Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyada “me’yor” va “me’yordan
og’ish” tushunchasi. Me’yordan og’ishish tiplari
REJA:
1.Me'yor va me'yorlardan chekinish(oqish) tushunchasi.
2.Chekinish(oqish) turlari.
3.Chekinish(oqish) nazariyasi.
Tayanch tushunchalar: hayotiy me'yor, hayotiy me'yorlardan chekinish
(og`ish), negativ va pozitiv chekinish, kamchilik. Tayanch tushunchalar: ijtimoiy
pedagogika, autsayderlar, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy ta'lim, ijtimoiy tarbiya,
ijtimoiy bilim, ijtimoiy ko`nikma, ijtimoiy-pedagogik kategoriyalar.
Har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo’lishidan
qat’iy nazar, doimiy e’tiborga muhtoj odamlar bor. Bular o’z jismoniy, ruhiy va
ijtimoiy rivojlanishida chetga chiqish, og’ish bor bo’lgan odamlardir. Bunaqa
odamlar doim bir guruh bo’lib ajralishgan, jamiyat va davlatda ularga nisbatan
alohida munosabat shakllangan.
Zamonaviy AQSH va yevropa davlatlarida u yoki bu og’ishlarga ega
jamiyatga integratsiyalashuvi konsepsiyasi amalga oshirilmoqda. U konsepsiyaga
ko’ra bu odamlar ham jamiyatning teng huquqli biroq ba’zi bir muammo yoki
cheklangan imkoniyatlarga ega a’zosi sifatida ko’riladi.
Hozirda cheklangan imkoniyatli shaxslar soni butun dunyoda shu jumladan,
O’zbekistonda ham ortib borayotgani sababli, bu muammo yanada
jiddiylashmoqda. SHuning uchun bunaqa odamlar avalambor bolalarning
ko’payishini rejali ijtimoiy hal qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash
lozim.
Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada “norma”ning o’z ko’rsatgichlari, o’z
me’yorlari mavjud. Normaga mos kelmaydigan jihatni-“og’ish”, “chetga
chiqish” deyishadi.
ijtimoiy pedagogika uchun “norma” va “normadan og’ish” tushunchalari
nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va rivojlanish jarayonini
xarakterlash uchun qo’llanadi.
Og’ish ham ijobiy ham salbiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Masalan, bola
rivojlanishida aqliy qoloqlik ham, qobiliyatlilik ham normadan og’ish hisoblanadi.
Xulq-atvordagi jinoyatchilik, aroqxo’rlik, giyohvandlik va boshqa salbiy og’ishlar
ham shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga ham jamiyat rivojlanishiga ham
salbiy ta’sir ko’rsatadi. Og’ish turlari Normadan chetga chiqishni shartli ravishda
4 guruhga ajratsak bo’ladi: jismoniy, ruhiy, pedagogik va sotsiologik. Ularni
batafsil o’rganib chiqsak.Normadan jismoniy og’ish avvalambor inson sog’ligiga
bog’liq. Sog’liqdagi og’ish yoki irsiy omillar yoki biror-bir tashqi holatlar: og’ir
ekologik holat, ichimlmk suvining qoniqarsiz sifati, oila hayoti darajasining
pasayishi va boshqalar asosida yuzaga kelishi mumkin.Sog’ligida va rivojlanishida
og’ishga moyillarning ko’p tasniflari mavjud. Umujahon sog’liqni saqlash
tashkiloti 1980 yilda cheklangan imkoniyatlarning uch zvenosi shkalasining
britancha variantini qabul qildi:
-kasallik, xastalik-ruhiy yoki fiziologik funksiyalar, anatomik struktura
elementlarini har qanday yo’qotish yoki ularning anomaliyasi;
-cheklangan im koniyat-inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir
faoliyatni bajarish qobiliyatini yoqotish yoki cheklab qo’yish;
-nogironlik-yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib insonning biron-bir
faoliyatini bajarishni cheklovchi yoki unga to’sqinlik qiluvchi cheklangan
imkoniyat.
G`arb davlatlarida “sog’ligining cheklangan imkoniyatlariga ega shaxs”
tushunchasi mavjud. Ularga ta’lim standartlarini o’zlashtirishga to’sqinlik qiluvchi
jismoniy yoki ruhiy kamchiliklarga ega bolalar kiradi. Shuningdek nuqson
tushunchasi ham mavjud bo’lib, uning 4 turi-ruhiy, jismoniy, murakkab va og’ir
turlari mavjud.
Jismoniy nuqsonlarga-inson organining faoliyat yurgizishga yoki
rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik kamchiliklar, shuningdek har qanday
somatik yoki yuqumli xastaliklar kiradi.
Ruhiy nuqsonlarga-insonning ruhiy rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik
kamchilik. Bularga nutq buzilishi, miya faoliyati, shuningdek esa, aqliy
rivojlanishning buzilishlari kiradi.Murakkab nuqson belgilangan tartibda
tasdiqlangan jismoniy va ruhiy kamchiliklarni o’zida mujassam etadi.Og’ir
nuqson-belgilangan tartibda tasdiqlangan shunaqa nuqsonki, bu nuqson mavjud
bo’lgan holatda davlat ta’lim standartlariga mos ravishda ta’lim olishning umuman
iloji yo’q. Bola jismoniy rivojlanishidagi og’ishlarga kasallik, ko’rish, eshitish
qobiliyatlarining buzilishlari kiradi. Normadan ruhiy og’ishlar avvalambor
bolaning aqliy rivojlanishi, uning ruhiy nuqsonlariga bog’liqdir. bu turdagi
og’ishlarga avvalambor ruhiy rivojlanishning to’xtab qolishi, bolalarning aqliy
jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab tizimining tug’ma nuqsonlari
yoki jarohat asosida paydo bo’ladi. Bolalarda aqliy qoloqlik turli darajada-engil
aqliy zaiflikdan, chuqur-tentaklikkacha namoyon bo’ladi.
Ruhiy og’ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy
og’ishlarning yana bir turi emotsion faoliyatining buzilishidir. Bu og’ish turining
eng og’ir shakllari deb autizm-muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o’z-o’zini
o’ldirish)larni keltirsak bo’ladi. Bolalarning iqtidorliligi alohida og’ish turi
hisoblanadi. Bu biror-bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlab beruvchi
qobiliyatlarning o’ziga xos uyg’unligidir. Iqtidorlilik darajasi nafaqat
qobiliyatlarga qarab balki, faoliyat mahsullari xarakteriga qarab ham belgilanadi.
Pedagogik og’ishlar tushunchasi pedagogika va ijtimoiy pedagogikada
hozircha kam qo’llaniladigan tushunchadir. Vaholanki, pedagogik faoliyatda
pedagogik maqsadlarni amalga oshirish, shaxs rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib
berish uchun ta’lim olayotganlar faoliyatini tartibga solganidan turli normalar
qo’llanmoqda. Avvalambor, bu ta’lim darajasini belgilaydigan standartlarga,
shuningdek o’quvchi intilayotgan maqsadlarga tegishli. Bularga yana ta’lim
olishda yuqori natijalarni ta’minlab beruvchi bola rivojlanishining normalarini ham
kiritsak bo’ladi.
Ta’lim olinishi yoki olinmasligi normalari haqida nihoyatda aniqlik bilan
gapirsa bo’ladi. So’nggi yillarda turli sabablarga ko’ra ta’lim ololmagan bolalar
ham paydo bo’ldilar. Normadan bunaqa og’ishlarni pedagogik og’ish desak
bo’ladi. Umumiy ta’lim olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bular
maktabga bormaydigan, fayoatgina boshlang’iya maktabni tugatgan, umumiy o’rta
ta’lim olmagan bolalardir. Bunaqa holatlarni yuzaga kelishi uchun bizning
davlatda sabalar talaygina: dars qoldirish o’qishga intilishni susaytiradi, oiladagi
notinch vaziyat bolani pul topish uchun ko’chaga chiqaradi, ekologik va ijtimoiy
hissiy zo’riqish bolalar ota-onalaridan judo bo’lishlariga olib keladi. Daydilikka
moyilligi bo’lga bolalar soni ham ko’paymoqda. Bolalar maktablarda tahsil
olishmayotganining yana bir qancha sabablarini keltirsak bo’ladi. Ruhiy va
jismoniy rivojlanishda og’ishga ega bo’lgan bolalarning ta’lim olishlaridagi katta
qiyinchiliklarini ham ta’kidlab o’tish joiz. Yuqorida aytilganidek, bunday bolalar
uchun alohida maktablar bo’lib, u yerda ular professional mutaxassislar qo’l ostida
ta’lim olishadi. Biroq ko’p narsa bola qayerda yashashligiga -qishloq yoki
shaharda, qanaqa oiladan ekanligiga bog’liq. Ba’zi sog’ligida muammosi bor
bolalar uchun ta’limuyda individual tarzda o’tiladi.
Bu bolalarning jamiyatga integratsiyalashuvining asosiy muammosi ularning
keyinchalik professional ta’lim olishlari bilan bog’liq. O’z ijtimoiy
rivojlanishlarining buzilib bo’lganligi sababli biror-bir kasbiy kasbiy faoliyatni
tanlay olmaydigan bolalarni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Bu brollarni
biro-bir ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat sohasida o’zlarini sinab ko’rish xohishi
yo’qligi barlashtiradi. Bu xolatda bu og’ishni yengib o’tish uchun mutaxassisning
ijtimoiy pedagogik yordamiga muhtoj bolalar ham paydo bo’lishadi. Ijtimoiy
og’ishlar “ ijtimoiy norma” tushunchasi bilan bog’liqdir. ijtimoiy norma bu
insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati yoki xulq-atvorining jamiyat
rivojlanishining biror-bir bosqichida shakllangan yoki rasman o’rnatilgan qoidalari
namunasidir. Aslida ijtimoiy norma kerakli xulq-atvor, ijtimoiy munosabatlar va
faoliyatlar modeli hisoblanadi.
Bolalar uchun ijtimoiy normalarning o’ziga xos xususiyati shuki, ular
tarbiya omili hisoblanib, uning jarayoni ijtimoiy norma va qadriyatlarni
o’zlashtirish, ijtimoiy muhitga kirish, ijtimoiy tajriba va rollarni o’zlashtirish sodir
bo’ladi. Bu holatda tarbiyaning boshqarish funksiyasi eng muhim vazifani
bajaradi, chunki uning vazifasi bolalar ongi va xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi
omillarni kerakli tarbiyaviy effekt ta’minlanadigan darajada tashkil
qilishdir.Sotsiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlardadeviant xulq-atvorga
ega bolalar muammolari ustida yetarli ish olib borilgan. Bunday xulq-atvorning
sabalari ham yaxshi o’rganib chiqilgan. Ular o’smirlik davrining qiyinchiliklari,
jamiyatdagi ijtimoiy maqomning noaniqligi, davlat rivojlanishining beqarorligi,
bola mustaqil chiqib keta olmaydigan ekstremal holatlarning yuzaga kelishi bilan
bog’liq.
Bu bolalarga yordam ko’rsatish uchun ixtisoslashgan ijtimoiy xizmatlar
tuzilmoqda. Ijtimoiy xavfli xatti-harakat sodir etgan va 11 yoshga to’lgan bolalarni
sud tibbiy-pedagogik komissiyasi xulosani inobatga olgan holda maxsus maktablar
yoki maxsus kasbiy bilim yurtlariga yuborishlari mumkin.
M.A.Galaguzova tomonidan turli og’ish turlarining tasnifi quyidagicha
berilgan:
Jismoniy
Ruhiy
Pedagogik
ijtimoiy
-kasallik,
-ko’rish
qobiliyatining
buzilishi,
-eshitish
qobiliyatining
buzilishi.
-ruhiy rivojlanish-
ning to’xtab qolishi,
-aqliy qoloqlik,
-nutq buzilishi,
-iqtidorlilik.
-umumiy o’rta
ta’lim olishdan
chetga chiqish,
-kasbiy ta’lim
olishdan
chetga
chiqish.
-etimlik,
-xulq-atvor
normasidan
og’ish:
aroqxo’rlik;
norkamaniya;
taksikomaniya;
foxishabozlik;
daydilik va b.
ijtimoiy pedagogning og’ish xulq-atvorli bolalar bilan ish yuritishi og’ishlar
profilaktikasi, muayyan norma va qoidalarni buzishni oldini olish, shuningdek
xulq-atvorida u yoki bu og’ish aniqlangan bolalarning reabiliatatsiyasiga qaratilishi
lozim.
Me'yor va me'yorlardan chekinish(og`ish) tushunchasi
Me'yor tushunchasi tibbiyot, psixologiya, pedagogika va sotsiologiya
fanlarida keng qo`llaniladi. Unga aniq bir ta'rif berish juda qiyin. Masalan bitta
tibbiyotning o`zidagina me'yor tushunchasiga 200dan ortiq ta'rif berilgan. Umumiy
qolda me'yor- bu obektiv vokelikni belgilovchi ideal bilim, real voqealikni
tavsiflovchi o`rtacha statistik ko`rsatkichdir. Tibbiyotda, psixologiyada,
sotsiologiyada me'yorlarning o`z tasnifi, parametorlar, ko`rsatkichlari mavjud.
Belgilangan,jamiyat tomonidan qabul qilingan va tan olingan me'yorlarga mos
kelmaslik jarayoni ikkinchi bir tushuncha-chekinish yoki oqish bilan belgilanadi.
Ijtimoiy pedagogika “me'yor”hamda “me'yorlardan chekinish” masalalari muhim
ahamiyat kasb etadi. Ular bolalarning ijtimoiy xulqi va rivojlanish jarayoninini
tavsiflashda yordam beradi. Chekinishlar asosan, negativ va pozitiv xarakterga ega.
Negativ chekinishlarga aqli zayiflik, shuningdek, narkamaniya, alkogolizim,
jinoyatchilik singani insoning ijtimoiylashuviga, umuman jamiyatga salbiy ta'sir
ko`rsatadigan xarakterlar negativga kiradi.
Chekinishning (og`ishning) turlari.
Me'yorlardan chekinishning to`rtta turi mavjud. Bular: jismoniy, psixik, pedagogik
va ijtimoiy.
1.Jismoniy chekinish birinchi navbatda insonning sog`ligi bilan bog`liq
bo`lib, tibbiy ko`rsatkichlar orqali belgilanadi. Bularga insonning bo`yi, vazni
kabilar kirishi mumkin. Bundan tashqari biron bir faoliyat yuritishda imkoniyatlari
cheklangan, ya'ni sog`ligi tufayli o`z qobiliyatini yo`qotgan, defekti bor insonlar
hamda nogironlar shular jumlasidandir. Sog`ligi va rivojlanishi jihatidan
chekinishiga duch kelgan insonlar turli klassifikatsiyalarga ajratiladi. Shunday
imkoniyatlari cheklangan insonlar guruhiga quydagilar kiradi:
- kasallar va betoblar. Bular faoliyat yuritishda qiyinchiliklarni vujudga
anatomik elementlar, psixik yoki fiziologik anomaliyalar yoki yo`qotishlarga duch
kelgan insonlardir imkoniyatlari cheklangan insonlar. Bular qabul qilingan
me'yorlardan chekingan yoki o`z qobiliyatlarini yo`qotgan insonlardir.
- Ishga layoqatsiz, nogiron insonlar. Bu yoshi, jinsi va turli ijtimoiy
faktorlardan kelib chiqqan holda insonning jamiyatdagi ijtimoiy rolini bajarishdagi
imkoniyatlarning cheklanishidadir.
Bunda “kamchilik” tushunchasi qo`llanadi. Insonlarda jismoniy, psixik,
murakkab hamda og`ir kamchiliklar bo`lishi mumkin. Jismoniy kamchilikka
insonning rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy kamchiliklar kiradi. Ya'ni
xronologik, somatik yoki yuqimli kasalliklar shular jumlasidandir.
Psixik kamchilik insonning psixik rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy
kamchiliklar bo`lib u ta'lim olishda ma'lum qiyinchliklarni vujudga keltirishi
mumkin.
Unga nutqning buzilishi, miyaning zararlanishi kabilar kiradi.
Murakkab kamchilik qam jismoniy va psixik kamchiliklarni o`z ichiga oladi.
Og`ir kamchilik- bu Davlat ta'lim standarlari asosida ta'lim olishga
layoqatsiz jismoniy va psixik kamchiliklarning yuqori darajasidadir.
2.Psixik chekinish birinchi navbatda bolaning aqliy rivojlanganlik darajasi
hamda ularning psixik kamchiliklari bilan bog`liq. Bu guruh insonlarga :
▪ Psixik rivojlanishida turli xil to`siqlar mavjud insonlar.
▪ Aqliy zaiflar.
▪ Oliygofrenik
3.Pedagogik chekinish-bu pedagogika va ijtimoiy pedagogika fanida ham
qo`llanib kelingan tushunchadir. Pedagogik chekinish deganimizda ob'ektiv va
sub'ektiv sabablarga ko`ra ta'lim-tarbiya ola olmagan o`quvchilar tushuniladi.
Bunga DTS talablari darajasida bilim ola olmagan yoki o`z istiqboli, kelajagi
uchun harakat qilmagan o`quvchilar, ularning intividual rivojlanish me'yorlari
kiradi. Pedagogik chekinishda birinchi navbatda o`quvchilarning umumiy o`rta
ta'limga ega bo`la olmasligi kiradi.
Bunday bolalar kategoriyasiga ma'lum sabablarga ko`ra o`qishga bormagan,
faqat boshlanqich ta'lim olish Bilan cheklangan bolalar kiradi. Bunday holatlarning
ko`plab (ob'ektiv va sub'ektiv) sabablar mavjud. Masalan, o`quvchilar yoki
talabalarning darsdan qochishi, materialni o`zlashtira olmaslik, o`qishdan bezishi,
dangasalik, oiladagi nosoqlom muqit, bolalarning pul topish ilinjiga tushib ketishi,
ekologik yoki ijtimoiy kataklizmalar natijasida bolalarning ota-onalaridan ayrilishi
va q.k. Bunday sabablarni ko`plab, minglab keltirish mumkin. Ko`pchilik holatda
pedagogik chekinishga bolalarning qanday sharoitda yashashaiga bog`liq: o`qish
bilan qiziqadigan oiladami yoki aksincha o`qishni ikkinchi darajali deb
qisoblaydigan oiladami va q.k.
4.Ijtimoiy chekinish. Ijtimoiy chekinish tushunchasi ijtimoiy me'yor
tushunchasi bilan bog`liq. Ijtimoiy me'yor-bu jamiyat rivojlanishining ma'lum
bosqichida insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati va xulq-atvoridagi yo`l
qo`yilgan yoki mumkin bo`lgan qoidalar, hatti-harakatlar andozasidir. Ijtimoiy
chekinish yoki og`ishlarning oldini olish va tartibga solib borish uchun qadimda
turli xil afsonalar, an'analar va diniy marosimlar yaratilgan.
Ijtimoiy me'yor ikkita guruhga ajratiladi:
Universal, ya'ni jamiyayatdagi barcha insonlarga xos.
Xususiy, ya'ni jamiyatdagi ma'lum guruh yoki ma'lum kasb egalari xos
me'yorlardir Ijtimoiy me'yorlarni, shuningdek huquqiy, ma'naviy, siyosiy, diniy va
q.k.deb ham guruqlarga ajratish mumkin.
Ijtimoiy me'yorlar va insonlarning ulardan oqishi yoki chekinishi ular yashab
turgan jamiyatning ajralmas faktori bo`lib hisoblanadi. Bolalar orasidagi ijtimoiy
oqish esa uning o`sha jamiyatda salbiy sifatlar ta'sirida tarbiyalanishi, salbiy
ijtimoiy guruhga kirishga, ijtimoiy rolni egallab, ijtimoiy tajribalarni o`rganishi
sifatida xarakterlanadi. Pedagogika buni “tarbiyasi oqir bolalar” deb yuritishadi.
Ya'ni bu bolalarning hatti-harakatlari, xulq-atvorlari jamiyat tan olgan
me'yorlarga zid. Ijtimoiy pedagogning ish faoliyati esa shunday oqishlarni
profilaktika hamda reabilitatsiya qilishga qaratilgandir.
Chekinish (oqish) nazariyasi.
Odob-axlok me’yorlari va ulardan chekinish yoki ogish xillari borasidagi
to`plangan bilimlar ularning sabablarini belgilovchi faktorlar mavjud ekanligidan
dalolat beradi. Bu faktorlarni uchta guruxga ajratish mumkin: 1. Biogen. 2.
Sotsiogen. 3. Psixogen.
Insonlarning hayotdagi xar qanday «og`ish» hollari ularning potentsial
imkoniyatlarining cheklanishiga, tashqi muhit bilan muloqotga kirishishiga
o`zining salbiy ta’sirini ko`rsatadi. Insonda ro`y beradigan bunday holatlarni
sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika, tibbiyot kabi ko`plab fanlar
sohalari o`zlarining spetsifik xususiyatlaridan kelib chiqib o`rganadi, bu borada o`z
nazariyalarini boyitib boradi. Masalan, tibbiyot fani me’yorlardan chekinish
holatini bolalarning patologik sog`ligini buzilishi bilan bog`liq deb hisoblaydi.
XIX-XX asrlarda chet mamlakatlarda imkoniyatlari cheklangan insonlarning
TIBBIY MODELI hukmronlik qildi. Bu model imkoniyatlari cheklangan
odamlarning xech bo`lmaganda elementar ijtimoiy faoliyat yuritishlarini nazarda
tutdi. Bunday insonlar ma’lum tayyorgarlikdan o`tib, o`zlari uchun o`zlari harakat
qilsalar bu ularning kimgadir ortiqcha yuk bo`lmasligini ta’minlar edi.
Keyinchalik, chekinish (og`ish) holatiga tushgan insonlarga nogiron (lotincha-
invalidus- kuchsiz, ojiz)sifatida karash vujudga keldi. Bu nazariyaga ko`ra
imkoniyatlari cheklangan odamlar mutloq sog`lom insonlar nazorati ostida bo`lishi
kerak. Bunday odamlarga yordam berish xam tashkil etildi va bu tibbiyot modeli
davlatning ijtimoiy siyosatiga o`z ta’sirini o`tkazdi.
XX asrning 60-yillariga kelib imkoniyatlari cheklangan insonlarga yordam
berishning tibbiy modelining o`rniga IJTIMOIY MODEL vujudga keldi va uning
rivojlanishida psixologiyaga suyanildi. Bu modelga ko`ra imkoniyatlari
cheklangan insonlar assotsiatsiyalarga birlashib, o`z haq-huquqlarini talab etishdi
va bu talab o`z sog`liqlarini tiklashdan ko`ra jamiyat a’zolari bilan o`zaro
munosabatni yaxshilashga nisbatan bo`ldi.
«Reabilitatsiya» (tuzatish) tushunchasi tibbiy– ijtimoiy ma’noda ham,
psixologik–pedagogik va ijtimoiy – pedagogik aspektlarda ham ishlatiladi. Tibbiy
– ijtimoiy tuzatish – bu kasallanish va jaroxatlanish natijasida yuzaga kelgan
hamda boshqa jismoniy va ruxiy jihatdan kamchiliklarga ega bo`lgan shaxslarni
kompleks tarzda, ya’ni, tibbiy, pedagogik, psixologik va professional tadbirlarni
qo`llash oqibatida sog`ligini tiklash demakdir.
Psixologik–pedagogik va ijtimoiy–pedagogik reabilitatsiya qilish esa yosh
bolalar va o`smirlar dezadaptatsiyalashuvining turli shakllarini tuzatish bo`yicha
ijtimoiy qo`llab – quvvatlash hamda diagnostikalash – to`g`rilash dasturlari
yuzasidan bir qator tadbirni amalga oshirib, bolani ijtimoiy hayotga qaytarish,
ijtimoiylashtirish vazifalarini bajaruvchi institutlar harakatlarini o`zaro
birlashtirishdir. (oila, maktab, muloqat, o`rtoqlar, tengdoshlar va hak).
Hozirgi vaqtda psixologo – pedagogik va ijtimoiy – pedagogik
reabilitatsiyalashning shakl va metodlari turli – tuman bo`lib, u yosh bolalar va
o`smirlar dezadaptatsiyalashganining xarakteriga bog`liq bo`ladi. Uning xarakteri
va tabiatiga bog`liq tarzda yosh bolalar va o`smirlar dezadaptatsiyalashuvining
uchta asosiy xili ajratib ko`rsatiladi. Ular: patogen (kasallik qo`zgatuvchi),
psixoijtimoiy va ijtimoiydir. Ular ham o`z navbatida turli darajada namoyon
bo`ladi.
Patogen dezadaptatsiya nerv tizimini funktsional – organik shikastlanishi
natijasida yuzaga keladigan ruxiy kasallikdir. Ba’zi hollarda patogen
dezadaptatsiya turli darajadagi ruxiy-psixik kasalliklarda namoyon bo`lsa, boshqa
xollarda turli darajada ifodalanadigan oligofrenoda – aqliy jihatdan orqada qolish
ko`rinishida bo`ladi.
Asabiy ruhiy kasallikning og`ir shakllari bilan xastalangan bolalar statsionar
tarzda, psixologo – pedagogik reabilitatsiyalash dasturlarini ham ko`shgan xolda
davolanmoqlari lozim. Unchalik og`ir bo`lmagan kasalliklarga chalingan bolalar
o`quv-tarbiya muassasalari (bolalar boqchasi, maktab, bolalar uylari va boshq.)
sharoitida tibbiy-pedagogik sog`lamlashtirish xarakteridagi tadbirlarni qo`llagan
holda davolanadilar.
Keyingi yillarda davolash pedagogikasini rivojlantirish masalasi o`rtaga
qo`yilmoqda. Bunga tuzatish (to`g`irlash) didaktik dasturlari bilan bir qatorda
davolash pedagogikasi hamda psixologik tuzatish (korrektsiya qilish)ning o`yin
terapiya, ertak terapiya, tuzatish – rivojlantirish fizkulturasi, barmoqchalar
terapiyasi va boshq. kabi samarali shakllaridan keng foydalanilmoqda.
Kasallik qo`zg`atuvchi, patogen dezadaptatsiyalanish shakllari orasida
oligofreno muammolari, ya’ni, aqliy jihatdan orqada qolgan bolalarni ijtimoiy
adaptatsiyalash, normal xolatga keltirish masalasi alohida ajratib ko`rsatilmoqda.
Maxsus o`tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko`rsatmoqdaki, oligofren bolalarda
azaliy, tug`ma, jinoyat qilishga moyillik hissi yo`q ekan. Ularning psixik
rivojlanishiga loyiq bo`lgan metodlar yordamida o`qitilib, tarbiyalansa, bu bolalar
ma’lum bir ijtimoiy dasturlarni o`zlashtira oladilar va uncha murakkab bo`lmagan
kasb egasi bo`lib, jamiyatga foydali fuqoraga aylanishlari mumkin.
Ammo, bu bolalarning aqliy jihatdan orqada qolishi ularni ijtimoiy
adaptatsiyalashuvini qiyinlashtiradi va bu xol mutaxassislar tomonidan maxsus
tuzatish, normal xolatga keltirish dasturlarini qo`llashni, buni uchun maxsus
ijtimoiy – pedagogik sharoitlarni yaratishni talab etadi.
Aqliy jihatdan kusuri bo`lgan bolalarni ijtimoiy adaptatsiyalash dasturini
amalga oshirishga yordam beruvchi maxsus ijtimoiy – pedagogik sharoitlarga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-
kasallikni o`z vaqtida aniqlash va bolaning imkoniyatlariga mos
keladigan tuzatish–rivojlantirish bo`yicha ta’lim va tarbiya dasturlarini tanlash;
-
bolaning kuchi yetadigan mehnat faoliyatiga jalb etish, mehnat
ko`nikmalarini yaratish va ularni avtomatik tarzda (g`ayri ixtiyoriy ravishda)
bajarilishiga erishish, bironta kasbga yo`naltirish;
-
oligofren bolalarni o`quv va mehnat jarayonida hamda jamoa faoliyatida,
ularning shaxsiy va jamoa hayotini tashkil etish borasida va maxsus mashg`ulotlar