod bu “yaratish”, “uyg‘onish”, “hushiga kelish” va shu holatda, qancha
uzoq bo‘lsa shuncha yaqin qolish demakdir. Afsuski, hozirda ko‘pgina insonlar o‘z
19 Бергсон А. Творческая эволюция. - М., 1998.
20 Гегель Георг Вильгельм Фридрих. Эстетика. В 4 томах. Том 3. - М.: Искусство 1971. - 624 с.
21 Қаҳҳорова Ш.Б. Глобал маънавият – глобаллашувнинг ғоявий асоси. - Тошкент: Тафаккур, 2009. – 362 б.
22 Ўша манба: - 400 б.
23 Ницше Ф. Несвоевременные размышления. – М.: Азбука-классика, 2009. – 210 с.
vaqtining ko‘p qismini deyarli reflektor ravishda avtomatik rejimda o‘tkazadi,
ya’ni ishga boradi, hayotini yaxshilaydi, o‘z hayotini fikrlashning shakllangan
stereotiplariga bo‘ysundirib o‘tkazadi. Ayni damda u ba’zan o‘zining ijodiy
qobiliyatini anglamaydi ham. Aynan shuning uchun ham bunday insonlarda ertami
kechmi hayotining absurd chizgilari paydo bo‘lishiga olib keladigan darajadagi
zerikish, hayotning ma’nosizligi haqida tasavvurlar shakllanadi, balki hayotga
muhabbati ortadi.
M.Abdullaeva, G.Pokachalovlarning e’tirof etishicha, fandagi ijod o‘zining
mazmuni va mundarijasiga ko‘ra, san’at va h.k. sohalardagi ijoddan farqlanadi.
Biroq ular o‘zaro umumiy jihatlarga ham ega. Bu esa ulardagi “psixologik
jarayonning bir xil” ekanida ko‘rinadi. Har ikkala ijod shaklini mehnatdan zavq
olish (Platon nuqtai nazaridagi “ekstaz”) va ilhomlanish farqlab turadi24.
3.2.Ilmiy ijodning o‘ziga xos xususiyatlari.
Yangi narsaning paydo bo‘lishi ijodiy yaratilish natijasida yuzaga keladigan
jarayondir. Ijod, xususan, uning eng yuqori shakli bo‘lgan ilmiy ijodning muhim
sharti – olimning o‘z-o‘zini anglashida yorqin namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat, inson
– har qanday ijodiy harakatning asosiy manbasi va ma’nosi hisoblanadi, ya’ni
inson shunday ijod orqaligina jamiyatning haqiqiy boyligini oshirishi, o‘zini
aqlliroq, mehribonroq, ruhini esa balandroqqa ko‘tarishi mumkin. Shu ma’noda,
ijod bu alohida faoliyat bo‘libgina qolmay –ijodkor olimning yashash usuli
hamdir.
Ijod jarayoniga e’tibor bersak, ilmiy ijod va ilmiy-ijodiy faoliyat
determinatsiyasiga duch kelamiz. Lekin bu ularning mazmunini ayniylashtirish
uchun asos bo‘lolmaydi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy ijod keng ma’noda
ijodkorning tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy olamini, uning maqsad va vazifalariga,
ehtiyojlari, istaklari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda harakat qilishi bilan
24 Абдуллаева М., Покачалов Г. Философские проблемы методологии науки: Отдел Институт Философии и
права им. И.М.Муминова АН Руз.. – Т.: 2006. – 5 с.
ifodalanadi. Ayni shu ma’noda, ilmiy ijod deganda, biz faqat kashfiyot yoki ixtiro
qilish bilan emas, balki ma’lum bir tadqiqot doirasida ilmiy faoliyat olib borish
orqali ko‘zlangan maqsadga erishishni tushunamiz.
Ilmiy-ijodiy faoliyatda olimning shaxsiy fazilatlari bilan bir qatorda ilmiy
salohiyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, ilmiy ijod asosida inson
yangi ilmiy yo‘nalishlar va yangi fanlarni vujudga keltiribgina qolmasdan, balki
yangi ilmiy bilimning noan’anaviy sohalariga asos soladi. Ayni shu ma’noda,
Ye.Ya.Basin fikricha, “Ilmiy ijod shaxsning muhim belgisi – ratsional ko‘rish va
faoliyatining namoyon bo‘lish shaklidir. Bu shunchaki hissiy qabul qilish yoki
intellektual faoliyat emas, balki dunyoni shunday ko‘rishki, unda hissiyotlar, aql,
tuyg‘ular uzviy jihatdan uyg‘unlashgan tarzda aks etadi”25. V.A.Kovalenko esa
“Ilmiy ijod inson ruhiy faoliyatining ongsizlik xossa va sifatlarini namoyon
bo‘lishidir”26, deb hisoblaydi. Bu masalaga S.I.Bugrova yanada chuqurroq
yondashadi. Uning fikricha, “Ilmiy ijod insonning bevosita hayotiy faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lib, unga ko‘proq ob’ektivlik hamda tizimlilik xosdir”27. Ayni shu
ma’noda, biz ilmiy ijodni dunyoni butun insoniy borliq bilan zabt etish, unga
nisbatan
o‘zgacha
ochiqlik
va
xolislik
nuqtai
nazaridan
qarash,
deb
tushuntirishimiz mumkin.
Binobarin, har bir ma’naviy hodisada bo‘lganidek, fanda ham uning asosini
tashkil etadigan, tamal toshi vazifasini o‘taydigan tamoyillar mavjud bo‘ladi.
Ulardan birinchisi - fanning yangiliklar sistemasini shakllantiruvchi g‘oya
(originallik) bo‘lsa, ikkinchisi ijodiylik tamoyilidir. Shuning uchun ham qachonki,
bu tamoyillar o‘zaro uyg‘unlikka ega bo‘lsa, ilmiy-ijodiy faoliyatda muayyan
yutuqlar qo‘lga kiritiladi. Chunki fandagi har bir g‘oya (asillik bo‘lsa) insonning
ijod mahsuli, ijod qilishi – kashf etish, shu kungacha mavjud bo‘lmagan narsani
yaratishi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday yangilik muayyan ilmiy g‘oyaning
shakl, mazmun, uslub, paradigmal jihatlari bilan o‘zidan avvalgi g‘oyalarni
25 Басин Е.Я. Творчество и эмпатия. // 1987, 2, 54-66.
26 Коваленко В.А.Творчество как ценность в мире А.Платонова. – М, 90.
27 Бугрова С.И. Л.Н.Столович. Жизнь - творчество - человек: функции художественной деятельности. М.,
Политиздат, 1985 (1987, 5, 172-172).
takrorlamasligini, o‘sha g‘oyalar bilan yonma-yon qo‘yganda, ulardan ijobiy
o‘ziga xosligi tufayli ajralib turishini taqozo etadi. Masalan, T.Kunning
paradigmalar nazariyasida ayni shu voqelikka alohida e’tibor qaratilgan. U
Ptolomeyning geotsentrik nazariyasi, Aristotel dinamikasi va Nyutonning
mexanika qonunlarini asos sifatida keltirib o‘tadi.
Haqiqatan, ilmiy ijod jarayoni sub’ekt tomonidan atrof borliq narsalari va
jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan evristik faoliyat
usulidir. Ayni shu ma’noda, faoliyat sifatida ilmiy ijod aniq maqsadlarni belgilash,
qarorlar qabul qilish, yo‘l tanlash, o‘z manfaatlarini ko‘zlash, mas’uliyatni tan
olish sifatida namoyon bo‘ladi. Zero, fanning mazmuni ilmiy nazariyalar,
gipotezalar, modeldan iborat dunyoning manzarasi bilan cheklanmaydi, uning
negizi taxminiy ilmiy omillar, empirik (tajribaviy) xulosalari, ilmiy bashorat
(prognoz)laridan tashkil topadi. Ilmiy bashorat qonun, nazariya va gipotezalarning
bilish funksiyasi sifatidagi ta’rifi va tasnifidan farqlanadi.
K.Tulenova ta’kidlashicha, “Ilmiy bashorat – bu o‘tmish va bugunning
noma’lum hodisalari (narsalari, jarayonlari, qonunlari, dalillari va hok.)
shuningdek, mashhur nazariyalar, qonunlar, gipotezalar asosidagi xulosa sifatida
ilgari suriladigan kelajak hodisalariga nisbatan ular haqidagi taxminlardir”28.
Ijodkorning ilmiy ishi uning asosiy jonli mazmunini tashkil etadi. Bu esa
ilmiy-ijodiy faoliyatning turli darajadagi falsafiy talqinlari uning ob’ektiv va
sub’ektiv omillar bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Umuman olganda, zamonaviy adabiyotlarda ijodiy faoliyatning bilish
ijodiyoti, o‘yin (badiiy tip va sport faoliyati), amaliy ijod (boshqaruv, ta’lim, ixtiro)
kabi turlari alohida talqin etiladi29. Bilish ijodiyoti ko‘proq gnoseologik hamda
epistemologik asosga tayansa, o‘yin esa badiiy hamda pedagogik metodologiyaga
28 Туленова К. Предвидение и реальность. – Ташкент, Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 1998. – 45 с.
29 Қаранг: Мэй Р. Мужество творить: Очерк психологии творчества. — Львов: Инициатива; М.: Институт
общегуманитарных исследований, 2001.; Майданов А.С. Методология научного творчества. Изд.2. М.
Книжный дом `ЛИБРОКОМ` 2012. - 512 с.; Бескова И.А., Герасимова И.А., Меркулов И.П. Феномен
сознания. М. Прогресс–Традиция 2010. - 368 с.; Гришунин С.И. Возможна ли современная наука без
интуиции. Модели творческой интуиции в контексте науки, философии и прогнозирования Изд.3 ЛКИ 2010.
- 162 с.
tayanadi. Amaliy ijod esa prakseologik asosga ega bo‘lgan prinsiplar bilan
chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Ijodning asosiy xususiyati – erkinlikdir. Shuning uchun ham N.A. Berdyaev
“Mening falsafamdagi o‘ziga xoslik eng avvalo, shundaki, men unga borliqni
emas, erkinlikni asos qilib oldim”30 deydi. O‘z navbatida faylasuf ijoddagi erkinlik
haqidagi qarashlari asosida hatto unga Xudo ham hukmronlik qilolmasligini
ta’kidlaydi. Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, inson agar o‘z holiga
qo‘yilmaganida, uning inson deb nomlanishi ham mumkin emasdi. Shuning uchun
ham ijodkor inson dunyoni o‘zgartirishda Xudoning hamkori bo‘lish imkoniyatiga
ega. Sevmoq – erkinlik, ijod esa erkinlik mevasidir. Mehnat erkinligini, unga erkin
munosabatni shakllantirish hamma zamonlarda ham muhim masala bo‘lib kelgan.
Zotan, ijodiy mehnatni o‘z hayotining ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy
olim bo‘ladi.
Kishi fikr erkinligi, so‘z erkinligi, g‘oya erkinligi, mavzu erkinligi, uslub
erkinligi va boshqa shu kabi ijodiy erkinliklar tizimiga ega bo‘lsagina, ulardan o‘z
o‘rnida foydalana olsagina, haqiqiy ijodkor bo‘lishi mumkin. Ijodkorga, siyosiy-
mafkuraviy zo‘ravonlik qilish, uni majburlash, qo‘rqitish orqali ta’sir ko‘rsatish
kabi hodisalar o‘lim bilan teng.
N.A.Berdiyaev ta’kidlashicha, “Haqiqatdan ham, ijod qilishda insonning
daholik darajasi xudo timsolining undagi aksiga o‘xshasa, ijoddagi orginallik
tabiatdagi reallikni in’ikos etishga o‘xshaydi”31. Shu bois ham inson adabiy
asarlarni yozishga katta qobiliyati bo‘lsa ham, davlatni boshqarish yoki
kashfiyotlar qilishga kuchi yetmasligi mumkin. Bu holat bilan biz insondagi
ijodkorlik bu ko‘proq tashqi realizatsiyaga emas, balki ichki ijodga taalluqli
ekanligini his etamiz. Zero, ijodkorlik inson shaxsining o‘ziga xos sifatidir, ya’ni
maxsus qobiliyatni talab qilmaydi. Shuning uchun ham odamda katta qobiliyat va
insoniy fazilat namoyon bo‘lsa, mehnat bilan daholik darajasiga yetishi mumkin.
30 Бердяев Н.А. Самопознание. - М., Книга, 1991. С. 56.
31 Ўша асар: - С. 57.
“Iste’dod,- deb yozadi B.Qodirov,- ko‘p qirrali, murakkab, ham irsiy-biologik,
ham ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir”32. Shu o‘rinda, “...iste’dodning asosiy
belgilari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: yuqori darajada sinchkov nazar yoki
sezgirlik; biror bir ish bilan shug‘ullanganda, unga burunlay berilish; bilishga
intilishning kuchliligi, jo‘n mashg‘ulotlardan qochish, javobi tayyor va oson
masalalarga qiziqmaslik, ularni yoqtirmaslik; antiqa, ziddiyatlarga to‘la, murakkab
muammolar yechimini izlash; tanqidiy tafakkur tarzi, jumladan, o‘z-o‘zini tergab
turish; mudom kamolotga intilish, o‘z oldiga murakkab, o‘ta qiyin maqsadlarni
qo‘ya olish..”33 deb ko‘rsatib o‘tadi.
Ijod - bu buyuk ijodkor mahsulidir. Shu ma’noda, “Ijodkorlik, – deb yozadi
S.L.Frank, – faqat Xudoga nisbatan qo‘llansa bo‘ladi, chunki hech bir yaralmish,
jumladan inson ham o‘zidan - o‘zi yarata olmaydi”34. Shu nuqtai nazardan, Xudo
yaratuvchi degan maxsus ma’noda dunyo yaralishi mo‘jizali, ya’ni yo‘qdan bor
qilishdek, deb o‘ylansa, bunda ijod mutloqlikka taalluqli yagona hodisadir.
S.L.Frank “Agar inson ruhi yaratuvchi – Xudoga taalluqli ekan, bu – ijod
tamoyiliga kira oladi, aks holda bu so‘zning o‘zi u uchun bemano bo‘lardi”35,- deb
yozadi. Shu ma’noda, S.L.Frank, har qanday inson u yoki bu darajada
yaratuvchidir, deydi. Zero, borliqning har qaerida ijod mavjud, agar u inson ichki
muhitidan kelib chiqsa, har qanday hunarmand muhabbat va did bilan ishlaydigan,
ishga o‘z shaxsini qo‘shayotgan ma’noda ilhomlanib yangi ijod namunalarini
yaratadi36. Darhaqiqat, ijodiy ilhom tajribasida, odamni oliy ijodiy ibtido bevosita
insoniy ijodiy harakatga undaydi, ya’ni ilohiy ilhom orqali inson o‘zini yaratuvchi
bilan uyg‘unlikda his etadi. Bu degani inson aynan ijod asosida o‘zining kelib
chiqishini hayotning ilk ijodkori bilan bog‘laydi. Shu boisdan ham yaratuvchilik
bobida inson ko‘proq o‘zini Xudoning o‘xshash timsoli sifatida his qiladi.
Insonning erkinlikka, adolatga, mehr-muhabbatga, go‘zallikka, kamolotga
intilishi, qobiliyatlarini namoyon etishga, asosan ijod etishga urinishi – uning
32 Қодиров Б. Iste`dod // Ж. Тафаккур. –Тошкент: -2007 -№3 –Б.65.
33 Қодиров Б. Iste`dod // Ж. Тафаккур. –Тошкент: -2007 -№3 –Б.66.
34 Франк С.Л. Реальность и человек. Мыслители XХ века. –М.: Республика 1997. - 294 с.
35 Ўша асар: - 295 б.
36 Ўша асар: – 295 б.
ma’naviy ehtiyojidir. Ijod sirli, tushuntirib bo‘lmas hodisa hisoblanadi. Biz agar
konkret empirik sabab va holatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, unda shaxsning
ilohiylik tabiati ko‘proq namoyon bo‘lishini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Ayni shu ma’noda, Xudo odam ijodining oxirgi sabab va imkoniyatidir.
Yaratuvchi uchun ijod ichki ovoz yoki daholik shaklida bo‘lishidan qat’i nazar,
mangulikni his qilish hamda dunyoga nisbatan to‘lib-toshib ketayotgan
muhabbatini o‘zi yaratgan kashfiyotiga joylashdir. Darhaqiqat, ijod inson
faoliyatining shunday o‘ziga xos turiki, unda tafakkur, bilim va ilohiy ilhom
mujassamligi moddiy yoki ma’naviy boylik yaratadi. Inson, jumladan, olim fanga
noma’lum bo‘lgan qonunlarni kashf etishi, yangi uskuna ixtiro qilishi, yangi ilmiy,
badiiy asar yaratishi mumkinligi ilmiy ijodning badiiy tafakkur bilan bog‘liqligini
ifodalaydi. O‘z navbatida badiiy ijod ham ilmiy tafakkurga oiddir. Ilmiy ijod esa
texnik faoliyat bilan uzviylikka egadir.
Odam mudom muayyan maqsadga intiladi va tabiiyki, o‘zini konkret faoliyat
turi bilan bog‘laydi. O‘z kasbining barcha jihatlarini anglab olganidan so‘ng,
faoliyatda ijodkorlikning rolini tushunadi. Masalan, o‘qituvchi dasturda
belgilangan masalalarni yoritishi mumkin, ayni paytda shu masalaga ijodiy
yondashib, turli interfaol usullardan foydalanishi, muammoga oid yangi
ma’lumotlarni talabalarga yetkazish bilan ularning faollashishiga ta’sir qilishi
mumkin.
Umuman olganda, insonga ijodkorlik xos, ammo u faqat o‘z mohiyatini anglab
yetsa, ijodkorga aylanadi, qachonki o‘zining oliy maqsadiga erishsagina,
buyuklikni his qiladi. Binobarin, u nima ish bilan shug‘ulanishidan qat’i nazar,
o‘zining insoniy tabiatini yo‘qotmasligi lozim.
A.Kamyu asarlarida ijod shaxsning ekzistensial muammosi sifatida talqin
etiladi. A.Kamyu ta’limotida ijod haqiqiy olamda mavjud bo‘lishning absurdligiga
qarshi tug‘yon sifatida tushuniladi37. Ijod unda absurdlikni yengib o‘tish usuli
sifatida tasavvur qilinadi.
37 Камю А. Бунтующий человек: философия, политика, искусство. – М., 1990.
Inson doimo o‘zini katta qobiliyat egasi, deb hisoblasa-da, unga bolalarcha
soddalik xos. Soddalik ichki va ayni paytda qobiliyatdan yiroq bo‘lgan hodisadir.
Biroq u inson qaysi sohada ishlashidan qat’i nazar, ma’lum ma’noda ijodning
muhim jihatlarini shakllantirish imkoniyatini beradi, ya’ni soddalik orqali inson
o‘z ijodi orqali dunyoni yangitdan ochadi, oldin kuzatilmagan va ko‘rilmagan
yangiliklarni kashf etadi. Demak, ijodkorlik soddalik bilan hamohang bo‘lib, unda
insonning samarali mehnati ijodiy faoliyatni namoyon qiladi. Buning uchun
insonni ilhomlantirish va hayotga bo‘lgan muhabbatini oshirishda ijodga alohida
urg‘u berish lozim. Zero, bir tomondan ijod bu yaratuvchilik bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, tabiatdagi takrorlanmas asllik (orginallik)dir.
Shu bois, ijod bu o‘tmish bilan kelajakni bog‘lab turuvchi va avlodlararo
munosabatlarni ta’minlovchi ob’ektiv hodisadir. Binobarin, dastlabki ijod o‘tmish
natijasi emas, u tarixiy yoki kosmik davrda amalga oshirilmaydi, bog‘liqlikni
bilmaydi, ekzistensial vaqtda amalga oshiriladi”38. Bizningcha, tarixiy davrda ijod
paradoksal ravishda kelajakdan keluvchi voqelik sifatida tasavvur qilinadi. Shu
ma’noda ijod profetik xususiyatga ega. Haqiqatdan ham, agar yangi eskisidan kelib
chiqadigan bo‘lsa, ikki elementlarning yangi jamlamasi hisoblanadi va bu ijod
so‘zining aniq manosiga to‘g‘ri kelmaydi. Ijod – bu dunyoga prinsipial yangilik
kiritish demakdir. Ijod – bu konstruktiv yaratuvchanlikdir.
Ko‘p hollarda “Ijod – bu kashfiyot va ixtiro qilish jarayoni bilan bog‘liq
murakkab jarayondir”39 deb e’tirof etiladi. Bunda ijodning faqat ilmiy faoliyat
natijasi ekanligi qayd qilingan. Fikrimizcha, ijod bu faqat ilmiy faoliyat mahsuli
emas. Balki, g‘ayritabiiy ahamiyat kasb etgan fikr-mulohaza va faoliyat natijasidir.
“Ijod, – deb yozadi Z.Davronov, – bu – izlanuvchining ma’lum yangilik
yaratish uchun ob’ektga qaratilgan shaxsiy qobiliyatidan kelib chiquvchi hissiy
bilim va tuyg‘ularni amalga oshiruvchi jarayondir”40. Bu fikrda ham ma’lum bir
haqiqat unsurlari mavjud. Chunki ijod faqatgina qobiliyatga tayanuvchi shaxsiy
38 Нестерова О.Ю. Интерпретация природы творчества: концептуальный аспект // Материалы VI
Международной научно-практической конференции студентов, аспирантов, молодых ученых «Актуальные
проблемы гуманитарных наук». - Томск, 2007. - С. 344-346.
39 Шумилин А.Т. Проблемы теории творчества. – М.: Высшая школа, 1989. -92 с.
40 Давронов З. Илмий ижод методологияси. – Тошкент: IQTISOD-MOLIYA, 2007. -16 б.
faoliyat mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki o‘zining ob’ektiv taraqqiyot manbalariga
ega bo‘lgan murakkab va serqirra hodisadir. Bunday murakkablik, ayniqsa, ijodiy
faoliyatga xos yaratuvchanlikda yorqin namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham
ijodiy faoliyat mahsuli samarasi, ya’ni insonning badiiy, ilmiy, texnik tafakkuri
mahsuli bo‘lgan asarlari, ilmiy ratsionalizatorlik ishlari majmui ham ijod mahsuli
deyiladi.
A.Azizqulov “Ijod insonni yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratishga
qaratilgan murakkab ruhiy-ma’naviy faoliyatdir. Inson tomonidan tabiiy borliqni
o‘zlashtirish va o‘zgartirish faoliyati faqat ijodiy yondashuv natijasida sodir
bo‘ladi. Aynan, ijodkorlik faoliyati orqali inson tabiatdan ajralib chiqdi va uni
o‘ziga bo‘ysundirdi”41deb yozadi. Mazkur fikrda ijodning umumfalsafiy mazmun-
mohiyati ochib berilgan bo‘lsa-da, uning aniq ilmiy asosi e’tibordan chetda
qolganligini kuzatamiz.
Ushbu rang-barang ta’riflar ijodning murakkab hodisa ekanini, uning ilmiy-
nazariy masalalari hali to‘la va mukammal ishlab chiqilmaganini ko‘rsatadi.
Darhaqiqat, ijodning namoyon bo‘lishini sun’iy yo‘l bilan tushuntirib berishimiz
qiyin. Ijod bu original tushunish va tushuntirishdan iborat bo‘lgan murakkab
fenomen. Shunday bo‘lsa-da, yuqorida keltirilgan mulohazalarni hisobga olgan
holda, uning quyidagi ta’rifini berishimiz maqsadga muvofiqdir: ijod bu shaxsiy
nuqtai nazar yoki ongimizda har soniya o‘tadigan mulohazalardan iborat emas. U
kamdan-kam hollarda inson miyasiga keladigan, ehtimol hayotda bir necha marta
bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarayondir.
3.3. Ijodning amal qilish xususiyatlari.
Ijodning asosiy manbai va sub’ekti ijodkor shaxs hisoblanadi. Ijodkor shaxs esa
asosan quyidagi xislatlari bilan alohida ajralib turadi:
41 Қаранг: Азизқулов А.А. Илмий ижодиётида рационаллик ва норационаллик: концептуал таҳлилий
ёндашувлар: Дис. ... Фал. фан. ном.; ЎзР Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Алишер Навоий номидаги
Самарқанд Давлат ун-ти. - Самарқанд, 2007. - 146 б.
1. Perseptiv xususiyatlar (g‘aroyib ma’no-mazmunga ega bo‘lgan diqqatning
jamlanishi, ta’sirchanlik, ko‘ngilchanlik), intellektual xususiyatlar (intuitsiya,
fantaziya, o‘ylab chiqarish, oldindan ko‘rish qobiliyati, keng dunyoqarash),
xarakterli xususiyatlar (bir qolipda ishlamaslik, originallik, qunt, yuqori darajadagi
o‘z-o‘zini tashkillashtirish va mehnatga layoqatlilik) ;
2. Bilish motivatsiyasining dominantli o‘rni, tadqiqiy ijodiy faollik, sub’ektning
yangilikni topishga bo‘lgan qobiliyatida va muammolarni yechishdagi o‘ziga
xoslikda namoyon bo‘ladi. Masalan, original yechimlarni topish va prognozlash
ehtimolligi, yuqori baholarni ta’minlaydigan estetik, axloqiy va intellektual ideallar
etalonlarini yaratish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandir;
3. O‘zida aqliy va motivatsion omillarni integratsiya qiluvchi intellektual faollik;
4. Muammoni topishdagi zukkolik, mulohazalarning uzun zanjirini yaxlitlash
qobiliyati, “chetdan qarash”ga layoqatlilik, ta’sirlanishning maqsadliligi,
xotiraning tayyorligi, fikrlash egiluvchanligi, baholash qobiliyati, g‘oyalarni
hayotga oson tatbiq qilish, qo‘shimcha ishlanma berishga layoqat, osongina
yaxlitlash, yumor hissining mavjudligi;
5. Yuqori ijodiy qobiliyat va motivatsion-ijodiy faollikning organik birligi;
6. Oddiy hodisalar doirasidan chiquvchi, ammo tabiat qonunlariga zid
bo‘lmagan harakatlarni amalga oshirish, kelajakda bo‘ladigan narsani his qilish,
boy fantaziya va intuitsiya, yangilik va noyob narsalarga katta qiziqish;
7. Mustaqillik, tavakkal qilishga moyillik, faollik, qiziquvchanlik, mavjud narsaga
qoniqmaslik, qaror qabul qilishga tayyorgarlik, e’tirof etilishga intilish, ichki
motivatsiya, o‘sishga tayyorlik;
8. Olamdagi narsa va hodisalar tabiatidagi muqobilliklarni ko‘ra bilish va
shakllantirish, fantaziyani ifodalay olish, savol bera olish va yuzaki izohlardan
qochish, qunt, mustaqil pozitsiya, tavakkalga tayyorgarlik, o‘rganilayotgan
muammoga katta qiziqish;
9. O‘z-o‘zini shakllantirish, yuksaltirishga intilish, qilayotgan ishini burch deb
bilish, shaxsning autentikligi, o‘z kuchiga ishonch, yuqori darajadagi tanqidiylik
va refleksiya.
Agar odam o‘zini ijodiy fikrlashga majbur qilishning yo‘lini bilganda hamma
daho bo‘lar edi. Ayni shu ma’noda, biz ijodni buyuk topishmoq va shu bilan birga
buyuk baxt deyishimiz mumkin. Ehtimol har bir odam o‘zining ijodiy faoliyati
orqali ijodning turli qirralarini aks ettirishi va takomillashtirib borib biron-bir unga
aloqador yangi g‘oyalarni shakllantirish imkoniyatiga ham ega bo‘lishi mumkin.
Biroq ijod makon va vaqtga nisbiy bog‘langani uchun ham uning to‘xtab qolish
holatini va ma’lum bir makonda shakllanib qolmasligini ham ko‘rishimiz mumkin.
Bunga misol sifatida biz Sharq va G‘arb ilmiy tafakkur taraqqiyotini keltirishmiz
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zero, mazkur hududlardagi shakllangan g‘oyalarning
o‘zaro bir-biriga ko‘rsatgan ta’sirini Osiyosentrizm yoki Yevropasentrizm vakili
ham mutloqo inkor eta olmaydi. Shu ma’noda, ijod dinamikasi umumbashariy
xarakterga ega.
Ijtimoiy ongda yangiliklarning yagona manbasi individual ongdir. Ijod
odamlarning ongli faoliyatining ifodalanishi bo‘lib, insonning shaxsiy borlig‘i
shaklini tashkil qiladi. Ijod insonning ob’ektiv va sub’ektiv ro‘yolikni
o‘zgartiruvchi faoliyatidir. Shuning uchun ham A.M.Korshunov “Ijod bu
sub’ektning ob’ekt bilan faol o‘zaro harakatidir. Bu jarayonda sub’ekt maqsadga
yo‘naltirilgan holda atrof-olamni o‘zgartirib, ob’ektiv qonuniyatlar talabiga ko‘ra
yangi, ijtimoiy ahamiyatdagi olamni yaratadi. Atrof-olamga ta’sir qilib, sub’ekt
o‘z-o‘zini ham o‘zgartiradi”42, - deb yozadi. Bu fikri bilan faylasuf ijod amaliy
faoliyat shakli sifatida namoyon bo‘lishiga alohida urg‘u beradi. Biroq,
nazarimizda, ijodni ekzistensial faollik bilan nisbatlash, uni sub’ekt-ob’ektli
shaklidan farqli bo‘lgan fikriy harakatlar orqali amalga oshiriluvchi, eng istiqbolli
qurilma hisoblanadi. Chunki ijodning chuqur talqini ma’noning yaratilishi bilan
bog‘liqdir, ya’ni ijod jarayoni qandaydir ideal borliq bilan bog‘lanadi.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatining amal qilish xususiyatlari quyidagilarda namoyon
bo‘ladi:
42 Коршунов А.М., Мантатов В.В. Диалектика социального познания. - М.: Политиздат 1988. - 383 с.
- ilmiy tadqiqot faoliyatida moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratish sifatida
namoyon bo‘ladigan aksiologik jihatda. Ijodiy faoliyatning yangi, ilgari mavjud
bo‘lmagan bilimlarni ochish ma’nosidagi evristik jihatda;
- ilmiy tadqiqot faoliyatda insonning o‘z-o‘zini namoyon qilishi va o‘z-o‘zini
rivojlantirishi sifatida namoyon bo‘ladigan gumanistik jihatlar ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ijodning asosiy omili erkin faoliyatda namoyon
bo‘ladi. Ijod bu– dunyoga prinsipial yangilik kiritish va yaratuvchanlik demakdir.
3.4.Ilmiy tadqiqot va ijodiy faoliyat uyg‘unligi.
Ijod – bu ongning oliy darajasi, faoliyatning yuqori va ancha murakkab shakli
bo‘lib, mavjudotlar ichida u faqat insonga xos bo‘lgan fenomendir. Ilmiy ijod
insonning barcha aqliy va ruhiy faoliyatini, barcha bilim, malaka, barcha hayotiy
tajriba, axloqiy, jismoniy kuchining mobilizatsiyasi natijasida original va tarixiy-
ijtimoiy, betakror yangiliklar shaklida namoyon bo‘luvchi mo‘jizadir. Ilmiy ijod va
ilmiy-ijodiy faoliyat murakkab va umumiy ob’ektiv qonuniyatlarga ega. Shu bois
ijodiy ish usuli va yo‘llarini umumlashtirish va tavsiflashtirish mumkin. Falsafiy
adabiyotlarda ilmiy-ijodiy faoliyatning amal qilish xususiyatlarini ochib berish,
xususan, ijod faoliyatning strukturaviy omillarga bo‘linishi masalasida qiziqarli
g‘oyalar ilgari surilgan43. Shuningdek, ba’zi faylasuflar «ijodning kuchi»,
«ijodning komponentlari» va boshqalar haqida batafsil fikr yuritib, bu masalalar
doirasida yangidan yangi g‘oyalarni ishlab chiqqanlar44.
Olam borlig‘i undagi ongli mavjudot insonning mavjudligi bilan belgilanadi.
Inson yaratilgan va yaratiqlarni ilmiy-ijodiy yaratuvchidir. Har qanday
mavjudotlardan farqli ravishda aynan insonga borliqda ijodiy faoliyat yuritish
martabasi berilgan. Insonning o‘zi ham yaratuvchi borligi haqida xabar beradi.
Insondagi bunday fazilat aynan ijodkorlikda yorqin namoyon bo‘ladi. Olamning
yaratilishi bu Xudoning ijodiy taraqqiyoti, uning yolg‘izlikdan chiqishi, ilohiy
43 Энгельмейер П.К. Теория творчества. – М.: Либроком, 2010. - 208 с.
44 Гиргинов Г. Наука и творчество. Пер. с болг. Посл. А.Г. Спиркина. – М.: Прогресс, 1979. - 368 с.
muhabbat chaqirig‘idir. Agarda borliqda barcha narsa tayyor yaratilgan bo‘lsa,
unda ijod g‘oyasining o‘zi ham bo‘lmasdi. Ijod g‘oyasi, yaratuvchining borligidir.
U asl ijodiy faoliyatni amalga oshirganligi uchun bordir, yaratish natijasida oldin
bo‘lmagan narsa paydo bo‘ldi, ijod Yaratuvchining mutloq kuchini olib qo‘yuvchi
yoki kamaytiruvchi hodisa emas. Ijodiy faoliyat yaratuvchining tabiatida, uning
kuchlarining o‘zgacha holatga o‘tishi evaziga amalga oshmaydi, u yo‘q joydan
amalga oshadi, ya’ni mutloqo, sifatiy yangi narsa yaratiladi. Har qanday ijodda
yangi samara, yangi o‘sish bor. Inson ilohiy hayotni boyitish uchun chaqirilgan, bu
uning burchidir. Ijodiy faoliyat faqatgina erkin va mustaqil kuch sifatiga ega
bo‘lgan shaxsgagina munosibdir. Ijod deb, faqat o‘z substansiyasiga, javhariga,
fitratiga ega, olamga kuch qo‘sha oladigan xislatga sohib narsaga aytamiz. O‘z
asliy qiymati yo‘q, substansiyaning qayta taqsimlanishi orqali paydo bo‘lgan narsa
ijod emasdir. Ijod bu olam uzvlari va qismlarining yangicha ko‘rinishdagi o‘zaro
munosabati emas, u olam shaxsiy substansiyalarining orginal holatidir.
Agar jarayon olam substansiyalarining o‘zaro munosabati va ularning qayta
taqsimlanishi natijasida yuzaga kelsa, bu evolyusiyadir. Agarda, jarayon
substansiyalarning ichki kuchi, ularning aslligidan kelib chiqsa, bu ijoddir. Ijodni
emas, faqat evolyusiyanigina tan oladigan olamni moddiylashtirish – personal
substansiyalarning qulga aylantirilishi, ularning qulashi oqibatidir. Bu qullik, Xudo
mavjudotni faqat tadrijiylashishi uchun yaratgan, ijod qilish uchun emas, degan
yolg‘on mafkuraga olib keladi. Inson borlig‘i dinamik tarzda namoyon bo‘ladi,
statik ravishda emas. Elementlarning inersiyasi va konservatizm inson
ijokorligining asosiy xususiyatidir. Agarda inson olami dinamik bo‘lsa, unda
mudom ijod jarayoni davom etaveradi. Yaratuvchi insonga erkin ijodiy kuch ato
etadi. Inson ijodi yaratuvchining ijodiga o‘xshash, ammo u aynan o‘xshash
bo‘lolmaydi. Inson mutloq emasdir, shuning uchun mutloq kuchga ega emas. Inson
ijodida o‘ziga o‘xshash boshqa odamlarga, butun olam majudodlariga bog‘liq
bo‘ladi, u mutlaq kuchga ega emasdir.
Ijodiy jarayon haqida fan o‘zining oxiri yo‘q cheksiz refleksiyasi bilan hukm
chiqara olmaydi. Ijodiy jarayon bevosita borliqda sodir bo‘ladi. Bu borliq
kuchlarining o‘z-o‘zini namoyon qilishi ijod demakdir. Ijodiy jarayon dialektik
tabiatga ega, chunki u o‘z-o‘zini oqlaydi, ammo ba’zi hollarda oqlanmaydi ham, u
o‘z-o‘zini asoslaydi, ammo o‘zidan tashqari bo‘lgan narsaning asosini talab ham
qilmaydi. Inson ijodiy mavjudod bo‘lgani uchun o‘z-o‘zini anglashi tug‘madir,
ya’ni undagi ijodkorlik qobiliyati o‘zlashtirma xislat emas. O‘zida ijodiylikni
anglash esa insondagi inqilobdir, unga na mantiqiy yo‘l bilan va na tadrijiy yo‘l
bilan erishilsa bo‘ladi. Kishining o‘zini ijodkor sifatida anglashi, biror bir inson
haqidagi ta’limotning natijasi emas, u har qanday fan va har qanday falsafadan
oldin keladi, u oldin, qandaydir gnoseologiyadan keyin emas. Insonning ijodiy
faoliyati borliqning fan aqli yeta olmagan joyida sodir bo‘ladi. Shuning uchun
unga fan gnoseologiyasining ham aloqasi yo‘q. Insonni ijodkor sifatida
gnoseologik tasdiqlash yoki gnoseologik rad etish – iloji yo‘q va o‘rinsiz hamdir.
Shuning uchun ham bizningcha, ilmiy ijodning kuchi va komponentlari
gnoseologik ma’noda bir xil emas. Zero, ijodning kuchi bu shaxsning sub’ektiv,
ruhiy va amaliy qobiliyati, ilmiy izlanishlar jarayonining «mexanizmi»da namoyon
bo‘ladi. Ilmiy-ijodiy faoliyatning komponenti esa olimning intellektual va ruhiy
olamining mazmunli elementlari, ya’ni ijodning «qurilish materiali» hisoblanadi45.
Ilmiy-ijodiy faoliyat sezgirlik, hissiyot, xohish, mehnat, ilhom, tafakkur, xotira,
qobiliyat orqali ham yorqin namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda olim yangidan yangi
ma’naviy va moddiy boyliklarni yaratadi, chunonchi, ilmiy-ijodiy faoliyat
mehnatning maxsus turi va oliy shakli hisoblanadi.
Sub’ektning yangilik yaratishga qaratilgan faoliyati: bilish jarayonidagi
shakllangan yangi bilim; ixtiro uchun yaratilgan sharoitlarda; kashfiyotga badiiy
go‘zallik baxsh etishda ijodiy faoliyatning barcha sohalarida yangidan-yangi
yutuqlarga erishish va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Demak, bilishning oliy shakli bo‘lmish aql ijodkorni muayyan reja asosida
samarali faoliyat olib borishiga katta yordam beradi. Zero, T.Mahmudov
ta’kidlaganidek, “Aql inson ruhini shod, qalbini pok aylaguvchi tafakkurdir”46.
45 Ефимова И.Н. Творчество как предмет философского исследования. – М.: 1982. - 166 c.
46 Тилаб Маҳмуд. Комиллик асрорлари. Ҳаётий ҳақиқатлар. - Тошкент: Адолат, 2006. – 86 б.
Darhaqiqat, ilmiy-ijodiy faoliyatda emotsional to‘lqinlanish jarayoni ham alohida
ahamiyat kasb etadi, ya’ni olim o‘zining hissiyotlari orqali olamdan ancha yorqin
taassurot olishnigina emas, balki u o‘zida bu to‘lqinlanish jarayonini ba’zan
anglagan holatda, ayrim holatlarda esa anglamagan ravishda o‘tkazadi. Shunday
qilib, ilmiy-ijodiy faoliyat jarayonida hissiyot reproduktiv kuch hamda olamni
ob’ektiv aks ettiruvchi, ayni bir vaqtda fanda yangilik yaratishga yordam beruvchi
kuch sifatida ham aks etadi.
Iroda ijodiy izlanishning kuchi va samarasini belgilovchi muhim ma’naviy-
ruhiy omil. Shu jihatdan olib qaraganda, ilmiy-ijodiy faoliyatning samarasi
irodaviy xususiyatlarning namoyon bo‘lishiga bog‘liq. Irodasizlik ma’naviyatning
kuchsizlanishiga, so‘ngra jismoniy dangasalikka olib kelishi mumkin. Bu holda
inson qobiliyatli bo‘lsa-da, biror ahamiyatli narsa yaratishni ham o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ymaydi.
Iroda ilmiy-ijodiy faoliyat jarayonida ezgu maqsadga erishish yo‘lidagi
qiyinchiliklarni bartaraf etish ko‘nikmasini egallashdagi urinishlarida ham yorqin
namoyon bo‘ladi. Shu bois iroda maqsadga yetish uchun aqliy va jismoniy kuch-
quvvatni ongli ravishda boshqara olish yoki aksincha qandaydir voqeani amalga
oshirish sifatida namoyon bo‘ladi. U faqat insonga xosdir. Bunday irodani Abu
Nasr Forobiy ezgu iroda, deb ataydi. Shuning uchun ham alloma “Ezgu irodaning
mohiyati amaliy aqlga mansub bo‘lgan hur irodadir”47 deb yozadi.
Ilmiy-ijodiy faoliyat murakkab irodaviy harakatlar, avvalo, anglash va masalani
qo‘yish, rejalashtirish va uni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Irodani ruhning bir elementi sifatida ta’riflar ekan, Platon uni bilishning zaruriy
sharti deb hisoblagan48. Foma Akvinskiy esa irodaga axloqiy – diniy ma’no bergan
va uni ruhning buyuk ezgulikka yetishishdagi barcha to‘sqinliklarni yengishga
imkon beruvchi qobiliyat deb atagan. Faylasuf fikriga ko‘ra, iroda tajribasi jasorat
va mo‘tadillikda (o‘z- o‘ziga bo‘lgan munosabatda), adolatda (boshqalarga bo‘lgan
munosabatda), agar uning bilish qadriyati ustida gap ketayotgan bo‘lsa –
47 Форобий Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри. - Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси, 1993.-
108 б.
48 Платон. Собрание сочинений в 4-х тт. Том 2. Философское наследие. – М.: Мысль, 1993. - 27 с.
donoligida namoyon bo‘ladi49. Kant irodani amaliy aqlning boshqaruvchi (sozlab
turuvchi) asosi deb hisoblaydi50. Fixte iroda tushunchasiga siyosiy ma’no berdi va
iroda, ijtimoiy hayotdagi siyosiy o‘zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchidir51 -
deb ta’kidlaydi. Klassik falsafada iroda mavzusi falsafiy irratsionalizm falsafiy
ratsionallik bilan raqobatlasha oladigan darajaga kelgunga qadar e’tibordan
chetroqda qolgan. Xususan, Shopengauerning iroda mavzuini tushunish va
tushuntirishda qilgan barcha urinishlari irodaning sifatlarining garmoniyasi g‘oyasi
bilan sug‘orilgan edi: bu sifatlar – tanaga va ruhga xosligi, irratsionalligi va
ratsionalligi, bilib bo‘lmasligi va bilish mumkinligi kabilarda namoyon bo‘ladi. U
irodani «narsa o‘zida» deb e’lon qiladi va uning tabiatini tushuntirib berishga
harakat qildi: «irodaning hayotga bo‘lgan teologik (maqsad) ma’nosini ochib
berishga intildi va «olamni irodaning ifodalanishi»52, - deb tushuntirdi.
Iroda
ma’lum
amaliy
xususiyatlari
bilan
xarakterlanadi.
Bularga
harakatchanlik, mustaqillik, keskirlik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik va o‘z-o‘zini
boshqara olish kabilar kiradi. Ijodni sabr deb biluvchilar va uni ruhlanish deb
biladiganlar o‘rtasidagi munozara juda qiziq. Misol uchun Lev Tolstoy
Byuffonning “Daho bu – sabr” degan fikrini yaxshi ko‘rgan. V.G.Belinskiy esa
yozadi: “Daho Byuffon aytganidek, yuqori darajadagi sabr emas, chunki sabr
(chidash)
vositalikni
ta’minlovchi
ezgulikdir”53,
deb
ta’kidlaydi.
Bu
mutafakkirlarning har biri o‘zicha haq. Ijod bu chidam, ham ruhlanish, ham
mehnat, ham rohatlanish, ham “ijod azoblari”, ham “ijod quvonchi” hamdir. J.Fure
bu haqida shunday yozadi: “Xudo bizga mehnatni sevishni buyuradi, lekin u
birinchi navbatda mehnatni yoqimli qilib qo‘ysin”54. Furening bu fikrida,
insonning azaldan shunchaki mehnatga emas, balki foydali va yoqimli, mehnat,
hordiq va lazzatlanishni birlashtiruvchi ijodiy faoliyatga intilishi namoyon bo‘ladi.
Axir aynan ijod mehnatni yoqimli qiladi. Va aynan ijod inson faoliyati mohiyatini
49 Пол Стретерн. Фома Аквинский за 90 минут. – М.: Аст, Астрель, 2005. – 45 с.
50 Кант И. Критика чистого разума. СПб.: Изд-во "Таум-аут", 1993. С. 51.
51 Фихте И. Несколько лекций о назначении ученого. Назначение человека. Основные черты современной
эпохи. Сборник. Пер. с. нем. Минск Попурри 1998. - 80 с.
52 Шопенгауэр А. Мысли. – СПб. Азбука-классика 2006. - 192 с.
53 Тихонова Е.Ю. Человек без маски. В.Г.Белинский: Грани творчества –М.: Совпадение 2006г. 279 с.
54 Харди Г.Г., Рогозинский В.В. Ряды Фурье. –М.: КомКнига 2006. - 152 с.