1
IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH
Reja:
1. O‘zbekistonda aholi bandligi ta’minlash va real daromadlarni izchil oshirilishi
bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar.
2. Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borisida olib
borilayotgan islohotlar.
3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish,
aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya
qilishdagi ustuvor vazifalar.
1. O‘zbekistonda aholi bandligi ta’minlash va real daromadlarni izchil
oshirilishi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar.
Har qanday iqtisodiyotning bosh masalasi inson va uning ehtiyojlarini
qondirishdan iborat. Bu albatta insonning jamiyatdagi o‘rni, ishlab chiqarilgan
moddiy ne’matlarni taqsimlash munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Mamlakat
iqtisodiyotining rivojlanish darajasi ishlab chiqarishning holatiga ko‘p jihatdan
bog‘liq bo‘lsa ham, taqsimot masalasi ham o‘ziga xos muhim o‘rin tutadi.
Taqsimlash – bu har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarilgan
mahsulotdagi ulushini aniqlash jarayonidir.1
1Макроэкономика: учебник для вузов / Л.П. Кураков, М.В. Игнатьев, А.В. Тимирясова и др.; Изд-во ИАЭП, 2017. – 336
с.
2
O‘zbekistonda shakllantirilayotgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti
ommaviy farovonlikni mo‘ljal qilib oladi. Unga erishish uchun bozor mexanizmiga
xos vositalar ishlatiladi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti yuksak rivojlangan texnika-
texnologiya, sifatli ish kuchi va taraqqiy etgan menejmentga asoslangani uchun
farovonlikni ta’minlaydigan yuqori mehnat unumdorligiga erishadi. Yuksak ishlab
chiqarishga asoslangan iqtisodiyotda insonparvarlik prinsiplari amal qilishi uchun
zamin yuzaga keladi. Ammo farovonlikni ta’minlash insoniylik bilan bir qatorda
jamiyatning iqtisodiy tizimida ham sifat o‘zgarishlari bo‘lishini talab etadi. Hozirgi
kunda bunga mulkning demokratlashuvi natijasida – ko‘p xil mulkchilik negizida
ish tutish bilan erishiladi. Bu yerda asosiy jihat – mulksizlarning mulkdorlarga
aylanishidir. Hozirgi kunda ish kuchi sohiblari boshqa mulk egalariga ham
aylanmoqdalar
Yuqorida aytilganidek, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi taqsimot qonuniga
muvofiq iqtisodiyot sub’ektlarining daromadi ularga qarashli resurslarning miqdori
va samarali ishlatilishiga qarab belgilanadi. Bunga binoan olingan daromadlar ishlab
chiqarish omillari daromadlari yoki bozor daromadlari hisoblanadi va har bir omil
o‘z egasiga alohida daromad keltiradi. Ishchi kuchi egasi ish haqi, kapital egasi
foyda, ko‘chmas mulk egasi renta, pul egasi foiz, aksiya egasi divident shaklida
daromad oladi. Taqsimot qonuniga ko‘ra, daromadlar ekvivalent ya’ni babbaravar,
tengma-tenglik tamoyiliga asoslanishi – har bir sub’ekt o‘z qo‘lidagi ishlab chiqarish
omili yordamida tovar va xizmatlar yaratishga qo‘shgan hissasiga qarab daromad
olishi kerak. Bunday daromadlar iqtisodiyotda bozor daromadlari deb ataladi. Bu
asosiy daromad turi bo‘lsada u yagona daromad emas, undan tashqari bozor
tamoyillari emas, balki insonparvarlik qoidalariga asoslangan nobozor daromadlari
ham bo‘ladi.
Bozor daromadlari olinish usuliga va shakllanish manbalariga ko‘ra farqlanadi.
O‘z olinish usuliga ko‘ra daromadlar mehnatga asoslangan va mehnatsiz topilgan
daromadlarga bo‘linadi. Ish haqi, foyda kabi daromadlar mehnatga asoslangan
daromadlar, deb hisoblansa, qo‘yilmalar uchun foiz, meros kabi daromadlar
mehnatsiz daromadlar jumlasiga kiradi. Shakllanish manbalariga ko‘ra daromadlar
3
ish haqi, mulkdan kelgan daromadlarva ijtimoiy to‘lovlarga bo‘linadi. Mulkdan
kelgan daromadlar sirasiga foyda, renta, foiz, divident daromadlari mansubdir.
Ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq daromadlar pensiya, stipendiya va hokazolardan
iborat.
Aholi daromadlari darajasini aniqlashda nominal, ixtiyorida bo‘lgan va real
daromad tushunchalaridan foydalaniladi. Nominal daromad – aholi tomonidan
ma’lum vaqtda pul shaklida olgan daromadlarining miqdori. Ixtiyordagi daromad –
nominal daromaddan soliqlar va turli majburiy to‘lovlar chiqarib tashlangandan
so‘ng, aholi ixtiyorida shaxsiy iste’mol va jamg‘arish uchun qoladigan daromad.
Real daromad – aholining ixtiyorida qolgan daromadga qancha tovar va xizmatlar
sotib olishi bilan aniqlanadi, daromadning xarid qobiliyatini anglatadi yoki real
daromad – bu iste’mol etiladigan tovar va xizmatlarda ifoda etilgan daromad bo‘lib,
muayyan narx-navo sharoitida pul daromadlariga bozorda nima berilishini
bildiradi.2
Real daromad ikki narsaga bog‘liq bo‘ladi. A) qo‘lda mavjud bo‘lgan pul
daromadining yoki aholi ixtiyorida qolgan daromadning miqdoriga teng. b) pul
birligining xarid qobiliyati.3 Bu bozorda narxga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni narx
qimmatlashsa u kamayadi, narx arzonlashsa ortadi. Bugungi kunda rivojlanayotgan
mamlakatlarda
ishlab
chiqarishni
o‘sishi,
aholining
turmush
darajasi
ko‘tarilayotganligiga qaramay, eng boy va eng kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut
oshib bormoqda.
Aholi daromadlarini munosib ravishda taqsimlashda aholini ish bilan
ta’minlash asosiy vazifalarni bajaradi. Chunki aholining ish bilan ta’minlanganligi
uy xo‘jaligidagi daromadlarini oshirishilishiga hizmat qiladi, bu esa o‘z o‘rnida
aholining turmush farovonligini oshirishiga ta’sir qiladi.
O‘bekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
ma’lumotlariga ko‘ra 2017 yilda ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band
2 Макроэкономика: учебник для вузов / Л.П. Кураков, М.В. Игнатьев, А.В. Тимирясова и др.; Изд-во ИАЭП, 2017. – 336
с.
3 Макроэкономика: учебник для вузов / Л.П. Кураков, М.В. Игнатьев, А.В. Тимирясова и др.; Изд-во ИАЭП, 2017. – 336
с.
4
bo’lmagan aholi soni (ishsizlar) 837,0 ming kishini, iqtisodiy faol aholiga nisbatan
ishsizlik darajasi esa 5,8 % ni tashkil etdi. O’z o’rnida, 2017 yil dekabr oyi ohirida
ishsiz sifatida mehnat organlarida ro’yxatdan o’tgan ishsizlar soni 14,4 ming kishini
tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 2,9 martaga o’sgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida aholi
umumiy daromadlari 286,3 trln. so‘mni tashkil etdi va 2017 yilning mos davriga
nisbatan 110,3% real o‘sish sur’atiga erishildi (1-rasm).
1-rasm. 2018 yilning yanvar-dekabr holatiga O‘zbekiston Respublikasida
aholi umumiy daromadlarining o‘sish sur’atlari(2017 yilning mos davriga
nisbatan, %)4
Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlari bo‘yicha Toshkent shahrida
(11 mln 728,5 ming so‘m) hamda Navoiy (7 mln 999,5 ming so‘m), Buxoro (6 mln
158,9 ming so‘m), Toshkent (5 mln 655,7 ming so‘m) va Xorazm (5 mln 320,2 ming
so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlari qayd
etilganligi kuzatildi. Aholi jon boshiga daromadlarning eng quyi ko‘rsatkichlari esa
Namangan (3 mln 827,2 ming so‘m) viloyatida qayd etildi. Aholi jon boshiga
umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Xorazm viloyatiga (14,1%) to‘g‘ri
keladi. Shuningdek, Surxondaryo (13,6%), Buxoro va Samarqand (11,7%),
Namangan (11,0%), Qashqadaryo (10,4%), Andijon (10,1%) viloyatlarida hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (10,7%) aholi jon boshiga umumiy daromad
ko‘rsatkichlarining real o‘sishi respublika darajasidan yuqorini tashkil etgan.
Aholining umumiy daromadlari hajmining sezilarli darajada o‘sishi asosan
umumiy daromadlar tarkibida 65,0% ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan
olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band
bo‘lishdan olingan daromadlar) va 28,6 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan
daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.5
Quyida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2000-2017 yillarda aholi jon boshiga
daromadlar, ish haqi va pensiyalarning yildan yilga o‘sib borish tendensiyalarini
4 www.stat.uz Ўзбекистон Республикаси давлат статистика қўмитасининг расмий маълумотлари
5 Халқ сўзи. 2018 йил, 29 октябрь http://xs.uz.
5
kuzatish mumkin. Ammo so‘nggi yillarda daromadlarning tarkibidagi asosiy
manbalaridan hisoblangan ish haqi hamda pensiyalarning o‘sish sur’atlari pasaygan
bo‘lib, bu holat aholining umumiy daromadlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
1-jadval
2000-2017 yillarda respublika aholisi daromadlari, O‘tgan davr
mobaynida aholi jon boshiga daromadlar muntazam ravishda oshib borgan va
2017 yil ma’lumotlari bo‘yicha daromadlar 2000 yildagi darajasiga nisbatan 13,2
marta real oshgan. Shuningdek, ushbu davr oralig‘ida o‘rtacha ish haqi hamda
pensiyalar miqdori mos ravishda 24,3 va 18,6 marta ortgani kuzatildi.
O‘z
navbatida,
daromadlar
tarkibida
mehnat
faoliyatidan
olingan
daromadlarning ulushi 68,5% ni (2010 yilda 71,6 %), transfert shaklida olingan
daromadlarning ulushi 25,2 % ni (2010 yilda 24,3 %), mol-mulkdan olingan
daromadlarning ulushi 4,1 % ni (2010 yilda 2,3 %), shaxsiy iste’mol uchun o‘zida
ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi esa 2,2 % ni (2010
yilda 1,8 %) tashkil etgan.
Rasm-2. O‘zbekiston Respublikasida 2010-2017 yillarda aholi umumiy
daromadlarining tarkibi, %.6
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida aholining kichik
tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 2017 yilda 55,7 % ni tashkil etdi (3-
rasm).
Rasm-4. O‘zbekiston Respublikasida aholi umumiy daromadlari tarkibida,
kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlar ulushi, %.
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish xaqining o‘tgan yilning mos davriga
nisbatan eng yuqori o‘sishi iqtisodiy faoliyat turlarining axborot va aloqa (33,8%
6 www.stat.uz Ўзбекистон Республикаси давлат статистика қўмитасининг расмий маълумотлари
6
ga), sanoat (30,6% ga), bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatlarida
(29,9 % ga), qurilish (29,2% ga) kuzatildi.
O‘rtacha ish haqining yuqori miqdori iqtisodiy faoliyat turlarining bank,
sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida - 3 500,5 ming so‘m
(respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 92,1 %ga yuqori), ahborot va
aloqada - 3 347,5 ming so‘m (83,7 % ga), sanoatda - 2 731,1 ming so‘m (49,9 % ga),
tashish va saqlashda - 2 507,4 ming so‘m (37,6 % ga), qurilishda - 2 297,3 ming
so‘m (26,1 % ga) kuzatildi (2-rasm).
4-rasm. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan
ish haqi (2018 yil yanvar-dekabr)7
Respublika bo‘yicha o‘rtacha real hisoblangan ish haqi 2018 yilning yanvar-
dekabr oylarida 1 550,4 ming so‘mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan
6,4 % ga o‘sdi.
So‘ngi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush
darajasini yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o‘sib borgani yaqqol namoyon
bo‘lmoqda.
Hamma ovqatlanishi, kiyinishi, kommunal va boshqa xizmatlar haqini to‘lashi,
zarur dori-darmonlarni xarid qilishi lozim va h.k. Bularning bari mahsulotlar
savatchasini butlash uchun asos hisoblanadi. Uning ma’lumotlaridan, o‘z
navbatida,tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorni(iste’mol savatchasining
qiymat bahosini) belgilash uchun foydalaniladi.8
Savatcha tarkibi: oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar
7 www.stat.uz Ўзбекистон Республикаси давлат статистика қўмитасининг расмий маълумотлари
8 Ахмедов Д.Қ., Ишмухаммедов А.Э., Жумаев Қ.Х., Жумаев З.А. макроиқтисодиёт (дарслик) – Т.: ТДИУ,
2004 й. 240 б.
7
Iste’mol savatchasiga kiruvchi tovarlar va xizmatlar to‘plami har bir
mamlakatda turlicha. Uning tarkibi davlat darajasida belgilanadi va ko‘plab omillar:
tabiiy-iqlim sharoitlari, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, oziq-ovqat tovarlarini
ishlab chiqarish xususiyatlari, tovarlar va xizmatlarning haqiqatda iste’mol qilinishi
va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Odatda iste’mol savatchasi aholining 3 ta asosiy ijtimoiy-demografik guruhi:
mehnatga layoqatli aholi, pensionerlar va bolalar uchun ishlab chiqiladi. Ya’ni
aholining turli qatlamlari tirikchiligi uchun zarur eng kam miqdorni belgilashda
muayyan davrda iste’mol savatchasidagi barcha ne’matlarni iste’mol qilish
normalarini aniqlash zarur. Masalan, oddiy fuqaro normal hayot kechirishi uchun
har kuni iste’mol qilishi kerak bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami va
miqdorini hisoblash. Yoki barcha kommunal xarajatlarni qoplashi uchun oyiga
qancha summa zarurligini.
Odatda iste’mol savatchasi tarkibiga kishi ularsiz bamaylixotir, sog‘lom
yashashi mumkin bo‘lgan tovarlar: tamaki mahsulotlari, alkogolli ichimliklar,
delikates (tansiq) mahsulotlar, zeb-ziynat buyumlari kiritilmaydi.
Iste’mol savatchasiga qanday xizmatlar kiritiladi
Xizmatlar ham inson uchun muhimlik darajasi va hayotiy zarurligiga qarab
farqlanishi mumkin. Biroq oziq-ovqat tovarlari yuzasidan bir qarorga kelish
masalasi ozmi-ko‘pmi tushunarli bo‘lsa, xizmatlarning zarur to‘plamini belgilashda
savollar yuzaga kelishi mumkin. Aholi tirikchiligi uchun zarur eng kam miqdorni
belgilashda qanday xizmatlar to‘lovi hisob-kitobga kiritilishi kerak? To‘g‘ri,
birinchi navbatda, bular kommunal va transport xarajatlaridir.
Ayni vaqtda, inson o‘z hayotiy faoliyatida boshqa, dolzarbligi jihatidan muhim
servis turlaridan ham faol foydalanadi: uyali aloqa va internetdan foydalanadi, tibbiy
yordam, turli mutaxassislar maslahatlarini oladi. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar: teatr,
muzeylarga borish xarajatlari ham alohida e’tiborga loyiq. Zero kishi nafaqat
jismoniy ehtiyojlarini qondirishi, balki aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan yetarli
darajada rivojlanishi lozim.
8
Shu sababli yuqorida sanab o‘tilganlarning bari ichki iste’mol savatchasini
ishlab chiqishda inobatga olinishi lozim degan fikrdamiz.
Fikrimizcha, yuqorida sanab o‘tilgan barcha omillar, xorij tajribasining tahlil
natijalari bilan birga, iste’mol savatchasini ishlab chiqish aholi daromadlari va aholi
turmush farovonligiga ta’sir etuvich asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
2. Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash
tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
borisida olib borilayotgan islohotlar.
Mamlakatnmizda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj toifalarga kam
ta’minlanganlar, ko‘p bolali onlalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va boshqalar
kiradi. Har qanday tuzum va jamiyatda aholining bunday toifalari u yoki bu darajada
uchraydi. Adolatli jamiyat hamisha ularni himoya qilishni o‘z zimmasiga oladi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishganidan keyin kuchli
ijtimoiy siyosat yuritdi. Ijtimoiy sohaga muhim e’tibor hozirgi paytda ham davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumki,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“O‘zbekiston
Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik
ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan bo‘lib, bu yilgi bayram
“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam
etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot
ishlari dasturi asosida amalga oshirilyapti. Chunki Qarorda ushbu Dasturni 2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili” Davlat dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda
tayyorlash belgilangan edi. Bu beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisida aynan
ijtimoiy sohani rivojlantirish ko‘zda tutilgan. U quyidagicha bayon etilgan:
Bu borada belgilangan vazifalarni o‘qigan har bir gazetxon ko‘z oldida birinchi
galda ana shu yo‘nalishlar bo‘yicha mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan
ishlar gavdalanadi, albatta.
9
O‘tish davrining O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov
tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O‘zbek modeli” deb nom qozongan beshta
tamoyilning to‘rtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini hisobga
olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi. Hatto,
mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar tarafidan
aynan “ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish” deb ham nomlandi. Bu
bejiz emas edi.
Chunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan
tamoman zid bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi.
Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan
ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud
iqtisodiy integratsiya tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan
shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, mulkka egalik qilishning shakli
o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham
bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak,
ijtimoiy himoyaga muxtojlar safining o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi ham
tabiiy holdir.
Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining himoyaga
muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu
og‘ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonda avval-
boshdan bu borada oqilona yo‘l tutildi. Shu sababdan ham mamlakatimizda faol
ijtimoiy siyosat olib borilishi natijasida sog‘liqni saqlash tizimida qator islohotlar
olib borilmoqda.
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot
xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, davolashning zamonaviy texnologiya va
usullarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda sog‘liqni
saqlash sohasini isloh qilish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga
aylandi. Davlat tomonidan ajratiladigan byudjet mablag‘lari yordamida ishlab
chiqarishni rivojlantirish, fan-texnika sohasini taraqqiy ettirish, ijtimoiy ehtiyojlarni
qoplash, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash masalalari hal etiladi. Shu orqali
10
davlat kam ta’minlangan va yordamga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlarining ijtimoiy
himoyalashni ta’minlaydi, iqtisodiyotning ustuvor sohalarini rivojlantirish
choralarini ko‘radi.
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni dasturlashtirish – aholining tibbiy
xizmatlarga, dori-darmonlarga va sanitariya-epidemiologik xizmatlarga bo‘lgan
talabini me’yor darajasida tashkil etishni asoslash va uning xarajatlarini ishlab
chiqishni anglatadi. Prezidentimiz tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi ijtimoiy
sohadagi muammolarni bosqichma-bosqich hal qilinishida ayni muddao bo‘ldi.
Harakatlar strategiyasinig 4,2 bandida aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni
saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirishga doir vazifalar keltirilgan. Jumladan, aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy
xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o‘rtasida sog‘lom
turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlashga yo‘naltirgan holda sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning
dastlabki bo‘g‘inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish;
farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining
arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash,
dori-darmonlar narxlarining asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirish; aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari pasayishini va
umr uzayishini ta’minlash; oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni
muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishini
kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy
yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha kompleks
chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish masalalarini hal qilish bugungi
kunning oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.9
9 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сонли фармони.
11
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “O‘zbekiston
Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil
etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi
vazifalarni amalga oshirishda muhim dasturilamal hujjat vazifasini o‘tamoqda.
Qaror birlamchi tibbiyot muassasalari joylashuvini oqilona tashkil etish, ularda
ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, patronaj tizimini sifat jihatdan
tubdan yaxshilash, mamlakatda, uning har bir hududi va aholi yashash punktlarida
kasallanish darajasini pasaytirish, profilaktika ishlarini yanada yaxshilashga
qaratilgan.
Shoshilinch tibbiy yordamning tezkorligini, texnologikligi va samaradorligini
tubdan kuchaytirishga, aholiga o‘z vaqtida malakali shoshilinch tibbiy yordam
ko‘rsatish bo‘yicha davolash, ilmiy-metodik va ta’lim ishlarining butun kompleksini
eng yuqori darajada tashkil etishga yo‘naltirilgan aholiga shoshilinch tibbiy yordam
berish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida qator muhim yo‘nalishlar
belgilab olindi. Tez tibbiy yordam ko‘chma brigadalarini tasdiqlangan
normativlarga muvofiq dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari
bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, shu jumladan, ushbu maqsadlar uchun 2017
yilda moliyalashtirish hajmi kamida 2 baravar ko‘paytirilishi keltirib o‘tilgan.10
Mamlakatimizda sog‘lom, har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash hamda
salomatligini ta’minlashda ta’lim va tibbiyot muassasalarining o‘rni beqiyos. Shu
bois ham bugungi kunda ushbu sohalarni tubdan isloh qilish masalasiga e’tibor
kuchaytirilmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 21 avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot
muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ushbu yo‘nalishda amalga
oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatidagi choralarni o‘z ichiga olgan.
Mazkur qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim va tibbiyot
muassasalarida byudjet jarayonining shaffofligini yanada oshirish hamda uning
ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan moliyalashtirish, hisob va
10 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 16 мартдаги “Шошилинч тиббий ёрдамни янада
такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-4985-сонли фармони.
12
hisobot mexanizmini takomillashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va
xalqaro e’tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlarini joriy qilish yo‘li bilan byudjet
qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va profilaktikasiga qaratilgan davlat
moliyaviy nazoratining rolini tubdan qayta ko‘rib chiqishga yo‘naltirilgan.
Qarorga muvofiq, 2017 yilning 1 sentyabridan xalq ta’limi tuman (shahar)
bo‘limlarida va tibbiyot birlashmalarida markazlashtirilgan moliya buxgalteriya
xizmatlari tashkil qilinmoqda. Ushbu xizmatlarning asosiy vazifalari quyi
muassasalarning xarajatlar smetasini tuzish va ijrosini ta’minlash, ish haqlarining
hisoblanishi va to‘lanishini nazorat qilish, zarur bo‘lgan moddiy qiymatliklar va
xizmatlarni xarid qilish, shuningdek, muassasalarning byudjet va byudjetdan
tashqari mablag‘lari hisobining yuritilishini ta’minlash, ularning faoliyat sohasi
bo‘yicha tovarlar sotish, xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan daromadlarini iqtisodiy
tahlil asosida monitoring qilib borishdan iborat qilib belgilangan.11
6-rasm. Davolash profilaktika muassasalari soni12
Fikrimizcha, davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, amalga
oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy sohaning tubdan o‘zgarishini va sog‘liqni saqlash
muassasalari moliyaviy resurslarini boshqarish jahon talablari darajasiga chiqishini
ta’minlaydi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish,
ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz
rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,
shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, Mazkur Farmonda Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila
institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish bo‘yicha
vazifalar belgilab berilgan.
11 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 21 август “Таълим ва тиббиёт муассасаларини
молиялаштириш механизмини ҳамда давлат молиявий назорати тизимини янада такомиллаштириш
тўғрисида”ги ПҚ-3231-сонли қарори
12 www.stat.uz Ўзбекистон Республикаси давлат статистика қўмитасининг расмий маълумотлари
13
Shuningdek, mazkur Farmonning yana bir ahamiyatli tamoni shundaki, tuman
(shahar) xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-
axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni
joriy etildi. Bu nishon jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik
ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi
mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-
qizlarning rahbatlantirish maqsadidaBu ham yurtimizda ayollarga bo‘lgan
hurmatning belgisi hisoblanadi.
218 yil davomida respublika FHDYo bo‘limlari tomonidan 773 ming 520
nafar bolalarga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi, 331 ming 379 ta
nikoh qayd etilib, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalar o‘z egalariga
topshirildi.
Shuningdek xotin-qizlar qo‘mitalari, FHDYo bo‘limlari xodimlari boshqa
mutasaddi idoralar hamkorligida oilalarni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni
yaxshilash, nikohdan ajralishlarni oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash,
namunali oilalarni targ‘ib qilish ishlari muntazam ravishda amalga oshirib
kelinmoqda.
Shu bilan bir qatorda kollej va litsey hamda umumta’lim maktablarining
yuqori sinf o‘quvchilari bilan psixolog, tibbiyot xodimlari, diniy ulamolar
ishtirokida 4 ming 134 marotaba “Yosh oila quruvchilar maktabi” o‘quv kurslari
o‘tkazilib, unda 184 ming 062ta ishtirokchilar qatnashdi.
Shuningdek, ishtirokchi yoshlarga oila qadriyatlari, oiladagi mas’uliyat,
uning huquqiy asoslari va tibbiy savodxonlik haqida tushunchalar berildi.
Bundan tashqari 3 ming 433 marotaba xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar va “Oila”
ilmiy amaliy tadqiqot markazi xodimlari bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilib,
unda 118 ming 498ta ishtirokchi qatnashdi.
Aniqroq qilib ko‘rsatadigan bo‘lsak, 5 ming 826 marotaba MFYlarda, 1
ming 256 marotaba korxona va muassasalarda, 1 ming 729 marotaba ta’lim
muassasalarida, o‘quv-seminarlar tashkil qilinib ma’ruzalar o‘qilgan, 812 marotaba
14
radio va televideniyalarda ko‘rsatuvlarda chiqish qilinib, 665 marotaba bosma
nashrlarda maqolalar berilgan, shuningdek barcha hamkor tashkilotlari bilan
birgalikda 3 ming 502 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilgan.
Ajrimlar natijasida 24 ming 499 ta voyaga yetmagan yosh bolalar yoki ota
yoki onaning to‘laqonli mehri va qarovidan mahrum bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi PQ-3785-
sonli
”Fuqarolik
holati
dalolatnomalarini
qayd
etish
tizimini
yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifa va
tadbirlarni bajarish yuzasidan qabul qilingan “Qo‘shma ko‘rsatma”ning 4-bandiga
asosan “2019 yilning 1-iyuliga qadar qayd etilmagan tug‘ilganlik, o‘lim holatlarini
aniqlash nuqtai nazaridan to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi, uning natijasida tug‘ilganlik,
o‘lim holatlarini qonun hujjatlariga muvofiq manzilli qayd etilishini ta’minlan ishi
belgilangan”ligi sababli barcha tadbirlar amalga oshirilgan, ushbu tadbirlar
natijasiga ko‘ra farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olmagan ota-onalarga
16 ming 364 tug‘ilish, noqonuniy oila kurib yashayotgan er-xotinlarga 15 ming 371
nikoh, hamda o‘z vaqtida o‘lim guvohnomasi olinmagan vafot etganlarning
yaqinlariga 1902 ta o‘lim guvohnomasi rasmiylashtirilib, taqdim etildi.
Shuningdek, Respublikamiza Xotin-qizlar faoliyatini takomillashtirish
borasida “Qizlarjon” klubi tashkil etildi. Mazkur klub Respublikamizdagi barcha
ta’lim muassasalari, mahallalar, korxona va tashkilotlarda yosh qizlarning
ma’naviyatini yuksaltirish, iqtidorli qizlar safini kengaytirish, ularni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida jamoatchilik asosida “Qizlarjon” klublari tashkil etilgan.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan to‘garaklar faoliyatini
muvofiqlashtirish va takomilashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha
2018-2019 o‘quv yilida "Qizlarjon" klublarining yagona rejasi xududlarga ijro
uchun yo‘naltirildi.
Klublar faoliyatining asosiy maqsadi qizlarni odob-axloq tamoyillari asosida
tarbiyalash, ularni oilaga tayyorlash, kasb-hunarga o‘rgatish, kiyinish va muomala
madaniyatini, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini yuksaltirish, ongi va qalbini
turli g‘oyaviy tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan.
15
"Qizlarjon" klubi faoliyati orqali faol va iqtidorli qizlar safini kengaytirish,
o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, ularning xalqimizning odob-axloq me’yorlari,
milliy qadriyatlarimiz hamda istiqlol g‘oyalariga hurmat ruhida tarbiyalash, oilaviy
hayotga tayyorlash, turli yot g‘oyalar, "ommaviy madaniyat" ta’siriga tushib
qolishlarining oldi olinmoqda.
Mashg‘ulotlarda talaba va o‘quvchi qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish, pazandalik, bichish-tikish singari ro‘zg‘or yumushlarini, shuningdek,
gigiena va sog‘lom turmush tarzi qoidalariga amal qilish, mustaqil hayotga
tayyorgarlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirib olishlari uchun
zarur sharoitlar yaratilgan.
Klub yetakchilari tomonidan "Tengdosh-tengdoshga" shiori ostida olib
borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu
bilan har bir qiz ilg‘or o‘quvchilar safida yurishga, o‘qishda, jamoat ishlarida faol
bo‘lishga intilmoqda.
3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga
oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-
transport,
muhandislik-kommunikatsiya
va
ijtimoiy
infratuzilmani
rivojlantirish hamda modernizatsiya qilishdagi ustuvor vazifalar.
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisi uchun sifatli va zamonaviy uy-joylar
qurish hamda aholini keng ko‘lamli uy-joylar bilan ta’minlash dolzarb vazifa
sifatida quyilmoqda. Uy-joylar qurilishi natijasida o‘z shaxsiy xonadoniga ega
bo‘lish xalqimizda azaldan qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Bunda uy-joyga
shunchaki ko‘chmas mulk yoki vaqtinchalik boshpana emas, balki vatan ichidagi
mo‘jaz vatan sifatida munosabatda bo‘linadi. Shu bois, ham yurtimizdagi har bir oila
moddiy sharoiti, ijtimoiy ahvoli va darajasidan qat’i nazar o‘z shaxsiy uyiga ega
bo‘lishini istaydi.
Bu borada, mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida
ijtimoiy sohani isloh qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, “O‘zbekistonda
olib borilayotgan davlat siyosatining g‘oyat muhim yo‘nalishi bo‘lgan ijtimoiy
16
sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich
ta’minlanmoqda”13-deb ta’kidlandi.
Mamlakatimiz
Prezidentining
2017
yil
7
fevraldagi
“O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi
Farmoniga ko‘ra, 2017-2021 yillarda respublikamizni rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Bevosita davlat rahbarining tashabbusi bilan
O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqining talab va istaklarini inobatga olib, 2017 yilda
imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga
oshirishga kirishildi.
Uy-joy qurilish borasida Uy-joy Kodeksida, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qaror va farmonlarida, hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarida,
soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borilayotganligi ham ushbu mavzuning yanada
dolzarbligini aks ettiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 yanvardagi "2017 —
2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya
qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida"gi PQ-2728-sonli qarorida joriy yilda yosh oilalarning, eskirgan uylarda
yashovchilarning hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa
toifalardagi fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash yuzasidan qabul qilingan
qarorlarga muvofiq Toshkent shahrida va respublikaning boshqa shaharlarida
maydoni 554,8 ming kvadrat metr bo‘lgan 191 ta ko‘p kvartirali uylar qurilishi va
rekonstruksiya qilinishi amalga oshirilmoqda14.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 21 oktyabrdagi "2017-2021
yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uyjoylar
qurish dasturi to‘g‘risida"gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Mazkur qaror ijrosi qishloq aholisining keng qatlami uchun zamonaviy va shinam
uylardan foydalanish darajasini tubdan oshirishga, yer resurslaridan oqilona
13 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси// Халқ
сўзи, 2017 йил 23 декабрь.
14 Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони // Халқ сўзи 2017 й. 08.02. № 28 (6722).
17
foydalanishni ta’minlashga va qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishini
yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda15.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 oktyabrdagi "2017-2020
yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish
dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida"gi PQ-3350-sonli qarori va mazkur masalaga doir qator hujjatlar bu
sohadagi ishlarni samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda16.
Keyingi yillarda respublikada qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini
yaxshilash, namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joylar qurish hisobiga
qishloq aholisining hayot darajasi va sifatini oshirish, qishloqda muhandislik va
transport
kommunikatsiyalarini,
ijtimoiy
infratuzilma
ob’ektlarini
jadal
rivojlantirish bo‘yicha ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Faqat 2009-2016 yillarda
qishloq joylarda 1308 turar joy massivida umumiy maydoni 9 million 573 ming
kvadrat metr bo‘lgan 69 557 ta shinam uy-joy qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan
ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi17.
15 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси // Халқсўзи
2017 й. 23.12.
16 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 13 январдаги “2017 -2020 йилларда шаҳарларда арзон
кўп квартирали уйларни қуриш ва реконструкция қилиш дастурини самарали амалга ошириш борасидаги
қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-2728-сонли қарори.
17 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 21 октябрдаги “2017-2021 йилларда қишлоқ
жойларда янгиланган намунавий лойиҳалар бўйича арзон уй-жойлар қуриш дастури тўғрисида”ги ПҚ-2639
сонли қарори // "Халқ сўзи", 2016 йил 25 октябрь