REJA:
1.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari
tushunchasi va xususiyatlari.
2.
O`zbekiston Respublikasida Prezidentining
huquqiy maqomi.
3.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi.
4.
Mahalliy hokimiyat organlarining huquqiy
maqomi.
Davlat mexanizmi — davlat organlari va
boshqa
tashkilotlarining
davlat
hokimiyatini, vazifa va funksiyalarini
amalga oshirishning yaxlit ierarxik, ya’ni
bo'ysunuvga asoslangan tizimidir.
Davlat va huquq nazariyasi faniga ko'ra, davlat
organlarining mazmun-mohiyatini ochib beruvchi
xususiyatlarga quyidagilar kiradi:
davlat organi — davlat mexanizmining bir bo'lagi sifatida, ma’lum bir mustaqillikka
(avtonomiyaga) egadir. Davlat organlari davlat mexanizmida o'z o'rniga ega bo'lib, uning
boshqa qismlari bilan o'zaro aloqada bo'ladi;
davlat organlari ma’lum bir hajm va mohiyatga ega bo'lgan davlat-hokimiyat vakolatiga egadir
davlat organlari ichki tarkibiy tuzilmaga egadir, ya’ni ular yagona maqsad atrofida birlashgan
bolinmalardan iborat bo'ladi;
davlat organlari ma’lum bir hajm va mohiyatga ega bo'lgan davlat-hokimiyat vakolatiga egadir
davlat organlarining funksiyalanishini — davlat tomonidan moliyaviy mablag' ajratish orqali
ta’minlanadi
davlat organlari — davlatning vazifa va funksiyalarini amalga oshirish uchun, ma’lum bir shakl
va uslublardan foydalanadi
Davlat organlarining barchasi, yagonalikda — davlat apparatini tashkil etadi. Davlat
apparati orqali davlat oldida turgan vazifa va funksiyalar amalga oshiriladi. Davlat-
hokimiyat vakolati keng qamrovli tushuncha bo‘lib, asosan quyidagilarni o'z ichiga
oladi:
davlat nomidan va davlat manfaatini
ko'zlab huquqiy akt chiqarish
huquqiy aktlardan kelib chiqadigan
talablar ijro etilishini nazorat qilish;
huquqiy aktlarni himoya qilish, ya’ni huquqiy
aktlarda nazarda tutilgan talablar buzilganda,
ularni majburiy choralar qo'llash orqali
himoya qilish
ularning amalga oshirilishini — tarbiyalash,
ishontirish va rag'batlantirish choralarini
qo'llash orqali ta’minlash
Davlat organlari to'g'risida batafsil tushuncha hosil qilish uchun,
ularni fuqarolarning boshqa jamoalaridan farqlash lozim
- Jamoat tashkilotlari davlat tomonidan
emas, balki fuqarolar yoki mehnat jamoasi
tomonidan tomonidan tashkil etiladi
- Jamoat tashkilotlari ham ma’lum bir
vakolatlarga ega, lekin bu vakolatlar davlat-
hokimiyat vakolati hisoblanmaydi
- Jamoat tashkilotlarining vakolati ma’lum
bir belgilangan doirada, masalan, jamoat
tashkiloti doirasida yoki jamoat xodimlariga
nisbatan harakatda bo'ladi
- Davlat organi esa davlat tomonidan tashkil
etiladi
-
Davlat
organlari
davlat-hokimiyat
vakolatiga ega, ya’ni davlat nomidan va
davlat manfaatini ko'zlab butun mamlakat
bo'yicha yoki ma’lum bir hududlar (viloyat,
tuman, shahar) bo'yicha harakat qiladi
- davlat organlari davlat oldida tutgan vazifa
va funksiyalarni amalga oshirib, o‘zIarining
xatti-harakatlari
bilan
bevosita
moddiy
boyliklar yaratmaydilar.
Ijro hokimiyati organlari — davlat hokimiyatining
bir
bo'g'ini
bo'lib,
davlatning
vazifa
va
funksiyalarini amalga oshirish maqsadida tashkil
etiladigan hamda davlat-hokimiyat vakolatlariga
ega bo‘lgan siyosiy tashkilotdir.