Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari va mexanizmlari
REJA:
1.Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari.
2.Ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
3.Ijtimoiy ta’lim. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya
4.. Ijtimoiy pedagogik mexanizmlar
Tayanch tushunchalar: kategoriya, mexanizm, ijtimoiy ta’lim, ijtimoiy tarbiya,
ijtimoiylashuv, ijtimoiy adaptatsiya, ijtimoiy reabilitatsiya, pedagogika faoliyat,
Individual yordam.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Har bir fanni shu fanning o`rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizkmi ajratib turadi.
Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida o`z aksini topadi. Tushuncha
— real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o`zgaruvchanligi va
ko`p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan tavsifga ega. Ular tarixiy holat
va hayot sharoitlariga bog`lik, ravishda o`zgaradi.
Har qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar ana shu fan
kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo`llaniladigan yanada
kattaroq,, amaliy tushunchalardir.Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining
asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi.
Shu kategoriyalar asosida “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”,
“ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan
tushunchalar qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham
keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo`nalishlaridan
biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya”
singari kategoriyalarga ega. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika fani
kategoriyalarining bir-biridan farqli jihati quyidagi jadvalda aks etga
Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari:
Pedagogika
Ijtimoiy pedagogika
· ta'lim
o`qitish
tarbiya
pedagogik faoliyat
ijtimoiy ta'lim
o`qitishning ijtimoiy
jihatlari
ijtimoiy tarbiya
ijtimoiy
pedagogik
faoliyat
ijtimoiylashuv
ijtimoiy institut
ijtimoiy adaptatsiya
ijtimoiy reabilitatsiya
Pedagogika faoliyat - bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy
madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy
madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar
yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq
manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi
xususiyatlarga ega.
Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat:
bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul
tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar hisoblanadi.
dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish,
ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya
qilish Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi:
1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar.
2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta'lim
kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu
bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va
malakalarni shakllantirish jarayonidir.
Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik
ko`rish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy
ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya
muammolari xususida A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar
tadqiqotlar olib borgan.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy makrm, ijtimoiy
xulk.-atvorning me’yor va koidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga ko`nikishiga
yordam beruvchi turli ko`nikma va malakalarni uuzlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa,
bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha
uning keyingi hayotida o`z aksini topuvchi nihoyatda ko`p bilimlarni oladi. Bola
ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-
turish me’yorlariga baxo berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat
o`zlashtirib boradi, shuning uchun ham bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-
onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxasislarning (psixolog, shifokor, pedagog
va shu kabilar) ta’siri katta bo`lib, bolalarni, hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq; va
yaxshiroq; o`zlashtirishlari, ularni hayotda qo`llashga intilishlari aynan ularga bog`liqdir.
Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog`liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim
muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o`zlashtiradi. Biroq
shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalar
shakllanadi. Bu bilim, ko`nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus
yordam kerak bo`lganda juda zarur bo`ladi.
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni yetkazish, ijtimoiy
ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi.
Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida
pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo`lib kelgan.
Shu bilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu
tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni
belgilaydi.
Tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning
ijtimoiy qamrovi uning lug`aviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib,
ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, qadriyatlar, u yashayotgan
jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam
beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon
sifatida ko’rib chiqish lozim. Boshqa so’zlar bilan ifodalaydigan bo’lsak
ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan
sharoitlar yaratish jarayoniga yo’naltirishdir. Bu sharoitlar individual va
guruxiy sub’ektlarning uchta o’zaro bog’liq va shu paytning o’zida mazmuni,
shakli va usuli jixatidan nisbatan mustaqil bo’lgan jarayonlarni qamrab
oladi: bolalar, o’smirlar, o’spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish,
ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam
ko’rsatish.
Ijtimoiy tajribani tashkil qilish gurux (jamoa) larning maishiy va
xayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruxdagi o’z-o’zini bopqarish faoliyatini
rag’batlantirish va norasmiy mikroguruxlarga ta’sir etish orqali amalga
oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko’nikma va malakalar, bilim
va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar,
odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi,
shuningdek o’z-o’zini anglash, o’ziga ishonch, o’z ijtimoiy xayot yo’lini
belgilash va shu yo’ldan borish tushuniladi.
Ta’lim
o’z
ichiga
qo’yidagilarni oladi: uzliksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni
targ’ib qilish va tarqatish, o’z-o’zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim
olishga yo’naltirish.
Individual yordam insonga
muammolarni hal qilishda, o’z- o’zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqeini,
o’rnini yuksaltirishda namoyon bo’ladi. Individual yordam boshqa
insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo’lgan bilim, malakalarni
o’zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning o’z qadrini bilishi, o’z-
o’zini anglashi hamda unda oila, gurux va jamiyatga mansublik hissini
rivojlantirishdir.
Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual
yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita
tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi
ijtimoiy madaniy soxaga mansubligiga bog’lik. Bu jihatlar turli ta’lim
muassasalari va tashkilotlarida farqlanib, bu farq tashkilot turiga, unda
faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bosg’iq.
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabat shu jarayonning
sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir.
Bunday munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko`rinishga ega.
Chunki o’zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik ijtimoiy va
ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo’la turib, o’z munosabatlarida u yoki bu
darajada ular mansub guruxlarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi.
-
Umuman
olganda,
o’zaro
munosabat
tarbiyachilar
va
tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni,
xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o’zlarini
qay darajada shaxs deb xisoblashlariga bog’liq. O’zaro munosabat
jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy,
ma’naviy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.
Ijtimoiylashuv mexanizmlari.
Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir
qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard Amerikalik
Uri Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V.Petrovskiylarning tadqiqotlari