Ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida. Ijtimoiyllashuv-
ijtimoiy-pedagogik jarayon
REJA:
1. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va ijtimoiy pedagogika rivojlanishi
tarixidan.
2. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish.
3. 3.Ijtimoiylashuv – ijtimoiy-pedagogik jarayon.
Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borlig’i masalalarini o’rtaga
qo’yadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashining umumlashgan
tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ ijtimoiy tarbiya falsafasi”
bo’limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi va bu
qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarni uchratsak bo’ladi.
Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar
rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan
axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy
pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi, tarbiya usullari va
maqsadlarini ishlab chiqadi. Falsafa, ijtimoiy tarbiya nazariya va uslubiyatining
boshqa muammolarini o’rganadi.
Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika.
Sotsiologiya-jamiyat, ijtimoiy
munosabatlar va ijtimoiy tarbiya uslubiyati rivoji faoliyat yuritishi, shakllanishi
qonuniyatlari haqidagi fan ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuv
muammolarini o’rgana turib ijtimoiy bitimlar sohalarining birqator ma’lumotlari:
(yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim,
jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi.
Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika.
Etnografiya
xalqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Etnopsixologiya
insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy xarakteri, milliy o’z-o’zini
anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o’rganuvchi bilim
sohasi. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiya va psixologiya inson hayotining yosh
davrlarga bo’linishi, etnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, etnosda u yoki bu
yoshdagi yoki jinsdagi insonlarning tutgan o’rnini belgilaydigan omillar
ijtimoiylashuv va tarbiyaning etnik va qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlardan
foydalanadi.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda etnografiya va etnopsixologiya
ma’lumotlari ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va
mazmunini aniqlashda, tarbiya tizimini tashkil qilishda inobatga olish lozim. SHu
bilan birga umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos tushadigan etnosda
shakllangan tarbiya usullaridan shu xalq doirasida ijtimoiy tarbiya tizimida
foylanish maqsadida muvofiqdir. Bundan tashqari ijtimoiylashuv va tarbiyaning
ba’zi bir etnik xususiyatlarini muayyan doirada jadallashtirish va o’rnini to’ldirish
ham lozimdir.
Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. ijtimoiy
psixologiya insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo’shilishlari faktini keltirib chiquvchi
inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning
psixologik ta’riflarini ham o’rganadi. YOsh psixologiyasi inson ruhiyati
dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog’liq
omillarini ham o’rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya
(jinoyatshunoslik) muammolarini o’rgana turib va ijtimoiy tarbiya uslubiyat va
psixologiyasini ishlab chiqa turib ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan
foydalanadi.
Bola ijtimoiylashuvining asosiy institutlari
3-Ilova
Ijtimoiy pedagogikada
Sotsiologiya fani jamiyatning o`zini-o`zi anglashida qudratli vositadir. qaysi
jamiyatda sotsiologiya kuchliroq rivojlansa, bu mana shu jamiyatning o`zini
to`laroq anglayotgani alomatidir.
Sotsiologiya fani inson xulq-atvorini
tushunishning aniq va favqulodda yorqin istiqbolini ochadi. Sotsioloyani o`rganar
ekanmiz, dunyoga o`zimiz berayotgan talqindan hayotimizni shakllantirayotgan
ijtimoiy ta'sirlarga nazar tashlash uchun yuqoriroq o`qtariladi.Sotsiologiya fani
IJTIMOIY
INSTITUTLAR
OILA
T
A
’
L
I
M
DIN
M
A
D
A
N
I
Y
A
Jamiyat o’zining qurilishiga ko’ra turli xildagi o’zaro bog’langan va o’zaro
ta'sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi
hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va artibga
solinganligini o’rganadi. institut dеb nomlash mumkin va bularga oila, ta'lim,
madaniyat va din kabilar kiradi
Oila – ijtimoiylashishning yеtakchi
instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy
bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va
ko’nikmani oladi, ma'lum baho va eng
yuksak maqsad qilishni o’zlashtiradi,
jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo munosabatlar
haqidagi fan sifatida pedagogika faniga juda katta material tayyorlab beradi.
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari
bilan esa ijtimoiy pedagogika (lat. Socium-jamiyat) shuqullanadi. Sotsiologiya-
insonning ijtimoiy turmushini o`rganish, guruh va jamiyatni o`rganishdir.
Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori- uning predmetidir.
Sotsiologiyaning faoliyat maydoni keng bo`lib, u ko`chada individlarning tasodifiy
to`qnashuvlaridan to global ijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilishgacha bo`lgan
sohalarni qamrab oladi.
Sotsiologiya bizga o`zimiz haqimizda, o`zimiz yashayotgan jamiyat haqida,
shuningdek makon va zamonda bizdan uzoq bo`lgan jamiyatlar haqida bilim olish
imkonini beradi. Sotsiologiya keyingi 2-3 asr davomida kishilik jamiyatida yuz
bergan o`zgarishlarni o`rganish asosida maydonga keldi. Hozirgi ijtimoiy
dunyoning eng muhim xususiyatlari orasida sanoatlashuv, urbanizatsiya va siyosiy
tizimlarning yangi tiplarini sanab o`tish mumkin. Sotsiologiya boshqa fanlar bilan
uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xudq- atvorini o`rganadi.
Sotsiologiya antropologiya, tarix, iqtisod va siyosatshunoslik orasidagi aloqalar
muhimdir.
Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda
ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida
ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham
ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar
davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar
tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot
bazasini ham o`z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur
yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari
ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish
va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga
nisbatan ancha osondir.Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan va juda murakkab
jarayon. Bir tomondan har qanday jamiyat o`z rivojlanish jarayonida ijtimoiy va
axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi,
har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o`rganib mazkur jamiyatda yashash,
uning to`laqonli a'zosi bo`lish imkoniga ega bo`ladi. Uning uchun jamiyat u yoki
bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq tarzda ta'sir ko`rsatadi, uni ta'lim va tarbiya
doirasida amalgi oshiradi. Ikkinchi tomondan, uning shakllanishiga turli g`oyalar,
ijtimoiy muhit ta'sir kqrsatadi. Uning uchun bunday yo`nalishlar, stixiyali ta'sirlar
yig`indisi har doim ham milliy mustaqillik manfaatlariga javob bermaydi. Jamiyat
o`z tuzilishiga yega turli xil o`zaro bir-biriga bog`liq va bir-biriga ta'sir etadigan
davlvt jamoat institutlariga ega bo`lib, ular ijtimoiy hayotni tashkil etish va
boshqarish shakllarini anglatadi. Odamlar bu ijtimoiy normalar ijtimoiy qoidalar
bilan munosabatga kirishadilar va uni o`rganadilar. Ammo turli xil ijtimoiy
institutlarning g`oyaviy tarbiyadagi roli bir xil emas. Ulardan biri bolaning
rivojlanishi va ijtimoiy tiklanishi uchun ularga tabiiy ta'sir ko`rsatsa, boshqasi
shaxsning shakllanishi uchun maqsadga muvofiq vazifani bajaradi. Bular
ijtimoiylashtirish institutlari nomini olib, ularning arkibiga oila, ta'lim, madaniyat
va din kabilar kiradi.
Oila ijtimoiy pedagogikaning asosiy instituti , oila vositasida odam asosiy
ijtimoiy bilimlarni o`rganadi, axloqiy maxorat va malakaga ega bo`ladi, xayoti
uchun zarur bo`lgan ma'lum qadriyat va makurani egallaydi. Bolalarning
muvaffaqqiyatli ijtimoiylashtirish uchun muhim ahamiyatga yega bo`lgan yana bir
institut-ta'lim muassasasidir. Odam uzluksiz ta'lim orqali jamiyatda tarkib topgan
qadriyatlar, boyliklar bilan munosabatda bo`ladi. Odam bilim olish jarayonida
faqat aqliy jihatdan rivojlanib qolmay, jamiyat hayotiga moslashadi.Ijtimoiy
pedagogika- bu pedagogik fanlarning muhim yo`nalishlaridan biri bo`lib, uning
tadqiqot ob'ekti shaxs bo`lib, u aniq manzilga ega. Ya'ni ijtimoiy pedagogikaning
ob'ekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy qayotda adashgan, odob-
axloq me'yorlaridan oqishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muxtoj shaxslar,
shuningdek jamiyat a'zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir. Ijtimoiy
pedagogikaning predmeti esa-bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika-bu shaxslarning ijtimoiylashuvi qamda ularga ijtimoiy
ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fani
tarmoqidir.Shaxsning ijtimoiylashuvi esa - bu ma'lum jamiyatga mos bilimlar,
qadriyatlar, me'yorlar, hatti-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirisha
borish jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga
sabab bo’lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan inson bilimi sohasi sifatida
nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-
birini to’ldirib kelishadi va voqelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini
ko’rsatishadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi
sifatida o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina
boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat
qilishi mumkin.
O’zbekiston qadimiy tarix va pedagogik an’analarga ega davlat bo’lgani
uchun qadimdan ijtimoiy pedagogika fanining Sharq mutafakkirlari va diniy
arboblar asarlarida rivojlanishi asoslari mavjuddir. XIX asrda o’zbek
ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarning ijtimoiy tarbiya sohasidagi
faoliyati ijtimoiy bilimlar uchun boy materialni tashkil qiladi. Biroq ma’lum bir
davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to’xtatib
qo’shildi. bu ish avvaliga inqilobgacha bo’lgan davrda pedagogikadan voz kechish,
so’ngra ijtimoiy muammolarni ma’lum qilmaslik siyosati bilan amalga oshirilgan
bo’lsa, ana shu asosdan kelib chiqib, aytish mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy
nazariy bilimlar va ijtimoiy –pedagogik faoliyatini o’rganadi, keyinchalik unga
burjuaziya fani sifatida qaralgan. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX
asrning 90-yillarida ro’y berdi. Uning qayta “tug’ulishi” ijtimoiy pedagoglarning
zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda ijtimoiy pedagogika fanining
yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va
jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat,
byudjetdan pul ajratishni kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy
holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy hayotni
demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan
qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq bundan avvalgi
davrning nazariya va amaliyotining tizimlashtirilmog’ini bu ikki soha bir-biridan
alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo’ldi va ijtimoiy pedagogika fan sifatida
shakllanishiga ta’sirini ko’rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to’liq
qamrab oluvchi ta’rif mavjud emas.
Masalan, Yu.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs va guruhni tarbiyalash va
o’qitish nazariya va amaliyoti” deb ta’kidlaydi.
A.V.Mudrikning fikricha ijtimoiy pedagogika-“barcha yosh guruhlar va
ijtimoiy toifalarni ijtimoiy tarbiyasini o’rganuvchi pedagogikasi”dir
V.D.Semenov ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi fan yutuqlarini
birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy-tarbiya amaliyotida amalga oshiradi, deb
hisoblaydi.
I.Podlaso’yning “Pedagogika darsligida quyidagicha ta’rif mavjud: “ ijtimoiy
pedagogika-ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya
muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o’rnatuvchi fan”.
Yu.N.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash
orqali ta’rif bermoqchi bo’lgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan”
tushunchasining o’zi inson faoliyatining ob’ektiv bilimlarni tizimlashtirish va
ishlab chiqishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning
ilmiy mazmuniy jihatini o’rganish “ ijtimoiy pedagogika” atamasining o’ziga
e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo’lib, ularni bitta sohaga
birlashtirib turadi. Bu birlashuv tasodifiy emas va fanda tabaqalashuv va
ixtisoslashuvning zamonaviy jarayonlariga bog’liq. Pedagogika fanida
tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni so’nggi paytlarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir
ixtisoslashtirilgan sohalar-maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, maxsus
pedagogikasi, kasb-xunar pedagogikasi, tarix pedagogikasi mustaqil ilmiy
sohalarga aylanib bo’lishdi. Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak
bo’ladi.
Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika singari ta’lim-tarbiya jarayoni jarayoni va
hodisalarini o’rganadi dalolat beradi. Biroq ularni muayyan o’ziga xos
yo’nalishlarda o’rganadi. Bu fanning o’ziga xos xususiyati “ ijtimoiy” so’zida
mujassamlashtiilgan.
“ Ijtimoiy” (lotinchada socialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida
odamlarning shakllari, ular o’zaro munosabatlarining turli shakllari bilan bog’liq
barcha narsa tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o’sib kelayotgan
avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-
tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo’shilishiga bog’liq
xodisalarni aloxida ajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan
ijtimoiy tajribani qo’lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari)
ijtimoiylashuv deyiladi.
Shunday qilib agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning ob’ekt va
predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo’lsak quyidagi holat kelib chiqadi.
Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq
o’rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani
tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani
ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, bu ikki
fanlarning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay natijada ularning o’ziga xos vazifalari
tufayli uzoqlashishi ro’y berdi. Umumiy pedagogikaning spetsifik vazifasi ta’lim-
tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish ijtimoiy pedagogning asosiy kasbi
hisoblanadi.
Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni
o’rganadi, insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini ,nimaga bir
guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga
harakat qiladi. Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda,
uning ilmiy vazifalariga mos ravishda o’rganadi. Shu bilan birga o’z rivojlanishida
umumiy pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo’ldi. Hozirda
uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari
muassasalarda tarbiya va qayta tarbiya, bolalar uylari, qariyalar uylarida
yashovchilarga g’amxo’rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy
pedagoglar faoliyatning turli sohalari: ekologiya, badiiy ijod, sog’lomlashtirish
sohalarida ixtisoslashishadi. Ijtimoiy pedagogning kompleks xarakteri uning
boshqa fanlar bilan munosabatida namoyon bo’ladi.
Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borlig’i masalalarini o’rtaga
qo’yadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashining umumlashgan
tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ ijtimoiy tarbiya falsafasi”
bo’limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi va bu
qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarni uchratsak bo’ladi.
Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar
rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan
axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy
pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi, tarbiya usullari va
maqsadlarini ishlab chiqadi. Falsafa, ijtimoiy tarbiya nazariya va uslubiyatining
boshqa muammolarini o’rganadi.
Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika.
Sotsiologiya-jamiyat, ijtimoiy
munosabatlar va ijtimoiy tarbiya uslubiyati rivoji faoliyat yuritishi, shakllanishi
qonuniyatlari haqidagi fan ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuv
muammolarini o’rgana turib ijtimoiy bitimlar sohalarining birqator ma’lumotlari:
(yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim,
jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi.
Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika.
Etnografiya
xalqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Etnopsixologiya
insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy xarakteri, milliy o’z-o’zini
anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o’rganuvchi bilim
sohasi. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiya va psixologiya inson hayotining yosh
davrlarga bo’linishi, etnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, etnosda u yoki bu
yoshdagi yoki jinsdagi insonlarning tutgan o’rnini belgilaydigan omillar
ijtimoiylashuv va tarbiyaning etnik va qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlardan
foydalanadi.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda etnografiya va etnopsixologiya
ma’lumotlari ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va
mazmunini aniqlashda, tarbiya tizimini tashkil qilishda inobatga olish lozim. Shu
bilan birga umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos tushadigan etnosda
shakllangan tarbiya usullaridan shu xalq doirasida ijtimoiy tarbiya tizimida
foylanish maqsadida muvofiqdir. Bundan tashqari ijtimoiylashuv va tarbiyaning
ba’zi bir etnik xususiyatlarini muayyan doirada jadallashtirish va o’rnini to’ldirish
ham lozimdir.
Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. ijtimoiy
psixologiya insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo’shilishlari faktini keltirib chiquvchi
inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning
psixologik ta’riflarini ham o’rganadi. YOsh psixologiyasi inson ruhiyati
dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog’liq
omillarini ham o’rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya
(jinoyatshunoslik) muammolarini o’rgana turib va ijtimoiy tarbiya uslubiyat va
psixologiyasini ishlab chiqa turib ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan
foydalanadi.
Shunday qilib ijtimoiy pedagogika ilmiy tadqiqotlarning intizomiy sohasi
hisoblanadi. Uning asosi pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik usullar va
vositalar hisoblanadi. Shu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari ijtimoiyogiya
tomonidan o’rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi ijtimoiyogik nazariya,
usul va vositalardan ham foydalanadi. Shu bilan birga ijtimoiy pedagogika
o’zining nazariya, uslub, vosita va texnologiyalarini ham ishlab chiqadi.
Yuqorida bayon etilgan isbot dalillar asosida Yu.N.Galaguzovaning ta’rifiga
juda yaqin turuvchi ijtimoiy pedagogikaning eng aniq ta’rifi quyidagicha:
ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish,
jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik
faoliyatning samaraliusullari texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga
qaratilgan pedagogika sohasi.
Shuningdek, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini
o’rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi
bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’lif bersak ham bo’ladi
Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish XIX asrda yevropa va SHimoliy Amerikada
bo’lib o’tgan ijtimoiy-madaniy jarayonlar nafaqat ijtimoiy pedagogika balki “
ijtimoiy ish” deb nomlangan ijtimoiy faoliyat sohasining paydo bo’lishini
ta’minladi.
G’arbiy yevropa davlatlarida ayniqsa Germaniyada XX asr davomida ijtimoiy
pedagogika bilan bir qatorda ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat sohasi sifatida
rivojlanadi, biroq ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy ishchilarning kasbiy
faoliyatlarida ko’p umumiy jihatlar bor. Ular bir kasbni anglatuvchi sinonim
so’zlardir. Bu mutaxassislar jamiyatda tarbiyaviy, axborot, hamkorlik, tashkiliy,
himoya, qo’llab-quvvatlovchi vazifalarni bajarishadi.
Ishchilarning bu toifalarini paydo bo’lishi aholining himoyalanmagan
qatlamlariga ijtimoiy yordam bera oladigan mutaxassislarda ehtiyoj tug’ilgani
bilan bog’liq.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning rivojlanish tarixi juda yaqin.
Avvalambor ularni insonlarga munosabatning tarixiy-madaniy an’analari
birlashtiradi. “Mehribonlik”, “hayriya”, “yordam” tushunchalarining ham ijtimoiy
pedagogik ham ijtimoiy ishda qo’llanishi tasodif emas.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki
ishchilar toifasining kengaytirish, ularning maqsadlarining yaqinlashuviga va bir-
birlarini to’ldirishlariga olib keldi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida-
masalan, bolalar bog’chalari, maktablarda hozirda ham ijtimoiy ishchilar va
ijtimoiy pedagoglar birgalikda ishlashlari mumkin. Biroq ulardan har biri o’z
majburiyatlariga ega.
Ularning farqlari quyidagilarda namoyon bo’ladi. Ular bilim sohasi sifatida turli
fanlardan kelib chiqishgan: ijtimoiy pedagogika-pedagogikadan, ijtimoiy ish esa
ijtimoiyogiyadan.
Amaliy faoliyatda ularning farqlari ijtimoiy pedagoglar o’z faoliyatlarida
pedagog faoliyatining nazariy va metodik asoslariga suyanganlarida, ijtimoiy
ishchilar esa asosan ijtimoiy nazariya va texnologiyalardan foydalanishlarida
namoyon bo’ladi. Bu ikki mutaxassisliklar shuningdek, faoliyat ob’ekti bo’yicha
ham farqlanadilar.
Ijtimoiy ish ob’ekti insonning me’yorida faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi
muammolarga ega shaxsdir. Muammolar har bir insonda butun hayoti davomida
yuzaga keladi. Ular psixologik, tibbiy, huquqiy, moddiy bo’lishi mumkin. Ular
ham insonga bog’liq bo’lmagan tashqi omillar(kasallik va boshqa)ga bog’liq
bo’lishi ham mumkin. Bu holatda ijtimoiy ish ob’ekti o’z muammolarini mustaqil
hal qilishga kuchi yetmaydigan va kasbiy yordamga muhtoj bo’lgan inson bo’ladi.
Shunday qilib ijtimoiy ish ob’ekti hayoti davomida ijtimoiy yordamga muhtoj
bo’lgan insondir. Ijtimoiy pedagogika ob’ekti esa bolaning ijtimoiy sub’ektga
aylanishiga kerak bo’ladigan yordamdir.
Ijtimoiy ishchi yordam ko’rsatayotgan inson mijoz deyiladi, ijtimoiy
pedagogikada odatda “go’dak” so’zi ishlatiladi.
“Ijtimoiy ish” insonning insonga insoniy munosabatini namoyon bo’lishini
bildiruvchi ibora. U hali qadim zamonlardayoq insonning diniy burchi,
ehtiyojmandlarga insoniy xizmatlar tizimi sifatida paydo bo’lgan. Biroq faqatgina
bizning asrimizga kelib ijtimoiy ish butun dunyoda maxsus tayyorgarlikni talab
qiluvchi kasb sifatida tan olinayapti.
Ijtimoiy faoliyat-insonning jamiyatga muvoffaqiyatli moslashuvini
osonlashtirish qaratilgan tizimli chora-tadbirlardir. U mehribonlik va shuncha
o’xshash faoliyat doirasidan nafaqat kundalik muammolarni hal qilishga yordam
berish, balki ehtiyojlarni qondirishga to’siq bo’ladigan muammolarni hal qilishga
yordam berish bilan ajralib turadi.
Davlat va jamoatchilik qo’llab-quvvatlaydigan tashkilotlar (tijorat va notijorat)
ko’rsatadigan yordam eng samaralidir. Ijtimoiy yordam ko’rsatma berish
jamiyatning yuqori madaniyati va taraqqiy etganligidan dalolat beradi. U butun
aholining hamdardligiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ancha obro’ e’tiborga ega.
Biroq ijtimoiy ishchilarning maoshi yuqori emas va ijtimoiy tashkilotlarga ishga
kiruvchilar soni ham ko’p emas.
Ijtimoiy pedagog ishini ham ahloqiy burch ham kasb desak bo’ladi. Savol
paydo bo’ladi: ijtimoiy pedagog o’zi nima bilan shug’ullanadi?
Ijtimoiy ishning o’ziga xosligini tushunishda asosiy omil 1917 yilda Meri
Richmandning “ Ijtimoiy suhbat” kitobining chop etilishi bo’ldi. Bu mumtoz
asarda “Yaxshi ijtimoiy ishchi odamlarni kambag’allikdan halos etish bilan
shug’ullanmaydi, u kambag’allikni umuman bartaraf etish uchunnima qilish haqida
o’ylaydi”,-deb yozilgan. Richmonddan keyin izlanish, tashhis, davolash
parofigmasi ijtimoiy ishda asosiy bo’ldi.
Ijtimoiy ishni metodologik asoslashga bag’ishlangan ilk yirik asarlardan birida
I.Karpf (1931 yil) o’z rivojlanishida tayanish lozim bo’lgan fanlarni sanab o’tgan:
biologiya, iqtisod, tibbiyot, psixiatriya, sotsiologiya, statistika, antropologiya,
pedagogika, ijtimoiy psixologiya. O’shandan buyon bu ro’yxat deyarli o’zgarmadi.
Amaliy ijtimoiy ishchi atamasi 1970 dan buyon qo’llanilmoqda Avvallari bu
ishga turli ta’riflar berilgan: metodologiya nuqtai nazaridan-mijoz, guruh bilan
ishlash, yerning yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan-bolalarni ijtimoiy ta’minlash,
oilaviy xizmatlar, tibbiy ijtimoiy ish, axloq tuzatish muassasalarida psixiatrik
ishlari, kambag’allar, nogironlar, aqliy ojizlar, aroqxo’rlar bilan ishlash. Bunaqa
tor ixtisoslashgan yondashuvlar bilan birga yanada kengroq yondashuvlar ham
shakllandi.
Ijtimoiy ishchilar keng doiradagi muammolar bilan to’qnash kelishadi. Bu
muammolarga aroqxo’rlik, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon
munosabat, oiladagi nizolar ruhiy va jismoniy kasalliklar, bezorilik, jamiyatdan
ajralib qolish, kabilarni kiritish mumkin. Muammolarni bunday tasniflash
mutaxassisga ularni yanada chuqurroq o’rganish imkonini berdi.
Hozirda amaliy ish sohalari quyidagilar hisoblanadi: oila, bolalarga yordam
berish, sog’liqni saqlash, turli kasb egalari bilan ijtimoiy ish olib borish, qariyalar,
ta’lim va axloq tuzatish muassasalari. Bu ixtisoslashuvga eng keng ta’rifdir. U
ishchi o’z sohasida unga yordam so’rab murojaat qilgan aholi toifalari haqida
zaruriy bilimlarga ega bo’lishini talab qiladi.
XX asrning 70-yillarida tizimli yoki bir butun yondashuv yetakchi
yondoshuvga aylandi. Unga muvofiq ijtimoiy ishchilardan bir sohaga ixtisoslashuv
mos, universallik turli usullarni uyg’unlashtira olish talab qilina boshladi.
Pedagogik, ijtimoiyogik, nazariyalarning ahamiyati oshdi. Birlashishga ehtiyoj
ijtimoiy ish tarkibida ham muhim o’zgarishlar ro’y berardi: metodik madaniyat,
ijtimoiy ishlarning aniq texnologiyasiga ehtiyoj tug’ildi. Tizimli yondashuv
yordamida ijtimoiy ishchilar bir vaqtning o’zida bir qancha inson muammolarini
hal qilishdi.
Butun dunyoda ijtimoiy xizmatlar ishchilari jiddiy o’qitilmoqda. U milliy ta’lim
tizimlarining o’ziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda-Fransiya,
Germaniya, Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, Shvetsariya va Yaponiyada katta
farqlarga ega.
Zamonaviy ijtimoiy pedagogika jiddiy ilmiy asosga asoslanadi. Ijtimoiy ishda
bilimlar zahirasiga oid sohada ishlangan va boshqa sohalardan
o’zlashtirishganlarning qo’shiluvidan iborat. Ijtimoiy ish falsafa, etika,
huquqshunoslik, sotsiologiya, psixologiyadan ko’p narsa olgan. Shaxs, ijtimoiy
guruhlarning yurish-turishi, oila muammolari, hokimiyat, qo’shnichilik va ijtimoiy
hayot, ijtimoiylashtirish, submadaniyat, stratifikatsiya va ijtimoiy qatlamlashish,
murakkab tuzilmalar va turli madaniy tizimlarning turlarini ijtimoiy ishchilar
psixologiya va ijtimoiyogiyadan o’zlashtirishdi. Biroq mizojlar va guruhlar bilan
amaliy ish olib borish metodikasi xal qiluvchi darajada pedagogika, psixologiya va
tibbiyot ta’siri ostida shakllanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy ish ilmiy asoslangan bo’lishi lozimligini tushunish
kengayib bormoqda. Bu kasb bo’yicha o’tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlarning
nufuzi oshib bormoqda, maxsus konferensiyalar o’tkazilmoqda va ularda