IJTIMOIY PEDAGOGIKA FAN VA AMALIY FAOLIYAT SOHASI SIFATIDA. IJTIMOIYLASHUV OMILLARI VA VOSITALARI. BOLANING SOTSIUMDA RIVOJLANISHI (Bolaning o’sishida biologik va ijtimoiy asoslar)
Yuklangan vaqt
2024-05-11
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
64,5 KB
Ilmiybaza.uz
IJTIMOIY PEDAGOGIKA FAN VA AMALIY FAOLIYAT SOHASI
SIFATIDA. IJTIMOIYLASHUV OMILLARI VA VOSITALARI.
BOLANING SOTSIUMDA RIVOJLANISHI
Reja:
1. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi.
2. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti va ob'ekti.
3. Bolaning o’sishi haqida tushuncha.
4. Bolaning o’sishida biologik va ijtimoiy asoslar.
5. Bola kamolotida muhitning ta'siri. (Sotsium)
Asosiy tushunchalar: Ijtimoiy pedagogika, sotsializatsiya (ijtimoiylashuv),
sotsium, ijtimoiy rol, ijtimoiy maqom.
Ilmiybaza.uz
1. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixi tadrijiy tavsifga ega. Ana
shu nuqtai nazardan ijtimoiy pedagogika fani rivojining uch bosqichi alohida
ajratib ko‘rsatish mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining
birinchi bosqichi qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrni uz ichiga
oladi. Bu davrda faktlar to‘planishi, tarbiya tajribasining ortib borishi, pedagogik
va
ijtimoiy
nazariyalarning
shakllanishi
ro‘y
bergan
bulib,
ijtimoiy
pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-
sekin tan olinishi bilan tavsiflanadi. Chunki bu davrda tarbiyaning turli
nazariyalari yuzaga kelgan. Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi,
avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish
muammosining mavjud bo‘lganligi bilan izohlanadi. Biroq ibtidoiy jamoada
ijtimoiy-pedagogik g'oyalarga tavsif berganda faqatgina tarbiyaga oid tajribalar
to‘g‘risida fan borishi mumkin.
Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonni hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo
bulgan. Dastlab tarbiya umumiy taqlidiy ma'no kasb etgan bo‘lsa, keyinchalik esa
uziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug‘ullanuvchi kishilar —
tarbiyachilar paydo bulgan. Vaqt o‘tgani sari tarbiya jarayoni ham
murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko‘ra farqlana boshlagan, uning
axloqiy jihatlariga e'tibor qaratila boshlangan. Ta'kidlash joizki, arxeologik
qazilmalar asosida olingan ma'lumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga
yordam ko‘rsatilganligini to‘la tasdiqlaydi (qazilma skeletlardagi shikast izlari
bolalikdagi kasallik oqibatida yoki o‘limidan ancha oldin olingan jarohatlar bilan
bog‘liq bulgan). Bu kabi qarashlar etnografik ma'lumotlarda ham ham o‘z
tasdig‘ini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarda meqnatning
jins va yoshga qarab ajratish an'anasi bulgan. Keksalar yoshlarni muntazam
ravishda turli kasb-hunarlarga o‘rgatishgan. Bularning hammasi ibtidoiy jamoada
ijtimoiy-pedagogik tajribani n g ilk ko‘rinishlari mavjud bo‘lganligi haqida
tasavvur qilishga imkon beradi. Agar ibtidoiy davr ijtimoiy-pedagogik
Ilmiybaza.uz
amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo‘lsa, qadimgi dunyoning ilk
sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishi ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga
kuchli ta'sir ko‘rsatgan. Sharqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedagogik
g‘oyalar bir nechta mualliflar tomonidan shakllantirilgan va, odatda, muqaddas
kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan (Xitoyda — Shukit, Hindistonda
— Vedalar, Misrda — Tot xudosi kitoblari, O‘rta Osiyoda — Avesto va
boshqalar). Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi
yarmida ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni yaratgan allomalarning nomlari ma'lum
bo‘la boshlaydi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik
davr (yunon va rim) faylasuflari kata hissa qo‘shganlar.
Xususan, Suqrot (mil. avv. 469 — 399 y.) “O‘z-o‘zingni angla” degan shiorni
ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo‘qotishi mumkinligini
ta'kidlagan.
Demokrit (mil. avv. 460 — 370 y.) o‘z ta'limotida tarbiyada bola tabiatini
hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari, uning fikricha, bola
tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerak.
Aflotun (mil. avv. 423 — 347 y.) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o‘zaro
munosabati g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikriga ko‘ra, tarbiya davlatning eng
muhim vazifasi bo‘lgan.
Arastu (mil. avv. 384 — 322 y.) antik dunyoda tarbiyaning to‘liq nazariyasini
ishlab chiqqan. Aflotundan farg‘uti o‘laroq, Arastu inson tarbiyasida asosiy
e'tiborni davlatga to‘liq bo‘ysunishga emas, balki insonning uzmanfaatlariga,
uning rivojlanishiga qaratadi. Shaxsning jamoa bilan uyg‘un rivojlanishi
to‘g‘risidagi g‘oya ham unga tegishlidir.
Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42 — 118 y.) qadimgi yunonning notikdik
san'ati nazariyotchisi, pedagog. “Notiqning tarbiyasi haqida” deb nomlangan ilk
pedagogik asar unga tegishli bo‘lib, unda tarbiyaning muhim g‘oyalari, ta'lim
metodikasi bayon etilgan. Kvintilianning asosiy g‘oyalari uz “men”ini saqlab
qolish, o’zi ustidan” hukmronlikka erishish kabilarni tashkil etadi.
Ilmiybaza.uz
Katta yer egaligi munosabatlariga asoslangan davri tarbiyasining uziga xos
xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari qoidalariga qat'iy amal qilish bulgan.
Asketizm (yunoncha) tuyg‘u va istaklarni cheklash yoki bostirish, azob tortish,
hayot ne'matlaridan voz kechish degan ma'noni anglatadi. O‘sha davrning (VI —
XII asrlar) ijtimoiy-pedagogik g‘oyasini yaratuvchilari o‘sib kelayotgan avlodga
singdirmoqchi bulgan axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam,
xususan, kasallar va nochorlarga yordam kabilarni targ‘ib etadilar.
XV — XVI asrda avval Italiyada, so‘ngra yevropaning boshqa davlatlarida
kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. Paydo bo‘layotgan yangi toifa
vakillariga, xususan, ziyolilarga asketizmning tamoyillari begona edi. Yangi
burjua madaniyati shakllana boshlagan bir paytda uni tavsiflash uchun
insoniylashtirish va qayta tiklash tushunchalari qo‘llanilgan.
Gumanizm (insoniylik) tushunchasi yangi madaniyat markazida ilohiylik emas,
inson shaxsi turishidan guvoqlik berardi. Insonning o‘zi qam qalban va jismonan
go‘zal bulishi lozim. U faqatgina uz ongi, kuchi, muvaffaqiyatiga ishonchi,
faolligi, irodasi tufayli barcha qadriyatlar va uz baxtining yaratuvchisiga aylana
oladi. Shu bilan birga, gumanistlar cherkovga ochiqdan-ochiq qarshi
chiqmaganlar. Ular xudoga buyuk yaratuvchi sifatida qarashgan.
XIV — XVI asrlar gumanistlarining aksariyati o‘zlari pedagog bo‘lishgan yoki
pedagogik nazariyaga murojaat etishgan. Gumanizm g‘oyasi pedagogikada xuddi
ana shu davrlardan boshlab kuzatila boshlangan. Asl tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra
doim guzallik haqida, uning kelajagi haqidagi g‘amxo‘rlikni bildirgan.
Uyg‘onish davrida ijtimoiy gumanizm g‘oyalarining amalga oshirila
boshlanishi mashhur italiyalik pedagog-gumanist Vitgorino de Genotre (1378 —
1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat maktabining yaratilishi
bilan bog‘liq. Shuni ta'kidlash joizki, ta'riflanayotgan davrda din, pedagogika va
ijgimoiy-pedagogika bir-biri bilan uzviy bog‘liqholda rivojlangan.
Diniy qarashlarda asosiy e'tibor umuminsoniy qadriyatlarga yo‘naltirilgan.
Diniy rivoyatlarda, muqaddas kitoblarda, oyatlarda axloqiy o‘gitlar, insonlararo
Ilmiybaza.uz
munosabatlar, qavm-qarindoshlarga, bolalarga g‘amxo‘rlik haqida ko‘p
gapirilgan. Bu asosda ko‘pgina avlodlar tarbiya topishgan va bu borada yevropada
cherkov uzoq vaqt mobaynida “nogiron bolalar rahnamosi” bo‘lgan. Unga nafaqat
ruxrty yordam so‘rab, balki tibbiy, moddiy yordam so‘rab, adolatsizlikdan
himoya so‘rab murojaat qilishgan. Bu borada butun dunyoda diniy
tashkilotlarning boy an'fnalari mavjud. Masalan, yevropada antik davrlardan
buyon ota-onasiz qolgan bolalarni ibodatxonalar eshigi oldiga qo‘yib ketishgan.
Manbalarga ko‘ra, ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda
Kesariya shahrida yepiskop Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo bo‘lgan.
787 yilda bunday muassasa Milandagi soborda ham paydo bo‘lgan. Uzoq vaqt u
yevropada yagona tashkilot bo‘lib qolavergan va faqat XIV asrga kelib tarbiya
uylari soni o‘ttiztagacha ko‘paygan. Qizig‘i shundaki, bu uylarda faqatgina
bolalarga g‘amxo‘rlik qilmasdan, profilaktika ishlari ham olib borilgan: onalarga
yordam
berilgan,
bolalarni
boshqa
oilalar
tarbiyasigaberishgan,
ularningtarbiyasini nazorat qilishgan.
II-Bosqich. Keyinchalik ham bolalar uylari ruhoniylar tomonidan boshqarilgan.
Parijda 1640 yil ruhoniy Vinsento Depolen tomonidan asos solingan tarbiya uyi
juda mashhur bo‘lgan. U tarbiya uyini qirol Lyudovik XIV tomonidan
moliyalashtirishga erishgan. Mehribonlik bilan shug‘ullanuvchi ordenlar—
xayriya yo‘lida qilgan ishlari orqali keyinchalik mashxur bo‘lib ketgan yirik
cherkov tashkilotlari tuzila boshlagan. Ijgimoiy pedagogika rivojining ikkinchi
davri — XVII — XIX asrlar — ijtimoiy-pedagogika eng ilg‘or g‘oyalar va ilmiy
konsepsiyalar bilan boyitilgan davr bo‘ldi desak, xato bo‘lmaydi.
XVIII — XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining
(pedagog, faylasuf, sotsiolog, psixologlar) davlat va jamoat instituglari bilan
hamkorlikda ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish g‘oyalarining paydo
bulishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson huquklari tengligi
bilan bog‘lana boshlangan. Aynan shu davrda ijtimoiy pedagogikadagi asosiy
yo‘nalishlarning aniq faoliyatda amalga oshishi sodir buladi.
Ilmiybaza.uz
Ijtimoiy pedagogik g‘oyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi,
ma'rifatparvar J. J. Russo (1712 — 1778) ulkan hissa qo‘shgan. U huquqiy, diniy
va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g‘oyalarini
ilgari suradi. Rus qomusiy olimi va pedagogi M. V. Lomonosov (171 1 — 1765)
uz “Reglamentlar”ida tarbiyaning xalqparvar g‘oyalarini, insonga faol shaxs
sifatida yondashuvni hamda bolada axloqiy sifatlarini shakllantirishning o‘ta
muhimligini bayon etgan. Yangi ijtimoiy pedagogik g‘oyalar fransuz faylasufi
va ma'rifatparvari Klod Adriana Gelvetsiy (1715 — 1771) ishlarida ham tilga
olingan bulib, ular tarbiya omillari hisoblanmish muhit va pedagogik ta'sir hamda
shaxs va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir.
Shvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746 — 1827 y) o‘z
faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariya va amaliyotni birlashtirgan va o‘z
mablag‘lari hisobiga yetimlar uylarini ochgan. Ingliz faylasufi va pedagogi
Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir qancha qiziqarli va sermahsul
tajribalardan
iborat.
Nyu-Lenarkda
“Inson
xarakterini
tuzishningyangi
institugi”ni ishchilarningturmush darajasini yaxshilash uchun yaratib, u
amaliyotda ishlab chiqarish ta'limini madaniyat bilan bog‘lab qo‘ydi. Jahonda ilk
marta didaktik o‘yinlar o‘tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida
g‘amxo‘rlik qiladigan muassasalar u tomonidan tuzilgan. Ingliz faylasufi Gerbert
Spenser (1820 — 1903) oilaning shaxs shakllanishidagi o‘rni haqidagi ijtimoiy-
pedagogik g‘oyalar bilan singdirilgan asarlar yaratgan. Bu maqsadlarga erishishi
uchun u qiziq usulni ilgari surgan, ya'ni Angliyaning davlat va siyosiy tuzilmasini
oila va maktab tomonidan imitatsiyalashuvini.
XIX asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida, bir tomondan, ijtimoiy
pedagogikaning pedagogika fanidan ajralish jarayoni sodir bo‘lgan bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, uning psixologiya, sotsiologiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlar
bilan yaqinlashuvi ro‘y bergan.
XIX asrda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat
bo‘lgan.
Ilmiybaza.uz
1) ijgimoiy pedagogikaning nazariy asoslari ishlab chiqilgan. Bu uning fan
sifatida paydo bo‘lishiga olib kelgan;
2 ) ta'lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat vujudga kelgan. Bu yerda
ijtimoiy pedagogik ta'lim, tarbiya maqsadi va xarakteri, ta'siri haqida ran
bormoqda;
3) ijtimoiy pedagogika faoliyat doirasining kengayishi ro‘y bergan. “Nochor” va
tanlab olingan bolalar bilan bir qatorda, katta yoshdagilar bilan ham ijtimoiy-
pedagogik faoliyat boshlangan. Eng asosiysi, ijtimoiy pedagogika faoliyat davlat
siyosati darajasiga kutarilgan.
XIX asrning 60 - 70 yillarida Germaniya, Angliya, AQShda ijtimoiy
qonunchilik tizimlari yaratilgan. Shuni aytib o‘tish joizki, ijtimoiy pedagogika
fani rivojlanishining barcha yo‘nalishlarini uning eng asosiy vazifasi — bolalarni
ijtimoiy jihatdan himoya qilish g‘oyasi birlashtiradi. Biroq XVIII - XIX asrlarda
u avvallari e'tiborsiz bo‘lgan g‘oyalar bilan to‘ldiriladi. Aniqrog‘i, ijtimoiy
pedagogika nazariyasi va amaliyotida birinchi o‘ringa umuminsoniy qadriyatlar
chiqadi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya
tizimiga e'tibor kuchayadi. Unda yoshlarni tarbiyalash, shuningdek, ijtimoiy xulq-
atvor me'yorlarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash muammolari hal qilina
boshlandi. Bu ishlarning davom i yevropa va Amerika qit'alarida ro‘y berayotgan
o‘zaro ijtimoiy-madaniy jarayonlarda o‘z aksini topishi kerak bo‘ldi.
Industriyalashtirish qishloqaxolisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib
chiqardi.
Qishloq
aholisining
yangi
turmush
tarzi
ga
moslashishda
qiyinchiliklarga uchrashi oqibatida axloqsizlik, jinoyatchilik, daydilik ko‘paydi.
Kam rivojlangan yevropa davlatlaridan aholi ko‘chib kelishining ortishi sababli
AQShda ahvol nihoyatda og‘ir edi. Ayni vaziyatda cherkovning rolini susayishi
kuzatildi. Cherkov shu paytgacha axloqiy me'yorlarning ana'naviy tashuvchisi
bo‘lib kelgan, biroq endi u jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqyeliklarini anglay
olmadi va ko‘pgina odamlar hayotida o‘zining avvalgi mavqyeini yo‘qotdi. Shu
bilan birga, yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada
Ilmiybaza.uz
millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan goya va
qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Ushbu masalani hal qilish
vositalarini topish zarurati paydo bo‘ldi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan
ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil turtki bo‘ldi.
III-Bosqich. Shunday qilib, nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan fanga
kiritilgan «ijtimoiy pedagogika» atamasi XX asr oxiriga kelib rasmiy ravishda
keng qullanila boshlagan. Aynan shu vaqtdan boshlab ijtimoiy pedagogikaning
fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi.
XX asr inson sivilizatsiyasi tarixida ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom
qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob'ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi
omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga eng
birinchi navbatda falsafa orqali o’z ta'sirini ko’rsatdi. Ijtimoiy pedagogikaning
qator fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar
bilan yaqinlashuvi ro‘y berdi. Eng asosiysi XX asrda insonning muammolari,
uning tarbiyasi va ta'limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng
global muammosiga aylandi. Aynan shu davrda “pedalogiya” — bolani har
tomonlama o‘rganish hdqidagi fan rivojlana boshlandi. Uning asoschilari E.
Meyman, S. Xoll, Torndayk hisoblanadi. Bu borada Rudolf Shteynerning
pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g‘oyalar
va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagog olimlardan Georg Kirshenshteyner
(1854 — 1932, Germaniya), Jon Dyui (1859 — 1952, AQSh), Vilgelm
Naylarning (1862 — 1926, Germaniya) nomlarini alohida ta'kidlab o‘tish lozim.
G. Kirsheniggeynerning pedagogik nazariyasi maktablarda bolalarning sust qabul
qilishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini ijodiy amalga oshirishga, ijodga ko‘ra
isloh
qilish
g‘oyasiga
asoslanadi.
Kirshenshteyner
ijtimoiy-pedagogik
qarashlarining asosini bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun
mehnat maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat
manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasini amalga oshirish
kerakligi tashkil etadi. Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi.
Ilmiybaza.uz
Amaliy natija hamda biznesda muvaffaqiyatga erishish mazkur pedagogikaning
oliy qadriyatlari hisoblanadi. Jon D'yui xizmatlari shundaki, u maktab bilan
hayotning aloqasi, ta'limning individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik
g‘oyalarga murojaat qilganidadir. Hozirgacha turli davlat olimlari o‘rtasida
ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlar orasidagi o‘rni borasida “Bu
mustaqil fan bo‘la oladimi yoki faqatgina yosh guruhlarini o‘rganish bilan
cheklanadigan pedagogikaning bir sohasi bo‘lib qolaveradimi?”, degan masalada
bahs-munozaralar davom etmokda. Bu bahslar, yangi fan tushunchasining
shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba'zi pedagoglar
nazariyalarida paydo bo‘lgan.
Masalan G Noll va G Boymer (1920 — 1930 y.) ijtimoiy pedagogikani
bolalarga yordam berish va voyaga yetmagan huquqbuzarlarning
profilaktikasi, deb tushunishgan. Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis
olimi Paul Natorp (XX asrning 20-yillari) umuman boshqacha ta'riflagan. U
ijtimoiy pedagogika xalqning madaniy va ahloqiy darajasini ko‘tarish maqsadida
jamiyatning barcha tarbiyaviy kuchlarini yaqinlashtirish muammosini tadqiq
etadi, deb hisoblagan. Bunaqd tushunish yangi davrning buyurtmasiga ko‘proq
mos kelgan va ijtimoiy pedagogika insonni hayoti davomida tarbiyalash haqidagi
bilim sohasi ekanligini tasdik^lagan.
XX asrning 60-yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan
bolalarga yordam berish, bolalar uylarida tarbiyaviy ishlarni olib borish, ijtimoiy
pedagogik faoliyat olib boruvchi mutaxassislarni tayyorlashni o‘z ichiga qamrab
oladi. Xususan, XX asrning 70-yillaridan boshlab Germaniyada oliy ma'lumotli
ijtimoiy pedagoglar tayyorlana boshlangan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib
ijtimoiy pedagogik muammolarning global darajaga yetganiga BMT Bosh
Assambleyasi tomonidan 1959 yilning 20 noyabrida va 1989 yilning 20 noyabrida
qabul qilingan «Bola huqukugari Deklaratsiyasi» guvohlik beradi. Unda alohida
e'tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko‘p bolali va kam ta'minlangan oilalar
Ilmiybaza.uz
bolalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishiga va boshqa bir qator muammolarni hal
qilishga qaratilgan.
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning an'ana va tamoyillarini tiklanishi
murakkab sharoitlarda amalga oshmokda. Davlat ta'lim standartlarini va
darsliklarni yaratish, mutaxassislar tayyorlash, o‘quv rejalari va dasturlari I tuzish
mavjud tajriba va chet el mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik asosida amalga
oshirilishi kerak. Chunki Germaniya, Angliya, AQSh kabi davlatlarda boy
ijtimoiy pedagogik tajriba mavjud.
2. Ijtimoiy pedagogika predmeti va ob'ekti.
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqdi. Uni o’rganilish
jarayoni va ko’rinishi pedagogika fani tomonidan o’rganadigan, biroq o’ziga
xosligi aniq bir sohani o’rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pedagogika fani bu
yangi tarmoqining o’ziga xosligi “ijtimoiy” so’zida namoyon bo’ladi.
“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning
birgalikdagi hayoti bilan bog’liq bo’lib, ularning muomala va bir-biriga ta'sirining
turli xil shakllari birlashtiradi.
Pedagogika – bu fan sifatida o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta'limi
haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika esa tarbiya va ta'limning bolalar
hayotining jamiyatdagi o’rnini belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga
“kirishi”, ularning ma'lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo’lishi (bilim, boylik, o’zini
tutish qoidalari, yo’naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) deb yuritiladi.
Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har
qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma'lum ijtimoiy va ahloqiy
qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me'yor va qoidalariga ega bo’lishi, shu jamiyatda
yashash uchun, teng huquqli a'zosi bo’lishga intiladi.
Jamiyat o’zining qurilishiga ko’ra turli xildagi o’zaro bog’langan va o’zaro
ta'sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi
hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini
Ilmiybaza.uz
o’rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me'yorlari va ahloq qoidalarini
o’zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb nomlash
mumkin va bularga oila, ta'lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila – ijtimoiylashishning yetakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy
bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko’nikmani oladi, ma'lum baho va eng
yuksak maqsad qilishni o’zlashtiradi, hayotida nima kerak bo’lsa shu jamiyatdan
oladi.Ta'lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay
oladi. Ta'limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi
hayotga moslashadi.
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o’zi uchun yaratilgan
moddiy va ma'naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish
jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning
ta'siri tegadi.
Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko’rinishga ega. Bir
butunicha tizimda alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va
sig’inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar,
islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g’amxo’rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik,
mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an'analar, diniy musiqa va boshqalar
bolaning jamiyatdagi ahloqiy me'yorlari ta'sir etishi mumkin.
Bolaning jamiyatga chiqish chizmasi – sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi)
Ilmiybaza.uz
Fan sifatida ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini tushunish uchun u nimani
o’rganishini aniq ob'ekti va mavzui. Biz ularni bu yangi ilmiy soha ajralib chiqqan
pedagogika bilan solishtirishda aniqlaymiz. Yodimizdaki, pedagogikani o’rganish
ob'ekti – bola, mavzui esa bola tarbiyasi va ta'limi qonuniyatlari hisoblanadi.
Unda ijtimoiy pedagogika ob'ekti bo’lib ham bola, uni o’rganish mavzui esa bola
ijtimoiylashuvi (sotsializatsiyasi) hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika va sotsiologiya bilan o’zaro ta'siri
chizmasi
B
O
L
A
OILA
TA’LIM
MADANIYAT
DIN
J
A
M
I
Y
A
T
Sotsiologiya
Ijtimoiy
pedagogika
Pedagogika
Ilmiybaza.uz
3. Bola rivojlanishi xaqida tushuncha.
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta'sirlar hamda ichki
kuchlar ta'sirida sodir bo’ladi. Tashqi omillarga insonni o’rab turgan tabiiy va
ijtimoiy muhit, shuningdek bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo’yicha
maqsadga yo’naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar
kiradi.
Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o’yin,
mehnat, o’quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tengdoshlar, begona
kishilar va b. bilan). Bunda u o’ziga xos bo’lgan faollikni namoyon etadi. Bu
muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam beradi.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi,
yetakchisi bo’ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning
yangi turi oldingisining ichida yuzaga keladi.
Bola tug’ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim
ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o’zlashtirib
olishi mumkin. Bu o’z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva
o’zlashtirishda yetakchi vazifani bajaradi.
Shaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo’lib bola ehtiyoji va uni
qoniqtirish
imkoniyati
o’rtasida
yuzaga
keladigan
qarama-qarshiliklar
hisoblanadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikki
parallel chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo’shilib
ketadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi
asosida ikki o’ta muhim bo’lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat
va muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi.
4. Biologik va ijtimoiy omillar.
Ilmiybaza.uz
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda
insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat
deganda bolalar genetik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning
ota-onadan bolaga o’tilishi tushuniladi.
Nasldan bola inson organizmi, inson asab tizimi, inson miyasi va sezgi
a'zolarini oladi.
Ota-onalardan bolalarga tana tuzilishi xususiyatlari, soch rangi, ko’z, teri rangi
kabi bir insonni boshqa insondan farqlaydigan tashqi omillar o’tadi. Nasldan asab
tizimining ba'zi bir xususiyatlari ham o’tadi. Bular asosida asab faoliyatining
ma'lum bir turi rivojlanadi.
Inson rivojlanishida intellektual xislatlarning o’tishi masalasi juda muhimdir.
Filolog va psixologlar tadqiqotlariga ko’ra qobiliyatlar nasldan o’tmaydi, faqat
qobiliyatlarni rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlar hisoblangan qobiliyat
nishonalari o’tadi.
Bola rivojlanishida irsiyat ahamiyati haqida gapirganda irsiy tabiatga ega
bo’lgan bir qator kasallik va patologiyalarning mavjudligini e'tiborga olish lozim.
Masalan, psixik buzilishlar (shizofreniya), qon kasalligi (gemofiliya), endokrin
buzilishlar (pakanalik). Ota-onalar alkogolizm iva giyohvandligi nasl uchun
salbiy ta'sir ko’rsatadi. Tashqi omillar bo’lgan atmosferaning, suvning
ifloslanishi, ekologiyaning buzilishi ham bola rivojlanishiga salbiy ta'sir
ko’rsatadi. Jismoniy kamchilikli (ko’rlar, karlar, tayanch-harakatlantiruvchi
apparatning buzilishi va b) bolalar tug’ilishi ko’paymoqda.
Shunday bolalar uchun muloqotda bo’lish jamiyatga “kirish” ancha
murakkabdir. Bular bilan maxsus tayyorlangan pedagoglar shug’ullanadi.
Ijtimoiy omillar.
Inson bo’lib yetishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o’zi kifoya emas.
Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya'ni muloqotda, boshqa insonlar bilan
o’zaro ta'sirda shaxs bo’lib yetishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma'naviy,
Ilmiybaza.uz
ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo’la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma'lum
hollar, ya'ni inson bolasi hayvonlar orasida o’sgani yanada mustahkamlaydi.
Inson bo’lib tug’ildi, lekin inson bo’la olmadi.
Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar bor.
Rim asoschilari Romul va Rem bo’ri onasi bilan emizilgan edi (shunday deb
afsonada gap yuritiladi), maugli bo’rilar to’dasida tarbiyalangan edi. Inson
bolalarini bo’rilar bilan boqilganining 15 holi, ayiqlar -5 holi, maymunlar – 10
holi, leopard – 1 holi, qo’y – 1 holi ma'lum.
1920 yili Hindistonda doktor Sing bo’rilar uyasida bo’ri bolalari bilan birga
ikkita qizchani (biri 2 yoshda, ikkinchisi 7-8 yoshlarda) topgan. Kichigi Amala,
kattasini Kamala deb nomlashdi.
Boshida ular o’zini yovvoyi hayvonlardek tutdi. Tunda emaklab yurishardi va
yugurishardi,
kunduzi
uxlashardi,
qo’ldan
foydalanmay
chapillatib
ovqatlanishardi. Kichik qizcha tezda o’lib qoldi, kattasi 10 yilga yaqin yashadi.
Shu yillar ichida doktor Sing Kamalani kuzatish kundaligini batafsid olib
bordi. qiyinchilik bilan o’qirdi. 2 yil uni tik turishga o’rgatishga to’g’ri keldi. 6
yildan so’ng yura boshladi, lekin ilgaridek emaklab yugurardi. Birinchi 4 yillar
ichida 6 ta so’zni o’zlashtirdi. 7 yildan so’ng so’z boyligi 45 ta so’zga, 3 yildan
so’ng esa 100 gacha yetdi. Shuni o’zida til jarayoni to’xtadi. Bu vaqtga kelib
Kamala inson jamiyatini yaxshi ko’rdi, yorug’likdan qo’rqmay qoldi, qo’l bilan
ovqatlanishga va stankandan ichishga o’rgandi. 17 yoshga yetgach Kamala
rivojlanishi darajasiga qaraganda 4 yoshlik boladek edi.
Bu hol shuni ko’rsatadiki, odam oxir-oqibatda insonlar jamiyatiga tushib
qolganida ham odam darajasiga yetmagan. Nima o’zi odamni odam qiladi?
Biologik individni ijtimoiy sub'ektga aylanishi odam sotsializatsiya
jarayonida, uning jamiyatga “kirishida”, turli xil ijtimoiy gurux va tuzilmalarga
qadriyatlar, ko’rsatmalar, ijtimoiy o’zini tutish me'yor va namunalarini
o’zlashtirish orqali “kirishida” sodir bo’ladi.
Ilmiybaza.uz
Sotsializatsiya – uzluksiz va ko’p qirrali jarayon. Bu jarayon ayniqsa, bolalik
va o’smirlikda jadal kechadi. Agar bu jarayonni obrazli qilib uy qurilishi deb
tasavvur qilsa, unda aynan bolalikda butun binoga poydevor qo’yiladi va quriladi.
Keyinchalik butun umr davomida faqatgina pardozlash ishlari olib boriladi.
Bola sotsializatsiyasi jarayoni, shaxs sifatida uning shakllanishi va rivojlanishi
atrof-muhit bilan o’zaro ta'sirda sodir bo’ladi.
Shaxs sotsializatsiyasining makro (grekcha macros “katta”), mezo – (mesos
“o’rta”) va mikro (micros “kichik”) omillarini farqlaydilar.
Mikroomillar – inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat hamda dunyoviy
planetar jarayonlar – ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va b.
Mezoomillar – etnik ko’rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va
etnikaro munosabatlarning u yoki bu hollarini qabul qilishi, insonlarning o’z eposi
(xalqi) tarixi va hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari; bola yashaydigan va
rivojlanadigan mintaqaviy shart-sharoitlarning ta'siri; yashaydigan joy turi
(shahar, tuman markazi, qishloq); ommaviy kommunikatsiya vositalari va b.
Mikroomillar -yaqingina makonni va ijtimoiy muhitni tashkil qiladigan oila,
ta'lim muassasalari, tengdoshlar guruhi va b. mana shu yaqingina muhitni, ya'ni
bola o’sadigan muhitni sotsium yoki mikrosotsium deb atashadi.
Bola sotsializatsiyasiga omillarning ta'siri chizmasi
Ilmiybaza.uz
Sotsium (yaqin muhit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega.
Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o’zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan,
oilada rivojlanadi, so’ng yangi muhitlarni o’zlashtiradi – maktabgacha
muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o’rtoqlar davrasi,
diskotekalar va h.k. Yosh o’tgan sari bola tomonidan o’zlashtirilgan ijtimoiy
muhit “hududi” tobora kengayib boradi.
5. Bola rivojlanishida muhitning ta'siri.
Ijtimoiy pedagogikada sotsium, ijtimoiy muhit, yaqin ijtimoiy muhit orqali
bolaning umuman jamiyatga kirib borishi jarayoni nuqtai nazaridan ko’rib
chiqiladi. Sotsiumda inson munosabatlari va hayoti ijtimoiy shart-sharoitlari
o’zaro ta'sir xususiyatiga ega. Muhit – bu nafaqat ko’cha, uy va buyumlar. Muhit
– bu yana o’ziga xos munosabat va qoidalar o’ziga xos munosabat va qoidalar
tizimiga ega bo’lgan turli xil insonlar birligi. Shuning uchun, bir tomondan inson
unga (muhitga) nimadir o’ziniki olib kiradi, ma'lum bir darajada unga ta'sir qiladi,
uni o’zgartiradi, lekin shu bilan birga muhit ham insonga ta'sir ko’rsatadi, unga
o’z talablarini qo’yadi.
Muhitning insonga bo’lgan munosabati shu bilan aniqlanadiki, uning o’zini
tutishi qanchalik muhit ishonchiga to’g’ri keladi. Insonning o’zini tutishi ko’p
holda jamiyatda u qanday o’rinni egallashi bilan aniqlanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtda bir qancha o’rinlarni egallashi mumkin. Masalan,
ayol kishi o’qituvchi, rafiqa, ona, qiz bo’lishi mumkin. Har bir tutgan o’rin
insonga muayyan bir talablarni qo’yadi va shu bilan birga unga qandaydir
huquqlarni beradi. Jamiyatda insonning o’zini tutishi muayyan bir huquq va
majburiyatlar bilan tavsiflanadi, sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom deb ataladi.
Ilmiybaza.uz
Ba'zi bir maqomlar bizga tug’ilishimizdan beriladi. Inson maqomi jinsi,
millati, tug’ilgan joyi, ism-sharifi va boshqa omillardan kelib chiqadi. Bunday
maqomlar tug’ma yoki berilgan deb ataladi. Boshqalari esa insonning o’zi
mustaqil ravishda jamiyatda shaxsiy harakatlariga ko’ra erishgani bilan
aniqlanadi. Masalan, pedagog, vrach, muhandis maqomini inson kerakli kasbiy
ta'lim yurtida o’qigani va diplom olgani uchun oladi. Bu holda erishilgan yoki
olingan maqom haqida gap yuritiladi.
Maqom insonning jamiyatda o’zini tutishini aniqlaydi. Ma'lum bir
vaziyatlarda shaxs o’zini istaganicha emas, balki o’z maqomiga ko’ra tutadi.
Atrofidagi insonlar undan bu vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya'ni inson
muayyan bir rolni o’ynashga majbur. Shuning uchun, inson maqomidan kelib
chiqqan kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi.
Jamiyatda nafaqat u (jamiyat) bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy
me'yor va qadriyatlarga to’g’ri kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning
uchun rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy rolni va shu bilan birga negativ
rolni ham o’zlashtirishi mumkin.
Pozitiv (Ijobiy) Salbiy
Oila a’zosi Daydi
Jamoa a’zosi Gadoy
Fuqaro Nashavand
Mutaxasis
Ijtimoiy maqom (tug’ma olingan)
Ijtimoiy rol
Ilmiybaza.uz
Pozitiv rolli: oila a'zosi (ota va ona, buva va buvi, o’g’il yoki qiz, aka va singil,
nevara va b.), jamoa a'zosi (o’quvchi, o’rtoq, do’st, yetakchi va b.), iste'molchi
(insonga ovqat, kiyim, oyoq kiyim va b.), fuqaro (Vatanni sevadi, u bilan
faxrlanadi, vatanparvar bo’lish), mutaxassis (o’qituvchi, vrach, iqtisodchi,
muhandis va b.).
Bola bilan ma'lum rolda o’zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga
muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta'minlaydi, har bir u uchun yangi bo’lgan
vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi.
Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni
ijtimoiy moslashuv deb ataladi.
Sotsializatsiya jarayonida, xususan bolaning ijtimoiy moslashuvida insonning
“hammadek” bo’lishi ob'ektiv ehtiyoji namoyon bo’ladi. Biroq shu bilan parallel
ravishda bolada - boshqa ehtiyoj - o’zini o’z individualligini ko’rsatish ehtiyoji
shakllanadi. Bola uni ifodalash usul va vositalarini qidira, namoyon qila
boshlaydi,
natijada
uning
individuallashtirilishi
sodir
bo’ladi.
Bola
individuallashtirilishi shunda ifodalanadiki, u yoki bu ijtimoiy ahamiyatga ega
shaxs xislat va xususiyatlari aynan shu insonga mansub shaklda namoyon etadi.
Ijtimoiy o’zini tutish esa boshqa insonlar intizomiga tashqi tomondan o’xshashiga
qaramay notakror, individuallik qirralarni egallaydi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi shunday qilib ikki yo’nalish bo’yicha sodir
bo’ladi:
sotsializatsiya
(ijtimoiy
madaniy
tajribani
egallash)
va
individuallashtirish (mustaqil bo’lish).
Agar bolani sotsiumga kiritishda sotsializatsiya va integratsiya jarayonlari
orasida muvozanat belgilansa, ya'ni bola, bir tomondan, mazkur jamiyatda
o’zlashtirilgan me'yor va qoidalarni o’zlashtirsa, boshqa tomondan unga o’z
ahamiyatli
“umumiy”ni
individualligini
qo’shsa,
sotsiumda
bolaning
integratsiyasi sodir bo’ladi.
Ilmiybaza.uz
Agar bolaning guruhga moslashish jarayoni sodir bo’lmasa, unda o’ziga
ishonmaslik, tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo’lishi mumkin, bu shaxsni
jiddiy deformatsiyaga olib kelishi mumkin.
Agar bola moslashuv fazasidan o’ta olsa va atrofdagilarga o’z individual
farqlarini ko’rsatishni boshlasa, atrofdagilar esa uning individualizmini jamiyat
me'yorlariga to’g’ri kelmaydi deb hisoblasa, unda bolada negativlik,
gumonsirashlik, agressivlik, o’ziga yuqori baho berish rivojlanadi.
Bola rivojlanishiga tarbiya ham ta'sir ko’rsatadi. Hozir pedagogikada
“sotsializatsiya” va “tarbiya” tushunchalari keng muhokama qilinmoqda. Tarbiya
shaxs sotsializatsiyasi asosiy omillaridan biri.
Agar bola ijtimoiy me'yor va qadriyatlarni o’zlashtirmasa (muhit negativ ta'siri
natijasida), unda tarbiyachilar va mutaxassislar harakatlari ijtimoyi moslashuvga
(ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga moslashish) yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Agar ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning shakllanmaganligi shunchalik
yuqori bo’lsa, bolani ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga moslashishiga halaqit
bersa, ya'ni uning ijtimoiy qarshi moslashuvi sodir bo’lsa, bu holda bola bilan
yo’qotilgan ijtimoiy aloqa va munosabatlarni tiklashga yo’naltirilgan maxsus
choralar tizimini tadbiq etishni ko’zda tutadigan ijtimoiy tiklanish zarur.
Shunday qilib, rivojlanish jarayonida bola sotsiumda ijtimoiy moslashuvni o’z
ichiga oladigan uning sotsializatsiyasi amalga oshirilishi kerak. Agar bu sodir
bo’lmasa, boshqa hol - qarshi moslashuv holi kuzatiladi, unda bolani ijtimoiy
qayta tiklash zaruriyati yuzaga keladi.
1-mavzu bo’yicha rezyume (xulosalar)
Ijtimoiy pedagogika - tadqiqot ob'ekti bo’lib bola, o’rganish mavzusi bo’lib
esa bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlari hisoblangan pedagogika fani sohasidir.
Ilmiybaza.uz
Ijtimoiy pedagogika - bolalarning ijtimoiy tarbiyasi va ijtimoiy ta'limi
qonuniyatlarini ularning ijtimoiylashuvi jarayonida o’rganadigan pedagogika fani
sohasidir.
Bola ijtimoiylashuvi – uni ijtimoiy hayotga tortish jarayonidir. U mazkur
jamiyatga xos bo’lgan bilim, qadriyatlar, o’zini tutish namunalari tizimii
o’zlashtirishda mujassamlashgan.
Bolaning ijtimoiy moslashuvi – uni ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga faol
moslashuvi jarayoni, bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro ta'siri turi.
Bolaning ijtimoiy moslasha olmasligi - ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga
muvaffaqiyatli moslashishga qarshilik qiladigan undagi ijtimoiy ahamiyatga ega
xislatlarning yo’qolib ketishi yoki shakllanmasligi jarayoni.
Savol va topshiriqlar:
1. Xorijda ijtimoiy pedagogika taraqqiyotining asosiy bosqichlarini sanab o‘ting?
2. Ijtimoiy pedagogika taraqqiyotining ikkinchi bosqichiga qisqacha ta'rif bering.
3. “Ijtimoiy pedagogika" atamasi kim tomonidan va qachon fanga kiritilgan?
4. Nima sababdan XX asrda ijtimoiy pedagogika fani va faoliyatiga ijtimoiy talab
kuchaydi?
5. XX asr ijtimoiy pedagogika vakillarining qarashlarini
bayon eting.