IJTIMOIY-IQTISODIY EHTIYOJLARNING MAZMUNI VA
ULARNING TURKUMLANISHI
MUNDARIJA :
Kirish
1-BOB. IQTISODIYOT INSON HAYOTINING POYDEVORINI
TASHKIL ETADI
1.1.
Ehtiyoj bu nima?
1.2.
Ehtiyojning va uning turlari
1.3.
Ehtiyojlarning qondirilish darajasi oʻrtasidagi bogʻliqlik.
1.4.
"Shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar haqida"
2-BOB.INSON EHTIYOJINING ORTIB BORISHI .
2.1 Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning mazmuni va shakllari
2.2 Ehtiyojlarning vujodga kelishi va ularning qondirish darajasi
Xulosa…
Tayanchi boralar
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Ilovalar
1
KIRISH
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, hayotning o'zi va
xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo'lgan
yangi va yanada murakkab vazifalarni qo'ymoqda¹. Ush- bu muammolar va
hayotning o'zi oldimizga qo'ygan murakkab vazi- falarni tezroq hal qilish,
ularning yechimini izlab topish, ko'p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini,
ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabat- larining mazmunini, ularning talablari,
ziddiyatli va chalkash xususi- yatlarini, qonun-qoidalarini, mamlakatimizda
iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish maqsadida qabul qilingan strategik
dasturlar mazmunini, amalga oshirilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlarni
yanada chuqurlashtirish, inson manfaatini birinchi o'ringa qo'yish, iqtisodiyotni
erkinlashtirish,
tarkibiy
o'zgartirish,
modernizatsiyalash
va
diversifikatsiyalashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog'liqdir.
Jamiyatda ro'y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal
qilishiga ongli munosabatda bo'lishda, mamlakatni demokratlashtirish va
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini
tushunish uchun zarur bo'lgan bilimlarni berishda iqtisodiyotning ahamiyati
beqiyosdir.
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasini o'rganish asosida har bir tadbirkor
yuqori malakali mutaxassis bo'lishi shart, chunki u bozor iqtisodiyotining asosiy
fundamentini ularning ongida shakllantirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo'ldagi faoliyatning asosiy
yo'nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo'lib, bu
intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo'lgan tomonga
yo'naltirishga ijobiy ta'sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.
2
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko'zga ko'ringan olimlari
Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek qadimgi Misr, Xitoy,
Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi.
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur'oni karimni,
hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali ibn Sino,
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek
asarlarini o'qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli
emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir
karra amin bo'lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurahmon Abu
Zayd (1332- 1406) ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda
kattadir. Uning 1370-yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»)
asarida dunyoda birinchi bo'lib, tovarning ikki xil xususiyatini-iste'mol qiymati
va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo'shimcha
mehnat hamda zaruriy va qo'shimcha mahsulot tu- shunchalarini ajrata bildi.
Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayo- nida, ular bir-biriga taqqoslanganda
mehnatni tenglashtirish shaklida yu- zaga chiqishi, ya'ni tovarda gavdalangan
mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta'kidlangan.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g'oyalari 1482-yilda yozilgan
«Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub>>> asarlarida bayon
etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga boʻlib, birinchi qismini ketgan xarajatga,
ikkinchi qismini o'zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa
aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari,
mahsulotni yaratishda mehnat- ning roliga va ishlab chiqarish vositalarining
ishtirokiga alohida e'tibor beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan
topish, to'plash va foydalanish zarurligini ta'kidlaydi.
3
1-BOB. IQTISODIYOT INSON HAYOTINING POYDEVORINI
TASHKIL ETADI
1.1.
Ehtiyoj bu nima?
Iqtisodiyot asoslarini, uning amal qilish qoida va tamoyillarini o'rganish,
iqtisodiy muammolarni hal etish eng avvalo ehtiyoj tushunchasi bilan uzviy
bog'liqdir. Chunki, birinchidan, inson hayotiga turli ehtiyojlarning paydo
boʻlishi va qondirilishi jarayoni sifatida qarash mumkin. Ikkinchidan esa,
iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy
resurslarning cheklanganligi orqali namoyon boʻladi. Ehtiyojlar turli-tuman
bo'lib, ularni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma'naviy, siyosiy va boshqa turdagi
ehtiyojlarga ajratish mumkin. Ular orasida kishilarning yashashi, mehnat qilishi
va hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy ne'matlardan hamda xizmatlarni
o'z ichiga oluvchi ijtimoiy- iqtisodiy ehtiyojlar alohida o'rin tutadi. Bu
ehtiyojlarning asosiy jihati – ularni qondirish uchun iqtisodiy faoliyat yoki
ijtimoiy ishlab chiqarishning taqozo etilishidir. O'z navbatida ijtimoiy- iqtisodiy
ehtiyojlar moddiy va ma'naviy ehtiyojlarga boʻlinadi. Moddiy ehtiyojlar – bu
kishilarning o'z hayotiy faoliyatlarini ta'minlashda qoʻllaniluvchi moddiy
koʻrinishdagi ne'matlar va xizmatlarga boʻlgan zaruratdir.
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma'naviy, siyosiy
ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o'rin tutadi. Bu ehtiyojlar
kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun moddiy
ne'matlar hamda xizmatlarga zaruratdan iborat bo'ladi. Shu jihatdan olganda
ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma'naviy ehtiyojlarni o'z ichiga oladi.
Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o'zlariga foydali bo'lgan moddiy
ne'matlarni xarid qilish va foydalanishga bo'lgan zaruratdir. Bular iste'mol uchun
zarur bo'lgan ko'plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy)
va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o'z
ichiga oladi.
4
Ma'naviy ehtiyojlar kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini
oshirish, malaka-mahoratga ega bo'lish, har xil xizmatlardan bahramand bo'lish
kabi moddiy ko'rinishga ega bo'lmagan ko'plab hayotiy zaruratlarni o'z ichiga
oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning
tabiatiga va uni qondiruvchi obyektlar xususiyatiga bog'liq. Shunday buyum va
xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan,
ta'lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo'lish,
sport o'yinlari va ko'ngilochar tomoshalarni birgalikda ko'rish kabilar shular
jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi:
1. Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi.
2. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum.
3. Tabiiy-geografik sharoitlar.
4. Tarixiy-milliy an'analar va urf-odatlar.
5. Aholi sonining o'sishi, uning tarkibidagi o'zgarishlar.
6. Xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o'rtasidagi aloqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to'liq qon- dirish mumkin
emas. Jamiyatda har bir ma'lum davrda ko'plab qondi- rilmagan ehtiyojlar
bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo'lishi, keng reklamaning
ta'siri va savdoning rag'batlantirishi nati- jasida ehtiyojlar oʻzgaradi va ko'payib
5
boradi. Shunday ekan, jamiyat- ning, ya'ni uni tashkil qiluvchi shaxslar,
muassasa va korxonalar ehtiyoj- larining cheksizligi, ularning to'xtovsiz
yangilanib va o'sib borishi tabiiy boʻlib, uni oʻziga xos qonun orqali ifodalash
mumkin. Ehtiyojlarning miqdoran o'sib, sifat jihatidan takomillashib borishi
ehtiyojlarning o'sib borishi qonuni deyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan
ehtiyojlar o'rtasidagi uzviy, to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikni aks ettiradi.
Ehtiyojlarning o'zi ham bir-birini taqozo etadi. Bir ehtiyoj oʻz orqasidan boshqa
bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning
paydo boʻlishi, o'z navbatida uni ishlatishni o'rganish, unga xizmat ko'rsatish,
dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o'sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi.
Chunki ehtiyojlar cheksiz o'zgargani holda uni ta'minlash uchun kerak
bo'ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo'ladi. Iqtisodiy resurslar deganda,
tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin
bo'lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi.
1.2
Ehtiyotning va uning turlari . Iqtisodiy resurslar.
Iqtisodiy resurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmon va biologik resurslar);
2.
Ishchi kuchi resurslari (kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari);
3.
Kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar, ma-
shinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar,
pul mablag'lari va boshqalar);
4.
Tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish
jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
6
Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga
ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy re- surslar
va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar
va pul zaxiralari ham kiradi.
Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo'li bo'lgan
ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo'yadi. Bu imkoniyatlar
darajasi doimo bir xil bo'lib turmaydi, balki yangi texnikalar va
texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish
imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi.
Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi
o'rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash
mumkin.
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan
orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor boʻlsa, aksincha,
iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng
va xilma-xil bo'ladi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Agar jamiyatdagi tuzum bozor
iqtisodiyoti yoki kapitalistik tartiblar asosida qurilgan bo'lsa, undagi
ijtimoiy guruhlar boylar va kambag'allar, mulkdor va mulksizlarga
boʻlinib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o'rtasida katta farq mavjud
bo'ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob mahsulotlar va
xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag'allarning ehtiyojlari o'z hayotini
saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi;
d) tabiiy-geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga
ta'sir qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim
7
sharoitiga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yogʻga boy oziq-
ovqat, issiq kiyim-kechak, uy va transport vositalariga ko'proq ehtiyoj
bo'ladi; g) tarixiy-milliy an'analar va urf- odatlar. Masalan, tarixan
shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar,
Navro'z bayrami ro'za va hayitlar oʻziga
Issiq kiyim-kechag, иy va transport vositalariga ko'proq ehtiyoj boʻladi; g)
tarixiy-milliy an'analar va urf- odatlar. Masalan, tarixan shakllangan milliy
va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro'z bayrami, roʻza va hayitlar oʻziga
xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi.
e) aholi sonining oʻsishi, uning tarkibidagi oʻzgarishlar ham ehtiyojlarga
ta'sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi.
f) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o'rtasidagi aloqalar, ayniqsa,
ular o'rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning
keng tarqalishiga olib keladi.
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi,
mehnatning tabiati kabi omillarga bog'liq. Masalan, keksa kishilar
yoshlardan farq qilib, yengil hazm boʻladigan ovqatga, dori- darmonga,
shovqin-suronsiz yashash muhitiga koʻproq ehtiyoj sezadilar. Ko'p bolali
oilalarda bolalar kiyimi, o'yinchoqlarga ehtiyoj yuqori boʻlsa, farzandsiz
oilalarda bunday ehtiyojlar boʻlmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli
ta'sir qiluvchi omillar shundan iboratki, murakkab, og'ir va yengil mehnat
turlari bilan shug'ullanuvchi kishilar ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq
qiladi.
1.3
Ehtiyojlarning qondirilish darajasi oʻrtasidagi bogʻliqlik.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab
chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini
oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo'yadi.
8
1. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning optimal variantlarini
(eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko'proq ishlab
chiqarishga jalb qilish.
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali
foydalanish.
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib,
yangi energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib,
foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish. Bu
muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga
ega boʻlishni taqozo qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to'liq
qondirish mumkinemas. Jamiyatda har bir ma'lum davrda ko'plab
qondirilmagan ehtiyojlar boʻladi. Vaqt o'tishi bilan yangi buyumlarning
paydo boʻlishi, keng reklamaning ta'siri va savdoning rag'batlantirishi
natijasida ehtiyojlar o'zgaradi va ko'payib boradi. Shunday ekan,
jamiyatning, ya'ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar
ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to'xtovsiz yangilanib va o'sib borishi
tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to'xtovsiz o'sib borishi iqtisodiy qonunda o'z
ifodasini topadi.
Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o'sib borishini,
balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o'rniga
yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o'sib borishi qonuni ishlab
chiqarish bilan ehtiyojlar o'rtasidagi uzviy, to'g'ridan-to'g'ri bogʻliqlikni aks
ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning
rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish
baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o'rtasidagi bog'liqlik
xalqaro miqyosda aks etadi.
Ma'lum bir mamlakatda paydo boʻlgan ehtiyoj boshqalariga
tarqalib, xalqaro xususiyatga ega boʻladi. Masalan, komputer hir
9
mamlakatda naudoxususiyatga ega boʻladi. Miqyosida tarqaldi. Xalqaro
aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir
qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib boradi.
Ehtiyojlarning o'zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o'z orqasidan
boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga
ehtiyojning paydo boʻlishi, o'z navbatida uni ishlatishni o'rganish, unga
xizmat ko'rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o'sib borishi bir tekis, uzluksiz boʻlmaydi. Uning o'sishiga
qarshi ta'sir qiluvchi omillar ham mavjud bo'ladi. Ishlab chiqarish holati,
jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar
(urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong'in kabi
tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o'sib borishiga qarshi ta'sir ko'rsatuvchi
omillardir.
Shunday qilib, ehtiyojlarning o'sib borishi qonuni mavjud
ehtiyojlarning miqdoran o'sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning
paydo boʻlishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining
o'zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon
boʻladi. Ehtiyojlarning o'sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan
chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o'zgargani holda uni ta'minlash
uchun kerak boʻladigan iqtisodiy resurslar cheklangan boʻladi. Iqtisodiy
resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila
ixtiyorida to'planib, ayni vaqtda mavjud bo'lgan, tovar ishlab chiqarish,
xizmat koʻrsatish, ularni iste'molchiga yetkazib berishda va iste'mol
jarayonlarida foydalanish mumkin boʻlgan imkoniyatlar, qoʻr- qutlar va
manbalar tushuniladi.
Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar.
Jamiyatning tuzilishi qanday bolishidan kat'i nazar uning a'zolari oz
ehtiyojlarini qondirishlari shart, chunki hayot kechirish ehtiyojlarning
qondirilishini talab etadi. Hayotiy ehtiyojlarning turlari kop.
10
Ular iqtisodiy, sotsial, madaniy, siyosiy, ma'naviy va hatto sof
fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Bularning orasida eng ustuvor
ahamiyatga ega bolgani sotsial- iqtisodiy ehtiyojdir.
Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar- kishilarning yashashi, mehnat qilishi va
ma'lum iqtisodiy mavqega ega bolishi uchun iste'mol etilishi zarur bolgan
mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas,
balki insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir. Uning
jismoniy ehtiyojlardan farqi shuki, mehnat vositasida va tabiat ishtirokida
qondiriladi, ya'ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj avvalam
bor yakka tartibda boladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab
ehtiyoj farqlanadi.
Shunday ehtiyojlar borki, ular yakka bolsada, birgalikda
qondirilishi mumkin. Bunday vaqtda guruhiy ehtiyojlar paydo bo`ladi. Bu
esa ma'lum guruhga birlashgan kishilarning umumiy ehtiyojidir. Bunga
misol qilib oilaviy ehtiyoj, mehnat jamoasi, va siyosiy uyushmalarning
ehtiyojlarini keltirishimiz mumkin. Umumjamiyat ehtiyoji ham borki, u
birinchidan, barcha turdagi yakka va guruhiy ehtiyojlarning majmuidan
iborat bolsa, ikkinchidan, jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi
uchun zarur ehtiyojdir. Masalan, tabiiy resurslarni avaylash, mudofaa
qilish, iqtisodiy zahiralar hosil qilish, jamiyatni boshqarib turish va
boshqalar.
1.4
"Shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar haqida"
Jamiyatdagi ehtiyojlar ozining turidan qat'i nazar, ularning mavjud
bolishi, qondirilishi va osishi bir kancha omillarga bogliq boladi, ya'ni :
jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan darajaga;
jamiyatning sotsial-iqtisodiy tuzumiga; hayot kechirishning tabiiy-
jugrofiy sharoitiga ; tarixiy - milliy an'analar va odatlar bilan boglanib
ketishiga.
Agar iqtisodiyot qoloq bolsa ehtiyojlar doirasi tor boladi, aksincha,
iqtisod yuksak bolsa, ehtiyoj keng va xilma xil boladi.
11
Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub
kishilar ehtiyojining yaxlitligidir. Shu sababdan, u jamiyatning ichki
tuzumiga bogliq. Agar jamiyat mulkdor va mulksizlarga, boy va
kambag'allarga ajralgan bolsa yoki jamiyatda ijtimoiy tenglik bolib, u
chuqur tabaqalashmasa, uning asosini ortacha mulkdorlar sinfi tashkil etsa,
shunga qarab ehtiyojlar har xil boladi. Demak, inson ehtiyoji abadiy. Inson
bor ekan, uning ehtiyoji mavjud. Ehtiyojlar xilma-xilligi boisi insonning
ehtiyojlari boshqa bir insonning ehtiyojlariga oxshamaydi.
Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab
ehtiyojlarni guruhlarga bolish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning
nimaga qaratilishi asos qilib olinadi. Shu jihatdan qaralganda sotsial-
iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga bolinadi.
1.moddiy ehtiyojlar;
2.sotsial-ma'naviy ehtiyojlar ;
3.mehnat ehtiyoji.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bolishi bilan yuzaga
kelgan. Ular tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy
bolib, oziq- ovqat, kiyim - kechak, turar - joy, transport, aloqa, gigiena
ehtiyojlaridan iboratdir. Ularning qondirilishi yashashning birlamchi
shartidir. Sotsial-ma'naviy ehtiyojlar asosan xizmatlardan masalan,
oqituvchi, vrach, san'at arbobi xizmatlaridan iborat bolib, ular ma'lum
faoliyat shakliga ega, ularning yaqqol moddiy korinishi yoq.
Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat mehnatsiz nozu-ne'matlar
yaratib bolmasligida emas, balki mehnatsiz inson shaxsi kamol topa
olmasligidadir. Mehnat ehtiyoji insonni ozida mujassamlashgan moddiy
shaklda bolmaydi, u ishlashga bolgan ishtiyokda ifoda etiladi.
Ehtiyojlarning uzluksiz ozgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni
ehtiyojlar cheksizdir.
Ehtiyojlarning cheksizligi ularning toxtovsiz yangilanib borishidan
iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy qonunlar
12
jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat
taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi. Bu hamma bosqichlarida
amal qiladi. Bu qonunga kora jamiyat a'zolarining, butun aholining
ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj miqdoran osib, tarkiban
yangilanib turadi, eski ehtiyojlar orniga yangisi keladi, ehtiyojlarning
rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi.
Ehtiyojlar yuksalishining tort jihati bor.
1.Ehtiyoj kengayib miqdoran osib boradi, ya'ni muayyan ehtiyoj
saqlangan holda uning ortib borishi. Masalan:
gazlamaga ehtiyoj boshqa ehtiyoj bilan orin almashmaydi, ammo
uning miqdori oshadi. 2. Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bolib, eskilarini
surib qo'yadi, ehtiyojlarning ichki tartib strukturasi ozgaradi. Masalan:
televidenie va videoapparatura paydo bolishi bilan uyda xohlagan
tomoshani korish ehtiyoji paydo bolib, teatr yoki kinoga borish ehtiyoji
qisqaradi.
2
Muayyan ehtiyojlar guruhi doirasida turli ehtiyojlar nisbati ozgaradi. Bunda
ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi, lekin uning aniq korinishlari va shakllari
ozgaradi. Masalan: umumiy transport ehtiyoji saqlangan holda, transport
aniq turlariga ehtiyoj ozgaradi. Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan
almashtirilishi. Bunday almashuv orinbosar ehtiyojlarning paydo ehtiyojlar
yuksak rivojlangan iqtisodiyotga xosdir. Masalan: shakar, qand, konfet, tort,
navvot shirinlikka ehtiyojni qondiradi, ammo bir-birining ornini bosishi
ularning foydaliligi darajasidan kelib chiqadi. Korinib turibdiki
ehtiyojlarning yuksalishi muqarrar ekan, lekin asosiy muammo ehtiyojlarni
qondirishdir. Buning birdan-bir vositasi ishlab chiqarishdir. Ehtiyoj yuksalar
ekan uni qondirish vositalari ham rivojlanadi. Gap shundaki, ehtiyojlar
cheksiz ozgargani holda uni ta'minlash uchun kerak bolgan ishlab chiqarish
resurslar cheklangan boladi.Bu resurslar tabiiy resuslar, mehnat resurslari,
13
pul resurslari, texnika va texnologiya resurslaridir. Buni g'arbda iqtisodchilar
resurslarning kamyobligi deb atashadi. Ehtiyoj va resurslarning
nomutanosibligi, birining cheksizligi va ikkinchisining kamyobligi ishlab
chiqarish imkoniyatlaridan tola va samarali foydalanishni talab qiladi.
Resurslar deganda faqat pulni tushunmaslik kerak. Resurslar birinchidan,
moddiy shaklga ega bo`lib, yer-suv, yer osti va yer usti boyliklari, asbob-
uskuna, mashinamexanizmlar, bino-inshoatlar va boshqalardan, ikkinchidan,
inson resurslari yoki mehnat resurslaridan, aniqrog'i mehnat resurslaridan,
aniqrog'i kishilarni mehnat qilib ishlab chiqara olish qobiliyatidan.
Uchinchidan, moliyaviy resurslar: Valyuta birligi va qimmatbaho
qog'ozlardan, tortinchidan tabiiy resurslar ya'ni ishlatilsa ornini toldirish
mumkin yoki mumkin bo'lmagan tabiiy boyliklardan iborat. Er kurrasi va
qa'ridagi tabiiy boyliklar ekin maydoni, o'rmonlar, qazilma boyliklar,
umuman osimlik va hayvonot dunyosi miqdoran cheklangan. Masalan
Markaziy Osiyodagi sugorma dehqonchilik Amudaryo va Sirdaryoning suv
zahirasi bilan cheklangan. Aholining osish sur'atlari pasaygan sharoitda,
aholi qariydi, uning tarkibida ishga layoqatli kishilar salmogi qisqaradi.
Toxtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob resurslar
oqilona ishlatilishi shart. Shu sababli hatto ibtidoiy jamiyatdagi kishilar
yerni chirindilar va kul bilan ogitlab, hosildorlikni oshirishga intilganlar. Har
doim cheklangan resurslarni tejamli ishlatish cheksiz ehtiyojlarni qondirish
vositasi bolib kelgan.
2-BOB. INSON EHTIYOJINING ORTIB BORISHI
2.1 Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning mazmuni va shakllari
Yuksalayotgan ehtiyojning uni qondirish vositasi bilan aloqasi ikki yoqlama
boladi: 1. Ehtiyojning miqdoran ortib borishi resurs birligidan miqdoran
ortib borishi qondirish vositasi bilan aloqasi ikki yoqlama boladi:
14
1. Ehtiyojning miqdoran ortib borishi resurs birligidan miqdoran
ortib borishi resurs birligidan koproq iste'mol buyumlari olishni
talab qiladi. 2. Ehtiyoj tarkibining yangilanishi resurs birligidan
kop turdagi mahsulot olishni talab qiladi. Masalan: 1 tonna
metalldan 10 xil emas, 25 xil uy- rozgor buyumlari olinadi.
Ehtiyojlar tez ozgargani sababli, muayyan resurslar sharoitida
ularning hammasini birdan qondirib bolmaydi. Shu sababli
jamiyat muqobil mahsulotlardan qaysi birini ishlab chiqarishni
tanlab oladi. Resurslar cheklanganligidan bir mahsulotni
kopaytirish ikkinchisini kamaytiradi, chunki qoshimcha mahsulot
qoshimcha resurs talab qiladi.
Demak, chegaralangan resurslar doirasida hamma ehtiyojlarni bir
vaqtning ozida bir yola qondirib bolmaganidan ishlab chiqarish
imkoniga qarab, u yoki bu ehtiyojlarni qondirishning optimal
darajasini tanlab olish kerak bo'ladi. Resurslar sarfining birligidan
olingan natija kopaysa, ehtiyoj yaxshi qondiriladi.Resurslarning
tejalishi ular sarfining yaratilgan mahsulot va xizmatlar birligiga
nisbatan qisqarishi demakdir.
2.2 Ehtiyojlarning vujodga kelishi va ularning qondirish darajasi
Kishilik jamiyati insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha
jonzodlarning eng oliysi. Uboshqa jonzodlardan o'zining aql idroki bilan
ajralib turadi. U xayot kechirish uchun turliehtiyojlarini qondirishi shart,
chunki busiz inson yashay olmaydi.Insonlarning yashashi,har tomonlama
kamol topishi uchun zarur bo'lgan barcha ne'matlarularning hayotiy
ehtiyojlarini tashkil etadi. Inson o'z extiyojlarini qondirish yo'lini qidiradi.
15
Extiyojlarni qondirishi zarurligi, ya'ni yashash uchun kurash uni faollikka
undaydi.Insonning ehtiyojlari xilma-xil.
U yashar ekan, ovqat eydi, kiyim-kechak kiyadi, bilim oladi,
boshkalar bidan muloqotda bo'ladi, do'stlashadi va hokazo. Ehtiyojlar turli
shakl xususiyat, sifat, belgi, miqdor va boshqa jihatlari bilan bir-biridan
farqlanadi. Har bir inson uchun o'zining qadr - qimmat o'lchovi mavjud Bir
inson tomonidan qadrlangan, hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan narsa
ikkinchi bir kishi uchun hech qanday ahamiyatga ega bo'lmasligi mumkin.
Ahamiyatiga ko'ra ehtiyojlarni tartibga solish u yoqda tursin,
hamma insonlar uchun eng zarur bo'lganlarini ham sanab o'tish qiyin. Har
bir inson uning uchun qaysi extiyojlar eng zarurligini uchun qaysi
extiyojlar eng zarurligini o'zi belgilaydi. XX asr ko'pincha <<axborot asri»
deb atalgan. XXI asrga kelib axborotning ahamiyati yanada ortdi.
Axborotni biz turli-tuman manbalardan olamiz.
Masalan: radio, televidenie, gazeta va jurnal, kitob, global
kompyuter tarmog'i internet kabilardan olamiz. Shu bilan birga
<<an'anaviy axborot manbalari mavjud va doimo saqlanib qoladi. Ular ota-
ona, qarindosh-urug', do'st-birodarlar, qo'ni- qo'shni, tanishlar, tasodifiy
uchrashgan odamlar va hokazo.
Biz har daqiqada yangi axborot olamiz. Bizni atrofimizni o'ragan
olam tabiatni kuzatib yangi- yangi ma'lumotlar olamiz. Bizni organizmimiz
axborot qabul qilishning doimiy manbai. Aynan axborot bizni barcha
ehtiyojlarimizni shakllantiradi.
Bizni barcha odatlarimiz, his- tuyg'ularimiz, bilim va hayot
tajribamiz, u yoki bu narsaga baho berishimiz, avvaldan o'ylagan yoki
beixtiyor hohish-istaklarimiz - barcha- barchasining asosida his-
tuyg'ularimiz, nerv tomirlarimiz orqali organizmimiz qabul qilgan axborot
yotadi.
Yangi axborot yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi, mavjudlarini
tubdan o'zgartiradi. Axborot insonni beixtiyor harakatga solishi yoki
16
natijasini ko'z o'ngiga keltirgan yoki aniq bilgan, tushungan holdagi hatti-
harakatini boshqarishi mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti, yangi-yangi ixtirolar tufayli yangi tovarlar
ishlab chiqariladi, xizmatlar ko'rsatiladi. Ilgari bunday tovarlar bo'lmagani
uchun ehtiyojlar ham bo'lmagan.
Masalan: kompyuter, qo'l telefon vaboshqalar. Avvaldan mavjud
bo'lgan, lekin u tovarlarni xususiyatlarini bilmagan odam bu xaqda yangi
axborot olishi tufayli yangi ehtiyojlar vujudga keladi.
Masalan: an'anaviy oziq-ovqat mahsulotlari sabzavot, mevalardagi
vitaminlar, turli moddalar yoki boshqa xususiyatlari to'g'risidagi yangi
ma'lumotlar. Kishining hayotida yangi vaziyat, yangi muammolarni paydo
bo'lishi natijasida ham yangi ehtiyojlar vujudga keladi.
Masalan: oilada farzand tug'ilishi natijasida chaqalok uchun zarur
buyumlarga, kasal bo'lganda doriga, kasbini o'zgartirganda ish qurollariga
va boshqalar. Xullas inson butun hayoti davomida yangi-yangi axborot
oladi, unga muvofiq ravishda ehtiyojlar vujudga keladi va doimo o'zgarib
boradi. Shunday qilib har bir kishi avval axborotga ega bo'ladi so'ngra shu
axborotga qarab u yoki bu qarorga keladi. tushungan holdagi hatti-
harakatini boshqarishi mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti, yangi-yangi
ixtirolar tufayli yangi tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko'rsatiladi.
Ilgari bunday tovarlar bo'lmagani uchun ehtiyojlar ham bo'lmagan.
Masalan: kompyuter, qo'l telefon va boshqalar. Avvaldan mavjud
bo'lgan, lekin u tovarlarni xususiyatlarini bilmagan odam bu xaqda yangi
axborot olishi tufayli yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: an'anaviy
oziq-ovqat mahsulotlari sabzavot, mevalardagi vitaminlar, turli moddalar
yoki boshqa xususiyatlari to'g'risidagi yangi ma'lumotlar. Kishining
hayotida yangi vaziyat, yangi muammolarni paydo bo'lishi natijasida ham
yangi ehtiyojlar vujudga keladi.
Masalan: oilada farzand tug'ilishi natijasida chaqalok uchun zarur
buyumlarga, kasal bo'lganda doriga, kasbini o'zgartirganda ish qurollariga
17
va boshqalar. Xullas inson butun hayoti davomida yangi-yangi axborot
oladi, unga muvofiq ravishda ehtiyojlar vujudga keladi va doimo o'zgarib
boradi. Shunday qilib har bir kishi avval axborotga ega bo'ladi so'ngra shu
axborotga qarab u yoki bu qarorga keladi. boshqasi uchun aksincha, yoki
bir kishi uchun ma'naviy ehtiyoj hasham bo'lsa, boshqasi uchun kundalik
ehtiyoj bo'lish mumkin, yoki ma'lum vaqt o'tgach oddiy extiyojlarga
aylanishi mumkin. Inson ehtiyojlari tarkibiga turli jihatdan yondashib, uni
har-xil guruhlarga ajratish mumkin: 1.Ehtiyojlarning sub'ektlariga6 ko'ra:
individual, guruhiy, umumjamiyat ehtiyojlariga bo'linadi.
a) Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U
fiziologik ehtiyojlar, sotsial kontaktda bo'lish, o'zining har tomonlama
kamol topishiga bo'lgan extiyojlar va boshqalarini o'z ichiga oladi.
b) Guruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda
birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo'lib,
birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy
ehtiyojlardir. v) Umum jamiyat ehtiyoji - bu mamlakat miqyosida,
qolaversa er shari miqyosida insonlarning bir butun bo'lib tarkib topgan
ehtiyojlaridir. U o'z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy
ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab
turish uchun zarur ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, mudofaa,
jamiyatni boshqarish
18