IJTIMOIY JARAYONLAR: OILA VA OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI (Oilani ijtimoiy funksiyalari, Oilaning hayotiy turmush tarzi va ziddiyatlar, Jinsiy farqlar psixologiyasi (gender) tadqiqotlarning xususiyatlari)

Yuklangan vaqt

2024-04-13

Yuklab olishlar soni

7

Sahifalar soni

25

Faytl hajmi

46,1 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
IJTIMOIY JARAYONLAR: OILA VA OILAVIY MUNOSABATLAR 
PSIXOLOGIYASI 
 
 
 
REJA 
1. Yangi davr oilasi: tipologiyasi, tur-lari, xususiyatlari.  
2 .Oilani ijtimoiy funksiyalari 
3. Oilaning hayotiy turmush tarzi va ziddiyatlar. 
4. Jinsiy farqlar psixologiyasi (gender) tadqiqotlarning xususiyatlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz IJTIMOIY JARAYONLAR: OILA VA OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI REJA 1. Yangi davr oilasi: tipologiyasi, tur-lari, xususiyatlari. 2 .Oilani ijtimoiy funksiyalari 3. Oilaning hayotiy turmush tarzi va ziddiyatlar. 4. Jinsiy farqlar psixologiyasi (gender) tadqiqotlarning xususiyatlari
Ilmiybaza.uz 
 
1. Yangi davr oilasi: tipologiyasi, tur-lari, xususiyatlari.  
Oilani turlarga bo‘lganda, turli olimlar turlicha yondashadilar. Masalan, Sank-
Piterburg-lik olim S.I. Golod (1998) faqat er va xotin hamda ularning farzandlaridan 
iborat oilalarni tasavvur etgan holda ularning oila davrasidagi ijtimoiy nufuzlari va 
rollari nuqtai nazaridan oilani toifalarga bo‘lib o‘rganishni taklif etadi. Xususan, u 
monogam oiladagi munosabatlarni oilaviy tabaqalar nuqtai nazaridan farqlashni 
taklif etgan. Undan tashqari, Golod o‘z kitobida oxirgi yillarda Rossiyada keng 
tarqab borayotgan o‘ziga xos tabaqali oilalarga ham ilmiy jamoatchilikning diqqatini 
qaratadi. 
Patriarxal monogam oila – bu o‘z mohiyatiga ko‘ra oiladagi erkak kishining 
nufuzi, yetakchilik roli, xotinning unga, farzandlarning ota-onaga tobeligini nazarda 
tutadi. Bundany oilada o‘g‘il bolalar otaning oilasini sira tark etmaydi, aksincha, 
uylangan taqdirda ham turmush o‘rtog‘ini shu xonadonga olib keladi, qizlar esa 
kimga turmushga chiqsa, uning familiyasiga o‘tib, o‘z ota-onasining uyini tark etadi. 
Bunday oilada urug‘ning atalashi (familiya), shajara va mulkka egalik otaning 
yo‘lidan amalga oshiriladi, oilaviy rollar esa erkaklarniki yoki xotinlarniki tarzida 
aniq tafovutlanadi. Erkaklar oilaning moddiy boyliklari, resurslari, ta’minoti bilan 
shug‘ullansalar, ayollar asosan uy ishlari bilan band bo‘ladilar. 
Oilaning ijtimoiy nufuzi, obro‘si otaning, erning, o‘g‘ilning iqtisodiy 
maqomidan kelib chiqadi, ayolniki esa – farzandlar soni bilan belgilanib, uning 
professional maqomi ko‘p hollarda oilaning, turmush o‘rtog‘ining ijtimoiy 
maqomiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, farxzandlar ko‘z o‘ngida otaning avtoriterti 
pastlaganday bo‘ladi, ayrim holatlarda erning oila ta’minotaidagi ulushi tushib 
ketishi ham ayolning oila moddiy ta’minotiga bevosita aralashishiga sabab bo‘ladi. 
Monogam oila – bola manfaatiga yo‘nalgan oila (detotsentrik) XIX asrning 
oxiri – XX asrning boshlarida paydo bo‘lgan hodisadir. U xotin-qizlarning ijtimoiy 
hayotdagi rolining ortishi hamda bola huquqlarining oshib borishi bilan izohlanadi. 
Bunday holatlarda gap ko‘proq oilada farzandlar soni haqida emas, balki oilada 
umuman bola borligining qadrlanishi to‘g‘risida boradi. Ota-onalar bunday 
Ilmiybaza.uz 1. Yangi davr oilasi: tipologiyasi, tur-lari, xususiyatlari. Oilani turlarga bo‘lganda, turli olimlar turlicha yondashadilar. Masalan, Sank- Piterburg-lik olim S.I. Golod (1998) faqat er va xotin hamda ularning farzandlaridan iborat oilalarni tasavvur etgan holda ularning oila davrasidagi ijtimoiy nufuzlari va rollari nuqtai nazaridan oilani toifalarga bo‘lib o‘rganishni taklif etadi. Xususan, u monogam oiladagi munosabatlarni oilaviy tabaqalar nuqtai nazaridan farqlashni taklif etgan. Undan tashqari, Golod o‘z kitobida oxirgi yillarda Rossiyada keng tarqab borayotgan o‘ziga xos tabaqali oilalarga ham ilmiy jamoatchilikning diqqatini qaratadi. Patriarxal monogam oila – bu o‘z mohiyatiga ko‘ra oiladagi erkak kishining nufuzi, yetakchilik roli, xotinning unga, farzandlarning ota-onaga tobeligini nazarda tutadi. Bundany oilada o‘g‘il bolalar otaning oilasini sira tark etmaydi, aksincha, uylangan taqdirda ham turmush o‘rtog‘ini shu xonadonga olib keladi, qizlar esa kimga turmushga chiqsa, uning familiyasiga o‘tib, o‘z ota-onasining uyini tark etadi. Bunday oilada urug‘ning atalashi (familiya), shajara va mulkka egalik otaning yo‘lidan amalga oshiriladi, oilaviy rollar esa erkaklarniki yoki xotinlarniki tarzida aniq tafovutlanadi. Erkaklar oilaning moddiy boyliklari, resurslari, ta’minoti bilan shug‘ullansalar, ayollar asosan uy ishlari bilan band bo‘ladilar. Oilaning ijtimoiy nufuzi, obro‘si otaning, erning, o‘g‘ilning iqtisodiy maqomidan kelib chiqadi, ayolniki esa – farzandlar soni bilan belgilanib, uning professional maqomi ko‘p hollarda oilaning, turmush o‘rtog‘ining ijtimoiy maqomiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, farxzandlar ko‘z o‘ngida otaning avtoriterti pastlaganday bo‘ladi, ayrim holatlarda erning oila ta’minotaidagi ulushi tushib ketishi ham ayolning oila moddiy ta’minotiga bevosita aralashishiga sabab bo‘ladi. Monogam oila – bola manfaatiga yo‘nalgan oila (detotsentrik) XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida paydo bo‘lgan hodisadir. U xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi rolining ortishi hamda bola huquqlarining oshib borishi bilan izohlanadi. Bunday holatlarda gap ko‘proq oilada farzandlar soni haqida emas, balki oilada umuman bola borligining qadrlanishi to‘g‘risida boradi. Ota-onalar bunday
Ilmiybaza.uz 
sharoitda ko‘proq bolaning kelajakda kim bo‘lishi, u egallashi lozim bo‘lgan 
martabalar, uning istiqboli xususida qayg‘uradigan, shu bois ham oila budjetining 
asosiy qismi uni ta’minlash, unga zarur ta’lim va tarbiyani berish, g‘amxo‘rlik 
qilishga sarflanadi. Bolalar bilan bog‘liq ehtiyojlarning o‘sib borishi oqibatida 
mamlakatda ham bolalar ta’minoti, ularning ozuqasi, kiyim-kechagi, o‘yinchoqlar, 
bolalarning madaniy-ma’rifiy maskanlarini rivojlantirishga ixtisoslashgan sanoat 
korxonalari ko‘payadi, rivojlanadi. Bolalar va yoshlarning turli ma’rifiy 
o‘choqlarining kengayishi, yangi texnika va texnologiyalarning asosan bolalar 
manfaatiga bevosita bog‘lanishi, yoshlarning kasb ta’limini takomillashtirish ishlari, 
ular o‘qishi va bilim olishi muddatlarining uzaytirilishi ularning mehnat sohasiga 
kechroq kirib borishiga olib keladi. Ya’ni, ilgarigiga nisbatan bolalar kechroq 
mustaqil hayotga kirishadi. Buning oqibatida nikoh yoshi ham tobora kattalashib 
boradi. Kattalar tomonidan bolaga e’tiborning, shu bilan bir qatorda tashvishlarning 
ortishi, o‘z navbatida bolalarning tug‘ilish soni kamayishiga olib keladi. Bolalar erka 
bo‘lib, ular erkinligi ortib boradi, ota-onaning butun diqqat-e’tibori ularga qaratiladi. 
Bu toifa oiladagi bola manfaati shu qadarki, ba’zan ona faqat bolani o‘ylash, unga 
e’tibor qilishni afzal bilganidan, eridan ham voz kechishi holatlari ham kuzatiladi. 
Bola manfaatiga yo‘nalgan oilaning ham turli ko‘rinishlari bo‘lib, ulardan biri 
avtoritar tipdir. Bunda bola soni bittami yoki ikkitami ota-onaning cheksiz 
g‘amxo‘rligi, ular obro‘si bilan parallel tashkil etiladi. Masalan, ko‘pgina 
amaldorlarning oilasi shunday. Ota-ona bola nazarida eng nufuzli, aqli har narsaga 
yetadigan, shuning uchun bola ham xuddi otasi yoki onasiday bo‘lib yetishish 
motivatsiyasi kuchli bo‘ladi. 
 
Ambivalent detotsentrik oiladagi bola ko‘proq ota-onaning hissiy-emotsional 
g‘amxo‘rligi ta’sirida bo‘ladi. Masalan, bu agar qiz bo‘lsa, u faqat otasi yoki onasi, 
yoki ikkisining doimiy erkalashlari og‘ushida katta bo‘lib, oxir-oqibat shunday 
holatga ko‘nikib ketadi. Oilaviy munosabat faqat shunday bo‘lsa kerak, degan fikr 
ba’zan o‘zi mustaqil oila qurganda, uning yangi xonadonga ko‘nikishiga jiddiy 
xalaqit beradi. 
Ilmiybaza.uz sharoitda ko‘proq bolaning kelajakda kim bo‘lishi, u egallashi lozim bo‘lgan martabalar, uning istiqboli xususida qayg‘uradigan, shu bois ham oila budjetining asosiy qismi uni ta’minlash, unga zarur ta’lim va tarbiyani berish, g‘amxo‘rlik qilishga sarflanadi. Bolalar bilan bog‘liq ehtiyojlarning o‘sib borishi oqibatida mamlakatda ham bolalar ta’minoti, ularning ozuqasi, kiyim-kechagi, o‘yinchoqlar, bolalarning madaniy-ma’rifiy maskanlarini rivojlantirishga ixtisoslashgan sanoat korxonalari ko‘payadi, rivojlanadi. Bolalar va yoshlarning turli ma’rifiy o‘choqlarining kengayishi, yangi texnika va texnologiyalarning asosan bolalar manfaatiga bevosita bog‘lanishi, yoshlarning kasb ta’limini takomillashtirish ishlari, ular o‘qishi va bilim olishi muddatlarining uzaytirilishi ularning mehnat sohasiga kechroq kirib borishiga olib keladi. Ya’ni, ilgarigiga nisbatan bolalar kechroq mustaqil hayotga kirishadi. Buning oqibatida nikoh yoshi ham tobora kattalashib boradi. Kattalar tomonidan bolaga e’tiborning, shu bilan bir qatorda tashvishlarning ortishi, o‘z navbatida bolalarning tug‘ilish soni kamayishiga olib keladi. Bolalar erka bo‘lib, ular erkinligi ortib boradi, ota-onaning butun diqqat-e’tibori ularga qaratiladi. Bu toifa oiladagi bola manfaati shu qadarki, ba’zan ona faqat bolani o‘ylash, unga e’tibor qilishni afzal bilganidan, eridan ham voz kechishi holatlari ham kuzatiladi. Bola manfaatiga yo‘nalgan oilaning ham turli ko‘rinishlari bo‘lib, ulardan biri avtoritar tipdir. Bunda bola soni bittami yoki ikkitami ota-onaning cheksiz g‘amxo‘rligi, ular obro‘si bilan parallel tashkil etiladi. Masalan, ko‘pgina amaldorlarning oilasi shunday. Ota-ona bola nazarida eng nufuzli, aqli har narsaga yetadigan, shuning uchun bola ham xuddi otasi yoki onasiday bo‘lib yetishish motivatsiyasi kuchli bo‘ladi. Ambivalent detotsentrik oiladagi bola ko‘proq ota-onaning hissiy-emotsional g‘amxo‘rligi ta’sirida bo‘ladi. Masalan, bu agar qiz bo‘lsa, u faqat otasi yoki onasi, yoki ikkisining doimiy erkalashlari og‘ushida katta bo‘lib, oxir-oqibat shunday holatga ko‘nikib ketadi. Oilaviy munosabat faqat shunday bo‘lsa kerak, degan fikr ba’zan o‘zi mustaqil oila qurganda, uning yangi xonadonga ko‘nikishiga jiddiy xalaqit beradi.
Ilmiybaza.uz 
Kvaziavtonom detotsentrik oilada bola huquqlari kattalarniki bilan deyarli 
tenglashtiriladi, ularga kattalar bilan bir qatorda oilaviy yumushlarni bajarish erki, 
o‘z holicha qarorlar qabul qilish huquqlari berilgan bo‘ladi. Buning albatta, ham 
ijobiy, ham salbiy jihatlari bor. 
Er-xotin oilasi XX asrning 60-chi yillarida paydo bo‘lib, u ham ayollar, ham 
bolalar emansipatsiya jarayonlarining oqibati sifatida qaraladi. Bunday oiladagi 
o‘zaro munosabatlar asosan erkak va xotin o‘rtasidagi muomalaga, uning qanchalik 
samimiy, iliqligiga bog‘liq bo‘ladi. Ayolga o‘z xohish-irodasini mumkin qadar 
namoyon etish, unga ma’lum ma’noda mustaqil erishish imkoniyati yaratiladi. U 
ko‘p holatlarda turmush o‘rtog‘iga suyukli, erka va zarur yor rolini o‘ynaydi. Golod 
er-xotinning bir-birlariga yaqin bo‘lishlarining 4 xil jihatini farqlaydi: simpatiya 
(yoqtirish), samimiyat, minnatdorlik va erotik jihatdan bog‘liqlik. 
Monogam bo‘lmagan oila toifasi chin ma’noda nikoh munosabatlariga 
tayanmaydi. Bundan oilaning uch xil ko‘rinishi mavjud:  
Ajrimlar tufayli paydo bo‘lgan noto‘liq oila – XX asrning oxirlarida ko‘payib 
ketgan noto‘liq oila turi. Golodning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadagi oilalar ajrimi 
shu qadar ko‘paydiki, har 100 ta nikohga 51 ta oila ajrimi to‘g‘ri keldi. Bunga 
sabablardan biri ota-onalik rollarining bajarilmasligi, otaning bola tarbiyasidan 
sovuqqonlik bilan chetlashishidir, chunki ko‘pgina otalar ajralishgandan so‘ng 
ma’lum muddat o‘tgach, farzandlari bilan umuman yuz ko‘rmas bo‘lib ketishadi. 
Afsuski, O‘zbekistonda oila va nikoh nechog‘li qadrlanmasin, oilaviy ajrimlar ham 
qayd etiladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi yillarda yiliga o‘rtacha 14,5 
mingdan 15 mingacha oila ajrimlari qayd etiladi, ajrimlarning sudlar orqali 
rasmiylashtiriladigan turlari FXDYo orqali rasmiylashtiriladiganidan ko‘proqdir. 
Ajrim bo‘lgan oialalrning 70 foizi yosh oilalar bo‘lib, ularda o‘rtacha 2,5 ta bola 
chala yetim bo‘lib qoladi. Bu kabi noto‘liq oilalarda o‘ziga yarasha ijtimoiy-
iqtisodiy muammolar paydo bo‘ldaiki, shu bois ham davlatimizning oila 
siyosatining mazmuni noto‘liq oilalar sonini kamaytirishga qaratilgandir. Bunda 
masalaning moddiy tomonidan ham uning ma’naviy-ahloqiy tomonlari bizni 
ko‘proq tashvishga soladi. 
Ilmiybaza.uz Kvaziavtonom detotsentrik oilada bola huquqlari kattalarniki bilan deyarli tenglashtiriladi, ularga kattalar bilan bir qatorda oilaviy yumushlarni bajarish erki, o‘z holicha qarorlar qabul qilish huquqlari berilgan bo‘ladi. Buning albatta, ham ijobiy, ham salbiy jihatlari bor. Er-xotin oilasi XX asrning 60-chi yillarida paydo bo‘lib, u ham ayollar, ham bolalar emansipatsiya jarayonlarining oqibati sifatida qaraladi. Bunday oiladagi o‘zaro munosabatlar asosan erkak va xotin o‘rtasidagi muomalaga, uning qanchalik samimiy, iliqligiga bog‘liq bo‘ladi. Ayolga o‘z xohish-irodasini mumkin qadar namoyon etish, unga ma’lum ma’noda mustaqil erishish imkoniyati yaratiladi. U ko‘p holatlarda turmush o‘rtog‘iga suyukli, erka va zarur yor rolini o‘ynaydi. Golod er-xotinning bir-birlariga yaqin bo‘lishlarining 4 xil jihatini farqlaydi: simpatiya (yoqtirish), samimiyat, minnatdorlik va erotik jihatdan bog‘liqlik. Monogam bo‘lmagan oila toifasi chin ma’noda nikoh munosabatlariga tayanmaydi. Bundan oilaning uch xil ko‘rinishi mavjud: Ajrimlar tufayli paydo bo‘lgan noto‘liq oila – XX asrning oxirlarida ko‘payib ketgan noto‘liq oila turi. Golodning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadagi oilalar ajrimi shu qadar ko‘paydiki, har 100 ta nikohga 51 ta oila ajrimi to‘g‘ri keldi. Bunga sabablardan biri ota-onalik rollarining bajarilmasligi, otaning bola tarbiyasidan sovuqqonlik bilan chetlashishidir, chunki ko‘pgina otalar ajralishgandan so‘ng ma’lum muddat o‘tgach, farzandlari bilan umuman yuz ko‘rmas bo‘lib ketishadi. Afsuski, O‘zbekistonda oila va nikoh nechog‘li qadrlanmasin, oilaviy ajrimlar ham qayd etiladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi yillarda yiliga o‘rtacha 14,5 mingdan 15 mingacha oila ajrimlari qayd etiladi, ajrimlarning sudlar orqali rasmiylashtiriladigan turlari FXDYo orqali rasmiylashtiriladiganidan ko‘proqdir. Ajrim bo‘lgan oialalrning 70 foizi yosh oilalar bo‘lib, ularda o‘rtacha 2,5 ta bola chala yetim bo‘lib qoladi. Bu kabi noto‘liq oilalarda o‘ziga yarasha ijtimoiy- iqtisodiy muammolar paydo bo‘ldaiki, shu bois ham davlatimizning oila siyosatining mazmuni noto‘liq oilalar sonini kamaytirishga qaratilgandir. Bunda masalaning moddiy tomonidan ham uning ma’naviy-ahloqiy tomonlari bizni ko‘proq tashvishga soladi.
Ilmiybaza.uz 
Beva bo‘lib qolish, yoki turmush o‘rtog‘ining vafoti munosabati bilan 
noto‘liq bo‘lgan oila ham ko‘proq onaning farzandi bilan yolg‘iz qolishidir. Bunday 
oilalardagi ma’naviy muhit ajrim tufayli paydo bo‘lgan noto‘liq oilanikidan farq 
qiladi. O‘zbek onalari bunday holatlarda otasining ruhi hurmatidan farzandlarida 
yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashga intiladi. Bunday o‘ziga xoslik qator 
tadqiqotlarda alohida qayd etilgan (G. Yadgarova, 2003). 
Nikohdan tashqari oila 90-chi yillarda ko‘paygan oila turi, unda asosan yolg‘iz 
qolgan ayol-ona oilani tebratadi. Bunday oilalar o‘sha davrda Rossiyada 20-21 
foizni, Buyuk Britaniyada va Fransiyada – 32-35 foizni tashkil etgan bo‘lib, ko‘proq 
yoshgina bo‘la turib ona bo‘lganlar (15-19 yoshlilar) yoki aksincha, reproduktiv 
yoshdan o‘tib qolganlar – 40-44 yoshlilar tashkil etadi. Bu o‘rinda ikkala holatda 
xotin-qizlarning nikohga kirmasdan tug‘ish motivlari turlicha bo‘ladi. 
Rossiyada ota-onalardan bittasigina bo‘lgan oilalarda 1989 yilda 4,5 mln. bola 
yashagan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich 1994 yilda 5 millonga yetdi (A.G.Volkov, 
Ye.L.Soroko, 1999). O‘zbekiston sharoitida bu kabi holatlar favqulotda holatlar 
sifatida qaraladi, chunki ayrim udumlar va milliy qadriyatlarimiz farzandning 
nikohdan tashqari paydo bo‘lishini qoralaydi, Shunday bo‘lsa-da, turli sabablar va 
otag‘onalarning vaziyatlar qurboni bo‘lishi natijasida mamlkataimizda otalikni 
belgilash holatlari ortib bormoqdaki, unda ham ko‘pincha rasman oila nikohsiz 
oiladay tasavvur etiladi. Sha’riy nikoh o‘qilgani bilan rasmiy ravishda nikohning o‘z 
vaqtida qayd etilmasligi mentalitetimizga zid bo‘lgan shu toifa oilaalrning 
rasmiylashtirilib qolishiga sabab bo‘lmoqda. 
Alternativ oila turlari – kam uchraydigan oila turlari bo‘lib, ular ayrim jihatlari 
bilan boshqalardan farqlanib turadi va o‘z navbatida toifalarga bo‘linadi. Masalan, 
ulardan biri – fuqarolik nikohi deb atalib, unda erkak va ayol o‘z ixtiyorlari bilan 
rasmiy nikohni qayd emay, yashayveradi. Ba’zan bunday qarorga ular kutilmagan 
homiladorlik paydo bo‘lganda ham kelishlari mumkin. Bunday nikoh bizning 
sharoitimizga, musulmonchilikka sira ham to‘g‘ri kelmaydi. Alternativ nkiohlar 
ko‘proq g‘arb mamlakatlariga xosdir. Lekin Golodning ta’kidlashicha, hozirda 
Rossiyada mavjud oilalarning 7% shunday nikoh asosida tashkil topgan. Oilaning 
Ilmiybaza.uz Beva bo‘lib qolish, yoki turmush o‘rtog‘ining vafoti munosabati bilan noto‘liq bo‘lgan oila ham ko‘proq onaning farzandi bilan yolg‘iz qolishidir. Bunday oilalardagi ma’naviy muhit ajrim tufayli paydo bo‘lgan noto‘liq oilanikidan farq qiladi. O‘zbek onalari bunday holatlarda otasining ruhi hurmatidan farzandlarida yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashga intiladi. Bunday o‘ziga xoslik qator tadqiqotlarda alohida qayd etilgan (G. Yadgarova, 2003). Nikohdan tashqari oila 90-chi yillarda ko‘paygan oila turi, unda asosan yolg‘iz qolgan ayol-ona oilani tebratadi. Bunday oilalar o‘sha davrda Rossiyada 20-21 foizni, Buyuk Britaniyada va Fransiyada – 32-35 foizni tashkil etgan bo‘lib, ko‘proq yoshgina bo‘la turib ona bo‘lganlar (15-19 yoshlilar) yoki aksincha, reproduktiv yoshdan o‘tib qolganlar – 40-44 yoshlilar tashkil etadi. Bu o‘rinda ikkala holatda xotin-qizlarning nikohga kirmasdan tug‘ish motivlari turlicha bo‘ladi. Rossiyada ota-onalardan bittasigina bo‘lgan oilalarda 1989 yilda 4,5 mln. bola yashagan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich 1994 yilda 5 millonga yetdi (A.G.Volkov, Ye.L.Soroko, 1999). O‘zbekiston sharoitida bu kabi holatlar favqulotda holatlar sifatida qaraladi, chunki ayrim udumlar va milliy qadriyatlarimiz farzandning nikohdan tashqari paydo bo‘lishini qoralaydi, Shunday bo‘lsa-da, turli sabablar va otag‘onalarning vaziyatlar qurboni bo‘lishi natijasida mamlkataimizda otalikni belgilash holatlari ortib bormoqdaki, unda ham ko‘pincha rasman oila nikohsiz oiladay tasavvur etiladi. Sha’riy nikoh o‘qilgani bilan rasmiy ravishda nikohning o‘z vaqtida qayd etilmasligi mentalitetimizga zid bo‘lgan shu toifa oilaalrning rasmiylashtirilib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Alternativ oila turlari – kam uchraydigan oila turlari bo‘lib, ular ayrim jihatlari bilan boshqalardan farqlanib turadi va o‘z navbatida toifalarga bo‘linadi. Masalan, ulardan biri – fuqarolik nikohi deb atalib, unda erkak va ayol o‘z ixtiyorlari bilan rasmiy nikohni qayd emay, yashayveradi. Ba’zan bunday qarorga ular kutilmagan homiladorlik paydo bo‘lganda ham kelishlari mumkin. Bunday nikoh bizning sharoitimizga, musulmonchilikka sira ham to‘g‘ri kelmaydi. Alternativ nkiohlar ko‘proq g‘arb mamlakatlariga xosdir. Lekin Golodning ta’kidlashicha, hozirda Rossiyada mavjud oilalarning 7% shunday nikoh asosida tashkil topgan. Oilaning
Ilmiybaza.uz 
muqaddasligini tinimsiz targ‘ib etishimiz azaliy qadriyatlarni ardoqlab kelayotgan 
yurtimizda bunday salbiy holatlarning bo‘lmasligiga xizmat qiladi. 
Alternativ nikohning yana bir ko‘rinishi qayta nikohlardir. Odatda bunday 
nikoh turi beva yoki tul qolgan shaxslarda uchraydi. Aslida ham birinchi qayta 
nikohlar XVI asrda Angliyada qayd etila boshlagan. Hozirda esa bunday nikohlar 
odatda beva qolganlar yoki ajrashib ketganlar o‘rtasida qayd etilishi mumkin. 
Bunday oila turi ham ajrimlar ko‘payishiga mos tarzda ortib bormoqda. 
Aralash oilalar yoki begona ota-onalar bilan yashaydiganlar oilasi. Bu – 
yetimlarni boqib olish hisobiga paydo bo‘ladigan, otalikka olish, o‘gay ota yoki ona 
bilan yashaydiganlar oilasidir. Ming afsuski, turli hayotiy vaziyatlar tufayli shunday 
oila ham bor, ular nisbatan ko‘p bo‘lmasa-da, O‘zbekistonda ham mavjud. 
Godvin – nikohlar, uning asoschisi bo‘lgan ingliz sotsial-monarxi U.Godvin 
(1756-1836) nomi bilan bog‘liq. U bunday oilani ideal deb hisoblagan, chunki 
bunday oilalar, asosan, ota-onaning xohish-irodasiga ko‘ra paydo bo‘ladi, 
yoshlarning istaklari bunda inobatga olinmaydi. Bunday nikohlarda jinsiy yaqinlik 
ko‘zda tutilmaganligi sababli, o‘zaro hurmat va bir tom ostida alohida yashashga 
mo‘ljallangan bo‘ladi, er va xotin bir-birlarining oldida faqat ma’naviy jihatdan 
majburiyatlarga ega xolos. To‘g‘ri, bir qarashda bunday nikoh bizdagi sovchilik 
yo‘li bilan quriladigan oilaga o‘hshab ketadi, lekin bizda zurriyod qoldirish, birga 
yashash talab etiladi. Shuning uchun yigit va qiz bir-birlarini sevmagan bo‘lsalar-
da, nikoh o‘qilayotganda ularning rizochiliklari so‘raladi, javob ijobiy bo‘lgach, ular 
chimildiqqa kiritiladi. Godvin tipidagi nikohlar ko‘pincha O‘zbekistonda keksalar 
o‘rtasida rsmiylashtiriladi. Masalan, kampiridan uning qazosi tufayli juda bo‘lgan 
otaxon o‘zaro kelishuv natijasida o‘zga bir beva ayolga uylanadi, ular o‘rtasidagi 
munosabatlar o‘zaro samimiyat, hurmat, qo‘llab-quvvatlov, keksalikni bezashga 
yo‘naltirilgan. Lekin bu oila o‘zidan zurriyod qoldirish kabi haqiqiy oilaga xos 
funksiyalarning barchasini bajarmaydi. Bunday oila Islom dini arkonlariga ham mos 
bo‘lib, bu ikki keksa odamning bir-birlari umrlarini cho‘zishga qaratilgan samimiy 
munosabatlari majmuidir. 
Qo‘shxotinlilik ham alternativ nikoh turlaridan biri bo‘lib, bunda bir erkak 
Ilmiybaza.uz muqaddasligini tinimsiz targ‘ib etishimiz azaliy qadriyatlarni ardoqlab kelayotgan yurtimizda bunday salbiy holatlarning bo‘lmasligiga xizmat qiladi. Alternativ nikohning yana bir ko‘rinishi qayta nikohlardir. Odatda bunday nikoh turi beva yoki tul qolgan shaxslarda uchraydi. Aslida ham birinchi qayta nikohlar XVI asrda Angliyada qayd etila boshlagan. Hozirda esa bunday nikohlar odatda beva qolganlar yoki ajrashib ketganlar o‘rtasida qayd etilishi mumkin. Bunday oila turi ham ajrimlar ko‘payishiga mos tarzda ortib bormoqda. Aralash oilalar yoki begona ota-onalar bilan yashaydiganlar oilasi. Bu – yetimlarni boqib olish hisobiga paydo bo‘ladigan, otalikka olish, o‘gay ota yoki ona bilan yashaydiganlar oilasidir. Ming afsuski, turli hayotiy vaziyatlar tufayli shunday oila ham bor, ular nisbatan ko‘p bo‘lmasa-da, O‘zbekistonda ham mavjud. Godvin – nikohlar, uning asoschisi bo‘lgan ingliz sotsial-monarxi U.Godvin (1756-1836) nomi bilan bog‘liq. U bunday oilani ideal deb hisoblagan, chunki bunday oilalar, asosan, ota-onaning xohish-irodasiga ko‘ra paydo bo‘ladi, yoshlarning istaklari bunda inobatga olinmaydi. Bunday nikohlarda jinsiy yaqinlik ko‘zda tutilmaganligi sababli, o‘zaro hurmat va bir tom ostida alohida yashashga mo‘ljallangan bo‘ladi, er va xotin bir-birlarining oldida faqat ma’naviy jihatdan majburiyatlarga ega xolos. To‘g‘ri, bir qarashda bunday nikoh bizdagi sovchilik yo‘li bilan quriladigan oilaga o‘hshab ketadi, lekin bizda zurriyod qoldirish, birga yashash talab etiladi. Shuning uchun yigit va qiz bir-birlarini sevmagan bo‘lsalar- da, nikoh o‘qilayotganda ularning rizochiliklari so‘raladi, javob ijobiy bo‘lgach, ular chimildiqqa kiritiladi. Godvin tipidagi nikohlar ko‘pincha O‘zbekistonda keksalar o‘rtasida rsmiylashtiriladi. Masalan, kampiridan uning qazosi tufayli juda bo‘lgan otaxon o‘zaro kelishuv natijasida o‘zga bir beva ayolga uylanadi, ular o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro samimiyat, hurmat, qo‘llab-quvvatlov, keksalikni bezashga yo‘naltirilgan. Lekin bu oila o‘zidan zurriyod qoldirish kabi haqiqiy oilaga xos funksiyalarning barchasini bajarmaydi. Bunday oila Islom dini arkonlariga ham mos bo‘lib, bu ikki keksa odamning bir-birlari umrlarini cho‘zishga qaratilgan samimiy munosabatlari majmuidir. Qo‘shxotinlilik ham alternativ nikoh turlaridan biri bo‘lib, bunda bir erkak
Ilmiybaza.uz 
ko‘pincha hufyona o‘z qonuniy nikohidagi ayoldan tashqari yana boshqasi bilan 
shar’iy nikohda yashaydi. Qo‘shxotinlilik ko‘proq Osiyo va Sharq mamlakatlari 
aholisiga xos deb hisoblansa-da, hozirda bunday oilalar hattoki, Rossiyada ham 
kuzatilmoqda. Lekin bunday oila turi qonunan man etilgan. 
Oilaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni 
ar qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o‘sib 
borishi, muayyan an’analar va muqaddas udumlarning saqlanib, avloddan-avlodga 
yetkazilib turilishidan manfaatdor bo‘lgan. Buyuk rus psixologi A.N.Leontev 
avlodlararo muloqotning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatini o‘rganib, ilk 
asarlaridan birida agar shunday muloqot bo‘lmaganida, taraqqiyotning o‘zi ham 
mutloq bo‘lmas edi, deb ta’kidlagan. Bu vazifani bajarishda jamiyatning muhim 
bo‘lagi bo‘lmish oilaning roli kattadir. 
Demak, oila ijtimoiy institut sifatida eng avvalo tug‘ilish orqali aholining 
ma’lum miqdorda muttasil o‘sib borishi, odamlar o‘rtasida migratsiya, ya’ni u 
yerdan bu yerga ko‘chib turish yoki o‘lim okibatida kamayib boradigan miqdorini 
to‘ldirish vazifasini bajaradi. Chunki ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanish uchun 
mehnat resurslari va ishchi kuchining yangilanib borishidan jamiyat ham, odamlar 
ham manfaatdordir. 
Bundan tashqari, har bir jamiyatning betakror qadriyatlari, o‘lmas merosi, 
avloddan avlodga o‘tib boradigan an’analari bo‘ladi. Fuqarolik holatlari, madaniy 
o‘sish, 
ma’naviy 
yuksalishga 
xizmat 
qiluvchi 
qadriyatlarning 
saqlanib 
kelayotganligi ham oila tufaylidir. Masalan, shunday oilalar sulolasi borki, ular 
asrlar osha u yoki bu muqaddas qadriyatlarni kasb-kori, turmush tarzi orqali saqlab 
keladi (rassomchilik, san’atshunoslik, hunarmandchilik, gulchilik, kulolchilik, ilmiy 
meroslar, agrar sohada va h-zo). 
Umuman odamlar jamiyatining saqlanib qolishida ham oila ayrim alohida 
olingan shaxs bilan yaxlit jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos “bufer” – ko‘prik rolini 
o‘ynab kelmoqda. Zero, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab, avloddan-
avlodga yetkazishda davlat va jamiyatdagi ta’lim muassasalari, madaniyat 
o‘choqlarining ham muayyan roli bor, lekin ularda o‘zgarishlar tez-tez ro‘y bergani 
H 
Ilmiybaza.uz ko‘pincha hufyona o‘z qonuniy nikohidagi ayoldan tashqari yana boshqasi bilan shar’iy nikohda yashaydi. Qo‘shxotinlilik ko‘proq Osiyo va Sharq mamlakatlari aholisiga xos deb hisoblansa-da, hozirda bunday oilalar hattoki, Rossiyada ham kuzatilmoqda. Lekin bunday oila turi qonunan man etilgan. Oilaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni ar qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o‘sib borishi, muayyan an’analar va muqaddas udumlarning saqlanib, avloddan-avlodga yetkazilib turilishidan manfaatdor bo‘lgan. Buyuk rus psixologi A.N.Leontev avlodlararo muloqotning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatini o‘rganib, ilk asarlaridan birida agar shunday muloqot bo‘lmaganida, taraqqiyotning o‘zi ham mutloq bo‘lmas edi, deb ta’kidlagan. Bu vazifani bajarishda jamiyatning muhim bo‘lagi bo‘lmish oilaning roli kattadir. Demak, oila ijtimoiy institut sifatida eng avvalo tug‘ilish orqali aholining ma’lum miqdorda muttasil o‘sib borishi, odamlar o‘rtasida migratsiya, ya’ni u yerdan bu yerga ko‘chib turish yoki o‘lim okibatida kamayib boradigan miqdorini to‘ldirish vazifasini bajaradi. Chunki ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanish uchun mehnat resurslari va ishchi kuchining yangilanib borishidan jamiyat ham, odamlar ham manfaatdordir. Bundan tashqari, har bir jamiyatning betakror qadriyatlari, o‘lmas merosi, avloddan avlodga o‘tib boradigan an’analari bo‘ladi. Fuqarolik holatlari, madaniy o‘sish, ma’naviy yuksalishga xizmat qiluvchi qadriyatlarning saqlanib kelayotganligi ham oila tufaylidir. Masalan, shunday oilalar sulolasi borki, ular asrlar osha u yoki bu muqaddas qadriyatlarni kasb-kori, turmush tarzi orqali saqlab keladi (rassomchilik, san’atshunoslik, hunarmandchilik, gulchilik, kulolchilik, ilmiy meroslar, agrar sohada va h-zo). Umuman odamlar jamiyatining saqlanib qolishida ham oila ayrim alohida olingan shaxs bilan yaxlit jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos “bufer” – ko‘prik rolini o‘ynab kelmoqda. Zero, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab, avloddan- avlodga yetkazishda davlat va jamiyatdagi ta’lim muassasalari, madaniyat o‘choqlarining ham muayyan roli bor, lekin ularda o‘zgarishlar tez-tez ro‘y bergani H
Ilmiybaza.uz 
sababli, ularning avlodlararo muqaddas sanalib kelinayotgan qadriyatlarni asrab-
avaylashdagi roli oilachalik yuqori bo‘lolmaydi. Shuning uchun davlat oilaning 
mustahkam va farovonligi, odamlarning unda tinchlik, xotirjamlikda yashashlaridan 
hamisha manfaatdor ekanligi sababli ham muayyan qonunlar va yuridik tizimni 
ushlab turadiki, ular orqali nafaqat nikohning o‘zi, balki ota-ona va farzandlar 
o‘rtasidagi munosabatlarni ham muvofiqlashtirib boradi. O‘zbekistonda yosh 
oilalarga ko‘rsatilayotgan muruvvatlar, bola tug‘ilishi va katta bo‘lishi uchun 
suyunchi puli, nafaqalarning belgilanishi, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza 
qilinayotganligi, ota yoki ona farzand oldida o‘z burchini bajarmagan taqdirda 
moddiy, ma’naviy, hatto, jinoiy sanksiyalar orqali jazolanishi ushbu noyob 
maskanni mustahkamlash, u orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keyingi 
avlodlar uchun saqlash vazifasini bardavom etishdan iboratdir. Tahlil etiladigan 
bo‘lsa, odamlar o‘rtasida ro‘y beradigan ko‘plab munosabatlar orasida faqat oilaviy 
munosabatlargina davlat tomonidan shunchalik ardoqlanadi, masalan, sevgi-
muhabbat, do‘st-yoronlik, odamlar urtasidagi oldi-sotti, tadbirkorlik. mehnat 
munosabatlariga davlat deyarli aralashmaydi. 
Demak, oilaning jamiyat oldidagi vazifalari deganda, uning avvalo oila 
a’zolarining muayyan ehtiyojlarini qondirish hamda shu orqali davlat va jamiyatning 
ehtiyoj va manfaatlariga xizmat qilish qobiliyati tushuniladi. Masalan, ota ishlab 
chikarish korxonasida ertadan kechgacha mehnat qilar ekan, bu bilan u nafaqat 
o‘zining yeb-ichish, dam olish, turli xaridlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan 
ehtiyojini qondiradi, balki oila a’zolarini, birinchi navbatda farzandlari, uy bekasi 
bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ining ehtiyojlarini, qolaversa, u yoki bu korxonadagi 
rentabellikning oshishi, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishiga, shu orqali o‘z 
Vatanida ushbu sohaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. 
2. Oilaning ijtimoiy funksiyalari  
ila psixologiyasiga oid ilmiy adabiyotlarda oilaning quyidagi funksiyalari – 
jamiyat oldidagi vazifalari farqlanadi:  
Oilaning hissiy-emotsional funksiyasi – bu uning o‘z a’zolari o‘rtasida 
muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o‘rtasida mehr-oqibat, o‘zaro 
O 
Ilmiybaza.uz sababli, ularning avlodlararo muqaddas sanalib kelinayotgan qadriyatlarni asrab- avaylashdagi roli oilachalik yuqori bo‘lolmaydi. Shuning uchun davlat oilaning mustahkam va farovonligi, odamlarning unda tinchlik, xotirjamlikda yashashlaridan hamisha manfaatdor ekanligi sababli ham muayyan qonunlar va yuridik tizimni ushlab turadiki, ular orqali nafaqat nikohning o‘zi, balki ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni ham muvofiqlashtirib boradi. O‘zbekistonda yosh oilalarga ko‘rsatilayotgan muruvvatlar, bola tug‘ilishi va katta bo‘lishi uchun suyunchi puli, nafaqalarning belgilanishi, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza qilinayotganligi, ota yoki ona farzand oldida o‘z burchini bajarmagan taqdirda moddiy, ma’naviy, hatto, jinoiy sanksiyalar orqali jazolanishi ushbu noyob maskanni mustahkamlash, u orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keyingi avlodlar uchun saqlash vazifasini bardavom etishdan iboratdir. Tahlil etiladigan bo‘lsa, odamlar o‘rtasida ro‘y beradigan ko‘plab munosabatlar orasida faqat oilaviy munosabatlargina davlat tomonidan shunchalik ardoqlanadi, masalan, sevgi- muhabbat, do‘st-yoronlik, odamlar urtasidagi oldi-sotti, tadbirkorlik. mehnat munosabatlariga davlat deyarli aralashmaydi. Demak, oilaning jamiyat oldidagi vazifalari deganda, uning avvalo oila a’zolarining muayyan ehtiyojlarini qondirish hamda shu orqali davlat va jamiyatning ehtiyoj va manfaatlariga xizmat qilish qobiliyati tushuniladi. Masalan, ota ishlab chikarish korxonasida ertadan kechgacha mehnat qilar ekan, bu bilan u nafaqat o‘zining yeb-ichish, dam olish, turli xaridlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan ehtiyojini qondiradi, balki oila a’zolarini, birinchi navbatda farzandlari, uy bekasi bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ining ehtiyojlarini, qolaversa, u yoki bu korxonadagi rentabellikning oshishi, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishiga, shu orqali o‘z Vatanida ushbu sohaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. 2. Oilaning ijtimoiy funksiyalari ila psixologiyasiga oid ilmiy adabiyotlarda oilaning quyidagi funksiyalari – jamiyat oldidagi vazifalari farqlanadi: Oilaning hissiy-emotsional funksiyasi – bu uning o‘z a’zolari o‘rtasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o‘rtasida mehr-oqibat, o‘zaro O
Ilmiybaza.uz 
g‘amxo‘rlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini 
namoyon etishidir. Bu oila uchun juda muhim bo‘lib, insonning ruhiy salomatligi 
aynan shu vazifani qanday bajarayotganligiga bog‘liqdir. Oilaning ma’naviy-
psixologik muhiti sog‘lom deganda, aslida ana shu a’zolar o‘rtasidagi iliqlik, 
samimiyat, o‘zaro bag‘rikenglikning mavjudligi, mehr-oqibat kabi insoniy 
hissiyotlarning ijobiyligi tushuniladi. 
Jismoniy quvvatni ta’minlash funksiyasi – oila a’zolarining jismonan sog‘, 
tetik va o‘zini yaxshi his qilishlarini ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan sharoitlarni 
nazarda tutadi, masalan, har birimiz oilada boshpanamizga egamiz, bundan tashqari, 
mana shu o‘z hududimizda, ya’ni, xonadonimizda dam olish, yaxshi sifatli, to‘yimli 
taomlardan bahramand bo‘lish, ijod qilish va o‘qishimiz uchun zarur, qulay 
imkoniyatlarga ega bo‘lishimiz shart. Zero, agar shulardan birortasi ta’minlanmagan 
bo‘lsa, bunday oila o‘zini baxtli deb hisoblay olmaydi va qator noqulayliklarni his 
qiladi. Masalan, uysiz, boshpanasiz qolgan odamlarning nafaqat ruhiy, balki 
jismoniy azoblarga duchor bo‘lganliklarini tasdiqlovchi psixologik tadqiqotlar 
mavjud. 
Ma’naviy muloqotni ta’minlash funksiyasi – odamning o‘z nasl-nasabi, 
ma’naviy-madaniy an’analari bo‘lishiga intilishidan kelib chiqadi, har bir shaxs 
o‘zini kimning avlodi, qanday an’analarning vorisi ekanligidan cheksiz faxrlanadi, 
u qanday oila bo‘lishidan qat’iy nazar, albatta, o‘z a’zolarini muayyan yaxshi urf-
odatlar, muomala maromlari doirasida birlashtirishga qodir bo‘lgandagina 
mustahkam va baxtiyor bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan farzand teta-poya qilib yura 
boshlagan onlardanoq oilaning kattalari uni erkalatishlar orqali shirin muomalaga 
o‘rgatadi, kattalarga xurmat, kichiklarka g‘amxo‘rlik, izzat tushunchalari xam oilada 
tarbiyalanadi. Shu funksiyani ado eta olmagan oilada hamisha ko‘ngilxiraliklar, 
janjal, ziddiyatlar bo‘lishi ehtimoli kattadir.  
Jinsiy-hirsiy muloqot funksiyasi – er va xotin o‘rtasidagi ikkalasigagina 
taalluqli bo‘lgan seksual ehtiyojlarni qondirish, shu orqali avlodlar bardavomligini 
ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu funksiyaning bajarilishi er-xotin munosabatlariga 
bevosita ta’sir qiladi, ularning bir-birlariga vafo-sadoqatda bo‘lishlarini, 
Ilmiybaza.uz g‘amxo‘rlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir. Bu oila uchun juda muhim bo‘lib, insonning ruhiy salomatligi aynan shu vazifani qanday bajarayotganligiga bog‘liqdir. Oilaning ma’naviy- psixologik muhiti sog‘lom deganda, aslida ana shu a’zolar o‘rtasidagi iliqlik, samimiyat, o‘zaro bag‘rikenglikning mavjudligi, mehr-oqibat kabi insoniy hissiyotlarning ijobiyligi tushuniladi. Jismoniy quvvatni ta’minlash funksiyasi – oila a’zolarining jismonan sog‘, tetik va o‘zini yaxshi his qilishlarini ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan sharoitlarni nazarda tutadi, masalan, har birimiz oilada boshpanamizga egamiz, bundan tashqari, mana shu o‘z hududimizda, ya’ni, xonadonimizda dam olish, yaxshi sifatli, to‘yimli taomlardan bahramand bo‘lish, ijod qilish va o‘qishimiz uchun zarur, qulay imkoniyatlarga ega bo‘lishimiz shart. Zero, agar shulardan birortasi ta’minlanmagan bo‘lsa, bunday oila o‘zini baxtli deb hisoblay olmaydi va qator noqulayliklarni his qiladi. Masalan, uysiz, boshpanasiz qolgan odamlarning nafaqat ruhiy, balki jismoniy azoblarga duchor bo‘lganliklarini tasdiqlovchi psixologik tadqiqotlar mavjud. Ma’naviy muloqotni ta’minlash funksiyasi – odamning o‘z nasl-nasabi, ma’naviy-madaniy an’analari bo‘lishiga intilishidan kelib chiqadi, har bir shaxs o‘zini kimning avlodi, qanday an’analarning vorisi ekanligidan cheksiz faxrlanadi, u qanday oila bo‘lishidan qat’iy nazar, albatta, o‘z a’zolarini muayyan yaxshi urf- odatlar, muomala maromlari doirasida birlashtirishga qodir bo‘lgandagina mustahkam va baxtiyor bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan farzand teta-poya qilib yura boshlagan onlardanoq oilaning kattalari uni erkalatishlar orqali shirin muomalaga o‘rgatadi, kattalarga xurmat, kichiklarka g‘amxo‘rlik, izzat tushunchalari xam oilada tarbiyalanadi. Shu funksiyani ado eta olmagan oilada hamisha ko‘ngilxiraliklar, janjal, ziddiyatlar bo‘lishi ehtimoli kattadir. Jinsiy-hirsiy muloqot funksiyasi – er va xotin o‘rtasidagi ikkalasigagina taalluqli bo‘lgan seksual ehtiyojlarni qondirish, shu orqali avlodlar bardavomligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu funksiyaning bajarilishi er-xotin munosabatlariga bevosita ta’sir qiladi, ularning bir-birlariga vafo-sadoqatda bo‘lishlarini,
Ilmiybaza.uz 
salomatliklari va to‘g‘ri turmush tarzini barqaror etishlariga xizmat qiladi. 
Baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish funksiyasi ham o‘ta muhim 
bo‘lib, aynan oila har bir a’zosining muammolarini yechish, uni tashqi turli 
ta’sirotlardan himoyalash, kerak bo‘lsa, unda himoya immunitetini shakllantirishga 
yordam beradi. O‘zbeklarda “O‘z uyim – o‘lan to‘shagim” degan ibora bor, har kim 
o‘z uyida chinakam xotirjam bo‘lishi mumkin. Uzoq safarlarda, yuksak servis 
mavjud mehmonxonalarda dam olib kelgach, o‘z uyida, oyog‘ini uzatib, “shukur” 
deyishi uning eng katta baxtidir. Shu nuqtai nazardan farzandlarning ham sog‘-omon 
katta bo‘lishi, ular ongini turli tashqi ta’sirotlardan, yot g‘oyalardan himoya qilishda 
ham oilaning roli benazirdir. Oila tinch va xavfsiz bo‘lsa, demak, jamiyat ham, 
davlat ham tinch va undagi osoyishtalik barqaror bo‘ladi. 
Reproduktiv funksiya – bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga 
aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘lish, 
davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishiga ham xizmat 
qiladi. Ayniqsa, o‘zbeklarda nikohning dastlabki onlaridanoq, “uvali-juvali 
bo‘linglar, qo‘sha qaringlar” deb duo qilinadi va kelinchakning homilador bo‘lishi 
intiqlik bilan kutiladi. Chunki aynan shu omil yosh oilaning mustahkamligida katta 
ahamiyatga molik bo‘ladi. “Farzandli oila” tushunchasi oila psixologiyasida ham, 
oila sotsiologiyasida ham muhim bo‘lib, u oilada turmush tarzining deyarli barcha 
jabhalaridagi ko‘rsatkichlarning mezonidir. Chunonchi, o‘zbeklarda “Bolali uy – 
bozor, bolasiz uy – mozor” degan naklning ma’nosi ham farzand tug‘ilgan uyga 
farishtalar yog‘iladi, yaxshilik va xursandchiliklar, to‘ylar uchun yo‘l ochiladi, 
demakdir. 
Oila sotsiologiyasi va demografiyasida oiladagi farzandlar soniga ko‘ra 
guruhlarga bo‘linadi. Masalan, ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan “kam sonli oila” 
– bu 1-2 nafar bola bor oiladir. Bu raqam umuman demografik jihatdan baholansa, 
aholining o‘sishi va tabiiy yo‘qotishlarning urnini qoplash uchun kamdir. Sotsiolog 
A.Antonovning fikricha (2005), jamiyatda aholi balansini saqlash uchun o‘rtacha 
farzandlar soni 2,5 nafardan kam bo‘lmasligi lozim. Yoki jami oilalarning to‘rtdan 
biri ikkita, uchdan biri uchta, 14 % – befarzand yoki yolg‘iz, 7 %i ko‘p bolali, ya’ni 
Ilmiybaza.uz salomatliklari va to‘g‘ri turmush tarzini barqaror etishlariga xizmat qiladi. Baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish funksiyasi ham o‘ta muhim bo‘lib, aynan oila har bir a’zosining muammolarini yechish, uni tashqi turli ta’sirotlardan himoyalash, kerak bo‘lsa, unda himoya immunitetini shakllantirishga yordam beradi. O‘zbeklarda “O‘z uyim – o‘lan to‘shagim” degan ibora bor, har kim o‘z uyida chinakam xotirjam bo‘lishi mumkin. Uzoq safarlarda, yuksak servis mavjud mehmonxonalarda dam olib kelgach, o‘z uyida, oyog‘ini uzatib, “shukur” deyishi uning eng katta baxtidir. Shu nuqtai nazardan farzandlarning ham sog‘-omon katta bo‘lishi, ular ongini turli tashqi ta’sirotlardan, yot g‘oyalardan himoya qilishda ham oilaning roli benazirdir. Oila tinch va xavfsiz bo‘lsa, demak, jamiyat ham, davlat ham tinch va undagi osoyishtalik barqaror bo‘ladi. Reproduktiv funksiya – bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘lish, davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishiga ham xizmat qiladi. Ayniqsa, o‘zbeklarda nikohning dastlabki onlaridanoq, “uvali-juvali bo‘linglar, qo‘sha qaringlar” deb duo qilinadi va kelinchakning homilador bo‘lishi intiqlik bilan kutiladi. Chunki aynan shu omil yosh oilaning mustahkamligida katta ahamiyatga molik bo‘ladi. “Farzandli oila” tushunchasi oila psixologiyasida ham, oila sotsiologiyasida ham muhim bo‘lib, u oilada turmush tarzining deyarli barcha jabhalaridagi ko‘rsatkichlarning mezonidir. Chunonchi, o‘zbeklarda “Bolali uy – bozor, bolasiz uy – mozor” degan naklning ma’nosi ham farzand tug‘ilgan uyga farishtalar yog‘iladi, yaxshilik va xursandchiliklar, to‘ylar uchun yo‘l ochiladi, demakdir. Oila sotsiologiyasi va demografiyasida oiladagi farzandlar soniga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi. Masalan, ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan “kam sonli oila” – bu 1-2 nafar bola bor oiladir. Bu raqam umuman demografik jihatdan baholansa, aholining o‘sishi va tabiiy yo‘qotishlarning urnini qoplash uchun kamdir. Sotsiolog A.Antonovning fikricha (2005), jamiyatda aholi balansini saqlash uchun o‘rtacha farzandlar soni 2,5 nafardan kam bo‘lmasligi lozim. Yoki jami oilalarning to‘rtdan biri ikkita, uchdan biri uchta, 14 % – befarzand yoki yolg‘iz, 7 %i ko‘p bolali, ya’ni
Ilmiybaza.uz 
beshtagacha bolasi bor oilalardan iborat bo‘lsa, avlodlar vorisligi ta’minlanadi. 
Lekin Rossiya misolida bu masalaga e’tibor beriladigan bo‘lsa, aholining 
reproduktiv o‘sishida jiddiy pastlashish kuzatilmoqda. U yerda jami oilalar nisbatida 
kam bolalilar, ya’ni, 1ta yoki 2ta bolaga ega bo‘lgan oilalar soni keskin oshib, bugun 
ularning ulushi 95 %ni tashkil etmoqda. Xalqaro YuNISEF tashkilotining 2004 yili 
e’lon qilgan monitoringi natijalariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlarida ham Markaziy 
Osiyo davlatlarida ham tug‘ilishning kamayishi holatlari kuzatilmoqda (1.1-jadval). 
1.1-jadval. 
Ayrim mamlakatlarda tug‘ilish koeffitsentlarining o‘zgarishi  
(1000 nafar aholi soniga nisbatan tirik tug‘ilgan bolalar soni) 
 
№ 
Mamlakatlar nomi 
1989 yil 
ko‘rsatkichi 
2002 yil 
ko‘rsatkichi 
1 
Rossiya 
14,7 
9,7 
2 
Qozog‘iston 
23,4 
15,3 
3 
Qirg‘iziston 
30,5 
20,3 
4 
Tojikiston 
38,8 
27,2 
5 
Turkmaniston 
34,8 
22,0 
6 
O‘zbekiston 
33,3 
21,11 
 
Rossiyada ko‘p farzandli oilalar ulushi 1%ni ham tashkil etmagani holda, 
o‘rtacha miqdorda bolalarga ega oilalar soni 5% gachani tashkil etadi. Shuni 
ta’kidlash joizki, bizda ham ko‘p farzandli oilalar soni yil sayin kamayib bormoqda. 
Tarbiya va nazorat funksiyasi – ota-onalarni zurriyodlarini qobil va aqlli, 
imon-e’tiqodli, sog‘-salomat voyaga yetishini ta’minlashlariga bog‘liq. Chunki, oila 
– nafaqat er va xotinni, ularning maqomlaridan kelib chiqib tarbiyalaydi, balki yosh 
avlodni ham oilasi, ota-onasiga munosib insonlar bo‘lib yetishishlari, jamiyatga 
foydasi tegishi uchun qayg‘uradi. O‘zbek oilasida avlodlardan meros bo‘lib qolgan 
                                        
 
Ilmiybaza.uz beshtagacha bolasi bor oilalardan iborat bo‘lsa, avlodlar vorisligi ta’minlanadi. Lekin Rossiya misolida bu masalaga e’tibor beriladigan bo‘lsa, aholining reproduktiv o‘sishida jiddiy pastlashish kuzatilmoqda. U yerda jami oilalar nisbatida kam bolalilar, ya’ni, 1ta yoki 2ta bolaga ega bo‘lgan oilalar soni keskin oshib, bugun ularning ulushi 95 %ni tashkil etmoqda. Xalqaro YuNISEF tashkilotining 2004 yili e’lon qilgan monitoringi natijalariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlarida ham Markaziy Osiyo davlatlarida ham tug‘ilishning kamayishi holatlari kuzatilmoqda (1.1-jadval). 1.1-jadval. Ayrim mamlakatlarda tug‘ilish koeffitsentlarining o‘zgarishi (1000 nafar aholi soniga nisbatan tirik tug‘ilgan bolalar soni) № Mamlakatlar nomi 1989 yil ko‘rsatkichi 2002 yil ko‘rsatkichi 1 Rossiya 14,7 9,7 2 Qozog‘iston 23,4 15,3 3 Qirg‘iziston 30,5 20,3 4 Tojikiston 38,8 27,2 5 Turkmaniston 34,8 22,0 6 O‘zbekiston 33,3 21,11 Rossiyada ko‘p farzandli oilalar ulushi 1%ni ham tashkil etmagani holda, o‘rtacha miqdorda bolalarga ega oilalar soni 5% gachani tashkil etadi. Shuni ta’kidlash joizki, bizda ham ko‘p farzandli oilalar soni yil sayin kamayib bormoqda. Tarbiya va nazorat funksiyasi – ota-onalarni zurriyodlarini qobil va aqlli, imon-e’tiqodli, sog‘-salomat voyaga yetishini ta’minlashlariga bog‘liq. Chunki, oila – nafaqat er va xotinni, ularning maqomlaridan kelib chiqib tarbiyalaydi, balki yosh avlodni ham oilasi, ota-onasiga munosib insonlar bo‘lib yetishishlari, jamiyatga foydasi tegishi uchun qayg‘uradi. O‘zbek oilasida avlodlardan meros bo‘lib qolgan
Ilmiybaza.uz 
tarbiya mezonlari va an’analari mavjudki, ularning hayotiyligi va bardavomligi bois 
jamiyatda qadr topgan barchasida yosh avlod tarbiyasi masalasi yetakchi 
hisoblangan udumlar va urf-odatlar hamon saqlanmoqda. 
Xususiy mulkka ega bo‘lish va avlodga meros qilib qoldirish vazifasi ham 
muhim bo‘lib, u har bir oilaning o‘z jamg‘armasi bo‘lishini taqazo etadi, shuning 
uchun ham “Er-xotin – qo‘sh ho‘kiz” bo‘lib, tinmay mehnat qiladi, orttirganiga to‘y 
va oilaviy tadbirlar o‘tkazadi, uy-joy, tomorqalarni farzandlariga meros sifatida 
qoldiradi. Bu ham oila mustahkamligiga, ota-onalarning obro‘-martabasiga xizmat 
qiladi. 
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi hamda 
hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan oilaviy biznes, xotin-qizlar kichik va 
o‘rta biznesini rivojlantirish, ayollar tadbirkorligi uchun banklardan imtiyozli 
kreditlar berish siyosati izchil amalga oshirilishi tufayli ayollarning oila budjetiga 
qo‘shayotgan hissasi ham ortib bormoqda. Buning natijasida farzandlarda ham 
tadbirkorlik xislatlari o‘sishiga real imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘tkazilgan 
tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, onasi tadbirkor bo‘lgan qizlarda ilk yoshlikdanoq 
boshqaruv va liderlik sifatlari, tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllanib borar ekan 
(V.M.Karimova, 2003). 
Yuqorida ta’kidlangan vazifalar ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning xarakteriga ko‘ra 
o‘zgarishi, biri dolzarb, biri esa kamroq ahamiyatli bo‘lib qolishi mumkin. Lekin har 
bir oila a’zosining shu vazifalarga psixologik jihatdan tayyorligi – ularning inson 
sifatida o‘zini baxtli his qilishini, oilasining mustahkam bo‘lishi, farzandlarining 
komil bo‘lib yetishishlarini ta’minlaydi. 
 
3. Oilaning hayotiy tarzi va ziddiyatlari 
Oilaning hayotiy tarzi uning hayotiy sikli, tutimi bilan bog‘liq. Ayrim 
olimlar, masalan, V.Satir zamonaviy oilaning bola tarbiyasi va uning manfaatlariga 
bog‘liq ekanligidan kelib chiqib, bu maskandagi hayot maromi va tutimini bola 
rivojlanishining bosqichlari bilan bog‘laydi. Shunga ko‘ra, quyidagi bosqichlar 
farqlanadi: 
Ilmiybaza.uz tarbiya mezonlari va an’analari mavjudki, ularning hayotiyligi va bardavomligi bois jamiyatda qadr topgan barchasida yosh avlod tarbiyasi masalasi yetakchi hisoblangan udumlar va urf-odatlar hamon saqlanmoqda. Xususiy mulkka ega bo‘lish va avlodga meros qilib qoldirish vazifasi ham muhim bo‘lib, u har bir oilaning o‘z jamg‘armasi bo‘lishini taqazo etadi, shuning uchun ham “Er-xotin – qo‘sh ho‘kiz” bo‘lib, tinmay mehnat qiladi, orttirganiga to‘y va oilaviy tadbirlar o‘tkazadi, uy-joy, tomorqalarni farzandlariga meros sifatida qoldiradi. Bu ham oila mustahkamligiga, ota-onalarning obro‘-martabasiga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi hamda hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan oilaviy biznes, xotin-qizlar kichik va o‘rta biznesini rivojlantirish, ayollar tadbirkorligi uchun banklardan imtiyozli kreditlar berish siyosati izchil amalga oshirilishi tufayli ayollarning oila budjetiga qo‘shayotgan hissasi ham ortib bormoqda. Buning natijasida farzandlarda ham tadbirkorlik xislatlari o‘sishiga real imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, onasi tadbirkor bo‘lgan qizlarda ilk yoshlikdanoq boshqaruv va liderlik sifatlari, tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllanib borar ekan (V.M.Karimova, 2003). Yuqorida ta’kidlangan vazifalar ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning xarakteriga ko‘ra o‘zgarishi, biri dolzarb, biri esa kamroq ahamiyatli bo‘lib qolishi mumkin. Lekin har bir oila a’zosining shu vazifalarga psixologik jihatdan tayyorligi – ularning inson sifatida o‘zini baxtli his qilishini, oilasining mustahkam bo‘lishi, farzandlarining komil bo‘lib yetishishlarini ta’minlaydi. 3. Oilaning hayotiy tarzi va ziddiyatlari Oilaning hayotiy tarzi uning hayotiy sikli, tutimi bilan bog‘liq. Ayrim olimlar, masalan, V.Satir zamonaviy oilaning bola tarbiyasi va uning manfaatlariga bog‘liq ekanligidan kelib chiqib, bu maskandagi hayot maromi va tutimini bola rivojlanishining bosqichlari bilan bog‘laydi. Shunga ko‘ra, quyidagi bosqichlar farqlanadi:
Ilmiybaza.uz 
 
1-bosqich. Aksariyat olimlar oiladagi hayot sikli ikki yoshning uzoq 
muddatga ahdu-paymon qilib nikohga kirishga qaror qilgan onlaridanoq 
boshlanishini ta’kidlaydilar. Boshqa mualliflarning fikricha, oilaning boshlang‘ich 
nuqtasi ikki shaxs rasman nikohga kirgan vaqt, ko‘pchilikning guvohligida 
o‘tkazilgan tantanalar bilan izohlanadi. 
 
2-bosqich. Ikki yoshning intim qovushishi oqibatida zurriyodning paydo 
bo‘lishi. Satirning fikricha, zurriyodning paydo bo‘lishi, tug‘ilishi er va xotinning 
asl munosabatlarini sinovdan o‘tkazadi va ular o‘ziga xos yangicha munosabatlar 
davrini boshdan kechira boshlaydilar. Bu davrga asosiy mazmun va ma’no beruvchi 
voqea – bu er va xotinga yangi rollarning berilishi, anchagina katta ijtimoiy 
mas’uliyatni o‘ziga qamrab olgan ota-onalik rollarining boshlanishidir. Ko‘plab 
xalqlarda, ayniqsa, o‘zbeklarda bolaning dunyoga kelishi juda katta quvonchli 
marosimlar bilan boshlanib, ular qadriyat sifatida asrlar osha saqlab kelinmoqda. 
Masalan, bola tug‘ilishi bilan bog‘liq suyunchi marosimlari, aqiqa, beshik soldi, 
sunnat va beshik to‘ylari kabilar shular jumlasidandir. Shunga qaramay, ayrim 
xalqlarda, masalan, yevropa xalqlarida oilada farzandning tug‘ilishi muayyan 
tashvishlar, ruhiy tarangliklar, ayniqsa, ona boshidan kechiradigan emotsional 
hayajonlar, yaqinlariga ijtimoiy va moliyaviy tashvishlarni keltirib chiqaradiki, bu 
ham ba’zan oilaviy munosabatlardagi tarangliklarda aks etadi. Oila va farzand 
oldidagi bunday mas’uliyatlar ayrim hollarda er-xotin munosabatlarining darz 
ketishiga, 
ba’zan 
ajrimlarga, 
bizning 
sharoitimizda 
quda-andachilik 
munosabatlaridagi kelishmovchiliklarga ham sabab bo‘ladi. 
 
3-bosqich. Bola oiladan tashqaridagi ijtimoiy institutlar – maktabgacha ta’lim 
muassasalari, ayniqsa, uzluksiz ta’limning boshlang‘ich o‘chog‘i hisoblangan 
maktabga bora boshlaydi. Maktab shunday maskanki, u yerda har bir bolaning qay 
darajada va qanday ijtimoiylashgani sinovdan o‘tadi. Chunki u endi nafaqat o‘zi 
tengqur bolalar bilan, balki kattalar, begonalar, ko‘chadagi turli toifali insonlar bilan 
muomalaga kirisha boshlaydi. Bu muomala jarayonida uning qanchalik hayotga 
tayyorligi, oilasida qanday ahloqiy va ma’naviy o‘gitlarni olganligi, kimning bolasi 
ekanligi, oilaviy muhiti qandayligi bilina boshlaydi. Eng muhimi – maktabga 
Ilmiybaza.uz  1-bosqich. Aksariyat olimlar oiladagi hayot sikli ikki yoshning uzoq muddatga ahdu-paymon qilib nikohga kirishga qaror qilgan onlaridanoq boshlanishini ta’kidlaydilar. Boshqa mualliflarning fikricha, oilaning boshlang‘ich nuqtasi ikki shaxs rasman nikohga kirgan vaqt, ko‘pchilikning guvohligida o‘tkazilgan tantanalar bilan izohlanadi.  2-bosqich. Ikki yoshning intim qovushishi oqibatida zurriyodning paydo bo‘lishi. Satirning fikricha, zurriyodning paydo bo‘lishi, tug‘ilishi er va xotinning asl munosabatlarini sinovdan o‘tkazadi va ular o‘ziga xos yangicha munosabatlar davrini boshdan kechira boshlaydilar. Bu davrga asosiy mazmun va ma’no beruvchi voqea – bu er va xotinga yangi rollarning berilishi, anchagina katta ijtimoiy mas’uliyatni o‘ziga qamrab olgan ota-onalik rollarining boshlanishidir. Ko‘plab xalqlarda, ayniqsa, o‘zbeklarda bolaning dunyoga kelishi juda katta quvonchli marosimlar bilan boshlanib, ular qadriyat sifatida asrlar osha saqlab kelinmoqda. Masalan, bola tug‘ilishi bilan bog‘liq suyunchi marosimlari, aqiqa, beshik soldi, sunnat va beshik to‘ylari kabilar shular jumlasidandir. Shunga qaramay, ayrim xalqlarda, masalan, yevropa xalqlarida oilada farzandning tug‘ilishi muayyan tashvishlar, ruhiy tarangliklar, ayniqsa, ona boshidan kechiradigan emotsional hayajonlar, yaqinlariga ijtimoiy va moliyaviy tashvishlarni keltirib chiqaradiki, bu ham ba’zan oilaviy munosabatlardagi tarangliklarda aks etadi. Oila va farzand oldidagi bunday mas’uliyatlar ayrim hollarda er-xotin munosabatlarining darz ketishiga, ba’zan ajrimlarga, bizning sharoitimizda quda-andachilik munosabatlaridagi kelishmovchiliklarga ham sabab bo‘ladi.  3-bosqich. Bola oiladan tashqaridagi ijtimoiy institutlar – maktabgacha ta’lim muassasalari, ayniqsa, uzluksiz ta’limning boshlang‘ich o‘chog‘i hisoblangan maktabga bora boshlaydi. Maktab shunday maskanki, u yerda har bir bolaning qay darajada va qanday ijtimoiylashgani sinovdan o‘tadi. Chunki u endi nafaqat o‘zi tengqur bolalar bilan, balki kattalar, begonalar, ko‘chadagi turli toifali insonlar bilan muomalaga kirisha boshlaydi. Bu muomala jarayonida uning qanchalik hayotga tayyorligi, oilasida qanday ahloqiy va ma’naviy o‘gitlarni olganligi, kimning bolasi ekanligi, oilaviy muhiti qandayligi bilina boshlaydi. Eng muhimi – maktabga
Ilmiybaza.uz 
kelgach, bolaning aqliy va intellektual salohiyati, intizomi tekshiruvdan o‘tadi. 
Ya’ni, bolasini maktabga berar ekanlar, ota-onalar ham jamoatchilik oldida o‘ziga 
xos sinov va tekshiruvdan o‘tayotganday his qiladilar o‘zlarini. Yaxshi yoki yomon 
ota-onalik rollari maktab yillarining dastlabki oy va yillarida bilingani sababli, 
ko‘pgina ota-onalar ayni shu davrlarda kuchli stressni boshidan kechiradilar. 
 
4-bosqich. Bola o‘smirlik davriga qadam bosganda, u ota-onasidan 
mustaqillikni, hadeb ta’qib qilavermaslikni da’vo qila boshlaydi. Ota-onaning 
farzand oldidagi obro‘si, kerakligi darajasi pastlay boshlaydi. Bu davrga kelib ota 
ham, ona ham o‘zining farzandiga nisbatan munosabatlarini o‘zgartirishga majbur 
bo‘ladi, chunki bolada yangicha talab va istaklar, yangicha fikrlash, urf-odatlar, 
musiqaga havas, turli xil guruhlar bilan muloqotda bo‘lishga intilishlar paydo 
bo‘ladi. Bu davr ota-onaning bolasida paydo bo‘layotgan o‘zgarishlarga, yoshga oid 
yangiliklarga qanchalik fahm va farosat bilan, sabr-qanoat bilan turib berishlarini 
sinovdan o‘tkazadi. Sinovdan yaxshi o‘tgan ota-onaning bolasi keyingi bosqichga 
eson-omon yaxshilik bilan, ochiq ziddiyatlarsiz o‘tib oladi, aks holda o‘smirlik 
davrining o‘ziga xos ziddiyatlari girdobida ota-ona – bola munosabatlari jiddiy 
yomonlashadi, ayrim bolalar uydan ketib qolish holatlarigacha boradi. 
 
5-bosqich. Bolalar katta bo‘lib, balog‘at yoshiga yetadilar, o‘qishlarni tugatib, 
mustaqil kasb-hunar egallash bosqichiga qadam bosganda, ayrim yoshlar mustaqil 
oilaviy hayot qurishga ham ulguradilar. Shu davrga kelib, “Bola – ota-ona” 
munosabatlari deyarli tugaydi. Ayniqsa, bu holat yevropa xalqlariga mos, balog‘at 
yoshiga yetgach, deyarli barcha hayotiy masalalarni yoshlar o‘zlaricha, o‘z 
bilganlaricha xal qila boshlaydilar. Ota-onalar ularning xato qilib qo‘yishlaridan 
xavotir olmay qo‘yadi. Bizda, Sharq xalqlarida bu holat biroz boshqacha: ota-ona 
farzandi kasb-hunarli bo‘lib, mustaqil professional yo‘ldan ketayotgan bo‘lsa ham, 
ularning kelajagi, oilasi, moliyaviy ahvoli borasida xavotirga tushaveradi, o‘g‘il 
uylanishi, qizlarning turmush chiqishlarida ota-ona va ularning ota-onalari – 
momolar va buvalar bosh-qosh bo‘ladilar. Turmush o‘rtog‘i tanlash masalasi ham 
bizda juda kam holatlarda bo‘yiga yetgan qiz yoki yigit ixtiyoriga havola etiladi. 
Ya’ni, ko‘chadan birdan notanish qizni “Tanishing, bu mening bo‘lg‘usi qallig‘im, 
Ilmiybaza.uz kelgach, bolaning aqliy va intellektual salohiyati, intizomi tekshiruvdan o‘tadi. Ya’ni, bolasini maktabga berar ekanlar, ota-onalar ham jamoatchilik oldida o‘ziga xos sinov va tekshiruvdan o‘tayotganday his qiladilar o‘zlarini. Yaxshi yoki yomon ota-onalik rollari maktab yillarining dastlabki oy va yillarida bilingani sababli, ko‘pgina ota-onalar ayni shu davrlarda kuchli stressni boshidan kechiradilar.  4-bosqich. Bola o‘smirlik davriga qadam bosganda, u ota-onasidan mustaqillikni, hadeb ta’qib qilavermaslikni da’vo qila boshlaydi. Ota-onaning farzand oldidagi obro‘si, kerakligi darajasi pastlay boshlaydi. Bu davrga kelib ota ham, ona ham o‘zining farzandiga nisbatan munosabatlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi, chunki bolada yangicha talab va istaklar, yangicha fikrlash, urf-odatlar, musiqaga havas, turli xil guruhlar bilan muloqotda bo‘lishga intilishlar paydo bo‘ladi. Bu davr ota-onaning bolasida paydo bo‘layotgan o‘zgarishlarga, yoshga oid yangiliklarga qanchalik fahm va farosat bilan, sabr-qanoat bilan turib berishlarini sinovdan o‘tkazadi. Sinovdan yaxshi o‘tgan ota-onaning bolasi keyingi bosqichga eson-omon yaxshilik bilan, ochiq ziddiyatlarsiz o‘tib oladi, aks holda o‘smirlik davrining o‘ziga xos ziddiyatlari girdobida ota-ona – bola munosabatlari jiddiy yomonlashadi, ayrim bolalar uydan ketib qolish holatlarigacha boradi.  5-bosqich. Bolalar katta bo‘lib, balog‘at yoshiga yetadilar, o‘qishlarni tugatib, mustaqil kasb-hunar egallash bosqichiga qadam bosganda, ayrim yoshlar mustaqil oilaviy hayot qurishga ham ulguradilar. Shu davrga kelib, “Bola – ota-ona” munosabatlari deyarli tugaydi. Ayniqsa, bu holat yevropa xalqlariga mos, balog‘at yoshiga yetgach, deyarli barcha hayotiy masalalarni yoshlar o‘zlaricha, o‘z bilganlaricha xal qila boshlaydilar. Ota-onalar ularning xato qilib qo‘yishlaridan xavotir olmay qo‘yadi. Bizda, Sharq xalqlarida bu holat biroz boshqacha: ota-ona farzandi kasb-hunarli bo‘lib, mustaqil professional yo‘ldan ketayotgan bo‘lsa ham, ularning kelajagi, oilasi, moliyaviy ahvoli borasida xavotirga tushaveradi, o‘g‘il uylanishi, qizlarning turmush chiqishlarida ota-ona va ularning ota-onalari – momolar va buvalar bosh-qosh bo‘ladilar. Turmush o‘rtog‘i tanlash masalasi ham bizda juda kam holatlarda bo‘yiga yetgan qiz yoki yigit ixtiyoriga havola etiladi. Ya’ni, ko‘chadan birdan notanish qizni “Tanishing, bu mening bo‘lg‘usi qallig‘im,
Ilmiybaza.uz 
turmush o‘rtog‘im” deyishlar bizda deyarli uchramaydi, chunki bunga bizning asriy 
urf-odatlarimiz, oilaviy tarbiya mezonlarimiz yo‘l qo‘ymaydi. 
Ayrim bo‘linmagan oilalarda o‘g‘il uylangandan keyin ham, qiz farzandli 
bo‘lganda ham ota-onalar ularning g‘amini yeb, hayotda qoqilmasliklari uchun 
harakat qilaveradi. Hattoki, mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida shunday 
odatlar borki, ona ko‘zi yorigan qizining oziq-ovqati, yemishi uchun to‘la o‘zini 
javobgar, deb hisoblaydi. Chunki bunga ikki sabab bor: birinchisi – yangi ko‘zi 
yorigan ayol organizmida shunday yangilanish ro‘y beradiki, uni o‘ziga keltirish 
uchun aynan yillar mobaynida o‘z oilasida yegan-ichganlari adaptatsiya 
jarayonlarini 
tezlashtiradi; 
ikkinchidan 
– 
o‘z 
onasining 
mehribonlik 
ko‘rsatayotganligi yosh onaning yaqinda boshidan kechirgan –iyinchiliklarini 
unutish, o‘zini chinakam ona sifatida onasiday his qilishini ta’minlaydi. Ushbu 
psixologik holat o‘ta muhim bo‘lib, aynan o‘zbeklarda bu oila mustahkamligining 
omillaridan hisoblanadi. Qaynona ham ona, u ham keliniga achinadi, tug‘ruqning 
azoblarini unutishi uchun qo‘lidan kelganini qiladi, lekin o‘z tuqqan onasining xabar 
olishi, yonida bo‘lishi ko‘plab kuzatishlarda yosh onaning onalik roliga tezroq kirib 
ketishiga, ko‘krak suti bilan bolasini emizib katta qilishida katta rol o‘ynaydi. 
Shuni ham ta’kidlash joizki, ayrim hollarda ota-onaning yoshlar hayotiga 
aralashuvi shu qadar bevosita xarakterli bo‘ladiki, bu yoshlar bilan ota-onalar 
o‘rtasidagi nizolarga ham sabab bo‘ladi, qaynona va kelin, qaynota va kuyov 
o‘rtassida nizolar ham ana shunday aralashuvning ko‘pligidan kelib chiqadi. Ya’ni, 
ota-onaning farzandi balog‘at yoshiga yetib, mustaqil hayotga qadam qo‘ygandagi 
aralashuvlari, g‘amxo‘rliklari ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarni olib kelishi 
mumkin. 
Farzandlarning mustaqil iqtisodiy maqomga ega bo‘lishlari, o‘z oilasiga ega 
bo‘lishi ota va onaga boshqa yana qo‘shimcha rollarni bajarishni taqozo etadi – 
kelin, kuyov, qaynona, qaynota va boshqalar Bundan tashqari, yangi paydo bo‘lgan 
yosh oilaning qarindosh-urug‘lari o‘rtasidagi munosabatlar, masalan, quda-
andachilik munosabatlari ham yosh oila va uning ota-onalari maqomlarining 
o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, “endi qudalikmiz”, “kuyovim bor”, “buvi yoki 
Ilmiybaza.uz turmush o‘rtog‘im” deyishlar bizda deyarli uchramaydi, chunki bunga bizning asriy urf-odatlarimiz, oilaviy tarbiya mezonlarimiz yo‘l qo‘ymaydi. Ayrim bo‘linmagan oilalarda o‘g‘il uylangandan keyin ham, qiz farzandli bo‘lganda ham ota-onalar ularning g‘amini yeb, hayotda qoqilmasliklari uchun harakat qilaveradi. Hattoki, mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida shunday odatlar borki, ona ko‘zi yorigan qizining oziq-ovqati, yemishi uchun to‘la o‘zini javobgar, deb hisoblaydi. Chunki bunga ikki sabab bor: birinchisi – yangi ko‘zi yorigan ayol organizmida shunday yangilanish ro‘y beradiki, uni o‘ziga keltirish uchun aynan yillar mobaynida o‘z oilasida yegan-ichganlari adaptatsiya jarayonlarini tezlashtiradi; ikkinchidan – o‘z onasining mehribonlik ko‘rsatayotganligi yosh onaning yaqinda boshidan kechirgan –iyinchiliklarini unutish, o‘zini chinakam ona sifatida onasiday his qilishini ta’minlaydi. Ushbu psixologik holat o‘ta muhim bo‘lib, aynan o‘zbeklarda bu oila mustahkamligining omillaridan hisoblanadi. Qaynona ham ona, u ham keliniga achinadi, tug‘ruqning azoblarini unutishi uchun qo‘lidan kelganini qiladi, lekin o‘z tuqqan onasining xabar olishi, yonida bo‘lishi ko‘plab kuzatishlarda yosh onaning onalik roliga tezroq kirib ketishiga, ko‘krak suti bilan bolasini emizib katta qilishida katta rol o‘ynaydi. Shuni ham ta’kidlash joizki, ayrim hollarda ota-onaning yoshlar hayotiga aralashuvi shu qadar bevosita xarakterli bo‘ladiki, bu yoshlar bilan ota-onalar o‘rtasidagi nizolarga ham sabab bo‘ladi, qaynona va kelin, qaynota va kuyov o‘rtassida nizolar ham ana shunday aralashuvning ko‘pligidan kelib chiqadi. Ya’ni, ota-onaning farzandi balog‘at yoshiga yetib, mustaqil hayotga qadam qo‘ygandagi aralashuvlari, g‘amxo‘rliklari ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarni olib kelishi mumkin. Farzandlarning mustaqil iqtisodiy maqomga ega bo‘lishlari, o‘z oilasiga ega bo‘lishi ota va onaga boshqa yana qo‘shimcha rollarni bajarishni taqozo etadi – kelin, kuyov, qaynona, qaynota va boshqalar Bundan tashqari, yangi paydo bo‘lgan yosh oilaning qarindosh-urug‘lari o‘rtasidagi munosabatlar, masalan, quda- andachilik munosabatlari ham yosh oila va uning ota-onalari maqomlarining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, “endi qudalikmiz”, “kuyovim bor”, “buvi yoki
Ilmiybaza.uz 
buva bo‘ldim” kabi e’tiroflar shaxs ongida va xulqida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib 
chiqaradi. Ayrim ayollar ayni shu daqiqalardan boshlab, tashqi ko‘rinishidan tortib, 
hayot tarzida ham jiddiy o‘zgarishlarni boshlaydi, masalan, tez-tez ichadigan ota bu 
salbiy qilig‘ini tashlaydi, chunki kelindan uyaladi; namoz o‘qimaydigan ona quda-
andalar oldida uyalaman deb, namoz o‘qishga kirishadi, mahalla-kuyga ko‘proq 
aralashadigan bo‘lib qoladi. 
 
6-bosqich. Keksalikning dastlabki belgilari – tanada keksalik alomatlari, 
klimakterik holatlarning kelib chiqishi bosqichida inson qalbi qarimasada, ayrim 
jismoniy kuvvatsizliklar paydo bo‘ladi. Odam nafaqaga chiqadi, suygan kasbi, 
mashg‘ulotidan uzoqlashadi, do‘stlari davrasi torayadi va h-zo. Lekin keksalikni tan 
olish va unga ruhan tayyor bo‘lish, etnik madaniyat va uning qadriyatlariga bog‘liq. 
Xalq ma’naviyati va madaniyati qanchalik yuqori bo‘lsa, keksalikka munosabat ham 
shunchalik yuqori bo‘ladi. Masalan, bizning etnik-madaniy muhitimizda keksalik va 
qariyalik hamisha e’zozlanib kelingan, masalan, Prezident Islom Karimov 
tashabbusi bilan 2002 yil “Qariyalarni qadrlash yili” deb e’lon qilindi, barcha 
keksalar bizda qarilik gashtini surish uchun belgilangan tartibda nafaqalar oladi, 
bayram, to‘y-hashamlar va tadbirlarda keksalarni davralarning to‘riga o‘tqazish, 
ularga izzat-ehtirom qilish xalqimizning odatiy an’analaridandir. Shu bois bo‘lsa 
kerak, o‘zbekistonliklar keksalikni ham hayotning o‘ziga xos davri sifatida 
mamnuniyat bilan kutib oladigan xalqdir. Ruslardagi “Starost ne radost” iborasining 
tagida ham o‘ziga xos ma’no borki, ayrim yevropa xalqlarida keksalar nafaqaga 
chiqqanlaridan keyin o‘zlarini hech kimga kerak emasday his eta boshlaydigan, ular 
uchun umrning oxirgi davrlari keskin salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, 
farzandlari esa o‘z hayot tashvishlari bilan ba’zan ota-onalarni ham unutib 
qo‘yadilar. Qariyalar uylarining paydo bo‘lishi ham ko‘p holatlarda aynan shunday 
o‘zaro munosabatlarning oqibatidir. 
 
7-bosqich. Oilaviy siklning tugashi odatda turmush o‘rtoqlardan birining 
o‘limi bilan boshlanadi. Er-xotinlarning tirik qolgani beva bo‘lib qolishi munosabati 
bilan u ham yangicha rollar tizimiga kiradi. Musulmonchilikda chol yoki kampir 
beva qolsa, uni ikkinchi nikohga da’vat qilish, taklif etish an’ana, farzandlar uchun 
Ilmiybaza.uz buva bo‘ldim” kabi e’tiroflar shaxs ongida va xulqida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ayrim ayollar ayni shu daqiqalardan boshlab, tashqi ko‘rinishidan tortib, hayot tarzida ham jiddiy o‘zgarishlarni boshlaydi, masalan, tez-tez ichadigan ota bu salbiy qilig‘ini tashlaydi, chunki kelindan uyaladi; namoz o‘qimaydigan ona quda- andalar oldida uyalaman deb, namoz o‘qishga kirishadi, mahalla-kuyga ko‘proq aralashadigan bo‘lib qoladi.  6-bosqich. Keksalikning dastlabki belgilari – tanada keksalik alomatlari, klimakterik holatlarning kelib chiqishi bosqichida inson qalbi qarimasada, ayrim jismoniy kuvvatsizliklar paydo bo‘ladi. Odam nafaqaga chiqadi, suygan kasbi, mashg‘ulotidan uzoqlashadi, do‘stlari davrasi torayadi va h-zo. Lekin keksalikni tan olish va unga ruhan tayyor bo‘lish, etnik madaniyat va uning qadriyatlariga bog‘liq. Xalq ma’naviyati va madaniyati qanchalik yuqori bo‘lsa, keksalikka munosabat ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Masalan, bizning etnik-madaniy muhitimizda keksalik va qariyalik hamisha e’zozlanib kelingan, masalan, Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 2002 yil “Qariyalarni qadrlash yili” deb e’lon qilindi, barcha keksalar bizda qarilik gashtini surish uchun belgilangan tartibda nafaqalar oladi, bayram, to‘y-hashamlar va tadbirlarda keksalarni davralarning to‘riga o‘tqazish, ularga izzat-ehtirom qilish xalqimizning odatiy an’analaridandir. Shu bois bo‘lsa kerak, o‘zbekistonliklar keksalikni ham hayotning o‘ziga xos davri sifatida mamnuniyat bilan kutib oladigan xalqdir. Ruslardagi “Starost ne radost” iborasining tagida ham o‘ziga xos ma’no borki, ayrim yevropa xalqlarida keksalar nafaqaga chiqqanlaridan keyin o‘zlarini hech kimga kerak emasday his eta boshlaydigan, ular uchun umrning oxirgi davrlari keskin salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, farzandlari esa o‘z hayot tashvishlari bilan ba’zan ota-onalarni ham unutib qo‘yadilar. Qariyalar uylarining paydo bo‘lishi ham ko‘p holatlarda aynan shunday o‘zaro munosabatlarning oqibatidir.  7-bosqich. Oilaviy siklning tugashi odatda turmush o‘rtoqlardan birining o‘limi bilan boshlanadi. Er-xotinlarning tirik qolgani beva bo‘lib qolishi munosabati bilan u ham yangicha rollar tizimiga kiradi. Musulmonchilikda chol yoki kampir beva qolsa, uni ikkinchi nikohga da’vat qilish, taklif etish an’ana, farzandlar uchun
Ilmiybaza.uz 
farz hisoblanadi. Ayniqsa, erkak kishi beva bo‘lib qolganda, farzandlarning biror 
kampirga yoki o‘rta yoshli juvonga uylanishini taklif etishi farz sanaladi. Bu Islom 
dini qadriyatlariga ham mos keladi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan hayotiy tutimlar oila a’zolari har birining xulq-
atvorida, dunyoqarashi va odatlarida muayyan o‘zgarishlarning kuzatilishiga, 
yangicha rollar o‘zlashtirilishiga olib keladi. Har bir yangi bosqich shaxs ongida 
muayyan krizislar, ziddiyatlar bilan kechadiki, ularni yengish, qiyinchiliklardan 
yaxshilik bilan o‘tish insondagi yaxshi fazilatlarga, tarbiyalanganlik darajasiga, 
sabr-qanoatiga bog‘liqdir. Har bir bosqichda ota, ona va farzandlar, kuyov-kelinlar 
bilan o‘zgacha munosabatlar tizimi shakllanadi. Masalan, bo‘linmagan katta oilada 
oila boshlig‘i – otaning qazo qilishi to‘ng‘ich farzandlar yelkasiga katta mas’uliyatni 
yuklaydi. Uning oilaviy o‘zaro munosabatlar tizimida o‘rni keskin ravishda 
o‘zgaradi. 
Agar turli hayot bosqichlarida oilaviy turmush tarzining o‘zgarishinini inobatga 
olsak, oilaviy nizolar yoki ziddiyatlar shu muayyan ma’noda tabiiy bo‘lib, uni har 
bir normal oila boshdan kechiradi. Shu bois ham o‘zbekchilikda “ro‘zg‘or”, 
“turmush” deyilib, momolarimiz “g‘or tub qo‘yibdi”, “mush deb qo‘yibdi”, deya 
oilaviy hayotning o‘ziga xos murakkabliklari borgigiga ishora qiladilar. Bunday 
zidddiyatlar oilaviy rollar ko‘payganda, farzand tug‘ilganda, qudalar bilan 
munosabatlar boshlanganda, ayriliq ro‘y bergan bosqichlarda ayniqsa sezilarli 
bo‘ladi. Lekin ahil va mustahkam oilada bu ziddiyatlar deyarli asoratlarsiz, yengillik 
bilan o‘tib ketadi. Muammoli oilalarda esa oilaning kattalari ularni yengish malakasi 
va tajribasiga ega bo‘lmay, boshqalarga sezdirib qo‘yadi, ba’zan oilaning ichidagi 
gap-so‘zlar mahallaga, uzoq va yaqin qarindoshlargacha yetib boradi. Tashqaridan 
bo‘lgan aralashuvlar ba’zan oilaning maromini tiklasa, ba’zan, aksincha, uning 
xalovatini buzadi, muammolar chalkashib ketadi. Bu vertikal ziddiyatlar, ya’ni, 
oilaviy nizolarga tashqaridan ota-ona va boshqa qarindoshlarning aralashuvi tarzida 
kechadi. Ba’zan, kattalarning orzu-havaslari deb, yoshlar o‘zlariga ma’qul 
bo‘lmagan hayot tarzini boshdan kechirishga majbur qilinadilar ham. Masalan, yosh 
oila alohida uyda mustaqil yashashni xohlaydi, lekin qaynona ularni yonida, uning 
Ilmiybaza.uz farz hisoblanadi. Ayniqsa, erkak kishi beva bo‘lib qolganda, farzandlarning biror kampirga yoki o‘rta yoshli juvonga uylanishini taklif etishi farz sanaladi. Bu Islom dini qadriyatlariga ham mos keladi. Yuqorida sanab o‘tilgan hayotiy tutimlar oila a’zolari har birining xulq- atvorida, dunyoqarashi va odatlarida muayyan o‘zgarishlarning kuzatilishiga, yangicha rollar o‘zlashtirilishiga olib keladi. Har bir yangi bosqich shaxs ongida muayyan krizislar, ziddiyatlar bilan kechadiki, ularni yengish, qiyinchiliklardan yaxshilik bilan o‘tish insondagi yaxshi fazilatlarga, tarbiyalanganlik darajasiga, sabr-qanoatiga bog‘liqdir. Har bir bosqichda ota, ona va farzandlar, kuyov-kelinlar bilan o‘zgacha munosabatlar tizimi shakllanadi. Masalan, bo‘linmagan katta oilada oila boshlig‘i – otaning qazo qilishi to‘ng‘ich farzandlar yelkasiga katta mas’uliyatni yuklaydi. Uning oilaviy o‘zaro munosabatlar tizimida o‘rni keskin ravishda o‘zgaradi. Agar turli hayot bosqichlarida oilaviy turmush tarzining o‘zgarishinini inobatga olsak, oilaviy nizolar yoki ziddiyatlar shu muayyan ma’noda tabiiy bo‘lib, uni har bir normal oila boshdan kechiradi. Shu bois ham o‘zbekchilikda “ro‘zg‘or”, “turmush” deyilib, momolarimiz “g‘or tub qo‘yibdi”, “mush deb qo‘yibdi”, deya oilaviy hayotning o‘ziga xos murakkabliklari borgigiga ishora qiladilar. Bunday zidddiyatlar oilaviy rollar ko‘payganda, farzand tug‘ilganda, qudalar bilan munosabatlar boshlanganda, ayriliq ro‘y bergan bosqichlarda ayniqsa sezilarli bo‘ladi. Lekin ahil va mustahkam oilada bu ziddiyatlar deyarli asoratlarsiz, yengillik bilan o‘tib ketadi. Muammoli oilalarda esa oilaning kattalari ularni yengish malakasi va tajribasiga ega bo‘lmay, boshqalarga sezdirib qo‘yadi, ba’zan oilaning ichidagi gap-so‘zlar mahallaga, uzoq va yaqin qarindoshlargacha yetib boradi. Tashqaridan bo‘lgan aralashuvlar ba’zan oilaning maromini tiklasa, ba’zan, aksincha, uning xalovatini buzadi, muammolar chalkashib ketadi. Bu vertikal ziddiyatlar, ya’ni, oilaviy nizolarga tashqaridan ota-ona va boshqa qarindoshlarning aralashuvi tarzida kechadi. Ba’zan, kattalarning orzu-havaslari deb, yoshlar o‘zlariga ma’qul bo‘lmagan hayot tarzini boshdan kechirishga majbur qilinadilar ham. Masalan, yosh oila alohida uyda mustaqil yashashni xohlaydi, lekin qaynona ularni yonida, uning