Ijtimoiy sohalarning rivojlanishi
Reja.
1. Ijtimoiy sohalarning iqtisodiyot bilan bevosita va bilvosita aloqadorligi
2. Chakana savdo
3. Ta’lim va sog‘liqni saqlash.
4. Rekreatsiya va turizm.
1. Ijtimoiy sohalarning iqtisodiyot bilan bevosita va bilvosita aloqadorligi
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish o‘zaro bog‘liq, uyg‘unlashgan bo‘lib, uning
mazmun-mohiyatini alohida, ajrim holda talqin qilib bo‘lmaydi. Har qanday
iqtisodiy rivojlanish pirovard maqsadda ijtimoiy manfaatlarni ko‘zlaydi. Bizning
mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat ham, respublika Prezidenti tomonidan
ishlab chiqilgan bozor munosablariga o‘tishning asosiy tamoyillaridan biri ham
aynan shu masalalarga qaratilgan (ijtimoiy sohalarga davlat byudjetining 60 foiziga
yaqini ajratiladi). Qolaversa, 1996 yildan boshlab har bir yilga o‘zgacha nom
berish, shunga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish
aksariyat hollarda bevosita ijtimoiy sohalarga bag‘ishlangan. Jumladan, ona va
bolalar sog‘ligi, salomatlik, qariyalarni qadrlash, sog‘lom, barkamol avlod,
mustahkam oila, sog‘lom bola yillari va hokazolar fikrimizning dalilidir.
O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining g‘oyat muhim yo‘nalishi
bo‘lgan ijtimoiy sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham
bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda.
Imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga
oshirishga kirishdik. Shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan
1
ziyod namunaviy uylar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi
yillarga taqqoslaydigan bo‘lsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-
joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga
nisbatan esa 2 barobar ko‘p uy-joy qurilganini ko‘ramiz.
Inson salomatligini muhofaza qilish borasida so‘nggi vaqtda olib borayotgan
ishlarimizga qaramasdan, afsuski, joylarda ko‘plab muammolar hamon saqlanib
qolmoqda. Ana shularni hisobga olib, hududlar aholisi uchun qulay bo‘lgan, sifatli
va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha
boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirilmoqda. 2018 yilda 46 ta tuman va shahar
tibbiyot birlashmasi negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etildi.
Yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor
qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya
qilindi, 152 ta maktab kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim
muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi
Ijtimoiy sohalarning iqtisodiyot bilan bevosita va bilvosita aloqadorligi ularni
o‘zaro muvofiqlashtirilgan tarzda, ijtimoiy masalalarga ustuvorlik bergan holda
rivojlantirishni nazarda tutadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, “iqtisodiy-ijtimoiy”
emas, odatda, “ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish” deb yuritiladi, ya’ni bu yerda
iqtisodiy taraqqiyotning strategik maqsadi ijtimoiy masalalarga yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqlar (savdo, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turli xil
xizmatlar va b.) bilan ijtimoiy infratuzilma o‘rtasidagi farqlarni unutmaslik kerak.
Infratuzilma, ya’ni ichki tuzilma ijtimoiy sohalar rivojlanishi va hududiy tashkil
etishning negizi, asosi, fundamenti hisoblanadi, biroq ijtimoiy sohalar bilan
ma’nodosh emas. Sababi, infratuzilma bevosita moddiy va ma’naviy boylik
yaratmaydi, balki ular uchun sharoit muhayyo qiladi. Ijtimoiy sohalar orasida
savdo, pullik xizmatlar muhim o‘rin tutadi. O‘z navbatida, mazkur yo‘nalishlarda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati katta va bu ko‘rsatkichlar
tobora o‘sib bormoqda.
2. Chakana savdo
Chakana savdo tovar aylanmasi 2013 yilga nisbatan 114,8 foizga o‘sgan
bo‘lib, uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari 48,8 %, nooziq-ovqat mahsulotlari
2
51,2 foizni tashkil qiladi. Jami chakana savdo aylanmasining yarmidan ko‘pi
bozorlar orqali amalga oshirilgan, uning 22,3 foizini buyumlar savdosi, 34,2 foizini
oziq-ovqat, ya’ni dehqon bozorlari ta’minlaydi. Sotiladigan tovarlar tarkibida oziq-
ovqat mahsulotlaridan un, non va non mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari
yetakchilik qilsa, nooziq-ovqat mahsulotlari ichida yengil mashinalarni sotish
oldinda turadi. 2005 yilda aholiga 38,7 ming dona turli rusmdagi yengil mashinalar
sotilgan bo‘lsa, 2008 yilda bu raqam 64,3 ming donaga etgan, 2010 yilda esa
sotilgan avtomobillar soni yanada oshgan. Mustaqillikning dastlabki yillarida
chakana savdo va pullik xizmatlarning tadrijiy o‘zgarishi xususan 2006 yillargacha
oldingi yilga nisbatan past bo‘lib borgan (bundan 1993 yil mustasno, shu yilda
chakana savdo aylanmasi 127,5 foizga ortgan). Demak, ushbu sohalarning
ko‘rsatkichlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga mos kelib,
1996 yildan boshlab ijobiy natijalarni namoyon qilib borgan. Jumladan,
O‘zbekistonda 2013 yilda pullik xizmatlar hajmi 13,7 foizga ko‘paygan va bu
borada MDH da oldingi o‘rinlarda turadi Respublikaning bu boradagi ko‘rsatkichi
1990 yilga nisbatan 1,9 martaga oshgan.
Turli xil xizmatlar yalpi ichki mahsulotning ancha katta qismini ta’minlaydi
(2013 yilda 53,0 %). Pullik xizmatlarning deyarli 2/3 qismini rasmiy sektor
bajaradi, qolgan qismi yakka tartibdagi tadbirkorlarga to‘g‘ri keladi. Xizmatlar
tarkibida eng avvalo transport xizmatlari ajralib turadi. Ularni jami xizmatlardagi
ulushi 31,6 %. Keyingi o‘rinlarda savdo va ovqatlanish (18,2 %), kommunal
xizmatlar (12,0 %) turadi. Shuningdek, moliyaviy xizmatlarning o‘rni ham biroz
kattaroq. Maishiy xizmatlarning asosiy qismini xususiy tadbirkorlar bajarishadi. Bu
boradagi geografik farqlar avvalombor mintaqalarning demografik salohiyati bilan
bog‘liq. Shu bilan birga qayd etish joizki, chakana savdo aylanmasi va pullik
xizmatlar hajmida poytaxt – Toshkent shahrining hissasi katta – mos ravishda, 24,6
va 30,1 %. Bu bejiz emas, albatta. Sababi, Toshkent-respublikamizning yirik savdo
markazi ham hisoblanadi. Bu yerda nafaqat shahar va uning atrofini aholisi, balki
boshqa viloyatlardan kelganlar ham o‘zlarining savdo-sotiq ishlarini olib boradilar.
Toshkent shahrini hisobga olmaganda, mintaqalar orasidagi farq yoki
geografiylik koeffitsienti 5,79 ga barobar bo‘lib, u Sirdaryo viloyatining 1,9
3
foizidan Toshkent viloyatining 11,0 foizigacha turlanadi. Mazkur ko‘rsatkichlar
pullik xizmatlarda yanada yuqoriroq, ya’ni 7,58 ga barobar (Toshkent shahrisiz).
Biroq, keltirilgan tahlillar ko‘rilayotgan sohalar geografiyasining haqiqiy
holatini, uning mohiyat va xususiyatini to‘liq izohlab bermaydi. Bu borada aholi
jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlar va indekslar katta ahamiyatga ega.
Jadval ma’lumotlariga qaraganda, 2013 yil respublikamiz aholisi jon boshiga
to‘g‘ri keladigan chakana savdo aylanmasidan Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 3
marta katta; Navoiy, Buxoro va Toshkent viloyatlarida u 1,00 dan yuqori,
qolganlarida esa past. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Samarqand
va Qashqadaryo viloyatlarida savdo-sotiq birmuncha sust rivojlangan. Pullik
xizmatlarda ham shunga o‘xshash tafovutlar ko‘zga tashlanadi; o‘rtacha
ko‘rsatkichga nisbatan u Toshkent shahrida 3,76, Andijon viloyatida respublika
darajasida. Boshqa mintaqalarda, ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo,
Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida pullik xizmatlarning rivojlanganlik darajasi
ancha past.
3. Ta’lim va sog‘liqni saqlash
Har qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining eng muhim
ko‘rsatkichlaridan biri ta’lim tizimidir. Bu soha xususan hozirgi sharoitda,
intelektual omillar kuchli bo‘lgan davrda katta ahamiyatga ega. Shu bois,
respublika rahbariyati kelajakda barkamol avlodni, bizdan ko‘ra dono, bilimli,
zukko yoshlarni tarbiyalashni alohida ta’kidlaydi. O‘zbekiston ta’lim tizimining
rivojlanishi mamlakatimizda 1997 yilda qabul qilingan va bosqichma-bosqich
amalga oshirilayotgan Ta’lim to‘g‘risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi doirasida olib boriladi. Bu murakkab ijtimoiy soha maktabgacha ta’lim,
umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarini o‘z ichiga
oladi.
Та’lim tizizmidagi islohotlar va amaliy chora-tadbirlar quyidagi yo’nalishlar
bo’yicha tashkil etilmoqda:
1) maktabgacha ta’lim sohasida;
2) umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim;
4
3) oliy ta’lim;
4) oliy ta’limdan keying ta’lim;
5) kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish.
Respublikamizda 2013 yilda jami 5221 ga yaqin maktabgacha muassasalar
mavjud bo‘lgan. Umumta’lim maktablari esa 9780 tani tashkil etgan. Har bir
maktabga o‘rtacha 468 nafar o‘quvchi bor. Bu ko‘rsatkich hududlarning
demografik vaziyati, aholi soni, uning o‘sishi va joylanishi, yosh tarkibi kabi
omillar ta’sirida bir xil emas. Chunonchi, yirik maktablar Toshkent shahrida
joylashgan bo‘lib, ularning har birida o‘rtacha 900-920 o‘quvchilar ta’lim oladi.
Viloyatlar miqyosida yuqoriroq ko‘rsatkichlar demografik sig‘imi yuqori, aholi
punktlari ancha katta bo‘lgan Farg‘ona vodiysida ko‘zga tashlanadi (560-570
kishi). Ayni paytda xo‘jaligi ko‘proq tog‘ yoki cho‘l sharoitlariga moslashgan
mintaqalarda, masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo
viloyatlaridagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soni 400 kishiga ham
etmaydi; eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda -349 nafar o‘quvchi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Yangi O‘zbekiston
ostonasi maktabdan boshlanadi”. 2020 yilda yangi ta’lim muassasalarini qurish,
mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi. 12ta umumta’lim maktabi
yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital
ta’mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya
qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi. Oliy ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul
qilindi. Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko‘plab ishlar
amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks
rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash
jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya
qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot
5
tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur
sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Bugungi
kunda jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari ilm-fanning yirik o‘choqlari
hisoblanishi hech kimga sir emas. Bugungi kunda yangi-yangi oliy o‘quv yurtlari,
dunyodagi etakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun,
so‘nggi 4 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan,
xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlarining soni 125
taga etdi.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari
faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Aholi fikrini o‘rgangan holda, sirtqi va kechki ta’lim
shakllarini qayta tikladik, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini
oliy ta’limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga etdi
Mamlakatimizda 150 dan ortiq akademik litseylar mavjud. Ularning bir qismi
oliy o‘quv yurtlari-universitet va institutlar qoshida tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda
ta’lim tizimining ikki bosqichi, ya’ni o‘rta maxsus va oliy ta’lim o‘zaro
uyg‘unlashgan ko‘rinishda olib boriladi. Har bir akademik litseyida o‘rtacha 765-
770 nafar talaba ta’lim oladi. Bu borada Xorazm viloyati litseylari alohida ajralib
turadi – 1023 talaba. Shuningdek, Namangan, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ham bu
ko‘rsatkich 945-960 kishini tashkil qiladi. Toshkent shahri litseylarining har birida
685 nafar talaba bor, eng oz raqamlar Buxoro va Toshkent viloyatlarida qayd
etiladi.
Toshkent shahrida jami oliygohlarning deyarli yarmi joylashgan. Viloyatlar
darajasida Samarqand (6 ta) va Andijon (4 ta) oldinda. Surxondaryo, Xorazm va
Sirdaryoda faqat bittadan oliy o‘quv yurti mavjud. Birgina Toshkent shahrida
taxminan 103,2 ming oliy o‘quv yurtlari talabalari bor, Samarqandda 22,2 ming,
Farg‘ona viloyatida (Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida) 20,0 ming talaba va h.k.
Eng past ko‘rsatkich Guliston va Termiz universitetlariga tegishli – 3,8 va 6,4 ming
nafardan talaba o‘qiydi. Jami oliy o‘quv yurtlarining 20 dan ortiqrog‘i
universitetlardir. Ularda 140 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Eng yirik
6
universitetlar Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti,
Toshkent iqtisodiyot universiteti, Jahon tillari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya
universitetlari, Samarqand davlat universiteti va b. Hozirgi vaqtda deyarli barcha
viloyatlarda universitetlar tashkil qilingan. Faqat Jizzax va Navoiy viloyatlari
bundan mustasno, xolos. Pedogogika institutlari Nukus, Qo‘qon, Jizzax va Navoiy
shaharlarida joylashgan. Shuningdek, Tibbiyot akademiyasi, temir yo‘llar va
avtomobil yo‘llar, moliya inititutlari ham poytaxtda faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Ta’lim tizimi va sog‘liqni saqlash har qanday jamiyatning ikki asosiy
tayanchidir. Aynan shu sohalar yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlari bilan birgalikda
mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasining eng asosiy indikatorlari
hisoblanib, har yili chop ettiriladigan Inson taraqqiyoti yakunlarida qayd qilinadi.
Darhaqiqat, jamiyat holati aholining ma’lumotlilik darajasi, bandligi, uning
umumiy o‘lim ko‘rsatkichlari, bolalar va onalar o‘limi, o‘rtacha umr ko‘rish kabilar
bilan tavsiflanadi. Inson uchun, uning barkamol rivojlanishi uchun eng avvalo
sog‘liq kerak. Ko‘rinib turibdiki, salomatlik va ta’lim, ma’lumot olish o‘zaro bir-
biri bilan chambarchas bog‘liq. Aynan shu sababdan ham respublikamiz rahbariyati
salomatlikka ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va yaxshilash imkonini beradigan
sifatli sog’liqni saqlash tizimini tashkil etish, sog’lom avlod tarbiyasi uchun shart-
sharoit yaratish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi
hisoblanadi.
Mamlakatimizda ko’rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga tibbiy xizmat
ko’rsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish ta'minlandi, BMT
Mingyillik rivojlanish maqsadlarining asosiy parametrlariga erishildi. Mustaqillik
yillarida sog’liqni saqlash sohasida mamlakatimiz erishgan yutuqlarga xalqaro
hamjamiyat tomonidan ijobiy baho berildi. Masalan, aholining umr ko’rishi 4,6
yoshga - 1995 yildagi 69,1 yoshdan 2017 yilda 73,7 yoshga oshdi. Onalar o’limi
ko’rsatkichi 3,1 baravarga kamayib, 100 ming nafar tirik tug’ilgan chaqaloqqa
nisbatan 21 ta holatni tashkil etdi, chaqaloqlar o’limi esa 3,1 baravarga kamayib,
1000 nafar tirik tug’ilgan chaqaloqqa nisbatan 11,5 ta holatni tashkil etdi.
Bolalarda eng ko’p uchraydigan kasalliklarga qarshi emlash va profilaktika
tadbirlari bilan qamrab olish darajasi 96 - 98 foizda qat'iy saqlanib turibdi.
7
Dunyoda epidemiologik xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgani
kasalliklarga qarshi kurashish faoliyatidagi yondashuvlarni, hozirgi murakkab
sharoit va orttirilgan tajribalardan kelib chiqib takomillashtirishni talab etmoqda,
ayniqsa, ularning profilaktikasi, erta aniqlash, to‘g‘ri tashxislash hamda davolashda
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari ish uslublarini qayta ko‘rib
chiqib, sog‘liqni saqlashni tashkil etishning mutlaqo yangi tizimini joriy etildi.
2020 yili aholi salomatligini saqlashga doir 200 ga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjat,
jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish
konsepsiyasi qabul qilindi.
Ma’lumki, 2020 yil O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun mislsiz sinov,
ayni vaqtda izchil rivojlanish, yangi tajriba orttirish yili bo‘ldi. Soha rivoji uchun
davlat byudjetidan 14,8 trillion so‘m yoki 2019 yilga nisbatan 1,2 barobar ko‘p
mablag‘ ajratilgani, shuningdek, Investitsiya dasturiga muvofiq ushbu tizimga 1,15
trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilgani mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, katta
ishlarni amalga oshirish imkonini berdi. Jumladan, markazda va joylarda qisqa
muddatda davolash-profilaktika muassasalari, karantin zonalari hamda saralash-
taqsimlash markazlari barpo etildi, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 4
ming o‘rinli ko‘p tarmoqli maxsus shifoxona ishga tushirildi. yil Markazdan olis
qishloq va ovullarda 798 ta oilaviy poliklinika tashkil etilib, ularda ijtimoiy
dorixona, kechayu kunduz ishlaydigan tez tibbiy yordam shoxobchasi, ayollar
maslahatxonalari, qizlar salomatligi xonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Respublikamizda ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining umumiy soni
18 taga etkazildi, hududlarimizda ularning 18 ta filiali tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda yurtimizda 5805 ta xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat
ko‘rsatmoqda. Ular tibbiy xizmat sifatini oshirish va raqobat muhitini
kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda 70 dan ortiq xususiy tibbiyot
muassasasi koronavirus infeksiyasi bo‘yicha laboratoriya xizmatlarini ko‘rsatish,
25 ta shunday klinika esa diagnostika va davolash bilan shug‘ullanmoqda. Davlat-
xususiy sheriklik tizimi asosidagi tibbiy ob’ektlar soni ham ko‘payib bormoqda.
Joriy yilda umumiy qiymati 51,4 milliard so‘mni tashkil etadigan 9 ta davlat-
xususiy sheriklik hamda 187 ta autsorsing shaklidagi loyihalar amalga oshirildi.
8
2020 yilda tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalari
bakalavriat bosqichi uchun 27 foiz, magistratura yo‘nalishida 28 foiz va klinik
ordinatura tizimida 22 foizga oshirilgani va yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar
tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi vaqtda Germaniya, Italiya, Rossiya, Koreya
Respublikasi, Turkiya, Belarus, Ukraina kabi davlatlarning oliy ta’lim muassasalari
bilan hamkorlikda talabalar zarur mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shma ta’lim
dasturlari asosida o‘qitilmoqda.
2012 yilda holati bo‘yicha 6354 ta O‘zbekistonda jami ambulatoriya-
poliklinika muassasalari bo‘lgan. Ularning umumiy quvvati (bir smenada qabul
qilish imkoniyati) har 10 ming kishiga 143,4 taga teng. Bu jihatdan Toshkent
shahridan tashqari Sirdaryo viloyati keskin ajralib turadi. Ushbu ko‘rsatkich
Toshkent hamda Buxoro viloyatlarida ham yuqori, Surxondaryo viloyatida esa eng
past, ya’ni 100 ga ham etmaydi. Shuningdek, ambulatoriya-poliklinika muasssalari
bilan ta’minlanish Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ham qoniqarli darajada
emas.
Respublikada jami 1180 ta kasalxonalar mavjud; har 10 ming aholiga 47,3
bemor o‘rinlari (koykalari) to‘g‘ri keladi. Toshkent shahrini hisobga olmaganda,
mintaqalar o‘rtasidagi farq 1,58 ni tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda,
kasalxonalar bilan ta’minlanishda juda katta hududiy tafovutlar ko‘zga
tashlanmaydi; eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida (har 10 ming kishiga
36,1 ta o‘rin) va eng yuqori daraja Namanganda – 54,3. Mamlakat aholisiga 80
mingdan ortiq vrachlar xizmat ko‘rsatishadi. Har 10 ming kishiga 28 nafar vrach
to‘g‘ri keladi yoki har bir vrach o‘rtacha 350 kishiga xizmat ko‘rsatadi. Vrachlar
bilan ta’minlanganlik Toshkent shahrida 81 kishi, Buxoro viloyatida 32, Navoiyda
30 kishi va h.k. Shu bilan birga, mazkur vaziyat Jizzax va Surxondaryo
viloyatlarida yaxshi emas-har 10 ming aholiga atigi 18 tadan vrach bor.
O‘rta tibbiyot xodimlari bilan ta’minlanganlik respublika bo‘yicha, har 10
ming aholiga, 108 kishi yoki har bir bunday xodim 94 kishiga tibbiy xizmat
ko‘rsatadi. O‘rta tibbiy xodimlar bilan har 10 ming aholiga hisoblaganda Toshkent
shahrida - 135,5, Navoiyda – 129,0, Buxoro viloyatida – 121,9 va h.k. Past
ko‘rsatkichlar Jizzax, Surxondaryo viloyati hamda Qoraqalpog‘iston
9