Ijtimoiy pedagogikaning tamoyillari
REJA:
1. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida.
2.“Tamoyil” va “qoida” tushunchasi.
3. Ijtimoiy pedagogik tamoyillarining mazmun mohiyati.
Tayanch tushunchalar: Tamoil, qoida ijtimoiy institut, totalitar, siyosiy,
kvazidiniy jamiyat, Noosfera, strategiya, jismoniy, madaniyat bilan uyg`unlik
tamoyili, insonparvarlik tamoyili, variativlik tamoyili, Ijtimoiy tarbiyaning
jamoaviyligi tamoyili, Tarbiyaning shaxs rivojlanishiga markazlashuvi tamoyili,
Tarbiyaning tugallanmasligi tamoyili.
Tarbiya ijtimoiy institut sifatida
Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy institutlarning butun boshli bir tizimi mavjud.
Ijtimoiy institut jamiyat a’zolarining o’zlarining u yoki bu ehtiyojlarini (iqtisodiy,
siyosiy, madaniy, diniy va boshqa) qondirish uchun ijtimoiy resurslardan
foydalanishda birgalikdagi faoliyatlarining tarixan shakllangan shaklidir. Tarbiya
ijtimoiy institut sifatida jamiyat a’zolarining ijtimoiylashuvini amalga oshirish,
madaniy va ijtimoiy qadriyatlarini yetkazish, umuman olganda, ijtimoiy
ehtiyojlarni qondirishni tashkil qilish uchun paydo bo’lgan. Tarbiya ijtimoiy
institut sifatida muayyan jamiyatning muayyan rivojlanish bosqichida paydo
bo’ladigan fenomen hisoblanadi.
Har bir jamiyat faoliyat va tuzilmasining murakkablashuvi uning tarixiy
rivojlanishining muayyan bosqichlarida quyidagilarning sodir bo’lishiga olib
keladi:
1. Tarbiya oilaviy, diniy, ijtimoiy turlarga ajraladi, ularning o’rni, ahamiyati va
o’zaro munosabati o’zgarmas hisoblanadi.
2. Tarbiya jamiyatning katta yosh a’zolari quyiga qarab yo’naladiladi va borgan
sari ko’proq yosh guruhlarini qamrab oladi.
3. Ijtimoiy tarbiya jarayonida uning tarkibiy qismlari sifatida ta’limni,
keyinchalik ma’lumotli bo’lish ajratsak bo’ladi.
4. Korreksion tarbiya paydo bo’ladi.
5.Totalitar, siyosiy va kvazidiniy jamiyatlarda amalga oshiriladigan g’ayri-ijtimoiy
tarbiya shakllanadi.
5. Tarbiyaning vazifa, shakl, usul va vositalari o’zgaradi.
6. Tarbiyaning ahamiyati ortadi. U jamiyat va davlatning alohida funksiyasi bo’lib
qoladi va ijtimoiy institutga aylanadi.
Tarbiya ijtimoiy institut sifatida o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:
oilaviy, diniy, ijtimoiy, korreksion va g’ayri ijtimoiy tarbiyalar majmuasi; ijtimoiy
rollar yig’indisi; tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar, oila a’zolari, ruhoniylar,
mintaqaviy, xududiy tarbiya tashkilotlari rahbarlari, jinoiy va totalitar guruhlar
yetakchilari; turli xildagi tarbiya muassasalari; ijobiy va salbiy sanksiyalar
yig’indisi; tarbiyachilarning ta’lim va professional tayyorgarligi darajasi.Tarbiya
ijtimoiy institut sifatida ijtimoiy hayotda muayyan vazifalarga ega. Tarbiyaning
eng umumiy vazifalari quyidagilar:
-jamiyat a’zolarining bir maqsad sari qaratilgan rivojlanishi va ular tomonidan
tarbiya jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan bir qator ehtiyojlarning
qondirilishi uchun sharoitlar yaratish;jamiyatda faoliyat yuritish va uni
rivojlantirishga qodir bo’lgan kadrlarni tayyorlash;i jtimoiy hayot barqarorligini
madaniyatning avlodlarga meros qoldirish orqali ta’minlash; jamiyat a’zolarining
ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishi; o’zgaruvchan ijtimoiy holatlarga jamiyat
a’zolarini ko’niktirish; jamiyat a’zolarining intilishlari, maqsadlarining
birlashishini va ijtimoiy kasbiy, etnokonfessial gruhlar manfaatlarining
uyg’unlashuvini ta’minlash. Ijtimoiy pedagogning bu yo’nalishlar bo’yicha
faoliyati zamonaviy tarbiya tamoyillari asosida qaraladi.
Tarbiya tamoyillari-tarbiyani amalga oshirish qoidalari bo’lib, ular asosida
nazariyalar ishlab chiqiladi va tarbiyaning metod, shakl va vositalari amalga
oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tamoyillari (prinsiplari).
“Tamoyil” tushunchasi lotincha “asos” degan ma'noni anglatadi. «Prinsip»
so’zi lotincha «rinsipium» so’zidan xosil bo’lgan «asos», «boshlanish» ma’nolarini
bildirali. Har qanday fan uchun ishlatilgan muayan koidalardan kelib chiqadigan
o’z prinsiplari mavjud. Fanlarda prinsip va qoidalar bizga bog’liq bo`lmagan holda
mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat
befoyda balki ham zararli bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib
chikdi, tabiiyki o’z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi. Biz Ijtimoiy
pedagogikaning 3 ta prinsipni ko’rib chikamiz: tarbiyaning tabiyatga uygun bulishi
prinsipi; tarbiyaning madaniyatga uyg`un bo`lishi prinsipi va gumanizim prinsipi.
Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o’zining talqiniga va o’ziga xos
xususiyatiga ega.
Tarbiyaning tabiatga uygun bulishi prinsipi.
Tarbiyaning tabiyagga uyg`un bo`lishi- ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga
kura ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojtanish
omillariga tayanadi. Tarbiyaning tarbiyatga uygun bulish Prinsipi ilk bor slavyan
pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) ning «Buyuk didaktika» (1632)
degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Kamenskiy, inson tabiyatining bir qismi va u
tabiyatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo`ysunadi,
deb hisoblanadi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o`simliklar va
hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o’z ta’sirini o`tkazib
turadi. Kamenskiy nafaqat tarbiyaning umumiy qonunlariga, bola shaxsi
psixologiyasiga ham tayanadi. U bolalar o`spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga
oid tafsifiga tayangan holda o’z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi,
asoslayli va quradi. Komenskindan ancha ilgari sharq uygonish davri buyuk
olimi va mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’z asarlarida tarbiyaning
tabiatga uyg`un bo`lish haqida gapirgan edi. Masalan «uy ro’zg`or tutish» haqidagi
asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudod shuning uchun tabiatda
alohida o’rin tutadi va uning qonunlariga ko`ra rivojlanadi. «Yolg`on xislatlarni
qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqli insonni
tarbiyalamoqchi bo`lsa unda u uni har tamonlama o`rganishi, insonning tabiyati
qoidalarini bilishi kerak. Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi
prinsipi ko’pgina buyuk pedagoklar tomonidan o’z pedagogik va ijtimoiy
pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransiya
falsafachisi Jan Jak Russo bola tarbiyasi tabiat bilan uyg`un ravishda amalga
oshirilishi kerak deb hisoblab, yozadi «bolalar katta bo`lishidan ilgari bola bo`lishi
kerak». Shvetsar pedagogi Iogan Genrix Pestalotsi yetim va qarovsiz bolalar uchun
muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisobladiki, tarbiya maqsadi-inson tabiiy
kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va
uyg`un bo`lishi lozim. Nemis olimi va pedagogi Adolf Disterveg ham o`z ishlarida
talim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini etiborga olishi
lozimligini ta’kidlaydi. Tarbiya bilan uyg`un bo`lishi rus klassik pedagoglari
ishlarida ham o’z aksini topgan. K.D.Ushinskiy o’zining asosiy «inson tarbiya
predmeti sifatida» degan psixalogik pedagogik asarida yozgan ediki, bola
tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, tadbik qila olishi
lozim. Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur,
iroda) asoslarini o`rganish zaruriyatini asoslab berdi, uning asosi so’zlash
qobiliyatini axloqiy estetik va diniy xislari, didaktikani o`rganishga o`tish mumkin.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipiga amal
qilib, quyidagi qoidalarga tayanishi lozim: bolalar yosh xususiyatlarini etiborga
olish, bolalar jinsiy o`zgaruvchanligini etiborga olish; me’yoridan chettga chiqish
bilan bog’liq bo’lgan bolalarning individual xususiyatlarini etiborga olish; bola
shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlariga tayanish; bola tashabbuskorligini va
mustaqilligini rivojlantrish.
Tarbiyaning madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi
Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipining davomidir.
Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudod sifatida
tug`iladi, shaxs bo’lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va
rivojlanishi jarayonida o’tadigan o’zini tutish ijtimoiy tajribani o’zlashtirib
yetishadi. Antik jamiyatdagi faylasuf va pedagoglar shaxs shakllanishi va
madaniyat o’rtasidagi chuqur bog’liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Sharq
Uyg`onish davri mutafakirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o’z
asarlarida ham to`xtalganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs
madaniyat orqali shaklanadi, har qanday madaniyat asosi, boyligi esa insondir.
Madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim
omilidir. Madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (X1X
asr) tomonidan ilgari surilgan. Uning fikricha bolani tarbiyalash jarayonida uning
tug`ilgan joyi, shart-sharoiti, bir so’z bilan aytganda, uni o`rab turgan madaniy
jihatlar e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Butun insoniyat har bir xalq va har bir
avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog`onasida turadi.
Agar bola o’z me’yorida rivojlangan bo’lsa, u o’sha jamiyat madagniyatini
o’zlashtiradi, ya’ni jamiyat bilan integratsiyaga kirishadi. Shu bilan uning o’zi ham
o’sha madaniyatning yaratuvchisiga aylanadi. Bu tamoyilga ko’ra bolalarning
madaniyatini rivojlanishidagi chekinishlarni hisobga olish hamda ularning
ijodkorligini oshirish talab etiladi.Tarbiyaning madaniylashuvi tamoyilining
amalga oshirilishi umuminsoniy xarakterdagi madaniy qadriyatlar turli
jamiyatlarda farqlanishi sababli qiyinchiliklarga duchor bo’lmoqda.
Bizning davlatda shahar va qishloq aholisi o’rtasida, shaharda turli ijtimoiy-
kasbiy guruhlar orasida farqlar mavjud. Shu bilan bir vaqtda turli madaniyat va
submadaniyatlar qadriyatlarining darajasini topish tarbiya samaradorligining
shartlaridan biridir.
Insonparvarlik tamoyili. Tarbiyani insoniylashtirish zarurati haqidagi g’oya
dastlab chex pedagogi YAn Amos Kamenskiyning asarlarida yaqqol ifodasini
topgan, Ma’rifatparvarlik davri (XVIII asr)dan boshlab u turli davlatlar
pedagoglari ishlarida_keng tarqalmoqda. Bu g’oya XVIII asrda fransuz
mutafakkiri Jan Jak Russo va L.Tolstoyning erkin tarbiya nazariyalarida; XX asrda
gumanistik psixologiyada va gumanistik pedagogikada o’z aksini topgan. J. Piaje,
K.Rodjers, V.Suxomlinskiy kabi olimlarning fikricha, insonning mohiyati
faqatgina biologik va ijtimoiy jihatlardan iborat emas. U ma’naviy munosabatlar
bilan to’la. Gumanistik tarbiyaning ideali ham tomonlama rivojlangan shaxsdir.
Ijtimoiy pedagogning vazifasi faqatgina bolalarni sevish emas, ularga ota-onalari,
aka-ukalari, opa-singillari, do’stlari va atrofdagi insonlarni sevishni o’rgatishdan
iboratdir. Insonparvarlik g’oyasi ijtimoiy pedagog uchun juda muhim, ayniqsa,
rivojlanishida cheklanishlar paydo bo’lgan bolalar uchun bu tamoyil muhim
ahamiyatga ega.
Insonparvarlik tamoyiliga ko’ra:qanday sharoitda yashashidan qat’iy nazar
jamiyatdagi barcha insonlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish; “Mening o’zim
hal qilaman” pozitsiyasini tanlashga, o’z muammolarini o’zi hal etishga o’rgatish
va yordam berish; Bolalarga yordam berishni ularga ayanch hissi bilan emas, balki
ularning jamiyatga kirishishiga yordam berish asosida bildirish talab etiladi.
Ijtimoiy pedagogikada insonparvarlashuv tamoyili pedagogning tarbiyalanuvchiga
o’z rivojlanishining mas’ul va mustaqil sub’ektiga nisbatan munosabatda bo’lishni
ko’zda tutadi. Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar,
o’smirlar, yoshlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Tarbiyaning
variativligi tamoyili. Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy tarbiyaning variativligi
shaxs ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan aniqlanadi.Tarbiya variativligi tamoyili
insonning federal, mintaqaviy, munitsipial va lokal darajada umuminsoniy
qadriyatlarga asoslanib, etnik xususiyatlar, shuningdek mintaqaviy munitsipial va
lokal sharoitlarni inobatga olib, tarbiya muassasalarida insoniy, yosh, differensial
va individual yondashuvlar asosida manaviy-qadriyat jihatidan tarbiyalashni
amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish uchun ishlab chiqilgan..
Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilining ta’rifini milliy pedagogikada XX
asrning 80-yillari oxiridan boshlab ro’y bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar
sababli ishlab chiqish imkoniyati yaratildi. Bu o’zgarishlarning natijada insonning