Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati
Reja:
1. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining o’ziga xosligi.
2. Ijtimoiy pedagog kasbi va uning vazifalari va huquqlari.
3. Ijtimoiy pedagogning kasbiy sifatlari va modeli.
4. Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati sohalari.
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagog, ijtimoiy yordam, ijtimoiy
reabilitatsion xizmat, ijtimoiy pedagogik ish metodlari, analitik, prognostik, loyiha,
refleksiya, kasbiy status, empatiya, bilim, ko’nikma, sifat va fazilat, tashxis quyis,
bashoratchilik, vositachilik,
tugirlash va kayta tiklash, ximoyalash, ogoxlantirish va profilaktika, evristika
(ijodiy fikrlash).
Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy sifati
Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksnz ta’lim tizimda amalga
oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o`quv yurtlarida
olib boriladi: o`rta kasbiy ta’lim muassasalari (litsey va texnikumlar) va oliy
kasbiy ta’lim maktablari (Institut va universitetlar).
O`rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflar va maktabgacha tarbiya
muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi.
O`rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga kiyin vaziyatlarni
yengib o`tishga yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko`maklashuvchi faoliyat
turlarini tashkillashtiradi. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish, ularning ota-onalari bilan xamkorlik qilish, o`z malakasini oshirish
maqsadida mustaqil ravishda o`kib borishdan iboratdir. O`rta kasbiy ta’lim bilim
yurtini tugatgach ular oliy ta’lim muassasida o`z o`kishini davom ettirishi mumkin.
Ijtimoiy pedagog - faqat o`qituvchigina emas, u bola kanday ukiyotganini va
rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola xayotini,
kechinmalarini xuddi o`zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy,
axlokiy rivojlanishiga yullanmalar bera oladigan mutaxassis bulmogi
kerak.Shuning uchun xakikiy pedagog faqat o`z fanini bilibgina kolmay, ayni
vaktda bolalar va kattalar bilan ijodiy mulokot kila oladigan, o`z ustida ishlaydigan
inson bulishi muxim axamiyatga ega. Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish
natijasida o`quvchi inson moxiyatini anglaydi. O`z xayoti dovomida inson
to`grisida xosil qilingan tushunchalar asosida mukammal shaxs va xakikiy fuqaro
bo`lib yetishadi.
Insonparvarlikka asoslangan ta’lim – ijtimoiy fanlar va yondosh
fanlarning funktsiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va
uning dunyokarashi yaxlitligini ta’minlaydi.
Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko`zlangan asosiy maqsad yoshlarga
tegishli bilim, kunikma va malaka, ularning insoniy dunyokarashini
shakllantirishdan iborat. U bulajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli
soxalarida insonparvarlik g`oyasi va kadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo`lib
xizmat kilsin.
Ta’limda xayot tajribasiga ega bulish ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy
moslashuv modelini ishlab chikishni takozo etadi:
- ijtimoiy – shaxsiy xayot tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan
jarayon xisoblanadi;
- real vaziyatdan kelib chikib, ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv
modelini ishlab chikishni takozo etadi;
- mavjud amaldagi xolatga doim moslashish jarayoni xisoblanadi;
- shaxslararo alokalarni kamrab oladi;
- shaxsning shakllanish jarayonini yunaltiradi.
Ijtimoii pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari — "Ijtimoiy pedagog"
mutaxassisi "pedagog" so`zidan olingan bo`lib, avvalo o`qituvchi ma’nosini
anglatadi. Shu bois mazkur lavozimning joriy etilganidan so’ng aynan
o`qituvchilarning birinchi ijtimoiy pedagoglar bo`lgani ajablanarli emas. Ijtimoiy
pedagoglarni kayta tayyorlash buyicha kurslar tinglovchilarining aksariyat kismini
xam o`qituvchilar tashkil etadi.
Yana shuni ta’kidlamoq joizki, ijtimoiy pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi
xam pedagogik oliy o`quv yurtlarida amalga oshiriladi. Darhakikat, pedagog va
o`qituvchining kasbiy faoliyatida kupgina umumiyliklar mavjud. Bu ikkala
kasbning xam ob’ekti bola, uning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishidir. Bu narsa
ularning yakinligini yana bir bor tasdiklaydi.
O`z navbatida mazkur mutaxassiliklarning kasbiy faoliyati ularning o`ziga
xos xususiyatlarini aniklashga imkon beruvchi bir kator tafovutlarga xam ega.
O`qituvchi o`zining asosiy ta’lim berish vazifasini bajarar ekan, yosh avlodga
bilim va jamiyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy madaniyat tajribasini o`rgatadi.
Ushbu jarayonda bola tarbiyalanadi va shakllantiriladi. Ijtimoiy pedagogning
dikkat markazida esa bolani jamiyatga moslashib ketishiga yordam berish turadi.
Ijtimoiy pedagog kasbi va uning vazifalari
Shu kunga qadar ijtimoiy pedagogning vazifasini bir-biri bilan bog’liq
bo’lgan tibbiyot, sport, mnlitsiya, madaniyat tashkilotlari xodimlariga yuklatilib
kelindi. Natijada jamiyat a’zolari ongida bolalar tarbiyasi bilan faqat o’qituvchi va
ota-onalar shug’ullanishi lozim degan fikr o’rnashib qoldi. Yurtimizda ijtimoiy
ishni kasb darajasiga olib chiqish hamda bu borada mutaxassis kadrlarni tayyorlash
jamiyatda tarbiyaviy muammolarni hal etishda insonlarning yashash sharoitini
yaxshilashda, eng asosiysi- har bir jamiyat a’zosini ijtimoiy himoyalashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagog oldiga qo’yiladigan kasbiy talablar: ijtimony
axborot berish, ya’ni bolalarga beriladigan ijtimoiy yordam va xizmat ko’rsatish
spekgrlari haqida ma’lumot berish; jtimoiy -huquqiy yordam, ya’ni bolalarga,
jamiyat a’zolariga o’z haq - huquqlarini anglashga yordam berish; ijtimoiy -
reabilitatsion xizmat, ya’ni insonldrning ma’naviy –axloqiy, emotsional, ruhiy
holatlarinn taklashga yordam berish, ijtimoiy- iqtisodiy yordam, ya’ni posobiya,
konpensatsiya, nafaqalarni olishda hamkorlik qilish bolalar uylari
bitiruvchilariga, yetimlarga moddiy yordam berishni tashkillashtirish; ijtimoiy—
tibbiy yordam berish, ya’ni bolalarni ijtimoiy patranaj qilish, voyaga yetmaganlar
orasida kashandachilik, alkogolizm kabi holatlarni profilaktika va reabilitatsiya
qilish; ijtimoiy-psixologik, ya'ni oilada, turli mikrojamiyatda sog`lom muhitni
tashkil etishga yordam berish: ijtimoiy-pedagogik, ya'ni bolalarni tarbiyalashda
ota-onalarning o`z haq-huquqlarini anglash, ularga sharoitlar yaratish, o`qituvchi
va o`quvchi orasidagi ziddiyatlarni hal etish kabilardan iborat.
Ijtimoiy pedagog bu vazifalarni amalga oshirish uchun, albatta quyidagi
sohalarda o`z bilimlarini boyitib borishi shart. Milliy istiqlol g`oyasi huquqiy-
me'yoriy baza (qarorlar, aktlar, buyruqlar, ko`rsatmalar, tashkilot tuzulmalari va
x.k.),ijtimoiy pedagogikaning tarixi va nazariyasi yosh davrlar psixologiyasi,
sotsiologiyasi, ijtimoiy-pedagogik ishlarni olib borish hamda rejalashirish
metodlari va h.k.
Shuningdek, ijtimoiy pedagogdan quyidagi malaka va ko`nikmalarga ega
bo`lishi talab etiladi: analitik, ya'ni sotsiumda ro`y berayotgan jarayonlarni nazariy
tahlil etish, bolaning ruqiy olamini anglay bilish, ularning muammolarini hal
etishga doir hamkorlik faoliyatini tashkil etish;
prognostik, ya'ni tashkil etilgan
ijtimoiy-pedagogik faoliyat bo`yicha bolaning muammolarini hal etish yo`llarini
bashorat qilish;
loyiqalash, ya'ni ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mazmunini
aniqlash va rejalashtirish;
refleksiv, ya'ni ijtimoiy pedagog o`zining
faoliyatini tahlil etib borishi;·
kommunikativ, ya'ni ijtimoiy pedagogning
insonlararo muloqat madaniyatini egallashi. U boshqalar fikrini eshita bilish,
muloqatga kirisha bilish, faktlar to`plash singari faoliyatlarni o`z ichiga oladi.
Kasbiy status-bu kasb kodeksida ko`rsatilib, sub'ektning insonlararo
munosabatlar tizimidagi kasbiy holati, huquqlari, majburiyatlaridir.
Ijtimoiy pedagog huquqlari
Ijtimoiy pedagog jurnalistlar kabi ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga kirib
bora olishi kerak. Buning uchun u davlat qonun chiqaruvchi organlari bilan
mustaqkam aloqada bo`lishi talab etiladi. O`zining bu faoliyatida u:· bolalarning,
umuman jamiyat a'zolarining ijtimoiy talablariga doir axborotlar to`plash,
sotsiologik savol-javoblar o`tkazish, diagnostik tekshiruv ishlarini olib borish
huquqiga;muayyan ijtimoiy muammolarni hal etish yuzasidan jamiyat organlariga
va davlat tashkilotlariga murojat etish huquqiga; davlat organlarini ular faoliyatiga
doir mavjud muammolardan xabardor etish huquqiga;
ijtimoiy faollik va u yoki
bu tashabbus bilan chiqadigan ota-onalar, oilalar, homiylarni rag`batlantirish
huquqiga; ommaviy axborot vositasi yordamida ma'lum ijtimoiy faoliyat yoki
namunavty oila tarbiyasi tajribalarini tarqib etish huquqiga; yashash joyi ish va
o`quv jarayonlarida ma'lum ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan
fuqarolarning ijtimoiy harakatini boshqarish kabi huquqlarga ega.
Ijtimoiy pedagogning kasbiy sifatlari.
Ijtimoiy pedagog asosan xalq ommasi Bilan ishlaydigan shaxsdir. U o`z
faoliyati jarayonida turli xarakterdagi insonlar bilan muloqatga kirishishiga to`qri
keladi. Bu vaziyatda ular bilan turli xil ziddiyatlarga bormaslik, ularning har
birining ko`ngliga, yuragiga kirib borish uchun sifat va fazilatlarga ega bo`lishi
talab etiladi: empatiya (dunyoni boshqalarning ko`zi bilan ko`rish, tushuna bilish),
xayrihoqlik, ezgulik, to`qrilik, ochiq ko`ngillik, aniq mo`ljal olish, samimiylik,
kommunikabellik(boshqalar bilan chiqisha bilish)Ijtimoiy pedagogning ahloqiy
majburiyatlari Ijtimoiy pedagog o`z mijozlarining qalbiga kirib borishida uning
ahloqiy majburiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagogning aqloqiy
majburiyatlari o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bular: o`z mijozlariga nisbatan
axloqiy muloqatda bo`lish, ya'ni ularning haq huquqlari va imtiyozlarini birinchi
darajali deb bilish;ular bilan muloqatga kirishishda ahloq me'yorlarga amal qilish
(hurmat, haqqoniyat. hushmuomilalik, alohida etibor va h.k.)
rahbarlar
yoki
yetakchi tashkilotlarga nisbatan yetuk majburi
o`z kasbi oldidagi axloq
majburiyatlar, ya'ni o`z kasbining mazmuni va mohiyatini anglash, mas'uliyatni his
etish, faollik ko`rsatish va h.k.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat
Pedagogik faoliyat-ta’lim va tarbiya orkali ijtimoiy-madaniy tajribani
berishga yunaltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari, o`quv
rejalari, dasturlari bilan belgilanadi.Ijtimoiy pedagogik faoliyat-bolaga
ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga kirishi) yordam kursatishga
karatilgan kasbiy faoliyat turidir. Bola bilan ish olib borishi mumkin bulgan turli
xil ta’lim muassasalari, tashkilotlari, birlashmalari uz ishlarini ijtimoiy pedagoglar
orkali amalga oshiradilar.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat xar doim anik bir bolaga va uning
ijtimoilashuviga, uni jamiyatga integratsiyalash jarayonida yuzaga keladigan
muamolarini xal etishga yunaltirilgan bo`ladi. Kasbiy faoliyat tuzilmasi — har
kanday faoliyat o`z tuzilmasiga egadir. Ular faoliyat elementlarining o`zaro
boglikligini va o`zaro shartlarini aniklaydi. Ijtimoiy pedagog faoliyati tuzilmasi
quyidagi komponentlardan iborat: sub’ekt (faoliyatni amalga oshiruvchi tomon),
ob’ekt (faoliyat yunaltirilgan tomon), maqsad (faoliyat orkali nimaga intilinadi),
vazifa (faoliyat orkali nimalar amalga oshiriladi), vositalar (faoliyat kaysi usul yoki
texnika yordamida amalga oshiriladi).
Ijtimoiy pedagog faoliyatining ob’ekti jamiyatga moslashish jarayonidagi
yordamga muxtoj bolalar va yoshlardir. Bu toifaga intellektual, ruxiy, ijtimoiy
nuksoni bor bolalar, shuningdek, jismoniy, ruxiy yoki akliy shakllanishi buzilgan
bolalarning katta kismi (ko`zi ojiz, kar-soqov, aqliy ojiz va bolalar tserebral
falajligiga chalinganlar) kiritiladi. Ular jamiyatning aloxida mehriga muxtojdir.
Agar bolaning jamiyatdagi shakllanishi normal kechsa unda ijtimoiy pedagog
yordami zarur bulmaydi. Bordiyu, ota-onalar va maktab uning shakllanishi,
tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlay olmasa u xolda ijtimoiy pedagog xizmati
kerak bo`ladi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining maqsadi bolaning ruxiy sogligi va
xavfsizligi uchun sharoit yaratish, uning oilasi, maktabi va atrofidagi unga salbiy
ta’sir kursatuvchi omillardan ogoxlantiruvchi va ularni yengib utuvchi ijtimoiy,
xuquqiy, ruxiy, tibbiy va pedagogik muammolarini kompleks ravishda xal etish
maqsadida turli mutaxassislar (ruxiyatshunoslar, tibbiy xodimlar, ijtimoii xodimlar
va yuristlar) xamda ma’muriy organlar va idoralarning (ta’lim, soglikni saklash,
ijtimoiy ximoya soxasidagi) mazkur masalaga yunaltirilgan sa’y-xarakatlarni
muvofiklashtirib turishda vositachi bula olishi kerak.
Ijtimoii pedagog faoliyatidagi muxim yunalish — bu BMT Konventsiyasida
e’lon qilingan bolaning yashashga, soglom shakllanishiga, ta’lim olishiga, o`z
karashlarini erkin ifoda etishiga, kamsitishning xar kanday turidan ximoyalashga
karatilagan xukuklarini ximoya qilishdir. Ijtimoii pedagog faoliyatidagi yana bir
yunalish — bu bolani shakllanishiga kumaklashuvchi ijtimoii loyixalar va
dasturlar, xususiy tashabbuslarni ishlab chikishda ishtirok etishdir.
Shunday qilib, ijtimoiy pedagog faoliyatiga quyidagi vazifalarni biriktirish
mumkin: .
— tashxis quyish
— bashoratchilik
— vositachilik
— tugirlash va kayta tiklash
— ximoyalash
— ogoxlantirish va profilaktika
— evristika (ijodiy fikrlash)
Pedagogning barcha faoliyati vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Bular safiga maqsadga erishishda zarur bo`ladigan barcha xarakatlar, predmetlar,
kurollar, usullar va texnologiyalarni kiritish mumkin.Ijtimoiy pedagogning kasbiy
faoliyati sub’ekti sifatida: shaxsiy tavsif va kasbiy omilkorligi.
Ijtimoiy pedagogning shaxsiy tavfsifnomasi kurib chikiladigan bulsa, avvalo
mazkur faoliyat sub’ektini — o`z soxasini mukammal biluvchi mutaxassisni
belgilab olishimiz zarur bo`ladi. U bola xaqidagi ijtimoiy va boshka
kiyinchiliklarni chukur farklay biladi va unga yordamga kela oladi. U umum
nazariy va maxsus bilimlarga, malaka va kunikmalarga, ma’lum darajadagi
kobiliyatlarga ega bo`ladi.
Xush ijtimoiy pedagog kim? Uning ruxiy surati va shaxsiy tavsifnomasi
kanday, kaysi soxalar uning faoliyat doirasiga tegishli? U boshka kasb egalaridan
nimasi bilan fark kiladi?
Kundalik xayotda biz kasb inson ongida, uning xatti-xarakatlarida va
dunyokarashida o`ziga xos iz koldirishiga guvox bulamiz. Psixologiyada bu narsa
"kasbiy mentallik" deb ataladi. Mentallik — bu insonning olamga munosabatini
va uning kundalik xatti-xarakatlarini aks ettiruvchi ma’lum ijtimoiy-ruxiy
karashlar va kadriyatlar majmuidir. Mentallik o`zida individning ijtimoiy va
madaniy tajribasini mujassamlashtirgan bo`lib, insonning kaysi ijtimoiy katlamga,
yoshga, jinsga, millatga va kasbga mansubligi bilan aniklanadi.
Psixologik tadqiqot larda kasbiy mentallik ma’lum bir kasb egalariga xos
bo`lgan xususiyat sifatida e’tirof etiladi.Oliy ta’lim muassasalarida pedagoglar ikki
bosqichda o`qitiladi. Birinchi boskichda, ya’ni bakalavriatda mutaxassis o`zi
tanlagan soxa bo`yicha 4 yil davomida ta’lim oladi. Ikkinchi boskqch
magistraturada davom ettiriladi. "Ijtimoiy pedagog" soxasiga tegishli barcha
mutaxassilarning ham umumiy o`ziga xos xususiyatlari mavjud bo`ladi. Bir kator
tadqiqot chilar ularning shaxsiy tavsifnomasi sifatida individual-ruxiy xususiyatlar
va maxsus kobiliyatlarni ko`rsatmoqda.
Kuzatuvchanlik, murakkab vaziyatda tez yo`lga tusha bilish, faxm-farosat
bilan seza olish, o`zini boshka odam o`rniga ko`ya olish va uning xissiyotlarini
tushuna bilish, o`zini boshkara olish va refleksiya (fikr yuritib uni taxlil qilish)
maxsus kobiliyatlar jumlasidandir. Shuningdek, ijtimoiy pedagog dilkashlik,
odamlar bilan ishlay olish, qiziqqonlik, o`z fikrini o`tkaza olish, baxsli vaziyatlarda
yo`l topa bilish, tirishkoklik kabi ijtimoiy soxaning barcha xodimlariga xos
xususiyatlarga xam ega bo`lmogi darkor.
Xorijiy tadqiqot chilar xam pedagogning individual-ruxiy xususiyatlari
to`grisida o`z fikrlarini bildirganlar. Masalai, Buyuk Britaniyalik olimlar bunday
xususiyatlar katoriga yukori darajadagi akliy saloxiyatga egalik, tartiblilik va o`z-
o`zini boshkara bilish, jismonan kuchlilik, odamlarga kiyin vaziyatlarda yordam
bera olish, chidamlilik, sezgirlik kabilarni kiritadilar. AQSH ning mashxur
psixologlaridan sanalgan J.Xoland o`zining "o`ziga yo`naltirilgap kidiruv"
metodikasida ijtimoiy soxa kasbi egasiga xos xususiyatlarni ko`rsatgan. Bular:
realistlik (xakkoniylik), tadqiqot chilik, artistlik, ijtimoiy, tadbirkorlik,
konventsional xususiyatlardir. U ijtimoiy pedagogga xos insonparvarlik, ideallik,
mas’uliyatlilik, axloklilik, xushmuomalalik, iliklik, odoblilik, o`zgalarni do`st tuta
olish kabi xususiyatlarni xam ko`rsatadi.
Ijtimoiy pedagog kasbi insonlar o`rtasidagi munosabatlar tizimida faoliyat
yurituvchi ko`pkirrali soxa bo`lib, pedagogning kaysi ishda ishlashidan kat’iy
nazar odamlar bilan va avvalo bolalar bilan ishlashga yo`naltirilganligidadir.
Mulokot jarayonida pedagog ko`plab ruxiy zurikish va charchokni o`zida sinashiga
to`gri keladi. Shu bois uning asab tizimi xam mustaxkam bo`lishi darkor. Bu narsa
unga ijtimoiy-pedagogik, ruxiy-terapevtik jarayonlarda emotsional kiyinchiliklar
bilan to`knashuvida yordam beradi. Ijtimoiy pedagogga xos yana bir xarakter
xususiyati, bu "Men — obrazidir" Bu narsa pedagogning o`ziga nisbatan ijobiy
munosabatda bo`lishini xamda boshkalar tomonidan o`ziga yukori baxo berilishini
ifodalaydi. Mazkur xarakter pedagogga boshka odamlar bilan erkin mulokot qilish
va ularni oson kabul qilish imkonini beradi. Ijtimoiy pedagognipg quyidagi shaxsiy
fazilatlarini aloxida ajratishimiz mumkin:
-Insoniylik xususiyatlari (mexribonlik, boshkalar manfaatini ustun ko`yish,
o`z shaxsiy qadr-kimmati xissi)
- Ruhiy barqarorlik, yukori darajadagi xissiy va irodaviy xususiyatlar)
-Ruhiy taxlilchilik xususiyatlari (o`zini idora kila olish, o`ziga tankidiy karash,
o`zini baxolay olish)
-ruxiy-pedagogik xususiyatlar ( kirishuvchanlik, gapga chechanlik.)
Yuqorida keltirilgan xususiyatlar bilan tanishar ekanmiz, xar kanday
odam xam ijtimoiy-pedagogik faoliyatni olib borish kobiliyatiga ega
bo`lavermasligiga ishonch xosil kilamiz.