Ijtimoiy-syosiy bilimlarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish
Umumiy ma’lumot. Jamoa so’zi lotincha ,,kollektivus” so’zining tarjimasi
bo’lib, omma, birlashma, yig’ilma, guruh ma’nolarini anglatadi. Aniqroq
aytiladigan bo’lsa, jamoa bu kishilardan iborat guruh demakdir. Shaxsni
shakllantirishda jamoaning yetakchi ahamiyati tug’risidagi fikrlar pedagogika
fanining ilk rivojlanish davridanoq bildirilgan.
Bola yoshlidan boshlab, o’zida boshqalar bilan, bolalar jamoasi bilan
muloqotda, birgalikda bo’lishga ehtiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani o’zi
tanlay olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi. Yashab turgan
joydagi yoki ota-onasini ish joyidagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnay
boshlaydi. Bu muassasalarga bola o’z xoxishi bilan bormaydi. SHunga qaramay
bola bu jamoaning qonun-qoidalariga buysunishi, uning tartiblariga rioya qilishi
shart. Aks xolda uni jamoa kechirmaydi. Natijada bola o’zi yashayotgan axloq,
odob tajribalarini egallashga majbur bo’ladi. SHuning uchun buyuk mutafakkir
A.Navoiy bola yoshligidan oqil va fozil kishilar jamoasida qatnashib, ularning
suhbatlaridan baxramand bo’lishlarini tavsiya etadi.
Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki jihatlariga katta
ahamiyat bergan. U jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib
ko’rsatgan edi:
-
doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyorligi.
-
ӱz jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun g’ururlanish
asosida o’z qadr-qiymatini anglash.
- uning a’zolari o’rtasidagi do’stona birlik.
- jamoaning har bir a’zosidagi do’stona birlik.
- tartibli, ishchan harakatga yo’llovchi faollik.
- ӱz hissiyot va so’zlarini boshqara olish ko’nikmasi.
- bolalar o’zaro yashayotgan jamoaga bo’lgan munosabatiga qarab bir necha
guruhga bo’linadi. Birinchi guruh ijobiy xulqli bolalar bo’lib, ularni jamoa a’zolari
hurmat qiladilar. Bu toifadagi bolalar jamoasining faollari bo’lib, tarbiyachi jamoa
munosabatlarini o’rnatishda ularga suyanadi.
Ikkinchi guruhga kiruvchilar faollar tashabbusiga qo’shiladi, ammo barqaror
bo’lishadi.
Uchinchi guruhdagilar tortinchoq bo’lib, o’yinda qatnashmaydi,
mashg’ulotlarida ham sust bo’lishadi, bunday bolalarga alohida e’tibor va yordam
berish zarur.
Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni har tomonlama rivojlantirish,
axloqli qilib tarbiyalash, kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruxiy jixatdan tayyorlash,
mehnat qilish xohishini singdirib borishdir.
Mehnat tarbiyasining vazifalari xilma-xildir, shuning uchun ularni guruhlar
bo’yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi (V.I.Loginova):
Birinchi guruh vazifalari bolalarning mustaqil mehnat faoliyatiga pedagogik
ta’sir ko’rsatish bilan belgilanadi:
1. Bolalarni maqsad qo’yishga, mehnat malakalari, ko’nikmalari, mehnat
madaniyati bo’yicha kerakli materiallar va mehnat qurollarini tanlab olishga
o’rgatish.
2. Bolalarda bo’lajak mehnat faoliyatini shakllantirish, mehnat jaryonlarini
mehnatda qatnashuvchilar o’rtasida taqsimlash, mehnatda yaxshi natijalarga
erishish malakalarini shakllantirish.
3. Mehnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sabablarini shakllantirish, buyumlar
va harakatlarga qiziqish uyg’otish orqali mehnat natijalariga erishish, katta
guruhlarda esa mehnatning ijtimoiy ahmiyatli ekanligini tushinib yetish.
Ikkinchi guruh vazifalari kattalar mehnatiga ijobiy munosabatni tarbiyalashga
qaratilgan:
- bolalarga kattalarni qanday natijalarga erishish uchun mehnat qilayotganini
tushuntirish;
- bolalarda mehnat axliga hurmatni, ularga qo’lidan kelganicha yordam berish
xohishlarini tarbiyalash;
- kattalarning mehnat natijalarini asrab-avaylashga o’rgatish;
Uchinchi guruh vazifalari mehnat faoliyatida bola shaxsini shakllantirishga
qaratilgan:
- bolalarda mehnatsevarlik, har qanday mehnatda katnashish, boshlagan ishini
oxiriga yetkazish uchun bor kuchini ayamaslik, o’z shaxsiy mehnatiga nisbatan
to’g’ri munosabatni tarbiyalash.
- javobgarlik, mustaqillik, maqsadga qaratilganlilik, qat’iylik, tashabbuskorlik
va faollik, sabr-matonatlilik, chidamlilik kabi bola shaxsining axloqiy sifatlarini
tarbiyalash.
- madaniy xulq va o’z tengdoshlariga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalash,
o’zaro kelishgan holda birga ishlay olish, jamoa ishida natijaga erishguncha o’z
mehnati bilan qatnashish, o’zi va o’rtoqlarining mehnatini xolisona baholash,
yordam berish.
Uning ob’ektiv mavjudligi estetik tarbiya nazariyasini, estetik tajribani yosh
avlodga maqsadga muvofiq va muntazam ravishda berish va shu orqali uni estetik
rivojlantirishni ta’minlashning faol usullarini ishlab chiqishga yo’naltiradi. Bunda
estetik tarbiya madaniyatni egallashning asosiy vositasi tarbiya va ta’limdir.
Estetik tarbiya (nafosat tarbiyasi) -bu bolalarga voqelikdagi, san’atdagi,
tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi
go’zallikni idrok qilish hamda to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini
o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotga go’zallik olib kirish
qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Nozik didli bo’lish, go’zallikni faxmlay va qadrlay olish, badiiy madaniyatni
tushunish, o’z hayotini go’zallik qonunlari asosida qura olish -komil insonning eng
zarur fazilatidir.
Estetik tarbiya -eng avvalo har bir kishida badiiy hissiyot tuyg’ularini, badiiy
didni tarbiyalashdir. Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, xis-tuyg’ular va
ko’nikmalarning o’sib borishi jarayonida insonning o’zi ham ma’naviy boyib,
hayoti yanada sermazmun bo’ladi. Yashayotgan zamoniga nisbatan mehr-
muhabbati ortib boradi. Bularning hammasi har bir insonda go’zallikni xunukdan,
jirkanchlikdan farq qila bilish qobiliyatini shakllantiradi, uni yanada rivojlantiradi.