Ijtimoiy soha moliyasi (Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati va hozirgi zamon xususiyatlari)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

18

File size

Fayl hajmi

34,8 KB


Ijtimoiy soha moliyasi (Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati va hozirgi
zamon xususiyatlari)
Reja:
1. Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati va hozirgi zamon xususiyatlari.
2. Ijtimoiy ta’minot va pensiyalarning asosiy turlari.
3. Nafaqa. Nafaqalarning asosiy turlari. Ijtimoiy ta’minotning boshqa shakllari.
Fikrimizcha, ijtimoiy siyosat bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo‘lib,
uning qanday amalga oshirilayotgani, mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va aholining
bandligi  bilan  bog‘liqdir.  Endilikda  mamlakatimizda  ijtimoiy  siyosat  jamiyat
a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq huquqiy,
tashkiliy, iqtisodiy va boshqa yo‘nalishlarni o‘zida kompleks mujassamlashtirgan
davlat siyosati darajasida amal qilayotgan bo‘lsa, ijtimoiy himoya siyosati davlat
tomonidan  aholini  ijtimoiy  himoyaga  muhtojlar  qatlamlarini  moddiy  jihatdan
qo‘llab-quvvatlash, zarur infratuzilmani shakllantirish va ular normal faoliyatini
ta’minlash, bu sohaning samarali boshqaruvini amalga oshirish, fuqarolar uchun
har tomonlama qulay yashash va mehnat sharoitlarini ta’minlab berishga qaratilgan
chora-tadbirlar majmuasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Bugungi  kunda  “ijtimoiy  siyosat”,  “ijtimoiy  himoya”  kabi  tushunchalar
avvalgisidan  farq  qilib,  hayotimizda  sodir  bo‘layotgan  o‘zgarishlarni  tobora
ko‘proq o‘zida aks ettirmoqda. Shu sababli endilikda ijtimoiy siyosat fuqarolarning
faqat moddiy muammolarinigina hal qilishga qaratilgan faoliyat bo‘lmay, balki
davlat ichki siyosatining asosiy qismini o‘zida ifoda etadi. Ijtimoiy himoya qilish
siyosati esa muhtojlarga moddiy yoki pul shaklida yordam ko‘rsatishdangina iborat
Logotip
Ijtimoiy soha moliyasi (Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati va hozirgi zamon xususiyatlari) Reja: 1. Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati va hozirgi zamon xususiyatlari. 2. Ijtimoiy ta’minot va pensiyalarning asosiy turlari. 3. Nafaqa. Nafaqalarning asosiy turlari. Ijtimoiy ta’minotning boshqa shakllari. Fikrimizcha, ijtimoiy siyosat bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo‘lib, uning qanday amalga oshirilayotgani, mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va aholining bandligi bilan bog‘liqdir. Endilikda mamlakatimizda ijtimoiy siyosat jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa yo‘nalishlarni o‘zida kompleks mujassamlashtirgan davlat siyosati darajasida amal qilayotgan bo‘lsa, ijtimoiy himoya siyosati davlat tomonidan aholini ijtimoiy himoyaga muhtojlar qatlamlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, zarur infratuzilmani shakllantirish va ular normal faoliyatini ta’minlash, bu sohaning samarali boshqaruvini amalga oshirish, fuqarolar uchun har tomonlama qulay yashash va mehnat sharoitlarini ta’minlab berishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda “ijtimoiy siyosat”, “ijtimoiy himoya” kabi tushunchalar avvalgisidan farq qilib, hayotimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni tobora ko‘proq o‘zida aks ettirmoqda. Shu sababli endilikda ijtimoiy siyosat fuqarolarning faqat moddiy muammolarinigina hal qilishga qaratilgan faoliyat bo‘lmay, balki davlat ichki siyosatining asosiy qismini o‘zida ifoda etadi. Ijtimoiy himoya qilish siyosati esa muhtojlarga moddiy yoki pul shaklida yordam ko‘rsatishdangina iborat
bo‘lmasdan, mamlakat ijtimoiy infratuzilmasining normal ishini ta’minlash, bu
sohada samarali davlat va jamoat boshqaruvini amalga oshirish, fuqarolar uchun
har tomonlama qulay yashash sharoitlarini ta’minlab berish masalalarini o‘z ichiga
oladi.
Ijtimoiy siyosat  – bu jamiyat  ijtimoiy hayotini  yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy
infratuzilmalar  faoliyatini  tashkil  qilish,  boshqarish,  fukarolarning  ijtimoiy
huquqlarini amalga oshirilishi uchun sharoit yaratish, ushbu huquqlarning ruyobga
chiqarilishini kafolatlash, samarali himoya etilishini ta’minlash yuzasidan davlat
tadbirlari kompleksidan iboratdir.
Davlat ijtimoiy siyosati jamiyat taraqqiyoti, barqaror rivojlanish, fuqarolar
farovonligi, ularning haq-huquqlari daxlsizligiga xizmat qilmog‘i lozim. 
Bugungi  kunda  ijtimoiy  siyosat  fuqarolarning  faqat  moddiy
muammolarinigina hal qilishga qaratilgan faoliyat bo‘lmay, balki davlat  ichki
siyosatining asosiy qismini o‘zida ifoda etadi.
Hozirgi  vaqtda  davlat  ta’lim,  fan,  madaniyat  va  fuqarolarning  sog‘ligi
sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Ushbu sohalarda ijtimoiy funksiya ta’lim, ilmiy muassasalar, shuningdek
madaniy muassasalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (moliyaviy, moddiy,
dasturiy) shaklda amalga oshiriladi. Ularning ishini boshqarish va tashkil etishga
kelsak, ular avtonomdir, o‘z faoliyatlarida erkin va davlat aralashuvi bu yerda
qabul qilinishi mumkin emas.
Bugungi kunda davlatning ijtimoiy himoyasini amalga oshiruvchi organlar
davlatning  ijtimoiy  funksiyasini  amalga  oshirishda  o‘z  vakolatlarini  bajarib
kelayotgan bo‘lsalarda, ammo bu sohada yechimini kutayotgan muammolar yo‘q
emas. 
Xususan,  nafaqa  ta’minotini  isloh  qilish,  barcha  to‘lovlar  va  nafaqalar
tizimini qayta ko‘rib chiqish lozim. Nafaqalar to‘lashni shunday rivojlantirmoq
kerakki,  ular  fuqarolarning  moddiy-maishiy  ehtiyojlarining  qondirilishini
ta’minlash shart. Hozirgi kunda ijtimoiy yordam asosli, kimlarga berilishi kerakligi
to‘g‘risidagi masala o‘zini to‘liq yechimini topgani yo‘q.
Logotip
bo‘lmasdan, mamlakat ijtimoiy infratuzilmasining normal ishini ta’minlash, bu sohada samarali davlat va jamoat boshqaruvini amalga oshirish, fuqarolar uchun har tomonlama qulay yashash sharoitlarini ta’minlab berish masalalarini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy siyosat – bu jamiyat ijtimoiy hayotini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy infratuzilmalar faoliyatini tashkil qilish, boshqarish, fukarolarning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirilishi uchun sharoit yaratish, ushbu huquqlarning ruyobga chiqarilishini kafolatlash, samarali himoya etilishini ta’minlash yuzasidan davlat tadbirlari kompleksidan iboratdir. Davlat ijtimoiy siyosati jamiyat taraqqiyoti, barqaror rivojlanish, fuqarolar farovonligi, ularning haq-huquqlari daxlsizligiga xizmat qilmog‘i lozim. Bugungi kunda ijtimoiy siyosat fuqarolarning faqat moddiy muammolarinigina hal qilishga qaratilgan faoliyat bo‘lmay, balki davlat ichki siyosatining asosiy qismini o‘zida ifoda etadi. Hozirgi vaqtda davlat ta’lim, fan, madaniyat va fuqarolarning sog‘ligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga katta e’tibor qaratmoqda. Ushbu sohalarda ijtimoiy funksiya ta’lim, ilmiy muassasalar, shuningdek madaniy muassasalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (moliyaviy, moddiy, dasturiy) shaklda amalga oshiriladi. Ularning ishini boshqarish va tashkil etishga kelsak, ular avtonomdir, o‘z faoliyatlarida erkin va davlat aralashuvi bu yerda qabul qilinishi mumkin emas. Bugungi kunda davlatning ijtimoiy himoyasini amalga oshiruvchi organlar davlatning ijtimoiy funksiyasini amalga oshirishda o‘z vakolatlarini bajarib kelayotgan bo‘lsalarda, ammo bu sohada yechimini kutayotgan muammolar yo‘q emas. Xususan, nafaqa ta’minotini isloh qilish, barcha to‘lovlar va nafaqalar tizimini qayta ko‘rib chiqish lozim. Nafaqalar to‘lashni shunday rivojlantirmoq kerakki, ular fuqarolarning moddiy-maishiy ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlash shart. Hozirgi kunda ijtimoiy yordam asosli, kimlarga berilishi kerakligi to‘g‘risidagi masala o‘zini to‘liq yechimini topgani yo‘q.
Mamlakatimiz  o‘z  mustaqilligiga  erishgach,  bozor  munosabatlariga
o‘tishning o‘ziga xos konsepsiyasi ishlab chiqildi. Kuchli ijtimoiy himoya beshta
asosiy tamoyillardan biri sifatida belgilanib, turli soha olimlari qayd etganidek,
nogironlarga,  nafaqaxo‘rlarga,  bolali  va  kam  ta’minlangan  oilalarga,  o‘quvchi
yoshlarga,  qariyalarga,  ya’ni  eng  qiyin  ahvolga  tushib  qolganlarga  yordam
ko‘rsatish bu tizimning asosiy yo‘nalishi bo‘ldi. Oilalarni faol ijtimoiy muhofaza
qilish  chora-tadbirlari  ko‘rildi.  Ular  orasida  harbiy  xizmatchilar  oilalari  ham
mavjud edi.
Fikrimizcha,  davlatlar  ijtimoiy  siyosatni  amalga  oshirishda  umumiy
xususiyatlarga ega bo‘lib, ijtimoiy sohada ma’lum ustuvorlikka ega va davlat o‘z
ijtimoiy funksiyasini alohida tartibda tashkil etadi.
Davlat ijtimoiy siyosatni olib borishdagi ijtimoiy davlat quyidagi ijtimoiy
funksiyalarni bajaradi:
-
aholi bandligi va daromadlarining o‘sishini ta’minlash;
-
kompaniyaning barcha a’zolarini ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlash;
-
ta’lim, sog‘liqni saqlash va ma’naviy-madaniy rivojlanishdan foydalanish
imkoniyatini ta’minlash;
-
ijtimoiy himoyaga muhtojlarni ijtimoiy himoya qilish;
-
jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, imtiyozlarni qayta taqsimlash
orqali munosib yashash sharoitalarini yaratish;
-
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish.
Davlat jamiyatni samarali boshqarishi uchun ikki muhim vazifani bajarishi:
birinchidan, ijtimoiy maqsad va vazifani belgilashi, ushbu maqsadga mos moddiy
hamda  boshqa  resurslarni  ajratishi,  ya’ni  makroiqtisodiy  darajada  ishlab
chiqarishni  rivojlantirishi;  ikkinchidan  esa,  ijtimoiy  siyosatning  ruyobga
chiqarilishini ta’minlay oladigan darajada qonunchilik konsepsiyasini tayyorlashi
kerakligini  ilgari  surib,  ikkinchi  vazifani  hal  etish  uchun  “Ijtimoiy  siyosat
to‘g‘risida”gi  qonunni  qabul  qilish  zarurligini  taklif  etadi. Bunday qonunning
qabul  qilinishi  davlat  ijtimoiy  siyosati  maqsad  va  vazifalarini,  uning  asosiy
tamoyillarini,  ijtimoiy  siyosatning  ro‘yobga  chiqarilishi  bilan  bog‘lik  bo‘lgan
Logotip
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach, bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos konsepsiyasi ishlab chiqildi. Kuchli ijtimoiy himoya beshta asosiy tamoyillardan biri sifatida belgilanib, turli soha olimlari qayd etganidek, nogironlarga, nafaqaxo‘rlarga, bolali va kam ta’minlangan oilalarga, o‘quvchi yoshlarga, qariyalarga, ya’ni eng qiyin ahvolga tushib qolganlarga yordam ko‘rsatish bu tizimning asosiy yo‘nalishi bo‘ldi. Oilalarni faol ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlari ko‘rildi. Ular orasida harbiy xizmatchilar oilalari ham mavjud edi. Fikrimizcha, davlatlar ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda umumiy xususiyatlarga ega bo‘lib, ijtimoiy sohada ma’lum ustuvorlikka ega va davlat o‘z ijtimoiy funksiyasini alohida tartibda tashkil etadi. Davlat ijtimoiy siyosatni olib borishdagi ijtimoiy davlat quyidagi ijtimoiy funksiyalarni bajaradi: - aholi bandligi va daromadlarining o‘sishini ta’minlash; - kompaniyaning barcha a’zolarini ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlash; - ta’lim, sog‘liqni saqlash va ma’naviy-madaniy rivojlanishdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash; - ijtimoiy himoyaga muhtojlarni ijtimoiy himoya qilish; - jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, imtiyozlarni qayta taqsimlash orqali munosib yashash sharoitalarini yaratish; - ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish. Davlat jamiyatni samarali boshqarishi uchun ikki muhim vazifani bajarishi: birinchidan, ijtimoiy maqsad va vazifani belgilashi, ushbu maqsadga mos moddiy hamda boshqa resurslarni ajratishi, ya’ni makroiqtisodiy darajada ishlab chiqarishni rivojlantirishi; ikkinchidan esa, ijtimoiy siyosatning ruyobga chiqarilishini ta’minlay oladigan darajada qonunchilik konsepsiyasini tayyorlashi kerakligini ilgari surib, ikkinchi vazifani hal etish uchun “Ijtimoiy siyosat to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish zarurligini taklif etadi. Bunday qonunning qabul qilinishi davlat ijtimoiy siyosati maqsad va vazifalarini, uning asosiy tamoyillarini, ijtimoiy siyosatning ro‘yobga chiqarilishi bilan bog‘lik bo‘lgan
boshqa  ko‘plab  muhim  masalalarni  qonunchilik  darajasida  hal  etish  imkonini
beradi.
Shuningdek, u ijtimoiy himoyaning normal amal kilishi uchun uni ruyobga
chiqarish sohasidagi qonunchilikni ta’minlovchi konsepsiya ishlab chiqilishi kerak.
Unda bugungi ahvol hamda ertangi istiqbol yo‘llari aniq belgilab olinmog‘i,
mavjud  resurslar  doirasida  ijtimoiy  siyosatni  rivojlantirish  yo‘llari  nazarda
tutilmog‘i lozim ekanligini ilgari suradi.
Davlatning ijtimoiy siyosat sohasidagi faoliyati (ta’lim, sog‘liqni saqlash,
ijtimoiy ta’minot) aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, uni ijtimoiy himoya
qilishdan iborat bo‘lib, bu davlat va jamiyat yaxlitligini saqlash uchun muhimdir.
Ijtimoiy siyosat davlatning ichki siyosati asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib,
uning ijtimoiy tizimi barqarorligini ta’minlash uchun yaratilgan, uning maqsadlari
quyidagilardan iborat:
-
mamlakat aholisining turmush darajasini oshirish;
-
ijtimoiy ziddiyatlarni yumshatish yoki yo‘q qilish, jamiyatda ma’lum bir
muvozanatga erishish.
Ijtimoiy  funksiyani  yanada  samarali  amalga  oshirish  uchun  ijtimoiy
siyosatning asosiy ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratish lozim, xususan: 
-
davlat o‘z fuqarolarining ijtimoiy holati uchun javobgarligini tan olish;
-
barcha fuqarolarga bepul ta’lim va tibbiy xizmatlarni kafolatlash;
-
eng kam ish haqi, stipendiya va nafaqalarni yashashning haqiqiy qiymatiga
muvofiqlashtirish;
-
davlat sektori xodimlariga ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar o‘z vaqtida
to‘lanishini kafolatlash;
-
ommaviy ishsizlikning  oldini  olish,  bo‘shatilgan  ishchi  kuchlarini  qayta
tayyorlash va malakasini oshirish;
-
oila, onalik va bolalik, faxriylar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash.
Davlat organlarining bir qator ijtimoiy vakolatlarini xususiy tashkilotlarga
topshirish istagi dolzarb nazariy muammo sifatida e’tiborga olinmadi. Mazkur
hodisa global tendensiyani  qabul qiladi  va ijobiy tomonlarga (professionallik,
Logotip
boshqa ko‘plab muhim masalalarni qonunchilik darajasida hal etish imkonini beradi. Shuningdek, u ijtimoiy himoyaning normal amal kilishi uchun uni ruyobga chiqarish sohasidagi qonunchilikni ta’minlovchi konsepsiya ishlab chiqilishi kerak. Unda bugungi ahvol hamda ertangi istiqbol yo‘llari aniq belgilab olinmog‘i, mavjud resurslar doirasida ijtimoiy siyosatni rivojlantirish yo‘llari nazarda tutilmog‘i lozim ekanligini ilgari suradi. Davlatning ijtimoiy siyosat sohasidagi faoliyati (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot) aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, uni ijtimoiy himoya qilishdan iborat bo‘lib, bu davlat va jamiyat yaxlitligini saqlash uchun muhimdir. Ijtimoiy siyosat davlatning ichki siyosati asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning ijtimoiy tizimi barqarorligini ta’minlash uchun yaratilgan, uning maqsadlari quyidagilardan iborat: - mamlakat aholisining turmush darajasini oshirish; - ijtimoiy ziddiyatlarni yumshatish yoki yo‘q qilish, jamiyatda ma’lum bir muvozanatga erishish. Ijtimoiy funksiyani yanada samarali amalga oshirish uchun ijtimoiy siyosatning asosiy ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratish lozim, xususan: - davlat o‘z fuqarolarining ijtimoiy holati uchun javobgarligini tan olish; - barcha fuqarolarga bepul ta’lim va tibbiy xizmatlarni kafolatlash; - eng kam ish haqi, stipendiya va nafaqalarni yashashning haqiqiy qiymatiga muvofiqlashtirish; - davlat sektori xodimlariga ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar o‘z vaqtida to‘lanishini kafolatlash; - ommaviy ishsizlikning oldini olish, bo‘shatilgan ishchi kuchlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish; - oila, onalik va bolalik, faxriylar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash. Davlat organlarining bir qator ijtimoiy vakolatlarini xususiy tashkilotlarga topshirish istagi dolzarb nazariy muammo sifatida e’tiborga olinmadi. Mazkur hodisa global tendensiyani qabul qiladi va ijobiy tomonlarga (professionallik,
rentabellik, raqobatbardoshlikning oshishi, jamoat manfaati) va salbiy tomonlarga
(xususiy  monopolizatsiya,  davlatni  tekislash,  javogarlikni  xiralashtirish  va
boshqalar) ega.
Fikrimizcha,  jamiyat  har  bir  fuqaro  qabul  qilingan  standartga  javob
beradigan  ma’lumotga  ega  bo‘lishidan  manfaatdor.  Ta’limsiz  hozirgi  vaqtda
fuqarolarning ijtimoiy  hayotda,  ishlab  chiqarishda,  davlat  faoliyatining  barcha
sohalarida  faol  ishtirok  etishlari  mumkin  emas  va  shuning  uchun  ko‘plab
davlatlarda ta’lim majburiydir.
Shunday qilib, mamlakatimizda bozor munosabatlari tarkib toptirilar ekan,
shu o‘rinda aholining muhtoj qatlamlarini kuchli ijtimoiy himoya qilish prinsipi
mustaqilligimizning  dastlabki  kunlaridan  boshlab  amalga  oshirib
kelinayotganligini alohida e’tirof etib o‘tish joiz. Bu hol davlatimiz tomonidan
yuritilayotgan  ijtimoiy  siyosatda,  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  yuzasidan
ko‘rilayotgan  chora-tadbirlarda  o‘z  ifodasini  topmoqda.  Ushbu  dalillar
mamlakatimizda  bu  yo‘nalishda  olib  borilayotgan  ishlar  ko‘lami  naqadar
kattaligidan dalolat beradi.
Davlat rivojlanishining hozirgi bosqichida ijtimoiy himoya, pul mablag‘lari,
tabiiy  va  ma’naviy  qo‘llab-quvvatlash,  imtiyozlar  va  xizmatlar,  ehtiyojmand
fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ularning o‘zini o‘zi ta’minlash
uchun sharoit yartishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui bo‘lishi kerak. Mazkur
tadbirlar  mahalliy  byudjetlar,  shuningdek  ijtimoiy  ta’minot  tizimi  tomonidan
an’anaviy ravishda amalga oshirilmaydigan boshqa manbalar hisobidan amalga
oshirilishi kerak. Ijtimoiy himoyani yagona talqin qilish zarurati, shuningdek, ular
tegishli qonunlar asosida amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi.
Kuchli  ijtimoiy  siyosat  tamoyili  o‘tkazilayotgan  iktisodiy  islohotlarning
barcha  bosqichlarida  daromadni  tartibga  solish,  ijtimoiy  ta’minot  va  ijtimoiy
kafolatlar berish, aholini ish bilan ta’minlash va mehnat bozorini shakllantirish,
aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, imtiyozlar berish orqali amalga oshirilmoqda.
Bugungi  kunda  O‘zbekistonda  ijtimoiy  himoya  tizimi  sifatli  amalga
oshirilishi uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy muhit yaratildi, zarur huquqiy asoslar
Logotip
rentabellik, raqobatbardoshlikning oshishi, jamoat manfaati) va salbiy tomonlarga (xususiy monopolizatsiya, davlatni tekislash, javogarlikni xiralashtirish va boshqalar) ega. Fikrimizcha, jamiyat har bir fuqaro qabul qilingan standartga javob beradigan ma’lumotga ega bo‘lishidan manfaatdor. Ta’limsiz hozirgi vaqtda fuqarolarning ijtimoiy hayotda, ishlab chiqarishda, davlat faoliyatining barcha sohalarida faol ishtirok etishlari mumkin emas va shuning uchun ko‘plab davlatlarda ta’lim majburiydir. Shunday qilib, mamlakatimizda bozor munosabatlari tarkib toptirilar ekan, shu o‘rinda aholining muhtoj qatlamlarini kuchli ijtimoiy himoya qilish prinsipi mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab amalga oshirib kelinayotganligini alohida e’tirof etib o‘tish joiz. Bu hol davlatimiz tomonidan yuritilayotgan ijtimoiy siyosatda, aholini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarda o‘z ifodasini topmoqda. Ushbu dalillar mamlakatimizda bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar ko‘lami naqadar kattaligidan dalolat beradi. Davlat rivojlanishining hozirgi bosqichida ijtimoiy himoya, pul mablag‘lari, tabiiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, imtiyozlar va xizmatlar, ehtiyojmand fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ularning o‘zini o‘zi ta’minlash uchun sharoit yartishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui bo‘lishi kerak. Mazkur tadbirlar mahalliy byudjetlar, shuningdek ijtimoiy ta’minot tizimi tomonidan an’anaviy ravishda amalga oshirilmaydigan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi kerak. Ijtimoiy himoyani yagona talqin qilish zarurati, shuningdek, ular tegishli qonunlar asosida amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi. Kuchli ijtimoiy siyosat tamoyili o‘tkazilayotgan iktisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida daromadni tartibga solish, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy kafolatlar berish, aholini ish bilan ta’minlash va mehnat bozorini shakllantirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, imtiyozlar berish orqali amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi sifatli amalga oshirilishi uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy muhit yaratildi, zarur huquqiy asoslar
barpo etildi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng
miqyosda  yangi  ish  joylarining  yaratilishi,  aholini  ish  bilan  ta’minlashga
ko‘maklashib,  ishsizlik  muammosini  hal  qilmoqda.  Ish  bilan  ta’minlash
muammosini  hal  etishda  ayniqsa,  kichik  va  o‘rta  biznesni  rivojlantirish  qo‘l
kelmoqda.  Tovarlar  sifati,  aholiga  xizmat  ko‘rsatish  sohalarida  amalga
oshirilayotgan  chora-tadbirlar  iste’molchilar  himoyasini  shakllantirib,  aholi
manfaatlarini ta’minlamoqda. 
Inflyatsiyaning oldini olish, so‘mning harid kuchini saqlash, biznes-tijorat
ustidan  davlatning  muqobil  nazoratini  o‘rnatish,  marketing,  savdo,  reklama
kabilarni tartibga solish ijtimoiy himoyani rivojlantirmoqda.
Mustaqil  taraqqiyotimiz davomida amalga oshirib kelinayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar  bozor  munosabatlari  va tamoyillariga  asoslangan  fuqarolik
jamiyati barpo etishga qaratilgandir. 
2-savol  bayoni.  Mamlakatning  Konstitutsiyasi,  odatda,  yosh  bo‘yicha,
kasal,  nogiron  yoki  boquvchisini  yo‘qotganda,  bolalarni  tarbiyalash  uchun  va
qonunda ko‘zda tutilgan boshqa  holatlarda har bir kishining ijtimoiy ta’minotini
kafolatlaydi. Iqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif
berish  mumkin:  jarayonida  fuqarolarni  moddiy  ta’minlash  va  ularga  xizmat
ko‘rsatish  uchun  milliy daromadning  bir  qismi  hisobidan  pul  mablag‘larining
ijtimoiy  fondlarini  shakllantiradigan  va  ulardan  foydalanadigan  taqsimlash
munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta’minot deyiladi. Mana shunday keng ma’noda,
ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirish manbalari va ta’minotni tashkil etishga
bog‘liq   bo‘lmagan  holda  jamiyat  barcha  a’zolarining  tegishli  tarzda
ta’minlanishini o‘z ichiga qamrab oladi.
Milliy qonunchiligimida davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi:
yoshga doir pensiya;
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.
Logotip
barpo etildi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng miqyosda yangi ish joylarining yaratilishi, aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashib, ishsizlik muammosini hal qilmoqda. Ish bilan ta’minlash muammosini hal etishda ayniqsa, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish qo‘l kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iste’molchilar himoyasini shakllantirib, aholi manfaatlarini ta’minlamoqda. Inflyatsiyaning oldini olish, so‘mning harid kuchini saqlash, biznes-tijorat ustidan davlatning muqobil nazoratini o‘rnatish, marketing, savdo, reklama kabilarni tartibga solish ijtimoiy himoyani rivojlantirmoqda. Mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirib kelinayotgan ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlari va tamoyillariga asoslangan fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgandir. 2-savol bayoni. Mamlakatning Konstitutsiyasi, odatda, yosh bo‘yicha, kasal, nogiron yoki boquvchisini yo‘qotganda, bolalarni tarbiyalash uchun va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda har bir kishining ijtimoiy ta’minotini kafolatlaydi. Iqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif berish mumkin: jarayonida fuqarolarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun milliy daromadning bir qismi hisobidan pul mablag‘larining ijtimoiy fondlarini shakllantiradigan va ulardan foydalanadigan taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta’minot deyiladi. Mana shunday keng ma’noda, ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirish manbalari va ta’minotni tashkil etishga bog‘liq bo‘lmagan holda jamiyat barcha a’zolarining tegishli tarzda ta’minlanishini o‘z ichiga qamrab oladi. Milliy qonunchiligimida davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi: yoshga doir pensiya; nogironlik pensiyasi; boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.
Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo‘lganidan so‘ng istalgan paytda
pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etishlari mumkin.
Davlat  pensiyalarining  turli  xillarini  olish  huquqiga  ega  bo‘lgan
fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar  -  60  yoshga  to‘lganda  va  ish  stajlari  kamida  25  yil  bo‘lgan
taqdirda;
ayollar - 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda
ega bo‘ladilar.
Pensiya tayinlash uchun kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor
stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga
muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga
ega bo‘ladilar, chunonchi:
Yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar,
muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro‘yxati;
Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish
huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va
ko‘rsatkichlarning 2-sonli ro‘yxati;
Umumiy belgilangan yoshni  5 yilga qisqartirilgan holda pensiya  olish
huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va
ko‘rsatkichlarning 3-sonli ro‘yxati.
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan
nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.
Yoshidan qat’i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega
bo‘ladilar:
a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar — basharti, ular
ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan bo‘lsalar;
b) bevosita yerosti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv
qismlarining shaxsiy tarkibi) ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni
Logotip
Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo‘lganidan so‘ng istalgan paytda pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etishlari mumkin. Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. Yoshga doir pensiya olish huquqiga: erkaklar - 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; ayollar - 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar. Pensiya tayinlash uchun kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar, chunonchi: Yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro‘yxati; Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 2-sonli ro‘yxati; Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko‘rsatkichlarning 3-sonli ro‘yxati. Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega. Yoshidan qat’i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar: a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan bo‘lsalar; b) bevosita yerosti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi) ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni
qazib  olishda,  shaxtalar  va  konlar  qurilishida  to‘liq  ish  kuni  davomida  band
bo‘lgan  xodimlar  —  basharti,  ular  ana  shu  ishlarda  kamida  25  yil  ishlagan
bo‘lsalar;
v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular
xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bo‘ysunuvidan
qat’i nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25
yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda.
Yuqorida  qayd  etib o‘tilgan xodimlar  salomatligiga  (kasalligiga)  ko‘ra
uchish ishlaridan bo‘shatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini — erkaklar
kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan bo‘lsalar;
g)  teatrlar  va  boshqa  teatr-tomosha  korxonalari  artistlarining  ayrim
toifalari:
ijodiy ish staji kamida 20 yil bo‘lganda;
ijodiy ish staji kamida 25 yil bo‘lganda;
ijodiy ish staji kamida 30 yil bo‘lganda;
d) sportchilarning ayrim toifalari — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda.
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar belgilangan yoshni 10 yilga
qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:
a) yerosti ishlarida, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda to‘liq
ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar (2-sonli ro‘yxat, I qism):
erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib
o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi
ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda.
Yer osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7
yilu 6 oydan kam bo‘lgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir to‘liq yil uchun
qonunchilikda nazarda tutilgan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi.
Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda - erkaklar kamida 5 yil,
ayollar kamida 3 yil 9 oy - ishlagan xodimlarga pensiya qonunchilikda nazarda
Logotip
qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan bo‘lsalar; v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda. Yuqorida qayd etib o‘tilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) ko‘ra uchish ishlaridan bo‘shatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini — erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan bo‘lsalar; g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari: ijodiy ish staji kamida 20 yil bo‘lganda; ijodiy ish staji kamida 25 yil bo‘lganda; ijodiy ish staji kamida 30 yil bo‘lganda; d) sportchilarning ayrim toifalari — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda. Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar: a) yerosti ishlarida, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar (2-sonli ro‘yxat, I qism): erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda; ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda. Yer osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu 6 oydan kam bo‘lgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir to‘liq yil uchun qonunchilikda nazarda tutilgan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi. Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda - erkaklar kamida 5 yil, ayollar kamida 3 yil 9 oy - ishlagan xodimlarga pensiya qonunchilikda nazarda
tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band bo‘lingan har bir to‘liq yil uchun 1 yilga
qisqartirilgan holda tayinlanadi;
b) sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi
staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda (2-sonli ro‘yxat, II qism).
Oxirgi  ish  joyidan qat’i  nazar, quyidagilar  belgilangan yoshni  5 yilga
qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:
a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
b) mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band
bo‘lgan xodimlar (3-sonli ro‘yxat, I qism):
erkaklar - ish staji kamida 25 yil bo‘lib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi
ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda;
ayollar - ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib
o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda.
Mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda - erkaklar kamida 6 yilu 3 oy,
ayollar kamida 5 yil - ishlagan xodimlarga pensiya qonunchilikda nazarda tutilgan
pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning
bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
z)  bolalikdan  nogironligi  bo‘lgan  farzandlarning  onalari  ularni  sakkiz
yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa - ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda. Basharti,
ayol o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni ular 8 yoshga to‘lguniga qadar kamida 5 yil
tarbiyalagan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda
hisobga olinadi;
k) nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari,
«Mehribonlik» uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari
- maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VII qism);
l)  ixtisoslashgan  tibbiy  muassasalarning  shifokorlari  va  o‘rta  tibbiy
xodimlari - maxsus ish staji shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25
yil va shaharlarda kamida 30 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VIII qism);
Logotip
tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band bo‘lingan har bir to‘liq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi; b) sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda (2-sonli ro‘yxat, II qism). Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar: a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar; b) mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar (3-sonli ro‘yxat, I qism): erkaklar - ish staji kamida 25 yil bo‘lib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda; ayollar - ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda. Mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda - erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 yil - ishlagan xodimlarga pensiya qonunchilikda nazarda tutilgan pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi; z) bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa - ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda. Basharti, ayol o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni ular 8 yoshga to‘lguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi; k) nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, «Mehribonlik» uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari - maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VII qism); l) ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari - maxsus ish staji shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VIII qism);
m)  qariyalarga,  nogironligi  bo‘lgan  shaxslarga  va  yolg‘iz  fuqarolarga
xizmat ko‘rsatishda bevosita band bo‘lgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli ro‘yxat, IX
qism):
erkaklar - maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar - maxsus ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda.
Qonunchilikda nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan
ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Texnologiyadagi,  ishlab  chiqarish  va  mehnatni  tashkil  etishdagi
o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan
ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan
ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:
erkaklar - 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar - 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda
pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh
nogironligi  bo‘lgan  shaxslar  deb  topilgan  shaxslarga,  shuningdek  Chernobil
AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi
bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Sog‘lig‘ini  yoki  mehnat  qobiliyatini  yo‘qotganlik  darajasiga  qarab,
nogironlikning uch guruhi aniqlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt
va  nogironlikning  qancha  muddatga  belgilanishi  O‘zbekiston  Respublikasi
Vazirlar  Mahkamasi  tasdiqlaydigan ular  to‘g‘risidagi  Nizom  asosida  ishlovchi
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan
nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi.
Umumiy  kasallik  tufayli  beriladigan  nogironlik  pensiyalari  nogironlik
boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi:
Yosh
Ish staji
Logotip
m) qariyalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda bevosita band bo‘lgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli ro‘yxat, IX qism): erkaklar - maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; ayollar - maxsus ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda. Qonunchilikda nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar: erkaklar - 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; ayollar - 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Sog‘lig‘ini yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi. Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi. Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi: Yosh Ish staji
23 yoshga qadar
2
23 yoshdan 26 yoshga qadar
3
26 yoshdan 31 yoshga qadar
5
31 yoshdan 36 yoshga qadar
7
36 yoshdan 41 yoshga qadar
9
41 yoshdan 46 yoshga qadar
11
46 yoshdan 51 yoshga qadar
14
51 yoshdan 56 yoshga qadar
17
56 yosh va undan oshganda
20
20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash
to‘xtatilganidan  keyin  nogironligi  bo‘lgan  shaxs  deb  topilgan  fuqarolarga
pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan
nogironlik  pensiyasidan  umumiy  kasallik  tufayli  beriladigan  nogironlik
pensiyasiga  o‘tkazilganda  zarur  staj  nogironlik  dastlab  belgilangan  vaqtdagi
yoshga qarab aniqlanadi.
Pensiya  tayinlash  uchun  yetarlicha  ish  stajiga  ega  bo‘lmagan  umumiy
kasallik  oqibatidagi  I  va  II  guruh  nogironligi  bo‘lgan  shaxslarga  nogironlik
pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila
a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. 
Marhumning  qaramog‘ida  turmagan  ota-onasi  va  eri  (xotini)  ham,
keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib qolsalar,
pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:
a)  bolalar,  aka-ukalar,  opa-singillar  va  nabiralar  18  yoshga  to‘lmagan
bo‘lsa  yoki  18  yoshdan  katta  bo‘lsa,  agar  ular  18  yoshga  to‘lguniga  qadar
nogironligi bor bola bo‘lib qolgan bo‘lsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-
singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;
Logotip
23 yoshga qadar 2 23 yoshdan 26 yoshga qadar 3 26 yoshdan 31 yoshga qadar 5 31 yoshdan 36 yoshga qadar 7 36 yoshdan 41 yoshga qadar 9 41 yoshdan 46 yoshga qadar 11 46 yoshdan 51 yoshga qadar 14 51 yoshdan 56 yoshga qadar 17 56 yosh va undan oshganda 20 20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to‘xtatilganidan keyin nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga o‘tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi. Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi. Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Marhumning qaramog‘ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar: a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 18 yoshdan katta bo‘lsa, agar ular 18 yoshga to‘lguniga qadar nogironligi bor bola bo‘lib qolgan bo‘lsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa- singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;
b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular qonunda nazarda
tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsalar;
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er
(xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining
bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash
uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga
qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
g) buva va buvi - agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan
kishilar bo‘lmasa.
Ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qishning butun davri
davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini
olish huquqiga ega.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga
yetmagan  farzandlar,  ular  farzandlikka  olinganlarida  ham  bu  huquqni  saqlab
qoladilar.
O‘gay  o‘g‘il  va  o‘gay  qiz,  agar  ular  ota-onalaridan  aliment  olmagan
bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar.
O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga
to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va
ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. O‘gay ota va o‘gay onaning
vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki boqqanligini aniqlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu  Qonunning  vafot  etganlar  oilalariga  taalluqli  hamma  qoidalari
bedarak yo‘qolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak yo‘qolganligi
belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lsa, tegishli ravishda joriy qilinadi.
Marhumning  biron  turdagi  pensiya  olayotgan  oila  a’zolari,  agar
marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining
manbai  hisoblangan  bo‘lsa  -  boquvchisini  yo‘qotganlik  pensiyasiga  o‘tish
huquqiga egadirlar.
Logotip
b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular qonunda nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsalar; v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa; g) buva va buvi - agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa. Ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar. O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar. O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. O‘gay ota va o‘gay onaning vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki boqqanligini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ushbu Qonunning vafot etganlar oilalariga taalluqli hamma qoidalari bedarak yo‘qolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak yo‘qolganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lsa, tegishli ravishda joriy qilinadi. Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a’zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa - boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tish huquqiga egadirlar.